url
stringlengths
33
166
name
stringlengths
5
141
description
stringlengths
0
16.1k
isbn
stringlengths
5
37
num_pages
stringlengths
2
4
year_published
stringclasses
20 values
https://asaxiy.uz/uz/product/ilkka-taypale-finlandiyaning-100-ta-ijtimoiy-innovaciyasi
Ilkka Taypale : Finlandiyaning 100 ta ijtimoiy innovatsiyasi
Bir vaqtlar Finlyandiya, UNICEFning yordamini olgan ilk mamlakat bo‘lgan. Unga gullab-yashnayotgan davlat bo‘lishga nima imkon berdi? Gullab-yashnash sirlari mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish va solik qonunchiligi, universitetgacha bo‘lgan bepul taʼlim, erkak va ayollarning teng huquqliligi, 100 000 ta kuchli jamoat tashkilotlari, xamjixatlilik jamiyati, koalitsiya hukumatlari, qarorlarning davlat, kasaba uyushmalari xarakati va ish beruvchilar tomonidan birgalikda qabul qilinishidan iboratdir. Lekin ularning orasidagi eng muximi bo‘lib ishonch xizmat qiladi. Finlyandiyada fuqarolar amaldorlar, politsiya, yakin atrofdagi maktab va qo‘shnilarga ishonishadi. Finlyandiyada bir-biriga yordam berish haligacha ham odat tusidadir.
978-9943-59-877-5
336
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/erkin-malik-chumolilar-saltanati-yumshok-mukova
Erkin Malik: Chumolilar saltanati (yumshoq muqova)
Bu dunyoda tirik jon borki, hammasi harakatda. Zarradek jonivordan tortib bahaybat maxluqlargacha o‘z tashvishi, maqsad-muddaolari bilan andarmon. Yashash uchun kurash bir soniya ham to‘xtamaydi va yer yuzidagi hayotning davomiyligini taʼminlab turadi. Erkin Malik qalamiga mansub ushbu qissada ana shunday jonzotlardan biri - chumolilarning o‘ziga xos dunyosi bilan tanishasiz. Jasorat va qo‘rqoqlik, sadoqat va xiyonat, olijanoblik va olchoqlik kabi jihatlar ularga ham begona emasligiga guvoh bo‘lasiz. Bu jajji qahramonlarning quvonchiga qo‘shilib, qayg‘usiga sherik bo‘lasiz. Maroqli mutolaa tilaymiz.
978-9943-8348-2-8
160
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/agata-kristi-parda-puaroning-ohirgi-ishi
Agata Kristi: Parda. Puaroning oxirgi ishi
Asar kapitan Artur Gastings nuqtai nazaridan hikoya qilinadi. Puaroning o‘limidan so‘ng, u xat oladi, Erkyul Puaro o‘z xatida oxirgi ish va ideal qotil haqida hamma narsani aytib beradi, shuningdek, o‘z o‘limi sabablarini tushuntirib, Gastings xotirjam yashashini va hech narsada o‘zini ayblamaslikni xohlaydi. Romanda o‘sha mashhur Puaro umrining oxirida artritdan azob chekkan, nogironlar aravachasida nogiron bo‘lib qolgan, ammo baribir o‘sha o‘tkir aql bilan odam nihoyat mukammal qotilni topadi. Bu qotil esa nihoyatda uddaburon, Puaroning aqlidan kam emas, unga qarshi ayblovchi dalillarni topishning iloji yo‘q, chunki u boshqa odamlarning qo‘llari bilan qotilliklarni amalga oshiradi va ularni juda mohirona boshqaradi.
978-9943-8104-6-4
272
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/gafur-gulom-shum-bola-kattik-mukova
G‘afur G‘ulom: Shum bola (qattiq)
Qissada XX asrdagi xalqimizning turmush tarzi, Ikkinchi jahon urushi taʼsiri, O‘zbek xalqining azaliy urf-odatlari tasvirlangan. Aziz kitobxon, O‘ylaymizki, Siz bu asarni o‘qib, qalbingiz zavqqa to‘ladi, shu bilan birga, XX asr millat turmushidan xabardor bo‘lasiz. Asarni sabot bilan o‘qing, xalqimiz tarixini, adabiyotini chuqur o‘rganing, kerakli mushohadalar chiqaring.
978-9943-6040-5-6
184
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/abdukayum-iuldoshev-puankare-hikoyalar
Abduqayum Yo‘ldoshev: Puankare (Hikoyalar)
Men ham insonman. O‘zim uchun ozgina yashay, o‘zimning yoshlik orzu niyatlarim uchun ozginagina ishlay". Bu -adabiy jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan "Puankare" hikoyasi qahramonining so‘zlari. Zotan, inson uchun tinimsiz mehnati, ter to‘kib ishlagani, yelib-yugurgani, biroq maqsadiga yeta olmagani alamli hol. Nahot, umr deganlari adoqsiz sho‘rishlardan iborat bo‘lsa? Mazkur to‘plamga muallifning turli yillarda yozilgan, hali kitob holida chop yetilmagan asarlaridan bir qismi saralab olindi. Qahramonlar turli-tuman. Shunga ko‘ra siz hikoyalardagi turfa taqdirlar, voqea-hodisalarga ro‘baro‘ bo‘lasiz. Oddiy insonlarning kutilmagan kechmishlari, maslak, maqsadlari, maroqli sarguzashtlari guvohiga aylanasiz. Ularning dunyoqarashi, nuqtai nazari va fikrlariga sho‘ng‘iysiz. Kitobdan joy olgan qissa ham xuddi hikoyalar kabi chuqur taassurot qoldiradi. Muallif bilan uyushtirilgan suhbat esa ko‘plab savollaringizga oydinlik kiritadi deb o‘ylaymiz.
978-9943-7575-3-0
176
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zhontemir-zhazba
Jontemir: Jazba
So‘zga sig‘inib, har nafasida Yaratgandan umr emas, So‘z tilanib, fazogir koinotga chiqqanda tuygan hayratni satrlarda his qiladigan zot shoirdir. U o‘z hayajonini boshqalar bilan baham ko‘rgisi keladi, negaki saxiy. Shoir qalbi tuygan zavqdan zavqlanganlarni ko‘rib sarxushlanadi, o‘zidan chiqib ketadi. Jazba ham qisman ruh va tan, nafs va qalbning ajralgan, bir-birini inkor etgan onidagi holatdirki, undagi sheʼrlar sinchi sheʼrxonning sokin tortib qolgan falaj tuyg‘ularini tuyqus uyg‘otib, tasavvur torlarini dag‘allik bilan cherta ketadi. Avj tobora ko‘tarilib boraveradi, alaloqibat o‘quvchi, sheʼr va muallif bir vujudda birlashadilar. Haqiqiy jazba, aslida, ana shu vahdatga eltar yo‘ldir .... 18+
978-9943-8349-5-8
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/m-e-zufarova-kizikarli-psihologiya
M. E. Zufarova: Qiziqarli psixologiya
Muallif mazkur asarida yoshlarimizni qiziqtiradigan nihoyatda ko‘p savollarni jamlab, maroqli hamda tushunilishi oson qisqa-qisqa hikoyalar vositasida ana shu savollarga hozirgi zamon bilimi nuqtai nazaridan javob bergan. Darhaqiqat, hozirgi zamon kishisi qanday bo‘lmog‘i lozim, iroda, xotirani o‘stirishning, diqqat-eʼtiborli bo‘lishning yo‘li qanaqa: psixologiya nuqtai nazaridan vijdon, burch va mehr-muhabbat nima: fikrni masofa orqali uzatib bo‘ladimi, tush ko‘rish nima, baʼzi hayvonlarda ong bormi va boshqa shu singari talay savollar hozirgi kunda kimni xam qiziqtirmaydi deysiz. Ushbu qo‘llanmada har bir kitobxonning bevosita o‘zi qilib ko‘ra olishi mumkin bo‘lgan eng oddiy psixologik tajribalar ham kiritilgan bo‘lib, ular psixikaning mehnatda va kundalik turmushda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarini yaxshilab tushunib olishga yordam beradi. Qo‘llanma keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-4132-0-7
228
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/albert-einshtein-tasavvurimdagi-dune
Albert Eynshteyn: Tasavvurimdagi dunyo
Mazkur kitob Albert Eynshteynga tegishli bo‘lgan maqola, murojaat va yoki aqidalar to‘plamidan tashkil topgan deb o‘ylamang: u aniq bir maqsad - inson shaxsini ochib berishga qaratilgan. Bugun bu inson o‘z eʼtiqodiga qarshi yurgan xolda zamonaviy tarix va siyosiy qarama-qarshiliklar ichiga kirib keladi. Natijada, Eynshteynning g‘oya va fikrlari ham tarixdagi ko‘plab buyuk insonlar duch kelgan taqdirni boshidan kechirmoqda: ular batamom o‘zgarishlarga uchragan shaklda ommaga “tortiq” qilinmoqda. Tarjimon: Sevara Bahromova
978-9943-8176-1-6
144
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/zhunaid-suavi-borlikni-anglatgan-zhumboklar
Junayd Suavi: Borliqni anglatgan jumboqlar
Ishonchim komilki, topishmoqlarni yaxshi ko‘rasizlar. Javobini topish qiyin bo‘lsa ham, hammamiz topishmoq topishni yoqtiramiz. Zero, biror narsani o‘rganishning eng qisqa va zavqli yo‘llaridan biri ham shu. Lekin bu kitobda mendan oson topishmoqlar kutmang, chunki undaylari juda yosh bolalar uchundir. Hozir siz o‘qiydigan topishmoqlar Allohni tanishingizga va dunyoga boshqacha nigoh bilan qarashingizga ko‘maklashadi. Keling, hozir topishmoqlarni topish orqali ko‘zimizga antiqa ko‘zoynak taqamiz va uning yordamida bizlarni yaratgan Allohni tanib olamiz. Hurmat bilan Junayd Suavi
978-9943-7514-0-8
72
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-ochik-hat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ochiq xat
Mundarija: Achinarli holat Islom – tinchlik dini Terrorga oid xabarlar Terrorning tarixi Xatoni to‘g‘rilash borasidagi harakatlar Istitoʼa fiqhi Islom shariati insonga yengillik keltirgan, og‘irlik emas Sharʼiy majburiyatlarga toqat yetishi shart qilingan Oliy misol va voqelik Amri maʼruf, nahiy munkar ham istitoʼaga qarab bo‘ladi Natijaga qarab ish qilish lozim Yengillik tarafi ustun olinadi Shoshqaloqlik – zararli illat Moʻtadillik – eng zarur xislat Yo‘lini topsa, sulh ham fath bo‘ladi Istitoʼa fiqhi va fiqhiy qoidalar Zararni daf qilish xususidagi qoidalar Tanglikni ko‘tarish haqidagi qoidalar Xulosa Ochiq xat Xulosa Eslatma uchun muxtasar gaplar Tarixning musulmonlarga ochiq xati Hozirgiga o‘xshash noxush holatlar tarixda ham bo‘lganmi? So‘ngso‘z o‘rnida
978-9943-7036-9-8
240
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/dune-mamlakatlari-enciklopediya
Dunyo mamlakatlari (Ensiklopediya)
Ensiklopediyada dunyoning barcha mamlakatlari haqidagi so‘nggi maʼlumotlar jamlangan. Maqolalarda mamlakatlar va ularning aholisi, tarixi haqida umumiy maʼlumotlar, tabiatlari haqida qisqacha taʼrif, xo‘jaliklarining iqtisodiy-geografik tavsifi keltirilgan, shuningdek, ko‘plab mamlakatlarning diqqatga sazovor joylari haqida maʼlumot berilgan. Maqolalar matni xaritalar, fotosuratlar va diagrammalar bilan to‘ldirilgan. Ilovalarda dunyodagi eng yirik geografik obyektlar (daryolar, ko‘llar, cho‘qqilar, vulqonlar, orollar) haqidagi maʼlumotlar jadvali, atamalar lug‘ati va mamlakatlar ko‘rsatkichi berilgan. Tarjimonlar: U. Kamilov, A. Rafiyev
978-9943-401-64-8
296
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/sadihon-mavlihon-ugli-tanazzul-5-qism
Sa’dixon Mavlixon o‘g‘li: Tanazzul 5-qism
Тақризчилар: Қозоқбой Йўлдош - Педагогика фанлари доктори, профессор. Умурзоқ Ўлжабоев - Филология фанлари номзоди, доцент.   Маъсул муҳаррирлар:  Ортиқбой Абдуллаев: Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, филология фанлари нлмзоди, ёзувчи, таржимон.  Шодмон Воҳидов: Тарих фанлари доктори, профессор.  Босим Тўйчибоев: Филология фанлари номзоди. Яҳёхон Дадабоев: Ўлкашунос олим.
978-9943-22-436-0
374
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/braian-treisi-vakt-boshkaruvi-time-management
Brayan Treysi: Vaqt boshqaruvi (Time management)
Sizning vaqtni boshqarish qobiliyatingiz, karyerangizda amaliyot o‘tayotgan rahbarlar singari sizni muvaffaqiyatga yoki mag‘lubiyatga erishishingizni aniqlaydi. Vaqt muvaffaqiyatga erishishning ajralmas va almashtirib bo‘lmaydigan manbasidir. Bu sizning qimmatbaho boyligingiz. Vaqtni na to‘xtatib, na yo‘qotilgandan keyin qaytarib bo‘ladi. Qilinishi kerak bo‘lgan har qanday ish vaqt talab qiladi, vaqtingizdan qanchalik yaxshi foydalansangiz, shunchalik ko‘p narsaga erishasiz va katta mukofotlarga ega bo‘lasiz. Tarjimon: Shaxboz Xaitov
978-9943-8176-0-9
144
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/a-n-ostrovskij-sepsiz-kiz
A.N.Ostrovskiy: Sepsiz qiz
Александр Николаевич Островскийнинг рус адабиётида “янги дунё”ни бошлаб берган драматургиясининг алоҳида жиҳати шунда эдики, ундаги персонажларнинг образида жонлилик бор эди. Томошабин тилига тушган ҳар бир саҳна асарининг тили халқона ва бадиий жиҳатдан мукаммал ҳамда ишонарлилиги билан ном қозонганди. 1853 йилдан бошлаб деярли ҳар мавсумда Москва ва Санкт-Петербург театрларида Островскийнинг янги пьесалари саҳналаштириларди: “Ғалати зиёфатда”, “Сердаромад жой”, “Момақалдироқ”, “Ақлдан озган пул” драмалари саҳнанинг энг жонли ва севимли асарларига айланганди. Драматург умри давомида томошабинлар томонидан олқишланган ва унга муваффақиятлар келтирган жуда кўплаб пьесаларни яратди. Мазкур китобга муаллифнинг “Сердаромад жой”, “Камбағаллик айб эмас”, “Сепсиз қиз” ва “Момақалдироқ” каби энг сара пьесалари киритилган.
null
296
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/i-s-turgenev-ovchining-hotiralari
I.S.Turgenev: Ovchining xotiralari
Таниқли рус классик ёзувчиларидан бири Иван Сергеевич Тургенев ўз асарларида оддий халқнинг турмуш тарзини, табиат манзараларини чизишда ноёб қобилиятини намоён этиб, кенг китобхонлар оммасининг эътиборига сазовор бўлган. Унинг маҳорат билан ёзилган ҳикоя, қисса ва романлари ўзининг беқиёслиги билан ўқувчини ҳайратга солади. Мазкур китобдан ҳам ёзувчининг дунё миқёсида эътироф этилган роман, қисса ва ҳикоялари ўрин олган. Унинг  “Муму” ҳикояси жаҳондаги кўп тилларга таржима қилинганининг ўзиёқ ёзувчининг бадиий салоҳияти юқорилигидан дарак беради. Ўзбекистон бўйлаб етказиб бериш хизмати мавжуд. Телефон орқали: +998 71 200 01 06 Телеграм орқали: @asaxiybook
null
366
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/kris-gardner-kvinsi-trup-baht-ortidan-kuvib
Kris Gardner, Kvinsi Trup: Baxt ortidan quvib
Qo‘lingizdagi ushbu kitob ayni paytdagi tadbirkor tomonidan yozilgan. Ushbu kitob orqali siz amaldagi tadbirkorning bilim va tajribalariga ega bo‘lasiz. Albatta, faoliyat davomida biznesni barbod qilishga oid omillar yetarlicha topiladi. Ushbu kitob sizlarni ana shu xatolar bilan birma-bir tanishtiradi. Chunki tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan inson ana shu xatolarga duch kelishi aniq. Shunday ekan, ushbu kitob Sizlarga yaqin ko‘makchi bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
978-9943-7346-4-7
336
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/jaloliddin-rumiy-ma-naviy-masnaviy-dan-hikoyatlar
Jaloliddin Rumiy: "Ma'naviy Masnaviy" dan hikoyatlar
Insoniyat ma'naviy-ma'rifiy hayotining, Badiiy So'z dunyosining Odam Ato Yerga tushgandan to shu kunga qadar yashab o'tgan, yashayotgan sultonlari bor. Ular katta-katta davrlar ruhini ozlarida mujassamlashtiradilar. Jalolidin Rumiy ana shunday so'z sultonlardan biridir. Mana, uning so'z tojidagi guhari sharif bo'lmish asari "Ma'naviy masnaviy" dan hikoyatlar qo'lingizda turibdi. Nozikta'b shoirimiz Odil ikrom uni forsiydan o'zbek tiliga ogirdi va siz bolajonlar uchun nasriy bayon etdi. so'z saltanatiga, donishmandlik va tasavvuf olamga sayohatingiz qutlug' bo'lsin, kichkintoy kitobhonlar!
978-9943-6337-1-1
96
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mario-pyuzo-eng-sara-asarlari-qattiq-muqova
Mario Pyuzo: Eng sara asarlari (qattiq muqova)
Mario Pyuzoni mashhur qilgan va adabiyot sahnasida uning nomini ko‘klarga ko‘tarishga sabab bo‘lgan asar, shubhasiz, "Cho‘qintirgan ota yoxud mafiya sardori" asaridir. Bu asar million yillardan beri odamlar o‘rtasida davom etib kelayotgan illatlar, bir-birini ko‘rolmaslik, cheksiz boylikka bo‘lgan hirs, adovat kabilarni ro‘y-rost ifodalab bergani, shuningdek, amerikalik va sitsiliyalik mafiyachilarning kirdikorlarini to‘la-to‘kis ochib bergani bilan dunyo miqyosida ommalashib ketgan. Mazkur asarda yozuvchi Mario Pyuzo chщiintirgan ota- don Karleone va uning oilasi asl kelib chiqishi italiyalik ekanligiga urg‘u qilish va italyanlarga xos ruhiyat va muhitni berish uchun italyancha so‘zlarni qo‘llagan. Asarning ingliz, rus va boshqa tillardagi bayonida ham inglizcha so‘zlar tarjima qilinmay qoldirilgan. Lekin bu matnning o‘qilishi va tushunilishini qiyinlashtirmaydi, chunki har bir italyancha so‘z yonida izohi bilan berib ketilgan yoki matn mazmunidan maʼnosi tushuniladi. Bundan tashqari kitobda yozuvchining yana bir mashhur asari "Myunxen yo‘lidagi olti qabr" ham joy olgan.
978-9943-5546-3-4
720
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/dinara-muminova-tomchi-kaerga-ketti
Dinara Muminova: Tomchi qayerga ketti
Bunyodning qo'zichog'i Tomchi va uning sarguzashtlari
978-9943-8348-4-2
28
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/chupchagim-chupchak-skazka-za-skazkoi-5
Cho‘pchagim-cho‘pchak (Сказка за сказкой) 5
Mazkur ertaklar o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotining eng sara namunalari hisoblanadi. Bir-biridan qiziqarli 20 ta ertak "Cho‘pchagim-cho‘pchak - Cказка за сказкой" nomi ostida 5 ta kitobga taqsimlanib, o‘zbek va rus tillarida chop etilmoqda. Ushbu nashrlarning bolajonlarga ajoyib sovg‘a bo‘lishiga ishonamiz.
978-9943-5227-9-4
56
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/salovatlar-gultoji
Salovatlar gultoji
Ushbu kitob Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga aytiladigan davomli salavotlarga bag‘ishlangan. Unda shayx Abdulloh Muhammad ibn Sulaymon ibn Abu Bakr al-Jazuliy as-Samloliy ash-Sharif al-Hasaniy qalamiga mansub "Daloilul xayrot" nomli kitobdagi salavotlar keltirilgan. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-6451-5-8
288
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/usmon-nuri-tupboshi-tengsiz-namuna
Usmon Nuri To'pboshi: Tengsiz namuna
Bu kitobda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning namunali umrlari, musulmon kishi u zot alayhissalomdan qanday ibrat olishi lozimligi bayon etilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbat haqidagi oyat va hadislar asosidagi tushunchalar berilgan. Sahobalarning Payg‘ambarimiz alayhissalomni qanday sevganliklari bayon qilingan.
978-9943-8481-4-6
200
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/muso-toshmuhammad-ugli-oibek-bolalik-hotiralarim-kattik-mukova
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek: Bolalik xotiralarim (qattiq muqova)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarorida yosh avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad O‘g‘li Oybekning «Bolalik xotirlarim» qissa mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning maʼnaviy olami shunga yarasha bo‘ladi. Ushbu nashrning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so‘z hamda iboralar yana-da tushunarli bo‘lmog‘i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan.
978-9943-5524-3-2
272
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/kizikarli-biologiya-kushimcha-dars
Qiziqarli Biologiya (Qo'shimcha dars)
Aziz o‘quvchi! Biologiya faniga qanchalik chuqur kirib borsangiz, atrofingizdagi olam sirlarini shunchalik teran anglaysiz. Aks holda, hatto o‘z uyingizda nimalar sodir bo‘layotganini bilmay qolishingiz aniq. Chunki olam – bu bizning uyimiz. Undagi har bir hodisa yashash tarzimizning go‘zalroq foydaliroq kechishiga xizmat qiladi, taraqqiyot sari yetaklaydi. Hayvonot, nabotot va inson – bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir olam. Barcha tirik organizmlarni o‘rganuvchi fan – biologiya mana shu olam haqida bosh qotiradi. Tuzuvchi: Feruza Nazarova, Durdona Tursunova
978-9943-4098-5-9
64
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zievuddin-rahim-bahtli-haet-sari-kattik-mukova
Ziyovuddin Rahim: Baxtli hayot sari (qattiq muqova)
Har bir inson farovon hayot kechirishni, oilasi tinch, ishlari  unumli, sog‘lig‘i mustahkam bo‘lishini istaydi. Biroq bu narsa hammaga ham nasib etavermaydi. Chunki baxtga erishishning o‘z mezonlari bor. Qolaversa, baxtni pulga sotib olishning iloji yo‘q. Zero, baxt doim ham moddiyatga bog‘liq emas. Hayotda to‘kis baxtga erishgan insonlar juda kam. Kimningdir sog‘lig‘i yaxshi bo‘lsa, ro‘zg‘or tebratishda, tirikchilikda muammolari bor. Yana Kimningdir topish-tutishi yaxshi-yu, sog‘lig‘i yomon, oilasi notinch. To‘kis baxtga erishish uchun inson oldida qandaydir to‘siqlar, muammolari turadi. Ularni yechish uchun yetarli ilm, ko‘nikma, hayotiy tajriba talab etiladi. Ushbu "Baxtli hayot sari" kitobidan qalb xotirjamligi, oilaviy totuvlik, sog‘lik-salomatlik haqidagi maʼlumotlar o‘rin olgan. Jumladan, oila qurish arafasida turgan yoshlarga foydali maslahatlar berilgan, turmushda uchraydigan muammolarni hal etish, moddiy, ruhiy illatlarni davolash borasida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilgan. Ushbu kitob hayot mohiyatini teranroq anglashda, haqiqiy baxtga erishishda sizga yaqin ko‘makchi bo‘ladi, degan umiddamiz.
978-9943-8525-0-1
368
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-oiz-karnii-ishk
Doktor Oiz Qarniy: Ishq
Ushbu kitob his-tuyg‘ular bilan so‘zlashish, ongni o‘stirish, ilm o‘rganish va ongli ravishda mutolaa qilish uchun g‘ayratni oshirish maqsadida bitildi. Unda oyati karimalar, hadisi shariflar va salafi solihlarning bir qancha so‘zlari hamda ilm ahli, mutolaa oshiqlarining tajribalari va shoirlarning sheʼrlaridan parchalar keltirib o‘tdim. Ushbu kitob mutolaaga rag‘batlantiruvchi omil, zavqlanish uchun bir sabab, ko‘p kitob o‘qiydiganlar uchun bir ovunchoq bo‘lishini maqsad qildim. Doktor Oiz Qarniy
978-9943-7621-3-8
232
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/uzbekcha-turkcha-frazeologizmlar-lugati
O'zbekcha - Turkcha frazeologizmlar lug'ati
Mazkur lug‘atda o‘zbek tilidagi eng ko‘p ishlatiladigan 2 mingdan ortiq turg‘unlashgan ibora tanlab olingan va turk tilida izohlangan. Dastlab, iboraning maʼnosi turk tilida izohlandi, agar o‘zbek tilidagi frazeologizmning muqobili turk tilida mavjud bo‘lsa, ibora izohidan keyin berildi. Lug‘at o‘zbek yoki turk tilini o‘rganayotgan talabalarga, mustaqil izlanuvchilar, tarjimonlar va mutaxassislar foydalanishiga mo‘ljallangan. Mualliflar: Maʼrufjon Yo‘ldoshev, Sinem Kuchukag‘ao‘g‘lu - Tunch (Turkiya), Zuhra Yo‘ldasheva
978-9943-14-824-4
184
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/muslim-ataev-islomda-bolalar-hukuki
Muslim Atayev: Islomda bolalar huquqi
Kitobda jizzaxlik mashhur faqih Muhammad ibn Μahmud ibn Husayn Ustrushaniyning hayoti , yashagan davri , ilmiy merosi , ustoz va shogirdlari haqida so‘z boradi. Unda allomaning voyaga yetmagan bolalar huquqiga bag‘ishlangan « Jomiʼ ahkom as - sig‘or » asarida keltirilgan 370 dan ortiq fatvo o‘rin olgan . Qadimiy Ustrushana - bugungi Jizzax vohasidagi shahar va qishloqlar to‘g‘risida qimmatli maʼlumotlar berilgan . Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-6582-9-5
496
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/adib-ahmad-yugnakii-hibatu-l-hakoiik
Adib Ahmad Yugnakiy: Hibatu-l-haqoyiq
Ushbu kitob Qoraxoniylar davri turkiy adabiyotining taniqli namoyandasi, ulug‘ mashoyix Adib Ahmad Yugnakiyning «Hibatu-l-haqoyiq» asariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda yozma yodgorlikning tekstologik, til va badiiy-uslubiy jihatlari to‘g‘risida so‘z boradi. Shuningdek, asarning ilmiy yig‘ma-chog‘ishtirma matni, hozirgi o‘zbekcha o‘girmasi ham keltirilayotir. Kitob manbashunoslar, sharqshunos-turkologlar va ayni sohani o‘rganayotgan tolibi ilmlarga mo‘ljallangan.
978-9943-5652-0-3
168
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/ulmas-umarbekov-odam-bulish-kiiin-kirill
O‘lmas Umarbekov: Odam bo‘lish qiyin (kirill)
O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning yoshlar hayoti, ma'naviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib o‘qiladigan asarlaridir. Adib bolalarining bepoyon orzular olami, yoshlarning goh lazzatli, goh iztirobli muhabbati, sidq-u vafo, xiyonat, otalar va bolalar, umuman, tuhfa toifadagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni g‘oyat chuqur va samimiy tasvirlaydi. Shuning uchun ham adibning asarlari hamon kitobxonlar qalbini rom etib kelmoqda.
978-9943-5697-3-7
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/r-shamsutdinov-h-muminov-uzbekiston-tarihi
R. Shamsutdinov, X. Mo'minov: O'zbekiston tarixi
Kitobda mustaqillik yillarida o‘zbek tarixshunosligi erishgan muvaffaqiyatlar, ilgari surilgan ilmiy nazariy, metodologik va metodik tavsiyalar, ayniqsa, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I. A. Karimov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning O‘zbekiston tarixiga doir yangicha metodologik, konseptual fikr va g‘oyalari dasturilamal qilib olinib, O‘zbekiston tarixining qadimgi davridan bugungi kunga qadar davri muhim va dolzarb masalalari yoritilgan. Mazkur kitob Siz o‘quvchilarni O‘zbekiston tarixining yorqin sahifalari bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining notarix fakultetlari talabalari hamda harbiy xizmatchilar uchun tayyorlangan bo‘lib, harbiy xizmat o‘tayotgan yoshlarda harbiy vatanparvarlik ruhini shakllantirish va rivojlantirishda muhim o‘ringa ega. Ayni paytda, mazkur kitobdan O‘zbekiston tarixi bilan qiziquvchi barcha yurtdoshlarimiz foydalanishlari mumkin.
978-9943-5651-1-1
576
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/ganisher-matisaev-ruscha-uzbekcha-uzbekcha-ruscha-lugat-50-000-suz
G'anisher Matisayev: Ruscha-o'zbekcha, o'zbekcha-ruscha lug'at 50 000 so'z
Ushbu ruscha-o'zbekcha, o'zbekcha-ruscha lug'at asosan maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o'quvchilari hamda abituriyent va talabalar uchun mo'ljallangan. Lug'at 25 000 ruscha-o'zbekcha va 25 000 o'zbekcha-ruscha eng ko'p tarqalgan so'zlar, zamonaviy birikmalar va iboralarni o'z ichiga oladi.
978-9943-5545-0-4
624
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/melinda-nazh-abonzhi-kabutarlar-baland-uchadi
Melinda Naj Abonji: Kabutarlar baland uchadi
Shveytsariyalik taniqli adiba Melinda Naj Abonji qalamiga mansub ushbu asar bugungi kunning dolzarb muammolaridan bo‘lgan muhojirlik va migratsiya mavzulariga bag‘ishlangan. Asar Syurih Adliya va ichki ishlar departamenti, Shveysariyaning Pro Helvetia va Germaniyaning Robert Bosh jamg‘armalari grantlari bilan taqdirlangan va jahonning ko‘pgina tillariga tarjima qilingan. Unda vengriyalik bir oilaning musofir yurtda chekkan mashaqqatlari qalamga olingan. Oila aʼzolari Shveysariyaga ko‘chib borib, u yerda yangi hayot boshlash yo‘lida katta qiyinchiliklarni boshidan kechiradilar, hayot qozonida qaynab, toblanadilar. Vatandan olisda yashab, yurt qadrining nechog‘li ekanini his etib, har qadamda vatan sog‘inchi bilan umr kechirgan bu oila aʼzolari qiyinchiliklarni mardonavor yengib, xalqiga, yurtiga, ona tiliga, urf-odat va anʼanalariga sodiq qolganlari muallif tomonidan mahorat bilan ochib beriladi va shu boisdan ham mazkur qissa katta qiziqish va hayajon bilan o‘qiladi. Nemis tilidan Mirzaali Akbarov tarjimasi
978-9943-7017-5-5
64
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zahiriddin-muhammad-bobur-boburnoma-kattik-mukova-lotin-ezuvida
Zahiriddin Muhammad Bobur: Boburnoma (Qattiq muqova, Lotin yozuvida)
Muhtaram kitobxon ! Zahiriddin Muhammad Boburning jahonga mashhur qomusiy asari “Boburnoma ” ni hozirgi o‘zbek adabiy tilida o‘qiysiz. “Boburnoma” - o‘zbek mumtoz adabiyotining nodir yodnomasidir. Jahon sharqshunoslari Boburning kitobiga shunchalik qiziqadilarki, asar ingliz tiliga o‘n marta tarjima qilingan. “Boburnoma” - birinchi navbatda shohanshoh Bobur, padar Bobur , lashkarboshi Bobur, samimiy Bobur, saxovatdi Bobur, haqgo‘y Boburning umumiy tarjimai holidir. Dunyo olimlari Boburni jahonning yirik imperatorlariga qiyoslab, yakdillik bilan uning dilbar shaxsligini taʼkidlashadi. “Boburnoma”ni o‘qisangiz, Bobur haqidagi haqiqiy ko‘p seriyali kino ko‘rganday huzur qilasiz. Muhimi, Bobur shaxsiga sizda havas uyg‘onadi.
978-9943-58-149-4
576
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/saiiid-abul-hasan-ali-nadvi-paigambarlar-kissasi
Sayyid Abul Hasan Ali Nadvi: Payg'ambarlar qissasi
Kitob o‘quvchi yoshlarga mo‘ljallangan, shuning uchun undagi maʼlumotlar qisqa va lo‘nda, buning ustiga mehribon ota o‘z bolasiga nasihat qilgandek yoqimli ohangda "Aziz bolajonim"! degan xitob bilan muallif tez-tez murojaat qilib turadiki, bu yoshlarning eʼtiborini tortishda va qiziqish uyg‘otishda katta ahamiyatga ega.
978-9943-8252-2-2
224
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/chingiz-aitmatov-zhamila
Chingiz Aytmatov: Jamila (yumshoq muqova)
“Jamila”, "Alvido, Gulsari!", "Somon yo‘li" hamda “Bo‘tako‘z” qissalaridan tarkib topgan mazkur kitob Chingiz Aytmatov asarlari turkumida chop etilmoqda. Jamila- katta oilaga tushgan yangi kelinchak. Ammo visol uzoq davom etmaydi. Urush yosh oilaga nafaqat hijron va ayriliq, balki parokandalik olib keladi. Turmush o‘rtog‘ini frontga jo‘natgan kelin erkaklar mehnatini zimmasiga olib, dalaga chiqadi. Go‘zalligi-yu chaqqonligi sabab qaynonasi uni begona ko‘zlardan asrash uchun yoniga qo‘riqchi qo‘yadi... Asarlar nihoyasi kutilmagan taasurotlarga boy...
978-9943-5770-4-6
64
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/azam-mansurov-kitobnoma
A'zam Mansurov: Kitobnoma
Bu kitobda kitob va kitobxonlik haqida so‘z boradi. Muallif kitob va unga bog‘liq barcha narsalarni turli mavzularda bayon etadi. Kitobnoma asaridan siz kitob o‘qishga bo‘lgan kuchli xohish-is takni, aniqrog‘i dominantani shakllantirib olsangiz buladi va bu o‘z navbatida sizga kitob o‘qishingizga katta yordam beradi. Kitobda turli faktlar, tadqiqotlar ham o‘rin olgan.
978-9943-8521-4-3
242
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-kahhor-ming-bir-zhon
Abdulla Qahhor: Ming bir jon
Abdulla Qahhor ijodi - o‘zbek adabiyoti uchun mustahkam qoya, ayni damda yo‘lchi yulduz vazifasini bajaruvchi mahorat maktabidir. Yozuvchining qay bir asarini olmang, unda dard, iztirob, alam, odamzodning barcha quvonchu shodligi yangicha bo‘y ko‘rsatadi. Asarning nihoyasiga yetmaguningizcha uning oxiri nima bilan yakun topishini bashorat qilolmaysiz, kutilmagan voqelik bilan yuzma-yuz kelasiz. Abdulla Qahhor asarlari qahramonlari ham oramizdagi odamlar bo‘lsada, yozuvchi ularni ko‘pchilikka namoyon bo‘lmagan xislatlari orqali bizga tanishtiradi. Ularning qalbini tinglashga, ularga hamdard bo‘lishga chaqiradi.
978-9943-6755-9-9
272
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulaziz-saidnuriddin-ogli-uzbek-halk-tabobati
Abdulaziz Saidnuriddin og'li: O'zbek xalq tabobati
Qo‘lingizdagi ushbu risolada taniqli tabib Abdulaziz Saidnuriddin o‘g‘lining uzoq yillar davomida olib borgan kuzatishlari va xalq orasida yurib to‘plagan muolaja usullari bayon etilgan. Kitobda tabibning kasallikni davolash bobidagi tavsiyalari endigina tabobat olamiga qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun muhim qo‘llanma va har bir oila uchun tibbiy maslahatchi bo‘lib xizmat qiladi, degan umiddamiz.
978-9943-4931-9-3
272
2017
https://asaxiy.uz/uz/product/zhadid-adabieti-namoendalari-abdulla-avlonii
Jadid adabiyoti namoyondalari: Abdulla Avloniy
Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo‘lishini, millati farzandlarini sharafga to‘lganlar qatorida ko‘rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg‘oq farzandlari - «jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o‘z o‘quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq maʼnaviyatini boyitish yo‘lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyunib yozgan, bu borada fidoyilik ko‘rsatgan, alaloqibat qatag‘onga uchraganlar haqida so‘z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Isʼhoqxon Ibrat siymolari ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ular o‘z asarlarida ko‘targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo‘y ko‘rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg‘otish uyg‘onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo‘q. «Jadid adabiyoti namoyandalari» ruknida tayyorlangan kitoblarimizni o‘qir ekan, kitobxon o‘zini shu vatanning ongli fuqarosi, vatani va millati taqdiri uchun masʼul inson sifatida namoyon qilishga o‘zida jurʼat topadi.
978-9943-7070-4-7
432
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/davronbek-tozhialiev-kitob-hakida-kitob
Davronbek Tojialiyev: Kitob haqida kitob
Ushbu kitobda www.ziyouz.com kutubxonasi asoschisi, jurnalist Davronbek Tojialiyevning kitob va mutolaa, kitobxonlik targ‘iboti haqidagi maqolalari, tadqiqotlar va tarjimalari o‘rin olgan.
978-9943-6965-7-0
240
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/kichkintoylar-ensiklopediyasi-ertaklarda-3-kism
Kichkintoylar ensiklopediyasi ertaklarda 3-qism
Bolangiz, hech narsa o'z-o'zidan paydo bo'lmasligini biladi, albatta. Lekin ular qanday paydo bo'ladi? Nima sababdan yomg'ir yog'ib, shamol esadi, nima uchun hamma hayvonlar har xil rangda? Bolangiz bu savollarga javobni shu kitobdan topadi. Atrof muhitning barcha sir-asrorlari oddiy, qiziqarli shaklda ochib beriladi. Farzandingizga bunday qiyin narsalarni tushuntirish uchun bosh qotirishga aslo hojat qolmaydi. Ertaklar u yoki bu hodisalar qanday sodir bo'layotganini bolaga oson tarzda tushuntiradi, zerikarli narsani qiziqarli qilib beradi va hech bir kichkintoyni bee'tibor qoldirmaydi.
978-9943-6324-4-8
32
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/emre-tunzher-ishk-kalbning-duosidir
Emre Tunjer: Ishq qalbning duosidir
Sen bo‘l, so‘nggisi bo‘l, so‘ngsiz bo‘l! Ilk muhabbatimsan! Oxiring yo‘q, avvaling g‘oyib bo‘lgan. Bo‘lmagan emas, boshqalar ham bo‘lgan, ammo sen tufayli barchasi yo‘q bo‘ldi. Sen xatolarim ko‘rsatgan haqiqatsan, oldingilar ergashtirib kelgan huzur yo‘lisan. Ko‘nglimga yog‘gan sevgi yomg‘irisan, har tomchingdan ishqim shifo topyapti! Bolaligimsan! Samimiyatim, taʼrifsiz baxtiyorligimsan. Tuproqning yomg‘ir bilan atrofga yoyilgan iforisan, choyimning eng totli qultumisan. Sen mening javobsiz savollarimning javobi, har duomda tilaganim, har nafasda sog‘inganimsan. Ko‘piga hojat yo‘q, borining ichida sen bo‘lsang, kifoya. Sen sevgilim deya yozilib, ayolim deya o‘qilasan. "Bu dunyo bizga yetarli emas" deganim jannatdagi yo‘ldoshimsan. Turk tilidan Muqaddas Abduvosilova va Ergashboy Matyoqubov tarjimasi
978-9943-8222-8-3
192
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/giesiddin-habibulloh-farruh-abdulkarim-ramazon-soginchi
G'iyosiddin Habibulloh, Farruh Abdulkarim: Ramazon sog'inchi
Albatta,  hech bir kishiga sir emaski, mohi Ramazoni sharifni har bir mo‘min-musulmon kishi qalbida o‘zgacha intiqlik, sog‘inch va talpinish bilan kutadi. Bu oyda Alloh taolo ko‘plab rahmat va barakotlarini nozil qiladi. Barcha insonlar bu oyda har doimgidan o‘zgacha, ajib bir kayfiyatda,  ruhiyatda bo‘ladilar. Robbimiz Alloh subhonahu va taoloning fazlu marhamati bilan   so‘nggi yillarda yurtimizda diniy-maʼrifiy sohani rivojlantirishga yana-da kengroq yo‘l ochilgani, qolaversa, ixlosli xalqimizning muqaddas dinimiz ahkomlarini o‘rganishga ko‘proq intilishi barobarida, asta-sekinlik bilan qariyb unutilayozgan diniy qadriyatlarimiz yana qadr topa boshladi. Yurtdoshlarimiz dinimizning eng muhim ruknlaridan bo‘lgan namoznigina emas, endilikda zakot, ro‘za va haj masalalarini ham vatanimizdagi ilm ahllari tarafidan taqdim etilayotgan asarlar orqali o‘qib-o‘rganayotirlar. Shu bilan bir qatorda qilinayotgan ibodatlarning ruhiyatimizga taʼsiri alohida ahamiyatga ega. Chunki dinimiz hukmlarini ixlos va bardavomlik ila bajarish yuksak maʼnaviyat va barkamol xulq egasi bo‘lishda benihoya ahamiyatlidir. Muborak Ramazon oyining har bir mo‘min-musulmon shaxs qalbida alohida va o‘zgacha o‘rni, hurmati bor. Bu oy bizni ruhan va qalban birlashtiradigan  rahmat va mag‘firat oyidir. Ro‘zaning sharʼiy va tibbiy hikmatlari haqida ko‘p bora galirilgan. Bu haqida maʼlumotlar bayon etilgan alohida kitoblar ham bor. Ammo hukmingizga havola etilayotgan mazkur moʻjaz risolada asosiy eʼtibor bular haqida emas. Risola butunlay boshqa yo‘nalishda yozilgan.  Unda mualliflar aynan Ramazon oyi ichida turib, qalblari va ruhiyatlarini bu muborak oyning shukuhi egallab turganida xotirlaridan o‘tgan qalb kechinmalarini bayon etganlar. Shu bilan birga, risolada Ramazoni sharif boshqa insonlar bilan bo‘lgan munosabatlarimizni tiklash va mustahkamlashimiz uchun bebaho g‘animat palla ekani, ko‘pchiligimiz g‘aflatda qolayotgan eng muhim amallar haqida maʼlumot beriladi. Bundan tashqari, har bir mo‘min-musulmon uchun yana-da foydali bo‘lishi maqsadida, kitobcha so‘ngida Ramazon oyi va ro‘zaga tegishli eng muhim masalalar savol-javob ko‘rinishida taqdim etildi. Bir so‘z bilan aytganda, risolani Ramazon ruhiyati, axloqi va amallarini yorituvchi kichik qo‘llanma, esdalik bo‘lishi niyat qilindi.
978-9943-7031-1-7
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/nodir-sultanmuratov-biznes-motivaciya
Nodir Sultanmuratov: Biznes Motivatsiya
Qo‘lingizdagi ushbu kitob muallifning ilk kitobi bo‘lib, kitobxonlarga nafaqat tadbirkorlik davomida orttirgan bilimlarini, balki hayotiy tajribalari davomida erishgan yutuq va kamchiliklarini ham o‘rgatib o‘tadi. Kitob mavzulari turlicha bo‘lib, siz mutolaa jarayonida vaqtingiz qanday o‘tganini sezmaysiz. Tadbirkorlikga endi qadam qo‘yganlar uchun ham kerakli tavsiyalar va maslahatlar berib o‘tilgan. Hayotda yaxshi yashashni istagan insonlar, o‘zidan yaxshi nom qoldirmoqchi bo‘lganlar, yuqori natijaga erishishni maqsad qilganlarga aynan “Biznes motivatsiya” kitobini o‘qishni tavsiya qilamiz. O‘ylaymizki, ushbu kitob sizni bir necha yillar davomida asosiy ko‘makdoshingiz bo‘ladi va hayotiy tajribangizni oshirishda o‘z hissasini qo‘shadi.
978-9943-7199-8-9
206
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/ilgor-fahmii-aktrisa
Ilg'or Fahmiy: Aktrisa
Asarlari turk, rus, tojik, gruzin va boshqa tillarga tarjima qilingan adib va shoir Ilg‘or Fahmiyning ushbu kitobi detektiv janrga xos bo‘lib, o‘zbek o‘quvchilariga taqdim etilmoqda. Mazkur asar o‘zining sirliligi, voqealar rivojining tobora qizg‘in tus olishi bilan kitobxonni mutolaa jarayonida yana-da o‘ziga jalb qila boshlaydi. Asarda jinoiy hodisaning mavjudligi, uning holatlari nomaʼlumligi va aniqlanishi kerak bo‘lgan jarayonlar orqali uning asosiy mazmun-mohiyati ochib beriladi. Ushbu nashr azaliy anʼanalarga ega o‘zbek va ozarbayjon adabiy aloqalari maydonidan o‘ziga munosib joy oladi, degan umiddamiz. Ozarbayjon tilidan Rustam Jabborov tarjimasi
978-9943-7017-4-8
120
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/kichkintoylar-ensiklopediyasi-ertaklarda-2-kism
Kichkintoylar ensiklopediyasi ertaklarda 2-qism
Bolangiz, hech narsa o'z-o'zidan paydo bo'lmasligini biladi, albatta. Lekin ular qanday paydo bo'ladi? Nima sababdan yomg'ir yog'ib, shamol esadi, nima uchun hamma hayvonlar har xil rangda? Bolangiz bu savollarga javobni shu kitobdan topadi. Atrof muhitning barcha sir-asrorlari oddiy, qiziqarli shaklda ochib beriladi. Farzandingizga bunday qiyin narsalarni tushuntirish uchun bosh qotirishga aslo hojat qolmaydi. Ertaklar u yoki bu hodisalar qanday sodir bo'layotganini bolaga oson tarzda tushuntiradi, zerikarli narsani qiziqarli qilib beradi va hech bir kichkintoyni bee'tibor qoldirmaydi.
978-9943-6324-3-1
32
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-ikki-eshik-orasi-lotin
O‘tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi (lotin)
"Рост билан ёлғоннинг ўртаси - тўрт энлик", деган гап бор. Қизиқ, нега энди оз эмас, кўп эмас, тўрт энлик ? Гап шундаки, кўз билан қулоқнинг ораси -  тўрт энлик экан . Эшитганингга эмас,кўрганингга ишон... Мақсад - шу. Бу китобдаги кўп одамларни ўзим кўрганман. Кўплари билан гаплашганман. Баъзиларининг ўзи билан, баъзиларининг... руҳи билан... Баъзилари нимани гапирган бўлса, шуни қоғозга туширдим. Баъзилари нима гапирганини эмас, нима ўйлаганини ёзишга мажбур бўлдим. (Начора, ҳамма рост гапиравермайди. Аммо ёлғон гапираётган одам ҳам ичида, барибир ростини ўйлайди.) Хуллас, бу савдолар кўп йиллар давомида кўп кишиларнинг бошидан кечган. Улар устидан ҳукм чиқариш - сизларга ҳавола... Тилимнинг учида турган яна бир андишани айтмасам бўлмайди. Эҳтимол, сиз бу китобда фожиа кўпайиброқ кетмадимикан, деган хаёлга борарсиз. Начора, аввало, ҳаёт- нуқул байрамдан иборат эмас. Уруш эса ўйин эмас. Иккинчи жаҳон уруши эллик миллион одамнинг уволига қолди. Шундан бир ярим миллиони бизнинг ўзбеклар эди. Энг азиз, энг асл кишиларимиз. Қолаверса, уруш фақат окопдаги жангчиларнинг жонига чанг солиб қолмади. Минглаб чақирим наридаги одамларни ҳам синовдан ўтказди. Негаки, биз бир хонадон аъзоларимиз. Мушкул дамларда имонини, инсонлигини сақлаб қолган ота-оналаримиз, ака-опаларимизнинг ҳаёти бугунги замонда бизга ўрнак бўлса не ажаб ! Эътиборингизга ҳавола этилаётган мазкур китоб Ўткир Ҳошимов асарлари ичида қамрови, ўқувчи қалбига яқинлиги билан алоҳида аҳамиятга эга. Унда адиб қарийб қирқ йиллик даврни ўз ичига олган, бир қанча чигал ва мураккаб тақдирлар мисолида ўз халқининг уруш даврида бошдан кечирган ҳаёти, қисмати ҳақида маҳорат билан қалам тебратган. Замон ва давр қандай шароитда кечишидан қатъи назар инсоний қадр-қиммат тушунчаларини сақлаб қолган, тақдирини эл-юрти, халқи, ватани тақдири билан боғлаган, фарзандидан айрилгаинида ҳам қалбига қувонч бахш этиши мумкин бўлган бошқа сабабни ўзи учун ярата олган, ҳаётини севги-муҳаббат туйғулари билан безамоқчи бўлгани ҳолда уруш ҳукмига тобе бўлиб қолган инсонлар қисматини ифодаловчи ушбу асар мутолаасидан сўнг бугунги ўтаётган тинч -омон ҳаётингиз, фарзандларингиз бахти учун шукрона айтасиз. Асар айнан шу жиҳати билан қалбларга яқин.
978-9943-5975-1-8
528
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/tavakkal-kenzhaev-muminlarning-onalari
Tavakkal Kenjayev: Mo'minlarning onalari
Qo‘lingizdagi ushbu kitob ikki olam sarvari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ahli hayot yo‘llarini yoritishga bag‘ishlangan. Mundarija Muqaddima Xadicha binti Huvaylid Savda binti Zamʼa Oisha binti Abu Bakr Hafsa binti Umar Zaynab binti Huzayma Ummu Salama Zaynab binti Jahsh Juvayriya binti Horis Safiya binti Huyay Ummu Habiba Maymuna binti Horis Xotima
978-9943-7736-3-9
320
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/temur-kissasi-amir-temur-kuragon
Temur qissasi: Amir Temur Ko‘ragon
«Temur qissasi» («Qissai Temur», «Malfuzoti Temuriy», «Temur esdaliklari») nomli asar eski o‘zbek tiliga tarjimasining asl nusxasiga asoslangan matni nisbatan eng to‘liq holda hozirgi o‘zbek tiliga tarjima qilinib dunyoda birinchi marta 2004 yili chop etildi. Ushbu 2016 yilgi nashrda so‘zboshiga keyingi yillarda chop etilgan ayrim kitoblar haqida qisqa maʼlumot, kitobning oxiriga esa “Ilovalar” qo‘shildi. Kitobda Amir Temur esdaliklari va tuzuklari shu kungacha chop etilgan kitoblarga nisbatan eng to‘liq holda berilmoqda. Kitob keng ommaga mo‘ljallangan. Eski o‘zbek tilidan hozirgi o‘zbek tiliga o‘girish, so‘zboshi, lug‘at va izoh mualliflari: Haydarbek Bobobekov, tarix fanlari doktori Axmadjon Quronbekov, filologiya fanlari doktori Halimboy Boboyev, yuridik fanlari doktori Masʼul muharrir: Haydarbek Bobobekov, tarix fanlari doktori Ilmiy muharrir: Halimboy Boboyev, yuridik fanlari doktori Taqrizchilar: Anvar Hamroyev, yuridik fanlari doktori, Maxmud Sodiqov, tarix fanlari nomzodi
978-9943-20-811-7
432
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/elchin-safarli-bosforning-totli-tuzi
Elchin Safarli: Bosforning totli tuzi
/h2>
978-9943-6748-3-7
272
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/kobilzhon-shermatov-buvamning-oshkozonidagi-mamlakat
Qobiljon Shermatov: Buvamning oshqozonidagi mamlakat
Qo'lingizdagi asar sho'x-shodon va qalbi orzularga to'la tengdoshlaringiz - Bahodir va Baxtiyorning ajoyib-u g'aroyib sarguzashtlariga bagʻishlangan. Biri biridan qiziq voqealar sizni o'ziga rom etadi, his-hayajonga tushiradi. Qahramonlar kulsa, kulasiz, yig'lasa, qayg'usiga sherik boʻlasiz. Haqiqiy asarning belgisi shundadir, balki. Asar yosh kitobxonlar va ularning ota-onalariga bag'ishlangan.
978-9943-6500-5-3
192
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zulfu-livaneli-sunggi-orol
Zulfu Livaneli: So‘nggi orol
Zulfu Livanelining “So‘nggi orol” romanini o‘qilish vaqti nuqtai nazaridan “bir yutumli suv”ga qiyoslash mumkin.Asarda nomaʼlum bir orol misolida Ona Zaminga insoniyat tomonidan yetkazilayotgan bemisl talafot, vahshiylik, ozorlar-u bezoriliklar oqibatlari mohirona tasvirlangan. Voqealar rivoji shu qadar jonliki, beixtiyor, hodisalar qay tarzda yakun topishini qo‘rquv, hayajon, xavotir, umid bilan sabrsiz kutasiz. Ayni shu sabrsizlik kitobxonni qo‘yib yubormasdan asar mutolaasi nihoyasi sari tinimsiz undayveradi. Muallif inson xarakteridagi bemehrlik, qatʼiyatsizlik, masʼuliyatsizlik va qo‘rqoqlik kabi qusurlar kun kelib tabiatdagi hayot tizimini butunlay izdan chiqarib, kunpayakun qilishi muqarrarligini ko‘z o‘ngingizda isbotlab beradi. Romanning kulminatsion nuqtasi – yetuk shaxslar emas, balki gapira olmaydigan soqov bolaning xunrezlikka qarshi hali hech kim eshitmagan ovozida hayqirib, zolimga tashlanib, u bilan birga jarga qulashi sahnasi kutilmagan burilish yasaydi. Bu maʼsum bola ilk bor yangragan ovozini haqsizlikka qarshi qo‘llaydi. Asar tugagach ham orol kishilari kechinmalari, tashvishiyu muammolari, ular kelgan xulosalar girdobidan birdaniga chiqib ketish mushkul. Nega? Chunki kutilmagan tarzda ana shu oroldagi insonlarga o‘xshash jihatlar o‘zimiz – atrofimizda kuzga tashlana boshlaydi! Yaʼni daraxtlarning kesilishi, yashillik olamiga bepisand munosabat va umuman, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslikning kelgusi oqibatlaridan tashvish va xavotir hissini tuyamiz. Turk tilidan Otabek Tillayev tarjimasi
978-9943-20-829-2
224
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/mazza-lahza-5-aqlni-charhlovchi-ujinlar
Mazza lahza 5 – Aqlni charxlovchi o‘yinlar
Ақлни чархловчи ўйинлар
978-9943-4820-8-1
16
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/esin-va-kichik-suralar-talimi
Yosin va kichik suralar ta’limi
978-9943-7002-5-3
96
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-daftar-hoshiyasidagi-bitiklar-lotin-2
O‘tkir Hoshimov: Daftar hoshiyasidagi bitiklar (lotin)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qarorida yosh avlodning maʼnaviy intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Ulug‘ adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar maʼnaviy olami shunga yarasha bo‘ladi. Ushbu nashrning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, u o‘zbek tilining hozirgi imlo qoidalariga to‘liq moslangan shaklda berildi.
978-9943-7201-6-9
208
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhadid-adabieti-namoyandalari-odob-ahlok-kitobi-yumshok-mukova
Jadid adabiyoti namoyandalari: Odob-axloq kitobi (yumshoq muqova)
O‘tgan asr boshlarida yangi tuzum maktablarining tashkil etilishi nafaqat davr farzandlarining, millat bolalarining maʼnaviyatida tub burilish yasadi, desak xato bo‘lmaydi. Zamon maʼrifatparvarlari o‘quvchilar uchun qator darsliklar yaratishdi, risolalar chop etishdi, gazeta va jurnallar ochishdi. Bugungi o‘quvchilar aynan o‘sha maqolalarni, asarlarni, kitoblarni qayta-qayta o‘qishi lozim, chunki ustozlarimizni, boringki ustozlarimizning ustozlarini maʼrifatga chorlagan, ilmga oshno qilgan, ziyoli qilgan asarlar bugungi davr uchun ham qadrli, ham zarur. Mazkur kitobda XX asr boshlaridagi adabiyot, ilm-fan va chin insoniylikka chorlovchi asarlar jamlanadi.
978-9943-27-487-7
192
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/herbert-uells-dunelar-zhangi
Herbert Uells: Dunyolar jangi
Ingliz yozuvchisi Herbert Uells o‘zbek kitobxonlariga "Vaqt mashinasi", "Ko‘rinmas odam" kabi mashhur asarlari bilan tanish. Uning "Dunyolar jangi" romani 1898 yilda kitob holida chop etilgan. Asarda o‘zga sayyoraliklarning Yer sayyorasiga hujum qilish mavzusi qalamga olingan bo‘lib, bu kitob o‘sha davr uchun katta yangilik hisoblangan. Voqealar muallifning vatani bo‘lmish Angliyada sodir bo‘ladi. Asar XX asr davomida dovrug‘ini saqlab qoldi va hozirgi kunda ham Fantastik asarlar reytingidan tushgani yo‘q. U dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan hamda roman asosida film ishlangan. Eʼtiboringizga uning o‘zbek tilidagi tarjimasini taqdim etmoqdamiz. Hayolot olamingizga erk bering va fantastika sehridan bahramand bo‘ling.
978-9943-5788-5-2
208
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/utkir-hoshimov-urushning-sunggi-kurboni-hikoyalar
O‘tkir Hoshimov: Urushning so‘nggi qurboni. Hikoyalar
O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov xalqimizning sevimli adiblaridan biri. Yozuvchining roman va qissalari, hikoyalari qayta-qayta nashr etilmoqda. "Daftar hoshiyasidagi bitiklar", "Dunyoning ishlari" kabi asarlarini o'qimagan inson topilmasa kerak. Qo'lingizdagi to'plamdan yozuvchining turli yillarda yozilgan eng sara hikoyalari o'rin olgan.
978-9943-5936-3-3
144
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/nargiza-erkaboeva-uzbek-tilining-amalii-grammatikasi
Nargiza Erkaboyeva: O‘zbek tilining amaliy grammatikasi
Ushbu kitob o'zbek tilshunosligining barcha bo'limlarini qamrab olgan. Mavzular darslarga bo'lib o'rgatilgan. Har bir dars nazariy qoidalar, amaliy mashqlar hamda mavzuga doir testlardan iborat. Qo'llanma abituriyentlar, o'qituvchilar, maktab o'quvchilari hamda tilshunoslikka qiziquvchi keng ommaga mo'ljallangan.
978-9943-6352-1-0
480
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/igor-rizov-muzokara-olib-borish-sirlari
Igor Rizov: Muzokara olib borish sirlari
«Biz aynan muzokaralarni olib borish qobiliyatimiz darajasida yashaymiz», - deydi kitob muallifi va ishbilarmonlik ishonchi bo‘yicha yetakchi ekspert Igor Rizov. «Myzokara olib borish sirlari» kitobi mansabdor shaxslar, top-menejerlar va biznes «guru»lari bilan muzokaralarda o‘z shartlari asosida g‘alaba qozonishni o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun muhim darslikdir. Tarjimon: Sirojiddin Shaxidoyatov
978-9943-8143-3-2
280
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/alandar-abdurahmonov-sanzhar-ojipnazarov-rekrutment
Qalandar Abdurahmonov, Sanjar G‘oyipnazarov: Rekrutment
Ушбу ўқув қўлланма HR-менежерларини тайёрлаш жараёнида алоҳида ўрин тутиб, унинг мазмуни меҳнат муносабатлари барча субъектларининг инсон ресурсларига булган эҳтиёжини қондиришда малакали кадрларга бўлган талаб ва таклифни энг мақбул даражага етказиш учун муносиб кадрларни танлаш, саралаш ва ёллаш (рекрутмент)нинг инновацион техналогиялари асосида амалий натижага эришишни таъминлайди. Ўқув қўлланма талабаларга кадраларни танлаш ва баҳолаш технологиялари соҳасида рекрутментнинг маҳаллий ва хорижий тажрибалари асосида назарий билимларнинг асосий тушунчалари ва категориялрини, иқтисодий қонунлар ва тамойилларини ўргатиш ҳамда уларни амалиётга татбиқ этиш кўникмасини ҳосил қилишда муҳим манба бўлиб хизмат қилади.
978-9943-19-600-1
304
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/dilorom-karimova-sevgim-mening-anduhim-mening
Dilorom Karimova: Sevgim mening anduhim mening
Ушбу китобдан киносценарийлар ва "Театр" эссеси ўрин олган бўлиб, ҳар бир қисса ўзига хос мавзуни қамраб олган. Андуҳли бўлса-да, икки тақдирни безаб, яшнатиб турган севги тарихи, фарзанди қалбига зарра қувонч, умрига умр қўшиш учун жони ҳалак она образи китобхонни таъсирлантиради. Умр шомида икки бахтсизнинг ўйноқи ҳазил сабаб бир-бирига меҳр қўйиши воқеалари лабда нимтабассум, кўнгилда ҳамдардлик билан ўқилади. "Театр" эссесида эса театр оламининг жозибали ҳаёти ортидаги зиддиятли, мураккаб воқеалар бир актёр  тақдири орқали ёритилади. Хусусан, ХХ аср сўнггида республиканинг асосий театрлари бошига тушган оғриқли йўқотишлар рўйи-рост ва холис таҳлил этилади.
978-9943-3-6130-9-6
304
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammad-aiyub-homidov-kozimhon-turaev-biznesda-baraka-omillari
Muhammad Ayyub Homidov, Kozimxon To'rayev: Biznesda baraka omillari
Ushbu risola tadbirkorlarga amaliy qo‘llanma bo‘lib, unda Qurʼoni Karim oyatlari va hadisi shariflar asosida halol tijorat qilish yo‘llari bo‘yicha Islomiy tavsiyalar bayon etilgan. Savdoga yolg‘on aralashtirmaslik, tarozini to‘g‘ri tortish, omonatga xiyonat qilmaslik kabi amaliy tavsiyalar nafaqat mijozlar sonini orttirishga yordam beradi, balki Islomiy tavsiyalarga asoslanib ish qilinganligi uchun bunday tadbirkorlarning ishida baraka va o‘sish bo‘lishini ham taʼminlaydi.
978-9943-7468-0-0
50
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/teodor-drajzer-sarmoyador
Teodor Drayzer: Sarmoyador.
Америкалик ёзувчи Теодор Драйзер "Титан", "Даҳо", "Америка Фожиаси", "Бахтиқаро Керри" ва бошқа асарлари билан дунёга машҳур . Ушбу китоб адибнинг "Сармоядор" романи таниқли таржимон Амир Файзулла томонидан ўзбек тилига ўгирилган.
978-9943-22-205-2
256
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/zhahon-tarihidan-universal-kullanma
Jahon tarixidan Universal qo‘llanma
Ushbu qo‘llanma eng qadimgi davrlardan to shu vaqtgacha jahon tarixida yuz bergan siyosiy voqealarni qamrab olingan. O‘quvchiga qulaylik yaratish maqsadida muhim sanalar, joy va shaxs nomlari, eʼtiborga molik nuqtalar ajratib ko‘rsatilgan, yangi maʼlumotlar bilan boyitilgan. Kitob tilining sodda va tushunarli bo‘lishiga ahamiyat berilgan. Qo‘llanma o‘quvchilar, talabalar, abituriyentlar va jahon tarixiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
978-9943-4823-6-4
512
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/zhejms-chejz-gonkongdan-kelgan-tobut
Jeyms Cheyz: Gonkongdan kelgan tobut
Дунё миқёсида машҳур ҳисобланган ушбу асар ўткир сюжетга, турфа саргузаштларга бойлиги билан ўзига хосдир. Унда тиниб-тинчимас изқувар Нельсон Райаннинг сирли қотиллик тафсилоти билан боғлиқ воқеаларга ўралашиб қолиши, бунинг натижасида кутилмаган даҳмазаларга дучор бўлиши, Гонконгдек улкан шаҳарда суриштирув олиб бориши, разил ва манфур кимсаларга қарши кураши акс этади. Райан ҳақиқатнинг тубига етиш учун ўз ҳаётини хатарга қўяди, бир неча бор ўлимга чап беради. Хўш, моҳир изқувар ниятига етадими? Гонконгдан келган тобут тилсими очилармикан? Китоб детектив ишқибозларига, кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган.
978-9943-6329-6-7
208
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/zhek-london-martin-iden-lotin
Jek London: Martin Iden
Yozuvchi Jek London bir qarashda Martin Iden timsolida o‘zini tasvirlaydi. Hayot naqadar og‘irligi, mehnat qattiqligi, ishonch poymol bo‘lishi, muhabbat sarobga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Inson asli qadrlashi kerak bo‘lgan tuyg‘ular, munosabatlar jamiyatdagi noqisliklar sabab oyoqosti bo‘lishi hech gap emasligini aytmoqchi bo‘ladi. O‘quvchiga buni uqtira oladi ham.
978-9943-6657-2-9
480
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/shaih-muhammad-sodik-muhammad-yusuf-kuron-ilmlari
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qur'on ilmlari
Bir kuni Qo‘qon tarafdan bir guruh kitobsevar ziyoratchilar kelishdi. Ularga o‘xshash odamlar bilan suhbatlashish insonning ruhini ko‘taradi. Kitob o‘qishning o‘zi kishiga qanchalik zavq bersa, u haqda suhbatlashish ham shunchalik zavq baxsh etadi. Mazkur ziyoratchilar bilan bo‘lib o‘tgan serzavq, mazmunli suhbat davomida ulardan biri quyidagilarni aytdi: «Qurʼon fazilatlari» kitobingiz uchun alohida tashakkur aytamiz. Bu kitobni o‘qish orqali ko‘p narsani bilib oldik. Eng muhimi, o‘zimiz qanday kitobning ummati ekanimizni anglab yetdik va bu bilan faxrlandik…» Bu oddiy o‘quvchining gaplari menga qattiq taʼsir qildi. Yaxshi niyat bilan qilingan ishning ijobiy natijasini ko‘rish, u haqda eshitish har qanday kishiga quvonch baxsh etadi. O‘sha kezda men ham mana shunday hisni tuydim, lekin shu bilan birga, bu narsa kaminaga bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarni yana ham jiddiyroq tarzda ado etib borish zarurligi masʼuliyatini yukladi. Binobarin, hadis ilmlariga oid “Mustalahul-hadis” kitobini yozib bitirgandan so‘ng «Ulumi Qurʼon» bo‘yicha ham bu ilmning asoslari va qoidalariga amal qilgan holda alohida kitob bitishga azmu qaror paydo bo‘ldi. Qo‘limizda mavjud bo‘lgan manbalardan foydalanib, bir kitob taʼlif qilishga ojizona qo‘l urdik. Alloh taolo barcha ishlarimiz qatori, bu ishga ham O‘zi yordamchi bo‘lsin! Zotan, U Zotdan o‘zga yordamchi yo‘q! U Zot qanday ham yaxshi Xoja va qanday ham yaxshi Yordamchi! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf MUNDARIJA Kirish BIRINCHI QISM «Ulumi Qurʼon»ning taʼrifi «Ulumi Qurʼon»ning ahamiyati «Ulumi Qurʼon»ning tarixi Vahiy Vahiyning turlari Vahiyning darajalari Hadis, hadisi qudsiy va Qurʼon Qurʼoni karimning taʼrifi Qurʼonning ismlari Qurʼonning nozil bo‘lishi Qurʼon vahiysining boshlanishi Muhammad sollallohu alayhi vasallam va vahiy Qurʼoniy vahiy holati Muhammad sollallohu alayhi vasallam va Qurʼon Vahiyni tushunib yetmaslik Qurʼoni karimning tarqoq nozil bo‘lishi hikmatlari Qurʼoni karimdagi ilk va so‘nggi nozil bo‘lgan oyatlar Ilk nozil bo‘lgan oyatlar So‘nggi nozil bo‘lgan oyat Qurʼoni karim oyatlarining makkiy va madaniyga taqsimlanishi Makki va madaniy oyatlarning taʼrifi Makkiy va madaniy oyatlarni bilishga eltuvchi yo‘l Makkiy va madaniy oyatlarning alomatlari «Sababi nuzul» ilmi Sababi nuzulni bilish yo‘li Sababi nuzulning ifoda turlari Sabab bir nechta, nozil bo‘lgan narsa bitta bo‘lishi Sabab bitta, nozil bo‘lgan oyatlar bir nechta bo‘lishi Qurʼoni karim eʼjozi Qurʼonning arablarni bellashuvga chorlashi Qurʼoni karimning bayoniy eʼjozi Qurʼoni karimning ilmiy eʼjozi IKKINCHI QISM Qurʼoni karimning jamlanishi Qurʼoni karimning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida qalblarda jamlanishi Qurʼoni karimning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida sahifalarda jamlanishi Qurʼoni karimning hazrati Abu Bakr davrlaridagi jamlanishi Qurʼoni karimning hazrati Usmon davrlaridagi jamlanishi Usmoniy Musʼhaflar haqida Oyat va suralarning tartibi Qurʼonning yetti harfda nozil bo‘lishi Rasmi Usmoniyning takomillashuvi UCHINCHI QISM Qurʼoni karimda nasx Nasx qilinadigan hukmlarning turlari Nasxning hikmatlari Nasx bilan xoslash orasidagi farq Nasxning o‘rinlari Qurʼonning Qurʼon bilan nasx bo‘lishining qismlari Qurʼoni karimda muhkam va mutashobih “Muhkam” va “Mutashobih” ulamolar istilohida Mutashobihning qismlari Suralarning avvalidagi harflar va mutashobih sifatlar Suralarning avvalidagi harflar Alloh taboraka va taoloning mutashobih sifatlari Mutashobih sifatlar bo‘yicha salaf va xalaflarning tutgan yo‘llari Mutashobih sifatlar va salaflar Mutashobih sifatlar va xalaflar Xulosalar Mutashobih sifatlarga oid oyatlardan namunalar Mutashobih sifatlardan namunalar Ulamolarning mutashobihga munosabatlari to‘g‘risidagi xulosa TO‘RTINCHI QISM Qiroatlar va qorilar Qiroatlarning manbasi Tafsir va mufassirlar Movarounnahrda tafsir ilmi Yangi tafsirlar Qurʼoni karim maʼnolari tarjimasi Manbalar ro‘yxati
978-9943-7035-6-8
504
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/sharqona-tarbiya-2-qism
Sharqona tarbiya (2 qism)
Эътиборингизга ҳавола этилаётган ушбу тўпламнинг алоҳида хусусияти шуки, унда инсон феълида мужассам бўлган баъзи бир фазилат ёки иллатларга тўхталиб, уни эртаклар, ривоятлар, ҳикоятлар, ҳикоялар, халқ мақоллари мисолида изоҳлайди, айни мавзудаги уламоларнинг ўгитлари, доноларнинг ҳикматлари келтирилади. Яна, шуни ҳам алоҳида таъкидлаш ўринлики, мазкур тўплам оила даврасида мутолаа қилиш учун мўлжалланган.
978-9943-38-1-964
144
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/abu-iso-at-termizii-sunani-termizii-sharhi
Abu Iso at-Termiziy: "Sunani Termiziy" sharxi
Bu kitob buyuk vatandoshimiz, ulug‘ muhaddis olim Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning (209/824 - 279/892) to‘plami – «Sunani Termiziy»ning ko‘p jildlik sharhidir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hadisi shariflari asrlar bo‘yi yurtimiz musulmonlari amal qilib kelgan moturidiya aqidasi hamda hanafiy mazhabiga muvofiq izohlangan. Asarning o‘zbek tiliga to‘liq akademik tarjimasi, hadislarning ilmiy-izohli sharhi qo‘lyozma va toshbosma hamda zamondosh olimlar sharhlariga asoslangan holda ilk bor nashr etilmoqda. Sharhdan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti (Oliy Maʼhad), «Mir Arab» oliy madrasasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi va madrasalar - o‘rta maxsus islom bilim yurtlari o‘quv jarayonlarida foydalanish mumkin. Shuningdek, kitob barcha ahli ilmlar, islom manbashunosligi, tarixchimanbashunos mutaxassisliklari bo‘yicha taʼlim oluvchi bakalavriat va magistratura talabalari hamda mustaqil tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan. Sharhlab nashrga tayyorlovchilar: Aminov Hamidulloh, Ismoilov Masʼudxon, Adiyev Hikmatulloh, Abdullayev Botirjon
978-9943-7486-0-6
1200
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdel-sellu-sen-mening-hayotimni-uzgartirding
Abdel Sellu: Sen mening hayotimni o‘zgartirding
Fransuz va amerikalik ekran versiyalari yaratuvchilarini ilhomlantirgan hayotiy hikoya. Paraplanning qulashi 42 yoshli aristokratik nasl merosxo‘ri va shampan vinolarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar top menejeri Filippo Posso de Borgoni nogironlik aravachasiga mixlab qo‘ygan edi. Oqsoch vazifasini bajarish uchun u kutilmaganda yuzlab talabgorlar orasidan yaqinda qamoqdan chiqqan afrikalik muhojirni tanlab oldi. Va u tanlovida adashmadi: "shayton-ko‘riqchi" nafaqat unga depressiyaga tushishga imkon bermadi, balki, uning hayotini yangicha mazmun bilan to‘ldirdi. "Men unga yordam berdim, u esa menga. Lekin u menga ko‘proq yordam berdi. Men uning hayotini o‘zgartirmadim. Balki, u menikini o‘zgartirdi". Abdel Sellu turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandi bilan Aljirda yashaydi va tovuq fabrikasiga ega va uni boshqaradi. U Parijdan o‘zining ikkinchi xotinining vatani bo‘lgan Marokkoga ko‘chib o‘tgan Filippo Posso di Borgo bilan doimiy aloqalarni ushlab turadi.
978-9943-7201-8-3
240
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-shaitanat-tuplam
Tohir Malik: Shaytanat (to'plam)
Dunyo yaralibdiki, ezgulik va yovuzlik mudom insoniyatni kurashga chorlab keladi. Tohir Malikning “shaytanat” olami haqida hikoya qiluvchi ushbu asari necha yillardan buyon o‘quvchilar eʼtirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda. Jinoyatchilar olamining sir-asrorlari haqida so‘z yurituvchi mazkur asar Siz o‘quvchilar uchun ajoyib sovg‘a bo‘lishiga ishonamiz. Asar detektiv janrga ixlosmand kitobxonlar uchun munosib tuhfadir.
978-9943-07636-5
null
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/tarbiyaning-oltin-kaliti
Akmal Miravaz o‘g‘li: Tarbiyaning oltin kaliti yoxud yo‘ldagi belgilar
Ушбу рисолада ўзидан бошқани ўзгартириш учун ҳаракат қилиш, беҳуда уруниш - бахтсизлик учун қўйилган илк қадам эканлиги баён этилади. Инсон бахтли бўлиши учун, аввало, ўзини, яъни фикрини ўзгартириши лозим. Шундагина у бошқаларни ўзгартира олади, ўзини бахтли қилиш орқали, атрофдагиланинг саодатли бўлишига ҳисса қўшади. "Тарбиянинг олтин калити ёхуд йўлдаги белгилар" китобида фарзанд тарбиясининг психологик жиҳатлари, оила қўрғонини асрашнинг самарали усул ва услублари ҳар томонлама таҳлил қилинган.
978-9943-12-533-9
192
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/aviaciya-yosh-bilimdon-enciklopediyasi
Aviatsiya (Yosh bilimdon ensiklopediyasi)
Samolyot sayohat to‘g‘risidagi tasavvurni batamom o‘zgartirib yubordi. U tom maʼnoda harakatchanlikni misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tardi, insonlarga uzoq ajdodlari butun hayoti davomida ko‘ra olmagan yurtlariga atigi bir necha soatlar ichida sayohat qilish imkonini berdi. Tasavvur qilish qiyin, ammo vaqtning har lahzasida havoda deyarli 4 mln nafar inson, boshqacha aytganda, butun bir shahar parvoz qilayotgan bo‘ladi. Bir yil davomida esa "Samo mehmonlari" deyarli 4 mlrd yo‘lovchini tashkil qiladi. Ushbu kitobda biz aviatsiya tarixi, ilk uchuvchilar va kashfiyotchilar, eng aʼlo va mashhur namunadagi aviatsiya texnikalari to‘g‘risidagi rang-barang maʼlumotlarni bir butun qilib to‘plashga harakat qildik.
978-9943-5933-0-5
96
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/nuriddin-iildiz-mahram-zhavoblar
Nuriddin Yildiz: Mahram javoblar
Turkiyalik zabardast yozuvchilardan biri Nuriddin Yildizning mazkur kitobi orqali nafaqat turk jamoatchiligi, balki bizning millatimiz uchun ham dolzarb bo‘lgan savollarga javob topishingiz mumkin. «Mahram javoblar» degan nom ostida nozik mavzulardagi so‘roqlar, shuningdek, kundalik hayotimizda tez-tez ro‘baro‘ bo‘ladigan masalalarga aloqador savollarga batafsil javob qaytariladi. O‘quvchilar mazkur kitobni mutolaa qilib o‘zlarining diniy-maʼrifiy bilim va ko‘nikmalarini yana-da oshiradilar, aniq bir yechimga kelishga ikkilanayotgan baʼzi muammolar yuzasidan muayyan maʼlumotga ega bo‘ladilar. Turk tilidan Dilbar Rajabova tarjimasi
978-9943-20-841-4
160
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abror-zohidov-hiyonat-tohir-malik-maqtagan-kitob
Abror Zohidov: Xiyonat
Detektiv kitobni o‘qishga nima yetsin! Boshi berk ko‘chaga kirib qolgan qahramonlarning taqdiridagi chigalliklar sarguzasht ishqibozlarini qiziqtirmay qolmaydi. Keskin voqealar, kutilmagan hodisalar kitobxonni o‘ziga jalb etadi. Ayniqsa, ziddiyatli, to‘qnashuvlarga boy syujet kitobga bo‘lgan qiziqishni yana-da kuchaytiradi. Ustoz adib Tohir Malik aytganidek, syujet topish mumkin, lekin uni ishonarli qilib bayon etish muhimroq. Mazkur asarlarda ana shu ikki jihat ham mujassam. Buni kitobni o‘qib chiqib o‘zingiz amin bo‘lasiz. Isteʼdodli qalamkash Abror Zohidovning sarguzashtbop va maroqli kitobi sizlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
978-9943-6328-5-1
128
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/sharqona-tarbiya-3-qism
Sharqona tarbiya (3 qism)
Эътиборингизга ҳавола этилаётган ушбу тўпламнинг алоҳида хусусияти шуки, унда инсон феълида мужассам бўлган баъзи бир фазилат ёки иллатларга тўхталиб, уни эртаклар, ривоятлар, ҳикоятлар, ҳикоялар, халқ мақоллари мисолида изоҳлайди, айни мавзудаги уламоларнинг ўгитлари, доноларнинг ҳикматлари келтирилади. Яна, шуни ҳам алоҳида таъкидлаш ўринлики, мазкур тўплам оила даврасида мутолаа қилиш учун мўлжалланган.
978-9943-38-1-71
144
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-sotilgan-vizhdon
Tohir Malik: Sotilgan vijdon
Tohir Malik. Bu nomni o‘qishimiz bilan ko‘z oldimizda serqirra, sermahsul ijodkor, hayotbaxsh hikoyalari, o‘tkir syujetli qissa, romanlari, fantastik hamda maʼrifiy, diniy-dunyoviy asarlari bilan millionlab kitobxonlar qalbini zabt etgan atoqli, kitoblari sevib, qo‘lma-qo‘l o‘qiladigan ardoqli yozuvchi siymosi gavdalanadi. Biroq daryodil adibning vafoti (2019 yil 16 may) adabiyot ixlosmandlari qalbini huvillatib ketdi. Go‘yo bir maydon bo‘shab qolgandek bo‘ldi. Po‘rtanali ummonda suzayotgan hayot qayig‘i manzilga yetib, hali aytilishi kerak bo‘lgan so‘zlar, yozilajak asarlar, ibratli suhbatlar, tartib berilishi lozim bo‘lgan kitoblar qolib ketdi. Hayot- abadiy, umr esa o‘tkinchi. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 72 yillik hayoti mobaynida qoldirgan boy, ulkan adabiy meros hali asrlar davomida yosh avlodni tarbiyalashda, ularning maʼnaviy qiyofasini shakllantirishda dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi. Yozuvchi istiqlol yillarida nihoyatda sermahsul ijod qilgan edi. Adib merosini asrab-avaylash, yosh avlod qo‘liga yetkazish esa yozuvchining farzandlari va shogirdlariga ulkan masʼuliyat yuklaydi. Shu maʼnoda xayrli ishga qo‘l urildi - Tohir Malik nomidagi nashriyot-matbaa uyi tashkil etildi. Mazkur to‘plam adib nomidagi nashriyotda chop etilgan ilk kitob sanaladi. Nashriyot birin-ketin Tohir Malikning barcha asarlariga chop etadi. Bu nafaqat adibning muxlislariga, balki barcha kitobxonlarga ham manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.
978-9943-6045-0-6
320
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/zahiriddin-muhammad-bobur-boburnoma-lotin-yozuvida
Zahiriddin Muhammad Bobur: Boburnoma (Lotin yozuvida)
Муҳтарам китобхон ! Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг жаҳонга машҳур қомусий асари "Бобурнома " ни ҳозирги ўзбек адабий тилида ўқийсиз. "Бобурнома" - ўзбек мумтоз адабиётининг нодир ёдномасидир. Жаҳон шарқшунослари Бобурнинг китобига шунчалик қизиқадиларки, асар инглиз тилига ўн марта таржима қилинган. "Бобурнома" - биринчи навбатда шоҳаншоҳ Бобур, падар Бобур , лашкарбоши Бобур, самимий Бобур, саховатди Бобур, ҳақгўй Бобурнинг умумий таржимаи ҳолидир. Дунё олимлари Бобурни жаҳоннинг йирик императорларига қиёслаб, якдиллик билан унинг дилбар шахслигини таъкидлашади. "Бобурнома"ни ўқисангиз, Бобур ҳақидаги ҳақиқий кўп серияли кино кўргандай ҳузур қиласиз. Муҳими, Бобур шахсига сизда ҳавас уйғонади.
978-9943-5543-3-7
440
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/rendi-gejzh-aklli-soglom-va-boj-bulish-mumkin
Rendi Geyj: Aqlli, sog‘lom va boy bo‘lish mumkin?
Mazkur kitobda bayon etilgan fikrlar sizni qiziqtirishi tabiiy. Lekin aynan shu fikrlarni haqiqat sifatida qabul qiling, deyolmaymiz. Chunki har bir insonning o‘ziga xos yashash tarzi va muvaffaqiyatga erishish borasida o‘z mulohazalari mavjud. Kitob dunyoqarashingizni shakllantirishda va g‘aflat uyqusidan uyg‘onib, atrofga teran nigoh bilan qarashingizga turtki bo‘ladi. degan umiddamiz. Zero, kitob muallifining maqsadi ham bu borada sizga yordam berishdan iborat.
978-9943-387-50-8
140
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/muhammad-yusuf-uyoshga-qarab-oqqan-suv
Muhammad Yusuf: Quyoshga qarab oqqan suv
So‘z bilan ko‘ngil tubiga kirish mumkin. So‘z bilan toshbag‘irlarni eritish mumkin. Muhammad Yusufning o‘z so‘zi bilan xalqimiz yuragidan joy olgan, so‘z bilan haq gapni aytolgan ijodkor edi. Ushbu to‘plamga kirgan muxlislarga allaqachon yod bo‘lib ketgan, ohanglarga solib qo‘shiq qilib aytilgan bo‘lsa ham shoir ruhini yana bir bor shod va yod et ishga jam etdik.
978-9943-6041-7-8
232
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/mari-kondo-sarishtalik-sehri-ui-va-haetni-tartibga-keltirishning-yaponcha-usuli
Mari Kondo: Sarishtalik sehri. Uy va hayotni tartibga keltirishning yaponcha usuli
Yapon xalqaro bestselleri! Tartib haqidagi taassurotlaringizni o‘zgartiruvchi va hayotingizni "qayta sozlovchi" kitob. Sizga tozalash ishlarini olib borish kerakligini anglash hissi faqatgina uyingiz yoki ish joyingiz qayta chiqindilarga to‘lganida keladimi? O‘zingizga savol berib ko‘rganmisiz: "Buning sababi nima bo‘lishi mumkin?" "Tozalash - hayotingizda bir marotaba sodir bo‘ladigan, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan voqea" - deb hisoblaydi Mari Kondo - tartib intizom bo‘yicha dunyoning eng mashhur maslahatchisi. Tartibga solish ishlarini olib borishning KonMari uslubini qabul qilganlar, uslubning ommaviy fikrlarga zidligiga qaramay, uylari va hayotlarini tartibga solishda, muvaffaqiyatli ravishda kutilmagan natijalarga erishdilar. Buni misollarda ko‘rish mumkin, KonMari uslubini o‘zlashtirganlar: - faqat keraksiz narsalardan emas, balki keraksiz aloqalardan ham xalos bo‘ladilar; - faqat kerakli bo‘lgan xaridlarni amalga oshiradilar; - ortiqcha vazndan xalos bo‘lib, o‘zlarining kiyinish uslublarini belgilab oladilar; - sevimli buyumlarni o‘z atroflarida jamlab, sevimli insonlarni hayotlariga olib kiradilar. Yapon tilidan Bahrom Hasanov tarjimasi
978-9943-6748-6-8
244
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/holid-usajnij-ming-kuyosh-shulasi
Xolid Husayniy: Ming quyosh shu’lasi
Hurmatli kitobxon! E'tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob amerikalik afg'on adibi Xolid Husayniyning dunyoga mashhur - <<Ming quyosh shu'lasi>>,<<Shamol ortidan yugurib>>, <<Tog'lar ham sado berdi>> kabi romanlaridan tarkib topdi. Bu kitoblar aynan qaysi jihati bilan kitobxonga yaqin? Husayniy asarlari orqali siz o'quvchilarga nimalarni eslatmoqchimiz, ularga nima demoqchimiz? Siz bilan biz yashayotgan mana shu zamin, shu yurt hammamizning qadr-qimmatimiz, nomus-orimiz, sha'nimiz, g'ururimiz va eng muhimi O'zligimizni himoya qiladi. Siz bilan bizdan uncha uzoq bo'lmagan yurtfarzandlari ham o'zlari haqida shunday so'zlarni tinglashga ilhaq. Ammo Afg'oniston diyorida .bir necha o'n yillardan beri davom etib kelayotgan qonli urushlar millionlab insonlar taqdirini o'zgartirib yubordiki, chiroyli hayot haqidagi so'lar ular uchun orzu bo'lib qoldi. Mana shunday urushlarga guvoh bo'lgan Xolid Husayniy ko'rgan-kechirganlarini, qalbini larzaga solgan voqealarni qahramonlari timsolida jonli gavtalantirdi. Qo'lingizdagi kitob orqali siz mana shunday taqdir egalari bilan tanishasiz, ularga hamdard bo'lasiz.
978-9943-20-275-7
688
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-charhpalak
Tohir Malik: Charxpalak
Taniqli yozuvchi Tohir Malikning “Charxpalak” qissasida mustabid davr yakkahokimligi bilan bog‘liq voqealar taqdirlar qalamga olingan. Ilm va adolatga intilgan insonning fojiali qismati mahorat bilan tasvirlangan. Shuningdek, ishq-muhabbat va shaxsiy hayot manzaralari yurakka yaqin odatlarda aks ettirilgan. Ayniqsa, bu ko‘chada adashgan Latofatning boshdan kechirganlari ibratli lavhalarda badiiy inkishof etilgan. Asarda mustabid tuzum davrida  qishloq ho‘jaligi sohasida yo‘l  qo‘yilgan ko‘plab g‘ayriqonuniy, jinoiy xatti-harakatlar va ularni fosh etishga yosh tergovchi Nozimaning Faoliyati detektiv janrning barcha talablariga mos ravishda ustalik bilan yoritib berilgan.
978-9943-07-657-0
240
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/tulkin-hajit-amir-temur-hazinasi
To‘lqin Hayit: Amir Temur xazinasi
Dunyoda Amir Temur haqida yozilgan kitoblar soni ikki mingdan ortiq bo‘lib, muhtaram o‘quvchining buncha kitobni o‘qib chiqishga vaqti ham, umri ham, imkoni ham yetmaydi. Ushbu yondaftarda Amir Temur va Temuriylar tarixiga oid maʼlumotlar, hayotiy- ibratli voqealar berilgan. Mazkur maʼlumotlar bir biridan qiziqarli bo‘lishi bilan birga, aniq tarixiy manbalar asosida yozilgan. Unda sohibqiron Amir Temur hamda Temuriylarning ilm fan, meʼmorchilik, musiqa, tibbiyot, adabiyot va boshqa sohalarda amalga oshirgan ishlari bilan ham tanishasiz.
978-9943-5260-3-7
152
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/men-maktabga-boraman-alifbo
Men maktabga boraman (alifbo)
Yozuv insoniyat tarixidagi buyuk kashfiyot, barcha ilmlarning debochasidir. Tajribali pedagoglar kichkintoylar ruhiyatini yaxshi biladigan psixologlar bilan hamkorlikka tayyorlangan mazkur qo‘llanma farzandingizning harflarni tez va oson o‘rganib, o‘qish-yozishni mukammal o‘zlashtirib olishiga yordam beradi.
978-9943-4821-7-3
132
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/lev-tolstoj-anna-karenina-2-ta-kitob
Lev Tolstoy: Anna Karenina (2 ta kitob)
Badiiy adabiyotda muhabbat mavzusida yozilgan asarlar qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ularning hech birida takdirlar, qismatlar, fojialar, o‘ylar, qarashlar bir-birini takrorlamaydi. Navoiyning Laylisi-yu Majnuni, Shekspirning Otellosi-yu Dezdemonasi, Knut Gamsunning Edvardasi, Chingiz Aytmatovning Jamilasi. Lev Tolstoyning Anna Kareninasi ham haqli ravishda mana shunday asar qahramonlari safida turadiki, adib ijodiga oshno bo‘lgan har bir kitobxon buni yaxshi anglaydi. Adabiyotdan panoh istagan, adabiyotni maʼnaviy kamoloti uchun zarur deb bilgan kitob ixlosmandlari eʼtiboriga qariyb qirq yil lik tanaffusdan so‘ng havola etilayotgan daho ijodkorning beqiyos asari - "Anna Karenina" Sizga yana yangi dunyolarni ochishga shay.
978-9943-27-786-1
656
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/dzhon-ronald-ruel-tolkin-hobbit-yohud-borib-kajtish
Djon Ronald Ruel Tolkin: Hobbit yoxud borib qaytish
Британиялик адиб Джон Руэл Толкин (1892-1973) қаламига мансуб "Ҳоббит ёхуд бориб қайтиш" романи туркуми она тилимизга таржима қилишдан мақсад, сеҳр-жоду ёки афсунгарликка тарғиб қилиш эмас, аксинча ёшларни яхшиликка, адолатга ҳақиқатга, меҳр-муҳаббатга бўлган ишончини янада мустаҳкамлаш, киндик қони тўкилган юрт- Ватанга бўлган муҳаббатини янада юксалтиришдир. Агар ушбу асарни бошидан охиригача ўқисангиз, унда она-юрт мустақиллиги учун кураш, уни босқинчилардан озод қилиш қанча мушкул ва мураккаб вазифа эканлигини англайсиз. Бу асарда қатнашган ҳар бир образда маълум бир рамзий маъно ётади. Айримлари босқинчи (аждар), айримлари озодлик курашчилари (Эманқалқон Торин ва унинг сафдлошлари), айримлари маърифатпарвар ва оқил (Гендалф), айримлари эса халқпарвардир (Бард). Асосий қаҳрамон Беггинс эса виждонли, танти, жасур образ сифатида тасвирланган. Асарни ўқиган ёш китобхон мураккаб ҳаётнинг кўплаб жиҳатлари, яхши-ёмонликлари, оқ-у қораси, ёвузлик билан эзгулик ўртасидаги мангу курашдан оз бўлса-да воқиф бўлиши, қизиқарли маълумотлар билан танишиб, билимини ошишига шубҳа йўқ. Китоб ҳақида маълумотлар: Чоп этилган нашриёти: "Илм-зиё-заковат" Чоп этилган йили: 2019 Муқоваси: Қаттиқ Бетлари сони: 304
978-9943-5523-9-5
320
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/odij-maksudij-boshlangich-arab-tili-darsligi-shifohiya-a4
Hodiy Maqsudiy: Boshlang‘ich arab tili darsligi Shifohiya (A4)
Ushbu darslik-qo‘llanma keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, maktab yoshidagi boshlang‘ich tolibi ilmlarga hamda ulug‘ yoshdagi mustaqil o‘rganuvchi kishilarga arab tilini o‘zlashtirishda, inshaalloh, xizmat qiladi.Kitobni qayta nashrga tayyorlashda QR-kodlar yordamida darslarni audio tarzida tinglash imkoniyatini hosil qildik. Darslarning ovozli shakli ustoz Anvar Ahmad hamda Sherzod Mansurlar tomonidan o‘qilgan.
978-9943-6658-7-3
496
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/ronda-bern-kuch
Ronda Bern: Kuch
Ронда Берннинг "Ҳаётнинг энг буюк сири" китоби ҳозирги кунда ўқувчиларимиз томонидан севиб мутолаа қилинмоқда. Қўлингиздаги "Куч" номли китоб муаллиф изланишларининг давоми ҳисобланади. "КУЧ" нимада ? Ҳаётнинг энг буюк сири нимада ? Ҳар биримиз орзу қилаётган ўша ҳаёт. Ҳар биримиз учун лойиқ бўлган ўша ҳаёт. Истаган одам ажойиб ҳаёт кечириши мумкин. Оиладаги бахт, муҳаббат, касбий орзусини амалга ошириши, ишдаги омад, ўзини зўр ҳис қилиши- буларнинг ҳеч қайсисида нотабиий нарса йўқ. Омад биз ўйлаганимиздан яқинроқда, шундоқ ёнимизда. Яқин, чунки бундай ҳаётга эришиш қувват манбаи доим бизнинг ичимизда жойлашган бўлади. Ҳаётий муваффақиятнинг тортиш сирини билиб олиб, ҳар ким ўзида "қувват" оча олади ва очиши керак. Унинг ҳаракаитлари муваффақият қонуниятини англайди, амалга ошириш шароитини режалаштиради. Натижада орзу қилган ва қилаётган барча нарсага эришилади. Китоб ҳақида маълумотлар: Чоп этилган нашриёти: "Давр пресс" Чоп этилган йили: 2018 Муқоваси: юмшоқ Бетлари сони: 192
null
192
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/robert-chaldini-tasir-psihologiyasi
Robert Chaldini: Ta’sir psixologiyasi
Одамни "ҳа" деб айтишга нима мажбур қилади? Таъсир ва ишончнинг принциплари ва энг самарали усуллари қандай? Сиз ушбу саволларга атрофлича жавобларнинг китобнинг янги, қайта ишланган ва тўлдирилган нашрда топасиз. Бу китобхонларни нафақат ажойиб маълумот мазмуни билан, балки енгил услуб ва материалнинг самарали тақдимоти билан таништиради. Таъсир ва ишонтира олиш маҳорати бобида таниқли номаянда сифатида танилган Роберт Чалдини китоби Америка қўшма штатларида беш марта нашр қилинган, унинг тиражи аллақачон 2 000 000 нусхадан ошган. Китоб одамлар билан ишлайдиган ҳар бир кишига: сиёсатчиларга ва ишбилармонларга, шифокор ва юристларга, психологларга, ўқитувчиларга, менежерларга, ўзининг фаолияти табиатига кўра ишонтиришлари, таъсир қилишлари ва таъсир кўрсатишлари зарур бўлганлар учун асқотади.
978-9943-5786-4-7
480
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/erkin-vohidov-nido
Erkin Vohidov: Nido
Erkin Vohidov - o‘zbek shoiri va jamoat arbobi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri. Shoirni g‘azal janrining chinakam davomchisi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Vatanga, uning cheksiz kengligiga muhabbat, ona diyorning porloq kelajagiga ishonch Erkin Vohidov ijodining eng muhim jihati bo‘lib qoladi. Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan asarlar adabiyotimizda salmoqli o‘rin egallaydi. Ammo, bu asarlar orasida ustoz Erkin Vohidovning “Nido” dostoni samimiy ehtirosi va kuchli ruhiy taʼsiri bilan alohida ajralib turadi.
978-9943-22-343-1
112
2019
https://asaxiy.uz/uz/product/kim-kijosaki-boj-ayol
Kim Kiyosaki: Boy ayol
Менинг назаримда Ким замонавий аёлларнинг намунаси: қувноқ, яхши дўст, чиройли, ақлли ва бой...Китоб Кийосакининг рафиқаси ва унинг бизнес олами ҳақида...
null
224
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/nemischa-uzbekcha-uzbekcha-nemischa-lugat
Yusuf Ismoilov, Shavkat Karimov: Nemischa-o‘zbekcha, o‘zbekcha-nemischa lug‘at
Ушбу луғат кенг қамровли бўлиб, унда немис ва ўзбек тилидаги 50 мингга яқин сўз ва иборалар келтирилган. Ҳам немисча - ўзбекча, ҳам ўзбекча-немисча луғатнинг бир китобга жамланиши фойдаланувчилар учун қулайлик туғдиради. Ундан умумтаълим мактаб ўқувчилари, академик лицей, касб-ҳунар коллежлари, олий ўқув юртлари талабалари, таржимонлар ва немис тилини мустақил ўрганувчилар фойдаланишлари мумкин.
978-9943-4908-8-8
738
2020
https://asaxiy.uz/uz/product/tohir-malik-alvido-bolalik-adabiyotuch
Tohir Malik: Alvido bolalik (yumshoq muqovali)
Yozuvchi Tohir Malik ushbu asarida birgina oila misolida bolalarni tarbiyalash borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar qanday og‘ir oqibatlarga olib kelayotganini o‘ziga xos tarzda ochib bergan. Asarda hech kim jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmasligi, bolani atrof-muhit, jamiyatdagi turli illatlar jinoyatchiga aylantirishi aks ettirilgan.
978-9943-5258-2-9
224
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/doktor-asson-shamsij-baht-ulashing
Doktor Hasson Shamsiy: Baxt ulashing
Ушбу китоб хаётда барча инсон учун зарур бўлган ва ҳар бир инсон бутун умри давомида излайдиган бахт тушунчаси ҳақида маълумот беради. Хусусан, "Бахт қаерда?", бахт молу дунёдами ёки мансаб-обрўдами ёхуд бошка нарсадами деган саволларга жавоб топиш мумкин. Шунингдек, хақиқий бахтнинг манбаи бўлган имон ҳақида, инсон ўзи ва атрофидаги инсонларни қандай бахтли қилиш мумкин экани тўгрисида сўз боради. Жамиятнинг энг муҳим бўғини бўлмиш оилада эр хотинини кандай бахтли килиши ва хотин эрини қандай бахтли қилиши хусусида ҳам кўрсатмалар келтириб ўтилган. Китобнинг охирги  бўлимларида бахтнинг софлигини булғайдиган бадбинлик ва умидсизлик ҳолатидан чиқиб кетиш йўллари кўрсатилган.
978-9943-7058-2-1
144
2021
https://asaxiy.uz/uz/product/abdulla-oripov-sohibkiron
Abdulla Oripov: Sohibqiron
O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov mustaqillik yillarida yaratgan yirik hajmdagi asarlaridan biri, shubhasiz, bu - “Sohibqiron” sheʼriy dramasidir. Mazkur drama Respublikamizning so‘ngra ko‘p o‘tmay qo‘shni xalqlar teatr sahnalarida birin-ketin qo‘yilgan va tez orada mashhur bo‘lib ketgan edi.
978-9943-7889-8-5
112
2022
https://asaxiy.uz/uz/product/obiddin-mahmudov-farzandnoma-disk
Obiddin Mahmudov: Farzandnoma +disk
Axloq-odob – mustahkam zaminda vujudga keladi, yuksaladi... Mustahkam zamin, bu – donishmand bobo-momolarning ko‘p ming yillik axloqiy- ruhiy, hayotiy tajribalari, maʼrifatli ota-onalarning maqbul tarbiyasi, munavvar fikrli ustozlarning ilmu hikmatga boy taʼlim-o‘gitlari, zakovat xazinasi bo‘lmish azizu fozillarning ulkan maʼnaviy ibrati, adolat va yurtparvar yo‘lboshchi, rahbarlarning samimiy yo‘l-yo‘riqlari hamda saxovatpesha zotlarning ko‘rsatgan xolis yordamidir. Bunday sog‘lom muhitda voyaga yetgan yosh avlodning, turgan gapki, odobi go‘zal, bilimi chuqur, tafakkuri yuksak, mushohadasi keng, masʼuliyatni teran his etadigan, muhimi, jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan komil inson bo‘lib shakllanadi. Ushbu kitob farzand tarbiyasi va uning kamoloti uchun befarq bo‘lmagan ota-onalarga, ustoz murabbiylarga, qolaversa, insoniyatning maʼnaviy yuksalishi yo‘lida jon kuydirayotgan fidoyi, zahmatkash ziyolilarga mo‘ljallangan. U siz va zurriyotlaringiz sevib o‘qiydigan asarga aylanadi, deb umid qilamiz.
978-9943-22-176-5
352
2018
https://asaxiy.uz/uz/product/robin-sharma-eng-sara-asarlari
Robin Sharma: Eng sara asarlari
Robin Sharmaning bestsellerga aylangan "Ferrarini sotgan rohib" asari advokat va millioner Julian Mentlning hayoti haqida noodatiy voqeani hikoya qiladi. U ruhiy krizisni boshdan kechirib qadimiy madaniyatlardan biriga sho‘ng‘iydi va o‘zi uchun amaliy, oqilona bilimlarni kashf etadi. Hayotingiz qanday tezlikda ko‘z oldingizdan o‘tib ketayotganini sezyapsizmi? U sizga o‘z o‘rningizni, baxt va quvonchga erishishga haqli ekaningizga ishonch qoldirmayaptimi? Unda Robin Sharmaning minglab insonlarni hayotini tubdan o‘zgartirib yuborgan "O‘lsang kim yig‘laydi?" asari siz uchun madad, yangi, ajoyib hayot sari yo‘lchi yulduz bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘plab insonlar esa, o‘zlarini "O‘rta hol" ko‘rishga va shu tarzda yashashga mahkumdek his qilishadi. Bu adashishlik holosdir. Taqdir - shunchaki qilgan tanlovlaringiz mevasi. "Unvonsiz lider" asari sizga oddiy, ammo taqdiringizni hal qiluvchi tanlovlarni amalga oshirishda yordam beradi. Qo‘rqmang! Tavakkal qiling va siz o‘zgacha insonga aylanasiz. Bu buyuk asar barchaning shaxsiy kutubxonasida bo‘lmog‘i zarur. U sizni yangi hayotga yetaklaydi, undagi maslahatlardan foydalanib o‘z muammolaringizni xulosaga aylantiring va olg‘a boring!
978-9943-5771-8-3
512
2019