url
stringlengths
33
166
name
stringlengths
5
141
description
stringlengths
0
16.1k
isbn
stringlengths
5
37
num_pages
stringlengths
2
4
year_published
stringclasses
20 values
https://asaxiy.uz/uz/product/devid-bah-zhon-devid-mann-latte-omili-badavlat-bulmai-boi-yashash-siri
Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
Badavlat bo‘lmay turib ham boy yashash mumkinmi? Albatta, mumkin. Buning uchun maoshingizni oshirishlarini, lotereyaga yutuq chiqishi yoki kutilmagan xazina topib olishni kutishga hojat yo‘q. Ko‘pchilik bir umr boshqalarni boy qilish uchun ishlaganini juda kech tushunadi. Natijada o‘zini hech qachon badavlat bo‘lolmaydigan muhtoj odamdek his etib, barcha istaklarini noaniq muddatga ortga suradi... Ushbu kitob qahramoni ham "Qurbim yetmaydi" deya ko‘p narsada, hatto orzularida ham o‘ziga cheklovlar qo‘ygan. U tasodifan tanishib qolgan keksa barista esa qizga o‘zi o‘ylaganidan ancha badavlatroq ekanini tushuntirib beradi. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Latte omili” – ajoyib asar. Devid Baxning strategiyalari 30 yoshimda millioner bo‘lishimga yordam berdi. Bu kitobni o‘qing, amalda qo‘llang, keyin uni o‘zingiz tanigan barchaga ulashing. U hayotingizni o‘zgartirishga qodir. - Grant Sabatye, “Moliyaviy erkinlik” asari muallifi, “Millennial Money” sayti yaratuvchisi Yigirma yildan ortiq vaqt davomida Devid Bax pul, sarmoya, jamg‘arma, boylik to‘plash haqidagi oddiy, ammo taʼsirli taʼlimoti bilan odamlar hayotini o‘zgartirib kelmoqda. Buni bilaman, chunki Opra Uinfri shousining “Latte omili” tamoyillari haqida suhbatlashilgan sonini efirga uzatgandim va Devid Bax o‘n millionlab odamlar hayotini o‘zgartirganiga guvoh bo‘lgandim. Biz shunchaki “Latte omili”ni muhokama qilibgina qolmay, bu tamoyillarni hayotimizda ham sinab ko‘rdik!” - Kendi Karter, “The View” ko‘rsatuvi ijrochi prodyuseri, “Opra Uinfri shou”ning sobiq prodyuseri “Latte omili” – orzularingizni hoziroq ro‘yobga chiqarishga ilhomlantiruvchi samimiy sayohat. Bax va Manning ajoyib hikoyachilik mahorati asarni zamonamiz hayotini o‘zgartiruvchi kitobga aylantirgan. - Farnush Torabi, “So Money” ko‘rsatuvi boshlovchisi, “U ko‘proq pul topganda” kitobi muallifi Devid Bax umid va ilhom haqidagi nomalari bilan butun dunyo auditoriyasini harakatga keltiradi. “Latte omili” qalbingizga alanga yoqib, kayfiyatingizni ko‘taradi. Kitob eʼtiboringizga, mushohada qilishingizga va undagi tavsiyalarga quloq tutishingizga arziydi. - Robin Sharma, “Ferrari”sini sotgan rohib”, “Tonggi besh klubi” kabi xalqaro bestsellerlar muallifi Mualliflar haqida: Devid Bax – eng ishonchli moliyaviy ekspertlardan, shuningdek, zamonamizning moliya haqidagi bestsellerlari mualliflaridan biri hamdir. U yozgan kitoblarning to‘qqiztasi ketma-ket “New York Times”ning bestsellerlari (ikkitasi birinchi o‘rinlarda) qatoridan joy olgan. Shuningdek, u yozgan 11 ta kitob milliy bestsellerga aylangan. Muallif yozgan asarlarning umumiy adadi 7 milliondan ko‘proq bo‘lib, bu kitoblar 19 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Jon Devid Mann 28 tilga tarjima qilingan va milliondan ortiq nusxada sotilgan ko‘pchilikning sevimli klassik asari – “The Go-Giver”ning hammuallifidir. Ushbu kitob global o‘zgarishlarga qo‘shgan ijobiy hissasi uchun “Axiom Business Book Awards”ning oltin medali hamda “Living Now Book Awards”ning “Evergreen” medaliga sazovor bo‘lgan. Jon Devid uch qismdan iborat “The Go-Giver” kitobiga Bob Burg bilan hammualliflik qilishdan tashqari “New York Times”ning uchta bestselleri va to‘rtta milliy bestsellerga hammuallif bo‘lgan. Jon Oq uyning sobiq maslahatchisi Betsi Mayers bilan hamkorlikda yozgan “Take the Lead” (“Tashabbusni qo‘lga ol”) asarini Tom Piters “The Washington Post” gazetasida “2011 yilning yetakchilik haqidagi eng yaxshi kitobi” deb topgan.
978-9943-23-223-5
236
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/dfadfadfadfadfadfadfaden-braun-raqamli-qala-18-yumshoq-muqova-bestseller
Den Braun: Raqamli qalʼa
Bu kitob zamonaviy jahon adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan biri, butun dunyo boʻylab 300 milliondan ortiq nusxada kitob sotgan Den Braunning “Raqamli qalʼa“ romanidir. Ushbu roman Den Braunning ilk romani boʻlib, asar shu zahoti Den Braunga butun dunyoga mashhurlikni olib keladi. Bugungi kunda Den Braun “New York Times“ nashri tomonidan bir necha bor dunyoning eng mashhur 100 insoni sifatida eʼtirof etilgan va uning asarlari doim dunyodagi yangi bestsellerlar roʻyxatida eng birinchi oʻrinlarni egallab kelmoqda. Ayni vaqtda yillik 156 million AQSH dollari daromad bilan, Den Braun jahonda eng koʻp daromad qiladigan yozuvchilardan biri ham hisoblanadi. Uning boshqa bir “Da Vinchi kodi“ nomli asari oʻzbek kitobxonlariga yaxshi tanish. “Raqamli qalʼa” romani adibning ilk romani boʻlib, asar 1998-yilda yozilgan. Asarning yozilishiga Den Braun hayotda oʻzi guvohi boʻlgan voqea sabab boʻladi. Den Braun oʻzi dars beradigan Universitetdagi talaba doʻstiga elektron pochta orqali hazillashib AQSH prezidentiga suiqasd qilmoqchi ekanligini yozganligidan soʻng AQSH “Milliy xavfsizlik agentligi“ xodimlari tomonidan qoʻlga olinadi. Milliy xavfsizlik agentligi eng sirli agentliklardan biri boʻlib, uning vazifasi fuqarolarni kuzatib borishdir. Bu vaziyat uni qiziqtirib qoʻyadi va u elektron xavfsizlik haqida asar yozishga qaror qiladi. Uyiga kelib asarni yoza boshlagan paytda elektron pochta orqali virus kelib, kompyuterining qattiq diski kuyib qoladi. Bundan xavotir olgan Den Braun “Milliy xavfsizlik agentligi“ va undagi dovyurak razvedkachilar haqida shov-shuvli kitobni chop etadi. Asarda raqamli xavfsizlik, vatan xavfsizligi yoʻlida ishlaydigan jasur shaxslarning hayoti, ular uchraydigan xavf masalalari koʻtarilgan. Ushbu asarda ham vatanparvarlik, ham ehtirosli sevgi, ham qiziqarli maʼlumotlar, ham sizni oʻz dunyosiga sayohat qildiradigan ajoyib syujetni topasiz. Asar voqealari AQSH, Ispaniya, Yaponiya kabi mamlakatlar hududida oʻtishi, voqealarning tez va kutilmagan rivoji sizni oʻziga maftun qiladi. Umid qilamizki, Den Braunning sodda va qiziqarli oʻziga xos realistik uslubi oʻzbek kitobxonlariga maʼqul keladi. Bosh muharrir: N.A. Nurmuhammedova Musahhih (korrektorlar): E.Asanov, O. Bekmurodov, Oʻ. Tolibjonov, M. Gʻafurov, N.Nurmuhammedova
978-9943-23-148-1
480
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zhyul-vern-kapitan-grant-bolalari
Jyul Vern: Kapitan Grant bolalari
1864-yil 26-iyulda lord Eduard Glenarvanga tegishli yaxta matroslari ulkan bolgʻa baliqni tutib oldilar. Och koʻz baliq butunicha yutib yuborgan shisha ichidan ingliz, nemis va fransuz tillarida yozilgan hujjat chiqdi. Dengiz suvi chirita boshlagan bu qogʻozlardan aniqlanishicha, ikki yil oldin gʻoyib boʻlgan “Britaniya” kemasi halokatga uchragan. Ekipaj kapitani Grant va ikki dengizchi esa tirik qolgan... Kapitan va dengizchilarning boshdan kechirganlari hamda adolat uchun mardona kurashganlarini mutolaa davomida bilib olasiz. Muallif haqida: Jyul Vern buyuk fransuz yozuvchisi, zamonaviy fantastika otasi hali hayotligidayoq afsonaga aylanib ketgan insonlardan biri edi. Zamondoshlari uni «tinim bilmas sayohatchi» deb hisoblasalar, kimlardir uni «dengizchi, kema kapitani» deb o‘ylashar, yana kimlardir «ko‘chirmakash yozuvchi» deb g‘iybat qilar, boshqalar esa, «Bunaqa yozuvchi yo‘q. Jyul Vern - bu geografik jamiyatning nomi. Ana shu tashkilotning aʼzolari shu nom ostida kitoblar yozadilar.», deb isbotlashga urinadilar. Aslida esa, Jyul Vern yozib charchamaydigan yozuvchi edi. U faqat ijod og‘ushidagina xordiq chiqarardi. 60 yildan ortiq davom etgan ijodiy faoliyati mobaynida tinimsiz yozdi va adabiyot ixlosmandlariga, avlodlarga 97 kitobni meros qilib qoldirdi.
978-9943-8002-4-3
688
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/iona-berger-yukumlilik-mahsulot-va-goyalar-kandai-ommalashadi-yumshok-mukova
Yona Berger: Yuqumlilik. Mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashadi (yumshoq muqova)
Nima mahsulot yoki gʻoyani mashhur qiladi? Agar siz reklama degan boʻlsangiz, qayta oʻylab koʻring. Odamlar reklamani tinglamaydi, tengdoshlarini tinglaydi. Lekin mahsulot va gʻoyalarning tilga tushishi va ommalashuvi sababi nimada? Nega baʼzi maʼlumotlarni odamlar bir-biriga ulashadi? Nima uchun ayrim mish-mishlar epidemik xususiyatga ega? Gʻoyalar qanday omillar tufayli “virus” kabi keng tarqaladi? Nima uchun baʼzi mavzular haqida koʻproq suhbatlashamiz va unga oid maʼlumotlarni boshqalarga ulashamiz? Uorton biznes maktabi marketing professori Yona Berger soʻnggi oʻn yil davomida ushbu savollarga javob berdi. U nima uchun mahsulotlar ogʻizdan ogʻizga tushishini va ijtimoiy taʼsir biz sotib olgan mashinalardan tortib, kiygan kiyimimizgacha, farzandlarimizga qoʻyadigan ismlargacha qanday shakllanishini oʻrgandi. “Yuqumlilik” asarida Berger ogʻizdan-ogʻizga va ijtimoiy uzatish ortidagi sirli ilmni ochib beradi. Oltita asosiy tamoyil isteʼmol mahsulotlari va siyosat tashabbuslaridan tortib, ish joyidagi mish-mishlar va YouTube videolarigacha boʻlgan har xil narsalarni yuqumli holga keltirishini bilib oling. Qanday qilib hashamatli steykxaus mashhur boʻlmagan pishloqli steyk orqali mashhurlikka erishganini, nega giyohvandlikka qarshi reklama roliklari aslida giyohvand moddalarni isteʼmol qilishni koʻpaytirganini va nima uchun 200 milliondan ortiq isteʼmolchilar eng zerikarli mahsulotlardan biri: blender haqidagi videoni yaqinlari bilan baham koʻrishini bilib oling. “Yuqumlilik” kitobi maʼlumotlarning tarqalishiga yordam berish uchun — odamlar baham koʻradigan xabarlar, reklamalar va kontentni loyihalash uchun maxsus, ishlatishga yaroqli usullarni taqdim etadi. Siz katta kompaniya menejeri boʻlasizmi, brend xabardorligini oshirishga harakat qilayotgan kichik biznes egasimisiz, lavozimga nomzod boʻlgan siyosatchimisiz yoki sogʻliqni saqlash xodimi boʻlasizmi, “Yuqumlilik” sizga mahsulot yoki gʻoyangizni qanday ommalashtirishni koʻrsatib beradi. Ushbu kitobda Yona Berger ijtimoiy tarqaluvchanlik zamiridagi omillarni sodda va tushunarli tarzda bayon qilgan. Siz mutolaa qilmoqchi boʻlgan qiziqarli hikoyalar va keng qamrovli tadqiqotlar xulosalariga boy “Yuqumlilik” kitobi mahsuloti yoki gʻoyasi ommalashishini istagan har bir inson uchun muhim qoʻllanmadir. Kitob oʻz mahsulot, xizmat va gʻoyalarini keng ommalashtirishni istaydigan har bir tadbirkor, marketolog, jurnalist, matbuot kotibi, PR menejer va blogerlar uchun tavsiya etiladi. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Nega baʼzi gʻoyalar bir kechada tarqalib ketadi, boshqalari esa yoʻqoladi? Qanday qilib baʼzi mahsulotlarni hamma joyda koʻrishimiz mumkin, boshqalari esa hech qachon oʻziga jalb etmaydi? Yona Berger javoblarni biladi va “Yuqumlilik” kitobi orqali biz ham bilamiz.“ — Charlz Duhigg, “The Power of Habit” bestselleri muallifi “Yona Berger — bu faktlarni oʻrgangan, uni fantastikadan ajratib olgan va mutaxassislarning fikrlash tarzini oʻzgartirishga erishgan va yangi tajribalar oʻtkazgan noyob zotdir. Agar bu yil gʻoyalar qanday ommalashishi haqida bir dona kitob oʻqimoqchi boʻlsangiz, u shu kitobdir.“ — Deyv Balter, BzzAgent bosh direktori va “Ogʻizdan ogʻizga” marketing assotsiatsiyasi asoschilaridan biri “Yona Berger maʼlumotlarning “yuqumli” boʻlishiga nima sabab boʻlishi haqida dunyodagi hammadan koʻra koʻproq biladi.“ — Daniel Gilbert, “Baxtga qoqilish” bestselleri muallifi Muallif haqida: YONA BERGER Pensilvaniya universiteti Uorton biznes maktabi marketing professori. Eng nufuzli ilmiy jurnallarda uning oʻnlab maqolalari chop etilgan va yana qator ishlari “New York Times”, “The Wall Street Journal”, “The Washington Post”, “Science”, “Harvard Business Review”, “Wired”, “BusinessWeek” va “Fast Company” nashrlaridan oʻrin olgan.
978-9943-23-180-1
248
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/rei-bredberi-farengeit-buiicha-451-predzakaz
Rey Bredberi: Farengeyt bo'yicha 451º
Ҳаёт тезлашган, бир хиллик тенглик деб аталадиган, одамлар бир-бирини эшитмайдиган, фикрлашдан тўхтаган, ҳурлик маҳв этилган…  Бу жамиятда китоблар ақл кушандаси саналади, тақиқлар туфайли одамлар аста-секин улардан воз кечади, адабиётдан қўрқади. Улар фақат қулоқларидаги “чиғаноқ”лардан тараладиган маънисиз мусиқадан маст, рекламалардан сарҳуш  яшайди. Китоблар тақиқланган яқин келажакдаги хаёлий Америка жамияти ҳақида ҳикоя қилувчи ушбу асар бош қаҳрамони Гай Монтэг – ўт ўчирувчи. Номи ўт ўчирувчи, аммо китобларни  улар топилган уйлар билан қўшиб ёқиш унинг аъмолидир. Аммо куни келиб, у ўз касбининг тўғрилигига шубҳаланиб қолди  ва аста-секин фикрлашни истаётганини сезди, ана шундан бошланган исён ортидан у ўзи яшаб турган жамиятдаги тутумни, тартиботни савол остига ола бошлади. Алалоқибат у ўзи каби инсонлардан иборат яширин гуруҳга қўшилди… Илк бор нашр этилганига қарийб 70 йил бўлса-да, Рэй Брэдберининг дунё миқёсида тан олинган “Фаренгейт бўйича 451º” асари ҳамон жаҳон адабиётининг сара асарларидан бўлиб келмоқда. Ушбу дистопик асарда кўтарилган мавзулар бугун ҳар қачонгидан ҳам долзарброқ тус олиб боряпти. Китоб ҳақида ОАВ ва машҳурлар: “Ажойиб . . . Ҳайратланарли ва заковатга бой . . . Бизникига ниҳоятда ўхшаш бўлган телба дунёни Рэй Брэдбери ўқувчини ўзига асир қиладиган тарзда тасвирлаган.” — Орвилл Прескотт, “The New York Times” нашри “Дурдона асар . . . Ҳар бир инсон ўқиши шарт бўлган улуғвор Америка классикаси: ўсмир ҳолингизда ўқисангиз ҳаётингизни ўзгартириб юборадиган, вояга етганда қайта ўқисангиз ҳали ҳам жозибасини йўқотмайдиган асардир.” —Элис Хоффман, “The Boston Globe” нашри “Ҳақиқатан ҳам ўзига хос тасаввурнинг қудрати ва беқиёс намойиши ҳаяжонга солади . . . Брэдбери жуда ажойиб ва ноёб иқтидор эгаси.” — Кристофер Ишервуд, “Tomorrow” нашри “Мамлакатнинг энг севимли ёзувчиларидан бири . . . Ажойиб ҳикоянавис, баъзан афсона яратувчи, чинакам Амрека классики.” — Майкл Дирда, “The Washington Post” нашри Муаллиф ҳақида: Рэй Брэдбери (1920–2012) кўплаб асарлар, жумладан, “Фаренгейт бўйича 451 даража”, “Марс солномалари”, “Чизилган одам”, шунингдек, юзлаб ҳикоялар муаллифи. У театр, кино, телевидение учун сценарийлар ҳам ёзган ва 65 та ҳикоясини “Рэй Брэдбери театри”га мослаган. Режиссёр Жон Ҳюстоннинг “Моби Дик” ва Эмма мукофотига лойиқ топилган “Хэллоуин дарахти” телепьесалари сценарийлари ҳам унинг қаламига мансуб. У 2000 йилда Америка мактубларига қўшган ҳиссаси учун Миллий китоб жамғармасининг медали, 2007 йилда Пулицер мукофотининг махсус номинацияси ва кўплаб бошқа мукофотларга сазовор бўлган.
978-9943-23-199-3
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/teodor-draizer-sarmoyador
Teodor Drayzer: Sarmoyador
Bir necha kunda millioner bo‘lish mumkinmi? Shu bilan insonning istaklari poyoniga yetarmikan? Qo‘lingizdagi kitob - “Sarmoyador”ning bosh qahramoni Frenk Kaupervud o‘zining savqi tabiiysiga quloq tutib, bir necha kunda chindan boyib ketadi. Unda o‘smirligidanoq atrofdagilar taʼsirida savdogar va birja o‘yinchisi ruhiyati shakllangandi. Tashabbuskor, iqtidorli va serg‘ayrat yosh yigit asta-sekin hech qanday tamoyilni tan olmaydigan, o‘z hukmini o‘tkazuvchi ochko‘z millionerga aylandi-qoldi. Ammo hayot bir tekis emas, uning uchun kutilmagan og‘ir sinovlar hali oldinda edi... “Sarmoyador” - amerikalik yozuvchi Teodor Drayzerning eng mashhur romanlaridan biri. Adibning "Istak trilogiyasi" dan joy olgan ushbu asari 1912 - yilda nashr etilgan. Unga amerikalik temir yo‘l korchaloni, millioner Charlz Yerksning hayot yo‘li asos qilib olingan. Kitobda konkret inson misolida tadbirkor qanday fikrlashi, xayolidan qanday o‘ylar kechishi, muammolarga qanday yechim topishi tasvirlangan. Bu asar chinakam tadbirkor xarakteriga berilgan chizgidir. Yagona kitob ko'rinishida!
978-9943-6132-9-4
700
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/larisa-burakova-gruziya-muvaffakiyatga
Larisa Burakova: Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi
• Korrupsiyaga qarshi qanday kurashish mumkin? • Butun mamlakatni elektr va gaz bilan uzluksiz taʼminlashning iloji bormi oʻzi? Odatda, korrupsiyani batamom yoʻqotish mushkulligini koʻp taʼkidlaydilar. Ammo Mixaíl Saakashvili buning uddasidan chiqdi va Gruziyada juda qisqa muddatda korrupsiyani yetarli darajada keskin kamaytirdi, byurokratiya va ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berdi, mamlakat iqtisodining sezilarli darajada oʻsishiga zamin yaratdi. Iqtisodchi Larisa Burakovaning ushbu kitobida mana shu islohotlarga batafsil izoh berilgan. Nashr muallifning ikki yillik kuzatuvlari mahsuli boʻlib, ilk bor rus tilida 2011-yilda chop etilgan. 1992 yilda yetmish yillik Sovet hokimiyatidan soʻng kichik Janubiy Kavkaz davlati Gruziya iqtisodiy erkinlik sari sekin va tartibsiz yurish boshladi. Eng muhim bozor-liberal islohotlar 2003 yilda, atirgul inqilobidan keyin boshlangan. Islohotlar vaziri Kaxa Bendukidze boshchiligida Gruziya byurokratiyani keskin qisqartirdi, hukumatga qarashli kasalxonalar va mehmonxonalardan tortib elektr stansiyalarigacha xususiylashtirildi, soliqlar sonini ham, soliq stavkalarini ham pasaytirdi, mehnat qonunlarini liberallashtirdi. Bu islohotlarning ahamiyati tez orada sezildi. Jahon bankining “Biznes yuritish” hisobotida mamlakat biznes yuritish qulayligi boʻyicha dunyoda toʻqqizinchi oʻrinni egalladi va bu koʻplab boy davlatlardan oldinda. Hisobotda qayd etilishicha, soʻnggi ellik yil ichida hech bir mamlakatda bunchalik tez va koʻp sohalarda bunday muhim iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmagan. Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi ushbu fikrni qoʻllab-quvvatlagan holda, Gruziya soʻnggi yarim asrda “har qanday mamlakatdagi eng keng, eng chuqur va eng tezkor biznes muhiti islohotlarini” amalga oshirganini taʼkidladi. Bugungi kunda Gruziya mamlakat qanday qilib oʻzini oʻzgartirishi va bozor iqtisodiyotiga ega boʻlishining yetakchi namunasidir. Bu kitob esa butun dunyo boʻylab islohotchilar uchun saboq berish maqsadida voqea qanday sodir boʻlganligi haqida hikoya qiladi. Muallif haqida: Larisa Burakova – iqtisodchi, Rossiyadagi Iqtisodiy tahlil instituti xodimi. London iqtisod maktabi, Rossiyadagi Milliy tadqiqot universiteti “Oliy iqtisodiyot maktabi” hamda Pekin universitetlari bitiruvchisi. Ingliz tilidagi “The Economist” jurnali bilan hamkorlik qilgan. U bir necha bor Gruziyada boʻlib, islohotchilar va ularning muxoliflari qarashlarini ikki yildan oshiqroq vaqt davomida yaqindan oʻrgangan.
978-9943-23-186-3
328
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/klaus-shvab-turtinchi-sanoat-inkilobi-oldindan-buyurtma
Klaus Shvab: To'rtinchi sanoat inqilobi
“Texnologiya oshkora va koʻz ilgʻamas yana bir tushunchani — inson boʻlish nimani anglatishini ham oʻzgartirmoqda” “Toʻrtinchi sanoat inqilobi” hodisasi oʻzining oʻlchami, koʻlami va murakkabligi bilan insoniyat boshidan kechirgan hech bir jarayonga oʻxshamaydi. Jismoniy, raqamli va biologik dunyoni birlashtirgan bir qator yangi texnologiyalar bilan tavsiflangan ishlanmalar barcha sohalar, jumladan, iqtisod, sanoat va siyosatga taʼsir koʻrsatmoqda va hatto inson boʻlish nimani anglatishi haqidagi gʻoyalarni ham shubha ostiga qoʻymoqda. Sunʼiy intellekt allaqachon bizni oʻrab olgan, superkompyuterlar, dronlar va virtual yordamchilardan tortib 3D bosib chiqarish, DNK ketma-ketligi, aqlli termostatlar va qum donasidan kichikroq mikrochiplargacha. Ammo bu hali boshlanishi: poʻlatdan 200 barobar kuchli va soch tolasidan million marta yupqaroq nanomateriallar va 3D bosilgan jigarning birinchi transplantatsiyasi allaqachon ishlab chiqilmoqda. Muallif ushbu inqilobni boshqaradigan asosiy texnologiyalarni tavsiflaydi va hukumat, biznes, fuqarolik jamiyati va shaxslarga kutilayotgan asosiy taʼsirlarni muhokama qiladi. Shvab, shuningdek, ushbu oʻzgarishlardan qanday foydalanish va yaxshiroq kelajakni shakllantirish boʻyicha gʻoyalarni taklif qiladi — bunda texnologiya odamlarga ularning oʻrnini bosmasdan, kuch beradi; taraqqiyot jamiyatni buzishdan koʻra, unga xizmat qiladi; va bunda innovatorlar axloqiy chegaralarni kesib oʻtmasdan hurmat qiladilar. Mutolaa davomida quyidagi savollarga javob olasiz: - Texnologiyalar taraqqiyoti hayotimizda nimalarni oʻzgartiradi? - Davlatlar yaqin kelajakda nimalar qilishlari, reja tuzganda nimalarga eʼtibor berishlari lozim? - Toʻrtinchi sanoat inqilobidan oʻz manfaatimiz yoʻlida foydalanish uchun nimalarga eʼtibor qaratishimiz kerak? - Sunʼiy intellekt nimalarga olib boradi, undan kim yutadi-yu, kim yutqazadi? U qaysi sohalarda ustunlik qilishi mumkin? Muallif haqida: Professor Klaus Shvab — Jahon iqtisodiy forumi, Davlat-xususiy hamkorlik xalqaro tashkiloti asoschisi va ijrochi raisi. 1998-yilda Shvab ijtimoiy tadbirkorlik fondini yaratdi. Shvab Friburg universiteti va Shveysariya Federal Texnologiya Institutida iqtisod fanlari boʻyicha doktorlik darajasini va Garvard universiteti Kennedi hukumat maktabida davlat boshqaruvi magistri darajasini olgan. U koʻplab xalqaro va milliy mukofotlarga sazovor boʻlgan. Kitob haqida mashhurlar fikri: “Ushbu kitob korporativ rahbarlar, siyosatchilar va muammolarni hal qilish va rivojlanayotgan texnologiyalarning taʼsiri tufayli kelajakdagi imkoniyatlarni tushunishga qiziqqan fuqarolar uchun muhim manbadir. Shubhasiz, roʻy berayotgan chuqur oʻzgarishlar hech bir biznes modeli va jamiyatni oʻzgarishsiz qoldirmaydi. Klaus Shvab Toʻrtinchi sanoat inqilobi oxirgi uchtasiga qaraganda ancha barqaror, kuchli va inklyuziv boʻlishini taʼminlash uchun shaxsiy va jamoaviy kuchimizni eslatadi”. Muhtor A. Kent, The Coca-Cola kompaniyasi boshqaruvi raisi va bosh ijrochi direktori, AQSh “Biz qanday ishlayotganimiz va maʼlumot almashishimizdan tortib toza suv va iqlim oʻzgarishi kabi global inqirozlarni qanday hal qilishimizgacha, texnologiya insoniyat kelajagini belgilashini bilamiz. Bu yerda Klaus Shvab bizning eng chuqur insoniy qadriyatlarimizga mos keladigan kelajak jamiyatini yaratish uchun texnologiyani qanday shakllantirishimiz mumkinligi haqida fikr yuritish uchun ajoyib asosni taqdim etadi”. L. Rafael Reif, Massachusets texnologiya instituti (MIT), AQSh
978-9943-23-217-4
248
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/hans-rosling-faktdorlik-predzakaz
Hans Rosling: Factfulness
Mashinangizda GPS ishlatsangiz, u toʻgʻri koʻrsatishi muhim hisoblanadi. Agar u siz tur­gan emas, balki boshqa shaharni koʻrsatayotgan boʻlsa, ta­biiyki unga ishonib harakat qilmaysiz. Chunki bu bi­lan notoʻgʻri manzilga borib qolishingizni bilasiz. Shunday ekan, notoʻgʻri faktlarga suyanib ish koʻradigan qonun chiqaruvchilar va siyosatchilar qanday qilib global muammolarni hal etsin? Dunyoqarashlari ostin-­ustun boʻlib yotgan biznesmenlar qanday qilib tashkilotlari uchun oqilona qaror chiqarsin? Hayot yoʻlida ketayotgan har bir inson nimadan tashvishga tushib, nimadan xavo­ tirlanishi kerakligini qanday bilsin? Hans Rosling, Ola Rosling, Anna Rosling Ryonnlund: Factfulness. Dunyo haqida yanglish fikrlashimizning o‘n sababi - nega u biz o‘ylagandan yaxshiroq Faktdorlik - stressni yumshatuvchi, faqat kuchli faktlarga tayanib fikrlash odatidir. Dunyoda qancha kambag‘al bor, aholi soni nega o‘smoqda, qizlarning qanchasi taʼlim olmoqda singari muhim global o‘zgarishlar haqidagi oddiy savollarga odatda xato javob eshitamiz. Shu qadarki, javoblarni ixtiyoriy tanlaydigan shimpanze ham o‘qituvchilar, jurnalistlar, Nobel mukofoti laureatlari va bankirlardan to‘g‘riroq javob bera oladi. “Factfulness”da xalqaro sog‘liqni saqlash bo‘yicha professor va global TED maʼruzachisi Hans Rosling ikki hamkori - Anna va Ola bilan birgalikda buning sababini yangicha yo‘sinda izohlaydi. Ular bizni adashtiruvchi o‘nta instinktni ochib bergan. Barcha nuqsonlariga qaramay, dunyo biz o‘ylagandan ancha yaxshiroq holatdadir. Bu xavotirga hojat yo‘q degani emas, albatta. Biroq faktlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish o‘rniga doim har narsadan xavotirlanaversak, tahlikaliroq narsalarga diqqat qarata olmaymiz. Qiziq va taʼsirli hikoyalarga boy, ilhombaxsh va xatolarni fosh qiluvchi “Factfulness” dolzarb kitob bo‘lib, qarashlaringizni isloh qilib, kelgusi inqiroz va imkoniyatlarga tayyorlaydi. Tarjimon: Ziyodaxon Gʻulomova Muharrir: X. Yoʻldoshev Musahhihlar: Y. Mahmudov, U. Abdusalomova, D. Haydarova Dizayner: A. Umarova Sahifalovchi: U. Abdusalomova Kitob haqida OAV va mashhurlar: "Men o‘qigan kitoblar orasida eng muhimlaridan biri. Dunyo haqida tiniq fikrlash uchun zarur qo‘llanma." - Bill Geyts, Microsoft kompaniyasi asoschisi, dunyoning eng boy odamlaridan biri "Xalqaro sog'liqni saqlash eksperti Hans Roslingdan ajoyib, haqiqatga bor, kelajakka umid beruvchi kitob. Kitob bizni o'zimizga xos bo'lgan noto'g'ri fikrlardan ko'ra faktlarga asoslanib ishlaganimizda insoniyat taraqqiyoti potentsiali haqida o'ylab ko'rishga majbur qiladi." -  Barak Obama, AQSHning sobiq prezidenti "Hans Rosling "insoniyat taraqqiyotining pinhoniy moʻjizasi" haqida imkon qadar hikoya qiladi. Ammo “Factfulness” shundangina iborat emas. U taraqqiyot nega pinhoniy kechishini izohlaydi va o‘quvchiga uni tiniq ko‘rishni o‘rgatadi." - Melinda Geyts, tadbirkor, Geyts fondining asoschilaridan biri  “Ajoyib... ehtirosli va bilimlarga bor. U muallif endi bu dunyoda yo'qligi uchun yanada ta’sirchan... Uning taqdimot qilish qobiliyati va statistikadan zavqlanishi har bir sahifada uchraydi. Yana kim insoniyat taraqqiyotining ko'rsatkichi sifatida "aholi jon boshiga gitara" jadvalini tanlaydi?"  - Financial Times nashri
978-9943-23-195-5
340
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/diqqat-chalgituvchi-dunyoda-muvaffaqiyat-sirlari
Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari (yumshoq)
Ishda, oʻqishda diqqatingizni jamlay olmaysizmi? Doim Telegram, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sizni chalgʻitadimi? Demak, AQShlik professor Kel Nyuportning maslahatlari aynan siz uchun. Diqqatni jamlab, chalgʻimasdan oʻz faoliyati bilan shugʻullanish muammoga aylangan zamonda professor oʻzining ilmiy asosga ega maslahatlari bilan sizga yordamga keladi. Kitobda eng muhim mavzu, keraksiz kichik narsalarga chalgʻimasdan, diqqatni murakkab va muhim vazifalarga jalb qilish haqida yozilgan. Kitobda taʼkidlanishicha zamonaviy dunyoda diqqatini jamlab, bir vazifa ustida ishlay bilgan odamlargina haqiqiy yutuqlarga erisholadi. Teran ish — bu kognitiv jihatdan talabchan vazifadan chalgʻimasdan diqqatni jamlash qobiliyati. Bu sizga murakkab maʼlumotlarni tezda oʻzlashtirish va qisqa vaqt ichida yaxshi natijalarga erishish imkonini beradigan mahoratdir. Teran ish sizni qilayotgan ishingizni samaraliroq qiladi va ish jarayonida haqiqiy qoniqish hissini beradi. Muallif va professor Kel Nyuport “Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari” asarida ijtimoiy tarmoqlarning hayotga taʼsiri haqida hikoya qiladi. Chalgʻish yomon deb bahslashish oʻrniga, u aksincha teran ish kuchini koʻrsatib beradi. Kitobni oʻqib turib, siz ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarning bizning hayotdagi oʻrni va ahamiyati haqida oʻzingizga savollar berib boshlaysiz. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Avtomatlashtirish va autsorsing ish joyini qayta shakllantirar ekan, bizga qanday yangi koʻnikmalar kerak? Teran ishlarni bajarish qobiliyati. Kel Nyuportning qiziqarli yangi kitobi chalgʻimaydigan muhitda diqqatni jamlash uchun qoʻllanma boʻlib, tez, chuqur oʻrganish va ishlatish mumkin. Bunga aqlingiz uchun gimnastika sifatida qarang va mashq dasturingizni bugundan boshlang.” — Daniel X. Pink, Drive va When kitoblari muallifi. “Bu kitob diqqatni jamlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi va uni hayotimizga tatbiq etish uchun darhol amalda qoʻllash mumkin boʻlgan qadamlarni taklif qiladi.” — Adam M. Grant, Originals va Think Again muallifi “Kel Nyuport — shovqin dengizidagi tiniq ovoz boʻlib, ilm-fan va ishtiyoqni teng darajada olib keladi. Bizga koʻproq kliklar, koʻproq mushuklar va koʻproq emojilar kerak emas. Bizga jasoratli ish kerak, koʻzlarimizni ishdan olganimizda sodir boʻladigan ish .“ — Set Godin, This is marketing va The Practise kitoblari muallifi “Kel Nyuport insonning aqliy kuchlarini qayta tiklash boʻyicha men koʻrgan eng maʼlumotga boy va aqlli amaliy maslahatlar toʻplamini taqdim etadi.“ — Metyu B. Krouford, The World Beyond Your Head va Why We Drive kitoblari muallifi. “Bu chuqur, sayoz boʻlmagan, hayotingizni boyitadigan kitob.“ — The Globe and Mail “Teran ish hozir mening eng sevimli kitoblarimdan biri boʻlib, bu men uchun hayotimni oʻzgartirgan kitob boʻldi desam, hazillashmayman. Oʻylaymanki, bu siz uchun ham shunday boʻlishi mumkin.“ — Brett Makkey, The Art of Manliness kitobi muallifi Muallif haqida: Kel Nyuport Georgetown universitetining kompyuter fanlari professori va New York Times bestselleriga aylangan yettita kitob, jumladan, “E-pochtasiz dunyo”, “Raqamli minimalizm”, “Ular sizni eʼtibordan chetda qoldira olmaydi” va “Diqqat” kabi 35 ta tilga tarjima qilingan kitoblar muallifidir. U New Yorker, New York Times va WIRED gazetalarining doimiy hamkori, NPRning mehmoni va mashhur Deep Questions podkastining boshlovchisi.
978-9943-23-167-2
230
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zhorzh-oruell-molhona
Jorj Oruell: Molxona
Jorj Oruell (ingl. George Orwell, haqiqiy ismi-sharifi Erik Artur Bler) — ingliz yozuvchisi bo‘lib, g‘ayrixayoliy “1984” romani  va “Molxona” rivoyat-qissasining muallifidir. Jorj Oruell “Molxona” asarini 1943 yil noyabridan to 1944  yil fevraligacha yozgan va 1945 yil avgustida eʼlon qilgan. Kitobni har bir inson o‘qishi va mulohaza qilishi lozim: nega bu dunyomiz shunday, u aslida qanday bo‘lishi kerak...  "Molxona“ jahon adabiyoti tarixidagi eng muvaffaqiyatli va bahsli asarlardan biri hisoblanadi. Asar g‘oyasidan kelib chiqib asosiy namuna sifatida SSSR olinganligini faraz qilish mumkin. Daryo.uz nashri kitob haqida: «Ariqdagi suv qanday mazali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli». “Molxona” asari haqida “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov «Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari» loyihasi doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta u Jorj Oruellning “Molxona” romani haqida hikoya qiladi. Fleshbek Men bu asarni birinchi marta bundan uch yil oldin o‘qib chiqqan edim. Oldin u haqda eshitgan bo‘lsam-da, Oruellning “1984”dan kuchliroq asari yo‘q deb o‘ylardim. O‘sha paytlar har kuni kechki payt 10 kilometr masofaga yugurish va yurish bilan shug‘ullanardim. Qulog‘imda esa naushnikda audiokitoblar eshitardim. Aytilgan masofaga yugurib, qaytishda yurib kelardim. Bu asarni ham audiokitob shaklida eshitganman. Asar meni shu darajada o‘ziga qiziqtirgandiki, menga har kuni shu ish bilan shug‘ullanishga motivatsiya berardi. Xuddi bo‘lib-bo‘lib serial ko‘rayotganday, har kuni yugurishga chiqqandagina eshitar edim, va bugungi “seriya”sida nima bo‘lar ekan degan qiziqish baʼzida paydo bo‘ladigan dangasalikni yengib o‘tib, yana yugurishga chiqishga majbur qilar edi. Asar haqida “Molxona” mashhur ingliz yozuvchisi Jorj Oruell tomonidan 1945 yilda chop etilgan masal janridagi satirik asar. Asar fermadagi hayvonlarning xo‘jayinlarini haydab, hayvonlar diktaturasini o‘rnatishi haqida. Bunda Oruell inqilobiy prinsiplar evolyutsiyasini, yaʼni sekin-asta tenglik va birodarlik g‘oyalaridan utopiya va diktatura sari qadamini mohirona ochib bergan. Mashhur fransuz inqilobchisi Dantonning «Inqilob o‘z farzandlarini Saturn xudosi kabi yeb bitiradi» degan iborasi ham asarda o‘z aksini topgan. “Molxona” Rossiyada bo‘lib o‘tgan 1917 yilgi inqilobga va SSSRdagi tuzumga nisbatan allegoriya shaklida yozilgan. Oruell bu asarini 1943 yil noyabr oyidan 1944 yil fevraligacha yozib tugatgan. Syujet Janob Jons Angliyaning Uillingdon shaharchasi yaqinidagi Manor fermasiga egalik qiladi. Bu fermada bir kuni tunda qari cho‘chqa Mayor bu yerda yashaydigan barcha hayvonlarni katta omborga to‘playdi. Mayorning so‘zlariga ko‘ra, barcha hayvonlar qullikda va qashshoqlikda yashaydi, chunki insonlar hayvonlarning mehnat mahsulini olib qo‘yadi, evaziga esa ularga juda yomon munosabatda bo‘ladi. U hayvonlarni isyonga chaqiradi: siz odamdan qutulishingiz kerak, shunda hayvonlar darhol erkin va boy bo‘ladi, deb «Angliya hayvonlari» nomli eski qo‘shiqni kuylaydi. Hayvonlar jo‘r bo‘ladi. Qo‘zg‘olonga tayyorgarlikni eng aqlli hayvonlar deb hisoblangan cho‘chqalar o‘z zimmasiga oladi. Ular orasida Napoleon, Snoubol va Baqiroq deganlari bor edi. Ular Mayor taʼlimotini animalizm deb atalgan falsafiy tizimga aylantiradi hamda yashirin yig‘ilishlarda boshqa hayvonlarga uning asosini tushuntiradi. Taʼlimotning eng sodiq o‘quvchilari Bokschi va Klover ismli otlar edi. Qo‘zg‘olon kutilganidan ancha oldin sodir bo‘ladi, chunki Jons piyonista edi va uning ishchilari fermani butunlay tashlab, chorvani boqishni to‘xtatgandi. Hayvonlarning sabr-toqati tugaydi, ular xo‘jayinlariga tashlanib, ularni haydab chiqaradi. Endi ferma hayvonlarga tegishli. Ular egasini eslatadigan hamma narsani yo‘q qiladi; uning uyi muzey sifatida qoladi, ammo ularning hech biri bu yerda yashamasligi kerak. Mulkka yangi nom beriladi – Hayvonlar fermasi. Animalizm tamoyillari yetti moddaga qisqartirilib, ombor devoriga yoziladi. Bundan buyon hamma jonivorlar «Hayvonlar fermasi»da shu qoidalar asosida yashashga majbur: Ikki oyoqlilar – dushman; To‘rt oyoqlilar va qanotlilar – do‘stlar; Hayvonlar kiyim kiymasligi kerak; Hayvonlar to‘shakda uxlamasligi kerak; Hayvonlar spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmasligi kerak; Hayvonlar boshqa hayvonlarni o‘ldirmasligi kerak; Barcha hayvonlar tengdir. Barcha moddalarni eslab qola olmaydiganlar uchun Snoubol ularni bitta jumlaga qisqartiradi: «To‘rt oyoqli yaxshi, ikki oyoqli yomon». Jonivorlar baxtli edi, garchi ular ertalabdan tushgacha ishlasa-da. Bokschi uch kishining ishini qiladi. Uning shiori – «Men bundan ham ko‘proq harakat qilaman». Yakshanba kunlari umumiy yig‘ilishlar o‘tkaziladi; qarorlarni doim cho‘chqalar taklif qiladi, qolganlar ovoz beradi. Keyin hamma «Angliya hayvonlari» madhiyasini kuylaydi. Cho‘chqalar ishlamaydi, boshqa hayvonlarni boshqaradi. Jons va uning ishchilari Hayvonlar fermasiga hujum qiladi, lekin jonivorlar o‘zlarini himoya qiladi va odamlar vahima ichida chekinadi. G‘alaba hayvonlarni hayratga soladi. Ular bu voqeani Molxona jangi deb ataydi, birinchi, ikkinchi darajali «Hayvonlar qahramoni» ordenini taʼsis etadi, u bilan Snoubol va Bokschi taqdirlanadi. Snoubol va Napoleon uchrashuvlarda doimo bahslashadi, ayniqsa shamol tegirmonini qurish masalasida. G‘oya Snoubolga tegishli, uning o‘zi o‘lchovlar, hisoblar va chizmalar bilan shug‘ullanadi: generatorni shamol tegirmoniga ulashni va fermani elektr energiyasi bilan taʼminlashni xohlaydi. Napoleon boshidan eʼtiroz bildiradi. Snoubol hayvonlarni yig‘ilishda Napoleonga qarshi ovoz berishga ishontirgan paytda to‘qqizta dahshatli it omborxonaga kirib, Snoubolga tashlanadi. U zo‘rg‘a qochadi; shu bilan uni boshqa hech kim ko‘rmaydi. Napoleon har qanday yig‘ilishni bekor qiladi. Endi barcha savollarni u boshqaradigan cho‘chqalarning maxsus qo‘mitasi hal qiladi; ular alohida yig‘iladi, keyin o‘z qarorlarini eʼlon qiladi. Qo‘rqinchli itlar birov eʼtiroz bildirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bokschi: «Agar o‘rtoq Napoleon aytgan bo‘lsa, bu to‘g‘ri demakdir», degan umumiy fikrni bildiradi. Shu vaqtdan boshlab uning ikkinchi shiori «Napoleon doim haq» bo‘lib qoladi. Napoleon shamol tegirmonini barpo etish kerakligini eʼlon qiladi. Aniqlanishicha, Napoleon doim bu qurilishni talab qilgan, Snoubol esa shunchaki uning g‘oyasini o‘g‘irlab, hisob-kitoblari va chizmalaridan foydalangan. Napoleon esa unga qarshi ekanligini daʼvo qilishi kerak edi, chunki «xavfli, barchaga yomon taʼsir ko‘rsatgan» Snouboldan qutulishning boshqa usuli yo‘q edi. Bir kuni tunda sodir bo‘lgan portlash yarim qurilgan shamol tegirmonini vayron qiladi. Napoleonning aytishicha, bu Snoubolning sharmandali surguni uchun qasosidir. U ko‘plab jinoyatlarda ayblanadi, unga o‘lim jazosi eʼlon qilinadi. U barchani shamol tegirmonini tezda tiklashga chaqiradi. Ko‘p o‘tmay Napoleon hayvonlarini hovlida yig‘ib, itlar hamrohligida paydo bo‘ladi. U bir marta unga eʼtiroz bildirgan cho‘chqalarni, bir nechta qo‘y, tovuq va g‘ozlarni Snoubol bilan yashirin aloqasini tan olishga majbur qiladi. Itlar darhol ularni bo‘g‘zidan oladi. Shokka tushgan jonivorlar motam ruhida «Angliya hayvonlari»ni kuylashni boshlaydi, ammo Napoleon madhiyani abadiy kuylashni taqiqlaydi. Bundan tashqari, oltinchi moddadani o‘zgartiradi: «Hayvonlar sababsiz boshqa hayvonlarni o‘ldirmasliklari kerak». Endi hammaga ayonki, o‘z ayblarini tan olgan xoinlar qatl qilinishi kerak. Qo‘shni janob Frederik 15 nafar qurollangan ishchisi bilan Hayvonlar fermasiga hujum qiladi, ko‘plab jonivorlarga jarohat yetkazadi, o‘ldiradi va yangi qurilgan shamol turbinasini portlatadi. Hayvonlar hujumni qaytaradi, lekin o‘zlari ham holdan toyadi. Ammo Napoleonning tantanali nutqini tinglab, ular Shamol tegirmoni jangida eng katta g‘alabaga erishganiga ishonadi. Bokschi haddan tashqari ko‘p ishlash tufayli o‘ladi. Yillar davomida fermadagi isyondan oldingi hayotni eslaydigan hayvonlar kamayib boradi. Hayvonlar fermasi asta-sekin boyib boradi, ammo cho‘chqalar va itlardan tashqari hamma och edi; ular somon ustida uxlaydi, ariqdan suv ichadi, kecha-yu kunduz dalada ishlaydi, qishda sovuqdan, yozda jaziramadan azob chekadi. Baqiroq esa hisobot va xulosalar yordamida fermada kundan kunga hayot yaxshilanayotganini gapirib yuradi (O‘zbekiston televideniyesi kabi). Hayvonlar boshqalarga o‘xshamasligidan g‘ururlanadi: axir ular Angliyada hamma teng, erkin va o‘z manfaati uchun ishlaydigan yagona fermaga egalik qiladi. Bu orada cho‘chqalar Jonsning uyiga ko‘chib o‘tadi va uning to‘shaklarida uxlay boshlaydi. Napoleon alohida xonada yashaydi va qimmatbaho idishlarda ovqat yeydi. Cho‘chqalar odamlar bilan savdo qilishni boshlaydi. Ular o‘zlari pishirgan viski va pivoni ichadi. Keyingi moddani buzgan holda cho‘chqalar uni o‘ziga mos keladigan tarzda qayta yozadi. Ombor devorida bittagina buyruq qoladi: «Barcha hayvonlar tengdir, ammo baʼzi hayvonlar boshqalarga qaraganda tengroqdir». Oxir-oqibat cho‘chqalar Jonsning kiyimlarini kiyib, ularni olqishlayotgan qo‘ylarning qarsaklari ostida orqa oyoqlarida yurishni boshlaydi: «To‘rt oyoqli yaxshi, ikki oyoqli yaxshiroq». Qo‘shni fermalardan odamlar cho‘chqalarni ziyorat qilish uchun keladi. Stolda mehmonlar va cho‘chqalar qarta o‘ynaydi, pivo ichadi, do‘stlik munosabatlari uchun deyarli bir xil tostlar aytadi. Napoleon ferma bundan buyon cho‘chqalarning umumiy mulki ekanini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatadi va uni yana Manor fermasi deb nomlaydi. Keyin janjal ko‘tariladi, hamma qichqiradi va urishadi, odam qayerda, cho‘chqa qayerda, bilib bo‘lmay qoladi... Tahlil Jorj Oruellning “Molxona”sini o‘qib chiqib, hokimiyatga bo‘lgan chanqoqlik, murakkab munosabatlar, yolg‘onga asoslangan ijtimoiy hayotni mohirona satira va sarkazm bilan ochib bera olganining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Bu narsalar nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga ham xos xususiyatlar ekani haqidagi taassurot paydo bo‘ladi. Ammo bu muallif muammoni o‘quvchilarga iloji boricha aniqroq yetkazish uchun foydalangan juda nozik metafora bo‘lib, odamlarga «yaxshi niyat» niqobi ostida kuch va g‘oyaviy manqurtlashtirish orqali fikr va so‘z erkinligini bo‘g‘ishga qaratilgan jamiyatlarni ko‘rsatadi. Ushbu romanda jamiyat asoslari to‘g‘ridan to‘g‘ri fermer xo‘jaligida yashaydigan hayvonlar hayoti misolida aks ettirilgan. Bu hayvonlardagi insoniy xususiyatlar, qahramonlar ortida aslida kim yashiringan ekanini aniq ko‘rsatib beradi. Syujet juda g‘ayrioddiy, u nafaqat asosiy qahramonlar – hayvonlar va chorvachilik hovlisidagi voqealar rivojlanishi bilan, balki muallif tomonidan aks ettirilgan jamiyat muammolarining dolzarbligi bilan ham ajralib turadi. Roman kuchsiz va kuchli, ahmoq va aqlli hokimiyat egalari o‘rtasidagi munosabatlar haqida. Aslida bu muallifning hayoti davomida ko‘rgan diktatorlik rejimlarining allegorik namoyishidir. Odamlar va hayvonlar o‘rtasidagi ichki siyosiy qarama-qarshilik, tenglik tamoyillariga asoslangan yangi ideal jamiyatni shakllantirish bilan tugaydi. Hayvonlar dunyosida tabaqalanish asta-sekin sodir bo‘ladi, ammo uning boshlanishi cho‘chqalarning dastlabki harakatlarida namoyon bo‘ladi. Napoleonning hokimiyatga kelishi tabiiy ravishda (ferma aholisi uning rahbarligiga o‘rganib qolgani) va kuch orqali (to‘qqiz dahshatli it tomonidan qo‘llab-quvvatlangani) yuz beradi. Aytilayotgan siyosiy shiorlar («To‘rt oyoq yaxshi, ikkitasi yomon!») Napoleonning mavqeini mustahkamlash quroli bo‘lgan yolg‘on va propaganda edi. Ombor devorida yozilgan yetti modda doimiy ravishda o‘zgarib turadi va rahbarlar uchun moslashtirilaveradi. Fermada ro‘y beradigan hamma narsani Baqiroq teskari tomonga o‘zgartiradi. Hayvonlar ongida, och yashasa-da, osmon musaffoligi, tinch-totuv ekaniga shukrona hissini uyg‘otadi. Hikoya odamlar bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatish va cho‘chqalarni to‘liq assimilyatsiya qilish bilan tugaydi, ular dastlab oyoqlarda yurishni boshlaydi, so‘ngra odam kiyimini kiyadi. Asosiy qahramonlarning badiiy obrazlari o‘ziga xos tarixiy yoki umumlashtirilgan prototiplarga ega. Bokschi nomli mehnatkash ot har kungi mehnat orqali hayotini yaxshilashning yagona yo‘lini ko‘radigan ishchi sinfini anglatadi. Fermada vaziyat qanchalik og‘ir bo‘lsa, ot shunchalik qattiq ishlaydi. Bokschi safdoshi o‘rtoq Napoleonga ishonadi. Jamiyatning dissident qatlami – keksa eshak Benjamin. Ko‘pincha jim yuradi, lekin vaqti-vaqti bilan hukumatning xatti-harakatlariga hayvonlarning ko‘zlarini ochmoqchi bo‘ladi. Aynan mana shu qahramon “Molxona”da sodir bo‘layotgan voqealarning mohiyatini yaxshi tushunadi: «Ular hech qachon bundan yaxshiroq yoki bundan batarroq yashamagan – ochlik, haddan tashqari ish va aldangan umidlar, demak, bu hayotning o‘zgarmas qonuni». Shunday qilib, asta-sekin hayvonlarning siyosiy elitasi inson elitasidan ajralib bo‘lmaydigan holga keladi. Va bu yerda jamiyatning oddiy aʼzosi tizimda qanday rol o‘ynashi haqida shaffof eslatma mavjud. “Molxona” romani bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda, chunki shiorlar va «yaxshi niyatlar» o‘zgaradi, vositalar ham, lekin OAV ko‘p jihatdan yo‘q narsalarni bor qilib rahbarlarning rejalarini amalga oshirishni davom ettirmoqda (Andijondagi uy berish holatini eslang). Ko‘plab rahbar va amaldorlar katta katta vaʼdalarni berib, bajarmay kelmoqda. Xulosa Ushbu satirik asar totalitar davlatni yaratilish yo‘lini tasvirlaydi. Muallif shuni ko‘rsatadiki, hatto eng yorqin va to‘g‘ri g‘oya orqali ham shafqatsiz va dahshatli haqiqatni yaratishingiz mumkin. Jamiyat qanday qilib podaga aylanishi haqida hikoya. Bu har birimizga tegishli. Hamma narsa hammaga ochiq ko‘rinadigan darajada sodda tilda tasvirlangan. Ammo kimdir o‘zining qulay joyidan tashqarida nima bo‘layotganini ko‘rishni istamasa, ular ko‘rmaydi. Hikoya davomida asta-sekin hamma tenglashadi, ammo baʼzilari boshqalarga qaraganda tengroq bo‘ladi. Boshqalardan tengroq... Hayvonlarning birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan odamni fermadan haydab chiqardi, ular umumiy saʼy-harakat bilan dalada yer haydadi. Hamma teng ko‘rilsa-da, cho‘chqalar boshidanoq aniq ajratilgan edi, ammo boshqa hayvonlar ahmoq va ko‘r bo‘lib, hamma teng bo‘lib qoldi deb ularning ko‘rsatmalariga amal qildi. Ko‘p o‘tmay cho‘chqalar ularning xo‘jayiniga aylanadi. Qolgan hayvonlar o‘z qo‘li bilan cho‘chqalarni taxtga ko‘tarib, ularga qamchi berdi. Hammamiz bilamizki, bu asarda aslida hayvonlar haqida emas, odamlar haqida gap ketmoqda, odamlar podasi haqida... Oruell Sovet Ittifoqini tanqid qilarkan, hayvonlarning rasmlarini haqiqiy shaxslar deb atab, totalitar tuzumni va uning despotik xarakterini tanqid qilsa ham, kitob hokimiyatning buzilgan tabiati va uning insonga taʼsiri kabi kengroq muammolarni namoyish etadi. Tilni omma kayfiyatini boshqarish va manipulyatsiya qilish vositasi sifatida, shuningdek, aralashmaslik va befarqlikni erkin jamiyatni qullikka olib boruvchi asosiy omil sifatida ko‘rsatib beradi. “Molxona”ni allegoriya sifatida har xil tushunib o‘qish mumkin, shuning uchun uni ham kattalar, ham bolalar uchun qiziqarli va juda foydali kitob deb bilaman. Iqtiboslar Barcha hayvonlar tengdir. Ammo baʼzi hayvonlar boshqalarga qaraganda tengroq; Ular ko‘zlarini cho‘chqadan odamga, odamdan cho‘chqaga va yana cho‘chqadan odamga o‘girishdi, ammo ularning qaysi biri kim ekanligini aniqlab bo‘lmadi; Bugun ariqdagi suv qanday mazali! Barchasi rahbarimizning dono rahbarligi tufayli; Majlisga kelish, albatta, ixtiyoriy, ammo kelmaganlar uchun ovqatning yarmi ushlab qolinadi; Shunga qaramay, ularda faqat raqamlar bilan emas, yesa bo‘ladigan narsalar bilan ovqatlanishni afzal ko‘radigan kunlar ham bo‘lgan. Qiziqarli faktlar - Oruell antiutopiyasidagi katta cho‘chqa Napoleon deb nomlanadi. Ammo Fransiyada hikoyaning birinchi nashri tarjima qilinib bosmadan chiqqanida bu cho‘chqa Sezar nomi bilan atalgan. Keyingi tarjimalarda asl ismi qaytarilgan; - 1977 yili dunyoga mashhur Pink Floyd rok guruhi roman asosida Animals albomini chiqargan; - Uollingtonda yashaganida Oruell va uning rafiqasi Eylin bir nechta uy hayvonini parvarish qilgan. Ulardan biri Muriel ismli echki edi. “Molxona” kitobida shu nomdagi echki aqlli va munosib hayvonlardan biri sifatida tasvirlangan.
978-9943-23-149-8
100
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zheims-klir-atom-odatlar
Jeyms Klir: Atom odatlar
Kichik oʻzgarishlar, katta natijalar!  New York Timesʼning birinchi raqamli bestselleri. Dunyo bo'ylab 2 yilda 5 milliondan ortiq nusxada sotilgan! Sizga hayotingizni o'zgartirishda muhim bo'lgan ajoyib kitobni ona tilimizda taqdim etishdan xursandmiz.  Nima maqsad qoʻyganingizdan qatʼiy nazar, ushbu kitob sizga har kuni oz-ozdan yaxshilanib borishning sinalgan dasturini taklif qiladi. Odatlarni shakllantirish boʻyicha dunyoning yetakchi ekspertlaridan bori Jeyms Klir yaxshi odatlarni shakllantirish, yomonlaridan xalos boʻlish hamda katta natijalarga olib boruvchi kichik odatlarni egallashni oʻrgatuvchi amaliy strategiyalarni ochib beradi. Agar odatlaringizni oʻzgartirishni uddasidan chiqa olmayotgan boʻlsangiz, muammo sizda emas. Muammo tizimda. Yomon odatlar takrorlanaverishining sababi siz ularni oʻzgartirishni xohlamayotganingizda emas, balki oʻzgarish uchun notoʻgʻri tizim tanlaganingizda. Siz maqsadlaringizning darajasiga koʻtarilmaysiz, bilʼaks tizimlaringiz darajasiga tushib qolasiz. Mazkur kitobda esa sizni yangi choʻqqilarga olib chiquvchi sinashta tizim bilan tanishasiz. Klir murakkab mavzularni ham kundalik hayotga va ishga osongina tatbiq qilsa boʻladigan oddiy odatlarga bogʻlab, yechim bera olishi bilan tanilgan. Kitobda u yaxshi odatlarni muqarrar, yomonlarini esa ilojsiz qilish boʻyicha tushunishga oson yoʻriqnoma yaratar ekan, biologiya, psixologiya va neyroilmdagi eng ishonchli gʻoyalarga suyanadi. Mutolaa davomida kitobxon Olimpiadadagi oltin medal sohiblari, yetakchi biznesmenlar, inson hayotini saqlab qolgan shifokorlar oʻz kasbini ustasi boʻlishda mitti odatlar ilmidan foydalangani hamda sohada eng zoʻriga aylangani haqidagi hayotiy hikoyalarini oʻqib, ruhlanadi. Qanday qilib: - yangi odatlar uchun vaqt ajratishni (hatto qiladigan ishlaringiz oshib-toshib ketganda ham); - ishtiyoqsizlik va irodasizlikni yengishni; - atrof-muhitni muvaffaqiyatga erishishni osonlashtiradigan qilib tartiblashni; - yoʻldan adashganda ortga qayta olishni va boshqa koʻplab narsalarni oʻrganing. “Atom odatlar” oʻsish va muvaffaqiyat haqidagi fikrlaringizni oʻzgartiradi hamda sizga odatlaringizni oʻzgartirishda zarur boʻlgan qurol va strategiyalarni taqdim etadi. Xoh chempionatda gʻalaba qozonishni istayotgan jamoa boʻling, xoh sohaga qayta jon berishga umid qilgan tashkilot, yoki shunchaki chekishni tashlashni, ozishni, stressni kamaytirishni yoki yana boshqa bir maqsadga erishishni xohlayotgan oddiy inson boʻling, bu kitob sizga naf keltirmay qolmaydi. Tarjimon: Sarvinoz Qosimova Muharrir: Z. G‘ulomova Musahhihlar: Y. Mahmudov, U. Abdusalomova Dizayner: A. Umarova Sahifalovchi: X. Yo‘ldoshev Kitob haqida OAV va mashhurlar:  "Juda amaliy va foydali kitob. Jeyms Klir odatlarning shakllanishiga oid eng asosiy ma'lumotlarni tarqatadi, shuning uchun siz kamroq narsaga e'tibor qaratib, ko'proq narsaga erishishingiz mumkin." -Mark Menson, "Beparvolikning nozik san'ati" kitobi muallifi “Jeyms Klir ko'p yillar umrini shaxsiy kamolot san'ati va odatlar fanini o'rganishga sarfladi. Ushbu qiziqarli, amaliy kitob sizga yomon tartiblarni buzish va yaxshilarini odat qilish uchun kerak bo'lgan qo'llanmadir." -Adam Grant, "Originallar, Ber va ol" kitobi muallifi, mashhur yozuvchi  “Atom odatlari – bu bir (yoki o‘nlab) yomon odat(lar)ni tashlay olmayotganidan hafsalasi pir bo‘lgan va nihoyat salomatlik, fitnes, moliyaviy erkinlik, ajoyib munosabatlarga erishmoqchi bo‘lganlar uchun ajoyib kitob. yaxshi qo'llanma." – Medium.com nashri
978-9943-23-194-8
300
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/piter-hopkirk-katta-uiin-ikki-imperiya-tuknashuvi
Piter Hopkirk: Katta o'yin. Ikki imperiya to'qnashuvi (oldindan buyurtma)
“Piter Hopkirk qoʻl uradigan har bir hikoya butunlay oʻziga jalb qiladi” — The Washington Post gazetasi Markaziy Osiyoning bugungi xaritasini chizib bergan “Katta oʻyin” haqida eshitganmisiz? Bu mintaqadagi xonliklarni oʻziga vassal va mustamlakaga aylantirish uchun ikki qudratli imperiya — Chor Rossiyasi va Britaniya oʻrtasida kechgan kurash “Katta oʻyin”ga asos boʻldi. Ushbu kitob mintaqada qariyb bir asr davom etgan siyosiy oʻyinlar, gilam osti diplomatiyasi, qonli janglar va katta hududni oʻz taʼsiri doirasiga tushirish uchun xalqaro bosim haqida qiziqarli tilda hikoya qiladi. Hikoya boʻlganda ham voqealarni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan shohidlarning hikoyalari. Geosiyosiy bir oʻyin tarzida kechgan bu kurashda tomonlar kim koʻproq va kattaroq hududni egallash payida edi. Chor Rossiyasi Hindistonga chiqish, inglizlar tasarrufidagi hududni oʻziniki qilishni koʻzlasa, Britaniya imperiyasi bunga goh bufer davlatlar yaratish, goh Hindiston mulki chegaralarini kengaytirish orqali qarshi turadi. Rossiya ham inglizlar egallab olmasidan burun xonliklarni oʻz imperiyasiga qoʻshib olishga oshiqadi. Buyuk britaniyalik yozuvchi, tarixchi va jurnalist Piter Hopkirk Markaziy Osiyo va Kavkazga bir necha bor xizmat safari bilan kelgan. U olib borgan tadqiqotlarning katta qismi Britaniya kutubxonasining Hindiston ishlari boʻyicha arxivida saqlanadi. Hopkirkning “Katta oʻyin: ikki imperiya toʻqnashuvi” asari ilk bor 1990-yilda chop etilgan. Muallif haqida: Piter Hopkirk 1930-yilda Angliyada tugʻilgan hamda Oksforddagi Dragon maktabida tahsil olgan. U yoshligidanoq Buchanning “Grinmantl” va “Kiplingning Kim” romanlarini oʻz ichiga olgan josuslik romanlariga qiziqardi. Toʻliq mualliflik qilishidan avval u 2 yil davomida ITN muxbiri va yangiliklar boshlovchisi, Lord Biverbrukning The Sunday Express gazetasining Nyu-Yorkdagi muxbiri boʻlgan. Taxminan 20 yil davomida The Times gazetasida ishlagan, bundan besh yil gazeta bosh muxbiri, soʻngra Yaqin Sharq va Uzoq Sharq mutaxassisi sifatida. 1950-yillarda esa u Gʻarbiy Afrikaning Drum yangiliklar jurnaliga muharrirlik qilgan. Hopkirk koʻp yillar davomida oʻzining oltita kitobida tasvirlangan hududlarda — Rossiya, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron va Sharqiy Turkiyada sayohat qildi.
978-9943-23-198-6
744
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/daron-azhemugli-zheims-a-robinson-mamlakatlar-tanazzuli-sabablari-kudrat-farovonlik-va-kambagallik-manbalari-kattik-mukova
Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari
Ajoyib va qiziqarli yozilgan “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” asari asrlar davomida mutaxassislarni hayratda qoldirgan savolga ishonchli va izchil asoslangan yangi nazariya bilan javob beradi: Nega baʼzi mamlakatlar boy va boshqalar kambagʻal, boylik va qashshoqlik, sogʻliq va kasallik, oziq-ovqat va ocharchilik boʻyicha boʻlingan? Bu madaniyat, iqlim yoki geografiyami? Ehtimol, toʻgʻri siyosat nima ekanligini bilmaslikdir? Shunchaki, yoʻq. Bu omillarning hech biri aniq yoki taqdir emas. Aks holda, Afrikaning boshqa davlatlari, masalan, Zimbabve, Kongo, Syerra-Leone qashshoqlik va zoʻravonlik botqogʻiga botgan bir paytda Botsvana dunyoning eng tez rivojlanayotgan davlatlaridan biriga aylanganini qanday izohlash mumkin? Savolga javob sifatida Daron Ajemoʻgʻli va Jeyms A. Robinson iqtisodiy muvaffaqiyat (yoki uning yetishmasligi) asosida inson tomonidan yaratilgan siyosiy va iqtisodiy institutlar ekanligini aniq koʻrsatadi. Ularning ajoyib misollaridan birini oladigan boʻlsak, Koreya juda bir xil millat, ammo Shimoliy Koreya xalqi yer yuzidagi eng kambagʻallar qatorida, Janubiy Koreyadagi aka-uka va opa-singillari esa eng boylar qatorida. Janub ragʻbatlarni yaratadigan, innovatsiyalarni mukofotlaydigan va har bir kishiga iqtisodiy imkoniyatlarda ishtirok etishga imkon beradigan jamiyatni yaratdi. Shu tariqa turtki boʻlgan iqtisodiy muvaffaqiyatlar barqaror boʻldi, chunki hukumat fuqarolar va xalq oldida masʼuliyatli va sezgir boʻldi. Afsuski, shimol xalqlari oʻnlab yillar davomida ocharchilik, siyosiy qatagʻon va boshqacha iqtisodiy institutlarni boshdan kechirdi — oxiri koʻrinmaydi. Koreyalar oʻrtasidagi tafovutlar esa mutlaqo boshqa institutsional trayektoriyalarni yaratgan siyosat bilan bogʻliq. Kitob mualliflari oʻzlarining oʻn besh yillik tadqiqotlariga asoslanib, yangi nazariyani yaratish uchun Rim imperiyasi, Mayya shahar-davlatlari, oʻrta asrlar Venetsiyasi, Sovet Ittifoqi, Lotin Amerikasi, Angliya, Yevropa, AQSh va Afrikadagi gʻayrioddiy tarixiy dalillarni birlashtiradi, jumladan: - Xitoy avtoritar oʻsish mashinasini qurdi. U shunday yuqori tezlikda oʻsishda davom etadimi va Gʻarbni bosib oladimi? - Amerikaning eng yaxshi kunlari ortda qoldimi? Biz elitaning hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlariga qarshilik koʻrsatadigan fazilatli doiradan kichik ozchilikni boyitib, kuch-quvvat beruvchi yovuz doiraga oʻtyapmizmi? - Milliardlab odamlarni qashshoqlikdan farovonlikka olib chiqishga yordam berishning eng samarali usuli qanday? Gʻarbning boy davlatlaridan koʻproq xayriyami? Yoki Ajemoʻgʻli va Robinsonning inklyuziv siyosiy va iqtisodiy institutlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsiri boʻyicha yutuq gʻoyalarining qiyin saboqlarini oʻrganishmi? “Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambagʻallik manbalari” kitobi sizning dunyoqarashingiz va fikrlashingizni oʻzgartiradi. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Siyosatchilar va iqtisodiy rivojlanish bilan bogʻliq har bir kishi oʻqishi kerak.“ — Jared Diamond, Nyu-York kitoblar sharhi “Bu intellektual jihatdan boy kitob boʻlib, muhim tezisni ishtiyoq bilan rivojlantiradi. Uni barcha oʻqishi kerak”. — Financial Times “Ajoyib kitob.“ — Bloomberg (Jonatan Alter) “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” — bu tarix va bugungi kunda ham keng tarqalgan nega baʼzi mamlakatlar boyib ketyapti, boshqalari esa boy boʻlmaydi degan juda katta savolga javob beruvchi oʻta ajoyib asardir.“ — The New York Times (Chrystia Freeland) “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” haqiqatan ham ajoyib kitob. Ajemoʻgʻli va Robinson ijtimoiy fanlardagi eng muhim muammolardan birini — asrlar davomida yetakchi olimlarni oʻylantirib kelayotgan savol sodda va tushunarli tarzda ajoyib javob berdilar. Qiziqib oʻqilishi mumkin boʻlgan kitob. Tarix, siyosatshunoslik va iqtisodni oʻz ichiga olgan ushbu kitob iqtisodiy rivojlanish haqidagi fikrimizni oʻzgartiradi”. — Stiven Levitt, Freakonomics hammuallifi “Bir muncha vaqt oldin taniqli Shotlandiya faylasufi xalqlarni nima muvaffaqiyatga erishtirayotgani va nima muvaffaqiyatsizlikka uchratganligi haqida kitob yozgan edi. “Xalqlar boyligi” bugungi kunda ham oʻqilmoqda. Xuddi shunday zukkolik va bir xil keng tarixiy nuqtai nazar bilan Daron Ajemoʻgʻli va Jeyms A. Robinson xuddi shu savolni bizning davrimiz uchun qayta koʻrib chiqdi. Ikki asr oʻtgach, bizning buyuk nevaralarimiz ham xuddi shunday kitobni oʻqiydilar. — Jorj Akerlof, iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati, 2001 yil “Ajemoʻgʻli va Robinson quyi milliardning rivojlanishiga oid asosiy savolni qoʻyadilar. Ularning javoblari chuqur, tushunarli va ishonarli”. — Pol Kollier, Oksford universitetining iqtisod professori, The Bottom Billion kitobi muallifi Kun.uz nashri: “Demokratiyaga osonlikcha o‘tilmaydi” - Jyeyms Robinson bilan suhbat  Kun.uz nashri: Qashshoq davlatlarning qashshoqligi sababi. Jyeyms Robinsonning Toshkentdagi ma’ruzasi Gazeta.uz nashri: «Mamlakatlar tanazzuli sabablari»dan: Shu qadar yaqin, shu qadar farqli Daryo.uz nashri: Foto: “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi hammuallifi, britaniyalik iqtisodchi Jeyms Robinson bilan Toshkentdagi uchrashuv Daryo.uz nashri: Yana bir kitob tarjimasi kutilmoqda: Toshkentda “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi hammuallifi Jeyms Robinson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi (video) Tarjimon: Sirotulloxon Muhammadsoliev Masʼul muharrir: Behzod Hoshimov Dizayner: M.Xoshimov
978-9943-23-189-4
672
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/charlz-uilan-yalangoch-iktisodiet
Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi
Dunyo kitobxonlariga sevimli boʻlib ulgurgan “Yalangʻoch iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi” kitobi endi oʻzbek tilida! Charlz Uilanning “Yalangʻoch iqtisodiyot” nomli kitobida iqtisodiyotning mohiyati hamda dolzarb masalalari sodda va tushunarli, barchamizga tanish hayotiy misollar bilan yoritilgan. Kitobda murakkab chizmalar yoki sirli formulalar yoʻq, balki moddiyat dunyosida qanday qonuniyatlar hukmronlik qilishi va davlatlar nimaning hisobiga boyishi tushuntirilgan. Asarni oʻqiy boshlaganimizda muallif ulkan iqtisodiyot olamidagi yoʻlboshchimizga aylanib, bu olamning eng chekka burchaklarigacha biz bilan sayohat qiladi. Uilan ‒ ishonchli yoʻlboshchi, uning biz bilan olib boradigan suhbati esa samimiy va doʻstona ruhda kechadi. Maroq bilan oʻqiladigan ushbu kitob oʻquvchida iqtisodiy savodxonlik oshishiga xizmat qiladi. Kitobxonni fanning tub mohiyati bilan yuzlashtirib, kunning eng muhim iqtisodiy muammolarini tushunadigan oʻqimishli fuqaroga aylantiradi. Uilan iqtisodiyotni chizma, diagramma va tenglamalarsiz ham tushuntirib berish mumkinligini isbotlab beradi. U iqtisodiy tahlilni juda ham qiziqarli uslubda izohlaydi. Bu kitob kollej va institutlarning iqtisodiyot kurslari uchun ancha foydali qoʻshimcha darslik boʻla oladi. Eng mu­­­himi ‒ iqtisodiyotni oʻta zerikarli va mijgʻov fan sifa­tida koʻrgan hamda uni oʻrganishdan bosh tortgan inson­­­larning qarashlarini oʻzgartirib yuborishga qodir. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri: “Bravo, Charlz Uilan, imkonsiz narsani: iqtisodni oʻrganishni qiziqarli, tushunarli va kulgili qilganingiz uchun.“ — Debora Kopaken Kogan, “Shutterbabe: Adventures in Love and War” muallifi “Men ushbu kitobni ozgina ogʻriq va katta zavq bilan iqtisodiyotni tushunishni istagan har bir kishiga tavsiya qilaman.“ ― Gari Bekker, 1992-yil iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori “Aniq, qisqa, maʼlumotga boy va dono.“ — Chicago Tribune Muallif haqida: Charlz Uilan — amerikalik professor, jurnalist, maʼruzachi va “Unite America” tashkilotining asoschisi va hamraisi. Uilan “Yalangʻoch statistika”, “Yalangʻoch iqtisodiyot” va “Yalangʻoch pul” kabi bestseller kitoblarning muallifi. Uilan 1988-yilda Dartmut kollejini tamomlagan; u Alpha Delta birodarligining aʼzosi boʻlgan. 1997-yildan 2002-yilgacha The Economist gazetasining Oʻrta Gʻarbdagi muxbiri boʻlgan. U shuningdek, Chicago Tribune, The New York Times, The Wall Street Journal va Yahoo!Finance uchun maqolalar yozgan.
978-9943-23-222-8
540
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/piter-til-bleyk-masters-noldan-birga-startaplar-haqida-qaydlar-yohud-kelajakni-qanday-kurish-mumkin
Piter Til, Bleyk Masters: Noldan birga. Startaplar haqida qaydlar yoxud kelajakni qanday qurish mumkin
№1 “NEW YORK TIMES” BESTSELLERI “Ushbu kitob dunyoda qiymat yaratish boʻyicha mutlaqo yangi va tetiklantiruvchi gʻoyalarni taqdim etadi” — Mark Sukerberg, Meta bosh direktori “Piter Til bir nechta ilgʻor kompaniyalarni qurdi va “Noldan birga” kitobi buni qanday qilishni koʻrsatadi.“ — Elon Mask, SpaceX va Tesla bosh direktori Zamonamizning eng katta siri shundaki, hali oʻrganilmagan chegaralar va yaratilishi kerak boʻlgan yangi ixtirolar mavjud. Afsonaviy tadbirkor va investor Piter Til “Noldan birga” kitobida yangi narsalarni yaratuvchi kompaniyalarni qurish usullarini qanday topishimiz mumkinligini koʻrsatadi. Til oʻz asarini mobil qurilmalarga mukkamizdan ketib, buni sezmayotgan boʻlsak ham, aslida texnologik turgʻunlik asrida yashayotganimizni koʻrsatish bilan boshlaydi. Axborot texnologiyalari tez surʼatda rivojlandi, ammo taraqqiyot faqat kompyuterlar yoki Silikon vodiysi bilan cheklanib qolmasligi kerak. Har qanday sanoat yoki biznes sohasida taraqqiyotga erishish mumkin. Bunda xar bir lider oʻzlashtirishi kerak boʻlgan eng muhim mahorat — mustaqil fikrlashni oʻrganishdir. Biznesda har bir lahza bir marta yuz beradi. Yana bir Bill Geyts operatsion tizim ishlab chiqmaydi. Navbatdagi Larri Peyj yoki Sergey Brin qidiruv tizimini yaratmaydi. Ertangi chempionlar bugungi bozorda shafqatsizlarcha raqobatlashib gʻalaba qozona olmaydi. Ular raqobatdan butunlay qochishadi, chunki ularning biznesi noyob boʻladi. Boshqa birov uddalagan ishni qilish dunyoni 1 dan n ga siljitadi. Ammo har safar yangi narsa yaratganimizda, biz 0 dan 1 ga tomon harakatlanamiz. “Noldan birga” kitobi kelajakka optimistik nuqtai nazarni va innovatsiyalar haqida yangi fikrlash tarzini taqdim etadi: u sizni kutilmagan joylarda qiymat topishga olib keladigan savollar berishni oʻrgatishdan boshlanadi. Kitob haqida OAV va mashhurlar fikri “Aniq yozilgan, mantiqiy va amaliy, “Noldan birga” asarini nafaqat ishbilarmon tadbirkorlar, balki dunyo istiqbollari haqidagi hozirgi gʻam-gʻussaga alternativ izlayotgan har bir kishi oʻqishi kerak.” - The Economist “Tavakkalchi kitob yozsa, uni oʻqing. Piter Til misolida, uni ikki marta oʻqing. Yoki xavfsiz boʻlish uchun uch marta. Bu klassika.“ - Nassim Nikolas Taleb, “Tasodif bilan aldanganlar” va “Qora oqqush” muallifi “Noldan birga” — har qanday amaldagi yoki havaskor tadbirkor oʻqishi kerak boʻlgan birinchi kitob.“ - Mark Andreessen, dunyodagi birinchi veb-brauzerning hammuallifi, Netscape asoschilaridan biri va Andreessen Horowitz kompaniyasining venchur kapitalisti “Til oʻzining falsafa, tarix, iqtisod, antropologiya va madaniyat boʻyicha keng koʻlamli va oʻziga xos faoliyatiga asoslanib, bugungi kunda Amerikaning yetakchi jamoatchi ziyolisiga aylandi” - Fortune “Noldan birga — bu yirik kompaniyalar va tadbirkorlar uchun tinimsiz takomillashtirish uchun muhim qoʻllanma. Uni oʻqing, Piterning chaqirigʻini qabul qiling va kutilganidan ham ortiqroq biznes yarating.“ - Jeff Immelt, GE raisi va bosh direktori “Har kim oʻqishi kerak boʻlgan birinchi va oxirgi biznes kitobi; nollar dunyosida.“ - Nil Stivenson, “Snow Crash”, “Baroque Cycle” va “Cryptonomicon” kitoblari muallifi Mualliflar haqida Piter Til — tadbirkor va investor. 1998-yilda “PayPal” kompaniyasiga asos soldi, uni bosh direktor sifatida boshqardi. 2002-yilda uni ommabop platformaga aylantirib, tezkor va xavfsiz onlayn savdo uchun yangi davrni boshlab berdi. 2004-yilda u “Facebook” tarmogʻiga ilk tashqi sarmoyasini kiritdi — hozirda direktorlar kengashidan joy olgan. Xuddi shu yili tadbirkor “Palantir Technologies” dasturiy taʼminot kompaniyasini ishga tushirdi, u milliy xavfsizlik va global moliya sohalaridagi tahlilchilarning imkoniyatini kengaytirish uchun kompyuterlardan foydalanadi. Piter Til “LinkedIn”, “Yelp” va boshqa oʻnla texnologik startaplarning birinchi investori hisoblanadi, ularning koʻpini “PayPal” mafiyasi — Piterning sobiq hamkasblari boshqaradi. Hozirda u Kremniy vodiysida joylashgan “Founders Fund” venchur kapital firmasining hamkori. Firma “AirbnB” va “SpaceX” kabi loyihalarda ishtirok etgan. Piter nafaqat kollejga borish, balki u yerda oʻqish muhimligi haqidagi gʻoyasi bilan mashhur boʻlgan “Thiel Fellowship” hamda ommaga ilgʻor texnologiyalar va uzoq muddatli fikrlashni taqdim etuvchi “Thiel Foundation”ga asos solgan. Bleyk Masters 2021-yilda Stenford yuridik maktabida oʻqiganida, Piterning “Kompyuter ilmi 183: Startap” kursidagi batafsil qaydlari internetda shov-shuvga aylandi. Kollejni tugatgach, u huquqiy axborotni tahlil qilish va tartibga solish texnologiyasini ishlab chiqadigan “Judicata” startapiga asos soldi.
978-9943-23-221-1
256
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/ochkuz-savdogar-ibratli-ertaklar-2
Ochko‘z savdogar (ibratli ertaklar)
Ушбу китобда болажонлар учун ажойиб ва ибратли эртаклар жамланган.
978-9943-20-311-2
112
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/pavel-annekov-million-dollarlik-hatolar
Pavel Annekov: Million Dollarlik Xatolar
Қўлингиздаги ушбу китоб айни пайтдаги тадбиркор томонидан ёзилган.  Ушбу китоб орқали сиз амалдаги тадбиркорнинг билим ва тажрибаларига эга бўласиз. Албатта, фаолият давомида бизнесни барбод қилишга оид омиллар етарлича топилади. Ушбу китоб сизларни ана шу хатолар билан бирма-бир таништиради. Чунки тадбиркорлик фаолиятини юритаётган инсон ана шу хатоларга дуч келиши аниқ. Шундай экан, ушбу китоб Сизларга яқин кўмакчи бўлади, деб ўйлаймиз
978-9943-6688-0-5
304
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhazhzhi-akademik-9-son
Jajji akademik (9 son)
Biolog olim bo'lsam... Hujayralar maktabi Marsga uchishga chipta oldingizmi? Regeneratsiya nima? Maktabni bitirib...
null
null
null
https://asaxiy.uz/uz/product/shohruh-pulatov-adabiyot-kulaj-kullanma-6-sinf
Shohruh Po‘latov: Adabiyot qulay qo‘llanma 6 sinf
Ushbu qo'llanma eng so'ngi 6-sinf adabiyot darsligi bo'yicha tayyorlangan. Qo’llanmaning qulayliklari: ✅Testga tushadigan joylar alohida belgilar orqali ko’rsatilgan. ✅Har bitta testga tushadigan joylarga e’tibor qaratilgan. ✅Har bir ijodkor va uning asarlari, asarlarning janrlari alohida jadval asosida qulay holga keltirilgan. ✅Mazkur qo’llanma abituriyentlardan tashqari maktab o’quvchilari, o’qituvchi-repititorlar va fan olimpiadasiga qatnashuvchilar uchun ham juda foydali.
null
null
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/yahshi-niyat
Yaxshi niyat
Эътиборингизга ҳавола этилаётган ушбу тўпламнинг алоҳида хусусияти шуки, унда инсон феълида мужассам бўлган баъзи бир фазилат ёки иллатларга тўхталиб, уни эртаклар, ривоятлар, ҳикоятлар, ҳикоялар, халқ мақоллари мисолида изоҳлайди, айни мавзудаги уламоларнинг ўгитлари, доноларнинг ҳикматлари келтирилади. Яна, шуни ҳам алоҳида таъкидлаш ўринлики, мазкур тўплам оила даврасида мутолаа қилиш учун мўлжалланган.
978-9943-38-1-988
144
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-omid-azzolij-tavba-kitobi-ihjou-ulumid-din-dan
Abu Homid G‘azzoliy: Tavba kitobi (Ihyou ulumid-din)dan
Ушбу китоб улуғ имом, «ҳужжатул-ислом» Муҳаммад ибн Муҳаммад ибн Аҳмад Абу Ҳомид ат-Тусий ал-Ғаззолийнинг Байрутда нашр қилинган IV жилдлик «Иҳёу улумиддин» («Дин илмларини жонлантириш») асаридан танланди. Китобда тавба амали билан боғлиқ барча ҳолат-ҳусусиятлар Қуръон, ҳадис ва солиҳ салафларимизнинг сўзлари асосида батафсил ёритилган. «Тавба китоби»дан ислом тарихи, иймон асослари ва тақво масалаларига қизиққан кенг китобхонлар оммаси фойдаланишлари мумкин. Ҳозир сенда бу икки ўтдан енгилроғини, тафти пастроғини танлаш имконияти бор. Сен учун тўшалган ихтиёр гилами ҳали йиғиштирилгани йўқ. Ҳали сен жаннатда бўлмасанг-да, зўрлик билан жаҳаннамга ҳам ҳайдалмадинг. То имкон бор экан, надоматга шошил, дўзахдан сақлан... («Тавба китоби» китобидан)
978-9943-6605-1-9
240
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/jul-harakati-koidalariga-batafsil-sharhlar-shablon
Yo‘l harakati qoidalariga batafsil sharhlar + shablon
Мазкур қўлланма “Йўл ҳаракати қоидалари”ни атрофлича ўрганиш, йўл-транспорт ҳодисаларининг олдини олиш ва уни бартараф этишда ҳайдовчиларга сифатли билим бериш мақсадида яратилган бўлиб, йўл ҳаракати иштирокчиларининг хавфсизлигини таъминлашга ёрдам беради. Муаллифлар “Иўл ҳаракати қоидалари”га шарҳлар асосида саккиз юздан ортиқ безакли расмлар билан мураккаб йўл ҳаракати вазиятларини содда қилиб тушунтиришга ҳаракат қилганлар. Қўлланма малака ошириш тингловчилари, ҳайдовчилар, пиёдалар, ҳайдовчилик гувоҳномаси олиш учун номзодларга ва кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган. Ушбу қўлланмани тайёрлашда ўз фикр ва мулоҳазалари билан ёрдамлашган тақризчилар Акмал Муҳитдинов ва Анвар Назаровларга муаллифлар ўз миннатдорчиликларини билдиради. Дунёда ҳеч нарса мукаммал бўлмагандек, ушбу ўқув қўлланма ҳам баъзи бир камчиликлардан ҳоли бўлмаслиги мумкин, албатта. Шу сабабли ўқув қўлланма ҳақида ўз фикр ва мулоҳазаларини билдирган китобхонларга самимий ташаккур билдирамиз.
978-9943-6312-0-5
240
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ahad-kayum-mening-yurtim
Ahad Qayum: Mening yurtim
Sheʼriyat shunday bir sanʼatki, uning sarhadlari inson ko‘nglining eng yuza qismini ham, tubsiz qaʼrini ham qamrab oladi. Ahad Qayum sheʼrlari shunday. Uning satrlarida til uchida turgan so‘zlar, qalbning hammaga xos kechinmalari, gohida esa siz aytmoqchi bo‘lgan, lekin oddiygina qilib aytib ko‘rishni istamaganingiz ajib dardlar aks etadi. Ushbu kitobdan shoirning Vatan, xalq va istiqlol mavzusidagi ko‘plab sheʼrlari joy olgan.
978-9943-24-125-1
376
2015
https://asaxiy.uz/uz/product/aellarga-hos-masalalar-namoz-baeni-kirill
Ayollarga xos masalalar. Namoz bayoni (kirill)
Mazkur risoladan asosan xotin-qizlarga taalluqli tahorat masalalari, namoz o‘qish tartibining o‘ziga xos yo‘l-yo‘riqlari, namozda o‘qiladigan ayrim qisqa suralar va duolar o‘rin olgan. Ushbu kitob barcha ayollarga tahorat va namoz masalalarini tushunishda yaqindan yordam beradi, degan umiddamiz. Tuzuvchi: Abduqahhor Shoshiy Taqrizchi: Anvar qori Tursunov
978-9943-6721-4-7
64
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhaloliddin-rumij-ichindagi-ichindadur-yangi
Jaloliddin Rumiy: Ichindagi ichindadur
Bu asar insonni fikrlashga, fikrlash orqali o‘zligini, o‘zligi orqali Haqni — Yaratganni tushunishga undaydi. Shuning uchun ham «Ichindagi ichindadur»ga bir marta oshno bo‘lgan ko‘zi ochiq insonki bor, umrbod undan ayrilmasam, deydi. Chunki asar, avvalo, o‘sha inson haqida — siz haqingizda, men haqimda, umuman, hammamiz haqimizda. Bizning o‘zligimizni bilishimiz haqida. Axir olamda bundan qiziqarliroq, bundan muhimroq yana nima bor? Mashoyixlar «O‘zini bilgan avliyo bo‘ladi» deya bejiz aytishmagan. Hazratning o‘zi shunday deydi: «Rivoyat qiladilarki, bir podshoh o‘g‘lini hunarmandlar to‘piga qo‘shib qo‘yibdi. Ular bolaga turli bilimlardan, jumladan, ilmu nujumdan dars berishibdi. Shoh o‘g‘li butunlay ahmoq bo‘lgani holda o‘ziga o‘rgatilgan narsalarni puxta egallab olibdi. Kunlardan bir kun podshoh uni imtihon qilmoq uchun hovuchiga uzugini berkitib, o‘g‘liga «Bunda ne bor?» debdi. Bola «Qo‘lingdagi dumaloq, sariq va ichi bo‘sh narsadir» degach, hukmdor hayratda qolib «Alomatlarini to‘g‘ri aytding, ismini ayt» deb buyuribdi. O‘g‘il «G‘alvir bo‘lsa kerak» deb javob beradi. Podshoh «Olgan tahsiling sharofati bilan meni hayron etib alomat — belgilarni aniq ayting-u, ammo g‘alvirning hovuchga sig‘masligiga qanday qilib farosating yetmadi?» dedi afsus chekib.
978-9943-07681-5
208
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/abror-akbarov-alifbo-uqishni-va-yozishni-urganamiz-rasmlarni-buyajmiz
Abror Akbarov: Alifbo – o‘qishni va yozishni o‘rganamiz, rasmlarni bo‘yaymiz
Ҳурматли ота-она ва Устозлар ! Ушбу ҳуснихат 5-7 ёшдаги болалар учун мўлжалланган. У орқали фарзандингиз ҳарф таниши, уларни ёзиши ва айни ҳарфлардан бошланадиган тасвирларни аниқлаб, уларни чизиб, бўяши ҳам мумкин. Мазкур ҳуснихатни таркиблашда боланинг нутқини бойитишга алоҳида урғу берилган. Уни ўзлаштиришга киришган бола танишган ҳарфи билан бошланувчи камида ўнта сўзни ўрганади. Боланинг ҳарф таниши ва уни ўз қўли билан ёза олишига алоҳида эътибор билан ёндашасиз, деган умидда, ҳуснихатдан фойдаланишдаги муҳим жиҳатларни санаб ўтдик. 1. Янги ҳарфни камида уч марта аниқ-тиниқ талаффуз қилиб, болага эшиттиринг ва ундан ҳам худди шундай талаффуз қилишини сўранг. 2. Ҳарфларнинг босма ва ёзма тарзда ёзилишини болага тушунтиринг. 3. Чап саҳифада, ҳарфнинг қуйисида жойлашган суратларни бирма-бир болага кўрсатиб, нима эканини сўранг. Топса, албатта, уни олқишланг, мабодо, топа олмаса, сурат остидаги сўзни унга ўқиб беринг. Шундан сўнг сўзнинг қайси ҳарф билан бошланаётганига аҳамият беришини сўранг. Топа олмаса, ёрдамлашинг. 4. Ёзув машқларига киришишдан аввал болага  тўғри ўтиришни ва ручка (қалам) ушлашни ўргатинг. 5. Ёзув машқларини бажаришда боланинг ҳолатини ҳисобга олинг. (Бунга қалам ёки тўғридан-тўғри ручкада ёзиш, қўл ўргангунга қадар қораламадан фойдаланиш каби ҳолатлар киради.) 6. Болани чиройли ёзишга унданг. 7. Ўнг саҳифадаги нуқтали чизмалар тасвирини аниқлашда фарзандингизга кўмаклашинг. Фақат тасвирни ифодалаган сўзнинг бош ҳарфи қайси эканини топишни боланинг ўзига қўйиб беринг. 8. Нуқтачаларни туташтиришда қора қаламдан фойдаланишни тавсия қиламиз. 9. Ҳосил бўлган расмларни эркин тарзда бўяш асносида уларнинг қайси ҳарфдан бошланганини эслаб қолишга уриниш мақсадга мувофиқдир.
978-9943-5012-8-7
32
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/fiziognomika-imo-ishora-tili
Fiziognomika: Imo-ishora tili
Халқимизда "Кўзлар инсоннинг қалб ойнасидир" деган нақл бор. Биз бунга қўшимча қилиб айтамизки, нафақат кўзлар, балки инсонинг юзи, юриши тана тузилиши, ўзини тутиши ва характери у ҳақида кўпгина маълумотни бериши мумкин. Физиогномикани ўрганганлар учун бу маълумотлар очиқ турган китоб мисолидек. Уни ўқий олсангиз бас. Бу китоб сизга инсон хусусиятининг яширин қирраларини бурун, қошлар ва бошқа аъзолар тузилишига қараб аниқлаш имконини беради. Физиогномика психология билан чамбарчас боғлиқ бўлиб, инсон руҳиятини ўрганишда муҳим омил ҳисобланади. Сўз билан ҳамма нарсани керакли равишда ифодалаб бўлмайди. "Сўзламайдиган" тилнинг сирларини билиш, бу соҳада саводли бўлиш кўпчилик учун касб тақозосидир. "Имо-ишоралар тили" китоби қизиқарли услубда баён қилинган, шубҳасиз ҳар биримиз учун фойдалидир.
978-9943-387-85-0
160
2016
https://asaxiy.uz/uz/product/zhahon-halklari-ertaklari-1-kitob
Jahon xalqlari ertaklari (1 kitob)
Эртаклар- болалар адабиётининг энг нодир дурдоналари. Ажойиботларга тўла орзулар осмонида парвоз қилувчи бахтиёр болаликни эртакларсиз тасаввур қилиш қийин. Бола эртаклардаги жасур қаҳрамонлардан ибрат олади, чунки бу қаҳрамонлар ҳамиша меҳнаткаш халқни турли аждаҳо ва девлардан, бола-офатлардан ҳимоя қиладилар. Эртаклар қайси тилда яратилмасин, албатта, китобхон қалбига йўл топади. Уни яхшиликка ундайди. Мазкур ҳавола этилаётган "Жаҳон халқлари эртаклари" туркуми араб, турк ва мўғил эртакларидан иборат бўлиб, ўқувчиларга манзур бўлади, деган умиддамиз.
978-9943-22-231-1
160
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/pirimkul-kodirov-kadrim
Pirimqul Qodirov: Qadrim
„Meros. Erk. Qadrim“ — oʻzbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub qissalar toʻplami. 1975-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga Qodirovning „Meros“, „Erk“, „Qadrim“ qissalari kiritilgan. „Qadrim“ qissasi 1961-yil, „Erk“ qissasi 1968-yil, „Meros“ qissasi esa 1974-yilda yozilgan Qissalar haqida asar yozilganidan keyin yigirma yil oʻtib yozuvchining oʻzi shunday degan: „Totalitar imperiya bizni qaram ahvolga solib, qadr-qimmatimizni yerga urishini ich-ichimizdan sezib, ruhan behad qiynalardik. Lekin buni ochiq aytolmay, „Qadrim“, „Erk“ kabi qissalarda ichki erkini yoʻqotgan, mutelik dardiga giriftor boʻlgan qahramonlar hayotini hamdardlik bilan koʻrsatish orqali ozodlik va mustaqillikka boʻlgan tashnalikni qondirishga intilardim“.
978-9943-7320-5-6
112
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/svetlana-ivanova-hodimlarni-tanlash-sanati
Svetlana Ivanova: Xodimlarni tanlash san'ati
Bugungi kunda talantli, motivatsiyalangan, zarur bilimga, ish va tashkilot uchun shart bo‘lgan kompetensiyaga ega insonlar biznesning muvaffaqiyatini belgilashda asosiy o‘rinni egallashi to‘g‘risida deyarli hech kimni ishontirish shart emas. Monopoliya bozorlari deyarli qolmadi, har qanday "nou-xau"lar raqobatchilar tomonidan tezlik bilan egallab olinmoqda. Shuning uchun, qoidaga ko‘ra, kimning jamoasi kuchli bo‘lsa, o‘sha g‘olib buladi. Xullas, bizlarga “kerakli” joylarda “kerakli” insonlar zarur. Ularning qaysi biri ushbu taʼrifga javob berishini va qaysi biri mos kelmasligini qanday aniqlanadi? Kadrlarni tanlash va baholashda ko‘plab yondashuvlar mavjud. Muallif inson resurslari bo‘yicha bosh "Jonson Jonson" kompaniyasining direktori esa ularning ko‘pchiligini muhokama qiladi. Amaliyot sinovidan o‘tgan va samaradorligini ko‘rsatgan texnikalar batafsil va ko‘plab misollar bilan tavsiflangan bo‘lib, bu o‘quvchiga ulardan osongina foydalanishga va xodimlarni baholashning eng qulay tizimini yaratishga imkon beradi. Kitob kompaniyalarning kadrlar bo‘limlari rahbarlariga, ishga yollovchilarga, menejerlar va tadbirkorlarga, shuningdek, universitetlarning iqtisodiët menejment fakultetlari va talabalari va o‘qituvchilariga mo‘ljallangan. Rus tilidan Ergashboy Matyoqubov tarjimasi
978-9943-7786-0-3
208
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/stefan-cvejg-alb-besabrligi-oldindan-buyurtma
Stefan Sveyg: Qalb besabrligi
Икки ҳил ҳамдардлик бор. Бири - иродасизлик ва юзаки кўнгилчанлик бўлиб, бу аслида, бировнинг бахтсизлигини кўрганда, ҳамдард бўлишдан кўра тузроқ унутишдан иборат қалб бесабрликдан бошқа нарса эмас; бу ҳамдардлик эмас аксинча, яқин одамининг қийналишидан ўзининг тинчини афзал билишдек худбинларча, истак, холос. Аммо бундан бошқача, чинакам ҳамдардлик ҳам бор, шунчаки кўнгилчанлик билан чекланмайдиган бундай ҳамдардлик фаол тусга эга, унинг нияти ҳам мақсади ҳам аниқ, шунингдек қатъиятли бўлиб, бахтсиз биродари билан бирга азоб чекиш баробарида ўзи ҳам изтироб тортиб, ҳатто одам боласи қила олмайдиган ишларни қилишга қодир. Муаллифдан
null
448
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/luiza-hej-eng-sara-asarlar
Luiza Xey: Eng sara asarlar
Луиза Хей ўн бешта эътироф этилган асарлар муаллифи. У минглаб одамларга ўз кучига ишонишга ва уларни қийнаб келаётган касалликлардан холос бўлишга ёрдам берган... "Адабиёт учқунлари" нашриёти. 270 бет.
null
null
null
https://asaxiy.uz/uz/product/imom-abu-zakariie-yahe-ibn-sharaf-an-navavii-dimashkii-riezus-solihiin-solihlar-gulshani
Imom Abu Zakariyyo Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy Dimashqiy: Riyozus Solihiyn (Solihlar gulshani) (3 ta kitob)
Faqihlarning buyugi va valiylarning ustuni deb sharaflangan atoqli olim Abu Zakariyyo Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy qalamiga mansub qo‘lingizdagi ushbu “Riyozus solihiyn” (Solihlar gulshani) kitobi bitilganiga salkam sakkiz yuz yil bo‘ldi. Shuncha yil o‘tgan bo‘lsada, o‘zining sahihligi, ishonarliligi, daqiqliligi, Qurʼoni Karim va Sunnati nabaviyya asosida insoniyatni hidoyatga chorlash, axloqini o‘nglashda katta xizmat qilib kelmoqda.
978-9943-6612-6-4
1312
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/fedor-dostoevskii-zhinoyat-va-zhazo-ilm-zie-zakovat
Fyodor Dostoyevskiy: Jinoyat va jazo (Ilm-ziyo-zakovat)
Dostoyevskiy ijodi, garchi ziddiyatli bo‘lsa-da, rus va jahon adabiyotiga katta taʼsir ko‘rsatgan. Dostoyevskiy 19-asrdagi realistik roman janrini yangi o‘ziga xos tomonlar bilan boyitdi. Adib to‘laqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimini, insonlar taqdirini, qalb kurashini, balki jamiyat maʼnaviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham bera oldi. O‘zining intellektual romanlarida fikrlarning keskin kurashini, g‘oya va dunyoqarashning fojiaviy to‘qnashuvini mahorat bilan tasvirladi. Dostoyevskiy romanlari vazmin tasvir uslubi emas, aksincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi va liro-publitsistik pafosi bilan ajraladi. Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo», “Telba” va boshqa asarlari Ibrohim G‘afurov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Hayot menga bir marta beriladi va boshqa hech qachon qaytib kelmaydi: men «umum baxti» qachon kelarkin, deb kutib o‘tirishni istamadim va istamayman. Men o‘zim ham yashashni istayman, bo‘lmasa, yashashning ham keragi yo‘q. Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik bu – illat. Siz kambag‘alchilikda hali o‘zingizning tug‘ma olijanob fazilatlaringizni saqlab qolgan bo‘lasiz, yo‘qchilikda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab qola bilmaydi. Berkitadigan narsasi bo‘lmagan kishilar o‘zlarini baxtli deb bilsalar arziydi. Boshqalar nima derkin, deb o‘tirish ojizlikning birinchi belgisidir! …omad kelmagandan keyin hamma narsa bemaʼni bo‘lib ko‘rinadi! Tabiat qonunlariga ko‘ra, odamlar umuman ikki toifaga bo‘linadilar: past toifa (odmi odamlar), o‘ziga o‘xshaganlarni urchitishdan boshqa narsaga yaramaydilar, ular urchish materialidirlar va ikkinchisi, odam deb sanasa arziydigan va hayotda, o‘z muhitida yangilik, yangi so‘z barpo qilish iqtidoriga, qudratiga ega bo‘lganlar (favqulodda). Birinchi toifadagilar – bugungi kunning sohiblari, ikkinchidagilar esa kelajakning egalaridir. Birinchilar dunyoni eminlikda saqlab turadilar, moddiy borliqni miqdoran ko‘paytiradilar, ikkinchilar esa dunyoni harakatga keltiradilar va uni maqsad sari olib boradilar.
978-9943-6656-0-6
720
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/aleksandr-dyuma-graf-monte-kristo-if-kalasining-mahbusi-birinchi-kitob
Aleksandr Dyuma: Graf Monte Kristo. If qal’asining mahbusi (2 ta kitob)
Bu kitob - ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand “Graf Monte Kristo“ yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsa-da, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti , kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq, o‘zgacha inson bo‘lib yetishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o‘quvchisi uchun ham birdek maroqli. “Graf Monte-Kristo“ keng kitobxonlar eʼtiborini qozongan asardir. Unda insoniylik, shaxs erkinligi va tuyg‘ular go‘zalligi ulug‘lanadi. Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin bo‘lsa-da chiqishi o‘z ifodasini topadi. Qahramonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va ziddiyatlar muallifning nihoyatda kuzatuvchan va mohirligini namoyon etadi. Asar bosh qahramoni Edmon Dantes- Monte Kristo razolat botqog‘iga botgan insonlarni zo‘r matonat, aql-idrok bilan fosh etadi. Jazo ham, mukofot ham Allohning irodasi bilan inson tirikligidayoq uni benasib qoldirmasligi roman nihoyasida aksini topadi. Faqat buning uchun... Graf taʼkidlaganidek, “Kutmoq va umid qilmoq kerak“.
978-9943-08-964-8
null
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zhen-sinsero-nisi-zni-shakllantirish
Jen Sinsero: Nisi. O‘zni shakllantirish
Хеч качон яшамаган хонасида яшашни истайсизми - у ҳолда ҳаммасини ўзингиз ҳеч качон қўл урмаган ишга киришишдан бошланг. Ни си - шарқ ҳикматига йўғрилган ўзини шакллантиришнинг усули ана шундай номланади. Жен Синсеро сизни айнан ана шу йулга чақиради, зотан, у китобин дунёнинг 28 мамлакатида босилиб, 1 000 000 нусхада сотилган фавқулодда бестселлер асар муаллифидир, Синсеронинг китоби чинакамига электрошок. Ўзини шакллантиришнинг синалган 25 методикасини ўз ичига жамлаган. Бу методикаларнинг хар бири Жен Синсеронинг шахсий тажрибасидан ўтиб, ижобий натижа берган. Бундан ташқари, муаллифнинг очиқ ҳазили, асов жасоратию пичинглари орқали ҳаёт шаклини ўзгартириш йўлида мазкур китобдан қудратли куч оласиз. Мабодо, сизни кқандайдир сеҳрли бир куч имкониятларингиз ўсишига ундаса, билингки, бу ҳеч шубҳасиз, Жен Синсеронинг фавкулодла, чақнаб турган китоби бўлади. Шунингдек, китоб «Катта Уйқуни тарк этиш. қай тариқа ички разиллик унини ўчириб, ҳаёт сценарийсини гўзалига алмаштирса бўлади?» ва «Худбин бўл! Қай йўл билан ўз имкониятингта шубхани тўхтатиб, ҳаётни қойилмақом қилиш мумкин?» сарлавхалари остида бир неча бор нашр этилган.
978-9943-7027-2-1
272
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/robert-chaldini-tasir-psihologiyasi-kattik-mukova
Robert Chaldini: Ta’sir psixologiyasi (qattiq muqova)
Odamni “ha” deb aytishga nima majbur qiladi? Taʼsir va ishonchning prinsiplari va eng samarali usullari qanday? Siz ushbu savollarga atroflicha javoblarning kitobning yangi, qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashrda topasiz. Bu kitobxonlarni nafaqat ajoyib maʼlumot mazmuni bilan, balki yengil uslub va materialning samarali taqdimoti bilan tanishtiradi. Taʼsir va ishontira olish mahorati bobida taniqli namoyanda sifatida tanilgan Robert Chaldini kitobi Amerika qo‘shma shtatlarida besh marta nashr qilingan, uning tiraji allaqachon 2 000 000 nusxadan oshgan. Kitob odamlar bilan ishlaydigan har bir kishiga: siyosatchilarga va ishbilarmonlarga, shifokor va yuristlarga, psixologlarga, o‘qituvchilarga, menejerlarga, o‘zining faoliyati tabiatiga ko‘ra ishontirishlari, taʼsir qilishlari va taʼsir ko‘rsatishlari zarur bo‘lganlar uchun asqatadi.
978-9943-5788-2-1
480
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-omid-azzolij-kimiyoi-saodat
Abu Homid G‘azzoliy: Kimiyoi saodat
Ҳар қайси банданинг ушбу ҳасти дунёдаги бурчи Оламлар Парвардигори рози бўладиган инсонийлик унвонини қозониб, охират саодатига эришишдан иборат. Бу Аллоҳга доимий ибодатда бўлишга етарли кучқувват таъминотидан ортиқча ҳамма нарсадан юз ўгириб, кўнгилни унга ёд фикр йўл топа олмайдиган даражада Ҳақ таоло даргоҳига боғлаш билан бўлади. Бунга, энг аввало, ўзини танимоқ, кейин шу асосда Ҳақ таолони дунё ва охират ҳақиқатини танимоқ орқали эришилади. Саодат кимёси аслида шудир. Асрлар давомида "Ҳужжатул Ислом" деб улуғланиб келаётган муаллифнинг кўп қисмдан иборат, ғоят кенг қамровли машҳур ''Иҳёу улмиддин" асарининг мухтасар мазмуни ўлароқ яратилган ушбу китобда ўша жараёнда инсоннинг абадий барҳаёт рухи, унга асосий кўмакчи бўлмиш акди қандай иштирок этиши ишончли мисоллар ёрдамида кўрсагиб берилган. Улар танадаги ҳар бир аъзони, ҳис-туйғу ва сезгини қай тариқа бошқариши қизиқарли далиллар билан исботланиб, одамлар орасидаги муносабатлар замирида айни шу омиллар ётиши хусусида бизнинг онгу шууримиз, тафаккуримизга кучли озувқа бергучи ғоят теран, кенг мулоҳаза юритилган. Дилингни билсанг ўзингни танигайсен Билгилким, сени ким халқ қилибдир? Икки нимарсадин бири зоҳир бадандирки, ани тан атабдирлар, муни зоҳир кўз бирла кўргали бўлур. Яна бири маънии ботиндирки, ани нафс1 дерлар, жон атарлар ва дил ҳам дерлар. Бу маънии ботинни (яширин маънони) ботин (ички) кўз бирла танигани бўлур. Зоҳир кўз бирла кўргали бўлмас. Ва сенинг ҳақиқатинг - ушбу маънии ботиндир. («Кимиёи саодат» китобидан)
978-9943-5421-2-9
400
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-bahtier-oila-lotin-alifbosida
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Baxtiyor oila (lotin alifbosida)
Ushbu kitob Islom dinining oilaviy munosabatlarga oid ahkomlarining keng va batafsil sharhi bo‘lib, musulmon kishi oilaviy hayotga oid bilishi lozim bo‘lgan barcha masalalarni o‘z ichiga oladi. Kitobda insonga ikki dunyo saodati yo‘lini ko‘rsatib bergan Islom dinining baxtli, saodatli oila qurish, er-xotinning huquqlari, burch va majburiyatlari, ota-onaga, qaynota-qaynonaga munosabat, kelin va kuyov tanlash, aqiyqa, farzand tarbiyasi, silai rahm, taloq, idda va shu kabi ko‘plab dolzarb mavzulardagi taʼlimotlari orqali bugungi kunda qator muammolar muhokama qilinadi, oyatlar, hadislar hamda salaf solihlarning hayoti misolida musulmonning baxtli oilaviy hayot dasturi ko‘rsatib beriladi.
978-9943-7794-5-7
512
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/mirach-chagri-oktosh-uzingga-hush-kelding
Mirach Chag'ri Oqtosh: O'zingga xush kelding
Manzilni taqdir belgilaydi. Inson esa yo‘lovchi, to‘g‘ri yo‘lni topish, yurishdan to‘xtamaslik uning asosiy vazifasi. Yo‘l-yo‘lakay hayot haqida o‘ylab olishga ulgurish esa hammasidan muhim. Hayot haqida o‘ylash o‘zlikni anglashdan, tuyg‘ularni taftish qilishdan boshlanadi. Mirach Chag‘ri Oqtoshning qo‘lingizdagi navbatdagi esse-kitobi bu borada siz bilan dardlashadi, sirlashadi. Senga o‘zingdan boshqa hech kim kerak emas. Eng yomon kuningni esla: "Men yoningdaman", deganlar ko‘p edi, lekin o‘sha og‘ir kunlarda yolg‘iz qolib ketmadingmi? Yiqilgan payting yana o‘zingga suyanib, o‘rningdan turmadingmi? To‘yib ketgan paytlaring yolg‘iz yig‘lamadingmi? Sendan so‘rayapman, nomunosib odamlar uchun o‘zingga nisbatan yetarlicha nohaqlik qilmadingmi? Odamlar keladi va ketadi. Qoladigani esa faqat sensan. O‘zingga o‘zing uchun g‘amxo‘rlik qil. O‘zingni o‘zing uchun ehtiyot qil. Hamma ketadi, sen qolasan. Yiqilsang, o‘zing oyoqqa turasan. Yaralansang, yarangni o‘zing davolaysan. Har doimgidek senga “Yoningdaman” deydiganlar bo‘ladi va yana shuncha dardni bir o‘zing yengib o‘tasan. Kimdir seni quchib taskin berishiga ehtiyoj sezasan va atrofga boqasan. Tevarak atrofingda bunday kimsaga ko‘zing tushmaydi, yana o‘zingni bag‘ringga bosasan. O‘zingni ehtiyot qil. Senga hammadan ko‘p o‘zing keraksan. Mirach Chag‘ri Oqtosh Turk tilidan Nodirabegim Jamshid qizi tarjimasi.
978-9943-8267-2-4
206
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammad-saiiid-tantanovii-paigambarlar-tarihi-4-ta-kitob
Muhammad Sayyid Tantoviy: Payg‘ambarlar tarixi (4 ta kitob)
Муҳаммад Саййид Тантовийнинг ушбу китобида пайғамбарлар (алайҳимуссалом) тарихи, ибратли ҳаётлари, Қуръони Каримдаги баъзи сураларнинг нозил бўлиш сабаблари баён қилинади. Айниқса, муборак Қуръон оятларида зикр қилинган қиссалар жуда қизиқарли ва тушунарли услубда талқин қилинган. Бу ибратли қиссалар инсон нафсини разолатдан ҳидоят сари бошлайди, қалб кўзларини очади, разил ва чиркин одатлардан қутулишга чақиради.
978-9943-6610-4-2
1432
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/robert-kijosaki-sheron-lechter-pul-okimining-kvadranti-birinchi-kitob
Robert Kiyosaki, Sheron Lechter: Pul oqimining kvadranti (2 ta kitob)
Bu kitob moliyaviy bilimlar haqida. Odamlar bozor talablariga moslasha olmay qiynalib yurgan dastlabki paytlarda, bundan ancha yillar muqaddam, badavlat ishbilarmonlar ozod-erkin hayot kechirishning bir nechta qoidalarini o‘rganib chiqishdi. Mazkur kitobni o‘qish jarayonida o‘sha qoidalardan voqif bo‘lish barobarida, siz pul uchun emas, balki pulning sizga va siz uchun xizmat qilishi kerakligini anglaysiz. Bu kitob moliyaviy boshqarish sirlarini o‘rganishda sizga yordam beradi. Mazkur kitobning birinchi qismida kvadrantdagi bo‘limlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritilgan bo‘lsa, ikkinchi qismida kvadrantning o‘ng tomonini tanlaganlarning nuqtai nazarini shakllantirishga asosiy eʼtibor qaratildi. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-4336-5-6
320
2014
https://asaxiy.uz/uz/product/dejl-karnegi-muvaffaqiyat-kaliti
Deyl Karnegi: Muvaffaqiyat kaliti
Дейл Карнеги жамиятдаги муносабатларнинг нозик жиҳатларига алоҳида эътибор қаратади. Инсонларнинг ўзаро муомала маданияти, ўзини тутиш, мулозамат, бошқаларни ҳурмат қилиш, ишларини юқори баҳолаш орқали обрў-эътибор топиш мумкинлигини таъкидлайди. Шунингдек, ўз-ўзига ишонч ҳосил қилиш ва омма олдида сўзлашнинг турли йўлларини очиб беради. Тингловчини қизиқтириш, яхши маъруза ўқиш, хотирани мустаҳкамлаш ва бошқа мавзуларда ҳам қимматли маслаҳатларни тавсия этади. Безовталикнинг омиллари, ечими баробарида турфа инсонлар ҳаётидаги турли ҳолатлар, Карнеги анъанасига кўра, мисоллар тариқасида келтирилади. Ушбу тўплам Дейл Карнегининг "Дўст орттириш ва одамларга таъсир кўрсатиш тўғрисида", "Ўз-ўзига ишонч ҳосил қилиш ва омма олдида сўзлаш санъати” ва “Безовталикни тарк этиш ва янги ҳаёт бошлаш сирлари" китобларининг яхлит кўринишидир. Кўплаб китобхонларнинг талаб-истаклари асосида чоп этилган мазкур туҳфа кутубхонангиз жавонидан муносиб жой олади, деган умиддамиз. Ўқинг, уқинг, қўлланг, Ана шунда ҳаётингизда янги саҳифалар очилганига ишонч ҳосил қиласиз.
978-9943-27-325-2
720
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/shajh-oiz-al-karnij-mahzun-bulma
Shayx Oiz Al-Karniy: Mahzun bo‘lma
Ислом оламининг навқирон уламоларидан доктор Оиз ал-Қарнийнинг «Маҳзун бўлма» («Ла таҳзан») китоби ниҳоят фойдали бир мавзудан баҳс этгани сабабли ўқувчилар томонидан қизғин кутиб олинди ва қайта-қайта, бир неча миллион нусхада нашр қилинди. Китобда мусанниф Қуръони карим оятлари, ҳадиси шарифдан иқтибослар ва саҳобаю тобеинлар ҳаётларидан ибратли лавҳалар келтириш билан ҳамда ўта таъсирли ҳикматларни мисол қилиб, ўқувчини маҳзун бўлмасликка – инсонлиги учун, мўмин-мусулмонлиги учун, бениҳоя Меҳрибон Оллоҳнинг бандаси, энг Буюк Инсон, севикли Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васалламнинг уммати бўлишдек улуғ саодатга эга бўлгани учун севиниб, шукроналар айтиб, бахтиёр ҳаёт кечиришга даъват қилади. Жозиб тил ва гўзал услуб билан битилган ушбу асарни ўқиб, олган роҳатларимизни, Сиз азиз диндошларимиз билан баҳам кўриш ниятида, «Маҳзун бўлма» китобининг бир жузъини фарзанди аржумандимиз Заҳириддин таржимасида эътиборингизга тақдим қилинмоқда. Оллоҳ барчамизга ҳаёти дунёда ҳам, Охират диёрида ҳам маҳзун бўлмаслик бахтини ато этсин.
978-9943-25-734-4
240
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/shajh-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-izhtimoij-odoblar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ijtimoiy odoblar
Ислом дини инсон ҳаётининг барча соҳаларини қамраб олувчи шомил низом бўлиб, эътиқод, ибодатлар, ҳалол-ҳаром масалаларини ҳам, одоб-ахлоқ, муомала, маънавият, таълим-тарбия ва бошқа масалаларни ҳам ўз ичига олади. Аллоҳнинг динини, илоҳий, баркамол дастурини ҳаётига дастур қилиб олган инсоннинг ақийдаси комил, маънавий ҳаёти баркамол бўлади, таълим-тарбияси, одоб-ахлоқи, ижтимоий ҳаёти гўзал бўлади, икки дунёдаги бахт-саодати тўкис бўлади. Ушбу китобда мазкур дастурнинг бир йўналиши бўлмиш ижтимоий одоблар ҳақида сўз юритилади.
978-9943-7033-0-8
456
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/kara-elvill-leiba-girl-code-shahsii-haetda-dustlik-va-biznesda-muvaffakiyat-kodini-kandai-ochish-mumkin
Kara Elvill Leyba: Girl code: shaxsiy hayotda, do'stlik va biznesda muvaffaqiyat kodini qanday ochish mumkin
Dunyo jadal surʼatlarda yosh, quvvati ichiga sig‘maydigan, o‘z biznesi va aql bovar qilmas karyera haqida orzu qiluvchi qizlar qo‘liga o‘tib ketayotganini siz ham payqagandirsiz? Kara Elvill Leyba bir necha yillardan buyon shundaylar uchun Diet of Champagne blogini yuritadi. Bugunga kelib blogni ikki yarim milliondan ortiq kishi o‘qiydi va tinglaydi. Qo‘lingizdagi kitob blogdagi eng yorqin fikrlarni jamlagan. U o‘z ishida muvaffaqiyatga erishishni istagan qizlar uchun "yo‘l xarita" si taqdim etadi. To‘qqiz bobning har biri g‘ayrioddiy ayol hikoyasi bilan yakunlanadi. Ushbu kitobdan siz quyidagilarni bilib olasiz: atrofingizga muvaffaqiyatli va ijobiy munosabatdagi ayollarni qanday to‘plash kerakligini; raqobat tuyg‘usini hamkorlikka, hasad tuyg‘usini - samimiy faxr tuyg‘ulariga aylantirish uchun nima qilish kerakligini; yaqinlaringiz hukmini sizning yutuqlaringizdan so‘zsiz hayratga o‘zgartira olishni; shaʼningizga bildirilgan salbiy fikrlarni o‘zingizga olmaslikni; obro‘-eʼtiboringizga putur yetkazadigan odam paydo bo‘lsa, nima qilish kerakligini; o‘zingizni betakrorligingizga ishonish va o‘zgalarga havas qilishdan to‘xtashni; g‘azabingizni qanday bosish va atrofdagilarga mehr-shafqat ko‘zi bilan qarashni o‘rganishni; haqiqiy do‘st orttirishda sizga nimalar yordam berishini. Loyiha muallifi: Elzod Sultonov Muharrir: Alisher Fayzullayev Badiiy muharrir: Shahzoda Sultonova Texnik muharrir: Nurzoid Sultonov
978-9943-6748-5-1
208
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shajh-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-ijmon-1
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon
«...Allohning borligiga eng ulkan dalillardan biri galaktikamizdir. O‘zimiz yashab turgan Yer va uning atrofidagi son-sanoqsiz yulduzlar haqida fikr yuritib, o‘ylab ko‘rsak, kishini hayratga soladigan darajada ajoyibotlarni ko‘ramiz. Ularga insof bilan nazar solgan kishining qalbida yaratuvchining ulug‘ligiga bo‘lgan iymon-ishonch ziyoda bo‘lmasdan iloji yo‘q. Qurʼoni Karimdagi ko‘pgina oyatlar ham insonni mana shu borliqning yaratilishiga, osmonu yerga nazar solib, fikr yuritishga va ularning sirlarini bilib, o‘zining iymonini baquvvat qilib, shak-shubhalarini o‘zidan yiroqlashtirishga chaqiradi....»
978-9943-7795-3-2
368
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/shajh-muhammad-sodiq-muhammad-yusuf-muminning-qalqoni
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo‘minning qalqoni
Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари қаламларига мансуб «Мўминнинг қалқони - муфассал рўза китоби» деб номланган китоблари қайта нашрдан чиқди. Муаллиф: Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф Нашриёт: «Hilol» нашриёт-матбааси Бетлари сони: 176 Чиқарилган йили: 2019 Муқоваси: Юмшоқ
null
null
null
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-omid-azzolij-ihyou-ulumiddin-dunyoni-anglash-kitobi
Abu Homid G‘azzoliy: Ihyou Ulumiddin. Dunyoni anglash kitobi
Ояти карималар Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсиридан олинди. Таржима ва изоҳлар муаллифи Шайҳ Aлоуддин Мансур
978-9943-6910-0-1
320
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/elektr-olami-qushimcha-dars
Elektr olami (qo‘shimcha dars)
Jamiyat taraqqiyotida elektrning o'rni beqiyos. Elektr tokining sirli xususiyatlarini anglab olishingiz kelajakda buyuk kashfiyotlarga qo'l urushingizga sabab bo'lar, ehtimol!  Biz elektr toki va uning xususiyatlari haqida turli manbalardagi ma'lumotlarni umumlashtirib, mo'jaz qo'llanma tayyorlashni niyat qildik. Ma'lumotnoma sizga katta yo'lning boshi bo'lib xizmat qilsa, xursand bo'lamiz! Kitob jajji elektrikka yaxshi yordamchi bo'ladi, deb umid qilamiz.
978-9943-6499-0-3
64
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/rauf-zhilasun-alol-lukma-bulgan-vokealarga-asoslangan
Rauf Jilasun: Halol luqma (Bo‘lgan voqealarga asoslangan)
To‘g‘ri yashash nima degani? Inson qanday qilib pok yashashi, halol luqma topib, hayot kechirishi mumkin? Bu savollarga odam bolasi dunyo yaralgandan beri javob izlab keladi. Shubhasiz, halol va to‘g‘ri yashashga intilish inson  fitratiga taalluqli oliy tuyg‘u. Siz o‘qishga kirishayotgan ushbu kitobning bosh qahramoni ikkiyuzlamachi va nopok, qing‘irlikni kasb  qilgan hamda mol-dunyoga mubtalo bo‘lgan kishilar orasida halol rizq topish ilinjida ruhan qiynalib yashaydi. Halollik va to‘g‘rilikni shunchaki bir balandparvoz so‘z deb biladigan jamiyatda to‘g‘ri yashashga uringan qahramonimiz hayoti siz aziz o‘quvchini befarq qoldirmaydi degan umidda sizga maroqli mutolaa tilab qolamiz.
978-9943-6617-1-4
248
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/robert-kijosaki-sarmoya-tikish-sanati
Robert Kiyosaki: Sarmoya tikish san’ati
Р.Кийосаки: Ушбу китобни "Сармоя тикиш санъати" деб номладик. Уни "Бой ота, камбағал ота" ва "Пул оқимининг квадрати" китобларининг чоп этилишидан то муваффақиятга эришишигача яқиндан ёрдам берган инсонларга миннатдорчилик рамзи сифатида нашрга тайёрладик.
null
500
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/adham-ibrohim-ugli-tazhvid
Adham Ibrohim o‘g‘li: Tajvid
Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qurʼonni o‘rganib, o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar, Ushbu kitobda eng yaxshi inson bo‘lish, yaʼni, Qurʼoni karimni o‘rganib, boshqalarga ham o‘rgatish ilmi tajvid qoidalari sodda, yodlash uchun oson hamda jadvallar tarzida bayon etilgan.
978-9943-12-620-6
64
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zubajda-zokir-qizi-dardga-darmon-istab-ruhshunos-bilan-savol-zhavoblar
Zubayda Zokir qizi: Dardga darmon istab (ruhshunos bilan savol-javoblar)
Vaziyatga to‘g‘ri baho berishimiz uchun siz baʼzi narsalarni aniq bayon etishingiz kerak edi, ammo hayotda sodir bo‘lib turadigan va yechimini topish mumkin bo‘lgan hodisalardandir. Eng avvalo, sevib turmush kurganingiz, oila kurishingizdan oldin turmush urtogingizning ota-onalari karshilik kilganidan xabaringiz bor va bularni bila turib shu yo‘lni tanlaganingizni inobatga olib kiyinchilik hamda hayet sinovlari ortda qolgunicha sabr qilishingizni maslahat bergan bular edim.
978-9943-4983-4-1
156
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/aqoid-kitobi-imomi-azam-rohmatullohi-alajhning-fiqhul-akbar-kitobiga-sharh
Aqoid kitobi. Imomi A’zam rohmatullohi alayhning "Fiqhul-akbar" kitobiga sharh
Ақида ўзи нима? Сиз эътиқодингизни биласизми? Аллоҳ қандай Зот? Аллоҳ ҳақида нималарни биласиз? Имон нима? Ислом нима? Ақида илми ана шундай саволларга жавоб беради. Ақида илмини ўрганиш ҳар бир мусулмон учун фарздир.
978-9943-5911-1-0
64
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/shajh-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-bahtiyor-oila
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Baxtiyor oila
Ushbu kitob Islom dinining oilaviy munosabatlarga oid ahkomlarining keng va batafsil sharhi bo‘lib, musulmon kishi oilaviy hayotga oid bilishi lozim bo‘lgan barcha masalalarni o‘z ichiga oladi. Kitobda insonga ikki dunyo saodati yo‘lini ko‘rsatib bergan Islom dinining baxtli, saodatli oila qurish, er-xotinning huquqlari, burch va majburiyatlari, ota-onaga, qaynota-qaynonaga munosabat, kelin va kuyov tanlash, aqiyqa, farzand tarbiyasi, silai rahm, taloq, idda va shu kabi ko‘plab dolzarb mavzulardagi taʼlimotlari orqali bugungi kunda qator muammolar muhokama qilinadi, oyatlar, hadislar hamda salaf solihlarning hayoti misolida musulmonning baxtli oilaviy hayot dasturi ko‘rsatib beriladi.
978-9943-7794-5-7
528
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/endi-sernovic-sarafan-marketing
Endi Sernovits: Sarafan marketing
/h2>
978-9943-7084-4-0
304
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ramazon-kundaligi
Ramazon Kundaligi
Muborak oyning har bir lahzasidan samarali va oqilona foydalanishingiz uchun albatta vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlashingiz kerak bo‘ladi. Bunda esa sizga Ramazon planeri yordam beradi! 30 kunga mo‘ljallangan, sodda va foydali planerning har bir sahifasi nozik did bilan ishlab chiqilgan ✨
null
69
2023
https://asaxiy.uz/uz/product/hasan-mamasaidov-bu-kitob-siz-uchun-emas-yumshok-mukova
Hasan Mamasaidov: Bu kitob siz uchun emas* (yumshoq muqova)
Muvaffaqiyat hammaga kerak. Hayotda yaxshi yashash, maqsadlarni amalga oshirish, yaxshi nom qoldirish, oʻz oʻrnini topish va shu kabi boshqa barcha jabhalarda muvaffaqiyatga muhtojlik sezadi kishi. Axir hech kim qilajak ishini muvaffaqiyatsizlikka uchrash maqsadi bilan qilmaydi. Eʼtibor bergan boʻlsangiz, “muvaffaqiyat” soʻzini juda koʻp ishlatdik. Chunki bu soʻz bilan ushbu kitob aynan bir maʼnoga ega. Muallif Hasan Mamasaidovning eng dolzarb masalalarga munosabati, noyob fikrlar, insonni faqat olgʻa intilishiga turtki boʻluvchi teran mulohazalar bilan yozilgan.
978-9943-6562-4-6
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/sevara-nazarova-bolangizni-tushunasizmi
Sevara Nazarova: Bolangizni tushunasizmi?
Kitob va unda tilga olingan mavzular bolalar dunyosiga oid bugungi kunning dolzarb masalalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ota-onalarga turli vaziyatlarda farzandlariga nisbatan oqilona yo‘l tutishlarida qimmatli ko‘rsatma va ko‘mak beradi. Shuningdek, bolalar bilan bevosita ishlovchi murabbiylar, pedagoglar ham o‘z faoliyatlari davomida undan unumli foydalanishlari mumkin.
978-9943-23-130-6
224
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/akmal-miravaz-ugli-liderlik
Akmal Miravaz o‘g‘li: Liderlik
Bugungi zamon tilida liderlik deb yuritilayotgan tushuncha azal-azaldan mavjud bo‘lgan, bu - yetakchilik qobiliyati, insonning tabiiy xususiyatlaridan biri. U hammada ham mavjud, faqat uni rivojlantirish, jonlantirish kerak. Agar sizni odamlarni ergashtirish, ishontira olish qobiliyatini o‘stirish yo‘l-yo‘riqlari, sir-asrorlari qiziqtirsa, bu borada sizga qo‘lingizdagi kitob eng to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishiga ishonchimiz komil. Kitobda jahon miqyosidagi liderlarning bugungi va o‘tmishdagi vakillari tajribalari bilan tanishasiz, qolaversa, o‘zingizdagi yetakchilik qobiliyatining qaysi pog‘onada ekanini ham aniqlab olasiz. Ushbu kitob ruhshunoslar, psixologiya sohasiga qiziquvchilar va keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-5648-1-7
80
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/musulmon-uchun-zarur-bilimlar
Akmal Miravaz o‘g‘li: Musulmon uchun zarur bilimlar
Ushbu kitobda dinimizning asosi bo‘lgan ilm va uning sakkiz qoidasi, dil va iymon manzillari, taqdir, fatvo va uning ahamiyati, sotiladigan narsa hukmlari, mol, mulkchilik, bitimlar hamda tib qoidalari haqida aniq maʼlumotlar berildi. Ushbu mavzulardagi masalalarga barchamiz har kuni, har qadamda duch kelamiz. Bu borada kitoblar ko‘p, adabiyotlar bisyor. Lekin bu masalalarni yaxlit xolda ifoda etib bergan asarlar sanoqli. Ushbu asarlar safiga «Musulmon uchun zarur bilimlar» kitobi qo‘shildi. Ushbu kitob barchaga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
978-9943-12-560-5
224
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/zhianna-molinari-bu-erda-hamma-narsa-bulishi-mumkin
Jianna Molinari: Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin
Замонавий адабиётда ҳали-ҳамон турли тажрибалар давом этмоқда, ўқувчиларга хилма-хил йўналишлар ва услублардаги асарлар тақдим қилинмоқда. Швейцариялик таниқли ёзувчи Жианна Молинарининг ушбу китоби ҳам ана шундай изланишлари ҳосиласи ҳисобланади. Китобхон асарни ўқиб, ўзи учун янгидан-янги оламларни кашф этади, асарнинг оригинал услуби ва сюжетидан ҳайратга тушади. Ёзувчи бирорта сўзни беҳуда ишлатмайди, ҳар бир сўз, керак бўлса ҳар бир ҳарф остида ўзига хос рамз яширинган. Китоб адабиёт мухлисларига ҳақиқий совға бўлади деган умиддамиз.
null
192
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/odil-yoqubov-billur-qandillar
Odil Yoqubov: Billur qandillar (Qattiq muqova)
Одил Ёқубов - ўтган асрнинг олтмишинчи-етмишинчи йиллари ёшларининг севимли адибларидан бири эди. "Биллур қандиллар", "Муқаддас", "Муҳаббат" каби қиссалар ўша давр ўқувчиларининг ахлоқий ва маънавий тарбиясига ижобий маънода таъсир этган, десак хато бўлмайди. Асарларнинг барчасида ёшлар ўртасидаги муҳаббат мавзуси етакчилик қилади. Чин севги, поклик ва ҳалоллик, муҳаббатга етишиш йўлидаги худбинликлар, хиёнат каби муносабатлар ўқувчини асар моҳиятини билишга ундайди. Худбинлик ва ноҳалоллик ҳукм сурган жойда муҳаббат сўнади, ҳатто ўлади. Меҳр ва виждонлилик муҳаббатга етказади. Яшашнинг мазмуни муҳаббат билан сайқал топади. Шу боисдан Одил Ёқубов асарлари бугунги кун учун ҳам, эҳтимол келажак учун ҳам ибратли бўлиб қолаверади.
978-9943-27-382-5
320
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulkodir-samarkandii-kalblardan-surang
Abdulqodir Samarqandiy: Qalblardan so‘rang
Qurʼoni karimda marhamat qilinishicha, Alloh taolo o‘zi suygan, yaqin bandalariga hikmat ato qiladi. Kimga hikmat berilgan bo‘lsa, unga ko‘pgina yaxshiliklar ato qilinibdi. Muallif Abdulqodir Samarqandiy (Polvonov)ni ana shunday hikmat ato etilgan insonlardan deyish mumkin. Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali u kishini ko‘pchilik yaxshi taniydi, uning o‘ylashga, tafakkurga chorlovchi hikmatli so‘zlari, ulug‘lar hayotidan keltirgan ibratli rivoyatlarini sevib mutolaa qiladi. Ular eskirmaydi, qayta-qayta o‘qigan kitobxon ham zerikmaydi. Bu hikmatlar, rivoyatlardan internetga kirmaydigan keng kitobxon ommasining ham bahramand bo‘lishlarini istadik. Qo‘lingizdagi kitob ana shu maqsadda yuzaga keldi. Bu kitobni asalga o‘xshatish mumkin. Asalari guldan gulga qo‘nib, rango-rang iforlaru anvoyi shiralardan shifobaxsh asal to‘plagani singari, muallif ham turli manbalardan turfa hikmatlar va taʼsirli rivoyatlarni tergan, baʼzilariga o‘zining xulosalari-ni ham ilova qilgan. Shu sababdan ham kitobni o‘qirkansiz, ketgan vaqtingizga achinmaysiz, aksincha u sizning kundalik hamrohingizga aylanib qoladi.
978-9943-7271-2-0
312
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ahmad-lutfij-kozonchi-saodat-asri-kissalari
Ahmad Lutfiy Qozonchi: Saodat asri qissalari
Саодат йўлининг энг улуғ ва энг сўнгги раҳбари, Оллоҳ таолонинг энг севгили кули ва элчиси ҳазрати Мухаммад Мустафо соллаллоҳу алайҳи васаллам (с.а.в.) жанобларииинг гўзал, баркамол, ўрнакли ҳаётларини бутун борлиғича айнан тасвирлаш, асҳобининг унга нисбатан муҳаббатини, вафодорлик туйғуларини мукаммал кўрсатиш, душманларининг кин ва ҳасадга тўла хатти-ҳаракатларини тўласича ифодалаб бериш, фикримизча, ҳеч бир инсоннинг қўлидан келмайди. Масалан, Абу Бакр ҳазратларининг Жаноби Расулуллоҳга (с.а.в.) бўлган меҳр-муҳаббати, Абу Жаҳлдаги кин ва ҳасад уммон каби чексиз-чегарасиздир. Ҳозирга қадар айтилган ганлар ҳам, айтилажак гаплар хам шу уммондан бир неча қатрадир, холос. Юз йилларча давом этган туссиз, масъулиятсиз ҳаёт, бу ҳаёт ичидаги яхши-ёмон, ибрат олиш мумкин бўлган эъгақод, ахлоқ, одат ва анъаналар... ундан кейин илоҳий амр хилпиратган Тавҳид санжоғи ва ҳақ билан ботил орасида юзага келган буюк кураш... Қўлингиздаги китоб Сарвари анбиё жанобларинииг (с.а.в.) туғилишдан то ўлимларига қадар кечган ҳаётларини акс эттиради. Ундан кейинги — нубувват ва рисолат вазифасини олгандан то Парвардигорига қовушгунларига кадар ўтган вақт «Саодат даври» дейилади.
null
968
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammad-sajjid-tantanovij-pajgambarlar-tarihi
Muhammad Sayyid Tantoviy: Payg‘ambarlar tarixi
Муҳаммад Саййид Тантовийнинг ушбу китобида пайғамбарлар (алайҳимуссалом) тарихи, ибратли ҳаётлари, Қуръони Каримдаги баъзи сураларнинг нозил бўлиш сабаблари баён қилинади. Айниқса, муборак Қуръон оятларида зикр қилинган қиссалар жуда қизиқарли ва тушунарли услубда талқин қилинган. Бу ибратли қиссалар инсон нафсини разолатдан ҳидоят сари бошлайди, қалб кўзларини очади, разил ва чиркин одатлардан қутулишга чақиради.
null
null
null
https://asaxiy.uz/uz/product/den-braun-da-vinchi-siri
Den Braun: Da Vinchi siri
"Да Винчи сири” илк бор (2003 йил) савдога чиққан ҳафтанинг ўзидаёқ савдо кўрсаткичи билан “The New York Times” газетасида, “The Wall Street Journal” ва “San-Fransisko” йилномаларида биринчи ўринни, кейинчалик мамлакатдаги энг йирик сотувчилар рейтингида юқори ўринни эгаллаган. Ушбу асар жаҳоннинг 44 тилига таржима қилинган бўлиб, бугунги кунга қадар бутун дунё бўйлаб 81 миллиондан ортиқ нусхада сотилган асар. Фақат угина машҳур рассом Леонардо да Винчи асарларида яширинган сирли кодни аниқлай олади... Ёлғиз у куч-қудрат берувчи диний қадамжолар, муқаддас қадриятларнинг ақл бовар қилмайдиган салоҳиятини англайди... Инсоният асрлар давомида бош қотирган улкан ва сирли жумбоқ калитини танҳо у топиши мумкин... «Да Винчи сири» романида муаллиф ўз ижодий изланишларини, тажрибаларини жамлаб, асар бош қаҳрамони, иконография ва дин тарихи мутахассиси, Гарвард университети профессори Роберт Лэнгдонда акс эттирди. Роман Лувр музейида тунда содир этилган қотиллик ҳақида хабар берувчи бехос чалинган телефон қўнғироғидан бошланади. Музейнинг кекса қўриқчиси жасади ёнидан шифрланган ёзув топилади. Леонардо да Винчининг ишларида яширинган сир айнан шу ёзувда эди. Жумбоқ ортида нималар яширинганини Роберт Лэнгдон саргузаштларида кетма-кет билиб оласиз...
null
null
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zhoanna-ketlin-rouling-garri-potter-va-afsonavij-tosh
Joanna Ketlin Rouling: Garri Potter va afsonaviy tosh
Жоанна Кетлин Роулинг: Гарри Поттер ва афсонавий тош
978-9943-7201-3-8
368
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/togaj-murod-yulduzlar-mangu-yonadi-afur-ulom
Tog‘ay Murod: Yulduzlar mangu yonadi (G‘afur G‘ulom)
"Юлдузим мангу ёнади", дейди асарда бош қаҳрамон Бўри Полвон. Аслида, бу сўзлар ёзувчи юрагининг туб-тубидан чиққан нидо бўлса ажаб эмас. Бўри полвон образи орқали Тоғай Мурод ўз асари умрининг узунлигини айтгандай бўлади. Тоғай Муроднинг "Юлдузи" мангу чарақлаб турибди. Унинг кўплаб асарлари, хусусан, "Юлдузлар мангу ёнади" қиссаси ҳам йиллар синовидан ўтиб келмоқда. Мангуликка дахлдор мазкур қиссани нашриётимиз сиз азиз китобхонларга илинди. Қиссани ўқиб сиз ҳақиқий ўзбек кишилари билан танишасиз. Асарнинг халқчил руҳи сизни ўзига мафтун этади.
978-9943-5936-8-8
112
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/karl-syuell-pol-braun-bir-umrlik-mizhozlar
Karl Syuell, Pol Braun: Bir umrlik mijozlar
Bu kitob birinchi marta 1990-yilda AQSHda chiqqan va o‘sha paytdan beri bir necha marta qayta nashr qilingan. Biz bu borada qo‘rqmasdan ayta olishimiz mumkinki, shu paytgacha Rossiyada nashr qilingan kitoblar orasida mijozlarni o‘ziga jalb qilish va ushlab qolish mavzusida ushbu kitobdan yaxshiroq boshqa kitob yo‘q. Ushbu kitob muallifi Karl Syuell qimmatbaho avtomobillar savdosi bilan shug‘ullansa-da, uning maslahatlari VIP-mijozlar bilan ishlaydiganlarga to‘g‘ri keladi: shuningdek, mazkur kitobni o‘qib, siz ham mahsulotni raqiblaringizdan emas, aynan sizdan sotib olishlari uchun kurashishni o‘rganishingiz mumkun. Kuzatuvlarga ko‘ra, Rossiya biznesining 80 foizdan kam bo‘lmagan qismi mijozni ancha vaqt ushlab turishga emas, balki bir martalik sotishga mo‘ljallangan. Qolgan 20-80 foizi mijozni uzoq vaqtgacha ushlab qolishga yo‘naltirilgan. Biroq buning uchun u sodiqlikni saqlab turishning "mexanik” tizimlaridan foydalaniladi (sovg‘alar, diskont kartalar va hokozolar). Syuellning biznesida esa boshqacha yondashuvdan foydalaniladi. Bu aynan mijozni ushlab qolishni birinchi navbatdagi vazifa, deb biladi, ikkinchidan esa - bu narsani faqat hamma tomonidan qabul qilingan insoniy, emotsional aloqalar bilangina bajarish mumkin, deb hisoblaydi. Kitobda tadbirkorlikning fundamental asoslari bayon qilinishi bilan birga, Karl Syuellning o‘zi shug‘ullanadigan biznes namunasida mijozlarni ushlab qolishning amaldagi tizimining tasvirlanishi ham bor. Bu tizim shunchalik har tomonlama o‘ylab topilganki, faoliyatning deyarli turli sohasiga to‘g‘ri keladi. Biz uning g‘oyalaridan ancha burun foydalanishni boshlaganmiz va ularning ishlayotganini ishonch bilan ayta olishimiz mumkin. Igor Mann, Mixail Ivanov va Mixail Ferber
978-9943-7346-1-6
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/nodirbek-nabizhon-ugli-keng-rizk-juli
Nodirbek Nabijon o‘g‘li: Keng rizq yo‘li
Ушбу китобда Илм-маърифат ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш давлат дастуридан келиб чиққан ҳолда илм-маърифатга тарғиб ва иқтисодий тараққиётга оид билимлар ёритилган. Шунингдек, Қуръони каримда риз ҳақида келган барча ояти карималар Қуръони карим тартиби асосида мўътабар тафсир китобларига таянган ҳолда илмий таржима ва тафсир қилинган. Кенг ризқ тўғрисидаги саҳиҳ ҳадислар жамланиб, улар ҳам манбалар ёрдамида илмий тажима қилинган ва изоҳланган. Китобда ризқ тўғрисида соғлом ақида, кенг ризқ тушунчаси, уни топиш йўллари, камбағаллик ва фақирлик тушунчаси, унга қарши кураш чоралари, жамиятда камбағалликни камайтириш йўллари илмий асослар билан очиб берилган. Шу билан бирга, ишёқмаслик, боқимандалик, камҳаракатлик ва дангасалик каби ёмон иллатлардан қайтарилган. Мазкур китоб халқимизга фойдали бўлиб, камбағал қатламни камайтириш учун қўлланма бўлиб хизмат қилади деган умиддамиз.
978-9943-6499-1-0
256
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ota-onalik-sanati
Ota-onalik san’ati
Ушбу китобда инсон ҳаётидаги мураккаб ва маъсулиятли жараён - фарзанд тарбиясида ота-оналарга кўмакли бўла оладиган амалий маслаҳатлар жамланган. Китобда ота-она ва фарзанд ўртасидаги муносабатлар чуқур таҳлил қилинган, тарбия жараёнидаги нозик масалалар атрофлича ёритилган. Китоб руҳшунослар, педагоглар ва кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган.
978-9943-5649-8-5
128
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/lugat-olij-talim-muassasalarida-fojdalaniladigan-asosij-tushuncha-va-atamalar-izohi
Lug‘at (Oliy ta’lim muassasalarida foydalaniladigan asosiy tushuncha va atamalar izohi)
Mazkur lug'at oliy ta'lim muassasalarida o'qish va ish yuritish jarayonida foydalaniladigan asosiy tushuncha va atamalar izohiga oid muhim manbadir. Lug'atdan nafaqat talaba va magistrlar, balki rahbar va boshqaruv tizimidagi xodimlar, fakultet dekanlari, dekan o'rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar, guruh murabbiylari va tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
978-9943-20-744-8
168
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/yavuz-bahodirugli-sulton-salohiddin
Yavuz Bahodiro‘g‘li: Sulton Salohiddin
Атоқли ёзувчи Явуз Баҳодирўғлининг кўпгина асарлари, жумладан, қўлингиздаги «Султон Салоҳиддин» романи қаҳрамонлари учун ҳам Ватан туйғусидан буюк, азизроқ туйғу йўқдир. Асар афсонавий саркарда ва султон Салоҳиддин Айюбийнинг элу юртни Салибчилар ҳужумидан озод қилиш йўлида олиб борган кураши ҳақида ҳикоя қилинади. Шунингдек бугунги кунда кескин зиддиятлар ва халқаро миқёсда танглик яратиши мумкин бўлган яна бир ўчоқ – Қуддус воқеалари ҳам тилга олинган. Роман қаҳрамонлари Султон Салоҳиддин, оддий аскарлар Усмон, Билолга хос бу олижаноб хусусиятни тарихий даврга, муайян шароитга боғлаган ҳолда тасвирлагани ёзувчининг ижодий ютуғидир. У роман қаҳрамонлари тақдири орқали Ватан озодлиги, эл-юрт фароғати учун курашда маънавий-руҳий бирдамлик нечоғлик муҳим аҳамиятга эга эканини, азму қарорли, эътиқодли, ягона ғояга ишонган ва ҳақиқий раҳнамо атрофида жипслашган кишиларнинг нималарга қодирлигини кўрсатишнинг уддасидан чиққан. Китоб Туркияда жуда машҳур бўлиб, шу кунгача 45 марта қайта нашр қилинган.
978-9943-20-561-1
208
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/youtube-kirish-blogerlar-eng-birinchi-uqishi-kerak-bulgan-kitob
YouTube: Kirish. Blogerlar eng birinchi o‘qishi kerak bo‘lgan kitob
Ushbu kitob millionlab foydalanuvchilar auditoriyasiga ega bo'lgan Youtube ijtimoiy tarmog'i haqida bo'lib, mutolaa davomida undan qanday foydalanish, axborot texnologiyalari etikasi mezonlari asosida faoliyat olib borish, shuningdek, blogerlik sohasi xususida fikr-mulohazalar, tavsiya va tajribalar bilan tanishish mumkin. Kitob ijtimoiy tarmoq orqali o'z iste'dodini namoyon qilish istagida bo'lgan kishilarga manzur keladi degan umiddamiz.
978-9943-6618-7-5
144
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/shohruh-mirzo-rahmonov-mukammal-hotira
Shohruh-Mirzo Rahmonov: Mukammal xotira
Орамизда кучли хотирага эга бўлишни истамайдиган киши топилмаса керак. Дарҳақиқат, хотира инсон муваффақиятларининг калитидир. Ушбу китоб айнан ана  шу  калитни қўлингизга тутқазувчи ноёб маълумотларга бой. Хотирани мустаҳкамлаш борасидаги жаҳон тажрибаси билан омихта қилинган машғулотлар билан мунтазам шуғуллансангиз, тасаввурингиз кенгайиб, эслаб қолиш қобилиятингиз ошиб бораверади. Бу ишда китобдаги тавсилар яқиндан ёрдам беради. Китоб кенг ўқувчилар оммаси учун мўлжалланган.
978-9943-5930-2-2
368
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/muallimi-sonij-mushafi-sharifning-tazhvidli-30-porasi-bilan
Muallimi soniy (Mus’hafi sharifning tajvidli 30-porasi bilan)
Ушбу китобнинг чоп этилганига бир асрдан ошган бўлса-да, ҳали-ҳамон ўқувчилар орасида ўз аҳамиятини йўқотмаган. Балки услубнинг соддалиги, ўзлаштириш осон бўлганлиги боис кўплаб илм толиблари қалбидан жой олган ва ҳанузгача қайта-қайта чоп этилмоқда. Рисола Қуръони каримнинг Қозон босма хати услубига мувофиқ ёзилган ва ўқувчига бошланғич тажвид қоидалари тушунтириб ўтилган. ✅ Китоб охирида Қуръони каримнинг 30-пораси тажвид қоидалари асосида ўзига тегишли ранглар билан белгиланган ҳолда келтирилган. ✅ Соф қизил, яшил, кўк (ва талаффуз қилинмайдиган ҳарфларни кулранг) ранглар воситасида 28 та тажвид ҳукмлари баён қилинган. ✅ QR-код ёрдамида Мусҳафи шарифнинг 30-пораси тиловати ва маънолар таржимасини аудио шаклида тинглаш имконияти мавжуд.
978-9943-12-589-6
80
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-aitmatov-erta-kaitgan-turnalar-yumshok-mukova
Chingiz Aytmatov: Erta qaytgan turnalar (yumshoq muqova)
Chingiz Aytmatovning "Erta qaytgan turnalar" qissa sida ikkinchi jahon urushi yillarini, xalqning front ortidagi mehnat-mashaqqatini, shuningdek, urush davridagi yosh bolalarning o‘ynab-kulmasdan, balki urushga ketgan ota, akalarining o‘rnini bildirmasdan mehnat qilishlari, barcha qiyinchiliklarga chidab kelishlari tasvirlanadi. Asardagi voqealar qirg‘iz ovullaridan birida ro‘y bergan. Shu ovulning yosh farzandlari - Sultonmurod, Onatoy, Erkinbek, Qubbatqul va boshqalar o‘z yurtlarida ham ikkinchi jahon urushining front orti mashaqqatlarini boshidan kechirishadi ular murg‘ak qalblari bilan urushning qanchalar dahshatli ekanini his qilishadi.
978-9943-6654-0-8
112
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/erih-mariya-remark-kora-haikal
Erix Mariya Remark: Qora haykal
Tarjimon Saodat Abdurahmonova Atoqli nemis adibi Erix Mariya Remark allaqachon o‘zbek adabiyotsevarlarining ham sevimli yozuvchisiga aylanib ulgurgan. Zero, battol urushning olovli o‘chog‘idan eson-omon chiqqan adib o‘z asarlarida mehr-muhabbat har qanday og‘ir jarohatlarni ham davolay olishini isbotladi, urush sabab maʼnan va ruhan shikastlangan avlod qismatini qalamga oldi, yovuzlikni qoralab keldi. Xususan, "Qora haykal" romanida ham ikki jahon oralig‘idagi og‘ir davrni, kishilarning ayanchli taqdirini yorqin bo‘yoqlarda tasvirlaydi. Asar bosh qahramoni - qabrtosh yodgorliklari tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi firma xodimi Lyudvig Bodmer inson mavjudligining mohiyati nimada, degan savolga javob izlaydi. Bu javobni topish oson emas. Bir urushni ko‘rgan va ikkinchisining ostonasida turgan davr odami uchun esa buning mashaqqati ikki hissa ortadi. Acap keng kitobxonlar auditoriyasiga mo‘ljallangan.
978-9943-7253-2-4
496
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhalolhon-umarov-asl-otalar-kitobi
Jalolxon Umarov: Asl otalar kitobi
Bu dunyoda siri bo‘lmagan odam kuchsiz odamdir deydi mutafakkirlar. Har qaysi toifadagi insonning maʼlum siri bo‘lganidek, otalarning ham o‘zlari yaratgan, kashf qilgan sirlari bo‘lishi kerak. Demak, har bir yaxshi otaning bir qarashda oddiy, lekin kuchli sirlari mavjud. Yaxshi ota farzandlariga mehribon, shirinso‘z, o‘rni kelganda qattiqqo‘l va talabchan bo‘la olgan otadir. Har qaysi ota farzandi uchun eng yaxshi ota hisoblansa kerak, chunki bolalar otasini kamchiliklari bilan ham yaxshi ko‘radi. Asosiysi farzandini moddiy jihatdan taʼminlash, ularning ilm olishi, hunar o‘rganishi, komil inson bo‘lishida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdir. Oilasini himoya qilish – Otaning burchi. Ota oilaning tayanchi va farzandlarining suyanchi bo‘lishi kerak Ushbu kitobda muallif farzand tarbiyasi, yaxshi ota bo‘lish sirlari haqida o‘z hayotiy tajriba va bilimlarini baham ko‘radi. Kitob barcha otalarga, ota bo‘lish arafasida turgan yosh yigitlarga zarur qo‘llanmadir. Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-6498-6-6
128
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zhon-grin-yulduzlar-ajbdor
Jon Grin: Yulduzlar aybdor
Ўспиринлик ёшида инсон қалби маъсумлигича унинг учун беғубор бўлган бир севгига талпинади. Оғир хасталикка чалинган асар қаҳрамонлари эса буни икки карра теран ҳис қилишиб ҳаётини қадрлаш, ҳар лаҳзани шодон ўтказиш пайида бўладилар. Ана шу чин инсоний туйғу ўқувчини ортидан эргаштиради, умрининг ҳеч қачон ортга қайтмаслигини ичкин англатади.
978-9943-6747-0-7
null
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/pirimkul-kodirov-erk-kattik-mukova
Pirimqul Qodirov: Erk (qattiq muqova)
Pirimqul Qodirov “Erk” qissasida Toshkentda 1966 yilda bo‘lgan zilziladan keyingi holatlar: shaharni qayta tiklash, zamonaviylashtirish va metro qurish jarayonlari bilan birga oila qurish borasida o‘z fikrlarini ham bayon etgan. Asarning asosiy qahramonlari - Sattor va Roziya obrazlarida hozirgi kun uchun ham dolzarb bo‘lgan muammoni, yaʼni oila qurishda ikki yoshning dunyoqarashini eʼtiborga olmaslikning oqibati qanday bo‘lishini ko‘rsatadi. Oiladagi asosiy mustahkam tayanch er-xotinning biri-biriga bo‘lgan mehr muhabbati ekanligi, agar mehr-muhabbat bo‘lmas ekan, bu oilaning kelajagi boshi berk ko‘chaga kirib qolishini taʼkidlaydi.
978-9943-7320-6-3
176
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/somerset-moem-teatr
Somerset Moem: Teatr
Инглиз адиби Сомерсет Моэмнинг кўплаб тилларга таржима қилинган машҳур «Театр» романи режиссёр Янис Стрейч томонидан 1978 йилга келиб экранизациялаштирилди. Ана шу фильмдан сўнг Моэмнинг машҳурлиги ўзининг чўққисига етди ва унинг китоблари китоб жавонларида узоқ қолиб кетмайдиган бўлди. Асар ХХ аср биринчи чорагидаги инглиз жамиятининг ҳаққоний қиёфасини ифодалагани, инсон қалбидаги турфа ҳиссиётларни ўта жозибали ва ишонарли тарзда, юксак бадиий тил, мусаввирона ташбеҳлар, фалсафий мулоҳаза ва мушоҳадалар воситасида тасвирлаши билан ҳам чет эл китобхонларига манзур бўлиб келмоқда. Дарҳақиқат, асарнинг «Театр»  деб аталиши ҳам бежиз эмас, зеро бир пайтлар буюк инглиз драматурги Уильям Шекспир: "Бу ҳаётнинг ўзи театр, ундаги барча одамлар актёрлардир", деган эди. Илк бор ўзбек тилига таржима қилиниб, чоп этилаётган ушбу «Театр»  романи илоҳий саҳнада ижро қилаётган ролингизни холис таҳлил қилиш, путур етган умуминсоний қадриятлар акс этган воқеалар талқинида хатти-ҳаракатларингиздан хулоса ясаш, айниқса, ҳаётдаги олий мақсад сари уйғоқ виждон ва имон билан олға боришга ундайди. Бугунги кунгача муаллифнинг «Ой ва сариқ чақа» романи,  «Ажал таъқиби» сингари ҳикоя ва эсселари таржима қилиниб нашр этилган.
978-9943-20-778-3
436
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/den-braun-rakamli-kala-18-kalin-mukova
Den Braun: Raqamli qal’a (18+) (Qalin muqova)
Қўлингиздаги китоб замонавий жаҳон адабиётининг энг машҳур ёзувчиларидан бири, бутун дунё бўйлаб 300 миллиондан ортиқ нусхада китоб сотган Ден Брауннинг “Рақамли қалъа“ романидир. Ушбу роман Ден Брауннинг илк романи бўлиб, асар шу заҳоти Ден Браунга бутун дунёга машҳурликни олиб келади. Бугунги кунда Ден Барун “New York Times“ нашри томонидан бир неча бор дунёнинг энг машҳур 100 инсони сифатида эътироф этилган ва унинг асарлари доим дунёдаги янги бестселлерлар рўйхатида энг биринчи ўринларни эгаллаб келмоқда. Айни вақтда йиллик 156 миллион АҚШ доллари даромад билан, Ден Браун жаҳонда энг кўп даромад қиладиган ёзувчилардан бири ҳам ҳисобланади. Унинг бошқа бир “Да Винчи коди“ номли асари ўзбек китобхонларига яхши таниш. «Рақамли қалъа» романи адибнинг илк романи бўлиб, асар 1998-йилда ёзилган. Асарнинг ёзилишига Ден Браун ҳаётда ўзи гувоҳи бўлган воқеа сабаб бўлади. Ден Браун ўзи дарс берадиган Университетдаги талаба дўстига электрон почта орқали ҳазиллашиб АҚШ президентига суиқасд қилмоқчи эканлигини ёзганлигидан сўнг АҚШ “Миллий хавфсизлик агентлиги“ ходимлари томонидан қўлга олинади. Миллий хавфсизлик агентлиги энг сирли агентликлардан бири бўлиб, унинг вазифаси фуқароларни кузатиб боришдир. Бу вазият уни қизиқтириб қўяди ва у электрон хавфсизлик ҳақида асар ёзишга қарор қилади. Уйига келиб асарни ёза бошлаган пайтда электрон почта орқали вирус келиб, компютерининг қаттиқ диски куйиб қолади. Бундан хавотир олган Ден Браун “Миллий хавфсизлик агентлиги“ ва ундаги довюрак разведкачилар ҳақида шов-шувли китобни чоп этади. Асарда рақамли хавфсизлик, ватан хавфсизлиги йўлида ишлайдиган жасур шахсларнинг ҳаёти, улар учрайдиган хавф масалалари кўтарилган. Ушбу асарда ҳам ватанпарварлик, ҳам эҳтиросли севги, ҳам қизиқарли маълумотлар, ҳам сизни ўз дунёсига саёҳат қилдирадиган ажойиб сюжетни топасиз. Асар воқеалари АҚШ, Испания, Япония каби мамлакатлар ҳудудида ўтиши, воқеаларнинг тез ва кутилмаган ривожи сизни ўзига мафтун қилади. Умид қиламизки, Ден Брауннинг содда ва қизиқарли ўзига хос реалистик услуби ўзбек китобхонларига маъқул келади. Бош муҳаррир: Н.А. Нурмуҳаммедова Мусаҳҳиҳ (корректорлар): Э.Асанов, О. Бекмуродов, Ў. Толибжонов, М. Ғафуров, Н.Нурмуҳаммедова Дизайнер: Нуржахон Фармонов
null
480
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/margaret-mitchell-shamolllarda-kolgan-hislarim-i
Margaret Mitchell: Shamollarda qolgan hislarim (I)
Дунёга машҳур "Шамолларда қолган ҳисларим" бадиий фильми ўзбек телетомошабинлари юрагидан чуқур жой олган. Бундан бир неча йил олдин таржимон Роҳила Ахтамова томонидан ушбу романннинг мантиқий давоми бўлган "Скарлетт" ўзбек китобхонларига тақдим этилган эди. Мана ўқувчилар талабига кўра "Шамолларда қолган ҳисларим" романи ҳам илк бор ўзбек тилида чоп этилмоқда. У нафақат дурдона фильм, балки дурдона асар сифатида ҳам меҳрингизни қозонишига, китоб жавонингиз ва юрагингиз тўридан жой олишига ишонамиз, азиз китобхон!
978-9943-6336-4-3
null
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/algoritmlash-va-dasturlash-asoslari-c-tili-asoslari-amalij-kullanma-nazariya-masalalar-mulohazalar-echimlar-tavsiyalar
Algoritmlash va dasturlash asoslari. C++ tili asoslari. Amaliy qo‘llanma, nazariya, masalalar, mulohazalar, yechimlar, tavsiyalar
Qo'llanmada C++ dasturlash tili va elementlari, dastur tarkibi va tavsifi, unda dasturlash imkoniyatlari va usullari, tuzilmalar mohiyati erkin tarqatiladigan Codeblocks IDE asosida ochib berishga qaratilgan.  Shu bilan birga, umumiy  va nazariy ma'lumotlar, dastur namunlaridan tashqari takrorlash va mustaqil ishlash uchun ko'p sonli vazifalar keltirilgan. Keltirilgan vazifalarni hal etishda turli yondashuvlar va usullarning mohiyati cohib berishga harakat qilingan. Ma'lumotlar va vazifalar "oddiydan murakkabga" mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilgan. Vazifalar qiyinlik darajasi bo'yicha A, B, C va D turkumlarga ajratilgan. Qo'llanmadan o'qituvchilar, o'quvchilar, talabalar, umuman dasturlash san'ati bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin. Qo'llanma 11 va undan katta yoshli qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
978-9943-23-159-7
320
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/alihontura-sogunij-tarihi-muhammadij
Alixonto‘ra Sog‘uniy: Tarixi Muhammadiy
Ушбу китоб "ХХ аср Имом Бухорий" деб шуҳрат топган машҳур аллома , маршал Алихонтўра Соғуний (Аллоҳ раҳмат қилсин) қаламларига мансуб нодир асардир. Бу асарда Ислом дини тарихи, Пайғамбаримиз Муҳаммад алайҳиссаломнинг ҳаёт ва фаолиятлари, 23 йиллик пайғамбарлик даврларида бошларидан кечирган оғир ва енгил кунлари, тўрт халифалари, саҳобаи киромлари ва бошқа мусулмонларнинг имон ва Ислом йўлида қилган хизматлари, мушрик ва куфр аҳлининг дастлаб Ислом динига кўрсатган қаршилик ва инкорлари, сўнгра ҳақиқатни идрок этганларидан кейин тўп-тўп бўлиб Ислом динини қабул этганлари, ажойиб ва ғаройиб тарихий воқеалар батафсил баён этилган.
978-9943-6946-3-7
712
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/anvar-narzullaev-pythonda-dasturlash-asoslari
Anvar Narzullayev: "Python"da dasturlash asoslari
Ushbu kitob bugungi kunda dasturlash asoslariga oid o‘zbek tilidagi mukammal tuzilgan qo‘llanmalardan biridir. Qo‘lingizdagi kitobning o‘ziga xos jihati shundaki, uning har bir bo‘limi uchun tayyorlangan qo‘shimcha onlayn materiallar, jumladan, 50 dan ortiq video darslar, amaliy mashg‘ulotlar va vazifalarning kodlari eʼtiboringizga havola etilgan. O‘quvchilar bu materiallarni maxsus QR kod yordamida o‘z kompyuterlariga yuklab olib, ulardan unumli foydalanishi mumkin. Kitobda keltirilgan har bir mavzu va amaliy topshiriqlarning  50+ videodarslarini quyidagi havola orqali ketma-ketlikda o'rganib chiqishingiz mumkin.
978-9943-6964-5-7
336
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/najmiddin-erbaqon-goyam
Najmiddin Erbaqon: G'oyam
Qadrli kitobxon! Qo‘lingizdagi kitob Turkiyaning davlat va jamoat arbobi, sobiq Bosh vaziri, bir nechta partiyalarning taʼsischisi va rahbari bo‘lgan Najmiddin Erbaqon qalamiga mansub memuar asardir.
978-9943-8140-8-0
312
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/teodor-drajzer-amerika-fozhiasi-2-ta-kitob
Teodor Drayzer: Amerika Fojiasi (2 ta kitob)
Теодор Драйзернинг эътиборингизга ҳавола этилаётган икки қисмдан иборат йирик "Америка фожиаси" романи ҳамиша бутун дунёни ўз ғоялари атрофида бирлаштиришга уринган гигант давлат -Америкада ўша вақтларда юз берган воқеликни кенг қамраб олганлиги, воқеаларнинг изчиллиги билан ҳамиша китобхонлар эътиборини ўзига жалб этиб келган. Асарнинг бош қаҳрамони Клайд Грифитс камбағал оилада туғилиб-ўсган йигит. Унинг бойлик орттириш йўлида қилган ножўя хатти-ҳаракатлари, бу йўлда ҳеч қандай қинғир ишлардан қайтмаслиги ва уни шундай ишларни қилишга қўйиб берган табиати - юзсизлиги, шафқатсизлиги кабилар бир қаҳрамон тимсоли орқали ўша давр Америка муҳити ҳақида ўқувчида яхлит тасаввур пайдо қилади. Биринчи китоб орқали сиз асарнинг асосий қаҳрамонлари билан танишасиз. Табиийки, иккинчи китоб воқеаларга, ҳаяжонли фурсатларга янада бой. Бойлик кетидан қувган, шундай ҳаётни умри давомида орзу қилган, аммо бундай тўкис ҳаётга меҳнат ва машаққатсиз эришишни орзу қилган қаҳрамоннинг руҳий ҳолати билан танишаркан, бундай тақдирга аслида ўзи эмас, уни тарбиялаган оилавий муҳит, уни тарбиялаган жамият сабабчи эканлигини тушунади. Клайд Грифитснинг электр курсида қатл этилиши унинг тақдири билан қанчалик боғлиқлиги, севги -муҳаббат риштасининг бундай шафқатсиз ҳат таъсирида ҳеч қандай аҳамият касб этмаслиги, инсоний туйғулар ўрнини эгаллаган қабоҳат ўқувчи қалбини ларзага солади.
null
null
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/nabizhon-bokij-atlnoma
Nabijon Boqiy: Qatlnoma
Ҳужжатларга асосланган ушбу қисса ўтган аср ўттизинчи йилларида  халқимиз бошига тушган қора кунлардан ҳикоя қилади. Асар, асосан, севимли адибимиз Абдулла Қодирий ҳаётининг мудҳиш кунлари ҳақида сўзласа-да, уни ўқиган кишида қатағон  тузумнинг бутун ўзбек ойдинари боши устида ўйнатган қонли қиличи ҳақида чуқур тасаввур уйғотади. "Қатлнома" бизга улар кимларнинг қўли билан ва қандай йўқ этилгани ҳақида сўзлайди. Шунинг учун ҳам асарни ҳаяжонланмасдан ўқиш мумкин эмас. Ўқувчиларимизга мутолаалари хайрли, манфаатли бўлиш умидидамиз. Ҳа, айтганча, асар қўшимча маълумотлар билан тўлдирилиб қайта нашр этилмоқда. У 1991 йилги "Шарқ юлдузи" журналида 5-6 сонларида, бир йилдан кейин Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриётида чоп этилган.
978-9943-5266-7-9
396
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zhon-baldoni-rahbarning-oltin-kitobi-har-kandai-vaziyatda-boshkaruvchi-uchun-foidali-bulgan-101-usul-va-maslahat
Jon Baldoni: Rahbarning oltin kitobi. Har qanday vaziyatda boshqaruvchi uchun foydali bo‘lgan 101 usul va maslahat
null
978-9943-7509-7-5
176
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/robert-grin-hayotning-48-koidasi-4-ta-kitob
Robert Grin: Hayotning 48 qoidasi (4 ta kitob)
Шундай китоблар борки, уларни ўқиш урфга айланади. Шундай китоблар борки, уларни ўқиш шарт бўлади. Яна шундай китоблар борки, уларни ўқимаслик йўқотиш ҳисобланади. Ушбу "Ҳаётнинг 48 қоидаси" - айнан ўқиш урфга айланган, зарурат бўлган, муваффақият сари олиб борадиган китоб. Чунки у атроф оламга ўткир идрок билан қарашга, ўзингиз ва бошқаларнинг заифликларни қудратга айлантира олишга, дўстларни қадрлаб, рақиблардан фойдалана билишга, фириб- найрангларни яхшилик йўлида хизмат қилдира олишга ўргатади.
null
null
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/erik-ris-tezhamkorlik-startapi-zamonavii-tadbirkorlikning-muvaffakiyatli-biznes-kunikmalari
Erik Ris: Tejamkorlik startapi. Zamonaviy tadbirkorlikning muvaffaqiyatli biznes ko'nikmalari
Biznes olamiga ko‘z tashlasangiz, ko‘pgina tadbirkorlarning muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga guvoh bo‘lasiz. Ularning ko‘pchiligi yoki raqobatga dosh bera olmay, yoki noto‘g‘ri rejalashtirish, yoki talab va taklifni hisobga olmaslik va shu kabi boshqa sabablar tufayli muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan. Qo‘lingizdagi ushbu kitob - "Tejamkorlik startapi" esa sizga yuqorida aytilgan noxush holatlarning oldini olish bilan birga muvaffaqiyatli biznes yaratish mexanizmini o‘rgatadi, yaʼni o‘ta mavhum sharoitda yangi mahsulotlarni yaratish, biznesning “tumanli” olamidan yorqin kelajakni ko‘ra olish, mablag‘ni tejash, tezkor amaliy tajribalarni o‘tkazish va o‘rganish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Shuningdek, ushbu kitobda mahsulotni ishlab chiqarish davrni qisqartirish, yutuqlarni oqilona tahlil qilish, mijozlarning talabini o‘rganish, ishlab chiqarish yo‘nalishini tezkorlik bilan o‘zgartirish, minimal xarajatli mahsulotlarni ishlab chiqarish mexanizmini yaratish to‘g‘risida bir qancha tavsiya va maslahatlar bor. Bu kitob hozirgi paytda “Forbes” jurnali mutaxassislari tomonidan tuzilgan "Eng zo‘r biznes kitoblar" ro‘yxatining 8-o‘rnini zabt etgan. Tarjimonlar: Adalat Gaffarova, Ergashboy Matyoqubov
978-9943-7593-0-5
368
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/a-parabelleum-n-mrochkovskii-koidalarsiz-biznes
A. Parabelleum, N. Mrochkovskiy: Qoidalarsiz biznes
/h2>
978-9943-7089-4-5
112
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/erik-ris-0-dan-boshlangan-biznes-lean-startup-uslubi
Erik Ris: 0 dan boshlangan biznes. Lean Startup uslubi
„Nol"dan boshlangan biznes" kitobi tadbirkor qanday qilib muvaffaqiyatli biznes yaratishi haqida emas. U aynan biz qiladigan hamma narsani yaxshilashni o‘rgatadigan biznes haqidagi kitobdir. „Tejamli startap" tamoyillarini davlat dasturlari, sog‘liqni saqlash sohasi va dunyoning muhim muammolarini hal qilishda qo‘llash mumkin, deya hisoblayman. Bu tamoyillar aynan nimalar ishlayotgani va nimalardan voz kechish kerakligini tez aniqlash imkonini beradi. Tim О‘Rayli, O‘Reilly Media prezidenti Tarjimon: Olloyor Begaliyev
978-9943-6632-7-5
336
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mmasi-rasvo-attik-mukova
Mark Menson: Hammasi rasvo (Qattiq muqova)
Биз жуда қизиқ даврда яшамоқдамиз. Шу пайтга қадар инсон боласи кўрмаган қулайликларга эгамиз, бой-бадавлатмиз тўрт мучамиз соғ, тинч замондамиз яашаяпмиз, лекин, шундай бўлса-да  кўпчиликни умидсизлик қуршаб олмоқда. Қай биримиз глобал исиш муаммолардан қўрқамиз,  кимлардир ҳукуматдан норози, иқтисодий буҳронлардан таҳликага тушаётганларимиз ҳам сон-саноқсиз. Бу ҳол одамларда қўрқувни,  келажакка умидсизлик кайфиятини, негатив фикрларни туғдирмоқда. Мутолаасига киришаётганимиз ушбу китоб айни муаммоларни ечишда бизга ёрдам беради - руҳиятимиздаги ўзгаришларни психологик таҳлил қилади, сиёсий жараёнларга баҳо беришни ўргатади, глобал ўйинлар, бизнес ҳийлалар ҳақида жуда қизиқарли, ҳайратланарли маълумотларни тақдим этади. Хуллас, муаллиф ушбу асари орқали инсонларни умидсизликка, ялтироқ нарсаларга алданмасликка, ҳаётнинг моҳиятини англаб яшашга чақиради.
978-9943-6590-6-3
null
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/amina-shenlikugli-zhohiliston-kelini
Omina Shenliko‘g‘li: Johiliston kelini
Ушбу асар Туркияда "Асир жуфтлар" ("Esir Evliler") номи билан чоп этилган бўлиб, унда жоҳилликнинг қанчалар оғир кулфат экани ва у қандай оқибатларга олиб келиши мумкинлиги ҳақида бу дунёда бахтдан бебаҳра қолган аёл-қизларнинг ҳаёти мисолида ҳикоя қилинган. Ушбу асарда муаллиф Туркиядаги бир қишлоқ мисолида ўз динини билмаган мусулмонларнинг аянчли ҳолатини баён қилган. Жаҳолатнинг ёмон оқибатларини тасвирлаш асносида қимматли фикрлар ва маслаҳатларни ўқувчига маҳорат билан етказган. Унутмаслик лозимки, ўз йўлини, динини, қадриятларини ва миллийлигини йўқотганлар ҳам, уларни билиб-билмай нотўғри талқин қилганлар ҳам охир-оқибат йўқликка маҳкум бўлади. Китобни қунт билан мутолаа қилган зийрак ўқувчи буни  дарров тушунади.
978-9943-350-60-1
null
2020

No dataset card yet

Downloads last month
6