cleaned_text
stringlengths
1
200k
category
stringclasses
7 values
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda tovuq go'shtidan taomlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Bu taom uchun sabzavotlarni ham o'z ta'bingizga qarab tanlashingiz mumkin. Qovoq bilan iloji bo'lsa tovuqning soni yoki boldirlaridan, xantalning esa fransuzcha donadoridan foydalangan ma'qul. Bu taomda tovuq oyoqchalari grechka va sabzavotlar bilan bir idishda o'z ta'mini uyg'unlashtirgan holda maza qilib pishadi. Tovuq go'shtidan qilinadigan kabobchalarni nafaqat ko'rada, balki gaz pechida ham tayyorlash mumkin. Yorqin cherry pomidorlari va ko'katlar bilan pishirilgan qaymoqli qaylaga ega tovuq — bu taom nafaqat tashqi qiyofasi, ta'mi, balki tayyorlanishining qulayligi bilan ham sizni xursand qiladi. Soya qaylasi, asal, sarimsoqpiyoz va limon sharbati ta'mlari uyg'unlashuvi ushbu taomni yanada mazali qiladi. Pechda taxta tayoqchalari ustida pishirilgan tovuq go'shtidan shaurma . Mayin va sersuv tovuq filesi, pomidor, rayhon, motsarella pishlog'i — turli garnir uchun ajoyib qo'shimcha . Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
2022 yilning 1 sentabridan boshlab O'zbekistonda avtomobillarni boshqarish huquqi uchun ishonchnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP, my.gov.uz) orqali elektron shaklda berish imkoniyati joriy etildi. Elektron ishonchnomani berishda uni notarius tasdiqlashi shart emas. Ishonchnoma YAIDXP uchun ariza to'lovi amalga oshirilganidan so'ng darhol olinishi mumkin. Yuklab olingan ishonchnomani chop etish shart emas: YHXB xodimlari uni planshet orqali tekshirisha oladi. Ammo ishonchnomani chop etish va uni o'zingiz bilan olib yurganingiz ma'qul. Ba'zida YHXB ma'lumotlar bazasi ishlamay qolishi mumkin, shuning uchun xodimlar ishonchnomangizni onlayn tekshira olmaydi va muammolar paydo bo'lishi ehtimoli yo'q emas. «Gazeta.uz» Payme bilan hamkorlikda smartfon yordamida kerakli muddatga elektron ishonchnoma rasmiylashtirish va unga tezda to'lov qilish haqida batafsil so'zlab beradi. My.gov.uz saytiga kiring va ro'yxatdan o'tish uchun «Kirish» tugmasini bosing. Yagona identifikatsiya tizimi ( id.egov.uz ) orqali kirish uchun «Kirish» tugmasini bosing. O'zingizning loginingiz va parolingizni kiriting, so'ng yana «Kirish» tugmasini bosing. Agar tizimda hali akkauntingiz bo'lmasa, ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo'ladi. YAIDXPdagi sohalar ro'yxatidan «Adliya» bandini tanlang, uning ichidan esa «Avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma olish» bandiga bosing. Ishonchnoma qiymati u amal qiladigan muddatga bog'liq: Taqdim etilayotgan xizmat bo'yicha barcha shartlarni o'rganib chiqing va «Xizmatdan foydalanish»ni bosing. Birinchi qadamda ommaviy oferta bilan tanishing va «Keyingisi»ni bosing. Ro'yxatdan o'z avtomobilingizni tanlang: bu yerda nomingizga rasmiylashtirilgan barcha avtomobillar avtomatik ravishda ko'rsatiladi. Bunda pasportingiz ma'lumotlari ham darhol yuklanadi. Quyida esa yashash hududi va tumanini ko'rsating. Ishonchnomaning amal qilish muddatini tanlang: 1 oy, 6 oy yoki 3 yil. Ishonchnomaning boshlanish sanasini belgilang. Tugash sanasi avtomatik ravishda o'rnatiladi. Telefon raqamingizni kiriting va «Keyingi»ni bosing. Ushbu bosqichda ishonchnoma berilgan haydovchilar haqidagi ma'lumotlar kiritilishi kerak. Bu yerda bir vaqtning o'zida bir nechta ishonchnoma berilgan shaxslarni belgilashingiz mumkin. «Qo'shish» tugmasini bosing va ishonch bildirilayotgan shaxsning JSHSHIR, pasport (ID-karta) seriyasi va raqamini, shuningdek, uning tug'ilgan sanasini kiriting. Shundan so'ng, «To'ldirish» tugmasini bosing. Uning pasport ma'lumotlari avtomatik ravishda yuklab olinadi. Ishonchnoma berilgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat turini tanlang va «Saqlash» tugmasini bosing. Shundan so'ng, ishonch bildiriluvchi shaxs darhol ro'yxatda paydo bo'ladi. Agar ishonchnomaga yana birovni kiritish kerak bo'lsa, amallarni takrorlang. Barcha ishonchli shaxslarni kiritgandan so'ng, «Keyingisi» tugmasini bosing. Navbatdagi bosqichda SMS-xabarnomalarni olishga rozilik uchun katakchani belgilang. Ishonchnomani olmoqchi bo'lgan tilni tanlang. Ariza beruvchi va ishonch bildirilgan shaxslar haqidagi barcha ma'lumotlarni qaytadan tekshiring va «Yuborish» tugmasini bosing. To'lovga tayyorgarlik ekranida, agar yangi ishonchnoma rasmiylashtirayotgan bo'lsangiz, «Yangi invoys oling» bandini tanlang, so'ng «Yuborish» tugmasini bosing. Ishonchnoma uchun ariza darhol «To'lov jarayonda» holati bilan tuziladi. Ariza uchun to'lovni amalga oshirishning ikki yo'li mavjud. 1. QR- kod orqali to'lov . Ilova tavsifidagi zarg'aldoq rangli «To'lov tafsilotlari» tugmasini bosing. Pastga o'ting va kvitansiyani yuklab olish tugmasini bosing. Olingan kvitansiyani chop eting. Payme to'lov ilovasini oching, asosiy ekranda QR-to'lovni tanlang va chekdagi QR-kodni skanerlang. Kerakli bank kartasini tanlang va «To'lash» tugmasini bosing. To'lov uchun komissiya — 1%. 2. Invoys raqami bo'yicha to'lov . Ilova tavsifida sariq rangli «To'lov tafsilotlari» tugmasini bosing. Invoys raqamini va to'lov miqdorini yozib oling. Payme to'lov ilovasini oching, «To'lov» tugmasini bosing va xizmatlar ro'yxatidan «Davlat xizmatlari agentligi»ni tanlang. To'lov turini tanlang, invoys raqamini va to'lov miqdorini kiriting, so'ng «Davom etish» tugmasini bosing. Kerakli bank kartasini tanlang va «To'lash» tugmasini bosing. To'lov uchun komissiya miqdori 1 foizni tashkil qiladi. To'lovdan keyin arizani ko'rib chiqish bir necha daqiqa vaqt olishi mumkin. Muvaffaqiyatli ko'rib chiqilganidan so'ng siz SMS-xabar olasiz. Asosiy menyuda «Mening arizalarim» bo'limiga o'ting, «Yuborilganlar» bandini tanlang va ro'yxatdagi arizangizning ustiga bosing. To'lov amalga oshirilgan ariza «Ko'rib chiqilgan» holati bilan ko'rsatiladi. Pastroqda esa elektron ishonchnomani yuklab olish imkoniyati paydo bo'ladi. Bu yerda siz yaratilgan ishonchnomani smartfoningizga yuklab olishingiz va kerak bo'lsa chop etishingiz mumkin. Hamkorlikda tayyorlangan material.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda turli xil yoqimli va shirin bulochkalar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Nihoyatda xushbo'y, o'zida qaymoq va yorqin mevali ta'mlarni birlashtiradigan bulochkalar . Bunday bulochkalarni xohlagan jem yoki murabbolarni solib tayyorlash mumkin. Ajoyib ko'rinishga ega, uyda tayyorlash mumkin bo'lgan eng mazali pishiriqlardan biri bo'lib, tayyorlash jarayoni umuman qiyinchilik tug'dirmaydi. Xohishga qarab, bulochkalar ichiga jem, mak, tvorog yoki bo'lmasa, xuddi bizdek — shokoladli pasta solib pishirish mumkin. Ko'pchilikka bolaligini eslatib yuboradigan, yumshoq kremli, yeryong'oq ta'miga to'yingan mazali bulochkalar . Xushbo'y, olmali, uyda tayyorlangan, xamirturushli xamirdan lazzatli bulochkalar . Mazzali va yumshoq — qora shokolad bilan qoplangan dolchinli bulochkalar . Jemga ega yumshoqqina tvorogli xamirdan tayyorlangan ajoyib bulochkalar . Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15.
advice
Har yili, AQSh hukumati «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV» dasturi (Green Card / Grin Kard) doirasida 50 mingta doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi . Vizalar so'nggi besh yil ichidagi AQShga immigratsiya ko'rsatkichlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi. Bunda AQShga immigratsiya ko'rsatkichlari past bo'lgan hududlarga ko'proq viza miqdori belgilanadi. O'zbekiston fuqarolari ushbu dasturda qatnasha oladi. Green Card dasturiga onlayn anketa qanday to'ldiriladi? Green Card anketasi uchun fotosuratlar bo'yicha talablar qanday? Green Card natijalarini qayerda va qanday tekshirsa bo'ladi? «Gazeta.uz» AQSh Davlat departamentining rasmiy yo'riqnomasiga asoslangan holda, Grin Kard dasturiga onlayn ariza topshirish bo'yicha qo'llanmani e'lon qiladi. Ariza topshiruvchilar AQShning 12 yillik ta'lim tizimiga mos keluvchi boshlang'ich va o'rta ta'limni bitirgan bo'lishlari lozim. O'zbekiston uchun bu umumta'lim maktablarida 11-sinfni bitirganlar yoki litsey va kollej bitiruvchilari hisoblanadi. Yoki ariza topshirmoqchi bo'lgan shaxs so'nggi besh yil ichida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo'lishi lozim. Ushbu dasturda qatnashmoqchi bo'lganlar o'z arizalarini 2022 yil 5 oktabr Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan boshlab 2022 yil 8 noyabr kechki soat 22:00 gacha yuborishlari mumkin. Arizalarni topshirish uchun ro'yxatga olishning oxirgi haftasigacha kutmaslik tavsiya etiladi, chunki katta yuklama sababli dastur sayti sekin ishlashi mumkin. Arizalarni faqat onlayn tarzda topshirish mumkin. Qog'ozda yuborilgan, to'liq to'ldirilmagan yoki belgilangan muddatdan keyin yuklangan arizalar qabul qilinmaydi. Har bir kishi bir mavsumda faqatgina bir marotaba ariza topshirishi mumkin. Bir marotabadan ko'p ariza topshirganlar dasturdan chetlatiladi. Dasturda qatnashish uchun arizani to'ldirish bepul . Ko'plab kompaniyalar boshqa vositachilar to'lov evaziga Grin Kard lotereyasining anketasini to'ldirish uchun aholiga yordamlarini taklif etishadi. AQSh elchixonasi O'zbekiston fuqarolariga bunday firmalarga murojaat etayotganda ehtiyot bo'lish kerakligini eslatib o'tadi. Ularning birontasi ham elchixona bilan bog'liq emas. Bunday vositachilar xizmatidan foydalanish Grin Kard lotereyasida g'olib bo'lish ehtimolligini umuman oshirmaydi. AQSh davlat departamenti arizalarni har kim o'zi topshirishini maslahat beradi. Agar kimdir sizga yordam beradigan bo'lsa, arizani to'ldirish jarayonida o'zingiz ham bo'lishingiz tavsiya qilinadi. Shunda savollarga javoblar to'g'ri bo'lishini ta'minlash mumkin. Bundan tashqari, ariza yuborilgach, siz shaxsiy tasdiqlash raqamingizni yuklab olishingiz yoki qog'ozga chiqarib olishingiz kerak bo'ladi. U orqali keyinchalik ariza natijasini tekshirish mumkin bo'ladi. Arizani to'ldirganda internet brauzerlarning yangi versiyalaridan foydalanish ma'qulroq, eski brauzerlar (masalan Internet Explorer 8) ishlatilganda onlayn tizimda muammolarga duch kelishi mumkin. Tavsiya: Arizada ko'rsatishingiz kerak bo'lgan ma'lumotlarni oldindan Word faylida tayyorlab qo'ysangiz, dastur saytida ma'lumotlarni kiritish osonroq kechishi mumkin. Dastur sahifasiga ma'lumotlarni kiritish uzoq vaqt oladigan bo'lsa, ma'lumotlarni qaytadan kiritishga to'g'ri kelishi mumkin. Green Card dasturida ishtirok etish uchun arizani AQSh Davlat departamentining rasmiy sayti orqali to'ldirish mumkin: dvprogram.state.gov . (Talabgorlar ko'pligi bois sayt qotib ishlashi mumkin) Dastur saytining asosiy sahifasida « Begin Entry » ustiga bosib, ariza to'ldirish sahifasiga o'tiladi. Keyingi sahifada ekranda avtorizatsiya uchun maxsus kod taqdim etiladi va uni xatoliklarsiz kiritish kerak bo'ladi. Shundan so'ng, ariza to'ldirish uchun asosiy sahifaga o'tiladi. Birinchi bo'limda ariza to'ldiruvchining shaxsiy ma'lumotlari : ismi, familiyasi, jinsi, tug'ilgan vaqti, joyi va mamlakati kiritiladi. Muhim: O'zbekiston fuqarolari ariza to'ldirishning «Middle Name» satrlarini bo'sh qoldirishlari va «No Middle Name» tugmasini bosishlari kerak bo'ladi. O'zbekiston fuqarolik pasportida ko'rsatilgan «Otasining ismi» ma'lumotlari «Middle Name»ga kirmaydi. Shuningdek, viza dasturida qatnashish uchun qaysi mamlakatdan ariza topshirilayotganini ham ko'rsatish kerak bo'ladi. Ko'p holatlarda tug'ilish mamlakati bilan ariza topshirish mamlakati bir xil bo'ladi. O'zbekistonda tug'ilganlar tug'ilgan mamlakat bo'yicha topshirayotganlarini tanlash uchun «Yes» (ha)ni tanlashlari kerak. Boshqa mamlakatda tug'ilgan, lekin O'zbekistondan ariza berayotganlar «No» (yo'q)ni tanlab, mamlakatlar orasida O'zbekistonni tanlashlari lozim. Keyingi bo'limda ariza topshiruvchining surati yuklanadi. Bunda « Choose New Photo » tugmasini bosib, oldindan tayyorlangan va kompyuterga yuklangan suratni tanlash kerak bo'ladi. Ushbu dastur uchun yuklanadigan surat so'nggi 6 oy ichida olingan bo'lishi kerak. Ariza topshiruvchi suratga tushib, uning raqamli nusxasini olishi yoki yaqinda tushgan suratining skanerini ham yuklashi mumkin. Fotosuratga qat'iy talablar qo'yilgan va ushbu talablarga javob bermaydigan arizalar dasturdan chetlatiladi. Muhim : eski suratini, oldingi arizada yuklagan suratini va ishlov berilgan suratlarni yuklagan shaxslarning arizasi tanlov shartlariga javob bermaydi. Fotosurat hajmi 245 kb dan yuqori bo'lmasligi va JPEG formatda bo'lishi lozim. Surat tiniq va ranglari tabiiy, suratdagi shaxsning teri ranglari haqiqiyligicha ko'ringan va soyalarsiz bo'lishi lozim. Green Card dasturi taqdim qilgan namunalar. Suratga tushgan shaxsda hech qanday ko'zoynaklar bo'lmasligi kerak. Kundalik hayotda ham ko'zoynak bilan yursangiz, surat uchun ko'zoynakni yechishga to'g'ri keladi. Green Card dasturi taqdim qilgan namunalar. Shaxsning boshi surat markazida va to'g'ri hajmda bo'lishi lozim. Suratning parametrlari: 2»x2″ (51×51 mm), arizachining boshi markazda va 1″ va 1.4″ (25 va 35 mm) oralig'ida joylashgan bo'lishi lozim. Green Card dasturi taqdim qilgan namunalar. Surat aniq va ravshan bo'lishi, hech qanday piksellar yoki printer nuqtalari ko'rinmasligi shart. Suratga olishdan oldin kameraning fokusi shaxsga qaratilganligini tekshirish lozim. Suratning parametrlari ham to'g'ri bo'lishi kerak. Green Card dasturi taqdim qilgan namunalar. Original suratga o'zgartirishlar kiritmaslik kerak: suratning orqa fonini o'zgartirish, suratni cho'zish yoki kichraytirish, «qizil ko'zlarni» o'zgartirish mumkin emas. «Qizil ko'z»li suratlarni qaytadan olish lozim. Green Card dasturi taqdim qilgan namunalar. Ariza topshiruvchi kameraga to'g'ri qarab turishi, neytral yuz ifodasida bo'lishi (tabiiy tabassum bo'lishi mumkin) va uning ko'zlari aniq ko'rinishi kerak. Ariza topshiruvchining ko'zlari yopiq yoki boshqa tomonga qaragan bo'lsa, boshi oldinga, orqaga yoki yon tomonga og'gan bo'lsa, suratni qaytadan olish kerak bo'ladi. Green Card dasturi taqdim qilgan namunalar. Ariza topshiruvchining yuzi to'liq ko'ringan bo'lishi lozim. Soyalar, soch, buyum yoki kiyimlar suratdagi shaxsning yuzining biror qismini yashirmasligi kerak. Suratga bosh kiyim bilan tushish mumkin emas, faqatgina diniy yoki tibbiy maqsadlarda (tibbiy bosh kiyim bo'lsa, yozma murojaat bo'lishi lozim) bo'lgan bosh kiyimlar bundan mutasno. Green Card dasturi taqdim qilgan namunalar. Suratning orqa foni bir tekis, oddiy va oq yoki qaymoq rangda, soyalardan xoli bo'lishi shart. Green Card dasturi taqdim qilgan namunalar. Bolalarni suratga olganda ularning orqasida hech kim bo'lmasligi lozim. Ular ko'zlari ochiq holda kameraga qarab turishlari kerak. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning ko'zlari to'liq yoki qisman yopiq bo'lishiga ruxsat etiladi. Green Card dasturi taqdim qilgan namunalar. Fotosuratlar bo'yicha barcha talablarni AQSh Davlat departamentining rasmiy saytida ham ko'rishingiz mumkin ( ingliz tilida ). Fotosuratni yuklab bo'lgandan keyin, navbatdagi bo'limga o'tish mumkin. Bunda siz o'z yashash manzilingiz bo'yicha ma'lumotlarni kiritishingiz kerak bo'ladi: ko'cha nomi va uy raqami, shahar, tuman, pochta indeksi va mamlakat. Undan keyin hozirda yashayotgan mamlakatingiz va telefon raqamingizni ko'rsatish kerak bo'ladi. Keyin doimiy ishlatadigan elektron pochta manzilingizni va ta'lim darajingizni ko'rsating. Shundan so'ng oilaviy ahvolingiz haqidagi ma'lumotlarni ko'rsatishingiz kerak bo'ladi. Agarda siz turmush qurmagan bo'lsangiz va farzandlaringiz bo'lmasa, buni ko'rsatib, keyingi sahifaga o'tishingiz mumkin. Agarda siz turmush qurgan bo'lsangiz, unda turmush o'rtog'ingiz (ya'ni er yoki rafiqa) va 21 yoshga to'lmagan, hayot va turmush qurmagan farzandlaringiz soni haqidagi qo'shimcha ma'lumotlarni ham arizada ko'rsatishingiz kerak bo'ladi. Turmush o'rtog'i bilan birga yashamaydigan, lekin ajrashmaganlar turmush o'rtoqlarining ham ma'lumotlarini ko'rsatishlari shart, aks holda ariza dasturdan chetlatiladi. Murojaatchilarning allaqachon AQSh fuqarosi yoki qonuniy doimiy rezidenti bo'lgan turmush o'rtog'i yoki farzandlarini anketaga kiritish talab qilinmaydi. Keyingi sahifada turmush o'rtog'ingiz va farzandlaringizning shaxsiy ma'lumotlari ( ismi, familiyasi, jinsi, tug'ilgan vaqti va mamlakati ) hamda suratlarini kiritish kerak bo'ladi. Skrinshot 2021 yilgi qo'llanmani tayyorlashda olingan. Skrinshot 2021 yilgi qo'llanmani tayyorlashda olingan. Skrinshot 2021 yilgi qo'llanmani tayyorlashda olingan. Skrinshot 2021 yilgi qo'llanmani tayyorlashda olingan. Muhim: Ushbu arizada ariza topshirilgan kuni 21 yoshga to'lmagan va turmush qurmagan barcha farzandlaringizning ma'lumotlarini ko'rsatish shart. Bunda, ushbu farzandlaringiz siz (asosiy murojaatchi) bilan yashamasa yoki kelajakda AQShga ko'chib o'tish niyatida bo'lmasa ham, ularning ma'lumotlarini ko'rsatish kerak bo'ladi. Shuningdek, qonunan asrab olingan va turmush o'rtog'ingizning boshqa turmushidan bo'lgan farzandlaringiz bo'lsa, ularni ham ko'rsatishingiz kerak. Oila a'zolaringizning suratlarini joylashtirganda ham yuqorida fotosuratlar bo'yicha keltirilgan talablarga rioya qiling. Viza dasturining natijalari e'lon qilingan paytda farzandingiz 21 yoshga to'lib qolsa ham, u viza uchun ariza topshirishi mumkin bo'ladi. Faqatgina Grin Kard dasturiga ariza topshirgan vaqtda u 21 yoshdan kichik bo'lishi lozim. Agar barcha amaldagi oila a'zolaringiz haqidagi ma'lumotlarni ko'rsatmasangiz, unda viza dasturidan chetlatilasiz. Barcha ma'lumotlarni to'ldirib, keyingi sahifaga o'tish uchun sahifa pastidagi « Continue » tugmasini bosing. Keyingi sahifada siz arizada kiritilgan ma'lumotlarning to'g'riligini tekshirib chiqishingiz kerak. Agarda arizani yuborishdan oldin qaysidir sahifadagi ma'lumotni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, unda ortga o'tib, ma'lumotlarni tahrirlashingiz mumkin. Skrinshot 2021 yilgi qo'llanmani tayyorlashda olingan. Skrinshot 2021 yilgi qo'llanmani tayyorlashda olingan. Barcha ma'lumotlar to'g'riligiga ishonch hosil qilgach, sahifaning oxirida « Submit » tugmasini bosing va arizani yuboring. Shundan so'ng, keyingi sahifada sizning arizangiz qabul qilinganligi to'g'risida ma'lumot chiqadi. Ushbu ma'lumotlarni qog'ozda chiqarish yoki raqamli nusxasini olish orqali saqlab oling va ushbu ma'lumotlarni yo'qotmaslikka harakat qiling. Skrinshot 2021 yilgi qo'llanmani tayyorlashda olingan. Muhim: Arizangiz qabul qilinganligini tasdiqlovchi sahifada « Confirmation Number » (tasdiqlash raqami — tahr. ) to'g'risida ko'rsatilgan ma'lumot juda muhim hisoblanadi. U orqali siz viza dasturi natijalari chiqqach arizangiz bo'yicha javobni tekshirishingiz mumkin. Vizaga murojaat etuvchilar kompyuter orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. 2022 yil 8 maydan boshlab ushbu mavsumda viza dasturiga ariza topshirganlar o'z natijalarini tekshirishlari mumkin bo'ladi. Buning uchun, dvprogram.state.gov saytiga kirib «Entrant Status Check» bo'limida « Check Status » tugmasini bosish kerak. Skrinshot 2021 yilgi qo'llanmani tayyorlashda olingan. Natijalarni tekshirish sahifasiga o'tib, « Continue » tugmasini bosing. Skrinshot 2021 yilgi qo'llanmani tayyorlashda olingan. Keyingi sahifada natijalarni tekshirish uchun ariza topshirganda sizga biriktirilgan 16 belgili tasdiqlash raqami, familiya va tug'ilgan yil haqidagi ma'lumotlarni kiritish kerak bo'ladi. Barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiritganingizga ishonch hosil qilgach, avtorizatsiya kodini kiritib, « Submit » tugmasini bosing. Skrinshot 2021 yilgi qo'llanmani tayyorlashda olingan. Agar sizning arizangiz viza dasturiga qabul qilingan bo'lsa, ushbu sahifada keyingi bosqichlar bo'yicha ma'lumot beriladi. Arizasi muvaffaqiyatli o'tganlar va kerakli hujjatlarni topshirganlar immigrant vizasini olish uchun intervyu sanasini ham ushbu sahifada tekshirishlari mumkin. Ariza natijalarini faqatgina ushbu saytda ko'rish mumkin bo'ladi. Ma'lumot uchun, AQShning Toshkentdagi elchixonasi Green Card dasturi bo'yicha tez-tez so'raladigan savollarga o'z javoblarini e'lon qilgan. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun ushbu havolaga o'tib, o'z savollaringizga javob olishingiz mumkin ( PDF ).
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali pasta retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Agar siz ushbu makaronni hali tayyorlab ko'rmagan bo'lsangiz, albatta sinab ko'rishingizni tavsiya qilamiz. Bu nafaqat mazali, balki juda oson tayyorlanadi. Vegetariancha pasta tayyorlashdan osoni yo'q. Va bu faqatgina pomidor qaylali spagetti bo'lishi shart emas. Makaronlar barcha sabzavotlar bilan a'lo darajada uyg'unlashadi. Sousli makaronlar tezpishar va oson tayyorlanadigan taomlardan biri bo'lgani uchun ham tushlikka nima tayyorlashni bilmay turganlarga asqotishi aniq. « Arabyata » pastasi — eng ko'p iste'mol qiinadigan italyancha taomlardan biri hisoblanadi. Agarda sovutgichingizda ozroq pomidor, sarimsoqpiyoz va achchiq qalampir topilsa, unda mana bunday ajoyib ta'mli pastadan tayyorlab ko'ring. Taomni yanada mazali qiladigan tarkibidan biri bu albatta qaylasidir. Qaymoq va qo'ziqorinli qaylada pishirilgan pasta tez tayyorlanib, taomnomangizni yangilashga xizmat qiladi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15.
advice
World Press Photo assosiatsiyasi fotojurnalistlar-2022 tanlovi g'oliblarini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatdan dunyoning 6 ta mintaqasidan 30 nafar fotograf joy oldi. Ular to'rt toifaga ajratilgan: yakkaxon surat, seriyali, uzoq muddatli loyiha va erkin ijod. E'tiboringizga tanlovning ayrim g'olib suratlarini havola etamiz. Laureatlarning to'liq ro'yxati bilan tashkilotning rasmiy veb-sahifasida tanishib olishingiz mumkin. Foto: Amber Bracken / The New York Times. Kamlupsa yaqinidagi yo'l yoqasida ilib qo'yilgan ko'ylaklar. Aksiya mahalliy aholi uchun mo'ljallangan maktab-internat hududida murdalari topilgan hindu bolalariga bag'ishlanadi. O'tgan asrning o'rtalaridan beri faoliyat yuritayotgan tashkilot hududida 200 dan ortiq kimga tegishli ekanligi noma'lum bo'lgan qabrlar topilgan. Kanada. Foto: Matthew Abbot / National Geographic. Mahalliy jamoat oqsoqoli qishlog'ini o'rmon yong'inlaridan himoya qilish maqsadida qurigan o'tlarni yoqib yubormoqda. Avstraliya, Mamadaverre. Foto: Lalo de Almeida / Panos Pictures. Junglining beto'xtov kesilishi xavf solayotgan Arapiksi rezervatsiyasida istiqomat qiluvchi shaxs. Braziliya, Amazoniya. Foto: Sodiq Adelakun Adekola / AFP. Suratda jangarilar shahar yotoqxonasidan ikki qizi 279 nafar qiz bilan birga o'g'rilab ketilgan ayol tasvirlangan. Nigeriya, Jangebe shahri. Foto: Konstantinos Tsakalidis / Bloomberg News. Guves shaharchasida yashovchi ayol o'rmon yong'inlari uning uyini yo'q qilayotganini kuzatmoqda. Gretsiya, Eviya. Foto: Bram Janssen / AP. Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan so'ng yopilgan Ariana kinoteatri ishchisi. Afg'oniston, Kobul. Foto: Amanuel Sileshi / AFP. Fuqarolik urushi sabab dunyodan ajralib qolgan Chenna qishlog'ida bolakay tuman tushgan yo'l bo'ylab yurib ketmoqda. Efiopiya, Tigray. Foto: Guillaume Herbaut / Agence VU'. Boshidan judo qilingan Lenin haykali. Ukraina, Kotovsk. Foto: Anonymous / The New York Times. Namoyishchilar xavfsizlik kuchlari bilan to'qnashuvda ragatkadan foydalanmoqda. Myanma, Yangon.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda iftorlik uchun noodatiy taomlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Gaz pechida pishirilgan kartoshka va go'shtli frikadelkalar — oilaviy tushlik yoki kechki ovqat uchun ajoyib variant. Ushbu taom juda mazali va xushbo'y bo'lib chiqadi. Noodatiy somsani ko'za shaklida qanday tayyorlashni ko'rsatamiz. U nafaqat sizning oila a'zolaringizni, balki mehmonlarni ham hayratda qoldiradi. Ushbu retsept uchun har qanday go'shtdan foydalanishingiz mumkin — mol go'shti, qo'y va hatto tovuq go'shti. Ushbu taomning asosiy tarkibi satsebeli qaylasidir, u go'shtni mazali, sersuv va yumshoq qiladi. An'anaviy taomni tayyorlashning yana bir oson usulini e'tiboringizga taqdim etamiz. Dangasa xonim oddiy masalliqlardan tayyorlanib, ammo tugilish usuli siz uchun noodatiy bo'lishi aniq. Go'sht va quritilgan mevalarning uyg'unlashgani ushbu taomga o'ziga xoslikni beradi. Quritilgan mevalar go'shtga nozik shirin ta'm va sharbat beradi. Ushbu taom tez va oson tayyorlanadi va uni nafaqat issiq taom, balki gazak sifatida tanovvul qilish ham mumkin. Mana bunday sersuv, yengilgina va mazali taom tushlik yoki kechki ovqat o'rnini bemalol bosa oladi. Shuningdek pomidorlarning ichiga ta'bga qarab xohlagan masalliqlardan solish mumkin. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15.
advice
Tarix guvoh — urushlar insoniyatni hamisha fojeali insoniy yo'qotishlar va ijtimoiy-iqtisodiy tanazzulga yetaklagan. Urushlar keltirib chiqaradigan oqibatlarni butun miqyosi bilan o'lchashning imkoni yo'q. Faqat aniqki, urush madaniylashgan inson vujudida ibtidoiy odam qiyofasini yaratadi, erishilgan taraqqiyot va farovonlikni ana shu odamning qo'li, ibtidoiy axloqi vositasida yo'qqa chiqaradi. Insoniyatni o'tmishdagi xatolardan saboq olishga, ularga qayta yo'l qo'ymaslikka va oqibatlarini takrorlamaslikka chaqiradigan, tarix bilan bir qatorda yana bir qudrat borki, u urush davrlarini shunchaki faktlar va raqamlar orqali emas, balki badiiy so'z vositasida butun sezgilari, dahshati, fojeasi bilan, (deyarli) bor bo'y-basti bilan ko'z oldimizda gavdalantiradi. Bu qudrat — badiiy so'z qudratiga tayangan adabiyotdir. «Gazeta.uz» kolumnisti Muqaddamxon Saidrasulova insoniyat o'tmishidagi shunday qora kunlarga (imkon qadar xolisona) nazar tashlash va bugungi kunimiz uchun zarur xulosa chiqarish umidida, urush adabiyotida o'ziga xos janr — kundaliklar, aniqroq aytganda, Ikkinchi jahon urushi davriga oid yaxudiylarga qarshi qirg'in xotiralarini o'zida jamlagan «Anna Frank kundaligi» to'g'risida hikoya qiladi. Urushlar — insoniyat yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xatolar, jaholatlar orasida eng mudhishi va halokatlisi, eng achinarlisi va og'riqlisidir. Sababi, urushda insonga xos ziddiyat va nizolar g'ayriinsoniy — insonga xos bo'lmagan yo'llar bilan hal etiladi (yoki shunday qilishga urinishadi). Urushda qay bir tomonning qo'li baland kelmasin, yuzlab, minglab, millionlab qurbonlarning, ayniqsa, navnihol yigitlarning tuproqqa qorishgan navqiron jasadlari ustida g'alaba bayrog'i tiklanadi. Yodda tutish kerakki, hech bir ota-ona farzandini bombardimon ostida qolishi, o'qqa tutilishi yoki (undan qanday maqsad ko'zlangan bo'lmasin) urush dahshatlari ta'sirida ruhiyatini boy berish evaziga jon saqlab qolib, qolgan umrini tirik murdadek, mash'um xotiralar girdobida o'tkazishi uchun dunyoga keltirmaydi, shu niyatda voyaga yetkazmaydi. Urush adabiyotida Ikkinchi jahon urushi xotiralari bilan bog'liq kundaliklar orasida «Anna Frank kundaligi» eng ko'p shuhrat qozongan. Ehtimol bunga sabab uning hali bolalik, faqatgina bolalikka xos mas'umlik, haqgo'ylik va hayrat tark etmagan 13 yoshli qizaloq tomonidan bitilganligidir. Darhaqiqat, kundalik o'smir yoshli yaxudiy qiz — Anna tomonidan, uning xayoliy do'sti Kittiga maktublar shaklida yozilgan bo'lib, kundalikdan Annaning 1942 yil iyunidan 1944 yil avgustigacha bo'lgan ikki yillik davrga oid xotiralari, jumladan, uning o'y-xayollari, qalb kechinmalari, yaxudiylarga qarshi ta'qiblar va qirg'in sabab maxfiy boshpanada kechgan og'ir turmushi tafsilotlari, yon-atrofida va dunyoda sodir bo'layotgan hodisalarga nisbatan o'smirlarga xos munosabati joy olgan. Birinchi jahon urushidagi mag'lubiyat, urushdan keyingi hududlarining qisqarishi, reparatsiyalar va, keyinroq, Buyuk Depressiya natijasida Germaniyada siyosiy vaziyat beqaror, mamlakat og'ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolda edi. Ayni paytda natsistlarning g'oyalari xalqda farovonlik va mamlakatning urushdan avvalgi kuch-qudratini tiklash umidini uyg'otadi va 1933 yilda Adolf Gitler rahnamoligidagi Natsistlar partiyasi hokimiyatni egallaydi . Natsistlarning shafqatsiz va radikal ruhdagi siyosati ko'lamining tobora kengayib borishiga (shu bilan birga, Ikkinchi jahon urushiga zamin hozirlanishiga) nisbatan dunyoning ta'sir kuchiga ega davlatlari tomonidan avvaliga hech qanday reaksiya bo'lmagan. Ta'kidlash joizki, o'sha davrda Birinchi jahon urushi va inqiroz oqibatlari qator Yevropa davlatlarini har tomonlama holdan toydirgan, ehtimol ular qayta urushga kirishga tayyor emas edilar. Natsistlar hokimiyat tepasiga kelishi bilan mamlakatda yaxudiylarga (nafaqat yaxudiylarga, balki imkoniyati cheklanganlar, lo'lilar, slavyanlar va h.k.) qarshi kurash boshlanadi. Avvaliga ularni muayyan kasblardan chetlashtirish, ta'lim olish imkoniyatlaridan mahrum qilish, mamlakatdan ko'chib ketishga undash bilan boshlangan qarshi siyosat bora-bora fuqarolikdan mahrum qilish, keyinroq ochiqdan-ochiq qatli om — ommaviy qirg'inga aylanadi. Kelib chiqishi o'ziga to'q oiladan bo'lgan Otto Frank (Annaning otasi) 1933 yilda natsistlar tomonidan boshlangan ta'qiblardan so'ng oilasi bilan Niderlandiyaga ko'chib o'tishga qaror qiladi. 1939 yilning kuzida Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushining boshlanishi, keyinroq — 1940 yilning may oyiga kelib natsistlarning Niderlandiyaga kirib kelishi va hokimiyatni qo'lga olishi mamlakatdagi yaxudiylarning nisbatan betashvish turmushlariga nuqta qo'yadi. Tobora avj olayotgan urush, ayni paytda ta'qib va bosimlar, majburiy mehnat va o'lim lagerlariga chaqiriqlar fonida Otto Frank, o'sha paytda aksariyat yaxudiylar singari, nasroniy do'stlarining ko'magi bilan o'zi ishlaydigan korxona binosida natsistlardan yashirinish maqsadida maxfiy boshpana hozirlaydi. Otto Frank ishlaydigan korxona binosidagi maxfiy boshpana. Maxfiy boshpanada jon saqlayotgan yahudiylar haqida korxonaning sanoqli xodimlari, xususan, yashiringanlarga muntazam yordam ko'rsatgan nasroniy do'stlarigina xabardor bo'lishgan. Foto: annefrank.org Korxona binosining maxfiy boshpana joylashgan qismiga olib chiquvchi eshik shkaf bilan to'sib qo'yilgan. Foto: annefrank.org Franklar oilasi va ularning do'stlari maxfiy boshpanada ikki yil — 1942 yil 6 iyulidan 1944 yil 4 avgustigacha — natsistlar tomonidan qo'lga olingunlariga qadar jon saqlashgan. «Oddiy fuqarolar — begunoh odamlar — qatlni kutish uchun qamoqqa olib ketiladi. Gestapo isyonchini topa olmasa, beshta asirni devorga tirab, qatorasiga o'q uzadi. Ertasi kuni ularning "tasodifan o'lganligi" haqidagi xabarni gazetalarda o'qiysan» — Anna Frank kundaligidan. Anna oilada ikkinchi (ayni paytda kenja) farzand bo'lgan. 16 yoshli nisbatan vazmin va mulohazali opasi Margodan farqli ravishda Anna tabiatan sho'x-shaddod va sergap, murg'ak qalbi bir olam orzularga to'la qiz edi. Buyuk yozuvchi bo'lish istagi unga tinchlik bermas, shu bilan birga dunyo kezish, chet tillarini o'rganishni, erkin va zamonaviy ayol bo'lishni orzu qilardi. Annada aksariyat kattalarga xos bo'lmagan cho'rtkesarlik va isyonkorlik mavjud edi. Mamlakatdagi betartibliklar, yaxudiylarga qarshi siyosat, tortib olingan huquqlar va kiritilgan asossiz cheklovlar uning sabrini toshirardi. Xususan, risoladagidek jamiyatda risoladagidek odam foydalanishi mumkin bo'lgan barcha imkoniyatlar — har qanday turdagi transportda harakatlanish, turli xizmat ko'rsatish va jamoat obyektlari, ko'ngilochar joylar, har qanday sport maydonchalariga tashrif buyurish yaxudiylar uchun taqiqlangan, ular uchun hatto xarid qilish va umuman jamoat joylarida bo'lish vaqti chegarasi ham o'rnatilgan edi. Avvaliga shunga o'xshash taqiqlar, keyinroq, (Anna uchun) kutilmaganda maxfiy boshpanaga ko'chib o'tilishi hamda u yerda, o'zlarini binodagi boshqa kishilarga sezdirib qo'ymaslik maqsadida, har qanday ovoz va shovqinning cheklanishi, tashqi dunyodan butunlay uzilgan holda, o'zini imkon qadar bu makonu zamonda mavjud emasdek tutish talabi erkka va o'yin-kulgiga tashna yosh Annani salkam aqldan ozdirardi. Shu bilan bir vaqtda, maxfiy boshpanadagi og'ir yashash sharoiti hamda istalgan paytda tashqi dunyo bilan aloqa uzilishi, ta'minot to'xtashi yoki qo'lga tushib qolish xavfidan muntazam tahlika ostida yashayotgan kattalar Annaning o'tish davri bilan bog'liq qaysarlik, tajovuzkorlik va isyonkorligini noshukurlik deb baholashlari, doimiy tanqid ostiga olishlari uning tinkasini quritardi. Franklar oilasi. Foto: http://exhibitions.ushmm.org Natijada Anna otasi va opasining bee'tiborligi, onasining kesatiqlariyu ta'na-dashnomlari, «qo'shnilarning» tanqidlariyu pand-nasihatlaridan to'yib, o'z qobig'iga o'ralgan holda, his-tuyg'ularini «bo'g'ib», kattalar nazarida risoladagidek qiz rolini o'ynashni ma'qul ko'radi. O'z dunyosiga sig'dirolmagan qalb kechinmalarini, og'riqlarini esa pinhona do'sti Kittiga — kundalikka to'kib soladi. «Tasavvurimizdagi olam parchalanib, yo'q qilingan, inson tabiatining eng jirkanch tomoni ustunlikni qo'lga olgan hamda haqiqat, adolat va Xudo tushunchalari shubha ostida qolgan kezda biz, yoshlarga, o'z fikrimizda sobit turish ikki karra og'irroq bo'ladi». Anna Frankning kundaligi. Foto: annefrank.org Shunday qilib, Anna 13 yoshga to'lishi munosabati bilan hadya etilgan bejirim kundalik bilan do'st tutinib, hech kimga ishonmagan, onasi, opasi, hatto o'ziga eng yaqin deb biladigan dugonalaridan ham pinhon saqlagan sirlarini u bilan bo'lishadi. Anna kundalik yozish haqidagi qarorini sirdosh do'sti yo'qligi bilan izohlagan. U bir tinglovchiga, hamdard-hamfikrga muhtoj edi. Biroq uning qalb tug'yonlari, vujudida ko'pirib-toshayotgan his-tuyg'ulari, o'smirlarga xos aqlida yangrayotgan oxiri yo'q savollar, jumboqlarning aks-sadosi (ehtimol vaziyat taqozosi sabab) kattalarning quloqlariga yetib bormaydi. Natijada, kattalarning me'yorlariga mos kelmaydigan, chegaralarini yorib o'tadigan murg'ak qalb kechinmalari, mulohazalar, xotiralar jonsiz kundalik qatlaridan panoh topadi. «Nega har kuni urush uchun millionlab pul sarflanyapti-yu, kambag'allarga, tibbiyot va san'at sohasiga bir chaqa ham ajratilmayapti? Dunyoning boshqa joylarida botmon-botmon oziq-ovqat chirib yotgan bir paytda nega ko'plab insonlar ochlikdan o'lmoqda? Nima uchun inson zoti bunchalar ahmoq?» Qog'oz, Annaning ta'biri bilan aytganda, odamlardan ko'ra sabrliroq. Chunki qog'oz uni so'zsiz tinglaydi, e'tiroz bildirmaydi, dashnom bermaydi, tanqid yoki pand-nasihat qilmaydi. Qayd etish joizki, maxfiy boshpanadagi hayot Annani ulg'aytiradi. Fikrlari, mulohazalari teranlashadi, oilasiga munosabati (yaxshi tomonga) o'zgaradi. Kattalarni «tushuna» boshlaydi. Kundalikni 1942 yildan — 13 yoshdan yoza boshlagan bo'lsa, 1944 yilga kelib avvalgi yozganlari o'ziga o'rinsiz, kulguli, hatto erish tuyula boshlaydi, onasiga nisbatan keskin ayblovlaridan hijolat chekadi va kundalikning ayrim qismlarini qayta yozib, tuzatishlar kiritadi. «Ota-onalar farzandlariga faqat maslahat berishadi yoki ularni to'g'ri yo'naltirishadi. Alaloqibat, insonlar o'z «men"larini o'zlari shakllantirishadi». Kundalikda bir jihat e'tiborni tortadi — Anna va u mansub bo'lgan jamiyat a'zolarining o'qish, o'rganish, mutolaaga bo'lgan jiddiy munosabati. Tashqi dunyodan uzilgan, mavhum kelajak oldida turgan, tahlika ostida hayot kechirayotgan bo'lishlariga qaramay, ularning barchasi nimadir o'qish-o'rganish payida bo'lishadi. Avvaliga bu maxfiy boshpanada kunning ayrim belgilangan soatlaridan tashqari vaqtda ovoz chiqarmaslik, gaplashmaslik yoki harakatlanmaslik talabi bilan bog'liq, shunchaki vaqtni o'ldirish vositasi degan tasavvur uyg'onadi. Biroq bu mazmundagi shubhalarni aritadigan boshqa bir jihat bor — yashirinishdan avvalgi davrga oid xotiralarida (undan keyingilarida ham) Anna har qanday tug'ilgan kun yoki bayramlar haqida hikoya qilar ekan, eng ko'p qabul qilingan sovg'a kitoblar ekanligiga guvoh bo'lish mumkin. Ular o'qish, o'rganish, mutolaaga — tabiiy zarurat, voz kechib, chetga surib, hatto kechiktirib bo'lmaydigan ehtiyojdek qaraydilar. Xuddi odamning qorni ochganida, chanqaganida, uyqisi kelganida (yoki hojatga chiqqisi kelganida), uni keyinga qoldirib turishning imkoni bo'lmaganidek, o'qish-o'rganishni ham paysalga solishmaydi. Yana bir e'tiborli jihati shundaki, bu intilish zamirida, nazarimda, zamonaviy dunyodagi aksariyat o'quvchi-talabalarga xos moddiy farovonlik maqsadi emas, aqliy yuksalish, o'zi yashab turgan dunyoni kashf etish, atrofidagi bo'lib o'tgan va o'tayotgan voqealar, jarayonlardan boxabar bo'lish istagi yotadi. Yaxudiylarga nisbatan ommaviy qirg'inning ko'lami tobora kengayar ekan, yashirinish, yashiringanlarga yordam ko'rsatish, soxta hujjatlar tayyorlab berish, ularni oziq-ovqat va boshqa zaruratlar bilan ta'minlash kabi sa'y-harakatlar, natsistlarning o'ta shafqatsiz siyosiy tuzumiga qaramay, ommalashib borgan. Franklar oilasi va ular bilan birga yashagan millatdosh do'stlari, umuman, yaxudiylarning natsistlar ta'qibi va qirg'inidan vaqtinchalik yoki butunlay xalos bo'lishi va omon qolishida nasroniylar, Annaning ta'biri bilan aytganda, mardlik namunasini ko'rsatganlar. Shunisi e'tiborliki, ular bu ishlari ortidan o'zlari duch kelishlari mumkin bo'lgan potensial xavfni bo'ynilariga olib, ongli ravishda shu ishga qo'l uradilar . Ular har qanday vaziyatda insonparvarlikka, umuminsoniy qadriyatlarga sodiq qolishgan. Inson qadr-qiymatini har narsadan — mollaridan, jonlaridan ustun qo'yib, shuncha haqsizlik, shafqatsizliklar orasida o'z vijdonlarini pok saqlab qolishga muvaffaq bo'lishgan. «Agar hech bo'lmaganda bitta do'stimizni saqlab qololsak ham, qolgani ahamiyatsiz». Ehtimol ular bu urush insonlarga baxt yoki farovonlik olib kelmasligini, uning behuda qon to'kish va vayronagarchilikdan, millatlar, xalqlar orasida adovat urug'ini sepishdan boshqa narsa emasligini yaxshi anglaganlar. «Urush keltirgan ayanchli kulfatlar haqida soatlab gapirish mumkin, faqat dilim xufton bo'lgani qoladi. Iloji boricha ovozimizni ham chiqarmay, jimgina urush tugashini kutishdan boshqa choramiz yo'q. Yahudiylar ham, nasroniylar ham kutyapti — butun dunyo kutyapti… Ko'pchilik esa o'limini kutib yotibdi». Kundalikdagi oxirgi «xat» 1944 yil 1 avgustda — maxfiy boshpanadagi sakkiz nafar yaxudiy va ularning ikki nafar haloskorlari hibsga olinishidan uch kun oldin yozilgan. Maxfiy boshpanada jon saqlaganlarning yetti nafari, shu jumladan, Franklar oilasining uch a'zosi konslagerlarda halok bo'ladi. Faqatgina Otto Frank konslager daxshatlaridan omon qolib, 1945 yilda Amsterdamga qaytadi. Anna Frankning kundaligi va boshqa qaydlari. Foto: annefrank.org Yashiringanlarni hibsga olish payti, tintuv vaqtida tushirib qoldirilgan kundalikni topib olgan Franklar oilasining yaqin do'sti Mip Giz uni Otto Frankka topshirgan . Otto Frank ayrim tuzatishlar bilan kundalikni kitob holida chop ettirgan va qolgan umrini qizining nomini abadiylashtirishga bag'ishlagan. Anna Frank muzeyi, Amsterdam. Foto: annefrank.org Franklar yashiringan maxfiy boshpana hozirda Anna Frank nomidagi uy- muzeyga aylantirilgan. Anna Frank kundaligi asosida qisqa va to'liq talqinda filmlar suratga olingan. Kitob bugungi kungacha 70 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. Anna Frank uy-muzeyi eshigi. Foto: Davlat Umarov / «Gazeta.uz». Foto: annefrank.org «Insonlar qalbiga vayronkorlik ancha chuqur ildiz otgan, ularda zo'ravonlik, o'limga, qasosga tashna qalb ming yillardan beri mavjud! Toki insoniyat tabiatidagi ushbu nuqson o'zgarmas ekan, urushlar ham tobora avj olaveradi, peshona teri bilan tiklangan, barpo etilgan hamda parvarish qilingan barcha narsa vayron bo'laveradi va hammasi yana yangidan boshlanaveradi!» Muqaddamxon Saidrasulova — iqtisodchi, O'zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda Hayit bayrami uchun pishiriqlar ro'yxatini taqdim etadi. Oshirma xamirdan tayyorlangan ushbu bulochkalar , sizni qiziqarli shakli va oddiy retsepti bilan xursand qilishlari aniq. Chak-chak ko'p masalliqlarni talab qilmaydigan, ammo juda mazali yegulik!Bu shirinligimizni ta'bingizga qarab har xil yong'oqlar, mak yoki quritilgan mevalar bilan ham bezatishingiz mumkin. Agar siz qarsildoq va mazali qush tilini yoqtirsangiz, unda uni ushbu retsept bo'yicha tayyorlab ko'ring. Asalli qiyomga ega noodatiy qush tili — bayram dasturxoni uchun ayni muddao. Bunday shirinlik ajoyib ko'rinishi bilan har qanday dasturxonga ko'rk bag'ishlabgina qolmasdan, ta'mi bilan ham ko'pchilikning qalbidan chuqur joy egallaydi. Ushbu pechene uchun shakarsiz xamir tayyorlanadi, ammo yong'oqli shirin nachinka buni to'ldiradi va biz mutanosib ta'mga ega bo'lamiz. Bostoncha kremli tort bu pazandachilikning klassik pishiriqlaridan biri hisoblanar ekan. Mayin krem va shokoladli glazur esa unga o'zgacha ta'm va chiroy bag'ishlaydi. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali qulupnayli pishiriqlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Bu oddiy va shu bilan birga ajoyib vanil, dolchin va qulupnay ta'mlarini o'zida mujassamlashtirgan pirog juda tez va oson tayyorlanadi. Ko'pchilikning sevimli pishiriqlaridan biri sanalmish braunini yangicha, qulupnay bilan pishiriladigan retseptini sizlarga taqdim etamiz. Ajoyib ko'rinishga ega biskvit tort dasturxoningizning bezagi bo'ladi. Krem va banan aralashmasi betakror ta'm hosil qiladi, qulupnay esa chiroy bag'ishlaydi. Mazali, yengil va yozgi desert . Uning tayyorlanish jarayoni juda ham oddiydir va tez. Muss uchun yangi terilgan yoki muzlatilgan qulupnaylardan, shuningdek malinadan fam foydalanish mumkin. Kunlar isishni boshlaganda bu yaxna shirinlik ayni muddaodir. Uni tayyorlashda istagan mevalaringizdan foydalanishingiz mumkin. Biz uni qulupnaydan tayyorlashga qaror qildik. Pechda pishirilishi zarur bo'lmagan tvorogli tort — issiq havo uchun a'lo variant. Bunday tortni pishgan vaqtda yangi qulupnaydan, boshqa payt esa — muzlatilgan qulupnaydan pishirsa bo'ladi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15.
advice
O'zbekistonda so'nggi yillarda mavsumiy marafonlar o'tkazilishi odatga aylanmoqda va ularda xohlagan kishi qatnashishi mumkin. Ammo marafonlarda ishtirok etish oldidan biroz bo'lsa-da jismoniy tayyorgarlik ko'rish talab etiladi. Sports.ru nashri marafonlarning foydasi, ularga qanday tayyorlanish va bunga qanday to'g'ri yondashish, tayyorlanish jarayonida tanaga zarar yetkazib qo'ymaslik, shuningdek, yozgi va qishki marafonlar uchun qanday kiyinish kerakligi haqida tavsiyalar bilan bo'lishdi . «Gazeta.uz» ushbu maqoladagi asosiy tavsiyalarni tarjima qilib, ularni o'quvchilariga taqdim etadi. Birinchi navbatda siz uzun masofani, masalan 42 km, birdaniga bosib o'ta olmasligingizni tushunishingiz lozim. Hattoki 21 km ni bosib o'tish ham og'ir masala. Avvaliga qisqaroq masofalarga yugurishdan boshlang va kundan-kunga masofani uzaytirib boring. Asosiysi, birinchi kundanoq uzundan-uzoq masofalarga yugurishga harakat qilmaslik kerak. Bu sizga foyda keltirmaydi, aksincha, siz o'zingizga zarar yetkazib qo'yishingiz mumkin. Masalan, siz o'z organizmingizni toliqtirib qo'yishingiz va jiddiy jarohatlar olishingiz mumkin: jumladan, axill paylarining yallig'lanishi, mushaklarning zo'riqishi kabi holatlarning kuzatilish ehtimoli katta. Oqibatda, sizning marafonchi sifatidagi faoliyatingiz boshlanmasidanoq tugaydi. Tanani uzoq masofaga yugurishlar uchun tayyorlash talab etiladi, ammo buni tez muddatda amalga oshirishning iloji yo'q. Siz sabr-toqatli bo'lishingiz va kichik qadamlar bilan oldinga siljishingiz kerak. Yengil atletika bo'yicha sport ustasi, mutaxassis Aleksandr Kofanovning so'zlariga ko'ra, marafon yengil atletikaning eng qiyin turlaridan biridir. «Tayyorgarlik ko'rish juda jiddiy yodashuvni talab etadi. Avvalo, siz nima uchun yugurishni xohlayotganingizni hal qilishingiz kerak. Boshidanoq o'zingiz uchun yuqori natija ko'rsatishni maqsad qilib olishni maslahat bermayman. Katta ehtimol bilan bunday bo'lmaydi. Birinchi marafonda siz dam olish uchun to'xtamasdan yugurishingiz, uni oxiriga yetkazishingiz kerak», — deydi u. Samarkand Half Marathon 2020 marafoni. Foto: Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz». Agar siz yugurish borasida hech qanday tayyorgarlikka ega bo'lmasdan turib, buni noldan boshlamoqchi bo'lsangiz, yaxshisi bunga ko'proq vaqt ajratganingiz ma'qul. Darhol 42 km masofaga yugurishga shoshilmang, bu sizdagi mashg'ulotlarga bo'lgan xohishning so'nishiga yoki jarohatga olib kelishi mumkin. Boshida 5 km dan 21 km gacha bo'lgan masofaga yuguriladigan musobaqalarda qatnashishga harakat qilib ko'ring, bu sizga marafonlarda qatnashish tajribasiga ega bo'lishga hamda o'z kuchingizga bo'lgan ishonchning paydo bo'lishiga yordam beradi. Siz agar endigina yugurishga odatlanayotgan bo'lsangiz, boshida tez yurishdan boshlashingiz va keyinchalik asta-sekin oddiy yugurishga o'tishingiz mumkin. Ikkita holatga e'tibor qaratish talab etiladi: tez yurish va sekin yugurish. Buni hech qanaqasiga teskari bajara ko'rmang. Kiyim harakat qilishingizga xalaqit bermasligi, krossovkalar esa oyoqlaringizni qattiq ishqalamasligi kerak. Yilning qaysi mavsumi ekanligiga qarab sport kiyimlari bir-biridan farq qiladi: yozda namlikni yaxshi o'tkazadigan va salqin saqlab turadigan kiyimlar (futbolka, shorti, krossovka), qishda esa qalinroq, ammo issiqliq regulyatsiyasi yaxshi bo'lgan kiyimlar (termal ichki kiyim, flis matoli, «vetrovka», issiq saqlaydigan krossovka) to'g'ri keladi. Tabiiy matolardan qilingan kiyimlar tavsiya etilmaydi — ular havo o'tkazish xususiyatiga ega emas. Agar siz kechki payt, aytaylik ishdan keyin shug'ullansangiz, nur qaytaradigan elementlarga ega bo'lgan sport kiyimini tanlaganingiz ma'qul. Qisqa qilib aytganda, sport kiyimingiz o'zingiz uchun qulay bo'lishi lozim . Sport ustasi Aleksandr Kofanovning aytishicha, mashg'ulotlarni endi boshlayotgan ko'pchilik sportchilar darhol siqib turadigan yoki tor kiyimlar sotib olishga kirishishadi. «Ammo men buni tavsiya qilmagan bo'lar edim. Tor kiyim shamol va sovuqdan deyarli himoya qilmaydi, shuning uchun ma'lum bir darajada havo bo'shlig'iga ega bo'lgan kiyimlarni tanlash afzalroq. Shunda siz o'zingizdagi issiqni hamda sog'lig'ingizni saqlab qola olasiz», — deydi u. Krossovkalarni tanlayotganda, tagcharmning yumshoqligiga e'tibor bering. Mashg'ulotlarning dastlabki oylarida qalin va yumshoq tagcharmli poyabzallardan foydalanish tavsiya etiladi. Keyinchalik tezkor mashqlar va musobaqalar uchun qo'shimcha yana bir juft krossovka sotib olish kerak bo'ladi. Oyoqlaringizda qadoqlarning paydo bo'lishi krossovkalar sizga mos kelmasligini anglatmaydi. Vaqt o'tishi bilan oyoq terisi moslasha boshlaydi va qadoqlar sizni bezovta qilmaydi. Marafon yugurish uchun masofalar asosan avtomobil yo'llaridan iborat bo'lsa-da, endi boshlayotgan sportchilarga asfaltda yugurish tavsiya etilmaydi. Bu qattiq qoplama yuguruvchilar uchun xavf tug'dirmaydi, ammo ilk mashg'ulotlar uchun xavfli bo'lishi mumkin. Noto'g'ri yugurish texnikasi (boshida bu sizda albatta bo'ladi) bilan asfaltda yugurish og'riqlarni keltirib chiqarishi hamda mushaklar tizimiga zarar yetkazishi mumkin. Eng maqbul yo'l — grunt qoplamalari. U juda qattiq emas, ammo unchalik yumshoq ham emas. Asfalt bilan solishtirilsa, bunday qoplamalarda yiqilish unchalik og'riqli bo'lmaydi. Istalgan darajadagi yuguruvchi uchun ideal tanlov. Shuningdek, Aleksandr Kofanovning fikricha, xiyobonda yoki grunt yo'lakli o'rmonda, hamda o'tloqli gazonlarda yoki tuproqli yo'llarda yugurish ham qulay bo'ladi. Zaamin Ultra 2021 marafoni. Foto: Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz». Ammo bu qattiq qoplamalarda yugurishdan voz kechish kerak degani emas. Shunchaki doimiy tarzda bunday yo'laklarda yugurmang va iloji bo'lganda yumshoqroq qoplamaga o'ting. Marafonga tayyorgarlik ko'rayotganda, muntazam mashg'ulotlar orqali yetarli tajriba to'plaganingizdan so'ng asfaltda yugurish siz uchun odat tusiga aylanadi. Uzoq masofaga yugurganingizda organizm ko'p suyuqlik yo'qotadi, demak uni albatta to'ldirib borish zarur. Mashg'ulotlar vaqtida bu unchalik zarur emas, ammo og'ir mashqlardan so'ng albatta suv ichish kerak. Sizga energetik ichimliklar kerak emas — chidamlilik talab etiladigan sport turlarida ular sizga faqat zarar keltirishi mumkin, chunki ular quvvat sarfini kuchaytiradi. Izotoniklarni (organizmdagi suv-tuz balansini o'rtacha holatda ushlab turishga yordam beradigan sport ichimliklari) ichish mumkin, ammo gazli ichimliklarni yaxshisi iste'mol qilmagan ma'qul — gazlar meteorizmga hamda ichaklarning shishishiga olib keladi. Yugurishdan oldin hech narsa iste'mol qilmang, bundan sizga foyda bo'lmaydi . Ammo mashqlargacha bir soat qolganda yengil tamaddi qiling, ammo ko'p narsa iste'mol qilmang. «Salqin yoki sovuq ob-havo paytida yugurayotganda deyarli suv ichishga ehtiyoj deyarli sezilmaydi. Bu ayniqsa mashg'ulotlarni endi boshlayotgan va uzoq vaqt yugurmaydigan sportchilarga taalluqlidir. Har bir insonning organizimda yetarli miqdorda suyuqlik bo'ladi. Agar siz bir soatdan kamroq vaqt yugurmoqchi bo'lsangiz, yugurish davomida suv ichishga hojat yo'q», — deydi Aleksandr Kofanov. Albatta issiq ob-havo paytida yugurish bundan mustasno. «Bunday holatda har 5−10 daqiqa davomida 1−2 xo'plam suv ichish tavsiya etiladi. Qo'lingizda suv idishini ushlagan holda yugurmang! Bu qo'l mushaklarining zo'riqishiga va yelka qismining qiyshayishiga olib keladi. Natijada, yugurish tezligining pasayishi kuzatiladi va mushaklardagi og'riq paydo bo'ladi», — deydi u. Yugurishdan qancha vaqt oldin ovqatlangan ma'qul? Bu ko'pincha siz nima iste'mol qilishingizga bog'liq. Yeydigan mahsulotlaringiz qanchalik xilma-xil bo'lsa, uni hazm qilish uchun ham shuncha vaqt ketadi. Yugurishga bo'sh oshqozon bilan chiqqan ma'qul. Mashg'ulotlarga 60−90 daqiqa qolganda uglevodlar bilan oziqlanib olish, masalan quritilgan non, pechene yoki «suxariklar» bilan choy ichish mumkin. Bu sizga quvvat beradi va tetiklashtiradi. Yugurishdan oldin quyultirilgan sut, asal, mevalar yoki murabbo iste'mol qilmang — ular zarda qaynashiga yoki oshqozonda og'irlik his qilishingizga olib kelishi mumkin. Yugurish mashqlari oddiy bo'lib ko'rinishi mumkin, ammo aslida bunday emas. Yuguruvchining mashg'ulotlarida juda ko'p jihatlar mavjud va ularning barchasi muhim. Tayyorgarlikdagi har qanday tizimli xatolar muammolarga, jumladan, jarohatlarga, kasalliklarga yoki motivatsiyaning yo'qolishiga sabab bo'lishi mumkin. Mashg'ulotlarni boshlashdan oldin tanani biroz qizdirib olish kerak. Mashg'ulotlardan so'ng esa birdan to'xtab qolmasdan, sekin tezlikda yugurish bilan yakunlash tavsiya etiladi. Yugurish uchun bajariladigan mashqlarni o'rganing, ular texnikangizni yaxshilashga yordam beradi. Samarkand Half Marathon 2020 marafoni. Foto: Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz». Yugurganda esa sekin, ritmni saqlagan holda, boshqa yuguruvchilar bilan raqobat qilishga oshiqmasdan (hattoki ular sizdan o'tib ketayotgan bo'lishsa ham) yugurish lozim. O'zingizni qanday his qilayotganingizga e'tibor bering — agar sizni nimadir bezovta qilayotgan bo'lsa, mashqlarni to'xtatgan ma'qul. «Professional sportchilarning texnikasini takrorlashga harakat qilmang. Texnika ustida ishlash — uzoq vaqt talab qiladi. Texnika o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Oldin mushaklarni mustahkamlash, og'irlikni kamaytirish, ma'lum bir sport formasiga ega bo'lish va yuzlab kilometr yugurish kerak bo'ladi», — deydi Aleksandr Kofanov. Turli xil gadjetlarga ishonib qolmang. Afsuski, ular ko'p hollarda ishonchli ma'lumotni ko'rsatishmaydi. O'z organizmingizga quloq solishni o'rganing. Quloqchin taqqan holda yugurmang. Ortingizdan it yugurishi, avtomobil harakatlanib kelayotgan bo'lishi mumkin — atrofingizdagi muhitdan xabardor bo'ling. Umringiz davomida hattoki 100 metrdan ortiqroq masofaga yugurib ko'rmagan bo'lsangiz ham, siz marafonchi bo'la olasiz. Faqat bunda o'z sog'lig'ingizga e'tibor bering. Agar sizning yurak va qon tomiri tizimingizda yoki mushak va suyak sohangizda nuqsonlar bo'lsa, yugurish faoliyatiga alohida e'tibor bilan kirib kelishingiz lozim. Bunda shifokor ko'rigidan o'tish va tavsiyalar olish zarurdir. Marafonlar hozirda nafaqat O'zbekistonda, balki halqaro miqyosda, turli shaharlarda o'tkazilib kelinadi. Ularning eng mashhurlari: Boston, Parij, Tokio shaharlarida o'tkaziladi. Aksariyat hollarda esa ularda sovrinli o'rinlarni xavaskor yuguruvchilar egallashadi. Misol uchun, 2018 yilgi Boston marafonida kechki maktabda administrator bo'lib faoliyat yurituvchi va bo'sh vaqtlarida mashq qilib kelgan 32 yoshli Yuki Kavauti g'olib chiqqan. Agar yuqori natijalarga erishishni xohlamasangiz ham siz o'z sog'lig'ingizni bir maromda ushlab turish uchun yugurishingiz mumkin. Yugurish sizga qon-tomir tizimingizni, nafas olish tizimingizni yaxshilashga, doimiy ravishda kaloriyalarni yo'q qilishga, tanadagi yog'lardan xalos bo'lishga, suyak va mushaklaringizni mustahkamlashga, moddalar almashinuvini tezlashtirishga, stress oqibatlaridan xalos bo'lishga va immunitetingizni tetiklashtirishga yordam beradi. Albatta yuqorida sanab o'tilgan foydali xususiyatlarning barchasi zaldagi yugurish trenajerida mashq qilish bilan emas, balki toza havoda yugurish natijasida yuzaga keladi. Tabiiy muhit sog'lig'ingizga qo'shimcha foyda keltiradi. Zaamin Ultra 2021 marafoni. Foto: Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz».
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda gulkaramdan tayyorlanadigan taomlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Bu gulkaramni oddiy va mazali qilib qovurish usuli. Bu juda foydali sabzavot bo'lib, undan har kuni taom tayyorlab, yaqinlarimizni siylashimiz mumkin. Usti pishloqli, xushbo'y gulkaram garnir yoki ovqatdan keyingi tanovvul uchun juda mos keladi. Qovurilganidan farqli o'laroq, ushbu retsept bo'yicha gulkaram yog'siz bo'ladi, ammo ta'mi juda mazali — usti qarsildoq, ichi esa yumshoq bo'lib pishadi. Pishloq va suxarili klyarda pishirilgan gulkaram — oddiy va tezpishar, bunday yegulik har qanday taomga ajoyib qo'shimcha bo'la olishi shubhasizdir. Gulkaram va tovuq go'shtidan tayyorlangan kotletlar bir-birini to'ldirib, mayin va mazali bo'lib pishadi. Bunday kotletlar parhezbop sanalib, semirishga ham yo'l qo'ymaydi. Gulkaramdan pishirilib, qaymoq bilan boyitilgan krem-sho'rvamiz juda tez va oson tayyorlaniladi, shu bilan birga uning ta'mi va hidining o'ziga tortadigan xususiyatlari sizni befarq qoldirmaydi. Bundan tashqari gulkaramli sho'rvalar juda foydali hisoblanadi. Yangi kartoshka va yangi gulkaramdan ko'ra mazali nima bo'lishi mumkin? Albatta ular birgalikda pishirilgan taom. Agar siz ko'proq sabzavot iste'mol qilishni istasangiz, bu siz uchun o'z-o'zidan ideal taom, shuningdek go'sht va tovuq go'shti uchun yaxshi garnir. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda turli xil mazali kekslar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. «Keks pisharaymi yoki chizkeyk» deb o'ylanayotgan pazandalarimiz uchun ajoyib yechim. Tvorogli nozik nachinkaga ega shokoladli keks bir piyola choy yoki qahva uchun ajoyib qo'shimcha bo'la oladi. Limon va vanilning nozik hidlari bilan xushbo'ylashgan — mazkur keks hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. Keksning ustki qismini xohlaganingizcha bezashingiz mumkin, masalan: shakar upasi, yangi yalpiz bargi, bir hovuch yangi yoki muzlatilgan mevalar. Vanilli keks Nozik, xushbo'y, ajoyib ko'rinishga ega shokolad bo'lakchali keks sizga yoqishi aniq. Pishish jarayonida keks yaxshigina oshadi, shuning uchun qolipni 2/3 qismidan ko'p to'ldirmasligingizni maslahat beramiz. Tarkibida smetana qo'shiladigan «Zebra» keksi — juda mazali, noodatiy va chiroyli ko'rinishga ega bo'lib pishadi. Bunday pirog o'zining ajoyib ko'rinishi va mazali ta'mi bilan oila a'zolarigiz ko'nglidan joy olishi aniq. Kam miqdordagi masalliqlardan tayyorlanadigan ajoyib va noodatiy shokoladli keks . Siz bilan tayyorlash sirlarini baham ko'ramiz. Tayyorlanish jarayoni juda oson bo'lib, hattoki bolalar ham unda qatnashishlari mumkin. Banan va shokolad — mazali uyg'unlik. Bu keks ta'mi juda nozik va xushbo'y bo'lib, tarkibidagi banan sababli to'yimli va foydali. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15.
advice
"Metaborliq" tushunchasi so'nggi vaqtlarda eng ko'p muhokama qilinadigan mavzuga aylandi. Ayniqsa bu holat Facebook o'zining nomini Meta`ga o'zgartirganidan keyin avj oldi. Ammo "metavers", "metaborliq" o'zi nima ekanligini bilamizmi? Uni qanday kelajak kutmoqda? "Gazeta.uz" RBKda e'lon qilingan maqolaning tarjimasini taqdim etadi. "50 kishidan metaborliq nima ekanligini so'rab ko'ring, siz 50 xil javob olasiz", — deb yozadi Guardian gazetasi. Ammo metaborliq haqida qanday fikr bildirsangiz ham, siz qandaydir darajada haq va qandaydir darajada nohaq bo'lasiz. Nega? RBKda e'lon qilingan maqolada "Metaborliq" so'zini bizga biroz tanishroq bo'lgan "kibermakon" so'ziga almashtirib, tasavvur qilish taklif etiladi. Xayolingizga kelgan istalgan fikr, tasavvur metaborliq tushunchasiga ham mos keladi. 1970-yillarda turmush tarzimizga internet kirib kelishi arafasida insonlar qanday fikrlashgan bo'lishsa, kelajakda nima sodir bo'lishini tasavvur qila olishmagan bo'lishsa, hozir ham metaborliq tushunchasi bilan ham shunga o'xshash hodisa ro'y bermoqda. "Kelajakda metaborliqda yashaymiz" yoki vaqtimizning ko'p qismini u yerda o'tkazamiz kabi fikrlarni eshitgan bo'lsangiz kerak. Hozir barchamiz shunga o'xshash xayollarni boshimizdan o'tkazmoqdamiz. Ammo metaborliq hozir o'zi mavjudmi? Metaborliq mavjud emas. Facebook`da ham, boshqa o'nlab kompaniyalarda ham metaborliq yo'q. Hattoki Facebook rahbari Mark Sukerberg va Epic Games (Fortnite o'yinini yaratgan kompaniya) rahbari Tim Suini ham katta bir metaborliqning faqat bir qismini yaratishayotganini aytishgan. Metaborliqni qurishga bitta kompaniyaning kuchi kamlik qiladi. Internetni bittagina sayt yoki kompaniya shakllantirmaganku, demak "Facebook metaborliqni yaratmoqda" deyish, "Google internetni yaratgan" degandek bir gap. Mavjud bo'lmagan narsalarni izohlash qiyin bo'lgani uchun metaborliq nima ekanligini tushunib olish maqsadida Facebook marketologlari tomonidan berilgan (mavjud izohlar ichida, ehtimol, eng tushunarlisi) izohga murojaat qilamiz: "Metaborliq — siz bilan bir xil jismoniy makonda bo'lmagan insonlar bilan birgalikda o'rganish va kashf qilishingiz mumkin bo'lgan virtual makonlar yig'indisi". Keng jamoatchilik metaborliq haqida faqat Facebook kompaniyasining rebrendingidan keyin gapirishni boshlaganiga qaramasdan, "metaverse" atamasi bundan deyarli o'ttiz yil oldin paydo bo'lgan. Uni birinchi bo'lib 1992 yilda yozuvchi-fantast Nil Stivenson o'zining "Qor ko'chkisi" ("Snow Crash") nomli kiberpank janridagi romanida qo'llagan. U bu atamani asardagi odamlarning o'z avatarlari yordamida bir-biri bilan muloqot qiladigan virtual makonini tasvirlash uchun qo'llagan. Bu xuddi hozir bizga ma'lum barcha onlayn-o'yinlar tavsifiga o'xshaydi, ammo XXI asrda metaborliq bir nechta mezonlarga javob berishi kerak: Oxirgi paytlarda metaborliq g'oyasini turli filmlarda qo'llashmoqda — misol uchun, shunday olam namunasini "Ready Player One" ("Birinchi o'yinchi tayyorlansin"), "Free Guy" ("Asosiy qahramon") nomli filmlarda ko'rish mumkin. Biz hozir metaborliq ostonasida turibmiz — odamlar bitkoinlarni ayirboshlamoqda, ko'pchilik ishtirokida o'ynaladigan o'yinlarni o'ynamoqda, san'at asarlarini NFT shaklida sotib olishmoqda . Metaborliqqa xos xususiyatlarni "multiplayer" o'yinlarda ham ko'rishimiz mumkin — misol uchun Fortnite o'yiniga nafaqat unda o'ynash uchun, balki xonanda Trevis Skott yoki Ariana Grandening konsertini tinglash uchun ham kirish mumkin. Nvidia kompaniyasi 3D-makonda loyihalar ustida birgalikda ishlash imkonini beradigan Omniverse nomli platformasini ishga tushirdi . Axie Infinity blokcheyn-o'yinida esa siz o'yindagi mavjudotlarni o'stirish va sotish orqali pul ishlab olish imkoniyatiga egasiz. Hozirda bu o'yinni har kuni millionlab odamlar o'ynaydi. Ammo bularning barchasini bitta olamga birlashtirishga hali ancha bor. Foto: Trevis Skottning Fortnite`dagi konsertidan. Facebook VR va AR uskunalarni monopollashtirishga, keyin esa metamakonni to'ldirishga harakat qilayapti. Ammo kompaniya Oculus VR`ni 2014 yilda sotib olgan bo'lsa, shu paytgacha sezilarli natija ko'rsata olmadi. Apple ham o'z chiplarini va VR-garnituralarini ommaga taqdim etishga tayyorgarlik ko'rmoqda . Shuningdek, Microsoft ham o'z metaborlig'ini yaratishni maqsad qilgan va buning uchun o'yinlar yaratuvchi Activision Blizzard studiyasini sotib oldi . Foto: Oculus VR-uskunasini kiygan Mark Sukerberg / Bloomberg New York Times nashrining yozishicha , "Metaborliq Mark Sukerberg uchun qutqaruvchi eshikdir". Ta'kidlanishicha, so'nggi paytlarda Facebook atrofida bo'layotgan mojarolardan so'ng, bu ular uchun o'z "imidjini" saqlab qolishning yangi yo'lidir. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqdagi auditoriyaning tobora qarib borayotganligini hisobga olsak, metaborliq g'oyasi orqali kompaniya yosh avlod vakillarini jalb qilishi mumkin. The Washington Post nashrining fikriga ko'ra , Facebook tobora kuchayib borayotgan monopoliyaga qarshi siyosat ta'qibidan qochish maqsadida ham shunday yo'l tutgan — chunki, VR va AR sohasida huquqiy maydonning o'zi yo'q va yaqin orada paydo bo'lmaydi ham. Eng asosiysi — yorqin kelajak qurish g'oyasi ostida aslida ma'lumotlarni himoya qilish tarafdoriga aylanib qolgan Apple va Google kompaniyalarining soyasidan chiqish maqsadi yotadi. Agar foydalanuvchilar VR-garnituralaridan foydalanishga o'rgatib qo'yilsa, nafaqat ma'lumotlarni sotishni davom ettirish, balki raqobatchilarga ilovalar do'koni uchun komissiyalar to'lashdan ham qutulish mumkin. "Shuning uchun ham kompaniyaning yangi strategiyaga o'tishi 2018 yillardan beri kompaniyani tinch qo'ymayotgan muammolardan chiqib olish uchun eng qulay yo'l bo'lishi mumkin", — deya xulosa qiladi The Washington Post. Video: Meta Horizon platformasi taqdimotidan. Ma'lumotlarga ko'ra, hozirda metamakonlardagi foydalanuvchilar soni bir necha yuz mingdan oshmaydi . Buni o'ziga eng ko'p foydalanuvchini jalb eta olgan Decentraland platformasiga tashrif buyurishlar sonidan kelib chiqqan holda aytish mumkin. Lekin 5−10 yildan keyin hammasi qanday tus olishi mumkin? Gartner prognoziga ko'ra, 2026 yilga kelib 25% odamlar kuniga kamida 1 soat vaqtini metaborliqda o'tkazadigan bo'lishadi. Ehtimol bu vaqtga kelib asosiy e'tibor axloqiy dilemmalarga qaratilar, chunki hozirning o'zida ham Facebook Horizon platformasida va onlayn-o'yinlarda foydalanuvchilar bezorilik va zo'ravonlikning virtual ko'rinishiga duch kelishmoqda . Ammo hozirgi bosqichda ko'pchilikni buning monetizatsiyasi o'ylantirayotgan bo'lsa ajab emas. Endi qurilayotgan borliqqa birinchi bo'lib moda brendlari o'z e'tiborini qaratishdi — Ralph Lauren, Nike, Prada, Gucci, Adidas va boshqalar o'z mahsulotlarini virtuallashtira boshlashdi. Morgan Stanley prognozlariga ko'ra, 2030 yilga kelib umumiy lyuks-predmetlarning 10% bozori aynan metaborliqqa to'g'ri kelishi kutilmoqda. Hozirda moda brendlari asosan Roblox, Zepeto, Pokemon Go yoki Sandbox o'yin-platformalarida o'z maydonini, predmetlarini yaratishmoqda. Moda brendlari bu sohaga bir o'yin sifatida qarashadi, masalan bitta ko'ylakni sotish uchun uni har doim qaytadan tikishga to'g'ri kelsa, metaborliqda uni shunchaki nusxalashadi. Shuningdek, hozirgacha Coca-Cola, Samsung, Sotheby's, Atari kabi katta kompaniyalar ham o'zining metaborliqqa kirib kelishayotganini e'lon qilishgan . Ammo texnologik nashrlar metaborliq g'oyasidan chinakamiga xavfsirashmoqda. Misol uchun, TechCrunch nashri "metaborliqni tartibga keltirish" g'oyasini ilgari surdi . Ta'kidlanishicha, metaborliqning tavsiya qilish algoritmlari jonlana boshlagach, virtual voqelikda foydalanuvchilar reklama beruvchilarning o'ljasiga aylanib qolishi, biror xizmat yoki predmetni sotib olish uchun yo'naltirilishi xavfi bor. TechCrunch yozishicha, "xavf shundaki, virtual voqelikda haqiqiy insonni sun'iy idrokdan farqlash qiyin bo'ladi, va u yerda bizga juda nozik, samarali usulda ta'sir o'tkazishlari mumkin". Ta'kidlanishicha, hozirda hamma Sukerbergni olqishlayotgan bir paytda, oradan o'n yil o'tgach, korporatsiyalar yana bizni marketologlar ixtiyoriga topshirishadi. Bu degani, agar siz mahsulot uchun pul to'lamasangiz — demak mahsulot sizsiz. "Metaborliq yuzaga kelgach, foydalanuvchilar hozirgidan-da ko'proq himoyasiz bo'lib qolishadi", — deya xulosa qilgan TechCrunch nashri.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda 8 xil somsani tayyorlash retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Andijonda tavallud topgan to'rtta bir-biriga yopishtirilgan go'shtli issiqqina somsalar — juda mazali va xushbo'y. Ularni odatda tandirda tayyorlashlariga qaramay, gaz pechida tayyorlasa ham juda mazali bo'ladi. Uyda tayyorlangan turkcha somsa — mehmonlarni ajablantiradigan ajoyib taom. U xushta'm va sersuv asos, hamda qumoq xamirdan iborat. Ushbu somsalar noodatiy ko'rinishga ega bo'lib, barchani hayratda qoldiradi. Uchta asosga ega, juda mazali va noodatiy somsa retsepti. Mazali 3 xil asos va qarsildoq xamir — bundanda mazaliroq somsa topish qiyin, bizningcha. Oddiy somsa bilan mehmonlarni hayratlantirish qiyin, shuning uchun biz sizga go'shtli, tayoqchalarga tiqib pishirilgan — kabob somsa tayyorlash usulini havola qilamiz. Og'izda eriydigan yumshoq xamir, xushbo'y asosi va taomning antiqa ko'rinishi bayram dasturxoningizga ko'rk bag'ishlaydi. Go'shtli nachinkaga ega mini-somsalar kattayu kichikka birdek yoqishi aniq. Bunday somsalarni qatlama xamirdan tayyorlashingizni maslahat beramiz. Do'mboq, xushbo'y, uyda pishirilgan ushbu somsachalar hech kimni befarq qoldirmaydi. Ham go'shtli ham ko'katli somsa sevuvchilar uchun ikki xil asosli somsa . Bu usulda qatlama xamir oson tayyorlaniladi, asosini esa ta'bingizga qarab tanlashingiz mumkin. Qatlamali xamirdan tayyorlangan rulet shaklidagi go'shtli somsa — juda mazali bo'lib pishadi. Xamirni uzoq tayyorlashingiz va undan somsalar hosil qilishingiz shart emas, tayyorlash jarayoni juda oson bo'lib, natijasi sizni xursand qiladi. Ko'nglingiz hoziroq somsa tusab qolsa, tayyor xamirdan foydalanish mumkin. Bu retsept bo'yicha tez va shirin somsalar tayyorlanadi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15.
advice
28−29 may, shanba-yakshanba kunlari Zomin milliy tabiat bog'ida O'zbekistonda ikkinchi marotaba Zaamin Ultra xalqaro tog' ultramarafoni bo'lib o'tdi. Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi tashabbusi bilan o'tkazilgan marafon Samarkand Marathon doirasidagi marafonlardan biri bo'lib, unda havaskor va professional sportchilar 2 km, 10 km, 21 km va 50 km masofada o'zaro bahslashdi . 2022 yildagi marafonlardan maqsad — ko'rish qobiliyati past bo'lgan shaxslar uchun muzeylarni moslashtirishga qaratilgan. Xayriyadan tushgan mablag'lar audio-gidlar, taktil rasmlar va zarur jihozlarni sotib olish uchun sarflanadi. Yugurish masofasi esa dengiz sathidan 2200 metr balandlikda joylashgan, u tog'lar orasidan o'tadi va Tojikistonning So'g'd viloyati bilan chegaradan 7 km uzoqlikda. Marafonda ro'yxatdan o'tganlar 1200 kishini tashkil qildi, ularni qo'llab-quvvatlash va hordiq chiqarib ketish uchun umumiy hisobda 2000 dan ortiq fuqaro tashrif buyurdi. Marafondagi hayajonli daqiqalar, birinchilik uchun kurash, oilaviy va jamoaviy yuguruvchilar, g'oliblarni taqdirlash, marafonchilarning tog'lar orasida hordiq chiqarishi — «Gazeta.uz» muxbiri fotohikoyasida. 29 may kuni soat 7:00 da birinchi bo'lib 50 km masofaga yuguruvchilar start chizig'i oldiga keldi. Ushbu yo'nalish bo'yicha 37 kishi ro'yxatdan o'tgan, ularning atigi to'rt nafari ayol kishi, o'tgan yilgi marafonda ushbu yo'lni faqat bir nafar ayol bosib o'ta olgandi . 21 km masofada yuguruvchilar esa soat roppa-rossa 10:00 da start oldi, eng ko'p sportchilar ro'yxatdan o'tgan 10 km masofa ishqibozlari esa soat 10:10 da harakatni boshlashdi. Havaskorlar, shimolcha yuruvchilar esa 2 km masofa sari 10:20 da start chizig'idan o'tishdi. Marafonchilarning ko'pchiligi o'zining jismoniy holati, tanasining nimalarga qodirligini bilib olish uchun yugurgan bo'lsa, ayrimlar birinchilikni qo'lga kiritish uchun jon kuydirdi, yana kimdir jamoa yoki oilasi bilan yugurish orqali hordiq chiqarishga harakat qildi. Bu yilgi marafon o'tgan yilgidan ko'plab jihatlari bilan ajralib turadi. Misol uchun tashkiliy jihatdagi ko'plab muammolar hal qilingan, finishga kirib kelganlarni ro'yxatga olish soddalashtirilgan, start chizig'i oldida vaqt ko'rsatuvchi tablo ham o'rnatilgan. O'tgan yilgidan farqli o'laroq bu yilgi esdalik uchun medallar ikki xil ko'rinishga ega va marafonchilarga har xil topshirildi, farq faqat masofa qayd etilgan bo'yinbog'da. 2021 yildagi marafon medallari va bo'yinbog'lar kumush rangda edi. Volontyorlar, professional sportchilardan iborat guruhlar ma'lum bir masofalarda kuzatuv o'rnatib, ishtirokchilarni qo'llab-quvvatlab turishdi, kimgadir yordam kerak bo'lsa zudlik bilan tegishli choralarni ham ko'rishdi. 2 km masofa marafonchilari uchun qaytib olish nuqtasi. Ta'kidlash joiz, Zaamin Ultra boshqa marafonlardan ko'ra murakkabroq yo'l tizmasi bilan ajralib turadi. Sportchilar ilk 5 km masofani yuqorilab boruvchi yo'l orqali bosib o'tishiga to'g'ri keladi, undan so'ng murakkablik biroz yengillashadi. Lekin shunga qaramasdan tog' orasidan o'tuvchi masofa har doimgidan ham qiyinroq hisoblanadi, professional sportchilar ham har gal masofani bosib o'tish juda qiyin bo'lganini aytishadi. Mediayurist Madina Tursunova. Marafon moliya, bank, vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiylar hamda xususiy sektorda ishlovchilardan tortib, marketing bilan shug'ullanuvchilar, advokatlar, huquqshunoslar, jurnalist va blogerlar, uy bekalari, talabalar, o'quvchilar va boshqalarni bir joyga jamlaydi. Start-finish maydonchasi. Cover up loyihasi asoschisi, prodyusser va rejissyor Timur Salimov. Oilaviy va jamoaviy hordiq uchun tog'lar orasida yugurishdan ko'ra maroqliroq mashg'ulot bo'lmasa kerak. Bu yilgi ultramarafonda ham hattoki chaqaloqlari bilan yugurishga kelganlar ham ko'zga tashlandi. Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xodimasi Aziza Uzakbergenova. Marafonchilar bilan suhbatlashsangiz, ko'pchiligi birinchilikni qo'lga kiritish uchun emas, balki yugurish o'zining tanasini imtihondan o'tkazish, jismoniy qobiliyatlarini sinovdan o'tkazish, bu orqali sog'ligini bir maromda ushlash uchun zarurligini ta'kidlashdi. Bu yilgi marafonda nogironligi bo'lgan shaxslar ham qatnashdi. Chapdan o'ngga: Artur Shaipov, Oleg Parsegov, Rafael Zinurov va Natalya Pyatayeva. 50 kmlik masofada yugurgan Artur Shaipov 5-kmni 11-bo'lib kesib o'tdi, u tadbir tashkilotchilarning 5 kmgacha yo'l yuqorilib boradi degan ogohlantiruviga quloq solgan shekilli, 10,5 kmga kelib ikkinchi o'ringa chiqib oldi. Masofaning teng yarmida qariyb 9 daqiqa vaqt bilan birinchi bo'lib ketayotgan Yusuv Nazarovni ortda qoldira olgan Artur finishga undan 15 daqiqa farq bilan yetib keldi. Bu yilgi marafonda ishtirokchilarning 5 nafari taqdirlanishdi. 50 km masofa 1-o'rin: Artur Shaipov (4:40:30) 2-o'rin: Rafayel Zinurov (4:55:01, u 2021 yilda 5:05:30 natijani qayd etgandi) 3-o'rin: Oleg Parsegov (4:55:15) 4-o'rin: Farrux Hamroyev (4:56:39) 5-o'rin: Yusuf Nazarov (5:02:02) Malika Maqsudova. Ayollar o'rtasida esa Malika Maqsudova masofani bosib o'tish vaqtida hech kimga birinchilikni bermadi. 50 km masofa 1-o'rin: Malika Maqsudova (5:02:52) 2-o'rin: Dilfuza Allayarova (5:24:53, u 2021 yilda 6:19:30 natijani qayt etgandi) 3-o'rin: Dariya Yadernaya (7:07:22) 4-o'rin: Surayyo Rahmonova (8:18:00) 21 km masofa 1-o'rin: Andrey Sharipov (1:36:59) 2-o'rin: Semyon Shadrin (1:38:17) 3-o'rin: Semyon Sevastyanov (1:45:56) 4-o'rin: Nikolay Volkov (1:46:50) 5-o'rin: Muxammadraim Niyazov (1:52:05) 21 km masofa 1-o'rin: Natalya Pyatayeva (2:04:10) 2-o'rin: Diana Valiyeva (2:16:08) 3-o'rin: Albina Avakyan (2:21:13) 4-o'rin: Sofya Nazarova (2:22:29) 5-o'rin: Olga Kamenseva (2:24:06) 10 km masofa 1-o'rin: G'iyosjon Erkaboyev (0:47:19) 2-o'rin: Isroil Ravshanov (0:49:25, chegara qo'shinlari xizmatchisi) 3-o'rin: Suhrob Kobilov (0:49:35) 4-o'rin: Alimardon Sabirov (0:50:08) 5-o'rin: Mirjalol Jumayev (0:50:46, chegara qo'shinlari xizmatchisi) 10 km masofa 1-o'rin: Madina Sagatova (0:52:09) 2-o'rin: E'zoza Xashimova (0:54:25) 3-o'rin: Oynuri Qoshmurodova (0:59:46) 4-o'rin: Yekaterina Valkova (1:01:07) 5-o'rin: Arnela Nikitina (1:02:22) Tashkilotchilarning so'zlariga ko'ra, Zomindagi marafondan keyin Buxoroda tungi marafon (avgust) va Samarqandda Half Marathon o'tkazilishi ham rejalashtirilgan. Marafon maydonchasining yuqoridan ko'rinishi. Ha aytgancha, bu yilgi marafon homiylari sportchilarga o'zlarining kreativ va qiziqarli stikerlarini ham taqdim etdi. Kechasi kuchli yomg'ir yog'gani bois marafon maydonchasida tunab qolganlar chodirlari usti va tag qismini sellofan bilan o'rab yotishdi. Kechasi juda sovuq bo'lgani uchun tong sahardan ular issiq choy va yegulik tayyorlab, isinib ham olishdi. Yana bir e'tiborli jihat, bu yil marafonda qatnashish istagini bildirib, ro'yxatdan o'tganlarning barchasini ismi va familiyasi yagona bannerda aks ettirildi. Marafon tugagach, chodirda tunab qolgan ishtirokchilar buyumlarini yig'ishtirib, yana bir maqsadiga erishganini qayd etib yo'lga otlanishdi.
advice
Prokrastinatsiya — bu doimiy tarzda ishni ortga surish, uning bajarilishini keyingi kunga yoki muddatga cho'zishga aytiladi. Nega ushbu sindromni XXI asr kasalligi deb atashadi? Nega biz bunga yo'l qo'yamiz va unga qarshi qanday kurashish kerak? Ushbu savollarga javob berish uchun «Gazeta.uz» New York Times va «RIA Novosti» nashrida e'lon qilingan maqolalarning tarjimasini taqdim etadi. Psixologiyada prokrastinatsiya tushunchasi — ma'lum bir insonning, biror ishni juda muhim va shoshilinch bo'lishiga qaramay, doimiy tarzda ortga surib boraverishini anglatadi. «Prokrastinatsiya» so'zining kelib chiqishi ham procrastinare — «ertaga qoldirish» so'zidan kelib chiqqan. Ammo bu shunchaki ishni ortga surish emas. Bunday holat, odatda, insonni muammolarga boshlaydi, stress keltirib chiqaradi, samaradorligini pasaytiradi, aybdorlik xissini uyg'otadi va o'ziga bo'lgan ishonchini kamaytiradi. Ushbu sindromdan aziyat chekayotgan inson — «prokrastinator» deb ataladi. Aksariyat tadqiqotchilar bunday insonlarni ikki turga ajratadi: O'z o'rnida passiv prokrastinatorlar ham ikkiga — ikkilanuvchilarga, ya'ni xato qilishdan qo'rqadiganlarga va qochuvchilarga, ya'ni boshqalardan o'zining ishi haqidagi fikrlarini eshitishdan qo'rqadigan insonlarga bo'linadi. New York Times maqolasida ta'kidlanishicha, prokrastinatsiyaning dangasalikka aloqasi yo'q. Chunki siz biror bir muhim vazifani chetga surgan holda boshqa ish bilan, aytaylik, oshxona jihozlarini taxlash bilan shug'ullansangiz, sizni dangasa deb atash noto'g'ri bo'ladi. Axir oshxonani tozalash yoki shu kabi boshqa yumushlar do'stlar bilan vaqtichog'lik qilish yoki film tomosha qilish degani emas. Ammo prokrastinatsiya doimo o'zimizni yomon his qilishimizga, ya'ni o'zimiz haqimizdagi fikrimizni salbiy tomonga o'zgarishiga olib keladi. Prokrastinatsiya — bu xarakteringizning o'ziga xos nuqsoni yoki o'z vaqtingizni boshqarish borasidagi layoqatsizlik bilan emas, balki ayrim vazifalar oqibatida yuzaga kelgan murakkab hissiyotlar va salbiy kayfiyat, jumladan, zerikish, xavotirlilik, o'z kuchingizga ishonmaslik, hafsalangizning pir bo'lishidan qo'rqish, tushkunlik, o'zingizga past baho berish kabi alomatlar bilan kurasha olish bilan bog'liqdir. «Prokrastinatsiya — taym-menejment bilan bog'liq muammo emas, bu hissiyotlarni boshqarish muammosidir», — deydi Ottavadagi Karlton universitetining prokrastinatsiyani tadqiq qilish guruhi a'zosi va psixologiya professori doktor Tim Pichil. Prokrastinatsiyaning yuzaga kelish sabablari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: Shuningdek, «qaror chiqarish paralichi» tushunchasi ham mavjud. Unga ko'ra, zamonaviy dunyo sharoitida insonda tanlovlar shunchalik ko'pki, ulardan birini tanlash jarayoni insonning kuch-quvvatini «yeb yuboradi». Oqibatda, inson muammoning yechimini topa olmaydi. Doktor Pichil va doktor Sirua (Sheffild universitetining psixologiya professori) ning 2013 yildagi tadqiqotlariga ko'ra, prokrastinatsiyani «kayfiyatdagi qisqa muddatli o'zgarishning rejalashtirilgan uzoq muddatli harakatlardan ustun kelishi» deya baholash mumkin. Prokrastinatsiya vazifaning o'zidagi — misol uchun, iflos bo'lgan hammomni tozalash, boshlig'ingiz uchun uzundan-uzun jadvallar tuzish kabi yumushlarning yoqimli bo'lmagan jihati bilan bog'liq bo'lishi ham mumkin. Bu shuningdek, vazifa bilan bog'liq bo'lgan ancha chuqur hissiyotlar bilan, masalan, o'ziga ishonmaslik yoki xavotir bilan bog'liq bo'lishi ham mumkin. Aytaylik, bo'sh turgan hujjatga qarab, inson o'zini uni to'ldirish uchun yetarli darajada aqlli deb bilmasligi mumkin. «Agar men buni to'ldirsam ham, odamlar nima deb o'ylaydi?», «buni bajarish juda qiyin», «agar men xato qilib qo'ysamchi?»… Aynan mana shu fikrlar bizni hujjatni bir chetga surib, boshqa ishlar bilan shug'ullanishimizga sabab bo'ladi. Chunki bu vaqtda siz uchun oddiyroq bo'lgan boshqa bir yumush bilan band bo'lish yaxshiroq fikrdek ko'rinadi. Ammo bu vaziyatni faqat yomonlashtiradi va oqibatda bizning ushbu vazifa haqidagi fikrimiz yanada salbiy ko'rinishga ega bo'ladi, stress va sarosima, o'z-o'zini ayblash kabi hissiyotlar paydo bo'ladi. Biroq, biz prokrastinatsiyaga yo'l qo'yayotganda his qiladigan va birdan paydo bo'ladigan yengillik prokrastinatsiyani takrorlanuvchi siklga aylantirib qo'yadi. Ayni damda ishni ortga surish sizga yengillik olib keladi, go'yoki siz «prokrastinatsiya uchun rag'batlantirilayapsiz». Bixeviorizm (hulq-atvorni tizimli tarzda o'rganuvchi soha — tahr. ) asoslariga ko'ra, agar biz biror narsa uchun rag'batlantirilsak, bu biz uchun odat tusiga aylana boshlaydi. Shuning uchun ham prokrastinatsiya bir martalik hodisa emas, balki surunkali bo'lib qolish moyilligiga ega. Vaqti kelib surunkali prokrastinatsiya nafaqat samaradorlikning pasayishiga, balki bizning ruhiy va jismoniy sog'lig'imizga jiddiy putur yetkazishi, jumladan surunkali stress, doimiy tarzda hayotdan nolish, depressiya, sarosima, gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin. Psixolog doktor Xel Xershfildning tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, neyronlar darajasida biz «kelajakdagi menimiz»ni ko'proq o'zimiz bilan emas, balki notanish inson bilan bog'laymiz. Biz prokrastinatsiyaga yo'l qo'yganda esa miyamizning bir qismi biz ortga surayotgan vazifalar aslida bizni boshqa tomonda kutadi deb o'ylaydi, ya'ni buni boshqa bir kishining muammosidek qabul qiladi. Biz birinchi navbatda prokrastinatsiyaning samaradorlik bilan emas, balki hissiyotlar bilan bog'liq ekanligini tushunishimiz kerak. Unga yechim topish uchun taym-menejment bo'yicha ilovalarni yuklab olishimiz shart emas. Buning uchun o'z hissiyotlarimizni yangicha uslubda boshqara olishni o'rganishimiz kerak. «Bizning miyamiz doimo rag'batlantiruvchi omillarni izlaydi. Agar bizda prokrastinatsiya qilish odati bo'lsa va biz bundan-da yaxshiroq rag'batlantiruvchi omil topa olmasak, biz yana va yana prokrastinatsiya qilishda davom etaveramiz», — deydi psixiatr va neyrobiolog Jadson Bryuer. Birinchi navbatda, biz prokrastinatsiyaga yo'l qo'ygan paytimizda o'zimizni kechira olishni o'rganishimiz kerak. 2010 yilda o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, birinchi imtihonga tayyorlanish davomida o'zining prokrastinatsiyaga yo'l qo'yganini kechira olgan talabalar keyingi imtihonlarga tayyorgarlik ko'rishda nisbatan kamroq prokrastinatsiya qilishgan. Xulosa qilinishicha, o'zining «nobop harakatlarini unutgan holda» kechira olish, talabalarga o'z samaradorligini tiklashga yordam bergan. Oddiy qadamlar. Ko'p hollarda o'z oldimizga qo'ygan maqsadimiz bizga haddan ortiq murakkab bo'lib ko'rinadi. Shuning uchun ushbu vazifani yakunlash uchun mayda-mayda qadamlar yordamida harakat qilish sizga prokrastinatsiyaga yo'l qo'ymaslik uchun yordam berishi mumkin. Psixolog Kristina Misyura buning uchun «Pomodorro» texnikasini tavsiya qiladi. Unga ko'ra: Har bir vazifani kichkinaroq vazifachalarga ajrating: har bir kichik vazifaga 25 daqiqadan va ulardan so'ng 5 daqiqa dam olish uchun sarflang. Shu yo'l bilan siz diqqatingizni bir xil darajada saqlay olishingiz hamda miyangizni ko'p soatlik, tanaffuslarsiz ish yukidan xalos qilishingiz mumkin. «Bugun kechqurun diplom ishimni yakunlayman» deya maqsad qilmang, yaxshisi «bugun diplom ishimning ikki betini yakunlayman» deya reja qiling. Bunday ko'rinishdagi maqsad sizni cho'chitib yubormaydi va uni amalga oshira olish ehtimolingiz sezilarli darajada katta. Chalg'ituvchi omillar. Ko'pchilik «mening prokrastinatsiyaga yo'l qo'yishimga asosiy sabab, men doimo nimagadir chalg'iyveraman» deydi. Chalg'ituvchi omillardan xalos bo'lish uchun, ishga kirishishdan oldin ijtimoiy tarmoqlardagi «eslatmalarni» o'chirgan yoki umuman telefonni boshqa xonada qoldirgan va ish stolidan barcha keraksiz narsalarni olib tashlagan holda bunga tayyorgarlik ko'rish kerak. 15 daqiqa qoidasi. Prokrastinatsiyani yengish uchun, shuningdek, 15 daqiqa qoidasi ham asqotishi mumkin. Bunda har kuni kamida 15 daqiqani o'zingiz uchun qiziq bo'lmagan, ammo muhim vazifani bajarishga sarflashni odat qilib oling. Kundan-kunga maqsadingiz sizga yaqinroq tuyula boshlaydi. Kuniga 15 daqiqani qiyin vazifaga bag'ishlash orqali umuman hech narsa qilmagandan ko'ra ko'p narsaga erishish mumkin. O'z kutilmalaringizni biroz pasaytiring. Juda tez fursatda kuniga bir soatdan yugura boshlashni o'rganish oson bo'lmaydi, ammo agar 5−10 daqiqadan boshlasangiz sizning bunga vaqt ajratishingiz ham, buni yakunlashingiz ham oson bo'ladi va vazifani bajarish uchun o'zingizga qarshilik qilmaysiz ham. Jarayondan lazzatlanish. Prokrastinatsiya qilish shunchalik yoqimli ekan, ishni bajarishga sho'ng'ish ham ancha mushkul ish. Shuning uchun ham eng qiyin vazifada ham ijobiy tomonlarni ko'ra olish juda muhim. Masalan uyni tozalash jarayonini sport bilan, ovqat tayyorlashni ijod bilan mujassamlashtirish mumkin. Yoqimli atmosfera yaratish uchun sevimli musiqangizni yoqib qo'yishingiz mumkin. Ishga yaxshi kayfiyat bilan yondashish zarur, shunda ishni yakunlashingiz oson kechadi. Shu bilan birga, prokrastinatsiya hali ham o'rganilmoqda va ushbu sindrom bo'yicha olimlar hanuz buning sababini izohlab bera oladigan yagona ilmiy nazariyaga kela olishmagan, — deyiladi RIA Novosti maqolasida.
advice
Deyarli har bir pul birligi, ayniqsa xalqaro valyutalar o'z belgisiga va tarixiga ega. Belgilar ham ushbu valyutalarning xususiyatlari, tarixi bilan chambarchas bog'liq va har bir valyuta belgisi ostida qandaydir tarix yotadi. «Gazeta.uz" ushbu maqolada turli valyutalar belgilarining tarixi va qanday yaralgani haqidagi ma'lumotni taqdim etadi. Dollar belgisining ($) keng tarqalganiga va hamma joyda uchrashiga qaramasdan, uning kelib chiqish tarixi mutlaqo aniq emas. Dollarning yuzdan bir qismi hisoblanadigan «sent» birligining belgisi qanday paydo bo'lgani tushunarli — ingliz tilidagi «c» harfining ustiga vertikal chiziq tortilgan, ammo nega dollar belgisida «D» harfi yo'q? $ belgisining paydo bo'lishini ko'pincha «U» va «S» harflari bilan bog'lashadi. Eng mashhur tahminlarga ko'ra, belgi United Stated (Qo'shma Shtatlar), Uncle Sam (Sem Tog'a — AQShning inson ko'rinishidagi tasviriy ramzi) so'zlarining qisqartmasi deya ta'kidlanadi. Ushbu taxmin ilk bor 1876 yilda London ilmiy jurnallaridan biri Notes and Queries nashrida keltirilgan. Yana bir talqinda dollar belgisi ilk bor nyu-orleanlik tadbirkor Oliver Pollok tomonidan 1778 yilda o'ylab topilgani, belgining aynan u tomonidan ommaga ko'rsatilgani aytiladi. Kelib chiqishiga ko'ra irlandiyalik bo'lgan bu tadbirkor Shimoliy Amerikada 1775−1783 yillar davomida bo'lib o'tgan mustaqillik urushida ispanlardan qurol sotib olib, amerikaliklarga sotgan. Bu vaqtda AQShda asosiy pul birligi sifatida ispan piastrlaridan foydalanilgan, ushbu birlik esa qog'ozlarda «PS» harflari bilan belgilab kelingan. Shuningdek, peso (pesos) pul birligi ham «Ps» yoki «P s » ko'rinishida belgilangan bo'lib, dollar belgisining paydo bo'lishi haqidagi yana bir talqinda «P» va «S» harflarining birlashtirilishi bilan izohlashadi . Foto: 1792 yilda AQSh prezidenti Jorj Vashington tomonidan yozilgan eski obligatsiya — AQSh moliyaviy hujjatida dollar belgisining ilk bor qo'llanilishi / Getty Images. Afsuski, dollar belgisining qanday kelib chiqqani borasida aniq ma'lumotlar yo'q, go'yoki uning dizayni ma'sus kimdir tomonidan ishlab chiqilmagandek. Chunki ushbu belgi hozirgacha turlicha tasvirlanadi — ba'zan ikkita vertikal chiziq bilan, ba'zan esa bitta. Bundan tashqari, ayrim manbalarga ko'ra dollar belgisi ispan qirolligi oilasi gerbining biroz o'zgartirilgan tasviri bo'lishi ham mumkin. Umuman olgan ushbu — dollar sign belgisi atrofida taxminlar juda ko'p, ammo «dollar» so'zining kelib chiqishida bunday chalkashlik deyarli yo'q. 1520 yilda Bogemiya qirolligi Ioaximstal shaxtasidan olingan kumushdan tangalar yasashni yo'lga qo'yadi. Tangalarni «ioaximstaler» deb atash qulay bo'lmaganligi uchun, tangalar butun dunyo bo'ylab «taler» nomi bilan tarqala boshlagan. Shuningdek, gollandlar qo'llagan «daler» so'zi Amerikaga ko'chib kelgan ilk immigratnlar bilan birga kirib borib, keyinchalik «dollar»ga aylangan bo'lishi ham mumkin. Belgining internetda va elektron hujjatlarda qo'llanilishiga keladigan bo'lsak, $ — 1993 yili rasman Yunikodning ilk versiyalaridan biriga kiritilgan. Buyuk Britaniya rasmiy valyutasi funt sterlingi belgisining tarixi dollarnikichalik chalkash emas. Ammo funt belgisi ham ancha qadimiy hisoblanadi. Funt pul birligining belgisi £ (yoki ₤) lotin alifbosidagi «L» harfidan olingan. Belgi lotin tilidagi «libra pondo» — «funt og'irligida» so'zlarining abbreviaturasidan olingan bo'lib, rimliklar bu atamani og'irlik o'lchov birligi sifatida qo'llashgan. Anglosaksonlardan tashkil topgan Angliyada esa funt pul birligiga, ya'ni bir funt og'irlikdagi kumushga teng miqdorga aynlangan. Anglosakonlar rimliklardan atamadan tashqari, chiroyli ko'rinishga ega belgini ham «meros qilib olishgan». «L» harfi o'rtasiga tortilgan chiziq esa keyinchalik, belgini oddiy harfdan ajratib olish uchun qo'llanila boshlagan. Ushbu belgi ma'lum bir vaqt davomida Italiya lirasini (1861 yildan 2002 yilgacha muomaladan bo'lgan ) belgilash uchun ham qo'llanilgan. «Lira» so'zining o'zi ham qadimgi Rim imperiyasida qo'llanilgan og'irlik va pul birligi — «libra» so'zidan olingan. Pound Sign, ya'ni funt belgisi ham 1993 yilda rasman Yunikod belgilaridan biriga aylangan. Yevro pul birligi 1992 yilda Yevropa Ittifoqi mamlakati kuchlarini birlashtirish maqsadida tuzilgan Maastrixt shartnomasi natijasida yuzaga kelgan. € belgisi Yevropa komissiyasi tomonidan, tanlab olingan o'nta tasvirlar orasida o'tkazilgan so'rovnoma asosida tanlangan. Yevro belgisi — € aslida lotin alifbosidagi «Ye» harfidan emas, balki yunon alifbosidagi epsilon harfidan olingan. Chunki Gretsiya demokratiyaning vatanidir, demokratiya esa butun Yevropa mamlakatlaridagi asosiy boshqaruv tuzumi hisoblanadi. Yevro belgisi 1998 yilda rasman Yunikod belgilaridan biriga aylangan. Xitoy Xalq Respublikasi milliy valyutasi yuan va Yaponiya pul birligi iyena bir xil ko'rinishdagi belgiga ega — ¥ (yoki Ұ). 1953 yil 11 may kuni Xalqaro valyuta fondi yapon iyenasining paritetini 2,5 mg oltinga teng deb belgiladi va xalqaro valyuta nomini oldi. Shu bilan birga, iyena lotin alifbosidagi «Y» harfi ko'rinishida o'z belgisiga ega bo'ldi (asosan — ¥ ko'rinishiga ega). Keyinchalik xuddi shu belgi Xitoy yuanini belgilashda ham qo'llanila boshlandi (asosan o'rtasiga bitta chiziq tortilgan ko'rinishda — Ұ). Ushbu belgilar ham Yunikodga 1993 yildagi ilk versiyalariga qiritilgan. Rossiya rubli belgisining hozirgi ko'rinishiga yaqinroq bo'lgan ko'rinishlarini 1999−2000 yillarda dizayner-grafiklar o'rtasida «Dengi» nomli jurnal tomonidan o'tkazilgan «Znak rublya» tanlovida taklif qilishgan. Grafika: «Znak rublya» tanlovi final bosqichida qatnashgan belgilar. Tanlovda 300 dan ortiq mualliflar 1000 ga yaqin belgilar taklif qilishgan. Ammo ahamiyatli jihati, tanlov davomida rubl belgisi XVII-XIX asrlarda qo'llanib kelingani to'g'risidagi ilk dalillar topildi. Shuningdek, bu kabi tanlovlar 2005−2007 yillarda, jumladan 2006 yilda RIA Novosti tomonidan ham o'tkazilgan. 2006 yilda bu borada bir qarorga kelish uchun Rossiya hukumati jiddiy kirishadi va valyuta belgisi borasida bir qator talablar e'lon qilinadi. 2007 yil o'rtalariga kelib bir qator dizaynerlik studiyalari rubl belgisining hozirgi ko'rinishi — ₽ belgisini taklif qilishadi. Biroq bu borada bir qarorga kelish ortga surilaveradi va nihoyat 2013 yilda Rossiya Banki internet foydalanuvchilari o'rtasida anonim so'rovnoma o'tkazadi. So'rovnomada 280 mingdan ortiq kliklar bo'lib, birinchi o'rinni olgan belgiga 61% ishtirokchi ovoz bergani aytiladi. Biroq so'rovnoma anonim tarzda o'tkazilgani uchun eng ko'p ovoz to'plagan belgilar ochiqlanmaydi. Ammo 2013 yil dekabrida 61% ovoz to'plagan belgi ohir-oqibat rasman rubl belgisi deb e'lon qilinadi. 2014 yilda rubl belgisi Yunikod belgilari qatoriga kiritiladi. Qozog'iston milliy valyutasi tenge ham o'z belgisiga ega bo'lib, ushbu belgi 2006 yilda Qozog'iston Milliy banki tomonidan o'tkazilgan tanlov asosida tanlab olingan. Tanlov uchun yuborilgan 30 ming tasvir ichidan 2007 yil 29 mart kuni bitta belgi — «₸» tanlab olingan. Tanlovda g'olib chiqqan mualliflarga Qozog'iston Milliy banki tomonidan bir million tenge (o'sha paytdagi kurs bo'yicha — 8 ming dollar) va «Alyans» banki tomonidan 5 ming dollar miqdorida sovrin puli taqdim etilgan. Qozog'iston tengesining belgisi 2009 yilda Yunikod belgilari qatoriga kiritilgan. Shuningdek, Ozarbayjon manati o'z belgisiga 2006 yilda (belgisi — ₼), turk lirasi 2012 yilda (turk lirasi — ₺), Qirg'iz somi 2017 yilda («c» harfi ostiga bitta ustun tortilgan qo'rinishda) ega bo'lgan. Valyuta belgisini Afg'oniston milliy valyutasi — afg'oniyda (belgisi arab yozuvidan olingan — ؋ ) ham ko'rish mumkin.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda turli xil mazali olchali pishiriqlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Amerikancha pirog juda mazali va tayyorlash usuli ham oson, ta'mi esa unutilmas. Olchaning nordonligi pirogga o'zgacha ta'm bag'ishlaydi. Gaz pechida pishirilgan, oshirma xamirdan tayyorlangan olchali mayin pirojkalarning ta'mi og'zingizda qoladi. Ustidagi shtreyzel gilos nordonligini yumshatadi. Yumshoq tvorogli xamirdan tayyorlangan olchali o'ramalar — sizni qalbingizni zabt etishi aniq. Ular tez va oson tayyorlanadi. Aytgancha, bunday o'ramalarni istalgan meva va rezavor mevalar bilan tayyorlash mumkin. Ushbu pirog — chiroyli ko'rinishga ega bo'lib, ta'mi esa barchani lol qoldirishi aniq. Xamiri juda mayin, asosi esa olchaning yoqimli nordon ta'miga ega, sersuv va xushbo'y bo'lib pishadi. Keks — tez va oson tayyorlanadigan pishiriq. Mayin va shirin xamir nordon olcha bilan qo'shilganda, ajoyib ta'm hosil qiladi. Ta'bga ko'ra tayyor keksga shakar upasi sepishingiz mumkin. Olcha va tvorog birlashmasi har doim pishiriqlarga o'zgacha ta'm bag'ishlab kelgan. Bunday pirog oila a'zolaringizni bir yerga jamlab, kayfiyatlarini ham ko'tarishga qodirdir. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15.
advice
«Kitob — qo'shningning uyidagi o'qlangan miltiqdir. Uni yoqish kerak! Miltiqning o'qini chiqarmoq kerak! Insonning ongini jilovlamoq kerak». Taniqli amerikalik yozuvchi Rey Bredberi ijodi, ayni paytda, XX asr adabiyotining durdonalaridan biri hisoblangan «Farengeyt bo'yicha 451 daraja» asari antiutopiya va ilmiy-fantastika janrlarida yozilgan bo'lib, ilk marta 1953 yilda kitob holida dunyo yuzini ko'rgan. Asarda ko'tarilgan g'oyalar, xususan, insoniyatning ma'naviy va madaniy taraqqiyotida adabiyotning o'rni, senzura va ko'r-ko'rona itoatkorlik hukm surgan jamiyatning muqarrar tanazzuli, tanqidiy fikrlashning zarurati, oradan qariyb 70 yil vaqt o'tganligiga qaramay, o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Asarda XXI asr tipik odamining standartlashgan turish-turmushi, tushovlangan tafakkuri, ruhiyatidagi to'lqinlar va pinhon ziddiyatlar qalamga olingan. «Farengeyt bo'yicha 451 daraja» — bu, muallif ta'biri bilan aytganda, kitob qog'ozi o'z-o'zidan o't olib, kulga aylanadigan harorat. Muallif bir inson hayotida qisqa vaqt ichida sodir bo'lgan tub burilishlar bayoni orqali insoniyatning bitmas ehtiyojlari yo'lida yoqib yuborilgan tafakkur, qalblar va taqdirlarga ishora qiladi. Eng asosiysi, syujet o'quvchini og'ir ruhiy holat va bosim ostida ushlab tursa-da, muallif asarni o'lmas umid bilan tugallagan. Bosh qahramon — Gay Monteg — oddiygina o't o'chiruvchi, lekin uning zamonasidagi o't o'chiruvchining vazifasi biz bilgandan farq qiladi — u kitoblarni yoqadi. Lekin miyasiga «joylangan dastur»ga tanaffus berib, unda qisqa muddatli chaqnashlarga sabab bo'lgan ikki inson Montegning «o't o'chiruvchilik» hayotini butunlay «izdan chiqarib», butunlay boshqa o'zanga burib yuboradi. Ulardan biri Klarissa Maklellan — Montegning «menini ikkiga bo'lib yuborgan» o'smir qizcha. Klarissa Montegning baxt niqobini yulqib olib, unga oyna tutadi — Monteg kim? U baxtlimi? Monteg na er, na ota, na do'st, na odam! U faqat o't o'chiruvchi! Baxtsiz o't o'chiruvchi! Tamom! Klarissa unga o'ylash, sevish, yashash kerakligini eslatadi. Ikkinchi qahramon — zulmatda yo'lini yo'qotgan Montegning yo'liga chiroq tutgan Faber. U Montegning tafakkurini uyg'otadi. Har ikkisi bir vaqtda bir-birining xaloskori. Faber ayni paytda insonlarga uchta narsa yetishmasligini ta'kidlaydi: 1. Sifatli BILIM. 2. Bo'sh VAQT. 3. Yuqoridagi ikkita narsaning o'zaro aloqasidan kelib chiqib harakat qilish HUQUQi. Bilim — tafakkur xazinalariga o't ochilgan jamiyatda o'rgatilganidan ortig'ini bilishning imkoni bormi?! Vaqt-chi?! Yo'q. Odamlar faqat «baxt» izlash bilan band. Shu darajada bandki, hatto o'zlari izlayotgan o'sha «baxt»ning mohiyati, shakl-shamoyili xususida tafakkur qilib ko'rishga ham vaqtlari yo'q! O'ylashga vaqti bo'lmagan odamlarning, o'z-o'zidan, o'ylab harakat qilish huquqiga ham ehtiyojlari bo'lmaydi. Montegning rafiqasi Mildred obrazi — XXI asr uy bekalarining tipik vakili sifatida namoyon bo'ladi. Mildred — o'zi sezmagan holda YOLG'IZ. Shu sabab faqat ekran ortidagi uning borligidan ham bexabar «qarindoshlari» davrasiga oshiqadi. Shu bilan o'zini band qiladi. Ularning «tashvishi» bilan yashaydi — shaxsiy hayoti, oilasi, o'zi haqida O'YLASHga esa vaqt yo'q. Aynan shuning uchun ham u BAXTLI. «Dunyoning eng og'ir dardi — tafakkur», Remark. Shu o'rinda, Mildredning dugonasi — farzandlari bilan bir oyda uch kungina ko'rishib, shunda ham ularni — «kirlarni kir mashinasiga tiqib, qopqog'ini yopib qo'ygandek» — bir xonaga qamab qutulish payida bo'ladigan ayol obrazi ota-ona va farzand munosabatlarining jar yoqasiga qay darajada yaqin kelib qolganligini ko'rsatadi. Bitti — asarda mening eng ko'p e'tiborimni tortgan obraz. Jamiyatda inson qiyofasining, tafakkurning tanazzulga yuz tutishi sabablari aynan Bitti tilidan ochib berilgan. Baxt izlagan olomon. Baxt izlab uzzukun tentiraymiz, mol-dunyo yig'amiz, bir-birimizni azoblaymiz, ertani kutamiz. Umid ko'zlarimizni o'zi mavhum, kelishi gumon bo'lgan baxtning yo'liga qadab, ixtiyorimizdagi shu lahza — qo'limizdagi naqd turgan BAXTIMIZni ko'zdan qochiramiz, u yonimizdan sirg'alib o'tib ketaveradi. Bittining Monteg bilan suhbati jarayonida qanchalik yuqori intellekt sohibi ekanligini ilg'ash qiyin emas. Lekin u o't o'chiruvchi! Nachora, axir intellektual degan tushuncha haqoratga aylangan bir paytda, uning bu intellektining kimga keragi bor?! Men Bitti obrazi ruhiyatida alamzadalikni, cheksiz g'am-anduh va pushaymonlikni his qildim. Bitti timsolida favqulodda qobiliyatli bo'lganligi, barchaga xos tafakkur va tasavvur chegaralarini yorib o'tganligi uchun atrofdagilarning nafrati, tepkilashlari va qiynoqlariga duchor bo'lgan murg'ak bolakayni ko'rdim. Bittiga achindim. «Bitti o'lishni xohlagan edi!» Miyamda faqat, ehtimol Bitti kitoblarni benihoya sevgandir, ularga yaqin bo'lish maqsadida shu kasbni tanlagandir, kitoblarni yoqish barobarida o'zi ham har gal shu olovda qovrilgandir degan fikr. Esdan chiqarilgan intellektlar. Ularda Faber tilga olgan, odamlarga yetishmaydigan narsalarning dastlabki ikkitasi bor — sifatli bilim va bo'sh vaqt. Biroq ularda shu bilimni yuzaga chiqarish, amalda qo'llash, yoyish huquqi yo'q. Shunday bo'lsa ham ular mamnun, xotirjam — chunki ular bilimdan ortiq boylik yo'q ekanligini yaxshi anglaydilar. Monteg ham buni tushunib yetgan kuni ularning safidan joy oldi. U bor-budini yo'qotdi, biroq tafakkurini, qalbini, inson sifatidagi qiyofasini topish evaziga! Yakunda Qaqnus qushi tilga olinadi, o'zini gulxanda yoqib, kulidan qayta tug'iladigan Qaqnus. U odamga qiyoslanadi — odam ham qancha xatolar olovida o'zini kuydiradi. Lekin uning Qaqnusdan farqi shundaki, odam xatosini anglaydi. Odam o'tmishdagi xatolardan xabar beradigan kitoblarga hamisha ehtiyoj sezadi, bugunning xatolaridan kelgusi avlodni ogoh etadigan tirik kitoblar esa hamisha topiladi. Muallif asar orqali insoniyatni bugungi kunning xatolari yetaklaydigan oqibatlardan, yuz berishi mumkin bo'lgan tanazzuldan, xatardan, yo'qotishlardan ogoh qiladi. Insoniyatni odam qiyofasini yo'qotishdan qaytarishga urinadi. Asarni o'qib, beixtiyor o'ylab qolasan: bugungi kun odamining qiyofasi asar qahramonlariga qanchalik yaqin, qanchalik uzoq?! Ularga qay darajada o'xshaymiz, qay darajada farqlimiz?!. Afsuski, ularga tobora yaqinlashib, o'xshab borayotgandekmiz. Quyida asardan ayrim iqtiboslarni keltirishni joiz deb bildim. Ular sizda ham asar mutolaasiga ishtiyoq uyg'otsa, kundalik tashvishlar va odatiy o'y-xayollaringizdan birozgina chalg'ib, tafakkur qilishga undasa, ajab emas. Maktablar tadqiqotchilar, tandiqchilar, olimlar, san'at mutaxassislari o'rniga tobora ko'proq yuguruvchilar, sakrovchilar, suvoriylar, suzuvchilar, motorlarni kavlashtirishga ishqibozlar, uchuvchilar, avtopoygachilar chiqara boshlaganidan keyin, «intellektual» so'zi haqoratomuz so'zga aylandi. Shunday bo'lishi ham kerak. Inson har qanday chegaradan chiqishlarni qabul qilavermaydi. Hamma bir xil bo'lmog'i kerak. Konstitutsiyada aytilganidek, tug'ilgandan ozod va teng bo'lmasdan, hamma teng bo'lishi kerak. Odamlar xuddi ikki tomchi suvdek bir-biriga o'xshasin: o'shanda hamma baxtli bo'ladi, chunki ulug'lar ham, ularning yonida o'zlarining arzimas odam ekanini his qiluvchi o'zgalar ham bo'lmaydi. O'shanda, agar odamlar faqat shahvoniy o'pichlar va shafqatsiz olishuvlar haqida o'qisa, qanchalik yuvoshroq bo'lishini anglagan hukumatimiz siz olov ishqibozlarini chorlab hammasiga nuqta qo'ydi. Agar inson siyosatdan norozi bo'lmasin desang, masalani ikki tomonini ko'rishiga yo'l qo'yma. Bir tomonini ko'rsa bas, hech narsa ko'rmasa undan yaxshi. Odamlarning miyasini raqamlar bilan to'ldiring, ko'ngliga urmaguncha jo'n faktlardan boshlang, qarabsizki, o'zlarini juda bilimdon his qila boshlaydilar. Kafolatlarni talab etmang. Insondanmi, mashinadanmi yoki kutubxonadanmi, najot kutib o'tirmang. Dunyoni qutqarib qolishi mumkin bo'lgan narsani o'zingiz yarating, bordi-yu, bu yo'lda cho'kib ketsangiz ham, jilla bo'lmasa sohilga qarab suzganingizni anglaysiz. Muqaddamxon Saidrasulova — iqtisodchi, «Gazeta.uz» kolumnisti.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda limondan tayyorlanadigan pishiriqlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Bu keks uchun kerakli masalliqlarning hammasi bitta idishga solinadi, mikserda ko'pirtirilib, gaz pechida pishirib olinadi. 40 daqiqadan so'ng esa mazali yegulikdan bahramand bo'lish mumkin. Bu mashhur amerikancha shirinlik bo'lib, ushbu pishiriqlar yumshoq qumoq xamir va shirin va nordon asosdan iborat. Ularni tayyorlash qiyinchilk tug'dirmaydi, natijasi esa albatta sizni qoniqtiradi. Eng oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan limonli pechenelarning ichi yumshoqina bo'lib pishadi ta'mi esa sizni lol qoldirishi aniq. Limonning nordongina ta'mi bilan juda ham mazali chiqadigan bu pishiriq barchaga yoqadi degan umiddamiz. Limon va vanilning nozik hidlari bilan xushbo'ylashgan — ushbu keks hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. Ushbu pishiriqda mayin qumoq xamir, limon va olchali murabbolarining yorqin ta'mlari ajoyib tarzda uyg'unlashadi. Ayniqsa sovuq mavsumda choy ichish uchun ideal qo'shimcha. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Gazeta.uz» 2022 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o'zgarishlar ro'yxatini taqdim etadi. Dayjest Adliya vazirligi ma'lumotlari asosida tayyorlandi. Quyida ularni to'liqligicha e'tiboringizga havola etamiz. Prezidentning [ PQ-83-son ] qaroriga muvofiq, 1 fevraldan fuqarolaro'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida o'z xonadonida baliq yetishtirishni yo'lga qo'yishi mumkin. Qolaversa, ushbu sanadan boshlab 2025 yilning 1 yanvarigacha baliqchilikni intensivlashtirish uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar va texnologiyalar (aerator, basseyn, avtokormushka, UZV) hamda qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan, biroq daromadining 80 foizidan ortig'ini ushbu uskunalarni ishlab chiqarishdan oladigan subyektlar uchun foyda solig'i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag'lardan olingan foizlardan tashqari), yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi. Prezident [ PQ-81-son ] qarori bilan 1 fevraldan eksperiment tariqasida o'z faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha reyting baholash tizimi joriy qilinadi. 2022 yil 1 iyuldan esa barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi. Prezident [ PQ-57-son ] qaroriga ko'ra, 1 fevraldan boshlab Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tasarrufida professional ta'lim muassasalari bo'lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda barcha hududlardagi kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda nogironligi bo'lgan shaxslarni kasb-hunarga o'rgatish bo'yicha har chorakda qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi. Bunda, qisqa muddatli kurslarning o'quv dasturlari mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblarni inobatga olgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, O'zbekiston nogironlar jamiyati, O'zbekiston ko'zi ojizlar jamiyati hamda O'zbekiston karlar jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi. Hukumat [ 34-son ] qarori asosida 1 fevraldan ta'lim tili rus tili bo'lmagan umumta'lim muassasalarda (sinflar) ishlayotgan S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o'qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab 2 yil davomida ustama to'lanadi. Bunda ustama o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida bo'ladi. Bunda rus tili bo'yicha Test of Russian as a Foreign Language (TORFL) xalqaro sertifikatining C1 darajasi, «Test po russkomu yazыku kak inostrannomu» (TRKI) xalqaro sertifikatining TRKI 3 darajasi, «Test po russkomu yazыku kak inostrannomu» xalqaro sertifikatining S1 darajasi hamda Common European Framework of Reference (CEFR) metodikasi bo'yicha S1 darajadagi sertifikatlar o'zaro muvofiq hisoblanadi. Prezident [ PQ-5252-son ] qarori bilan 2022 yil 1 fevraldan boshlab to'lov tashkiloti, tijorat banklarining elektron to'lov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali), shuningdek, elektron tijorat platformalari — «Marketpleys"-larning axborot tizimlari yordamida masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlar bo'yicha tranzaksiya-larning («P2P», kredit to'lovlari bundan mustasno) elektron cheklarida soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiyalashgan va avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi o'rnatilsin. Prezident [ PF-52-son ] farmoniga ko'ra, moliya vaziri Timur Ishmetovga 2022 yil 1 fevraldan 2023 yil 1 yanvarga qadar Turizm va sportni qo'llab-quvvatlash jamg'armasiga har oyda 2,5 mlrd (jami 27,5 mlrd) so'm miqdoridagi qo'shimcha transfertlar Davlat budjetidan ajratilishini ta'minlash yuklatilgan. Prezident [ PQ-76-son ] qaroriga asosan 1 fevraldan boshlab viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimi tashkil etiladi. Toshkent shahri va uning tumanlari hokimlarining arxitektura, kapital qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimi tugatilib, qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimi kiritiladi. VM apparati tuzilmasidaa 3 nafar xodimdan iborat bo'lgan Ekologik nazorat bo'limi tashkil etiladi. Prezident [ PF-55-son ] farmoni muvofiq, 1 fevraldan mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda ro'yxatdan o'tkazish xarajatlarining 75 foizi Farmatsevtika tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg'armasidan qoplab beriladi. Buning uchun ular ro'yxatdan o'tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etish kerak bo'ladi. Hukumat [ 34-son ] qarori bilan 2024 yil 1 yanvargacha Toshkent va Samarqand shaharlarida faoliyat yuritadigan nodavlat ta'lim tashkilotlari:
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda to'yimli salatlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Kartoshkali salat — mazali va to'yimli bo'ladi. Bunday salatni ham iliq, ham sovuq holida iste'mol qilish mumkin. Agar sizning ovqatlanish ratsioningizda oqsil kamlik qilayotgan bo'lsa, unda makkajo'xori va pishloqli salat tayyorlashingizni maslahat beramiz. Qo'ziqorin, bodring va tuxumdan tayyorlangan salat juda mazali va to'yimli bo'ladi . Faqat uchta asosiy ingrediyent va tayyorlash uchun ozgina vaqt zarur — qarabsizki, tushlik yoki kechki ovqat uchun ajoyib yegulik tayyor. Qaynatilgan kartoshka va vetchinadan tayyorlanadigan bu salat Germaniyada juda ham mashhur bo'lib, tayyorlanilishi oddiy bo'lsada, ammo ta'mi juda ham mazali. Yengil, ammo shu bilan birga to'yimli bunday salat tushlik va kechki taom o'rnini bemalol egallaydi. Shuningdek, bu salatni tayyorlash hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi. 3 xil masalliq talab etiladigan juda mazali salatni uyda tayyorlab ko'rishni tavsiya qilamiz . Go'sht, qo'ziqorin va rukkoladan tayyorlanadigan bu salat ovqatning o'rnini bemalol bosa oladi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
2022 yil boshiga kelib Toshkent shahridagi jamoat transporti yo'lovchilarining deyarli 50 foizi naqdsiz yo'lkira tariflariga o'tdi, deya xabar berdi ATTO avtomatlashtirilgan to'lov tizimi operatori. 1 dekabrdan boshlab esa metro faqat kartalar yoki bir martalik chiptalarni qabul qila boshladi . Yo'nalishli taksilarda ham kartalar qabul qilina boshlandi. Transport kartalariga talab ortib borayotganiga qaramay, ba'zi foydalanuvchilar o'z balanslarini to'ldirishda muammolarga duch kelishmoqda. Tig'iz soatlarda metro kassalari va ATTO kartalari sotiladigan kiosklarda katta navbatlar yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan balansni mustaqil ravishda tezda to'ldirishning turli usullari mavjud. «Gazeta.uz» navbatlarda turmaslik va vaqtni tejash uchun nima qilish mumkinligi to'g'risida hikoya qiladi. Eng yaqin info-kiosk orqali transport kartasi balansini tezda to'ldirishingiz mumkin. Infokiosklar xaritasi atto.uz sayti va ATTO.Uz ilovasida ( PlayMarket va AppStore , «Kiosklar» bo'limi) mavjud. Xizmat ko'rsatish tilini tanlagandan so'ng, «Xizmatlar uchun to'lov» bo'limiga o'ting va ekrandagi operatorlar ro'yxatidan «ATTO kartasini to'ldirish» bandini tanlang. So'ngra old tomonda ko'rsatilgan transport kartasining raqamini kiriting. So'ng to'lov usulini tanlang: naqd pul yoki UzCard. Ko'pgina infokiosklar faqat naqd pulni qabul qiladi. Naqd to'lash. So'rovdan so'ng, pul qabul qiluvchiga kerakli miqdordagi mablag'ni kiriting va «To'lash» tugmasini bosing. UzCard orqali to'lash. Kartangizni karta kiritiladigan joyga joylashtiring va PIN kodni kiriting. Hisobni to'ldirish miqdorini belgilang va «To'lash» tugmasini bosing. To'lovni amalga oshirgandan so'ng, bank kartangizni olishni unutmang. Ikkala holatda ham pul hech qanday komissiyasiz darhol ATTO kartasiga o'tkaziladi. «To'lov» sahifasini oching va operatorlar ro'yxatiga ATTO ni kiriting. ATTO belgisini bosgandan so'ng, transport kartasining raqamini kiriting va «Davom etish» tugmasini bosing. So'ng ekranda kartaga o'tkazmoqchi bo'lgan mablag' miqdorini kiriting va yana «Davom etish» tugmasini bosing. To'lov uchun kartani tanlang va «To'lash» tugmasini bosing. ATTO kartasi balansi bir zumda to'ldiriladi, komissiya hisobga olinmaydi. Bonus sifatida Click 1% keshbekni sizga qaytaradi: kartani 10 ming so'm bilan to'ldirsangiz, 100 so'm keshbek sizga qaytadi. «To'lov» sahifasiga o'ting va qidiruv satriga ATTO ni kiriting, so'ng operator belgisini bosing. Transport kartasi raqamini kiriting va «Keyingi» tugmasini bosing. ATTO kartangizni to'ldirmoqchi bo'lgan mablag' miqdorini kiriting va «Keyingi» tugmasini bosing. So'ng ekranga to'lov uchun bank kartasini tanlang, barcha ma'lumotlarni ikki marta tekshiring va tasdiqlash uchun «To'lash» tugmasini bosing. Qulaylik uchun ATTO kartasi raqamini ilovada saqlab qo'yishingiz mumkin, shunda har safar hisobni to'ldirishda uning raqamini kiritishingizga hojat qolmaydi. Buning uchun «Mening kartalarim» bo'limiga o'ting va «+» yangi kartani qo'shish belgisini bosing. So'ng karta raqami va amal qilish muddatini kiriting va «Davom etish» tugmasini bosing. «To'lov» sahifasiga o'ting va qidiruv satriga ATTO ni kiriting, so'ng operator belgisini bosing. Keyin transport kartasi raqami hamda to'ldirmoqchi bo'lgan mablag' miqdorini kiriting va «Davom etish» tugmasini bosing. So'ngra ekranda to'lov uchun bank kartasini tanlang, barcha ma'lumotlarni ikki marta tekshiring va tasdiqlash uchun «To'lash» tugmasini bosing. ATTO.Uz ilovasiga bir vaqtning o'zida bir nechta transport va bank kartalarini qo'shishingiz mumkin. Misol uchun, bir joydan turib balansni kuzatish va to'ldirish uchun barcha oila a'zolarining ATTO kartalarini bitta ilovaga qo'shishingiz mumkin bo'ladi. Ilova, shuningdek, karta yo'qolganida uni blokirovka qilish imkonini beradi. Ammo balansni yangi kartaga o'tkazish uchun ATTO ofisiga murojaat qilishingiz talab etiladi. Transport kartasini qo'shish . Ilovaning asosiy ekranida «Transport kartasini qo'shish» tugmasini bosishingiz kerak, so'ngra ATTO kartasining raqami va amal qilish muddatini kiritasiz va «Qo'shish» tugmasini bosasiz. Shundan so'ng SMS-xabarda yuboriladigan tasdiqlash kodini kiritishingiz kerak bo'ladi. Kartani qo'shganingizdan so'ng uning balansini kuzatishingiz yoki yo'qolgan bo'lsa, bloklashingiz mumkin bo'ladi. SMS-xabarnoma xizmatini ulash . Ko'proq xavfsizlik va karta yo'qolganidan keyin uni qayta tiklash imkoniyatiga ega bo'lish uchun SMS-xabarnoma xizmatini ulashingiz kerak bo'ladi. Buning uchun telefoningizda NFC moduli yoqilgan bo'lishi kerak: bu tizim allaqachon ko'pchilik zamonaviy smartfonlarga o'rnatilgan. Muhim : hozirda NFC moduli orqali SMS-xabarnoma xizmatini faqat Android smartfonlarida ulashingiz mumkin. Xizmatni faollashtirish uchun NFC moduli yoqilgan telefonda ilovadagi asosiy menyu belgisini bosing (sariq rangdagi doira ichida) va «SMS-xabarnoma» bo'limini tanlang hamda «Ulanish» tugmasini bosing. Kartaning raqami va amal qilish muddati avtomatik ravishda o'qib chiqilganidan so'ng, «Keyingi» tugmasini bosing. So'ng mobil telefoningizga xabarda yuborilgan kodni kiriting va «Tasdiqlash» tugmasini bosing. Natijada, karta telefon raqamingizga ulanadi. Bank kartasini qo'shish nega kerak? Ilovada so'mdagi bank kartangizni biriktirishingiz mumkin. Buning natijasida har safar hisobni to'ldirishdan oldin uning raqamini kiritishingizga hojat qolmaydi. Buning uchun dasturning asosiy menyusidagi «Bank kartalari» bo'limini tanlang va yuqori o'ng burchakdagi karta belgisini bosing (qizil rangdagi doira ichida). UzCard karta raqamini, uning amal qilish muddatini ko'rsating va «Qo'shish» tugmasini bosing. Agar bog'langan telefon raqami karta egasining raqamiga to'g'ri kelsa, karta darhol ilovaga qo'shiladi. Aks holda, SMS-xabar orqali yuborilgan tasdiqlash kodini kiritishingiz talab etiladi. Balansni kuzatish va to'ldirish. Joriy balans ilovaning asosiy sahifasida biriktirilgan ATTO kartasida ko'rinadi. Uni to'ldirish uchun yashil «Balansni to'ldirish» tugmasini bosing. Keyin, to'lamoqchi bo'lgan bank kartasini tanlang, to'ldirish miqdorini kiriting va «To'lash» tugmasini bosing. Keyingi ekranda to'ldirish miqdorini tekshiring va yana «To'lash» tugmasini bosing. Telefon raqamiga tasdiqlash kodi bilan SMS-xabar yuboriladi. Uni kiritgandan so'ng, karta balansi darhol to'ldiriladi. ATTO transport kartasining joriy qoldig'ini istalgan to'lov ilovasida (Click, Apelsin, Payme, Paynet va boshqalar) yoki ATTO.Uz ilovasida ko'rishingiz mumkin. To'lov ilovalari orqali balansni ko'rish. To'lov sahifasidan ATTO ni tanlang va transport karta raqamingizni kiriting. So'ngra «to'lov tafsilotlari» punkti orqali joriy qoldiqni ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Agar Apelsin ilovasiga ATTO kartasini qo'shsangiz, uning balansi darhol «Mening kartalarim» bo'limida ko'rinadi. ATTO.Uz ilovasi orqali balansni ko'rish. Yuqoridagi qo'llanmaga ko'ra, ilovaga ATTO kartasini qo'shing. Har bir ATTO kartasining qoldig'i ilovaning asosiy ekranida ko'rsatiladi.
advice
"Gazeta.uz" pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda bayramona pechenyelar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Ushbu sehrli pechenyelarni tayyorlaganingizda, ichiga bashorat qiluvchi qog'oz o'rniga har xil maqtovlar yoki sevgi izhorini yozishingiz mumkin. Bunday pechenyelar bilan yoqtirgan insoningizni hayratda qoldirishingiz aniq. Bu pechenyelarni erta tongda sevgan insoningiz uchun qahva yoki choy bilan berishingiz mumkin. Agar sevgan insoningiz bayram haqida unutib qo'ygan bo'lsa, ushbu yurakcha shaklidagi pechenyelar unga yaxshigina ishora bo'la oladi. Yurakchasimon shakllardagi mazali va og'izda erib ketuvchi pechenyelardan tayyorlab ko'ring, sizga albatta yoqadi. Tayyorlash jarayonida bizni tavsiyalarimizga amalga qiling: Chiroyli qutichalarga qog'oz sochiqdan to'shab, ichiga yurakchasimon pechenelardan soling va sevimli insonlaringizni ular bilan siylang. Vanil ta'mli qaynatma krem bilan boyitilgan yurakchasimon pechenyelarning batafsil tayyorlanish retseptini taqdim etamiz . Ularni chiroyli qutichalarga solib, sovg'a sifatida yaqin insonlaringizga taqdim etishingiz ham mumkin. Ushbu retsept bo'yicha siz mazali, uvalanib ketuvchi va eng muhimi noodatiy pechenyelarga ega bo'lasiz. Bundan tashqari, "yurak" shaklidagi bunday pechenye sizning yaqinlaringizga yoqimli sovg'a bo'la oladi. Pechenyelar juda oddiy va mazali bo'lib, ularni tayyorlash uchun faqatgina odamcha va yurakcha shaklida kesish uchun mo'ljallangan qolipchalar kerak bo'ladi. Bunday pechenyelarni paketchalarga solib, yaqin insonlaringizga sovg'a tariqasida berishingiz mumkin. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda to'yimli taomlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Peremyach — belyashi kabi taniqli taom bo'lib, ular shakli jihatidan o'xshash, farq faqat o'rtada qoldiriladigan teshikda. Peremyachlarni borshga qo'shimcha sifatida yoki bayram dasturxoniga tortish mumkin. To'yimli, ishtaha ochar va tayyorlanishi juda oson bo'lgan ushbu pirogni xohlagancha pishirish mumkin. Ushbu pirog tez va muzlatgichda mavjud bo'lgan mahsulotlardan tayyorlanadi. Yupqa — bu o'ziga xos an'anaviy taom. Qovurishning g'ayrioddiy usuli tufayli siz taniqli mahsulotlardan mazali va to'yimli taom tayyorlashingiz mumkin bo'ladi. Bedana tuxumi ushbu taomga o'zgacha ta'm taqdim etib, uni yanada mazaliroq qiladi. Mahsulotlar oddiyligiga qaramasdan, taom noodatiy va qiziqarli bo'lib chiqadi. Ushbu « uyachalar » oddiy kotletlarning o'rnini bosuvchi ajoyib taom bo'lib, ular juda mazali va sersuv holda pishadi. Gaz pechida pishirilgan kartoshka va go'shtli frikadelkalar — oilaviy tushlik yoki kechki ovqat uchun ajoyib variant. Ushbu taom juda mazali va xushbo'y bo'lib chiqadi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda quymoqlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Kefir va qaynagan suvda pishirilgan quymoqlar nafaqat mazali, balki juda foydali ham hisoblanadi. Bunday pishiriq ajoyib nonushta yoki yengilgina kechki taom o'rnini bemalol bosa olishiga shubha yo'q. Fransiyaning klassik deserti «Krep syuzett» quymoqlari — apelsin qaylasi bilan tortiq qilinadi. Shu bois ham ular mazali, xushbo'y va yupqa bo'lib pishadi — ta'tib ko'rish tavsiya qilinadi. Sutda pishirilgan quymoqlar — haqiqiy uy taomlaridan biri hisoblanadi. Ularni nonushtaga yoki desert sifatida dasturxonga tortishingiz mumkin. «Nuqta-nuqta» ko'rinishga ega noodatiy quymoqlar — istalgan «nachinka» bilan mos keladigan ajoyib desertdir. Ushbu quymoqlar nafaqat noodatiy ko'rinishga ega, balki har safar siz kutgandek chiroyli ko'rinishda tayyor bo'ladi. Xamirturush solib pishiriladigan quymoqlar juda yaxshi shishib pishadi. To'g'ri, ularni tayyorlash uchun anchagina vaqt sarflash lozim, ammo natijasi shunga arziydi. Bu safargi mayin va yumshoq quymoqlarimizga shivit (ukrop) va pishloqdan solib pishirdik. Bunday quymoqlar ichiga qo'shimcha «nachinkalar» solish talab etilmaydi, chunki ularning o'zi sersuv bo'lib pishadi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Gazeta.uz» 2022 yil 1 martdan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o'zgarishlar ro'yxatini taqdim etadi. Dayjest Adliya vazirligi ma'lumotlari asosida tayyorlandi. Quyida ularni to'liqligicha e'tiboringizga havola etamiz. Prezident 2021 yil 30 noyabrda imzolagan [ O'RQ-734-son ] qonunga asosan haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi bo'lganida quyidagi hujjatlarni olib yurishi talab etilmaydi: Bunda, ushbu hujjatlar mavjudligi YPX xodimi tomonidan elektron tizim orqali mustaqil tekshiriladi. Respublika maxsus komissiyasining 23 fevraldagi qaroriga muvofiq, 1 martdan e'tiboran O'zbekistonda niqob taqib yurish majburiyati talabi bekor qilindi. «Chunki mana viloyatlarda ham defakto hech kim niqob taqmay qo'ydi», — dedi bosh vazir Abdulla Aripov. Qolaversa, jamoat transporti, bozorlar, ta'lim muassasalari, teatr, muzeylar, masjidlarda niqob taqish tavsiyaviy xarakterga ega bo'ladi. Hukumat rahbari shuningdek, ushbu qarorni niqob taqmaganlik uchun fuqarolarni jarimaga tortishni huquqiy jihatdan to'xtatish uchun zarurligi bilan izohladi. Prezidentning 2022 yil 28 yanvardagi [ PF-58-son ] farmoni bilan uy-joy kommunal xizmatlar haqini to'lash bo'yicha imtiyozlar o'rniga oylik kompensatsiya pul to'lovlari, uni olish huquqiga ega bo'lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat'i nazar to'lab boriladi. Ijtimoiy nafaqa oluvchi o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz shaxslarga kompensatsiya to'lovi joriy etiladi. Bunda, har oylik kompensatsiya to'lovi — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi (130 050 so'm) miqdorida to'lanadi. Yoshi 100 ga to'lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (289 ming so'm) miqdorida qo'shimcha to'lov belgilanadi. Bunda, qo'shimcha to'lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika budjeti va budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi. Prezidentning 2021 yil 21 dekabrdagi [ PQ-57-son ] qaroriga binoan Soliq kodeksining 380-moddasi birinchi qismiga muvofiq bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar uchun daromad solig'i bo'yicha belgilangan imtiyoz mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1,41 baravaridan 3 baravarigacha oshiriladi. 2024 yil 1 martga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg'armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan nogironligi bo'lgan shaxslar uchun to'langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to'liq qaytarib beriladi. Bunda, ijtimoiy soliq summasi nogironligi bo'lgan shaxslarning olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi. Prezidentning 2021 yil 15 dekabrdagi [ PQ-52-son ] qaroriga ko'ra, meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer xo'jaliklariga — eksport shartnomasi mavjud bo'lib, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug'urtalash xizmatidan foydalanganda to'langan sug'urta mukofotining 50 foizi, biroq sug'urta pulining 1 foizdan ortiq bo'lmagan qismi qoplab beriladi. Meva-sabzavotchilik klasterlariga (kooperatsiyalarga) — xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq bir oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan qismi Qishloq xo'jaligi vazirligining tuman bo'limlari orqali kompensatsiya qilinadi. Prezidentning 2022 yil 19 yanvardagi [ PQ-92-son ] qaroriga asosan barcha mahallalarda joriy etilgan Ëshlar yetakchisi tavsiyasi bilan o'ziga tegishli hududdagi yoshlarga 13 turdagi yordam, jumladan ijtimoiy qiyin ahvolga tushib qolgan yoshlarga moddiy yordam va subsidiya ajratishda ko'maklashiladi. Qolaversa, yosh oilalarga imtiyozli kredit olib berish, nodavlat ta'lim kurslarida o'qish, nogironligi bo'lganlarni qo'llab-quvvatlashga subsidiyalar ham beriladi. Hukumatning 2021 yil 15 oktyabdagi [ 645-son ] qarori bilan quyidagi xizmatlar YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ko'rsatiladi: Prezidentning 2021 yil 31 dekabrdagi [ PQ-76-son ] qaroriga muvofiq, davlat organlari, muassasalari va korxonalari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va ko'p kvartirali uy-joylar mulkdorlariga ular egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) bo'lgan yer uchastkalari quyidagi shart va majburiyatlar bilan ularga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi: Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladigan yer uchastkalarida bino, inshoot, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish hamda yengil konstruksiyali obyektlarni o'rnatish va qurish taqiqlanadi. Prezidentning 2022 yil 21 fevraldagi [ PQ-139-son ] qaroriga asosan boshlab barcha yuridik shaxslarga O'zbekistonda ishlab chiqarilgan sement, sement klinkeri va qurilish oynalarini to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida cheklovlarsiz (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat beriladi. Shuningdek, 2024 yil 1 yanvarga qadar Eksportni rag'batlantirish agentligi tomonidan mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga (ularning vakolatli vakillariga) qurilish materiallarini barcha mamlakatlarga, shu jumladan chegaradosh davlatlarga avtomobil, temir yo'l va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 yanvardagi [ 28-son ] qaroriga ko'ra, IIV «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi. Uning o'rniga tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo'qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatilishi boshlanadi. Shuningdek, yo'qolgan ashyolarni qidirish bo'yicha murojaatlar YAIDXP orqali ham qabul qilinishi yo'lga qo'yiladi. Prezidentning 2021 yil 5 iyuldagi [ PF-6256-son ] qarori bilan sud ekspertlari va ekspertiza to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma'lumotlarni yetkazish, ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta'minlash uchun mo'ljallangan «E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi. Prezidentning 2022 yil 21 fevraldagi [ PQ-138-son ] qaroriga binoan yer uchastkalaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytiriladi: Bunda mazkur so'rovlar 5 ish kunida majburiy tartibda ko'rib chiqilib, qurilishi boshlangan bino va inshootlarga ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud yoki mavjud emasligi to'g'risida ma'lumot taqdim etiladi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari so'rovlar asosida olingan ma'lumotlarni o'z binosida barcha fuqarolar uchun ko'rinarli bo'lgan joyda joylashtiradi hamda aniqlangan noqonuniy holatlar bo'yicha ma'lumotlarni bir kunlik muddatda yer sohasida nazoratni amalga oshiruvchi organlarga taqdim etadi.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda yengil salatlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Yengil va nafis ko'rinishli bu salat har qanday dasturxonga fayz bag'ishlashi shubhasiz. Eng oddiy masalliqlardan oliy ta'mli salat retsepti. Ba'zi bir ziravorlar solinishi sabab ham salat betakror ta'mni o'zida mujassam etadi va bir necha daqiqa ichida tayyor bo'ladi. Sabzavotlardan tayyorlanilgan bu salat jude yengil bo'lib, ozdirish xususiyatiga ham ega. Bir vaqtning o'zida ham qarsildoq va mayin ta'mni o'zida aks ettiruvchi bu salat kechki taom uchun ham, bayram stoli uchun ham ajoyib tanlov bo'la oladi. Meksikancha salat yozgi ratsion uchun juda qo'l keladi. Juda yorqin va ishtahaochar bu salat vitaminlarga boyligi bilan sizni xursand qiladi. Bu salat uncha ko'p masalliqlarni talab qilmaydi, unga kerakli mahsulotlar deyarli hammaning muzlatgichidan topiladi. Oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan, ammo juda mazali va yengil salat retseptini qarshi oling! Ayniqsa bunday salat ozishni xohlovchilar uchun ayni muddao bo'ladi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda tovuq go'shtidan taomlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Bunday taomni tayyorlash juda maroqli va qiziqarli. Tovuq go'shti, baqlajon va motsarella pishlog'i uyg'unlashuvi juda mazali ta'mni hosil qiladi. Ushbu taomni bizning retseptimiz bo'yicha albatta tayyorlab ko'ring. Kechki ovqat yoki tushlik uchun oltin rangli kartoshka va sersuv tovuq go'shtiga to'la taom yarating. Qaymoqli qaylada pishiriladigan tovuq filesi juda tez tayyor bo'ladi. Bunday taom takrorlanmas ta'mga ham ega bo'lib, bir martadayoq ko'nglingizga yoqishi shubhasiz. Ko'zachalarda tayyorlanadigan bu taom juda mazali bo'lib, ajoyib ko'rinishi bilan ko'pchilikni qiziqtirsa ajab emas. An'anaviy taomni tayyorlashning yana bir oson usulini e'tiboringizga taqdim etamiz. Bunday xonim oddiy masalliqlardan tayyorlanib, ammo tugilish usuli siz uchun noodatiy bo'lishi aniq. Bu taomda tovuq oyoqchalari grechka va sabzavotlar bilan bir idishda o'z ta'mini uyg'unlashtirgan holda pishiriladi. Bunday taom siz va oila a'zolaringiz uchun ajoyib topilma bo'la oladi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
O'zgidrometeorologiya ma'lumotlariga ko'ra, mart oyining ilk o'n besh kunligida ketma-ket yog'ingarchiliklar bo'lishi hisobiga Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 12−15 mm, Farg'ona vodiysi viloyatlarida 18−20 mm, respublikaning qolgan hududlarida 20−40 mm, tog'li va tog'oldi hududlarda esa 50−60 mm dan ortiqroq yog'ingarchilik kuzatilgan. Qishloq xo'jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xodjayeva AOKAda o'tkazilgan brifingda mamlakatda kuzatilayotgan yog'ingarchiliklarning qishloq xo'jaligiga ta'siri bo'yicha berilgan savollarga javoblar berdi . Quyida vazirlik mutaxassislari tomonidan tayyorlangan ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etamiz. Mart oyining birinchi o'n besh kunligida tuproqning 10 sm chuqurligida harorat o'rtacha 7 daraja iliqni ko'rsatgan. Ya'ni ertalab soat 5 da 6 daraja, kech soat 17 da 8 darajaga teng bo'lgan. Boshoqli don yetishtirishda: Shuningdek, tuproqning haydov qatlami namga to'yinadi, g'alla maydonlarining har gektariga bir marta sug'orish uchun sarflanadigan 750−900 metr kub suv iqtisod qilinadi. Buning hisobiga suv omborlariga yillik iste'mol uchun suv zaxiralari yig'iladi. Bugungi kundagi ob-havo sharoiti qishloq xo'jaligi ekinlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinmi? G'alla maydonlarida erta bahorgi azotli o'g'itlar bilan oziqlantirilgan bo'lsa, rivoji tezlashadi, ammo ozuqa yetarli bo'lmagan maydonlarda g'alla nihollarining rivoji susayadi hamda unib-o'sishga quvvat yetmaganidan sarg'ayib ketish extimoli mavjud. Erta bahorda havoning nisbiy namligi 60 foizdan yuqori bo'lib, o'rtacha kunlik havo harorati 7−15 daraja iliq bo'lganda, sariq zang kasalligi, agar ushbu namlikda o'rtacha kunlik havo harorati 15−25 daraja bo'lganda esa qo'ng'ir zang kasalligi keng tarqalishiga sharoit yaratiladi. Seryog'in kelgan yillarda g'allazorlarda zamburug'li kasalliklar (sariq va qo'ng'ir zang, un shudring, septorioz, ildiz chirish) keng tarqalishi ko'p yillik tajribalarda kuzatilgan. Erta bahordagi yetarli namlik va nisbatan issiq ob-havo g'allazorlarda begona o'tlarning jadal rivojlanishiga olib keladi. Tinimsiz yog'ingarchilikning kuzatilganda boshoqli don yetishtirishda qanday choralar ko'rilishi zarur? G'alla maydonlarida sug'orishni tartibga solish lozim. Agarda sug'orishga e'tiborsizlik qilinadigan bo'lsa, dala sharoitida namlik yuqori bo'lib, g'alla maydonlarida zamburug'li kasalliklar va turli xil begona o'tlarning rivojlanishiga imkon yaratiladi. Sizot suvlari yaqin joylashgan hamda havoning nisbiy namligi yuqori bo'lgan hududlarda kasalliklarning oldini olish uchun doimiy kuzatuv ishlari olib boriladi. Respublika hududlarida bugungi kun sharoitida, g'allachilikdagi zararning oldini olish maqsadida zang va boshqa kasalliklarga, begona o'tlarga hamda zararkunanda hashoratlarga qarshi kimyoviy kurashish uchun 1,5−2 marta to'liq ishlov berishga yetarli kimyoviy vositalar zazirasi yaratilgan. Dalaga chiqish imkoniyati bo'lishi bilan g'alla maydonlarida to'liq profilaktik ishlov berish ishlari amalga oshiriladi. Mart oyida ob-havo seryog'in kelganda chigit ekish ishlari qanday tashkil etiladi? Tuproqda namlikning me'yordan ko'p to'planishi chigit ekiladigan maydonlarda tuproqning namlik rejimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, chigit ekish uchun kuzda shudgor qilib qo'yilgan maydonlarda yerda namlik zaxirasi oshib, chigitni tuproqning tabiiy namligida undirib olish imkonini beradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining 440 ming gektardan ortiq sho'ri yuviladigan paxta maydonlarida bahorgi yog'in-sochin suvlaridan sho'r yuvish ishlarida foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda, tuproqning mexanik tarkibi va yerlarning sho'rlanish darajasidan kelib chiqib, sho'r yuvish uchun olingan pollar yomg'ir va sel suvlari bilan to'lib, qariyib bir martagacha sho'r yuvish uchun sarflanadigan daryo suvlarini tejalishiga erishiladi. Bundan tashqari, respublika bo'yicha 332 ming gektar pushta olib, nam suvi berib chigit ekiladigan Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Jizzax, Farg'ona, Samarqand va Navoiy viloyatlari hududlarida kuzda va erta bahorda olib qo'yilgan pushtalar yomg'ir suvi bilan to'lib, tabiiy namlik zaxirasi yaratiladi. Lekin ketma-ket yog'in yog'ishi hisobiga bahorgi dalada bajariladigan agrotexnik tadbirlar yer tekislash, pushta olish, pushtani sug'orish, ekish oldi yerga ishlov berish (boronalash) va ekish ishlarini maqbul muddatlardan kechikadi. Shu bois: Mevali bog' va daraxtlar hamda tokzorlarga yog'ingarchilikning ta'siri qanday? Respublikada barcha toifa xo'jaliklarida jami 337 ming gektar bog' va 182 ming gektar uzumzorlar mavjud. Tinimsiz har kuni yog'ayotgan yomg'ir bugungi kunda gullash fazasiga kirgan o'rik, shaftoli, bodom bog'lari hosildorligiga zarar yetkazmaydi. Faqat changlanish muddatini sekinlashtirishi mumkin. Qolgan mevali bog'larda bugungi kunda gullash fazasida emasligi sababli zarari kuzatilmaydi. Aksincha, oxirgi 2020−2021 yilda yangi barpo etilgan 88 ming gektar mevali bog' va 75 ming gektar uzumzorlarga tuproqdagi namlik hisobiga ildiz tizimi yaxshi rivojlanishiga katta foydasi bor. Ayniqsa lalmi yerlarda parvarishlanayotgan bog'larning yer osti suvlarining zaxirasi ta'minlanadi.
advice
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda Navro'z bayrami dasturxoni uchun tayyorlanadigan yeguliklar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Ushbu palovni bejizga « bayramona » deb atashmaydi — axir bu taom bayram dasturxonining ko'rki hisoblanadi. Ammo palovni mazali qilib pishirish uchun sizga bizga ma'lum bo'lgan bir nechta sirlar as qotishi mumkin. Ko'katli somsani faqatgina qatlamali xamirdan tayyorlash shart emas. Yupqa qilib yoyilgan oddiy xamirdan u yanada mazaliroq bo'lib pishadi. Uning ichidagi asosidan rohatlanishingizga esa hech nima halaqit qila olmaydi. Oddiy masalliqlar solinadigan taomni umuman boshqa ko'rinish va ta'mda chiqishini xohlasangiz, unda bizning bu usul aynan siz uchun. Steyk bilan tayyorlangan bunday iliq salatni asosiy taom sifatida ham bemalol iste'mol qilish mumkin. Har xil masalliqlardan foydalanilgani va ajoyib ko'rinishi bilan bu salat hech kimni befarq qoldirmaydi. Ko'pchiligimiz ushbu qarsildoq shirinlikni bolalik paytimizdanoq juda yaxshi bilamiz. Qush tilining retseptari ko'p bo'lib, ularning barchasi shirinlik yumshoq va havodor bo'lib chiqishiga qaratilgan. Qumoq xamirdan tayyorlangan bezeli pirogning ko'rinishi shunchalik g'ayrioddiy-ki, hatto oddiy kunni ham bayramga aylantirib yubora oladi. Uning retsepti juda oddiy, ammo ayrim narsalarni bilib olish zarur. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali kekslar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Har bir uy bekasining muzlatgichida mavjud bo'lgan, oddiy masalliqlardan tayyorlanadigan xushbo'y shokolad isiga ega juda mazali keks . «Keks pishiraymi yoki chizkeyk» deb o'ylanayotgan pazandalarimiz uchun ajoyib yechim. Tvorogli nozik nachinkaga ega shokoladli keks-chizkeyk bir piyola choy yoki qahva uchun ajoyib qo'shimcha bo'la oladi. Smetanadan tayyorlangan « Zebra » pirogi — juda mazali, noodatiy va chiroyli ko'rinishga ega bo'lib pishadi. Bunday pirog o'zining ajoyib ko'rinishi va mazali ta'mi bilan oila a'zolaringiz ko'nglidan joy olishi aniq. Ushbu oson tayyorlanadigan mazali va xushbo'y keks — oilaviy choy ichishlar uchun ayni muddao bo'la oladi. Keksning yorqin rangi esa sizning kayfiyatingizni ko'tarib, energiya bilan to'ldiradi. Agar uyingizga mehmon kelish arafasida bo'lsayu, ammo muzlatgichda masalliqlar yetarlicha bo'lmasa, unda ushbu ajoyib va noodatiy shokoladli keks retsepti sizni qutqarishi mumkin. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Gazeta.uz» 2022 yil 1 apreldan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o'zgarishlar ro'yxatini taqdim etadi. Dayjest Adliya vazirligi ma'lumotlari asosida tayyorlandi. Quyida ularni to'liqligicha e'tiboringizga havola etamiz. Prezidentning 15 martdagi [ PQ-167-son ] qaroriga ko'ra, 1 apreldan boshlab o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz keksalar va yolg'iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog'lomlashtiriladi. Sharoiti og'ir va kam ta'minlangan keksalarga retseptga asosan 3 oylik ehtiyoj asosida dorilar, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi. Og'ir tashxisli kasal hamda nogiron keksalarga shifokorlar retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha summasi kompensatsiya qilinadi. Keksalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun abonement xarajatlari qoplanadi. Davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to'liq qoplab beriladi. Hukumatning 21 fevraldagi [ 78-son ] qarori bilan 1 apreldan UzAuto Motors tomonidan avtomototransportni xarid qilish bo'yicha shartnoma tuzgan shaxsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-ma'lumotni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi. Prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi [ PF-46-son ] farmoniga muvofiq, 1 apreldan boshlab daraxtlarni noqonuniy tarzda kesish holatlari tasvirlangan foto va videolarni birinchi bo'lib yuborgan shaxslarga BHMning bir baravari — 270 ming so'm miqdorida pul mukofoti to'lab beriladi. Huquqbuzarlik haqida xabar berganlarning ma'lumotlari oshkor qilinmaydi. Prezidentning 7 martdagi [ PF-87-son ] farmoniga asosan, tadbirkorlikni yangi boshlayotgan xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 mln so'mdan 10 mln so'mga oshiriladi. «Hunarmand» uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi. 2022 yilda subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo'naltiriladi. Ijarada turgan «Ayollar daftari»ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to'lovining 50 foizi, ko'pi bilan 500 ming so'mgacha kompensatsiya beriladi. Prezidentning 17 fevraldagi [ PF-74-son ] farmoniga ko'ra, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda — 440 ming so'mdan 622 ming so'mgacha oshiriladi . O'zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo'lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo'lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda 500 ming so'm miqdorida parvarishlash nafaqasi joriy etiladi. Prezidentning 7 martdagi [ PF-87-son ] farmoni bilan to'liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog'chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pullik xizmat ko'rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi. Kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o'z huzurida bog'cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi budjetdan qoplab beriladi. Hukumatning 25 fevraldagi [ 89-son ] qaroriga muvofiq, 1 apreldan Toshkent shahrida tibbiyot muassasalari tomonidan o'lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinadi. Buning o'rniga faqat elektron tizim orqali o'lim haqida tibbiy ma'lumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi. Reglamentga ko'ra, o'limni qayd qilish bilan bog'liq kompozit davlat xizmatlari ko'rsatiladi. Tibbiyot muassasasi xodimi — o'lim holati tasdiqlangandan so'ng vafot etgan shaxs haqidagi ma'lumotlarni FHDYO bo'limiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi. Prezidentning 7 martdagi [ PF-87-son ] farmoniga asosan boquvchisini yo'qotgan xotin-qizlarning: Prezidentning 28 yanvardagi [ PF-60-son ] farmoniga ko'ra, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 mln so'mgacha bo'lgan to'lovlari daromad solig'idan ozod etiladi. Bundan tashqari, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1−4-sinf o'quvchilari bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta'minlanadi. Prezidentning 17 yanvardagi [ PQ-90-son ] qaroriga bilan 2022 yil 1 apreldan 2024 yil 31 dekabrgacha: Prezidentning 27 yanvardagi [ PQ-104-son ] qaroriga muvofiq, 2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvarga qadar chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yo'lovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta'mirlash, agro va veterinariya xizmatlarini ko'rsatuvchi hamda ko'ngilochar maskanlarda xizmatlar ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi — 1 foiz etib belgilanadi. Bunda mazkur soliq imtiyozi tadbirkor joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo'yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo'llaniladi. Agarda xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlansa, mazkur soliq imtiyozining amal qilishi to'xtatiladi va tegishli choralar ko'riladi. Bundan tashqari, 2022 yil 1 apreldan boshlab 2025 yil 1 yanvarga qadar 1-ilovada keltirilgan tuman va shaharlarda belgilanadigan turizm hududlarida ro'yxatdan o'tgan hamda ushbu hududda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko'ngilochar, turoperator va turagent xizmatlarini ko'rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi — 1 foiz etib belgilanadi . Shuningdek, ushbu hududlardagi obyektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo'yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i miqdorlarini — mazkur soliqlar bo'yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilanadi. Prezidentning 14 fevraldagi [ PQ-128-son ] qaroriga asosan davlat moliyaviy nazorati sohasida qoidabuzarliklar holatlari to'g'risida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga «Davlat auditi» dasturiy kompleksi orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga, ushbu ma'lumot asosida moliyaviy tekshiruvlar jarayonida aniqlanib, davlat foydasiga undirilgan mablag'lar hisobidan mukofot to'lanadi.
advice
2022 yilning mart oyi anomal yomg'irli bo'ldi, ushbu oyda yog'ingarchilik miqdori bo'yicha ko'plab rekordlar o'rnatildi, deb xabar bermoqda O'zgidromet. Respublika hududining shimol va janubdan tashqari katta qismida yog'ingarchilik miqdori oylik me'yorga nisbatan ko'p bo'ldi. Mart oyida yog'ingarchilik odatdagidan 2−3 marta, ba'zi joylarda 3,5−4,5 marta ko'proq kuzatildi. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlarining ayrim tumanlarida joriy yilning mart oyidagi yog'ingarchilik butun meteorologik kuzatuvlar turkumi bo'yicha rekord darajada sodir bo'ldi. Toshkent shahrida yog'ingarchilik 186 mm qayd etildi, bu mart oyining avvalgi 1969 yildagi rekordini yangiladi. Yomg'irlarning davomiyligi ham anomal bo'ldi. Deyarli har kuni 5 martdan 18 martgacha bo'lgan davrda yomg'ir yog'di, so'ng esa yomg'ir biroz tanaffus bilan kuzatildi. O'zbekistonda aprel oyi odatda ob-havoning beqarorligi bilan ajralib turadi. Odatda momaqaldiroq va shiddatli shamollar bilan yog'adigan yomg'irlar tez-tez kuzatiladi. Respublikaning shimoli, chekka janubi va cho'l hududlarida yog'ingarchilik oy uchun o'rtacha 5 kundan 8 kungacha kuzatiladi, tog'li hududlarga yaqinlashgan sari yog'ingarchilik bo'ladigan kunlar soni 9−13 kungacha ko'payadi. «Meteorologik kuzatuvlar tarixida biz turli xil aprel oylarini kuzatgan edik. Yog'ingarchilik umuman bo'lmagan joylarda juda quruq yoki ularning oylik miqdori me'yordan 10% dan ham oshmagan. Shunday holatlar kuzatilganki, yog'ingarchilik bir oyda me'yordan 3−5 marta ko'p bo'lgan», — deya qayd etmoqda sinoptiklar. Shunday qilib, Toshkentda 1975 yilning aprel oyi eng quruq bo'lgan. Yog'ingarchilik faqat ikki marta yog'gan va ularning miqdori atigi 2 mm ni, bu aprel oyi me'yoriningg 3% ni tashkil etgan. 1990 yilning aprel oyida yog'ingarchilik eng nam bo'lgan, unda oy uchun oylik yog'ingarchilik me'yorning 300% atrofida bo'lgan, yog'ingarchilik bo'lgan kunlar soni 19 kunni tashkil etgan. Meteorologik kuzatuvlar tarixida kecha-kunduz uchun yog'ingarchilik bo'yicha rekordchi 1990 yilning 8 aprel kuni bo'lgan. Aprelning oylik me'yori 62 mm bo'lganda ushbu kunda Toshkentda 65 mm yomg'ir yog'gan. Odatda aprel oyida harorat foni ham beqaror bo'ladi. Bahoriy jadal isishlar qisqa muddatga ammo sezilarli darajada sovuq bo'lishi haroratni pasayishi bilan almashishi mumkin. «O'zbekiston aholisi, ehtimol, 2020 yil aprel oyi birinchi o'n kunligining oxirida qor yog'ganini va hatto qishda ham kamdan-kam hollarda bunday qor yog'maganini eslashadi», — deyiladi xabarda. Joriy yilning aprel oyi asosan quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning birinchi haftasida kunduzgi harorat +17…+22 darajadan +23…+28 darajagacha, janubda ba'zi joylarda +30…+33 darajagacha ko'tariladi. Faqat 2 aprel kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida va Farg'ona vodiysining tog' oldi va tog'li hududlarida qisqa muddatli momaqaldiroq yomg'iri yog'ishi mumkin. Keyinchalik O'zgidromet prognoziga ko'ra, aprel oyi harorat tartibi bo'yicha o'rtacha ko'p yillik qiymatlarga yaqin bo'lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari +3…+8 darajadan +10…+15 darajagacha, kunduz kunlari +13…+18 darajadan +23…+28 darajagacha, respublika janubida +30…+33 darajaga o'zgarib turadi. Oyning ayrim kunlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi kutilmoqda. Ba'zi joylarda do'l yog'ishi ehtimoldan holi emas.
advice
Ramazon oyi davomida musulmonlar kun bo'yi ro'za tutib, yeb-ichishdan tiyiladilar va kech tushishi bilan taom iste'mol qiladilar. Ammo ayrim holatlarda iftor mahalida haddan tashqari ko'p ovqat yeyish kuzatiladi. Uzoq vaqt och va chanqoq holda yurgan kishining birdaniga me'yoridan ortiq taom iste'mol qilishi salomatlikka zarar keltirishi mumkin. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ro'za paytida sog'lom ovqatlanish bo'yicha ba'zi maslahatlar bilan bo'lishdi . Ushbu maslahatlarga amal qilib, kishi ortiqcha vaznni yo'qotishi va qon bosimi hamda organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishi mumkin. Ramazon oyi paytida organizmning sog'lom bo'lishi uchun kerakli ozuqalarni iste'mol qilish uchun vaqt chegaralanganligi sababli, parhezning sog'lom va sifatli bo'lishi juda muhim. Bu yil odamlar kuniga o'rtacha 15−16 soat ro'za tutishlariga to'g'ri keladi. Kunduzi havo harorati yuqori bo'lgan paytda salqin va soyali joylarda qolish hamda quyoshda uzoq yurmaslik tavsiya etiladi. Iftorlik va saharlik orasida ko'p miqdorda suv iching. Kunduz kunlari havo harorati yuqori bo'lishi ko'p terlashni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, kun davomida yo'qotilgan suyuqlikning o'rnini qoplash kerak bo'ladi. Buning uchun esa kamida 10 stakan suv ichish tavsiya etiladi. Suv iste'molini suvga boy mahsulotlarni tanovul qilib ham oshirish mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin dessert sifatida ho'l mevalardan yeyish mumkin. «Achiq-chuchuk» salatida ham suvga boy bodring va pomidorlar bor. Sho'rva yoki toza sabzavotli salatga o'xshagan sersuv ovqatlarni ham iste'mol qilish mumkin. Tarkibida kofein mavjud bo'lgan kofe, choy, kola kabi ichimliklardan voz kechib turing, chunki kofein ba'zilarni hojatxonaga yugurtirishi mumkin, bu esa inson organizmidagi suvning kamayishiga (degidratsiya) olib keladi. Shuningdek, gazlangan shakarli ichimliklar kaloriyaga boy bo'lishini esdan chiqarmang. Kun davomida juda ko'p harakat qilish organizmning ko'p miqdorda suv yo'qotishiga olib kelishi mumkin. Qisqa sayrlar yoki qisqa muddatli chigalyozdi mashqlari sizni tonusda ushlab turishi mumkin. Kun bo'yi harakatsiz o'tirish ham tavsiya qilinmaydi. Og'izni yopishdan oldin ovqat yeyish muhim. Saharlik paytida yengil ovqatlaning. Bu ayniqsa ro'za tutishni maqsad qilgan katta yoshdagilar, o'spirinlar, homilador ayollar va bolasini oziqlantirayotgan onalar hamda bolalar uchun ham muhim. Yengil nonushta sifatida sabzavotlar, tarkibida uglevod mavjud bo'lgan butun donli nonlar yoki bulochkalar, sut mahsulotlari (tuzsiz pishloq, suzma, sut) va/yoki tuxum kabi oqsilga boy mahsulotlarni iste'mol qilish mumkin. Sekinroq va ehtiyojingizga mos ravishda ovqatlaning. Ko'p miqdorda ovqat yeyish jig'ildon qaynashi (me'da qaynashi, zarda) va bezovtalikni keltirib chiqarishi mumkin. Saharlik uchun JSST tavsiyalari: Iftorlik paytida sog'lom va me'yorida ovqatlanib, quvvatingizni to'ldirib oling. Ro'zani uchta xurmo yoki suv bilan ochish iftorlikni boshlashning an'anaviy va sog'lom yo'li hisoblanadi. Xurmo odam tanasidagi ko'pchilik a'zolarning to'g'ri faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydigan kletchatkaga boy ozuqa. AQShdagi Cornell University mutaxassislarining yozishicha , organizmga ovqat kirishidan oldin suv ichish tanani suyuqlik bilan oziqlantirishning eng yaxshi yo'lidir. Lekin ro'zani ochiboq birdaniga ko'p suv ichib yubormang. Bir vaqtning o'zida ko'p miqdorda suv ichish inson salomatligi uchun xavfli hisoblangan suv intoksikatsiyasiga olib kelishi mumkin. Organizmni muhim vitaminlar va ozuqa moddalari bilan ta'minlash uchun iftorlik uchun menyuga ko'plab sabzavotlarni qo'shing. Shuningdek, organizmni quvvat va kletchatka bilan ta'minlaydigan butun donli (yanchilmagan va tozalanmagan) mahsulotlarni iste'mol qiling. Pechda yoki grilda pishirilgan yog'siz go'sht, terisiz tovuq va baliq tanovul qilish orqali organizmingizni sog'lom oqsillar bilan boyitishingiz mumkin. Umuman olganda, yog' va shakarga boy, qovurilgan hamda qayta ishlangan mahsulotlardan o'zingizni tiying. Sekinlik bilan tanovul qilish sizga haddan ortiq ko'p ovqat yemaslikka yordam beradi. Iftorlikdan so'ng ko'p shirinlik yeyishdan o'zingizni tiying. Ramazon paytida ko'p iste'mol qilinadigan shirinliklar tarkibida katta miqdorda shakar siropi bo'ladi. Shirinlik sifatida suvga boy bo'lgan mavsumiy mevalarni, jumladan olma yoki tarvuz iste'mol qilish mumkin. Iftorlik uchun JSST tavsiyalari: Yog'larga boy bo'lgan mahsulotlar, ayniqsa yog'li go'sht, qatlamali xamirdan, yog'/margarin yoki saryog' qo'shilgan xamirdan tayyorlangan mahsulotlar iste'molini kamaytirish kerak. Qovurishning o'rniga ovqat tayyorlashning boshqa usullari: bug'da pishirish, sousda pishirish, kichik miqdordagi yog'da qovurib, pechda pishirish kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Tarkibida katta miqdorda tuz bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilmang: sosiska, qayta ishlangan va tuzlangan go'sht va baliq mahsulotlari, tuzlangan bodring, zaytun mevasi, tuzli pishloqlar, gazak mahsulotlar, turli xil tayyor kreker, salat, sous (mayonez, ketchup, xantal). Ovqat tayyorlayotganda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan olib tashlash tavsiya etiladi. Pishirilayotgan ovqatlarning ta'mini yaxshilash uchun turli xil o'tlardan foydalanish mumkin. 1-tur qandli diabet bilan og'rigan bemorlarga ro'za tutmaslik maslahat beriladi. 2-tur qandli diabet va gipertoniya kasalliklari borlar o'z holatlarini parhez yoki dorilar bilan nazorat qila olgan taqdirda ro'za tutishlari mumkin. Ular bu borada o'z shifokorlari bilan maslahatlashishlari kerak. Homilador ayollar, bolani emizayotganlar ham shifokor maslahatini olishlari kerak. Doimiy ravishda dori-darmon ichishi kerak bo'lganlar ham shifokor bilan maslahatlashib, davolash sxemasini o'zgartirish yoki dorilardan voz kechishni o'ylab ko'rishlari mumkin.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda qatlamali xamirdan tayyorlasa bo'ladigan bir qancha pishiriqlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Biz to'yimli va ishtahaochar bo'lgan, tovuqli sloykalar tayyorlashingizni maslahat beramiz. Agar ular mayin pishloq va ko'kat bilan to'ldirsa, yanada mazali bo'ladi. Pishloq va tuxumli sloykalar nonushta uchun juda mos keladigan ajoyib pishiriqdir. Ushbu qarsildoq sloykalarni tayyorlash uchun muzlatgichda tayyor hamir va juda oz vaqt kerak bo'ladi. Tez tayyorlaniladigan va ishtahaochar ko'rinishga ega bo'lmish pishloq va tvorogli qatlamachalar kutilmaganda mehmon kelganda ayni muddao bo'ladi. Bu tayyor qatlamali xamir va bananlardan 15 daqiqada tayyorlash mumkin bo'lgan mazali yegulik retseptiga hisoblanadi. U ayniqsa kun bo'yi ishlaydigan ayollarimizga juda asqotadi. Qaynatib pishirilgan kremli qavatchalar — bu oddiy masalliqlardan pishirsa bo'ladigan eng mazali desert. Bunday shirinliklni oshxonangizda tayyorlash juda oson, shunday ekan pishirib ko'rishingizni maslahat beramiz. Bunday usulda tayyorlangan qatlama xamirdan yuzdan ortiqroq har xil pishiriqlar tayyorlash mumkin. Bugun esa bizlar bunday xamir ichiga jem solingan shirinliklardan tayyorlashni tavsiya qilamiz. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Gazeta.uz» 2021 yil 1 dekabrdan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o'zgarishlar ro'yxatini taqdim etadi. Dayjest Adliya vazirligi ma'lumotlari asosida tayyorlandi. Quyida ularni to'liqligicha e'tiboringizga havola etamiz. Prezident farmoniga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish va ochiqligini baholash metodikasi asosida har yil yakuni bo'yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining Ochiqlik indeksi aniqlanadi. Prezident farmoni bilan quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, internet orqali jonli efirga uzatiladi: Prezident qaroriga asosan ko'chma savdo faoliyati tadbirkorlar tomonidan ko'chma savdo obyektlarini elektron tarzda «K — SAVDO» avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro'yxatdan o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Ro'yxatdan o'tkazish uchun yig'im undirilmaydi. Ko'chma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegishli joylardan tashqari) ko'chma savdo obyektlarining joylashish sxemalari bo'yicha «K — SAVDO» AAT orqali elektron auksionda sotiladi. Bunda, auksionning boshlang'ich narxi tegishli tuman va shahardagi yer uchastkasining yer solig'i miqdorida belgilanadi. Auksion g'olibi tomonidan ko'chma savdo joyining qiymati to'liq to'langanidan so'ng unga «K — SAVDO» AAT orqali avtomatik ravishda QR-kodli guvohnoma beriladi va u 36 oy muddatga foydalanish huquqiga ega bo'ladi. Bunda shartnoma tuzish talab etilmaydi. Prezident qarori asosida Xarid komissiyasining ma'lumotlar haqqoniyligini tekshirish va ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish vakolatlari bekor qilinmoqda. Prezident farmoni bilan chet elda doimiy yashovchi O'zbekiston fuqarolari, shuningdek xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratiladi. Buning uchun O'zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari ularga ERI kaliti sertifikatlarini beradi. O'zbekistonda doimiy yashamaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga JSHSHIR soddalashtirilgan tartibda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmalarida hamda DXMlarda beriladi. Litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatini berish uchun qonunchilik hujjatlarida milliy valyutada belgilangan to'lovlarni BHMning 10 foizigacha miqdorda belgilandi. Qonunchilik hujjatlarida to'lovlar belgilanmagan yoki BHMning 10%idan kam miqdorda belgilangan hollar bundan mustasno. Bunda QR-kod qo'yilgan litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatlarini berish uchun to'lov undirilmaydi. Prezidentning qaroriga ko'ra, har yil yakuni bo'yicha barcha davlat tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reytingni e'lon qilinadi. Prezident farmoniga ko'ra, O'zbekiston Davlat chegarasi orqali avtomobil o'tkazish punktlarida: Prezident qaroriga binoan elektron cheklarda elektron to'lov tizimlari xizmatlari yordamida amalga oshirilgan tranzaksiyalarning («P2P» to'lovlari bundan mustasno) elektron cheklarida avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi o'rnatiladi. Prezident farmoniga asosan quyidagilar bekor qilinmoqda: Jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o'zaro qarz berish va qaytarib olishga ruxsat beriladi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Orolbo'yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilgandi. Dekabr boshidan mazkur tibbiyot markazi davlat budjeti mablag'lari hisobiga imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo'llash tizimiga ulanishni ta'minlaydi.
advice
Yong'inlar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi, lekin har qanday yong'inning ham oldini olish mumkin. Yong'inga qarshi birlamchi kurashish vositasi o't o'chirgichlar hisoblanadi. Ular barcha xonalarda va transport vositalarida o'rnatilishi kerak. O't o'chirgichlarning turli xil bo'lishini esa hamma ham bilmaydi. Bundan tashqari, hammada ham ulardan qanday foydalanish to'g'risida ma'lumot mavjud emas. 30 yillik tajribaga ega yong'in xavfsizligi bo'yicha mutaxassis Aleksey Sorochin «Gazeta.uz»ga o't o'chirgichlar, ularning xususiyatlari va o't o'chirgichdan to'g'ri foydalanish to'g'risida gapirib berdi. Yong'in sodir bo'lganda, avvalo uning turini aniqlab olish lozim. Yong'inlar quyidagi tarzda klassifikatsiya qilinadi: A klass Organik tabiatdagi qattiq materiallar — yog'och, qog'oz, tamaki va boshqalar orasida yuzaga kelgan yong'inlar, ular sodir bo'lganida, qizg'ish qatron hosil bo'ladi. Bunday yong'inga qarshi kurashning eng samarali vositasi suvdir. B klass Benzin mahsulotlari, bo'yoq, erituvchilar, yog' va moy kabi suyuq yoki suyultirilgan qattiq moddalar yonadigan yong'inlar. Bu vaziyatda kukunli, ko'pikli va karbonat angidridli (CO2) o't o'chirgichlardan foydalanish kerak. Bunday o't o'chirgichlarini generator xonalarida, qozonxonalarda, garajlarda, laboratoriyalarda, oshxonalarda, oson yonuvchan suyuqliklar omborlarida topish mumkin. C klass Gaz yong'ini. Ushbu turdagi yong'inni o'chirish uchun o't o'chirgichlardan foydalanilmaydi. Bunday yong'inni o'chirishni boshlamaslik tavsiya etiladi. Gaz ta'minoti manbasi yopilmaguncha yong'inni nazorat qilish kerak. D klass Magniy, alyuminiy, natriy kabi metallar yongan paytdagi yong'in. Ushbu metallarga odatda suv yaxshi ta'sir qilmaydi, shuning uchun kukunli vositalardan foydalanish kerak. E klass Yuqori kuchlanish ostidagi elektr vositalari kuyishi oqibatida kelib chiqadigan yong'inlar. Bunday yong'inga qarshi karbonat angidridli va kukunli, shuningdek, galoidlangan uglevodorodli aerozolli o't o'chirgichlar samarali bo'ladi. O't o'chirgichlar quvvat massasi va hajmi bo'yicha ham farqlanadi. Maishiy foydalanish va transport vositalari uchun og'irligi 20 kg gacha va hajmi 10 litrgacha bo'lgan ixcham modellar mos keladi. O't o'chirgichlar suvli, ko'pikli, kukunli, karbonat angidridli va aerozolli bo'ladi . Qaysi o't o'chirgich qanday turdagi yong'inni o'chira olishini o't o'chiruvchi moddasiga qarab aniqlash mumkin. Suvli o't o'chirgichlar suv yoki suv asosidagi eritmalardan tarkib topgan. Bunday kompozitsiya B, C, D va E klassidagi yong'inlarni o'chirish uchun mos kelmaydi. Suvli o't o'chirgichlar tabiiy tarkibiy qismlari tufayli sog'liq uchun eng xavfsiz hisoblanadi. Ushbu qurilmalar yiliga kamida bir marta tekshirilishi va qayta zaryadlanishi lozim. Ko'pikli-havoli o't o'chirgichlar qattiq materiallarni va yonuvchan suyuqliklarni o'chirish uchun ishlatiladi. Ular yong'inning dastlabki bosqichlarida samaraliroq hisoblanadi. Ishqoriy metallarni, tarmoqqa ulangan elektr jihozlarini va yonish uchun kislorodga muhtoj bo'lmagan materiallarni bunday aralashmalar bilan o'chirish taqiqlanadi. Agar bo'yoq mahsulotlari, yog'och, yog' va qog'oz yonayotgan bo'lsa (A va B yong'in klasslari), ko'pikli-havoli o't o'chirgichlardan foydalanish mumkin. Ko'pikli-havoli o't o'chirgichlar yiliga bir marta tekshirilishi va qayta zaryadlanishi kerak. Karbonat angidridli o't o'chirgichlari 1000 V gacha kuchlanishga ega yonayotgan elektr jihozlarini, avtomobil dvigatellarini va yonuvchan suyuqliklarni (B, C, E yong'in klasslari) o'chirish uchun ishlatiladi. Bunday qurilmalarni muzeylar, arxivlar, kimyoviy laboratoriyalar va idoralarda topish mumkin. Bundan tashqari, bunday o't o'chirgichlar har bir transport vositasida bo'lishi kerak. Yonayotgan odamni karbonat angidridli o't o'chirgich bilan o'chirish qat'iyan man etiladi. Ushbu turdagi o't o'chirgichlarning kamchiliklari orasida o't o'chirish vositalarining uchuvchanligi, qurilmaning o't o'chiruvchi vositani yetkazib beruvchi elementlarini bilan ehtiyotsizlik bilan ishlashda qo'llarning muzlashi xavfi, shuningdek, gaz bug'larining inson tanasiga salbiy ta'siri kiradi. Karbonat angidridli o't o'chirgichlari bosimni tekshirish uchun yiliga bir marta o'lchanadi va har besh yilda bir marta yong'in o'chiruvchi vosita bilan to'ldiriladi. Kukunli o't o'chirgichlar 1000 V gacha kuchlanishga ega yonayotgan elektr jihozlarini va yonuvchan suyuqliklarni o'chirish uchun foydali. Ularni kislorod yo'qligida yonadigan materiallarni o'chirish uchun ishlatish taqiqlanadi. Bunday qurilmalar har yili tekshiruvdan o'tkaziladi va har besh yilda bir marta yong'inga qarshi vosita bilan to'ldiriladi. Karbonat angidridli va kukunli o't o'chirgichlar ko'pincha kundalik hayotda uchraydi. Ulardan ofislarda va transport vositalarida ko'p foydalaniladi. Ushbu turdagi o't o'chirgichlar har qanday turdagi yong'inlarga qarshi kurashishi mumkin (lekin buni yong'in miqyosi bilan adashtirmaslik kerak). Aerozolli o't o'chirgichlar nisbatan yangi ixtiro hisoblanadi. Bu yong'inga qarshi kurashning birlamchi samarali vositasidir. O't o'chiruvchi vosita yonayotgan narsalar yuzasida zich plyonka hosil qiladi. Bu yong'inga kislorodning kirishiga to'sqinlik qiladi. Plyonka buyumga zarar yetkazmaydi, chunki uni yuvish vositasi bilan ketkazish mumkin. Agar qurilmaning o'zi muayyan bir kechikishni nazarda tutmagan bo'lsa, aerozolli o't o'chirgichlar deyarli bir zumda ishlaydi. Ular ishonchli va uzoq muddat mobaynida xizmat ko'rsatadi. Aerozol metallar va kislorodli birikmalardan tashqari deyarli har qanday qattiq va suyuq moddalarni o'chirishga qodir. Bunday o't o'chirgichlar har qanday klassdagi yong'inga qarshi kurashda qo'llaniladi, biroq ko'pchilik modellarni faollashtirilganidan keyin ularni to'xtatib bo'lmaydi. Bundan tashqari, qurilma korpusi Tselsiy bo'yicha 300 darajagacha qiziydi. Aerozolli o't o'chirgichlarni odamlar evakuatsiya qilingandan keyingina bino ichida ishlatish mumkin. Chiqarilgan aerozol aralashmasining konsentratsiyasi zaharli bo'lib, odamlar uchun zararli bo'ladi. Transport vositalarida qanday o't o'chirgichlar qo'llaniladi? Quvvat og'irligi 2−5 kg bo'lgan karbonat angidridli va kukunli o't o'chirgichlari. Ilgari favqulodda vaziyatlarga duch kelgan haydovchilar o'zlari bilan ikkita o't o'chirgichni olib yurishga tayyor turishadi. O't o'chirgichlarni mashinaning qayerida saqlash kerak? O't o'chirgichlar birinchi tibbiy yordam to'plami bilan birga ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan joylarda biriktirilgan holatda joylashtirilgan bo'lishi kerak. Agar bunday joylar nazarda tutilmagan bo'lsa, yengil mashinada o't o'chirgich yo'lovchi salonida yoki avtomobil bagajida, mikroavtobusda — haydovchi uchun qulay joyda saqlanishi kerak. Avtobusda ikkita qurilma bo'lishi kerak — haydovchi kabinasida bitta va yo'lovchilar salonida bitta. Yirik va o'rta avtobuslarda oynalarni sindirish uchun bolg'acha ham bo'lishi lozim. Elektr jihozlari mavjud bo'lgan binolarda odatda karbonat angidridli va kukunli o't o'chirgichlar qo'llaniladi. Ularning soni ehtimoliy xavf va binolarning vazifasiga bog'liq. O't o'chirgichning yorlig'ida qurilma samarali bo'lgan yong'in turi doimo ko'rsatilgan bo'ladi. Binolardagi o't o'chirgichlarni ehtimoliy yong'in sodir bo'ladigan joydan 30 m uzoqroqqa yugurish talab etilmaydigan tarzda joylashtirish kerak. Barcha o't o'chirgichlar har yili tekshirilishi lozim. Agar qurilma standartlarga javob bermasa, uni almashtirish zarur. Ballonda ko'rsatilgan o't o'chirgichning amal qilish muddati tugashi bilan qurilmani almashtirish kerak. Oyiga bir marta o't o'chirgichlarni ko'zdan kechirish va jarayonni qayd qilish lozim. O't o'chirgichlar evakuatsiya yo'llariga tutash chiqish joylaridagi devorga o'rnatilishi kerak. Bitta binoda o'rnatilgan barcha o't o'chirgichlar bir xil ishlash printsipiga ega bo'lishi zarur. Agar o't o'chirgichdan foydalanilgan bo'lsa, uni to'liq qayta zaryadlash darkor. Agar o't o'chirgichning bosimi tushib ketsa, uni darhol to'ldirish kerak. Qo'lingizda qanday turdagi o't o'chirgich bo'lishidan qat'i nazar, uni qanday ishlatishni bilishingiz zarur. Bunday ko'nikmalarni rivojlantirish uchun muntazam mashg'ulotlar talab etiladi. Afsuski, mamlakatimizda aholi o'rtasida, jumladan, ta'lim muassasalarida bunday mashg'ulotlar o'tkazilmaydi. Biroq, biz o't o'chirgichdan foydalanishning asosiy bosqichlarini tavsiflovchi qisqa video qo'llanmani tayyorladik. O't o'chirgichdan foydalanishdan oldin, to'g'ri o't o'chirgichni tanlash uchun yong'in turini aniqlash kerak. O't o'chirgichdan foydalanish uchun sizga quyidagilar kerak bo'ladi:
advice
«Gazeta.uz» «Xorijdagi o'zbekistonliklar» loyihasi doirasida chet el oliygohlarida o'qiyotgan yoki xorijda ta'lim olib, hozirda o'sha yerda ishlayotgan o'zbekistonliklar bilan suhbat uyushtiradi. Ushbu suhbatlarda ularning chet eldagi hayoti, nega xorijiy ta'limni tanlaganligi, ularning boshidan o'tgan sinovlar haqida so'z boradi. Loyihaning navbatdagi mehmoni — Saidaziz A'zamov. Saidaziz A'zamov 2017 yilda O'zbekiston davlat Jahon tillari universitetini tamomlagan. 2014 yildan boshlab loyihalar boshqaruvi, kommunikatsiyalar va marketing sohalarida turli xil vazifalarda ishlagan. AQShdagi faoliyati Baltimorda joylashgan multimedia studiosida boshlangan. Keyin San Fransiskoga ko'chgan, u yerda kodlashni o'rgangan va konsalting firmaga post-Sovet hududida yangi loyihalarni ishga tushirishda yordam bergan. — Yunusoboddagi ko'p qavatli uylardan birida katta bo'lganman. Ota-onamdan tashqari, buvim va bobom ham bizni tarbiya qilishgani mening bugungi shaxsiyatim, bosib o'tgan yo'limga katta ta'sir qilgan deb o'ylayman. Oddiy mahalla maktabida o'qiganman, onam shu maktabda dars berganlar, ko'p sho'xliklar men uchun dabdaba edi. Ammo yozda daraxtdan daraxtga tomdan tomga chiqib, to'polonni ham boplardik. Men yashagan mahallada yozuvchilarning uyi bor edi. Men ko'proq o'sha tarafdagi sinfdoshlarim va boshqa do'stlarim bilan vaqt o'tkazishni yoqtirardim. Hozir bolaligimni eslab kimga shu «dom» haqida aytsam, «Ie, yozuvchilar hamma mahallada bor» deb kulgiga olishadi. Yo'q, sovet me'rosi — anonim shikoyatchilarning bunga dahli yo'q, u «dom»dagi kvartiralar 90-yillarda davlat tomonidan adib va shoirlarga berilgan edi. Respublikadagi ilg'or nashrlar muharrirlari, televideniyechilar, ziyolilar jamlangan ko'cha edi u. LEGO`lar o'ynash yarashmayroq qolgan paytlardagi bolalik mashg'ulotim oila davrasida krossvord yechish edi. Smartfonlar chiqquncha «zap paytida katta bo'lib olgan ekanman», deb o'ylab qolaman. 8-sinfda maktabimizning bir burchagida ochilgan ingliz tili o'quv markaziga bordim. O'shandan sal oldin yoki sal keyin uyimizdagi eski «EVM»ni Pentium 4`ga almashtirdik. Ingliz tili, kompyuter, ABBYY Lingvo offlayn ilovasi, dial-up internet tufaylimikan, nima bo'lsa ham dunyo kezaman, tilshunos, tarjimon yoki jurnalist bo'lamanga tushib qoldim. O'zimni u yerga, bu yerga urdim, volontyorlik qildim, gazetaga internetdan olingan narsalarni tarjima qilib yurdim. Pod'ezdimizdagi universitetga kirgan yagona qo'shnimdan «repetitor"-o'qituvchining kontaktini olib, bir yil faqat bitta fan — ona tili va adabiyotdan avgust imtihonlariga tayyorlandim. 2013 yili jurnalistika fakultetiga o'qishga kirib, uni 2017 yilda bitirdim. Universitetda o'qish paytida jurnalistikadan ham ko'ra «public relations»ga, yoshlarda ortiqcharoq, kattalarda esa yetishmaydiganroq maksimalizm tufaylimikan, mamlakat imiji, xalq diplomatiyasi degan mavzularga qiziqdim. Diplom ishimni shunga yaqin mavzuda yoqlab, shu yo'nalishda bir muddat ishladim. Taqdir taqozosi bilan O'zbekiston imiji yo'lida Rossiya va Fransiyaga xizmat safarlariga bordim. Shveysariyada inqirozli vaziyatlarda jamoatchilik bilan ishlash bo'yicha qisqa kursni o'tib keldim. Biroz o'tgach esa AQShga o'qish uchun ko'chib keldim. Foto: Saidaziz A'zamovning shaxsiy arxividan — 2014 yildan to AQShga kelgunimgacha turli media tashkilotlar, davlat va nodavlat xo'jaliklarda ishladim. Navoiy yozib ketganidek, «El netib topgay menikim, men o'zimni topmasam». Ehtimol shu yillar davomida men o'zimni izladim, o'z imkoniyat va kamchiliklarim, istak-u xohishlarimni kashf qilishga urindim. Mana shu, ruscha qilib aytganda, «qimmatbaho hashamat» ekan. Oylikni oylikka ulaydigan oddiy ishchilar bo'lishsa ham e'tiqodi, ichki dunyosi e'tiboridan badavlat ota-onam bo'lmaganida qorin g'ami, ro'zg'or g'ami bilan bo'lib men hech qachon dunyoni ko'rmasdim balki. Dastlab universitetimizga qarashli ilmiy jurnal, «Boshlang'ich ta'lim», «Ma'rifat», «Xalq so'zi» kabi nashrlar, MY5, Sevimli telekanallari kamina uchun «sandbox» — «tuproq to'kilgan o'yingoh» bo'lgan bo'lsa, keyinchalik «10 Reasons to Visit Uzbekistan» kitobini yaratgan jamoa, O'zbekistondagi katta blokbaster film ijodkorlari, Mirziyoyev prezidentligining ilk yillarida taksiga chiqsangiz eshitadiganingiz ijobiy ijtimoiy fikrni shakllantirish ustida ishlagan mutaxassislar, yoshlar siyosati sohasidagi, shunaqa deyish o'rinli bo'lsa, murg'ak kadrlar bilan bir qozonda qaynadim. Bular bilan parallel ravishda ingliz tili, texnologiyalar, chet elda o'qish va karera qilish kabi qiziqishlar bilan mushtarak bo'lgan tengdoshlarimiz, uka-singillarimizni jalb qilib Young Leaders Development Project`ni amalga oshirdik, Markaziy Osiyo Ëshlar Tarmog'i a'zosiga, BMTning Nyu Yorkdagi anjumanlari ishtirokchisiga aylandik. Men marketing sohasida asosan kopirayter bo'lib ishlaganman. Marketingniyam shu kommunikatsiyalar qismida ishlaganman, shu ham, ochig'i, moliyaviy manfaat uchun. Chunki, bilasiz, reklamada, marketingda jurnalistikadan ko'ra pul ko'proq. — 2019 yil boshidan O'zbekiston milliy kinokomissiyasiga xalqaro aloqalarni yuritish, «O'zbekistonda film suratga oling» kampaniyasini amalga oshirishda ko'maklashish uchun taklif qilishdi. Gong Kong, Berlin, Kann, Los Anjeles va London shaharlaridagi yirik media tadbirlarda dunyoga endi ochila boshlayotgan, jahon kinolokatsiyalari xaritasida nisbatan yangi mamlakatimizni tanitish ishlarini boshladik. Shu paytlarda menda AQShga ko'chib ketish imkoniyati paydo bo'ldi. Shungacha Amerikaga ikki marta kelib ketganim uchun, yana ish faoliyatim davomida bilim va tajribalar yetarlimasdek tuyulgani uchun Kaliforniyaning San Fransisko shahriga ko'chishga qaror qildim. — AQShga kelgach, ochig'i, vizam uchungina o'qib yurdim. Kelganimning birinchi yili to pandemiyaga qadar faqat pul topish haqida bosh qotirib qoldim. Buning sababi, amerikancha termin bilan aytganda, «peer pressure» (tengdoshlar bosimi — tahr. ). Xohlaymizmi, xohlamaymizmi, Amerikadagi o'zbekistonliklardan vatanda katta-katta remittanslarni (mehnat muhojirlari yuboradigan pul o'tkazmalari — tahr. ) kutishadi. Amerikadagi o'zbekistonliklarning aksariyati esa dengiz ortidagi ulkan imkoniyatlar, uzoq muddatli, strategik maqsadlardan ko'ra naqdiga qiziqishadi. Men bir muddat shu bosim ostiga tushdim. Allohga shukur, yashash, yeb-ichishdan umuman qiynalmadim, uyga ham biroz yordam qildim. Lekin Vuxandan to'g'ridan-to'g'ri reys qabul qiluvchi San Fransisko shahrida karantinda qolib ketganim uchunmi yoki xizmat ko'rsatish sohasidagi vaqtni pulga ayirboshlashga asoslangan tirikchiligim jonimga tekkani uchunmi — ehtimol ikkala omil sabab — kareramni rivojlantirishga qat'iy qaror oldim. Garvardning CS50 kursini, Virjiniya universitetining «Jamiyatda biznesning yangi modellari» kabi kurslarini o'qidim. Yana sobiq sotsialistik blok mamlakatlarida biznes transformatsiyalari bilan shug'ullanadigan kompaniyada tadqiqotchi bo'lib ishlab, shu yo'nalishni o'rganishga tushdim. Albatta g'aribning hayoti dabdabali emas, kamroq o'qib, ko'proq «soqqa qilganimda» O'zbekistondagi do'stlarim, qarindosh-urug'lar bilan ham dadil gaplashardik. Hozircha yana kamtarmiz juda. Boshimizni egib, «E qachongacha o'qiysan, shundoq joylarda yuribsan, soqqani bosmaysanmi» degan gaplarga, «odam bo'p qolarman» deb hazil-huzul qilib ketilaveradi-da. Foto: Saidaziz A'zamovning shaxsiy arxividan — Eng katta motivatsiya — men uchun ota-onamni rozi qilish. Ularga munosib, ularga yaxshi gap olib keladigan farzand bo'lish. Bu borada mutlaqo murosasizman va hech qanday ko'zbo'yamachilik yoki sovuqqonlikka bormayman. Masalan, mening ota-onam kabi hayotining ko'p qismini «perestroyka» va «yovvoyi to'qsoninchi yillarda» o'tkazib yuborgan, o'ta sodda va kamtar odamlarni rozi qilish qiyin emas. Arzimagan narsalarga xursand bo'lib, duo qilib o'tirishadi. Ammo meni tom ma'noda ularning baxtli bo'lishi qiziqtiradi. Mening volidam Toshkent viloyatidan tashqariga chiqmaganlar. Umrlari bino bo'lib hatto Samarqandgayam bormaganlar. Mana, men shu qurbonlikning mevasiman-da. Meni yediraman, kiydiraman deb, ota-onam nimalardan kechishmadi ekan. «Onam jannatim, otam davlatim» deb bir buket gul jo'natish qiyin emas, bunaqa yuzaki narsalar arzon va oson, va aldamchi. Lekin ko'ngillari xotirjam bo'lsin, to'lsin, dunyo ko'rsinlar, hech narsani o'ylamay, bizga bosh bo'lib, nabiralariga tarbiya berib, kitoblar o'qib berib o'tirsinlar deyman. Amerikaga kelgunimgachayam, undan keyinam maqsadim, meni intiltiruvchi kuch shu bo'lib qolaveradi. Yana ota-onam kabi boshqa insonlar ham o'z farzandlaridan rozi bo'lsin uchun Young Leaders Development Project`ga o'xshagan, ehtimol unday balandparvoz nomlarsiz bo'lsa ham, umuman nomi bo'lmasa ham, biror ijtimoiy ahamiyatga ega ishlarni qilish mening hayotdagi undovlarimdan . — Juda o'zgardi, lekin bu ko'chishim bilan bog'liqmi, ammo yoshim o'zgarishi bilan bog'liq tabiiy jarayonmi, shunga e'tibor qaratish kerak. Migratsiya odamda deyarli hech narsani o'zgartirmasligini o'nlab odamlar, ularning miyasida O'zbekistonda shakllanib, yo'qolmagan o'rnashmalar misolida ko'rdim. Shuning uchun boshqa jamiyatga ko'chishning o'zi katta o'zgarishlar qilishiga skeptitsizm bilan qarayman. — Aytarli qiyinchilik bo'lgani yo'q. Yaqinlarimni, ota-onamni, ukamni, opam va jiyanlarimni qattiq sog'inaman. Afsuski, AQShga ko'chganimdan beri hali O'zbekistonga borib kela olmadim. Eng katta dard shu. — Ota-onam xorijga ketishimga ijobiy qarashgan. Ammo ular doim xohlashadiki, men tezroq qaytsam, ularning bag'rida vatanga xizmat qilib, uning rivojiga, alxusus, undagi oilalarning sonini bittaga ko'payishiga, aholisi oshishiga hissa qo'shib yursam. Foto: Saidaziz A'zamovning shaxsiy arxividan — Men Telegram`da «Dengiz ortidan» kanalini yuritaman. Ammo Facebook va Instagram`ga kirmayman. Men uchun LinkedIn hayotimda juda katta yordam bergan ijtimoiy tarmoq. Telegram`da kanal yuritish esa blogingning asab va vaqt nisbatan kamroq ketadigan usuli. Kanalimga xohlagan paytim turli mavzularda yozib qolaman. Ammo shunchaki kundalik voqealarni yozishdan ko'ra odamlar uchun qiziq deb o'ylaganlarimnigina ularga foydasi tegib qolar deb yozaman. Meni asosan o'zimdan 5−6 yosh kichkinalar kuzatar ekan, bu menga katta mas'uliyat yuklaydi. Amerikada yashash o'zbek tilida, yana lotin alifbosida o'qiydigan vatandoshlarim uchun katta yutuq, katta narsa deb qaraladi. Men ozgina bo'lsa ham bu privelegiyani su'istemol qilgim kelmaydi, ham Amerikadagi hayot, ham yaqinlarim va OAV orqali O'zbekiston haqida eshitganlarimga o'z fikrimni bildirib ketaman. — Albatta, O'zbekistonga qaytib, Amerikadaligimda o'rganganlarim samarasi sifatida millatimizga xizmat qiladigan ishlar qilish niyatimiz bor. — O'zbekistonda yozishni, matnlar ustida ishlash, tahrir qilish bo'yicha o'rganganlarim hayotimda katta yordam berdi. Hozir yopilib ketishga ulgurgan xalqaro jurnalistika fakultetida ustozlarim Shahnoza To'ychiyeva, Akbar Nurmatov, Beruniy Alimov, Venera Qayumova, Galina Kan, Gulmira Shukurova, Iroda Ismoilova, Nazira Qurbon, Nargis Qosimova, Nargiza To'xliyeva, Tursunali Qo'ziyev, Halim Sayyid, Xurshid Do'stmuhammad va ular singari qator zabardast mutaxassislarga shogird bo'lganimdan faxrlanaman. Yana Fayzulla Mo'minov domlamizning bir nechta leksiyalarida o'tirganman, shu odam «to'rt yil umringizni bekor o'tkazmanglar», deb aytgan edi. O'zbekistonda o'qiyotgan talabalar uchun aynan shuni qayta zikr qilgan bo'lar edim. Universitet juda ham yomon bo'lsa, o'qishni tashlash kerak. Talabalikni, bitirib diplom olishni «kult»ga aylantirish kerakmas. Ammo samimiy, vijdonli, fidoyi domlalarning bilimini limonning suvini siqqandek siqib olish zarur, kerak bo'lsa. Va baho uchun o'qimaslik kerak. Bu nafaqat befoyda, balki zararli hamdir. Odatda eng muvaffaqiyatli talabalar bitta fandan beshga, qolganlaridan uchga o'qiganlari bo'lib chiqadi. Buni o'zim bilan birga o'qigan jurfakchilar misolida ko'raman. — Fundametal bilimlarni egallashsin. Bugun aktual, ammo ertaga ahamiyatini yo'qotadigan mayda va yuzadagi ma'lumotlarga urg'u bermasdan, chuqur va keng izlanishlar qilishsa, o'zlariga ham, jamiyatga ham yaxshi bo'ladi. Menga rahmat aytishar o'shanda, aytishmasa ham mayli. — Ëzish bo'yicha Stiven Kingning «On Writing: A Memoir of the Craft» kitobini bir o'qib ko'rishsin, o'zim endi o'qiyapman, tajribadan kelib chiqqan yaxshi narsalar yozgan ekan. Hozir stolim ustidagi kitob Jini Ditrixning «Spin Sucks» kitobi. Jamoatchilik bilan aloqalarga qiziqadigan talabalar, yoshlar, umuman mutaxassislarda albatta bu kitob bo'lishi kerak. Nafaqat varaqlab chiqiladigan, chamamda keyslarga qarab qayta-qayta qo'llanadigan kitob. Umuman, menga oxirgi yillarda o'qiganlarimdan «Why Nations Fail», «What I Wish I Knew When I Was 20», «Zero to One» kitoblari juda ma'qul keldi, shularni tavsiya qilaman. Foto: Saidaziz A'zamovning shaxsiy arxividan — Nimadan afsuslanasiz? — «Fond Forum» g'oyalari va Gulnora Karimovaga ishonganimdan. — Xorijda nima sizni tushkunlikka tushirib qo'ygan edi? — Ba'zida o'z prinsiplarimga qarshi borganim, ba'zida ish va o'qishning nihoyatda ko'pligi. — Agar 10 yil ortga qaytish mumkin bo'lganda, qaysi xatoyingizni takrorlamas edingiz? — Kitob o'qirdim. Universitetga kirgunimgacha juda kam kitob o'qiganman, badiiy asarlarga ayniqsa bepisand qaramagan bo'lardim. — 5 yildan so'ng Saidaziz A'zamov o'zini qayerda va qanday holatda ko'radi? — Oila qurgan, farzandlarini katta qilayotgan bo'lishni niyat qilaman. Yana millatga, ummatga xizmat qiladigan xo'jaligim, halol kasbim bo'lsin deyman. Og'abek Samisov suhbatlashdi.
advice
1 dekabrdan boshlab yer osti transportidagi yo'l haqini to'lash uchun foydalanilgan plastmassa jetonlar tarixga kirdi. Toshkent post-sovet hududidagi jeton to'lovlarini bekor qilgan oltinchi shahar (Moskva, Boku, Tbilisi, Xarkov va Kiyevdan keyin) bo'ldi. «Gazeta.uz» Markaziy Osiyodagi birinchi metroning jetonlari qanday o'zgargani va dunyodagi eng yirik metro tizimlarida yo'l haqi to'lov tizimlari qanday bo'lgani to'grisida hikoya qiladi. Toshkent metropoliteni 1977 yilning 6 noyabr kuni foydalanishga topshirilgan. Sovet ittifoqi davrida yo'lovchilar yo'l haqi uchun besh tiyinlik sovet tangalari bilan to'lashgan. Biroq, Mustaqillikkadan so'ng kun tartibida jetonlarni joriy etish masalasi ko'tarildi. 1989 yilgi besh tiyinlik namunasi, mis-sink qotishmasi. Foto: Eugene Zelenko / Vikipediya 1992 yilning boshida «Sredazelektroapparat» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi metro uchun jetonlarning uch nafar alyuminiy namunalarini ishlab chiqardi. Barcha namunalarning umumiy tiraji taxminan 70 dona edi. Alyuminiy jetonlarining namunalaridan biri. Foto: n-metro.ru . Alyuminiy jetonlarning uchta variantidan hech biri sinovlardan o'ta olmadi va yo'lovchilar foydalanishi uchun ommaviy muomalaga kiritilmadi. Ushbu urinishdan so'ng, 1992 yilda «Sredazelektroapparat» jez jetonlarni zarb qilishni boshladi. Ular ham sinovdan o'tkazildi. Kolleksionerlar ushbu jetonlarni tanga sirtining konturi bo'ylab to'g'ri va noto'g'ri yozilgan matniga ko'ra ikkita kichik turga bo'lishadi. To'g'risi chapda, noto'g'risi o'ngda. Foto: n-metro.ru . Agar matnni yoy yoki to'g'ri chiziqda kengaytirsangiz, nima uchun bitta variant to'g'ri, ikkinchisi noto'g'riligini tushunib yetasiz. Yuqoridagisi to'g'ri. Foto: n-metro.ru . Jami to'rt turdagi jez jetonlari chiqarildi. Ular shrift qalinligi, kegl, matnning yuqorida tilga olingan «to'g'riligi» va «noto'g'riligi», tanganing jezdagi mis va ruxning foiz nisbatiga ko'ra soyalari bilan bir-biridan farq qilgan. «To'g'ri» namunadagi jez jetonining turlari. Foto: n-metro.ru . «Noto'g'ri» namunadagi jez jetonining turlari. Foto: n-metro.ru . Jetonlar ishlab chiqarilgan «Sredazelektroapparat» IICHB xodimlari forumlarda shunday yozadilar : «Qoliplovchi jez lentasini tugatayotganda, oxirgi marta bosim to'liq kuchga kirmadi. Garchi uning tasviri jezda qolgan bo'lsa ham, jeton kesilmadi». Shunday qilib, jez lentasidan esdalik sovg'alari chiqdi. Masalan, breloklar. Foto: coins.lave.ru . «Toshkent metropoliteni» matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma'lum qilishicha, plastmassa jetonlarni joriy etishning birinchi bosqichi 1992 yilda boshlangan. Ular ko'k bo'yoq va lyuminestsent plastmassadan yasalgan. To'rt turdagi va ikkita kichik turdagi plastmassa jetonlar sinovdan o'tkazilgan. Ulardagi metroning naqsh va emblemasi tasviri boshqalardan ajralib turardi. Foto: n-metro.ru . 1993 yilda magnit kartalar paydo bo'la boshladi. Biroq O'zbekistonda kontaktsiz to'lov tizimlari rivojlanmaganligi sababli ular tez orada bekor qilindi. 1994 yilda esa oylik obuna orqali metroda yo'l haqini to'lash imkoniyati paydo bo'ldi va bir yildan so'ng sayohat kartalari paydo bo'ldi. Bu yillar davomida sayohat uchun jez jetonlar orqali ham to'lash ham mumkin edi. Ammo 1996 yil 1 yanvarda Toshkent metropoliteni ularni qabul qilishni to'xtatdi, tizim nihoyat arzonroq plastmassa analoglarga o'tdi. Kolleksionerlarning yozishicha, har xil turdagi plastmassa jetonlarning tiraji qanchaligi ma'lum emas. Ammo tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, yuqoridagi fotosuratdagi jetonning tiraji 160 ming dona, pastdagi fotosuratdaginiki esa taxminan 5 million dona bo'lgan. Foto: n-metro.ru . Jeton ishlab chiqarish texnologiyasi ranglar uyg'unligi borasida xatolarga yo'l qo'ygan. Foto: n-metro.ru . 2020 yil noyabr oyidan boshlab Toshkent metropoliteni jetonlarni sotishni to'xtatdi , 2021 yil 1 dekabrdan boshlab esa jetonlarni qabul qilish to'xtatildi . Ular transport kartalari bilan almashtirildi. Ushbu kartalardan qanday foydalanish to'g'risida batafsil qo'llanmada aytib o'tganmiz. Shuningdek, hozirda Toshkent metropolitenida Face Pay tizimi orqali to'lovlarni amalga oshirish sinovdan o'tkazilmoqda . Metro tarixi 1863 yil 10 yanvarda Angliya poytaxtida boshlangan. Bugungi kunda u dunyodagi eng katta tizimlardan biridir. Tarmoq umumiy uzunligi 400 km dan ortiq bo'lgan 11 ta yo'nalishdan iborat. Metro yo'llarining atigi 45 foizi yer ostida joylashgan. London metropoliteni uchun maxsus jetonlar hech qachon ishlab chiqarilmagan. Bu yo'l haqi bosib o'tgan masofaga bog'liq bo'lgan tizimlar uchun odatiy holdir. Yo'lovchilar boshida kassirlar tomonidan sotilgan chiptalar bilan yo'l haqini to'lashardi. Foto: metadyne . Biroq, o'tgan asrning boshlaridayoq tizim avtomatlashtirila boshladi. Foto: nycsubway . 1960 yillarning oxiridan boshlab Buyuk Britaniya jamoat transportida, shu jumladan metroda yo'l haqi uchun turli nominaldagi jetonlar paydo bo'ldi. Foto: Viniremonet.ru Bugungi kunda metroda yo'l haqi Oyster transport kartalari orqali to'lanadi. Ular, shuningdek, avtobuslar, tramvaylar va shaharlararo poyezdlarda sayohat qilganda yo'l haqini to'lash uchun ishlatilishi mumkin. Foto: Frank Murmann / Vikipediya . Nyu-York metrosi bekatlar soni bo'yicha dunyodagi eng katta tizim bo'lib, ularning dastlabkisi 1868 yilda ochilgan va u yer ustida bo'lgan. XX asr mobaynida Nyu-York metrosi uchun to'lov shakllari tez-tez o'zgarib turdi. O'tgan asrning boshlarida besh va o'n sentlik tangalar qabul qilingan. Keyinchalik yo'lovchilar jetonlardan foydalanishni boshladilar, ularning dizayni ham o'zgardi. Foto: nycsubway . 1990 yillarning boshlarida Nyu-York metrosi magnitli metro kartalarini joriy qila boshladi, ammo jetonlar 2003 yilgacha qabul qilinishda davom etdi. Foto: Piergiuliano Chesi / Vikipediya . Bugun Nyu-York metrosida kontaktsiz to'lov turniketlari o'rnatilgan. Moskva metrosida yo'l haqini to'lashning batafsil tarixi metro.ru loyihasi tomonidan hikoya qilingan. 1935 yilda Sovet Ittifoqida birinchi metro tizimining ochilishi bilan hukumat yo'lovchilar o'tishini nazorat qilish uchun metroda turniket o'rnatishni rejalashtirgan. Ular uchun maxsus teshikli jetonlar ishlab chiqilgan. Foto: metro.ru . Jetonlardan foydalanish noqulay bo'lib qolgani uchun ular chiptalar bilan almashtirildi. Metroga kirishda nazoratchilar chiptalarni qo'lda yirtishardi va komposterlashardi. Karton chiptalar va yirtiladigan talonlar 1980 yilgacha ishlatilgan. 1935 yildagi bilet. Foto: Sealle / Vikipediya . Jetonlarni joriy qilish bo'yicha ikkinchi tajriba 1952 yilda o'tkazilgan. 1958 yilda metroda avtomatik turniketlar o'rnatila boshlandi, bir yildan so'ng esa ular bir nechta seriyada ishlab chiqarila boshlandi. Foto: metro.ru . 1961 yildan turniketlar 5 tiyinlik tangalarni qabul qila boshladi. 1992 yildan beri metro oq metalldan yasalgan metall jetonlarga, shuningdek, jez bilan qoplangan po'lat jetonlarga qaytdi (rasm quyida — tahr. ). Foto: metro.ru . Bu jetonlar atigi 11 oy muomalada bo'ldi va 1992 yil 15 noyabrgacha amal qildi. Foto: metro.ru . 1992 yil noyabr oyidan plastmassa jetonlar joriy etildi. Jetonning yarmini ikki qismga bo'lib, turniketga tushirish mumkin edi — qurilma faqat jeton orqali o'tgan yorug'lik spektriga reaksiyaga kirishardi. 1999 yil 15 yanvardan boshlab jetonlar sotilmasligi, 1 fevraldan esa qabul qilinmasligi belgilandi. Moskva magnit kartalarga o'ta boshladi. Bugungi kunda yo'l haqini magnit va kontaktsiz kartalar bilan to'lash mumkin. Joriy yilning oktabr oyida Moskva metropoliteni sinov rejimida yangi Face Pay to'lov tizimini joriy qildi . Moskva jamoat transporti uchun yuzni tanib olishning bunday shkalasiga erishgan dunyodagi birinchi shahar bo'ldi, deydi shahar ma'muriyati.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mol go'shtidan tayyorlasa bo'ladigan bir qancha noodatiy taomlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Ushbu retsept uchun har qanday go'shtdan foydalanishingiz mumkin — mol go'shti, qo'y va hatto tovuq go'shti. Mazkur taomning asosiy tarkibi satsebeli qaylasidir, u go'shtni mazali, sersuv va yumshoq qiladi. Kutilmagan mehmonlar tashrif buyurganda, shuningdek taom tayyorlash uchun ko'p vaqtingiz bo'lmasa, ushbu tezpishar taom retsepti sizning ko'makchingizga aylanadi. Chashushuli — gruzincha milliy taomlardan biri bo'lib, mol go'shti pomidorli qayla bilan birga past olovda dimlab pishiriladi. Bu taomni tayyorlash juda oson bo'lib, unga suv solinmaydi, bu esa o'z navbatida barcha masalliqlarning o'z ta'mini yorqinroq ochib berishiga sabab bo'ladi. Bunday usulda pishirilgan taom go'shti yumshoq, ta'mi ham ajoyib, brokkoli karami esa qarsildoq bo'lib, barcha vitaminlarini saqlab qoladi. Bu retseptda sizlar ideal mazaga ega go'shtli taom tayyorlash siri bilan tanishasiz. U juda yumshoq va nafis bo'lib pishadi. Yoniga garnir sifatida qaynatilgan guruch pishirsangiz ham bo'ladi. Ushbu taomni tayyorlash uchun bir xil o'lchamdagi yangi mol go'shti qovurg'asidan foydalaning. Mazkur taomning tayyorlanishi oson, lekin uzoq vaqt talab qiladi. Ammo u kutishingizga arziydi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda yangi yil dasturxoni uchun shirinliklar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Xushbo'y va qarsildoq, ammo nozik markaziga ega shokoladli to'q sariq pechene o'zining yorqinligi va tashqi qiyofasi bilan sizni maftun etadi. Yangi yil dasturxoniga shunday nafis, chiroyli va eng muhimi mazali, archa shaklidagi tort tayyorlashni tavsiya etamiz . Unda nozik asalli ko'rj qaymoq va shokoladli krem bilan mukammal tarzda uyg'unlashgan. Baunti torti — bu mashhur shokoladni to'la-to'kis shirinlikka aylantirish uchun haqiqiy imkoniyat. Ushbu shokoladli tortni tayyorlashda hech qanday qiyin narsaning o'zi yo'q. Ozgina nordon bo'lgan limonli kurd bilan to'ldirilgan mayin va shirin merengali rulet tayyorlashni taklif qilamiz. Ushbu noodatiy kombinatsiya ko'pchilikka yoqadi. Rulet o'zi juda yumshoq bo'lib, usti qarsildoq, markazida esa kremi mavjud. Shokoladli ruletdan pishirib, endi bayram dasturxoni atrofida yig'iladigan yaqinlaringizni yanada xushnud qiling. Bizning retsept asosida tayyorlangan rulet juda mayin chiqib, shokolad ta'miga to'yinib pishadi. Bu pishiriqlardan shundoqqina yangi yil nafasi ufirib turadi. Bunday nomni bu pechenelar o'rtasidagi rang-barang karamellari sababli ham olgan, chunki ular bir qarashda vitrajli oynalarni eslatadi. Hammaga yaxshi tanish bo'lgan asalli « Medovik » torti — bu hattoki shirinliklarga befarq odamlar ham rad eta olmaydigan zavqdir. Bunday ko'rinishga ega medovik esa bayram shukuhini taqdim etishi aniq. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda yangi yil dasturxoni uchun salatlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Yangi yil dasturxoni uchun o'ziga xos va qiziqarli salat retseptini taqdim etamiz. Mahsulotlarning kombinatsiyasi sizni quvontiradi, tashqi ko'rinish esa o'zgacha bayram muhitini qo'shadi. Bu sevimli salatni bir xil ko'rinishda tayyorlash joningizga tekkan bo'lsa, unda bizning ruletsimon shaklimizda tayyorlab, yaqinlaringizni hayron qoldiring. Bunday salatni aylana shaklda tayyorlasangiz, undagi barcha qavatlar ko'rinib, yanada ishtahaliroq chiqadi. Steyk bilan tayyorlangan bunday iliq salatni asosiy taom sifatida ham bemalol iste'mol qilish mumkin. Har xil masalliqlardan foydalanilgani va ajoyib ko'rinishi bilan bu salat hech kimni befarq qoldirmaydi. Aynan hozir ko'pchilik Yangi yil dasturxoniga nimalar tayyorlasam ekan deb, o'ylab yuribdi. Mana bunday g'oya esa sizlarga manzur keladi degan umiddamiz. « Sezar » salati butun dunyo bo'yicha mashhur salatlardan biri bo'lib, bugun ana shu salat retseptini taqdim etamiz. Buning uchun esa bizlar hamma yerdan xarid qilish mumkin bo'lgan mahsulotlardan foydalandik. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
Ilk marotaba «Zakovat» intellektual o'yini 2001 yil mart oyida ekran yuzini ko'rdi. 20 yil davomida aql va zakovat janglarini millionlab teletomoshabinlar ekran ortidan tomosha qilishdi. «Zakovat» klubi a'zosi Saodat Umarova ko'pchilikning sevimli bilimdonlariga aylangan «Zakovat» yulduzlari Bobur Yoqubov, Furqat Qurbonov, Aziza Ibragimova, Jobir Ahmedov, Umid Valiyev va Xushnudbek Xudoyberdiyevlar bilan suhbatlar uyushtirdi. Bilimdonlar teleo'yinga qanday kirib kelganligi, «Zakovat»ni nega tark etmasliklari va klubga yangi avlodni jalb qilish uchun nimalar qilish kerakligi haqida o'z fikrlari bilan bo'lishishdi. «Zakovat» bilimdonlari haqidagi materialning birinchi qismida «Gazeta.uz» Bobur Yoqubov va Furqat Qurbonov bilan suhbatlarni taqdim etadi. — Ilk bor qatnashgan ekran o'yiningizni eslay olasizmi? O'sha o'yinda esda qolgan biror voqeani aytib bering. — Albatta, ko'ngilga yaqin qilinadigan har qanday ish birinchi marotaba qilinganda albatta esda qoladi. Esda qolarlisi, debyut o'yinimni birinchi marotaba noto'g'ri javob berish bilan boshlaganman. — «Zakovat»dan nima kutgan edingiz va u sizga nimalar bera oldi? — « Zakovat»dan shu o'yin ichida avvalo o'z o'yinimni, aniqrog'i o'z o'yin uslubimni topishni maqsad qilgan edim va qisman bunga erishdim. Balkim, aynan shu o'yin uslubimning kichik elementlari tufayli o'zim ishtirok etgan jamoalarda jamoadoshlarimga imkon qadar yordam berib, 3 marta chempion bo'lgandirman. — So'nggi yillarda «Zakovat» tanazzulga uchradi degan fikrlar ko'p aytildi. Shu davrda ham o'yinni tark etmasligingizga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz? — Har bir insonning sevimli mashg'uloti bo'ladi va bu mashg'ulot unga ruhan rohat bergunicha, ushbu mashg'ulotini tashlamaydi. Kasbim va boshqa aniq sabablar tufayli bir muddat «Zakovat» o'yinlarida ishtirok eta olmadim, biroq, olis yurtlarda bo'lsam ham onlayn turnirlarda ishtirok etib turdim. Sababi, men tabiatan «igrokman». — «Zakovat»da sizning raqibingiz kim yoki nima? — Eng katta raqiblarim: xotiram, intuitsiyam va hayajonim. Shularni o'zimga bo'ysundira olsam, ular mening do'stimga aylanishadi. — Intellektual o'yinlarni qaysi janrdagi filmga o'xshatgan bo'lardingiz? — Intellektual detektiv janriga! Film boshidan boshlab qotil kim ekanligini taxmin qilasiz, yakunda esa qotil eng kam shubhalangan shaxs bo'lib chiqadi. «Zakovat»da ham o'yin boshidan o'yin qanday kechishi va hisob qanday bo'lishini taxmin qilasiz, biroq, ko'p hollarda natija siz uchun syurpriz bo'lib chiqadi. — Siz uchun bilimdondagi eng muhim fazilatlar qaysi? — Operativ tezkor xotira, miya xotirjamligi va yurakning vulqon bo'lib urib turishi! Shu 3 fazilatlarning bir vaqtda ishlashi! — Qaysi bilimdonga havas qilasiz, undan nimalarni o'rgangansiz? — Klubdan Murod Hamroyevning savollarga analitik tarzda yondashishiga havas qilardim, qiyin savollarni ham osonlashtirib topishni qisman undan o'rganganman. Xorijliklardan esa Ilya Novikovning muzday xotirjam ruhda qiyin savollarga mantiqan yondashishlari yoqardi, Boris Burdaning esa har sohadan kerakli nimanidir bilishiga qoyil qolganman. — «Zakovat» tarixida eng yulduzli, eng yorqin bilimdon sifatida ko'rsatuv muxlislari qaysi bilimdonni eslab qolishadi deb o'ylaysiz? — Ko'p holatlarda familiyasini noto'g'ri «Bobur Yo'ldoshev» deb aytishsa ham, Bobur Yoqubovni yaxshi eslab qolishgan bo'lsa kerak. Aslida, klubdagi ko'plab bilimdonlarning o'z muxlislari bor, sababi, har bir tomoshabin o'ziga yoqqan bilimdonda o'zida mavjud o'xshashlikni ko'rib, uning muxlisiga aylanadi. Furqat Qurbonov va Bobur Yoqubov. — Sizningcha tomoshabinlar mehrini qozonish uchun bilimdonga qaysi xususiyatlar qo'l keladi? — Muxlislar ko'p, ularning tabiatlari, dunyoqarashlari har xil bo'ladi va ularning mehrini qozonish uchun nima qilish kerakligini aniq bilmadim… Menimcha, o'yinlarga asling kabi samimiy yondashib, stol atrofida har bir savolni topish uchun astoydil yonishing kerak. — Obro' topish va tanilishga bo'lgan intilish bilimdonni o'z ustida ko'proq ishlashga undashi mumkinmi? — Ushbu kriteriyalar deyarli barcha soha va kasblarda ko'pchilik uchun o'z o'rnini topish uchun omil bo'ladi. Shaxsan menga, mag'lubiyatlar yanada o'z ustimda sifatliroq ishlashimga sabab bo'ladi. Yuqorida aytganimdek, tabiatdan «igrok» bo'lganim uchun yutqazishni yomon ko'raman, biroq, kezi kelganda yutqazishni bilaman! — «Zakovat» sizning shaxsiy hayotingizga va ish faoliyatingizga qanday ta'sir qilgan? - Bu o'zingizga bog'liq masala. Sizni bilimdon sifatida ko'pchilik tanishadi va sizdan bilimdonlarga xos fikr, harakatlarni kutishadilar. Agar bilimdon ekanlingizni ishda isbotlay olsangiz, sizga hurmat yanada oshadi. Shaxsan menga, faqat ijobiy ta'sir qilgan, sababi, atrofdagilar mendan nimani kutishlarini tushunib, intelligent degan nomga yaqinlashishga intilganman. — O'yinga tayyorgarliklar juda ko'p vaqt talab qiladi, «shu vaqtni boshqa narsaga sarflasam foydaliroq bo'lardi» degan xayollar bo'lganmi? — Bu kabi o'ylar juda ko'p xayoldan o'tgan. Joyi kelganda pullik ishlarimni tashlab o'yinlarga ketib qolardim, deyarli hozir ham shunday. Menimcha bu kasallik… — Ko'pchilikning fikriga ko'ra, hozirda yoshlar oldingiga nisbatan kamroq kitob o'qishadi, sizningcha ham shundaymi? — Ha, kamroq o'qishadi. Sababi, hozirda ma'lumotlar miya tez hazm qila oladigan qisqa yozma va video kontentlarda berilsa, ko'proq o'qiladi, ko'riladi. Bu zamon kriteriyasi. Biroq, asl bilim manbai sifatida longrid maqolalar, ilmiy esselar va kitob asos bo'lib qolaveradi. Misol, bitta o'qilgan badiiy asarni o'zidan kamida 10ta yaxshi savol tuzish mumkin, bitta kitobni o'zida esa 3−4 ta asar bo'ladi. Bilimdon bo'lish uchun albatta kitob o'qish bosh mezon bo'lib qolaveradi. Foto: Furqat Qurbonovning Facebook ijtimoiy tarmog'idagi profilidan. — Intellektual o'yinlarga zumer avlodini qanday vositalar orqali jalb qilish mumkin deb o'ylaysiz? (Zumerlar yoki Z avlod — 90-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida tug'ilganlarga nisbatan ishlatiladi) — Juda oson. Zumerlar tilida intellektual o'yin haqida qisqa va qiziqarli podkastlar tayyorlash kerak. Misol uchun, Tik-Tok platformasi mahsulotlari maksimum 15 sekundni o'z ichiga oladi. Aynan 15 sekunddagi hajmda quyidagicha video tayyorlasa bo'ladi. «Yangi avtomobil nomer sotib olganingizda, ushbu nomer mabodo joyidan tushib qolgudek bo'lsa, siz uni tezda topishingiz uchun oldindan nima qilib qo'yardingiz? — Javobi oson, avtomobil nomeri orqasiga marker bilan o'zingizning yoki yaqinlaringizning telefon nomerini oldindan yozib qo'ysangiz, tushib qoladigan bo'lsa, nomerni topib olgan inson suyunchi olish uchun darrov sizga telefon qiladi. Yanada qiziqarli savollarga javob topmoqchi bo'lsangiz, marhamat o'zingizni sinab ko'ring!» Aslida, har bir insonda tabiatdan savollarga javob berishga moyillik bo'ladi, mabodo berilgan savolga to'g'ri javob topsa, kelasi safar ham o'zini sinab ko'rishdan tortinmaydi. — «Zakovat»ga yiliga 50 milliard so'm ajratilishi ma'lum qilindi . Sizningcha bu mablag' «Zakovat»ga yangi bilimli yigit-qizlarni jalb qila oladimi? Zakovatchilar saviyasini oshirish uchun moliyaviy ko'mak qanchalik zarur? — Ha, jalb qila oladi. Ko'p oilali, aniq bir kasb avloddan avlodga o'tib keladigan olis tumandagi oilani tasavvur qiling. Bir kuni oila boshliqlari uchun kutilmaganda o'g'il yoki qiz, intellektual o'yinlarda qatnashib, mukofot tariqasida 100 000 so'm pul yoki qimmat sovg'a yutib keldi. Aynan shu farzand ota-onasi nazdida o'qishga o'z kuchi bilan kirishi mumkinligiga ozroq bo'lsa ham ishonchni o'yg'otadi. Aynan shu farzand ota-onasini oila an'anasiga qarshi borib unga ishonishib, o'qishga kirish uchun imkoniyat yaratib berilganidan foydalanib, ko'proq ilm olishiga turtki bo'ladi. Ishonch uchun gohida yaxshi ko'rinishdagi rag'batlar ham kerak bo'ladi, faxriy yorliq davrlari o'tib ketdi, menimcha. — Siz tug'ilgan yilda qanday muhim tarixiy hodisa ro'y bergan? — Torontoda balandligi 553,3 metrni tashkil qiladigan dunyodagi eng baland turar bino, «CN Tower» televizion minorasi qad ko'targan va ushbu rekord 31 yil davomida zabt etilmagan. — Siz tug'ilgan joyga qisqacha ta'rif bering. — Har xil millat vakillari (o'zbek, rus, tojik, tatar, afg'on, yahudiy, turkman) birga inoq yashagan, ziyraklik va o'z so'zida turish qattiq hurmat qilinadigan, mahaliy aholi g'urur bilan «Kichik Bombey» deb atashadigan, Surxondaryoning sanoati vaqtida yaxshi rivojlangan, eng ko'p aholiga ega shaharlardan biri — Denov shahri. — Maktab davridagi eng katta sho'xligingiz. — Deyarli kun ora mushtlashardim. Tishimam singan, ko'zlarim ham bir necha bor ko'kargan. Oldin mushtlashib, keyin qalin oshna bo'lib ketardim. Xullas, o'zimni xafa qildirmasdim. — Ustozingizdan sizga omonat qolgan ibratli so'zlar. — O'zim sevib o'qiydigan har bir adibni o'zimga ustoz deb bilaman. Bunday o'gitlar ko'p, eng yoqqani «Chantremore, kalamakatore!!!». — Ish faoliyatingizda sizni nima ilhomlantiradi va zavq beradi? — Go'zal osmon, charaqlagan quyosh, yosh bolalarning kulgisi va achchiq qora kofe. — Shaxs sifatida shakllanishingizda qaysi badiiy kitoblar va qaysi mualliflar muhim o'rin egallagan? — Bunday asarlar ko'p va shaxs sifatida shakllanishim hali ham tugallamagan. O'zimga yaqin tilda yozadigan adiblar shular: Shukur Xolmirza, Erkin A'zam, Edgar Alan Po, Konfutsiy, Artur Konan Doyl, Agata Kristi, O'tkir Hoshimov, Mixail Bulgakov, Karel Chapek, Gabriel Garsiya Markes, Jorj Simenon, Anton Chexov, Onore de Balzak, O. Genri, O'lmas Umarbekov, Jek London, Aleksandr Dyuma (ota), Yuriy Belyayev. — Qaysi zamondoshingiz bilan suhbatlashishni xohlardingiz? — Har qanday qiyinchiliklarga qaramay taslim bo'lmaydigan obrazlarni gavdalantiradigan prodyuser, ssenarist va buyuk aktyor Jeki Chan. — Qanday holatda o'zingizga «men baxtliman» deb aytgansiz? — Doimo aytaman. Masalan, to'yib uxlab, turganimda achchiq qora kofe bo'lsa. — Agar siz haqingizda kitob yozilsa, unga qaysi satrlar epigraf bo'lishini xohlaysiz. — Birorta aqlli gapni ko'chirib qo'yamanda shu joyga. Masalan, «Ko'pchilikka o'xshamaganim uchun, kulgili ko'rinardim. Menga esa boshqalarni bir-birlariga o'xshashliklari kulgili ko'rinardi. Tushunganim shuki, hammasi o'tkinchi, qolur ibratli ishlar, mehr qolur, muhabbat qolur». — Ilk bor qatnashgan ekran o'yiningizni eslay olasizmi? O'sha o'yinda esda qolgan biror voqeani aytib bering. — Ilk bor ekran o'yinida o'yinchi sifatida qatnashishim rejissyorlar jamoasi bilan bo'lgan. Adashmasam Jahongir Qosimov o'sha o'yindan oldin betob bo'lib qolib, qatnasha olmagan, keyin uning o'rniga men qatnashgan edim. Jamoada Zulfiqor Musoqov, Nuriddin Qosimov, Oybek Veysal o'g'li, G'anisher Rahmatullayev kabilar bor edi. O'sha o'yinda 6:4 hisobida yutganmiz. Men ham ikkita yoki uchta savolga javob topgandim. Foto: Bobur Yoqubovning shaxsiy arxividan. — «Zakovat»dan nima kutgan edingiz va natijada u sizga nimalar bera oldi? — « Zakovat»ga dastlab qiziqish tufayli borgandim, aniqrog'i o'zimni sinab ko'rish uchun. To'g'risini aytsam, «Zakovat»dan hech narsa kutmaganman. Lekin u menga ko'p narsa berdi: o'yindan olinadigan zavq, elga tanilish, eng asosiysi, sadoqatli do'stlar orttirdim. — So'nggi yillarda «Zakovat» tanazzulga uchradi degan fikrlar ko'p aytildi. Shu davrda ham o'yinni tark etmasligingizga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz? — « Zakovat»da ekran o'yinlari ayrim sabablar tufayli to'xtatilgan bo'lsada, klubimiz faoliyati to'xtab qolmadi, hatto karantin davrida ham onlayn o'yinlar tashkil etildi. Mening ketmasligimga sabab esa, shunaqa og'ir payt kelganda «Zakovat»ni tashlab ketish men uchun o'zimga qilinayotgan xiyonat bo'lardi. — «Zakovat»da sizning raqibingiz kim yoki nima? — Bizning asosiy raqibimiz ham, eng ashaddiy muxlislarimiz ham teletomoshabinlar. — Intellektual o'yinlarni qaysi janrdagi filmga o'xshatgan bo'lardingiz? — Detektiv. — Siz uchun bilimdondagi eng muhim fazilatlar qaysi? — Kamtarlik, keng dunyoqarash, fikrini qisqa tushuntira olish va boshqalarni eshita bilish. — Qaysi bilimdonga havas qilasiz, undan nimalarni o'rgangansiz? — Rahmatli Farhod Akbarovga havas qilardim. Har taraflama mukammal inson edi. — «Zakovat» tarixida eng yulduzli, eng yorqin bilimdon sifatida ko'rsatuv muxlislari qaysi bilimdonni eslab qolishadi deb o'ylaysiz? — Yorqin bilimdonlar ko'p. Muxlislar bilan gaplashganimda Saidkamol Abdurazzoqov, Jobir Axmedov, Furqat Qurbonovlarni ko'proq gapirishadi. — Sizningcha tomoshabinlar mehrini qozonish uchun bilimdonga qaysi xususiyatlar qo'l keladi? — Burni ko'tarilib ketmasligining o'zi yetarli menimcha. Albatta, bilimdan tashqari. — Obro' topish va tanilishga bo'lgan intilish bilimdonni o'z ustida ko'proq ishlashga undashi mumkinmi? — Bu ham qaysidir ma'noda ta'sir ko'rsatadi. Chapdan o'ngga: Umid Valiyev, Bobur Yoqubov, Abdurasul Abdullayev. Foto: «Zakovat» intellektual ko'rsatuvi. — «Zakovat» sizning shaxsiy hayotingizga va ish faoliyatingizga qanday ta'sir qilgan? - Ko'pchilikning tanishi ayrim holatlarda yordam beradi, lekin ko'pincha qo'shimcha mas'uliyat yuklaydi, odamlar nazarida ekanligimni his qilib turaman. — O'yinga tayyorgarliklar juda ko'p vaqt talab qiladi, «shu vaqtni boshqa narsaga sarflasam foydaliroq bo'lardi» degan xayollar bo'lganmi? — Bo'lgan … Lekin afsuslanmayman. — Ko'pchilikni fikriga ko'ra, hozirda yoshlar oldingiga nisbatan kamroq kitob o'qishadi, sizningcha ham shundaymi? — Bu bor gap. — Intellektual o'yinlarga zumer avlodini qanday vositalar orqali jalb qilish mumkin deb o'ylaysiz? (Zumerlar yoki Z avlod — 90-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida tug'ilganlarga nisbatan ishlatiladi) — Menimcha asosan moliyaviy rag'batlantirish orqali. — «Zakovat»ga yiliga 50 milliard so'm ajratilishi ma'lum qilindi . Sizningcha bu mablag' «Zakovat»ga yangi bilimli yigit-qizlarni jalb qila oladimi? Zakovatchilar saviyasini oshirish uchun moliyaviy ko'mak qanchalik zarur? — Bilimdonlar uchun savol topish zavqiga hech narsa yetmaydi, savol mualliflarini rag'batlantirish esa juda muhim. Tomoshabinlarni jalb qilish uchun mualliflarga mukofot berish shart. Zero «Zakovat»ni ushlab turgan muhim ko'rsatkichlardan biri sifatli savoldir. — Siz tug'ilgan yilda qanday muhim tarixiy hodisa ro'y bergan? — Indira Gandi qamalgan (Hindiston sobiq bosh vaziri — tahr. ), Golda Meir (Isroil sobiq bosh vaziri — tahr. ) vafot etgan, «Yulduzli tunlar» romani bobma-bob «Sharq yulduzi» jurnalida nashr etilgan. — Siz tug'ilgan joyga qisqacha ta'rif bering. — Tog'lar orasidagi xushmanzara qishloq. — Maktab davridagi eng katta sho'xligingiz. — Paxta terimida «qo'zg'olon» ko'targanmiz. — Ustozingizdan sizga omonat qolgan ibratli so'zlar. — Yolg'ondan uzoqroq bo'l! — Ish faoliyatingizda sizni nima ilhomlantiradi va zavq beradi? — Ishxonadagi muhit. — Shaxs sifatida shakllanishingizda qaysi badiiy kitoblar va qaysi mualliflar muhim o'rin egallagan? — Ular juda ko'p… — Qaysi zamondoshingiz bilan suhbatlashishni xohlardingiz? — Ilon Mask bilan. — Qanday holatda o'zingizga «men baxtliman» deb aytgansiz? — Ota-onam men bilan faxrlanishini aytganda. — Agar siz haqingizda kitob yozilsa, unga qaysi satrlar epigraf bo'lishini xohlaysiz. — Sekinroq shoshil! Saodat Umarova suhbatlashdi.
advice
Ilk marotaba «Zakovat» intellektual o'yini 2001 yil mart oyida ekran yuzini ko'rdi. 20 yil davomida aql va zakovat janglarini millionlab teletomoshabinlar ekran ortidan tomosha qilishdi. «Zakovat» klubi a'zosi Saodat Umarova ko'pchilikning sevimli bilimdonlariga aylangan «Zakovat» yulduzlari Bobur Yoqubov, Furqat Qurbonov, Aziza Ibragimova, Jobir Ahmedov, Umid Valiyev va Xushnudbek Xudoyberdiyevlar bilan suhbatlar uyushtirdi. Bilimdonlar teleo'yinga qanday kirib kelganligi, «Zakovat»ni nega tark etmasliklari va klubga yangi avlodni jalb qilish uchun nimalar qilish kerakligi haqida o'z fikrlari bilan bo'lishishdi. «Zakovat» bilimdonlari haqidagi materialning ikkinchi qismida «Gazeta.uz» Umid Valiyev va Jobir Ahmedov bilan suhbatlarni taqdim etadi. — Ilk bor qatnashgan ekran o'yiningizni eslay olasizmi? O'sha o'yinda esda qolgan biror voqeani aytib bering. — Ilk bor qatnashgan ekran o'yinim 2004 yil noyabrda bo'lgan. Juda yaxshi esimda. Umuman olganda barcha o'yinlarimni statistikasini yuritib boraman. Birinchi o'yinda 2 ta savolga to'g'ri javob bera olganman. Balki dastlabki o'yin bo'lgani uchunmi, savol yaxshi xotiramda qolgan. Savolning qisqacha ma'nosi quyidagicha edi: «An'anaviy yapon teatrida imperator rolini kim ijro etadi?», javob esa yosh (o'spirin) bola edi. Imperatorni xuddi bola kabi begunohligini ko'rsatish udum ekan. — «Zakovat»dan nima kutgan edingiz va u sizga nimalar bera oldi? — Ochig'i «Zakovat»dan biror nima kutib o'ynamaganman. «Zakovat» targ'iboti uchun klubning barcha a'zolari bilan birga harakat qilib kelganman, bunday keyin ham klub rivoji uchun kuchim va vaqtimni ayamayman. «Zakovat» shaxsan menga ko'p imkoniyat yaratdi. Birinchi navbatda, muntazam ravishda klub va ekran o'yinlari orqali turli sohalardagi bilimlarimni boyitib borish imkoniyatini bermoqda. Klub a'zolari bo'lgan zehnli va serqirra insonlar bilan suhbatlashish ne'matini berdi. Biznesda «goodwill» degan tushuncha mavjud, ya'ni yaxshi reputatsiya. Klubning barcha a'zolariga «Zakovat» shunday reputatsiya berib kelmoqda va men doimo shu reputatsiyaga munosib bo'lishdek stimulga egaman. — So'nggi yillarda «Zakovat» tanazzulga uchradi degan fikrlar ko'p aytildi. Shu davrda ham o'yinni tark etmasligingizga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz? — «Zakovat» tanazzulga uchramagan. Yurtimizda hech qachon bilimga e'tiborsizlik bo'lmagan. Klub faoliyati 20 yildan buyon davom etmoqda. «Zakovat» klubida doimo reja, maqsad va albatta natija bo'lgan. Buni oxirgi 5−6 yil davomida klub koordinatori sifatidagi faoliyatimdan kelib chiqib ishonch bilan ta'kidlay olaman. — «Zakovat»da sizning raqibingiz kim yoki nima? — «Zakovat»dagi raqibim o'zimman. Umuman men hech qachon biror ishtirokchidan kuchli o'ynashga harakat qilmaganman, faqatgina bugungi Umid (ya'ni men) kechagi Umiddan kuchliroq bo'lishiga intilaman. — Intellektual o'yinlarni qaysi janrdagi filmga o'xshatgan bo'lardingiz? — Intellektual o'yinlarni detektiv janrdagi filmga o'xshataman. Jamoa bilan birga qo'yilgan masalaga javob qidirasiz. — Siz uchun bilimdondagi eng muhim fazilatlar qaysi? — Bilim yo'lida izlanish, yutuqlardan esankiramaslik, kamtarlik, natijaga yo'naltirilganlik, bilimlarini faqatgina klub yoki ekran o'yinlarida emas balki hayotda, ish faoliyatida qo'llay bilish bilimdondagi eng muhim fazilatlar deb bilaman. — Qaysi bilimdonga havas qilasiz, undan nimalarni o'rgangansiz? — Muntazam havas qiladigan bitta bilimdonim yo'q. Har bir bilimdondan o'zim uchun kerak bo'ladigan muhim hislat va fazilatlarni o'rganishga harakat qilaman. — «Zakovat» tarixida eng yulduzli, eng yorqin bilimdon sifatida ko'rsatuv muxlislari qaysi bilimdonni eslab qolishadi deb o'ylaysiz? — «Zakovat»da faoliyat olib borgan va davom ettirayotgan bilimdonlar ko'p. Ularni har birining o'z muxlislari bor. «Zakovat» tarixida eng yorqin bilimdon sifatida ko'rsatuvning yoshi katta muxlislari Farhod Akbarovni (Olloh rahmatiga olgan bo'lsin) eslab qolishgan deb o'ylayman. — Sizningcha tomoshabinlar mehrini qozonish uchun bilimdonga qaysi xususiyatlar qo'l keladi? — Hozirgi muxlislarning mehrini qozonish uchun bilimdon o'z o'yini orqali doimo ularni hayratda qoldirishi, muxlislar kutmagan savolga javob berib «Otasiga rahmat» kabi olqishlarni olishi zarur. Ba'zi bilimdonlarning birgina javobi muxlislarni esida qolsa, ba'zi bilimdonlar muxlislarni simpatiyasi uchun yillar davomida harakat qilishiga to'g'ri keladi. Foto: Umid Valiyevning shaxsiy arxividan. — Obro' topish va tanilishga bo'lgan intilish bilimdonni o'z ustida ko'proq ishlashga undashi mumkinmi? — Mashhurlik aslida bilimdonni o'z ustida ko'proq ishlashga undashi zarur. Afsuski mashhurlik ko'pincha «yulduzlik kasali»ni ham olib keladi. — «Zakovat» sizning shaxsiy hayotingizga va ish faoliyatingizga qanday ta'sir qilgan? — «Zakovat» klubning barcha a'zolariga shaxsiy hayot va ish faoliyatida ijobiy ta'sir beradi. Birgina Buxoroda bo'lib o'tgan Grand final g'oliblarini eslab ko'ring. Ularni «Zakovat»dagi hayotini finalgacha va finaldan keyingi 2 qismga ajratish mumkin. Albatta, bilimdonlar muxlislardagi ijobiy fikrni qora ko'zi yoki chiroyli smokingi bilan qo'lga kiritmaydi. Buning uchun tinimsiz mehnat qilishadi, shaxsiy va jamoaviy tayyorgarliklarni olib borishadi. — O'yinga tayyorgarliklar juda ko'p vaqt talab qiladi, «shu vaqtni boshqa narsaga sarflasam foydaliroq bo'lardi» degan xayollar bo'lganmi? — Albatta, o'yinga tayyorgarliklar juda ko'p vaqt talab qiladi, shu vaqtni boshqa narsaga sarflasam foydaliroq bo'lardi degan fikr xayolimga hech qachon kelmagan. Doimo vaziyatga qarab ish tutaman, agar o'yinga tayyorgarlikka qaraganda shaxsiy, oilaviy yoki kasbim bilan bog'liq zarur vazifa bo'lsa shu zarurini qilaman. — Ko'pchilikning fikriga ko'ra, hozirda yoshlar oldingiga nisbatan kamroq kitob o'qishadi, sizningcha ham shundaymi? — Negadir mening fikrim aksariyat holatlarda ko'pchilik fikriga zid bo'ladi. Hozirda yoshlar oldingiga nisbatan kamroq kitob o'qishadi deb hisoblamayman. Bundan 2000 yillar avval ham yoshlar haqida shunga o'xshash fikrlar bo'lgan. Yoshlar o'zlaridan oldingi avlodga nisbatan kam kitob o'qiganida kashfiyot va ixtirolar bo'lmas, biz hali ham g'orlarda o'tirgan bo'lar edik. — Intellektual o'yinlarga zumer avlodini qanday vositalar orqali jalb qilish mumkin deb o'ylaysiz? (Zumerlar yoki Z avlod — 90-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida tug'ilganlarga nisbatan ishlatiladi) — Savollar ichidagi eng o'ylatadigani shu ekan. Mening fikrimcha intellektual o'yinlarga zumer avlodini elektron vositalar, android dasturlar orqali jalb qilish mumkin. — «Zakovat»ga yiliga 50 milliard so'm ajratilishi ma'lum qilindi . Sizningcha bu mablag' «Zakovat»ga yangi bilimli yigit-qizlarni jalb qila oladimi? Zakovatchilar saviyasini oshirish uchun moliyaviy ko'mak qanchalik zarur? — Fursatdan foydalanib, «Zakovat»ni 2021 yil davomida umum bilim harakatiga aylanishiga katta yordam bergan Mass mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi rahbarlariga alohida minnatdorchilik bildiraman. Shu insonlarning ko'magi va bilimdonlar harakati bilan Zakovat klubi faoliyatini muntazam moliyalashtirish tizimi yo'lga qo'yildi. Bu albatta yangi bilimli yigit-qizlarni klubga jalb qila oladi va umuman klub saviyasini oshishiga yordam beradi. Foto: Umid Valiyevning shaxsiy arxividan. — Siz tug'ilgan yilda qanday muhim tarixiy hodisa ro'y bergan? — Birinchi Apple Macintosh kompyuteri savdoga chiqarilgan. — Siz tug'ilgan joyga qisqacha ta'rif bering. — Toshkent — non va tomosha shahri. — Maktab davridagi eng katta sho'xligingiz. — Eslay olmadim. — Ustozingizdan sizga omonat qolgan ibratli so'zlar. — Hamma yerda biliming — tashrif qog'ozing bo'ladi. — Ish faoliyatingizda sizni nima ilhomlantiradi va zavq beradi? — Doimo yangilikni o'rganishni talab etadi. — Shaxs sifatida shakllanishingizda qaysi badiiy kitoblar va qaysi mualliflar muhim o'rin egallagan? — Abdulla Qodiriy, Primqul Qodirov, Abdulla Qahhor, Alixonto'ra Sog'uniy kabi buyuklarning asarlari. — Qaysi zamondoshingiz bilan suhbatlashishni xohlardingiz? — Ilon Mask. — Qanday holatda o'zingizga «men baxtliman» deb aytgansiz? — Har doim. — Agar siz haqingizda kitob yozilsa, unga qaysi satrlar epigraf bo'lishini xohlaysiz. — Orzularni qarilik qutisiga yig'mang. — Ilk bor qatnashgan ekran o'yiningizni eslay olasizmi? O'sha o'yinda esda qolgan biror voqeani aytib bering. — Men klubga 2001 yilning oxirlarida kelganman. Ilk marta qatnashgan ekran o'yinim 2002 yil aprel oyida bo'lgan. Shu o'yinda jamoa 6−5 xisobida g'alaba qozongan. Esda qolarli jihati shuki, bu jamoa 4 kun ichida tuzilgan va shunga qaramay bir-biri bilan kirishib keta olgan va ilk g'alabani qo'lga kiritgan. — «Zakovat»dan nima kutgan edingiz va natijada u sizga nimalar bera oldi? — Bu o'yinga kelishimdan asosiy maqsad barcha bilimdonlar kabi savollarga javob topish va o'sha adrenalinni his qilish bo'lgan. Mana 20 yildan beri har bir o'yinda o'sha ta'riflab berish qiyin bo'lgan zavq va adrenalin bor. «Zakovat» o'yinida qatnashish menga xar bir yangi ma'lumot qachondir qayerdadir kerak bo'lib qolishi mumkinligini o'rgatdi. Har qanday masalaning yechimi borligi va uning eng optimal yechimini tanlay olishni o'rgatdi. — So'nggi yillarda «Zakovat» tanazzulga uchradi degan fikrlar ko'p aytildi. Shu davrda ham o'yinni tark etmasligingizga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz? — Men shaxsan o'yin tanazzulga uchradi deb xisoblamayman. Ekranda ma'lum bir vaqt ko'rinmay qolish bu tanazzulga uchrash degani emas. O'sha vaqtda ham bizning klub jamoalari yig'ilishni va mashq o'yinlarini to'xtatgani yo'q. Klubni tark etish uchun ekran o'yinlarining vaqtinchalik to'xtashi asos bo'lmaydi deb xisoblayman. — «Zakovat»da sizning raqibingiz kim yoki nima? — Asosiy raqib bu 1 daqiqa vaqt. Shu raqibni munosib yenga olsangiz marra sizniki. — Intellektual o'yinlarni qaysi janrdagi filmga o'xshatgan bo'lardingiz? — Ko'proq triller janriga mos tushsa kerak sababi, oxiri nima bilan tugashini bilmay, xar qadamda qanday narsaga duch kelishingizni bilmay ichki hayajonda bo'lasiz. — Siz uchun bilimdondagi eng muhim fazilatlar qaysi? — O'z bilimlarini doimo oshirib boradigan, bilganlaridan oqilona foydalanishni biladigan va «Men hamma narsani bilib bo'ldim» degan xomxayolga berilmaydigan inson bo'lishi kerak. — Qaysi bilimdonga havas qilasiz, undan nimalarni o'rgangansiz? — O'zimizda o'ynagan bilimdonlardan Murod Hamroyev bilan birga bir jamoada o'ynaganimda ko'p narsani o'rganganman. Rossiyadagi bilimdonlardan Maksim Potashyovning o'yinlarini kuzatib boraman. Undan ko'p narsalarni o'rganish mumkin. — «Zakovat» tarixida eng yulduzli, eng yorqin bilimdon sifatida ko'rsatuv muxlislari qaysi bilimdonni eslab qolishadi deb o'ylaysiz? — Buni muxlislar mendan yaxshiroq bilishsa kerak. — Sizningcha tomoshabinlar mehrini qozonish uchun bilimdonga qaysi xususiyatlar qo'l keladi? — Birinchi navbatda bilimdondagi samimiylik tomoshabin mehrini qozonadi. O'yin vaqtida o'z bilim va imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan va samarador o'ynaydigan bilmidonning tomoshabin e'tiboriga tushishi oson bo'ladi. — Obro' topish va tanilishga bo'lgan intilish bilimdonni o'z ustida ko'proq ishlashga undashi mumkinmi? — Menimcha, bilimdonni o'z ustida ishlashi uchun bundan ham muhimroq motivatsiyalar bo'lishi kerak. — «Zakovat» sizning shaxsiy hayotingizga va ish faoliyatingizga qanday ta'sir qilgan? — Har ikkalasida o'zining o'rniga ega bo'lgan. — O'yinga tayyorgarliklar juda ko'p vaqt talab qiladi, «shu vaqtni boshqa narsaga sarflasam foydaliroq bo'lardi» degan xayollar bo'lganmi? — O'yinga tayyorgarlik uchun xaqiqatan ham ko'p vaqt sarflayman. Biroq bu yerda mening yondashuvim boshqacharoq: boshqa foyda keltirmaydigan ishga vaqt sarflagandan ko'ra o'yinga tayyorgarlik uchun vaqt sarflasam foydaliroq bo'ladi deb o'ylayman. Chapdan o'ngga: Xushnudbek Xudoyberdiyev, Jobir Ahmedov, Bobur Yoqubov, Timur Mirzayev. Foto: Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz». — Ko'pchilikni fikriga ko'ra, hozirda yoshlar oldingiga nisbatan kamroq kitob o'qishadi, sizningcha ham shundaymi? — Ha, menimcha ham shunday. Virtual hayot real hayotdan ustunlik qilayotgani sababli shunday bo'lyapti deb o'ylayman. — Intellektual o'yinlarga zumer avlodini qanday vositalar orqali jalb qilish mumkin deb o'ylaysiz? (Zumerlar yoki Z avlod — 90-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida tug'ilganlarga nisbatan ishlatiladi) — Bugungi kunda «Nima? Qayerda? Qachon?» o'yinining bir qancha onlayn versiyalari mavjud. «Zakovat»ning ham mobil versiyasi yaratilsa, ularni ham intellektual o'yinlarga jalb qilish oson bo'ladi. — «Zakovat»ga yiliga 50 milliard so'm ajratilishi ma'lum qilindi . Sizningcha bu mablag' «Zakovat»ga yangi bilimli yigit-qizlarni jalb qila oladimi? Zakovatchilar saviyasini oshirish uchun moliyaviy ko'mak qanchalik zarur? — Ha, albatta jalb qiladi. Bugungi yoshlar har bir ishni qilishdan oldin maqsad qo'yadi. Agar bu maqsad ichida moliyaviy motivatsiya bo'lsa maqsadni amalga oshirish uchun harakat kuchayadi. Inson faoliyatining barcha sohalari kabi intellektual o'yinlarda ishtirok etayotganlarga moliyaviy motivning borligi qiziqishni yanada kuchaytiradi. — Siz tug'ilgan yilda qanday muhim tarixiy hodisa ro'y bergan? — Internet tarmog'i dunyoga kelgan. — Siz tug'ilgan joyga qisqacha ta'rif bering. — Osiyoning eng so'lim o'lkalaridan biridagi eng fayzli yer. — Maktab davridagi eng katta sho'xligingiz. — 3 sinfda 1 chorak o'qib, 2-chorakni 5-sinfda davom ettirganim. — Ustozingizdan sizga omonat qolgan ibratli so'zlar. — Hech qachon «bu ishni men uddalay olmayman» dema, balki «nima uchun bu ishni men uddalay olmas ekanman? Albatta uddalay olaman» deb shu ishga kirish. — Ish faoliyatingizda sizni nima ilhomlantiradi va zavq beradi? — Insonlarning bilim olishga bo'lgan qiziqishi va kelajakda yaxshi shifokor bo'lish uchun tinimsiz mehnat qilishi. — Shaxs sifatida shakllanishingizda qaysi badiiy kitoblar va qaysi mualliflar muhim o'rin egallagan? — O'zbek adabiyotida O'tkir Hoshimov ijodiga qiziqishim juda katta bo'lgan va uning asarlaridan olgan xulosalarim ko'p vaqt menga qo'l kelgan. — Qaysi zamondoshingiz bilan suhbatlashishni xohlardingiz? — Bunday insonlar juda ko'p. O'zbekistonda ham, dunyoda ham. — Qanday holatda o'zingizga «men baxtliman» deb aytgansiz? — Har tongda uyg'onganimda ko'zim ko'rib turganida, quloqlarim eshitib turganida va tilim gapirishga qodir bo'lganida, Allohga shukr qilib «bugun mendan baxtli odam yo'q» deyman. — Agar siz haqingizda kitob yozilsa, unga qaysi satrlar epigraf bo'lishini xohlaysiz. — Bilmaganni so'rab o'rgangan — olim. Orlanib so'ramagan — o'ziga zolim. Materialning birinchi qismida «Zakovat» bilimdonlari Bobur Yoqubov va Furqat Qurbonovlar bilan suhbat taqdim etilgandi . Saodat Umarova suhbatlashdi.
advice
30−31 dekabr kunlari O'zbekiston aholisi yangi yil bayramini qorli ob-havosiz kutib olishi mumkin. Bu haqda O'zgidromet yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov O'zAga bergan intervyusida aytib o'tdi. Ta'kidlanishicha, iqlim o'zgarishi atmosferada siklon va antitsiklon, boshqacha aytganda, sovuq va iliq, nam va quruq havo massalari harakatidagi ma'lum bir muvozanatni o'zgartirib yuborgan. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, O'zgidromet o'z vakolati doirasida uch muddatli — qisqa, o'rta va uzoq muddatli ob-havo prognoz xabarlarini ishlab chiqadi. Qisqa va o'rta muddatli ob-havo prognoz xabarlari kelgusi 5 kunlik davr uchun ishlab chiqiladi va bunda prognoz xabarlarida yog'ingarchilikning turlari (yomg'ir, qor, do'l) aniq ko'rsatib o'tiladi. Uzoq muddatli prognozlarda yog'ingarchilik va ularning turlarini aniq bir kunda bo'lib o'tishi ko'rsatilmaydi. Unda faqat havo harorati va yog'ingarchiliklarning me'yordan ko'p yoki kamligi qayd etiladi. «Ammo meteorolog sifatida, atmosferadagi havo oqimlariining harakatini sinchkov tahlil qilgan mutaxassis sifatida 30−31 dekabr kunlari respublikamizda yog'ingarchilik kutilmaydi. Demak, respublika aholisi bayramni qorli ob-havosiz kutib olishi mumkin», — dedi O'zgidromet mutaxassisi. U shuningdek, O'zbekistonda qish faslida qor yog'ishi kamayib borishiga nima sabab bo'layotganiga ham to'xtalib o'tdi. Ta'kidlanishicha, O'zbekistonda qish mavsumida qor yog'ishi uchun shimol va shimoli g'arbdan sovuq havo oqimlari tez-tez respublika hududlariga kirib kelishi kerak bo'ladi. Ayni shu havo oqimlaridan qor yog'adi. Tahlillarga ko'ra, hozirda yil davomida sovuq havo oqimlarining respublika hududlariga kirib kelishi o'tgan asr oxirlariga nisbatan ikki barobarga kamaygan . «Buning natijasida, 2016 yildan boshlab, qishda yog'ib o'tgan qorlar davomiyligi va yerda hosil bo'lgan qor qoplamining sutkalab erimasdan turish holatlari keskin kamayib ketdi», — dedi u. «Hozirda iqlimning global miqyosda isish jarayoni antropogen ta'sir ya'ni atmosferaga turli xil chiqindi gazlarni chiqarish orqali parnik effekti (issiqxona samarasi)ni hosil qilish fonida ro'y bermoqda», — dedi Erkin Abdulahatov. Ta'kidlanishicha, raketa uchirilishi natijasida, atmosfera yuqori qatlamida havo tarkibining biroz o'zgarishi fanda isbotlangan. «Ammo, hozirda O'zbekistonga yaqin Qozog'iston respublikasining Boyqo'ng'ir poligonidan uchirilayotgan raketalar sabab, aynan Boyqo'ng'ir ustidagi atmosfera qatlami yoki O'rta Osiyo ustida ozon tuynugining yemirilayotgani yoki ochilib qolayotgani kuzatilmadi. Har holda sun'iy yo'ldosh orqali spektreometrik tasvirlarda bu holat kuzatilmagan», — dedi Erkin Abdulahatov. Ozon tuynugining yemirilishi yoki ochilib qolayotgani oxirgi yillarda Janubiy qutb doirasi ichidagi Antarktida materigi ustida faol sodir bo'layotgani ma'lum qilingan. Mutaxassisning fikricha, « global iqlim o'zgarishi mintaqada iliq qish kunlari sonining ortib ketishi bilan namoyon bo'lmoqda ». «Qish oylarida sovuq havo oqimlarining O'zbekiston hududlariga kirib kelishi teng ikki barobarga kamayib ketdi. Aksincha, oxirgi yillarda oktabr va noyabr oylarida sovuq havo oqimlarining respublikaga kirib kelishi faollashdi», — dedi u. Uning so'zlariga ko'ra, respublikada oxirgi uch yillikning barcha noyabr oylarida sovuq haroratlarning kuzatilishi va noyabr oyining o'zidayoq qor yog'ishi ushbu fikrni isbotlaydi. «Davomiy iliq qish kunlari ortidan shimoldan sovuq havo oqimlari kirib kelish holati hozir ham saqlanib qolgan. Ammo, sovuq antitsiklonlarning mintaqaga chuqur kirib kelish ehtimoli kamayib ketdi. Chunki hozirda mintaqamizga yilning deyarli barcha mavsumlarida janub issiq subtropik davlatlardan iliq va issiq harorat to'lqinlarining ta'siri kuchli bo'lib turibdi», — deya ta'kidladi Erkin Abdulahatov. Qayd etilishicha, iliq qish kunlarining davomiy bo'lishi daraxtlarda vegetatsiya davrini qish mavsumlarining o'zida kuzatilishiga olib kelgan. Natijada, qish oylarida yashillilik olami erta uyg'onib, faol vegetatsiyaga kirib qolish holatlari kuzatilmoqda. Ortidan esa bitta sovuq havoning kirib kelishi oqibatida o'simlik olamini sovuq urmoqda va kelgusi hosilni yo'qotmoqda. «Cho'l va tog' yaylovlarida yashillikning kamayishi bevosita shunga bog'liq. Bu global iqlim o'zgarishining mintaqamizga shu ko'rinishdagi ta'sir etayotgani bilan tushuntiriladi», — deya qo'shimcha qildi u.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda yangi yil dasturxoni uchun taomlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Bayram yaqinlashgan sari barcha bayramga nima tayyorlasam ekan deb bosh qotirishadi. Gaz pechida qizarib pishgan kurka go'shti esa bu muammoga bemalol yechim bo'la oladi. Yumshab pishgan go'sht va undan taralgan xushbo'y ifor bir tasavvur qilinga qanday mazali. Norin o'zbek milliy taomlari orasida eng mazali va sevimlilaridan biri bo'lib, ko'pchilik uni tayyorlash juda murakkab deb o'ylaydi. Lekin aslida unday emas. Gril tovug'i juda mazali bo'lib, uni tayyorlash uy sharoitida ham umuman qiyinchilik tug'dirmaydi. Qolaversa ushbu taom yangi yil dasturxonining ko'rkiga aylanadi. Qo'y kuragini pechda qanday pishirishni bilasizmi? Hozircha yo'q bo'lsa, unda sizni mana bu ajoyib retseptimiz bilan tanishtiramiz. Bunday usulda tayyorlangan go'sht hil-hil bo'lib pishadi va og'izda erib ketadi. Lo'la kabob — bu sharqona oshxonada taniqli taom hisoblanadi. U odatda mangalda pishiriladi biz esa uni qanday qilib qozonda tayyorlashni sizga ko'rsatib beramiz. Bunday taomdan hech qanday mehmon bosh tortmasligi aniq. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
Ilk marotaba «Zakovat» intellektual o'yini 2001 yil mart oyida ekran yuzini ko'rdi. 20 yil davomida aql va zakovat janglarini millionlab teletomoshabinlar ekran ortidan tomosha qilishdi. «Zakovat» klubi a'zosi Saodat Umarova ko'pchilikning sevimli bilimdonlariga aylangan «Zakovat» yulduzlari Bobur Yoqubov, Furqat Qurbonov, Aziza Ibragimova, Jobir Ahmedov, Umid Valiyev va Xushnudbek Xudoyberdiyevlar bilan suhbatlar uyushtirdi. Bilimdonlar teleo'yinga qanday kirib kelganligi, «Zakovat»ni nega tark etmasliklari va klubga yangi avlodni jalb qilish uchun nimalar qilish kerakligi haqida o'z fikrlari bilan bo'lishishdi. «Zakovat» bilimdonlari haqidagi materialning uchinchi qismida «Gazeta.uz» Xushnudbek Xudoyberdiyev va Aziza Ibragimova bilan suhbatlarni taqdim etadi. — Ilk bor qatnashgan ekran o'yiningizni eslay olasizmi? O'sha o'yinda esda qolgan biror voqeani aytib bering. — Ko'zgu haqida savol bo'lgan. Sandiqchada nima bor deb savol berilganda, «aniq ko'zgu, aniq ko'zgu» deb rosa barmog'imni o'qtalib baqirganman. O'yindan keyin ayrim klubdoshlar «Xuddi o'zi solib qoygandek baqirdiya, sal qoldi vaqtdan oldin sandiqchani ochib, mana deb olib ko'rsatishiga» deyishgandi. — «Zakovat»dan nima kutgan edingiz va natijada u sizga nimalar bera oldi? — «Zakovat»da eng qizig'i — maza qilib o'yinda muhokama qilish, to'g'ri javob topgandagi tuyg'uni esa ta'riflab bo'lmaydi. «Zakovat» tufayli turmush o'rtog'im bilan tanishganmiz. Aynan 2017 yil finalida ekranda ko'rib qolib izlab topganlar. — So'nggi yillarda «Zakovat» tanazzulga uchradi degan fikrlar ko'p aytildi. Shu davrda ham o'yinni tark etmasligingizga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz? — Bunday fikrlarga e'tibor bermaganman. Chunki «Zakovat» bilan band bo'lganman. Inson qiziqqan mashg'uloti bilan faqatgina unga qiziqqani uchun shug'ullanadi. Boshqalarning fikri qandayligiga qarab emas. Foto: Aziza Ibragimovaning shaxsiy arxividan. — «Zakovat»da sizning raqibingiz kim yoki nima? — Eng kuchli raqib: vaqt! Agar undan to'g'ri foydalansangiz va taqsimlasangiz, u sizga do'st, aks holda sizni chalg'ituvchi raqib. — Intellektual o'yinlarni qaysi janrdagi filmga o'xshatgan bo'lardingiz? — Janr borasida bir fikr bildirolmaymanu, ammo aniq keyingi raund nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Zakovatda shiddat, joziba, jasorat, qo'rquv, hadik, ikkilanish, g'alaba, pafos barchasi mujassam. — Siz uchun bilimdondagi eng muhim fazilatlar qaysi? — Tezkorlik, tahlil qobiliyati, faktlarni bir-biriga bog'lash, qaror qabul qilish, notiqlik. — Qaysi bilimdonga havas qilasiz, undan nimalarni o'rgangansiz? — O'zbekistonda Bobur Yoqubovdan ko'p narsa o'rganishga harakat qilaman: savolning mag'zigacha yetib borishni, tahlil qilishni va fikrni lo'nda bayon etishni. Hozir aytishni o'z burchim deb bilaman: biz qizlar «Zakovat» desa, Zebo Shomirovaga havas qilardik. Men Surxondaryo viloyatidanman, Zebo Shomirova ham. Bu menga hamisha ilhom bag'ishlagan. Rossiyadan esa Yelizavetta Ovdiyenkoning ashaddiy muxlisasiman. — «Zakovat» tarixida eng yulduzli, eng yorqin bilimdon sifatida ko'rsatuv muxlislari qaysi bilimdonni eslab qolishadi deb o'ylaysiz? — Bobur Yoqubov, shubhasiz. Foto: Aziza Ibragimovaning shaxsiy arxividan. — Sizningcha tomoshabinlar mehrini qozonish uchun bilimdonga qaysi xususiyatlar qo'l keladi? — Mantiqiy fikrlash va kerakli paytda to'g'ri qaror qabul qila olish. — Obro' topish va tanilishga bo'lgan intilish bilimdonni o'z ustida ko'proq ishlashga undashi mumkinmi? — Eng kuchli motivatsiya bu o'yindagi azart. Javobni izlash paytidagi hayajon. — «Zakovat» sizning shaxsiy hayotingizga va ish faoliyatingizga qanday ta'sir qilgan? — Shaxsiy hayotdagi ta'sirini yuqorida aytib o'tdim, ish faoliyatida esa vaqtimni taqsimlash borasida yaxshigina o'ylantirgan. Shunisi ajoyibki, mashg'ulotlar shanba kunlari, s'yomkalar esa yakshanba kuni yoki ish payti tugagach bo'ladi. «Zakovat» vaqt bag'ishlashni talab qiladi, sevimli mashg'ulot uchun esa vaqt topiladi. — O'yinga tayyorgarliklar juda ko'p vaqt talab qiladi, «shu vaqtni boshqa narsaga sarflasam foydaliroq bo'lardi» degan xayollar bo'lganmi? — O'tgan, masalan dissertatsiyamga, lekin «Zakovat»dan ilhom olish hammasidan kuchliroq. — Ko'pchilikni fikriga ko'ra, hozirda yoshlar oldingiga nisbatan kamroq kitob o'qishadi, sizningcha ham shundaymi? — Bu fikrga qo'shilmayman. Bu fikrdagilarning atrofida shunday yoshlar bo'lsa kerak. Hozirda tarjima asarlar ko'paygan, bundan tashqari yoshlar xorij tilidagi original kitoblarni ham bemalol o'qishyapti. Boshqa narsaga xafa bo'laman: bir marta o'qib, yana qayta o'qishga qiziqtiradigan asarlarni o'zimizda yozilmayotganiga. Jamiyatimiz yoshlari uchun o'xshashni istaydigan, o'zlariga namuna sifatida tanlaydigan obrazning yo'qligi achinarli holat. — Intellektual o'yinlarga zumer avlodini qanday vositalar orqali jalb qilish mumkin deb o'ylaysiz? (Zumerlar yoki Z avlod — 90-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida tug'ilganlarga nisbatan ishlatiladi) — Ishonavering, ular allaqachon «Zakovat»da. — «Zakovat»ga yiliga 50 milliard so'm ajratilishi ma'lum qilindi . Sizningcha bu mablag' «Zakovat»ga yangi bilimli yigit-qizlarni jalb qila oladimi? Zakovatchilar saviyasini oshirish uchun moliyaviy ko'mak qanchalik zarur? — Eng muhimi ishtiyoq, moliyaviy rag'batlantirish faqat Zakovat haqida o'ylab, tashkiliy masalalar haqida qayg'urishdan ozod qiladi. — Siz tug'ilgan yilda qanday muhim tarixiy hodisa ro'y bergan? — O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingan. — Siz tug'ilgan joyga qisqacha ta'rif bering. — Toshkent betakror shahar. — Maktab davridagi eng katta sho'xligingiz. — Fizika fanidan sinfdoshimga masalalarni ishlab berardim, sinfdoshim esa menga chizmalar chizib berardi. Natijada ikkimiz ham a'lo baho olardik. — Ustozingizdan sizga omonat qolgan ibratli so'zlar. — Kasbingizni hurmat qiling. — Ish faoliyatingizda sizni nima ilhomlantiradi va zavq beradi? — Ishxonamga kelishning o'zi! — Shaxs sifatida shakllanishingizda qaysi badiiy kitoblar va qaysi mualliflar muhim o'rin egallagan? — O'tkir Hoshimov — «Daftar hoshiyasidagi bitiklar», Lev Tolstoy — «Urush va tinchlik». — Qaysi zamondoshingiz bilan suhbatlashishni xohlardingiz? — Rustam Azizov — yurist, Ilhom Azizov — advokat. — Qanday holatda o'zingizga «men baxtliman» deb aytgansiz? — Har kuni. — Agar siz haqingizda kitob yozilsa, unga qaysi satrlar epigraf bo'lishini xohlaysiz. — Barchasidan minnatdorman. — Ilk bor qatnashgan ekran o'yiningizni eslay olasizmi? O'sha o'yinda esda qolgan biror voqeani aytib bering. — Ilk bor «Zakovat» ko'rsatuvida 2005 yili «Xalqaro bolalar kuni» bayrami munosabati bilan tashkillashtirilgan maktab o'quvchilaridan iborat uyinda qatnashganman. Yosh va tajribali klub a'zolari sifatida maktab o'quvchilari bilan birga bir jamoada o'ynashni bizga taklif qilishgan. Adashmasam, 2ta savolga to'g'ri javob topganman va o'sha o'yinda biz g'alaba qozonganmiz. — «Zakovat»dan nima kutgan edingiz va natijada u sizga nimalar bera oldi? — Ochig'i «Zakovat»dan biron narsa kutib kelmaganman, lekin «Zakovat» menga juda juda ko'p narsa bergan. «Zakovat» meni tarbiyaladi, menga bilim berdi, jamoada ishlashni o'rgatdi. O'yin orqali tanilasiz, tartibli bo'lishga intilasiz, majbur bo'lasiz, mashhur bo'lganingizdan keyin, kerak bo'lsa, majburlikdan ham o'zingizdagi insoniy fazilatlarni yaxshilashga intilasiz. — So'nggi yillarda «Zakovat» tanazzulga uchradi degan fikrlar ko'p aytildi. Shu davrda ham o'yinni tark etmasligingizga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz? — Darhaqiqat, so'nggi yillarda «Zakovat»da pastga ketish kuzatildi. Avvalambor, moddiy sabablarga ko'ra, bundan tashqari, odamlar avvalgidek televizor ko'rmay qo'yishdi, televizor o'rnini ijtimoiy tarmoqlar egalladi. Lekin, ekrandagi «Zakovat» o'yini aysbergning cho'qqisi xolos, ko'pchilikka «Zakovat»ning suv tagidagi qismi ko'rinmaydi — bu klubdagi mashg'ulot o'yinlari. Bu o'yinlarning xumori boshqacha, intellektual narkotikka o'xshaydi. Undan osonlikcha voz kechib keta olmaysiz. Foto: Abdullo Yodgorov / «Gazeta.uz» — «Zakovat»da sizning raqibingiz kim yoki nima? — Nafaqat «Zakovat»da, balki hayotda ham asosiy raqibim — o'zim. Agar inson o'zini o'zi boshqara olsa, o'zini ustida tinmay mehnat qilsa, hamma eshiklarni ochishi mumkin. O'yinlarda ruhiy tayyorgarlik talab qilinadi, buning uchun ko'p mashg'ulot qilish kerak. — Intellektual o'yinlarni qaysi janrdagi filmga o'xshatgan bo'lardingiz? — Detektiv janriga o'xshatgan bo'lardim. Ma'lum bir jumboq o'rtaga tashlanadi, uning javobi bilimdonlarga ham, tomoshabinlarga ham noma'lum, shu jihati dramatik detektiv filmga o'xshaydi. — Siz uchun bilimdondagi eng muhim fazilatlar qaysi? — Bilimdondagi eng muhim fazilat — tirishqoqlik va bilim olishga bo'lgan intilish. «Zakovat» tinimsiz mehnat talab qiladigan jarayon. Faqat bilimning o'zi yetarli emas, o'yinni his qilishingiz uchun tinimsiz mehnat qilishingiz kerak, jamoaviy mashg'ulotlarda qatnashishingiz kerak. — Qaysi bilimdonga havas qilasiz, undan nimalarni o'rgangansiz? — Farhod Akbarovga (Olloh rahmatiga olgan bo'lsin) juda havas qilardim. «Zakovat»ga mehrim oshishiga sababchi bo'lgan insonlardan biri. Bobur Yoqubov, Saidkamol Abdurazzoqov o'yinlariga havas qilganman, bir jamoada o'ynash nasib qilgan, juda ko'p narsa o'rganganman ulardan. «Chto? Gde? Kogda?» o'yinlaridagi Balash Kasumov jamoa sardori sifatidagi o'yinlarini yoqtiraman, Yelizaveta Ovdiyenko va hozir o'yinlardagi faoliyati to'xtagan Ilya Novikov o'yinlarini qiziqish bilan kuzataman. — «Zakovat» tarixida eng yulduzli, eng yorqin bilimdon sifatida ko'rsatuv muxlislari qaysi bilimdonni eslab qolishadi deb o'ylaysiz? — 1-o'yin baribir esda qolarli bo'ladi. Farhod Akbarov va Zebo Shomirovalarni muxlislar har doim eslaydi deb o'ylayman. Bundan tashqari, «Zakovat» afsonasi sifatida Bobur Yoqubovni xam juda ko'pchilikning yodida qolishiga ishonaman. — Sizningcha tomoshabinlar mehrini qozonish uchun bilimdonga qaysi xususiyatlar qo'l keladi? — Tomoshabinning mehrini qozonish oson ish emas. Tomoshabinni o'lchovi har xil. Lekin umumiy qilib aytganda, ko'p savollarga to'g'ri javob topadigan bilimdonlarni ko'proq yoqtirishsa kerak deb o'ylayman. — Obro' topish va tanilishga bo'lgan intilish, egoizm bilimdonni o'z ustida ko'proq ishlashga undashi mumkinmi? — Egoizm aslida juda yomon xususiyat emas, men o'zimni egoistman deya ayta olaman. Lekin egoizm narsissizmga aylansa — bu yomon. Ba'zida jamoani o'zingiz variantingizga ishontira olishingiz kerak, bu holatda sizga ushbu xususiyat kerak bo'ladi. Obro'ga keladigan bo'lsak, tanilish, obro' topish o'z ustida ishlashning sababi emas, oqibati bo'lishi kerak. Bilimdon o'z ustida ko'proq ishlash oqibatida tomoshabinlar mehrini qozonish mumkin. Foto: Xushnudbek.uz Telegram kanali. — «Zakovat» sizning shaxsiy hayotingizga va ish faoliyatingizga qanday ta'sir qilgan? — Hayotimda erishgan yutuqlarimga «Zakovat» orqali xalqimiz orasida bilimdon sifatida tasavvur uyg'otganim ham sabab bo'lgan deb o'ylayman. — O'yinga tayyorgarliklar juda ko'p vaqt talab qiladi, «shu vaqtni boshqa narsaga sarflasam foydaliroq bo'lardi» degan xayollar bo'lganmi? — Bilim olishga sarflangan vaqtimga hech qachon achinmaganman. Mashg'ulotlarga sarflagan vaqtimni foydali o'tkazdim deb hisoblaganman va hali ham shunday fikrdaman. — Ko'pchilikni fikriga ko'ra, hozirda yoshlar oldingiga nisbatan kamroq kitob o'qishadi, sizningcha ham shundaymi? — Aniq tadqiqotlarsiz, aniq raqamlarsiz «yoshlar kam kitob o'qiyapti» deb ta'kidlash menimcha noto'g'ri. Onlayn kitob do'konlari rahbarlari aytishiga qaraganda, sotuvchilarning asosiy qismini 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etadi. — Intellektual o'yinlarga zumer avlodini qanday vositalar orqali jalb qilish mumkin deb o'ylaysiz? (Zumerlar yoki Z avlod — 90-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshida tug'ilganlarga nisbatan ishlatiladi) — Yosh avlodni turlicha qiziqtirish mumkin, ularga nima kerak bo'lsa, shuni berish kerak. Ularga mashhurlik kerak bo'lsa, mashhurlik berish kerak, ya'ni «Zakovat»ni ijtimoiy tarmoqlarda eng qizik epizodlarini tarqatish kerak, «Zakovat» orqali ham mashhur bo'lish mumkinligini, ushbu videolar millionlab ko'rilishini his qilishsa, ularda o'yinda qatnashishga qiziqish oshadi. Yoshlarga pul kerak bo'lsa, pul orqali rag'batlantirish kerak, katta sovrinlar qo'yish kerak ham bilimdonlarga, ham savol yo'llaganlarga. Agar ular bo'sh vaqtlarini qiziqarli o'tkazishni xohlashsa, unda ularga turli viktorinalar, kuizlar, turnirlar tashkil qilish kerak. Ular qiziqqan narsani taklif qilmasdan turib, faqat «kitob o'qinglar» degan quruq gaplar bilan ularni jalb qilishning iloji yo'q. Yoshlarning ehtiyojini o'rganib chiqib, takliflar berish kerak. — «Zakovat»ga yiliga 50 milliard so'm ajratilishi ma'lum qilindi . Sizningcha bu mablag' «Zakovat»ga yangi bilimli yigit-qizlarni jalb qila oladimi? Zakovatchilar saviyasini oshirish uchun moliyaviy ko'mak qanchalik zarur? — Moliyaviy ko'mak hammaga zarur, har qanday loyihada moliyaviy ko'maksiz, poydevorsiz biror natijaga erishish mushkul, amalga oshirsa bo'ladi, lekin juda qiyin. Ayniqsa, bilim bilan bog'liq loyihalarga moliyaviy yordam juda kerak, chunki tabiatan jamiyatdagi barcha insonlar ham tug'ma bilimga intiluvchan insonlar bo'lmaydi. Bizni jamiyatda ham bilimni qadrlovchi, kitob mutolaa qiluvchi aholi foizi katta deb aytolmayman. Bunday vaziyatda rag'batlantirish zarur deb o'ylayman, lekin bunda sog'lom rag'batlantirishni qo'llash muhim. Bu jarayonga mantiqli va adolatli yondashish kerak, ma'lum bir yutuqlar va g'alabalar uchun, bilimdon mashaqqati va mehnati uchungina moliyaviy rag'batlantirish tizimini qo'llash zarur. 50 mlrd so'mning asosiy qismi turnirlar g'oliblari mukofot puli sifatida ajratiladi, shu bilan birga maktablar, oliy ta'lim muassasalarida, korxonalarda, tashkilotlarda o'tkaziladigan o'yinlarni tashkil qilishga va o'yin g'oliblarini taqdirlashga sarflanadi. — Siz tug'ilgan yilda qanday muhim tarixiy hodisa ro'y bergan? — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. — Siz tug'ilgan joyga qisqacha ta'rif bering. — Chiroqchi — samimiy go'shtxo'r insonlar makoni. — Maktab davridagi eng katta sho'xligingiz. — 9-sinfdaligimda paxta terishga chiqqan paytimiz katta paxta uyumiga o't qo'yib yuborganman. — Ish faoliyatingizda sizni nima ilhomlantiradi va zavq beradi? — Kimlargadir foydam tegayotganini his qilishimga sabab bo'ladigan ishlar va loyihalar. — Shaxs sifatida shakllanishingizda qaysi badiiy kitoblar va qaysi mualliflar muhim o'rin egallagan? — O'tkir Hoshimov, Xudoyberdi To'xtaboyev, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. — Qaysi zamondoshingiz bilan suhbatlashishni xohlardingiz? — Ilon Mask. — Qanday holatda o'zingizga «men baxtliman» deb aytgansiz? — Har doim, har soniyada shukrona keltirib, «men baxtliman» deyman. — Agar siz haqingizda kitob yozilsa, unga qaysi satrlar epigraf bo'lishini xohlaysiz. — Intilganga tole yor. «Zakovat» bilimdonlari bilan materialning birinchi qismida Bobur Yoqubov va Furqat Qurbonovlar, ikkinchi qismida Umid Valiyev va Jobir Ahmedovlar bilan suhbatlar taqdim etilgandi. Saodat Umarova suhbatlashdi.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda sovuq kunlar uchun issiq sho'rvalar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Mana bu kabi frikadelkali sho'rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi. Bunday taom nafaqat mazali, balki juda to'yimli hamdir. Shuningdek, uning o'zgacha usulda tortilishi, siz va yaqinlaringizga manzur bo'lishi aniq. Fransuz taomlari bejizga dunyo bo'yicha sevib tanovvul qilinmaydi. Chunki hatto piyozdan tayyorlangan taom ham juda tansiq ta'mga ega bo'ladi. Sizlarga mazali va to'yimli, yumshoqqina xamirlardan solib pishiriladigan tovuq sho'rva retseptini taqdim etamiz. Bunday tobida qaynab pishgan sho'rvaga dudlangan tovuq go'shti o'zgacha maza baxsh etadi. Ularga qo'shimcha qilib, nonni sarimsoqpiyoz bilan birga quritib olib tortishingiz ham mumkin. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
3 yanvar kuni respublika hududining katta qismida ba'zi joylarda yomg'ir yog'adi, faqat shimoliy va sharqiy hududlarda yog'ingarchilik kutilmaydi. O'zgidrometning xabar berishicha, harorat foni me'yordan 4−5 daraja yuqori bo'ladi va +11…+16 daraja iliqni tashkil etadi. Hafta davomida Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika bo'yicha yomg'ir yog'adi, shimoliy hududlarda yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi. Tog'li hududlarda yog'ingarchilik asosan qor ko'rinishida bo'ladi, 3−4 yanvar kunlari ba'zi joylarda yog'ingarchilik kuchli bo'lishi mumkin. Havo harorati kechalari 0…+5 daraja iliq, kunduz kunlari +7…+12 daraja iliq atrofida va me'yorga yaqin bo'ladi. 3−4 yanvar kunlari O'zbekiston bo'yicha ba'zi joylarda shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublika bo'ylab ba'zi joylarda tuman kuzatiladi.
advice
«Bo'sh devorlar — bu jinoyat», — degan edi mashhur ingliz strit-art rassomi Benksi. Foto: artchive.ru Strit-art (street art) ingliz tilidan tarjima qilinganda «ko'cha san'ati» degan ma'noni anglatadi. San'atning ushbu yo'nalishi quyidagilarni o'z ichiga olgan: Qisqacha qilib aytganda, strit-art tasviriy san'atning urbanistik uslubi hisoblanadi. Ko'pchilik uchun jamoat joylari, ko'chalar, xiyobonlar, metro, yer osti yo'llari va temir yo'l o'tkazgichlaridagi grafittilar vahshiylik va bezorilikka o'xshaydi. Lekin aslida ham shundaymi? Strit-art tarafdorlarining fikricha, galereya, muzey va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanadigan san'at asarlarini hamma ham ko'ra olmaydi. Aynan shuning uchun strit-art rassomlari san'atning demokratik tabiati, ya'ni barchaga ochiq bo'lishi va har kim undan bahramand bo'la olishi uchun kurashishadi. Kiyev metrosi. Rassom: Okuda. Foto: acebook.com/artunitedus Rim metrosidagi graffiti. Rassom: Seta Gloubpeintera. Foto: kulturologia.ru Loyihalarning «o'tkinchiligi» va uzoq saqlana olmasligi strit-artning asosiy g'oyalaridan biridir. Har qanday vaqtda, o'ziga xos «eksponat» izsiz yo'q bo'lib ketishi, rasmiylar ko'rsatmasi bo'yicha bo'yab tashlanishi mumkin. Rassomga asosiysi ikkita narsa kerak: purkagich bo'yoq va nima chizmoqchi bo'lgani haqidagi aniq tasavvur. Chunki tasvirlar asosan juda tez va hech kim to'sqinlik qilmaydigan paytda yaratilishi kerak. Ta'kidlash joiz, strit-art inson ongli mavjudot sifatida paydo bo'lgandan beri mavjud. Mazkur san'at avval qoyaga o'yilgan tasvirlar orqali namoyon bo'lgan. So'ng, sivilizatsion jamiyatda (Qadimgi Rim, Gretsiya, Misr va boshqalarda) odamlar devorlarga yozuvlarni tushirib o'z fikrlarini bildira boshlaganlar. Miloddan avvalgi 13−9 mingyillikka oid tosh rasmlar. Kueva-de-las-Manos g'ori, Argentina. Foto: sergeyurich.livejournal.com Miloddan avvalgi 3 mingyilik tosh rasmlari, Laas-Gaal g'orlari, Somalilend. Foto: sergeyurich.livejournal.com Strit-art harakati 1970-yillarning boshlarida AQShda paydo bo'lgan deyiladi. Biroq, bundan bir necha o'n yillar oldin, Ikkinchi Jahon urushi paytida, AQShning Detroyt shahrida Kilroy (Kilroy) ismli odam yashagan. U qurol ishlab chiqarish zavodida ishlagan va bombalar bo'lgan qutiga «Kilroy was here» («Kilroy shu yerda bo'lgan») yozuvini qoldirishni juda yaxshi ko'rgan. Bu yozuv askarlar orasida mashhur bo'lib ketgan, u oddiy rasm bilan to'ldirilgan va o'shandan beri «Kilroy» amerikalik askarlar bilan sayohat qila boshlan. Vashingtondagi Ikkinchi jahon urushi memoriali.Foto: wikipedia.org Strit-artning zamonaviy ko'rinishi 1960-yillarda Filadelfiya (AQSh)da rivojlangan . Ushbu joy haligacha graffiti madaniyatining tarixiy markazi deb hisoblanadi. 1970-yillarda esa mazkur harakat Nyu-Yorkda tarqala boshlagan. Manxettenning Washington Heights nomli kvartalida ushbu san'at turiga oid yozuvlar paydo bo'lgan. Nyu-York. Foto: americanart.si.edu Aynan shu paytda «tegging» — muallifning ismi yoki taxallusini o'z ichiga olgan belgilar o'ylab topilgan. Shu bilan birga, taxallus oldiga ko'chaning raqamlarini yozib qo'yish odati ham urf bo'lgan. Shu tariqa, dunyoning turli chekkalarida shaharsozlik rivojlangani sari strit-art ham taraqqiy etib, zamonaviy urbanistik hayotning ajralmas qismiga aylangan. 2012 yilda birinchi marta Sankt-Peterburgda Strit-art muzeyi ochilgan. Bu muzeyning asosiy maqsadi — strit-art va graffiti haqida ma'lumot berish hisoblanadi. Muzey, shuningdek, zamonaviy loyihalarni tashkil etishda yordam beradi, yosh rassomlarni qo'llab-quvvatlaydi. Muzey vakillari shahar markazidan uzoqda joylashgan sanoat obyektlaridan foydalanib, ijodkorlikni rivojlantirishga yangicha yondashuvni joriy etishga urinib kelishmoqda. Sankt-Peterburg. Foto: visit-petersburg.ru Strit-art quyidagi texnikalar orqali ajratiladi: Uslublari: 3D uslubidagi graffiti. Rassom: Serxio Odeyt. Foto: 3dig.ru Rasmlar va installyatsiyalarni tushirish bo'yicha bir qator texnikalar mavjud. Rassomlar o'zlarining shaxsiy uslublarini topib, boshqalardan ajralib turish uchun muntazam ravishda turli xil yangi yo'nalishlarni o'ylab topadilar. Banksy — ushbu rassomni zamonaviy san'atning «oltin standarti» deb atashadi. Uning shaxsi haligacha to'liq ochilmagan. Rassomning ko'pgina ishlari qo'riqlanadigan obyektlar reyestriga kiritilgan. Bristol shahridan bo'lgan Benksi butun dunyo bo'ylab ijod qiladi. Foto: banksy.co.uk Vhils — Alekandr Fartu portugaliyalik rassom. Tasvirlarini elektron drel orqali yaratadi. . Foto: centerofportugal.com Above (Tavar Zawacki) — faoliyatini AQShda boshlab, keyinchalik Berlinga (Germaniya) ko'chib o'tgan. Uning asarlarida zamonaviy tizimdagi adolatsizlik hamda aholining ayrim qatlamlari qashshoq yashashi mavzusi ko'tariladi. Foto: urban-nation.com Roa — belgiyalik ijodkor o'z asarlarida asosan madori qolmagan, ichki organlari ko'rinib turgan tarzdagi hayvonlarni aks ettiradi. Rassom o'z ishlarida rentgen effektiga taqlid qilishga intiladi. Foto: kuriositas.com C215 — ko'pchilik tomonidan «Benksiga fransuzcha javob» deb e'tirof etilgan rassom Kristian Gemi ingliz ijodkori singari trafaretlardan foydalanadi. Uning ishlari esa nafaqat yuqori sifati, balki aktual bo'lgan ijtimoiy masalalarni targ'ib qilishi bilan ajralib turadi. Foto:i supportstreetart.com 2016 yilda Toshkent shahrida «Hayot, bu — san'at!» shiori ostida birinchi Street Art Battle festivali bo'lib o'tgan . Festivaldan ko'zlangan maqsad strit-art imkoniyatini namoyish etish va yoshlar ijodiy salohiyatini rag'batlantirishdan iborat edi. 2020 yilda O'zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi mamlakatda sayyohlar oqimini rag'batlantirish uchun graffitiga rasman ruxsat berishni taklif qilgan. Shu bilan birga, graffitiga faqat maxsus ajratilgan sayyohlik joylarida ruxsat berish g'oyasi ilgari surilgan. Turistik joylarga olib boradigan ko'chalar milliy madaniyat ruhi asosida graffiti bilan bo'yalgan bo'lishi kerakligi aytilgan. O'zbekistonda mahalliy Benksi nomini olgan graffitichi Inkuzart ham faoliyat olib boradi. «Gazeta.uz» avvalroq u bilan intervyuni e'lon qilgan edi . Ijodkor Abdulla Qodiriy, Cho'lpon va Abrurauf Fitrat portretlari aks etgan graffitilarni chizgan edi. Foto: Afisha.uz Foto: inkuzart Iyun oyi oxirlarida u chizgan graffiti — tibbiy niqobdagi Mona Liza tasviri bo'yab tashlangan edi. sentabr oyining boshida Inkuzart O'zbekiston avtomobil bozoridagi monopoliya hamda mashina olish uchun uzun navbatlarni aks ettirgan yangi graffiti chizgan. Ushbu surat ham to'liqligicha bo'yab tashlangan. Foto: inkuzart Foto: Tentakminds / Telegram Avvalroq esa Inkuzart tomonidan sport gimnastikachisi Oksana Chusovitinaga bag'ishlangan graffiti yaratilgan. Unga sportchining o'zi ham baho bergan. Foto: inkuzart O'tgan yilning oktabr oyida Toshkent shahrining Sergeli tumanida shifokor va qo'lidagi do'ppining ichida chaqaloq aks etgan mural paydo bo'lgan. Foto: Arsen Fazildzyanov Avgust oyida Novda Group kompaniyasi illyustratorlari Tokio-2020 olimpiadasi sovrindorlariga bag'ishlangan suratlarni taqdim etgan. Mazkur illyustratsiyalarni ko'p qavatli uylarning devorlariga tushirish taklif etilgan edi. Foto: Novda Group Oliy Majlis senati raisi Tanzila Narbayeva sportchilarga bag'ishlangan murallarni qo'llab quvvatlagan . «San'atni qo'llab-quvvatlash zarur. Strit-art va pablik-art kabi zamonaviy yo'nalishlari ijodkor yoshlarimiz qo'lida shahar muhitiga o'zgacha tarovat beruvchi vositaga aylanib bormoqda», — degan edi u.
advice
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda turk oshxonasining taomlari retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Laxmajun — turk oshxonasiga mansub bo'lgan, mashxur sharq taomidir. Qolaversa uni armancha, turkcha yoki arabcha pitssa ham deb atashadi. Turkiyada bu sho'rvani juda ko'p tayyorlashadi va har bir pazandaning o'z retsepti bor. Ushbu xushbo'y sho'rva limon bo'lagi bilan dasturxonga tortiladi — limon sho'rvaga siqib iste'mol qilinadi. Revani — bug'doy yormasidan tayyorlaniladigan, ustiga qiyom quyiladigan juda mazali va sersuv pirogdir. Bu pishiriq barcha shirinliklarni sevuvchilarga yoqishi aniq. Turk oshxonasining sevimli taomlaridan biri — turkcha burekdir . Bu pirogni har xil asoslardan pishirib, yangidan-yangi ta'mli taomlar bilan oila a'zolaringizni xursand qiling. Simitlar deb, usti shirin qarsildoq, ichi esa momiqdek yumshoq pishiriqlarga aytiladi. Nihoyatda yumshoq va mazali bo'lib pishadigan mana bunday pirog sizga yoqishi shubhasizdir. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda turk oshxonasining taomlari retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Bugun biz sizga noodatiy somsani ko'za shaklida qanday tayyorlashni ko'rsatamiz. U nafaqat sizning oila a'zolaringizni, balki mehmonlarni ham hayratda qoldiradi. To'rtta qilib, bir-biriga ulangan holda tayyorlanadigan go'shtli issiqqina somsalar — juda mazali va xushbo'y bo'lib pishadi. Qatlamali xamirdan tayyorlangan go'shtli somsa — juda mazali bo'lib pishadi. Xamirni uzoq tayyorlash va undan somsalar hosil qilish shart emas, tayyorlash jarayoni juda oson bo'lib, natijasi sizni xursand qiladi. Oddiy somsa bilan mehmonlarni hayron qoldirish qiyin, shuning uchun biz sizga go'shtli, tayoqchalar yordamida pishiriladigan — kabob somsani tavsiya qilamiz. Qatlama xamirdan tayyorlangan qat-qat somsalar — barchaga manzur kelib, oila a'zolaringizni xursand qilishi aniq. Bunday somsa smetanaga qorilgan xamirdan tayyorlanib, asos sifatida tovuq va pishloq bo'lakchalari qo'shiladi. Pishgan somsalar esa og'zingizda erib ketadi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
24 oktabr, yakshanba kuni, O'zbekistonda prezidentlik saylovlari bo'lib o'tadi. Saylovda O'zbekistonda ro'yxatga olingan beshta partiyalarning nomzodlari ishtirok etmoqda. Saylov uchastkasini qanday aniqlash mumkin? Saylov byulleteni qanday to'ldiriladi? Uni suratga olish va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish mumkinmi? Saylov uchastkasiga borolmaydiganlar nima qilishi kerak? «Gazeta.uz» ovoz berish jarayoni bo'yicha asosiy saylovlarga javob tayyorladi. Saylovdan bir necha kun oldin saylov uchastkalari saylov vaqti, kuni va joyi to'g'risida saylovchilarni xabardor qilish uchun taklifnomalarni tarqatadi . Taklifnoma berilmagan bo'lsa ham siz bemalol 24 oktabr sanasida saylovda ishtirok etishingiz mumkin. Qoidaga ko'ra, saylovchilar doimiy yashash joylari bo'yicha saylov uchastkalariga biriktiriladi va o'sha yerda ovoz berishlari mumkin bo'ladi. Doimiy yashash hududidan boshqa viloyatga kelib o'qiyotgan talabalar o'zlarining OTMlarida tashkil etilgan saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin. Saylov uchastkasini Markaziy saylov komissiyasi saytida yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali aniqlashingiz mumkin. «Gazeta.uz» bu haqda batafsil qo'llanmani e'lon qilgan edi. Saylovdan oldin saylov uchastkangizni o'zgartirgan bo'lsangiz, unda o'zgartirilgan uchastkada ovoz berish kerak bo'ladi. Saylov kodeksiga muvofiq, ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20:00 gacha o'tkaziladi. O'zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha o'tkaziladi. Saylov uchastkasiga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan biri bilan borish lozim: Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a'zosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko'rsatadi hamda saylovchilar ro'yxatiga imzo qo'yadi. Biron-bir sababga ko'ra saylovchilar ro'yxatiga familiyasi kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar ro'yxati ilovasiga kiritiladi. Saylovchi ro'yxatdan o'tgach unga saylov byulleteni beriladi. Har bir saylovchi o'zi uchun ovoz beradi va boshqa shaxs uchun ovoz bermoqchi bo'lgan saylovchiga saylov byulletenini berish ta'qiqlanadi. Saylovchining iltimosiga binoan saylov byulletenini to'ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaret berilishi mumkin. Saylovchi saylov byulletenini yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to'ldiradi. Saylov byulletenini to'ldirish chog'ida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir bo'lishi ta'qiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda to'ldirish imkoniyatiga ega bo'lmagan saylovchi o'z xohishiga ko'ra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli. Bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno. Saylov byulletenida saylov sanasi, prezidentlikka nomzodlar haqida ma'lumotlar, ovoz berish uchun bo'sh kvadrat va saylovchilarga eslatmalardan iborat ma'lumotlar bo'ladi. Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining ko'pchiligi so'zlashadigan tillarda nashr etiladi. 2021 yilgi prezidentlik saylovlarida ishlatiladigan byulleten namunasi. Foto: Markaziy saylov komissiyasi. Saylovchi o'zi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi ro'parasida, o'ng tomonda joylashgan bo'sh kvadratga «+» yoki «√» yoxud «x» belgisini qo'yadi. Muhim: Ovoz berish chog'ida bittadan ortiq kvadratga «+» yoki «√» yoxud «x» belgisi qo'yilsa yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo'yilmagan bo'lsa, bunday saylov byulleteni haqiqiy emas deb topiladi va ovozlarni sanashda u inobatga olinmaydi. Agar saylov byulletenini buzib qo'ysangiz, uni yangisiga almashtirishni iltimos qilishingiz mumkin. Buzib qo'yilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, ovozlarni sanab chiqish jarayonida bekor qilinishi (yuqori chap burchagini kesish yoki saylov byulletenining orqa tomonida tegishli belgi qo'yish yo'li bilan) va alohida saqlanishi lozim. Ovoz beruvchi saylov byulletenini to'ldirib bo'lgach, uni saylov qutisiga tashlaydi. Saylov byulleteni yoki saylov uchastkasini (tashqaridan yoki ichkaridan, shu jumladan ovoz berish kabinasi yoki xonasi ichida) suratga olish bo'yicha taqiqlar yo'q. Markaziy saylov komissiyasining ma'lum qilishicha , saylov byulletenini to'ldirilgan holatda suratga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatish qat'iyan taqiqlanadi . «Saylov byulletenini ovoz berib bo'lgach suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish saylovning yashirin ovoz berish prinsipini buzish demakdir», — deyiladi MSK xabarida. Ayrim saylovchilar sog'lig'ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko'ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning saylov kuni yoki saylov kuniga qadar qilgan yozma yoki og'zaki iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi. Uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a'zosi ko'chma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini ta'minlaydi. Bunda kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozir bo'lishi mumkin. Saylov jarayonida qoidabuzarliklarga yo'l qo'yilganigiga guvoh bo'lsangiz, 1200 raqamiga qo'ng'iroq qilib, o'z shikoyatingizni qoldirishingiz mumkin.
advice
Tokiodagi Olimpiada o'yinlaridan so'ng 46 yoshli o'zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi. U gimnastika tarixida sakkizta yozgi olimpiya o'yinlarida qatnashgan yagona sportchi hisoblanadi. Ushbu olimpiadalarning to'rttasida, jumladan, oltin medal qo'lga kiritilgan 1992 yilgi musobaqalarda Chusovitina Svetlana Kuznetsova murabbiyligi ostida qatnashgan. «Gazeta.uz» murabbiydan sportchilarni tarbiyalash, milliy gimnastikadagi kamchiliklar, Oksana Chusovitinaning daholigi va katta sportga qaytishi haqidagi fikrlarini so'radi. Pusandagi 2002 yilgi Osiyo o'yinlari. Svetlana Kuznetsovaning shaxsiy arxividan. — Men har doim sport gimnastikasini yaxshi ko'rganman va o'zim ham shu sport turi bilan shug'ullanganman. Aks holda murabbiy bo'la olmasdim. Sport gimnastikasi — tavakkalchilik, jasorat, chaqqonlik va kuch bilan uyg'unlashgan go'zallik hisoblanadi. Ota-onam gimnastika bilan shug'ullanishimni istashmagan, lekin men bo'sh kelmasdan sport maktabiga borganman. So'ng ulardan yashirincha Jismoniy tarbiya institutiga o'qishga kirdim. O'sha paytlarda murabbiylik men uchun vaqtinchalik mashg'ulot deb o'ylardim. Ammo keyinchalik bu soha hayotim mazmuniga aylandi. — Mening qiziqishlarim juda ko'p. Men hamma narsani o'rganishni yaxshi ko'raman. Yoshligimda fizika va matematikaga rosa qiziqardim. Hattoki, kosmos bilan bog'liq elektromagnit to'lqinlarini ham o'rganmoqchi bo'lganman. Ammo gimnastika ham kichik kosmos hisoblanib, bu yerda ham hayratda qoldiradigan tryuklar mavjud. Vestibulyar apparatni mashq qildirish nafaqat astronavtlar, balki gimnastikachilar uchun ham juda muhim. — Oksanaga 22 yil, 2004 yilgacha ustozlik qilganman. Menga uning ikkinchi onasi ekanligimni aytishganida, men buni inkor qilganman va unaqa emasligini unga ham tushuntirganman. Mening qizim ham gimnastika bilan shug'ullanadi. Mashg'ulot paytida men uning onasi ekanligimni unutaman va murabbiy Svetlana Mixaylovnaga aylanaman. Oksana bilan ishlashni to'xtatganimizdan so'nggina men uning «onasi»ga aylangan bo'lsam kerak. Hozir men murabbiy va sportchi ona-bola emas, balki sherik bo'lishi kerak deb hisoblayman. Lekin trigonometriyada bo'lgani kabi ular turli darajalarda, turli tekisliklarda bo'lishadi. Agar murabbiy yengil obro' ketidan quvsa yoki sportchiga past nazar bilan qarasa, shogird yaxshi natijalarga erishmaydi yoki bu natijalar qisqa muddatli bo'ladi. Murabbiy o'z farzandlaridan ham ko'proq sportchilari to'g'risida qayg'uradi. Murabbiyning bolasi istagan vaqtda ovqat yeyishi mumkin, ammo sportchining maxsus rejimi mavjud. Farzandingiz bemalol filmlarni tomosha qilish mumkin, sportchi esa tiklanishi lozim. Men insonning imkoniyatlari deyarli cheksiz ekanligiga ishonaman. Ammo sportchilarning o'zlari o'z imkoniyatlari chegarasini kengaytira olishmaydi. Bu birgalikda, hamkorlikda bajariladigan ish. Sportchi hech qachon murabbiysiz ishlay olmaydi, jumladan Oksana ham doim kimningdir rahbarligi ostida ishlaydi. Murabbiysiz sportchi eng baxtsiz odam bo'lardi. Mashg'ulotlar davomida murabbiyning shogirdlariga rahmi kelmaydi. Gimnastikachilar umidsizlikka tushganlarida ham sportda o'ziga xos talablar borligini bilishlari lozim. Murabbiy talabchan bo'lishi zarur, lekin ekspluatator yoki shafqatsiz emas. Murabbiy sportchining og'ir mashg'ulotdan keyin ham quvonch his qilishiga erishishi kerak. Sport azob manbaiga aylanib qolmasin. Aksincha, sport hayoti unutilmas voqelikka aylanishi kerak. Shogirdlar ulg'aygach, bu unutilmas hayotni murabbiy bilan birga xotirlashadi. Musobaqa oldidan o'tkaziladigan mashg'ulotlarda shogirdlarim shunday ajoyib lahzalarni boshdan kechiradilarki, yerdan ko'tarilib, uchib ketadiganga o'xshaydi — bu tuyg'ularni so'z bilan tushuntirib bo'lmaydi. Murabbiy topag'on bo'lishi kerak. Agar u bolalar bilan ishlasa, bolaga aylanishi lozim. Bolalar bilan bosqichma-bosqich qadam tashlash, lekin shu bilan birga, ular uchun bilim va harakatda namuna bo'lish kerak. Barcha odamlar, shu jumladan bolalar ham o'z qadr-qimmatiga ega. Bolalarni hurmat qilish, ular bilan hisoblashish va ular bilan gaplashish lozim. Kattalar ko'p narsani tushunishadi, bolalarni katta dunyoga olib kirish uchun esa murabbiyga ehtiyoj seziladi. — Inson sportga keldimi, bu ish bilan halol shug'ullanishi kerak. Har qanday ishda ham shunday aslida. Shuningdek, o'zaro hurmat, boshqalarning vaqtini hurmat qilish va tartib-intizom kabi xususiyatlarni juda qadrlaymiz. Bolalar shafqatsiz bo'lishadi. Ularni oddiy narsalar orqali rahmdil bo'lishga o'rgatish kerak. Masalan, yiqilgan yoki biror narsa qo'lidan kelmaganlar ustidan kulmaslikni o'rgatish. Ba'zida bolalar xato qilib qo'yishadi, shuning uchun ularning e'tiborini o'sha vaziyatga qaratib turish va to'g'ri yo'lni ko'rsatish kerak. Ba'zan ularni jazolashingiz ham mumkin, lekin buni ham eplay bilish kerak. Biz, shuningdek, vatanga muhabbat tuyg'ularini singdiramiz. Vatanga muhabbat hayotning o'zgarmas qonuni hisoblanadi. Shohsupada turganingizda sharafingizga madhiya yangrasa, faxr tuyg'usini his qilasiz. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. Men bu axloqiy qadriyatlarga katta ahamiyat beraman. Ammo moddiy manfaat ham yaxshi motivatsiya bera oladi. — Ko'pincha sportchining texnikasi yetarli bo'ldi, taktikasi to'g'ri tanlandi, lekin matonat yetishmagani bois g'alaba qozona olmadi deyishadi. Oksana Chusovitina esa matonati bilan ajralib turadi. Dastlab uni hamma ham yulduz deb hisoblamasdi. Hech kim ishonmasdi. Lekin uning matonati meni hayratda qoldirgandi. Men buni intuitiv ravishda his qilardim. 2012 yilgi Jahon chempionati, Vengriya. Svetlana Kuznetsovaning shaxsiy arxividan. Men uni g'ayritabiiy iste'dod sohibasi deb ayta olmayman. Ha, u juda ko'p mashq qilgan. Lekin u o'z ustida ishladi va o'zi bilan kurashishga o'zini majburladi. U yaxshi sakrasada, raqsga tushishni yoqtirmasdi. Oksana yaxshi do'st, o'z ishiga halollik bilan yondashadi. Bu insoniy fazilatlar unga aql bovar qilmas muvaffaqiyatlarga erishishga yordam berdi. Oksana sport shaydosi. Ba'zi sportchilar zo'riqishlarga chiday olmay faoliyatini erta yakunlashdi. Agar ularda sportga bo'lgan muhabbat kuchli bo'lganida, aslo sportdan ketishmasdi. Oksananing daholigi uning chidamliligida. O'ylaymanki, har qanday daholik, shu jumladan yuqori natijalar sporti ham katta hayotiy kuch va irodani jamlashni talab qiladi. — Menda maxsus qoidalar mavjud emas. Men bolalarga to'g'ri ovqatlanishni o'rgataman. Ular ortiqcha ovqatlana olishmaydi. Ovqatdan tana uchun eng foydali moddalarni oladigan darajada taomlanishingiz kerak. Sportchilar to'g'ri suv ichish rejimiga rioya qilishlari lozim. Hamma narsada, hatto mashg'ulotda ham me'yorni bilmoq darkor. — Bir safar jurnalist meni chempionning murabbiyi deb atadi, biroq o'shanda qo'l ostimda chempionlar shug'ullanmas edi. Oksana bor edi, lekin yangilari yo'q edi. Jurnalist chempionlar turli xil bo'lishini aytdi — shahar chempionidan tortib olimpiada chempionigacha. Boshida men uning gaplarida hech qanaqa ma'no ko'rmagan edim. Keyinchalik o'ylab qoldim — u haq ekan. Menga doimo birinchi o'rin kerak. Ammo har kimning qobiliyati har xil. Bolalarni aslo sindirib qo'ymaslik lozim. Agar sportchi qobiliyatli bo'lsa, u chempion bo'lishi uchun hamma narsani qilish kerak. Mashg'ulotlarimizda besh balllik tizimni joriy qilganmiz, bolalar o'yin orqali bir-birlari bilan raqobatlashadilar. Bu usullar raqobat muhitini yaratadi va biz bolalarga g'alaba ta'mini singdirib boramiz. Chunki tug'ma iste'dod kamdan kam uchraydi. Ko'pincha murabbiy, to'g'ri mashqlar va sportchilarning mashaqqatli mehnati tufayli iqtidori namoyon bo'ladigan qobiliyatli bolalar uchraydi. Ko'p holatlarda iqtidorli bolalar muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Dastlabki bosqichda ular uchun hamma narsa oson kechadi, lekin yuqori darajaga erishish uchun mehnat yoki qat'iyat yetishmaydi. Biroq chempion yetishtirish uchun shart-sharoit kerak. Mamlakatimizda gimnastikachilarni tayyorlash uchun ixtisoslashtirilgan sport zallari yo'q. Olimpiya zaxiralari kollejida beshinchi yildirki snaryad mavjud emas. Ushbu binoning birgina zali mavjud. Bizni bu zalga o'tkazishganda, snaryadlar u yoqdan bu yoqqa tashilib, buzilib ketdi. Men sportchilarni Parij-2024 ga tayyorlamoqchiman, biroq bizning sharoit bilan buning iloji yo'q. To'g'ri, olimpiadaga litsenziya beradigan musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish mumkin, ammo jahon darajasidagi gimnastika jihozlarisiz olimpiya o'yinlarida natijaga erishish imkonsiz ish. Sharoit yaratilmasa, yuqori toifali sportchilarni tayyorlay olmaymiz deb har bir rahbarga aytaman. Juda iqtidorli bolalar uchrashiga qaramasdan, o'rta saviyadagi gimnastikachilarni tayyorlaymiz. Murabbiylar jamoasi har doim o'z g'oyalariga sodiq. Pulimiz kam bo'lsa ham, homiy topish biz uchun juda qiyin bo'lsa ham, baribir ishlashda davom etamiz. Olimpiada shohsupasiga bir marta ko'tarilganimdan keyin pastga tushishni xohlamayman. Sportchilarni jahon darajasiga olib chiqishga qiziqaman. — To'rtta kattalar va ikkita o'smirlar toifasidagi olimpiadada ishtirok etganmiz. Katta musobaqalarda sportchiga singdirilgan hamma narsa namoyon bo'ladi: tarbiya, texnika, mashg'ulot, o'zaro tushunish va yaqinlik. Sportchilar hech kimni eshitmasliklari mumkin, lekin murabbiyning ovozini doimo eshitishadi — u gipnozga o'xshaydi. Men gimnastikachilarni snaryadga qarab sozlayman. Umuman olganda, ularning barcha harakatlari avtomatik holatga keltiriladi. Sportchining yonida uning yaqin odami bo'lishi kerak. G'alabadan keyingi his-tuyg'ulardan so'ng shunday bo'shliq paydo bo'ladiki, odam gapirish, ovqatlanish va suv ichishni ham xohlamaydi. G'alabadan so'ng bir oz nafas rostlab olish lozim. Ba'zilar, sportchining vaqtichog'lik qilishi va intervyular berishi kerakligini aytadi. Biroq sportchilar asab tizimini tartibga keltirishi kerak. Katta maqsad yo'lidagi muvaffaqiyatsizlik — bu orqaga emas, oldinga tashlangan qadam. Sportchi o'z xatolaridan saboq olishi kerak. Birovning xatolaridan saboq ololmaysiz. Mag'lubiyatdan so'ng murabbiy sportchilarni «kallasini olib tashlamasligi» kerak. Balki, ularga quyidagi so'zlarni aytishi lozim: «Bu alamli. Yutqazdik. Ammo bunday raqibga mag'lub bo'lish ham bir sharaf». — Oksana 1992 yilgi Olimpiada oltinini mening qo'l ostimda qo'lga kiritdi. Xalq terma jamoaga qo'shilishimizga ishonmasdi, chunki Birlashgan terma jamoa gimnastikachilari bir-biridan ustun edilar. Men uchun «Barselona» abadiy mushakbozlikka o'xshaydi. Oksana oltin medalni olganidan so'ng shohsupadan yugurib kelib, medalni menga tutqazdi. Mehmonxonada medalni barcha ichimliklar bilan «yuvdik» va juda baxtiyor edik. Ispaniyada yana bir xursandchilik bo'lgandi. Oksana erkin mashqlarni bajarib, 10 ball oldi. O'shanda qo'llarim menga deltaplandek tuyulgandi. 1996 yilgi o'yinlarda Oksana ko'pkurashda 10-o'rinni egalladi, biroq bu shunchalik sharafli bo'ldiki, Samaranch (Xuan Antonio Samaranch — Xalqaro olimpiya qo'mitasining sobiq prezidenti — tahr. ) yonimga kelib, shogirdlarim uchun minnatdorchilik bildirdi. Chunki o'sha paytda hamma narsa o'zgarib ketgan, sobiq Ittifoq sportchilari o'z mamlakatlarini tark etayotgan edi, Oksana esa O'zbekistonda qoldi. 2000 yilgi o'yinlarda Oksana juda mashhur edi, chunki u allaqachon farzandli bo'lgan edi. 25 yoshli Oksana uchinchi Olimpiya o'yinlarida qatnashdi. U gimnastika yoshi faqat 15−16 yoshdan iborat emasligini isbotladi. 2004 yil Afinada bo'lib o'tgan olimpiada Oksana uchun unchalik muvaffaqiyatli bo'lmadi. Jarohatdan qutulish oson bo'lmagandi. Men unga sportni tugatish vaqti kelganini aytganimda u quyidagicha javob berdi: «Siz menga yaxshilik bilan tugatishni o'rgatgansiz, shuning uchun davom etaman». 2008 yilda Pekinda o'tgan olimpiadada Oksana Germaniya terma jamoasi nomidan ishtirok etdi. Garchi bu qoidalarga zid bo'lsa ham, meni uning mashg'ulotlariga qo'yishdi. 2019 yilgi Jahon jubogi, Parij. Svetlana Kuznetsovaning shaxsiy arxividan. To'rtta Olimpiadada, 22 yil davomida biz u bilan birga bo'ldik. Men London va Riodagi Olimpiadada ishtirok etmaganman. Shunday bo'lsa ham, Oksana bilan bir-birimizni juda yaxshi bilamiz va his qilamiz, u qanchalik uzoqda bo'lmasin, Chusa baribir mening hayotimda mavjud. Oksana Tokio olimpiadasidan so'ng faoliyatini tugatishini e'lon qilganida, men u bilan birga yig'ladim. Lekin shu bilan birga ancha yengil tortdim, chunki men har safar u uchun qayg'urardim. Uning katta sportga qaytish haqidagi rejalarini bilmasdim, lekin o'ylaymanki bu to'g'ri qaror. Katta sportdan bir zumda ketib bo'lmaydi. Oksaning Osiyo o'yinlarida qatnashish qarori tabiiy. Jamoamiz yaxshi. U o'z ishtiroki bilan yosh qizlarni qo'llab-quvvatlaydi, uning tajribasi ularga yaxshi chiqish qilishga yordam beradi. Biz a'lo natijalarga erishishimizdan umid qilyapmiz. Sport gimnastikasi nihoyatda qiyin sport turi bo'lganligi sababli, bu sport turini yengil atletikadagi o'nkurashga o'xshataman. Tokio Olimpiadasining ochilishi va yopilish marosimini sharhlagan edim. O'shanda o'yinlarga kelganlarning hammasi qahramon, medal olganlar esa kumir ekanligini aytganman. Oradan 30 yil o'tgan bo'lsada, Oksana hali ham safda. Faqatgina Chusa bunga bardosh bera olardi. U noyob irodaga ega bo'lgan noyob gimnastikachi.
advice
«Gazeta.uz» 2021 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o'zgarishlar ro'yxatini taqdim etadi. Dayjest Adliya vazirligi ma'lumotlari asosida tayyorlandi. Quyida ularni to'liqligicha e'tiboringizga havola etamiz. Prezident farmoni asosida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP orqali davlat xizmatlarini ko'rsatishda davlat bojlari, yig'imlar va boshqa har qanday to'lovlar bo'yicha 50% miqdorida chegirma qo'llaniladi (tadbirkorlar bundan mustasno). DXM, «Litsenziya» axborot tizimi va YAIDXP orqali ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilsa, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to'langan davlat bojlari, yig'imlar va boshqa har qanday to'lovlarning 50 foizi ularga 1 ish kunida qaytariladi. Bunda ariza beruvchiga tegishli davlat xizmati to'liq hajmda ko'rsatiladi. Prezident farmoni bilan hududida xonadonlar soni mingdan ortiq bo'lgan mahalla xodimlarining oylik lavozim maoshlari 35 foizga oshiriladi. Hukumat qaroriga ko'ra, Sog'liqni saqlash vazirligi — oilaviy zo'ravonlik holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlarini hamda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo'yicha respublika markazini, shuningdek, bunday markazlar borligi haqida jabrlanganlarni xabardor qiladigan tartib joriy etiladi. Respublika markazi va hududiy markazlarga joylashtirilgan o'z joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyil bo'lgan xotin-qizlarga yordam ko'rsatishda mutaxassis zarur bo'lgan hollarda, markazlar direktorlarining talabnomasiga ko'ra hududiy tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan suitsidolog, psixoterapevt va tibbiy ruhshunoslarni Respublika markazi va hududiy markazlarga jalb qiladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi reabilitatsiyadan o'tgan xotin-qizlarni kasb-hunarga o'rgatish va ularning bandligini ta'minlash choralarini ko'radi . Prezident qaroriga muvofiq, Respublika ixtisoslashtirilgan ko'z mikroxirurgiyasi va urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat budjeti mablag'lari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko'rsatilishiga ruxsat beriladi . Prezident qarori bilan «Mehr daftari» tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan «Mehr daftari»ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash jamg'armalari tashkil etiladi . Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan quyidagilar shakllantiriladi: Prezident qaroriga muvofiq, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa davlat tibbiyot muassasalari rahbarlarini sog'liqni saqlash sohasida boshqaruv (Healthcare Administration) yo'nalishi bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslarida qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish yo'lga qo'yiladi. Prezident qarori bilan O'zbekiston nomidan chet el valyutasida tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XMI va XHMT) mablag'lari hisobidan jalb qilingan kreditlar (qarzlar) loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga 10 yildan kam bo'lmagan muddatga yoki ular jalb qilingan muddatga qayta kreditlanadi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra, qurilish tashkilotlari va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar foydalanilgan noruda qazilmalar to'g'risidagi ma'lumotlarni DSQ tomonidan tasdiqlangan shakllarda soliq organlariga elektron tarzda soliq to'lovchilarning shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi Prezident farmoniga asosan xavflilik darajasi yuqori bo'lgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazgandan so'ng respublika hududiga erkin muomalaga chiqarish (jismoniy shaxslar tomonidan o'z ehtiyojlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan me'yorlar doirasida olib kelingan mahsulotlar bundan mustasno) tartibi joriy etiladi. Bunda hujjatlar ushbu mahsulotlar bojxona hududiga kelishidan kamida 15 kun oldin bojxona elektron dasturiga joylashtirilishi shart. Xavflilik darajasi yuqori bo'lmagan ayrim turdagi mahsulotlarni O'zbekiston rezidenti hisoblangan akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarida muvofiqlik sertifikatini (amal qilish muddatidan qat'i nazar) bir marta rasmiylashtirgan holda 24 oy davomida import qilishga ruxsat etiladi.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda issiqqina noodatiy sho'rvalar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Frikadelka va loviya solib pishirilgan mana bunday noodatiy sho'rva barchaga birdek yoqishi aniq. Ayniqsa oddiy va har kunlik taomlardan zerikkan bo'lishsa. Taomnomangizni mana bunday mayin konservalangan makkajo'xori va tuxum solingan tovuq sho'rva bilan boyitishingizni maslahat beramiz. Shovul solib pishiriladigan sho'rva o'zining mayin va nordongina ta'mi bilan ko'pchilikka yoqadi. Sizlarga mazali va to'yimli, yumshoqqina xamirlardan solib pishiriladigan tovuq sho'rva retseptini taqdim etamiz. Aytgancha, bunday xamir bo'lakchalarini nafaqat tovuq sho'rva, balki mol go'shtidan tayyorlangan va sabzavotli sho'rvalarga ham solish mumkin. Mana bunday frikadelkali turkcha sho'rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat bo'lishi mumkin. Bunday taom nafaqat mazali, balki juda to'yimli hamdir. Shuningdek uning o'zgacha usulda tortilishi, siz va yaqinlaringizga yoqishi aniq.
advice
4 noyabr kuni kechqurun Toshkentda kuzatilgan g'ayrioddiy chang-qumli tumanga shamolning kuchayishi natijasida tuproqning juda qurib qolgan ustki qatlami ko'tarilishi sabab bo'ldi. Yarim tunda shamol to'xtadi, lekin chang havoda uzoq saqlanib turdi. «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin bugun ertalab Toshkentda sayr qildi. O'zgidromet atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshganini ma'lum qilgan. Toshkent shahri va boshqa hududlarda ko'chalar, avtomobillar, tashqarida bo'lgan odamlarning kiyimlari chang qatlami bilan qoplandi. Chang hatto yopiq derazalar orqali binolar ichiga kirib, ichkarida ham sezilgan. O'zgidromet prognoziga ko'ra, poytaxtda changli tuman juma kuni ham saqlanib qoladi. Qisman bulutli, yog'ingarchilik kutilmaydi. SSV 4 noyabr kuni kechki vaqtdan buyon Toshkent shahrida tez yordam xizmatiga nafas siqishi shikoyati bilan 678 ta murojaat kelib tushganini ma'lum qildi. Respublika ixtisoslashtirilgan allergiya ilmiy-amaliy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Raziqova ochiq havoda bo'lmaslik va niqob taqishni tavsiya qildi.
advice
4 noyabrda kunning ikkinchi yarmida O'zbekiston hududlariga Qozog'iston viloyatining janubiy viloyatlari orqali Ural-Volgabo'yi hududlaridan sovuq qutb antitsikloni front old qismi kirib keldi. Shuningdek, Janubiy Qozog'istonning markaziy hududlarida (Chimkent viloyati) shimoliy yo'nalishda kuchli shamollar kuzatildi. «O'zgidromet» matbuot xizmati hududlar kesimida mazkur hodisaning kuzatilishi bo'yicha tafsilotlarni e'lon qildi. Qozog'istondan kirib kelgan kuchli shamollar Jizzax, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlarida davom etdi. Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatida shamol tezligi maksimal 20−25 m/s ga yetdi. Kechga tomon Qozog'iston janubidan esgan kuchli shamollar Sirdaryo viloyati orqali o'z yo'nalishini g'arbiy va janubi g'arbiy tomonga o'zgartirdi. Davomli esgan kuchli shamollar natijasida cho'l landshaftga ega hududlardagi tuproq sirtidagi chang va qum zarralari havoga ko'tarilib, chang bulutini hosil qildi. Chang buluti shamol yo'nalishi bo'yicha avval Sirdaryo viloyatiga so'ngra Toshkent viloyati va Toshkent shahrining atmosfera xavosida chang-bo'ron va g'uborni keskin ortib ketishiga sabab bo'ldi. Chang bo'ronlari va g'ubor atmosfera xavosining ko'rinish darajasini Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 500−1000 metrga, Toshkent shahrida esa 200 metrgacha chegaraladi, deb qayd etdi «O'zgidromed». Ushbu hodisa Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyati hududlarida ham kuzatilib, ushbu viloyatlar hududida ko'rinuvchanlik 1000 metrdan past darajaga ega changli-g'ubor qayd etilgan. Markaz ma'lumotlariga ko'ra, 4 noyabrdan 5 noyabrga o'tar kechasi Qozog'istonning Chimkent viloyati, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ko'tarilgan chang va qum zarralarining ma'lum bir qismi atmosferaning yuqori qatlamlarida qo'shni Tojikistonning So'g'd viloyati Xo'jand tor darasi orqali «Qo'qon» shamollari ko'rinishida Farg'ona vodiysiga kirib kelgan. Ayni dam vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida ko'rinuvchanlik 1000 metrdan past cheklanishiga ega chang-g'ubor hodisasi kuzatilmoqda. «O'zgidromet» tomonidan olib borilayogan kuzatishlar davomiyligi (150 yil) natijasida bunday holat ilgari kuzatilmagani qayd etildi. Respublika hududlarida keskin shamollar natijasida iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, chang-g'ubor hodisalari kuzatilgan hamda ushbu jarayonlar shamol to'xtashi bilan 15−20 daqiqa vaqt oralig'ida tarqalgan. O'zbekiston hududida 12 noyabr kuniga qadar yog'ingarchiliklarni (janubiy viloyatlardan tashqari) kuzatilmasligi turli xil iqlimiy model, sun'iy yo'ldoshlardan olinayotgan real vaqtdagi tasvirlar, yer usti va atmosfera qatlamlaridagi ob-havo xaritalari tahlili asosida mutaxassislar tomonidan porognoz qilinmoqda. Mutaxasislar tahliliga ko'ra , atmosfera xavosida chang-g'uborlarini yaqin kunlar ichida saqlanib qolish ehtimolligi mavjud. 4 noyabr kuni Toshkent shahrida mahalliy vaqt bilan 18:21 da atmosfera xavosining ko'rinuvchanligi 200 metrdan past darajada kuzatilib, havodagi nisbiy namlik omili bilan birgalikda chang-g'ubor hodisasi qayd etildi. «O'zgidromet»ning Toshkent shahrida joylashgan havo sifatini ifloslantiruvchi moddalar tahlilini yurituvchi avtomatik statsionar kuzatuv postlarida chang miqdori keskin ko'tarila boshlagan. Avvaliga chang miqdori ruxsat etilgan me'yordan 5 barobarga, keyinroq mahalliy vaqt soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha ko'tarilishi qayd etildi. Mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan boshlab havo tarkibidagi chang miqdorini pasayish tendensiyasi kuzatilgan va bu davr oralig'ida chang miqdori ruxsat etilgan me'yoriy ko'rsatkichdan 10 barobar yuqoriligi saqlanib qolmoqda.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda xushbo'y, mayin va shirin bulochkalar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Uyda tayyorlangan lazzatli xushbo'y va do'mboqqina pishiriq. Tvorogli xamirdan tayyorlangan jemli ajoyib bulochkalar retseptini sizga taqdim etamiz. Issiq choy bilan tanovvul qilingan shirin bulochka o'rnini hech nima bosa olmaydi. Oshirma xamirdan tayyorlangan ushbu bulochkalar , sizni qiziqarli shakli va oddiy retsepti bilan xursand qilishi aniq. Xushbo'y oshirma xamirdan tayyorlangan bulochkalarniнг ajoyib retsepti. Bunday mazali va shirin bulochkalarni bolalar bog'chalarida tayyorlab, sut bilan dasturxonga tortishar edi. Xamirturushli juda yumshoq va tezpishar bulochkalar retsepti bilan tanishtiramiz. Xohishga qarab, ularning ichiga jem, mak, tvorog yoki bo'lmasam, xuddi bizdek — shokoladli pasta solib pishirish mumkin. Mana bunday ajoyib ta'mli bulochkalarni nonushtaga tayyorlash, shuningdek o'zingiz bilan o'qish yoki ishga olib borishingiz ham mumkin bo'lib, pishirish jarayoni ham umuman qiyinchilik tug'dirmaydi. Dam olish kunlarida quritilgan mevalar bilan pishirilgan mazali bulochkalar pishirib, oilangiz va yaqinlaringizni xursand qiling. Ular nihoyatda xushbo'y bo'lib, o'zida qaymoq va yorqin mevali ta'mlarni birlashtiradi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
4 noyabrda kunning ikkinchi yarmida O'zbekistonning ayrim hududlarini g'ayrioddiy chang-qumli tuman qopladi . Avval bunga shamolning kuchayishi natijasida tuproqning juda qurib qolgan ustki qatlami ko'tarilishi sabab bo'lgani aytildi. Keyinroq, «O'zgidromet» mamlakatdagi keng ko'lamli qurilish ishlari ushbu hodisaning paydo bo'lish sabablaridan biri ekanligini tasdiqladi. Markaz tomonidan olib borilayotgan kuzatishlar davomiyligi (150 yil) natijasida bunday g'ayrioddiy holat ilgari kuzatilmagan. Odamzod tomonidan avval kuzatilmagan tabiat hodisalari juda ham ko'p savollarni keltirib chiqarishi tabiiy. Ularning deyarli barchasi yoki taxminiy xulosalarga, yoki farazlarga asoslanadi. Ayrimlarining esa hanuzgacha sababi aniqlanmagan. Dunyoning turli chekkalarida kuzatilgan eng g'ayrioddiy tabiat hodisalari haqida «Gazeta.uz» maqolasida. Azaldan tuman va Buyuk Britaniya bir-biriga hamisha bog'liq bo'lgan. 1952 yil 5 dekabrda Londonga tushgan tuman haqiqatdan ham halokatli oqibatlarga olib kelgan va 12 ming kishining hayotiga zomin bo'lganligi aytiladi. 1952 yil Britaniyada qish ancha erta boshlangan. Noyabr oyida qattiq sovuq tushgan, qor yog'gan va dekabrga kelib, qishki ob-havo mamlakat hududini butunlay o'rab olgan. Londondagi havo fabrika va zavodlardan chiqadigan tutun bilan qattiq ifloslanib borayotgan edi, chunki mamlakat sanoati urush vayronagarchiliklaridan faol ravishda tiklanayotgan bo'lgan. Ko'plab avtomobillar va jamoat transporti ham atrof-muhitning ifloslanishiga hissa qo'shgan. O'sha yili Angliya poytaxtiga sovuq tuman tushgan, uning tarqalishiga esa hech qanday imkon bo'lmagan. Va bu tuman ichida chiqindi gazlar, zavod chiqindilari, yuz minglab kaminlarning qorakuya zarralari to'plangan. Ko'chalarda deyarli hech narsa ko'rinmas, odamlar faqat bino devorlarini ushlab harakatlana olar edilar. 5 kun davom etgan qora tuman minglab kishilar, ayniqsa katta yoshdagilar, yosh bolalar va respirator kasalliklari borlarning o'limiga sabab bo'lgan. Birlamchi hisobotlarga ko'ra, tuman oqibatida 4 ming kishi vafot etgan. Biroq, ayrim mutaxassislar qora tuman paytida zararlanib, keyinchalik vafot etganlar soni 12 minggacha yetgan bo'lishi mumkinligini ta'kidlashadi. Bunday tumanda burun va og'izga hatto qalin doka bog'lab ham nafas olish juda qiyin bo'lgan. Ko'pgina hayvonlarning nobud bo'lgani ham aniqlangan. Butun dunyo uchun 1952 yildagi buyuk London tumani atrof-muhitning ifloslanishi qanchalik xavfli ekanligini yaqqol ko'rsatgan. Buyuk Britaniyada ushbu tuman sabablarini o'rganish parlament darajasigacha ko'tarilgan. Mamlakatda bunday darajadigi ekologik halokat takrorlanishining oldini olish uchun qonunchilikni kuchaytirish choralari ko'rilgan. Foto: baartalaap.in 2012 yilning avgust oyida Hindistonning Kerala shtatidagi Kannur shahri aholisi g'ayrioddiy tabiat hodisasiga guvoh bo'lishgan. Shaharga qizil rangdagi yomg'ir yog'gan. Yomg'ir suvi shunchalik qizg'ish bo'lganki, hayvonlarning qonini eslatardi. Yo'llarda bir zumda qizil ko'lmaklar paydo bo'lgan, yomg'irdan yashirinishga ulgurmagan odamlarning kiyimlari qizarib ketgan. Yomg'ir o'n besh daqiqa yog'gani qayd etilgan. Ba'zi olimlar yomg'ir suv o'tlari sporalaridan o'zining g'ayrioddiy rangini oldi, deb hisoblashadi. Boshqalar ushbu tabiat hodisasi kosmosda kelib chiqqan bo'lishi mumkinligiga ishonishadi. Ilmiy tahlillar qizil yomg'ir tomchilarida, ehtimol kometa qoldiqlaridan yerga tushgan mikroskopik zarralar borligini ko'rsatgan. Yer atmosferasiga tushgan meteorit parchalari zarralari qizil yomg'ir bulutlarini hosil qilishi mumkin, deb taxmin qilingan. Bundan tashqari, suv omborlaridan qizil suv o'tlari sporalarini so'rib olgan suv quyuni ushbu hodisaning sababi bo'lishi mumkin deb ham aytiladi . Yomg'ir suvi bilan aralashib, bu sporalar qonli yomg'ir shaklida yog'gan degan taxmin ham bor. Ma'lumotga ko'ra, qizil yomg'ir birinchi marotaba Kerala shtatida 2001 yilda yog'gan, besh yildan so'ng yana takrorlangan. 2001 yilning o'zida 120 ta rangli, jumladan qizil, sariq, qora va yashil yomg'irlar qayd etilgan. Foto: Robertharding/Alamy Namib cho'lining qurg'oqchil tuprog'ida o'sgan o'tlarda g'alati hodisani kuzatish mumkin — diametri 2 dan 15 metrgacha bo'lgan, biror o'simlik o'smaydigan, go'yo asal qoliplaridek 2500 kilometr maydonga cho'zilgan millionlab dumaloq yamoqlar bor. «Jodugar doiralar» nomi bilan mashhur bo'lgan ushbu yer go'yo kuya tomonidan teshib tashlangan katta o't gilamiga o'xshaydi. Hech kim ushbu teshiklarning qanday paydo bo'lganini tushuntira olmasligi ushbu hodisani yanada jumboqli qiladi. Olimlar bu joylarda tuproq radiatsiya bilan ifloslangani yoki ba'zi o'simliklar chiqaradigan toksinlar atrofdagi o'simliklarga ta'sir qilishi haqida taxmin qilishgan. Ba'zi odamlar doiralar qum termitlarining ishi deb ham o'ylashadi. Ular suv saqlash uchun yerda kovaklar qazishadi va o'simliklarning tagidagi qum yomg'ir namligini singdirishi uchun ularning ildizini yeyishadi. Yana bir taxminga ko'ra, cho'l iqlimida o'simliklar suv va ozuqa uchun kurash olib borishadi. Zaif o'simliklar nobud bo'lib, kuchliroqlari o'sib chiqqach, yashil qatlam turli shakllarda «o'z-o'zidan» kelib chiqadi. Foto: Robertharding/Alamy Ushbu pufakchalar suvga tushib, muzlab qolgan «uchar likopchalar» yoki muz bilan o'ralgan qadimgi meduzalarni eslatadi. Aslida, esa bu muz doiralari qotib qolgan metan pufakchalaridan iborat bo'lib, suv ostida muzlab, ajoyib manzara yaratadi. Bunday hodisani qishda shimoliy kengliklarda joylashgan ko'llarda, masalan Kanadaning Alberta provinsiyasidagi Avraam ko'lida uchratish mumkin. Ular quruq barglar, o'tlar va hayvonlar suvga cho'kib, metan ajratadigan bakteriyalar uchun yemak bo'lganda paydo bo'ladi. Aytishlaricha, gaz pufakchalar shaklida ajralib chiqib, muzlagan suv bilan reaksiyaga kirishadi va o'n minglab oq muz disklariga aylanadi. Bahorda muz eriy boshlaydi va metan pufakchalari yorilib, shivirlaydigan ovoz chiqaradi. So'ng muz ajralib chiqa boshlaydi. Lekin agar kimdir yaqin atrofda gugurt yoqmoqchi bo'lsa, bu metan massasi alangalanadi va dahshatli portlash sodir bo'lishi mumkin. Bu Arktikaning muz ostidagi suvlarida paydo bo'lgan g'ayrioddiy tabiiy hodisa. Ko'rinishidan sumalakga o'xshaydigan ushbu aralashma biroz sho'rlangan muzli suv va sho'rroq okean suvi bilan to'qnashuvidan hosil bo'ladi. Uni «muz stalaktiti» deb ham atashadi, lekin aslida u muz emas. Braynikl — juda sovuq, o'ta to'yingan sho'r suv oqimi hisoblanadi. Tuzli okean suvi muzlaganda, yangi muz hosil qilish uchun tuz chiqaradi. Ortiqcha tuz muz yuzasida va muz massasidagi bo'shliqlarda qolgan suvni to'ydiradi. Natijada, muzlash nuqtasi juda past bo'lgan yuqori zichlikdagi sho'r suvli eritmani o'z ichiga olgan muzli suv zaxiralari paydo bo'ladi: harorat sho'rlanish darajasining oshishi bilan pasayadi. Agar muz yorilib ketsa, mazkur zich, og'ir va o'ta sovuq suyuqlik o'z yo'lidagi hamma narsani muzlatib, halokatli oqim shaklida suv tubiga cho'kishni boshlaydi. Yuqoridagi suratda ham dengiz yulduzlarining braynikl tufayli halok bo'lganini ko'rish mumkin.
advice
Ilmiy tadqiqotlarning ko'rsatishicha, aynan piyoda yurish umrni uzaytiruvchi mashg'ulot hisoblanib, AQSh olimlari haftasiga kamida 5 marta, kuniga 30 daqiqa piyoda yurishni tavsiya qiladi, deya ma'lum qildi Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida o'tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko'ra, 40−65 yoshli insonlarning kun davomida 3−4 soat piyoda yurishi yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfini 30−45 foizgacha kamaytiradi. Tadqiqotda ishtirok etgan piyoda yurish bilan shug'ullanuvchi insonlarning yarmidan ko'pi o'zida hech qanday noxushlik sezmagan va doim faol holatda bo'lgan. Passiv hayot kechiruvchi va kamharakat insonlarda esa yurak-qon tomir kasalliklari nisbatan ko'p uchrashi aniqlangan. Garvard universiteti olimlari o'tkazgan tadqiqotlar ham xuddi shunga o'xshash natija bergan. Xususan, universitetning 10 ming 269 nafar bitiruvchisi orasida kamida 9 mil masofaga piyoda yurish (kuniga 2 kmdan ortiq) o'lim xavfini 22 foizga kamayishiga olib kelgani qayd etilgan. Ushbu tadqiqotlarda yurak-qon tomir kasalliklaridan jabrlanganlar istisno qilingan, biroq bunday xastalikka chalinganlar orasida ham kuzatuvlar o'tkazilgan. Olimlar 8 ming 946 nafar bemor bilan bog'liq 48 ta ilmiy ishni ko'rib chiqqach, haftasiga 3 marta 30 daqiqa davomida bajarilgan me'yoriy jismoniy harakat (piyoda yurish yoki velotrenajyorda shug'ullanish) yurak-qon tomir kasalliklari natijasida kelib chiqadigan o'lim xavfini 26 foizga, boshqa barcha xastaliklar oqibatidagi o'lim holatlarini 20 foizga kamaytiradi, degan xulosaga kelgan. Aholining sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga bergan intervyusida ta'kidlashicha, muntazam piyoda yurish — qon bosimini me'yorlashtiradi, kayfiyatni va organizmning umumiy holatini yaxshilaydi. Shuningdek, qonda xolesterin miqdorini me'yorlashtirib, ateroskleroz rivojlanish xavfining oldini oladi. Shu bois doimiy piyoda yurish bilan mashg'ul inson infarkt va insult kabi hayot uchun xavfli kasalliklardan uzoq bo'ladi. Barno Odilovaning so'zlariga ko'ra, organizmning umumiy chidamliligini va yurak-qon tomir, nafas a'zolari imkoniyatlarini oshirishda piyoda yurish sport zalidagi mashg'ulotlardan anchagina samarali. Yurish vaqtida tana harakatlari va mushaklar qisqarishi barcha a'zo va to'qimalarda, qorin bo'shlig'i, kichik chanoq a'zolarida qon aylanishini kuchaytiradi hamda qon tarkibida kislorod, ozuqa moddalari miqdorini oshiradi. — Hammasi individual. Eng avvalo, inson o'z holatiga qarashi lozim. Qancha piyoda yurgisi kelsa, shuncha yurishi va masofani har kuni o'rtacha 100 qadamdan oshirib borishi zarur. Shunchaki yurmay, yo'l-yo'lakay shaxsiy ishlarni bitirish, yaqinlar, do'stlarni yo'qlash mumkin. Qolaversa, bu mashg'ulotga farzandlar, nabiralarni ham chorlash kerak. Eng muhimi, bu jarayondan rohat olish, piyoda yurishni organizmni qiynovchi mashg'ulot sifatida qabul qilmaslik lozim. — Bu mashg'ulotni bugunoq boshlash kerak. Eng asosiysi, yurishni har qanday ob-havo sharoitida bajarish mumkin, faqat mavsumbop kiyim bo'lsa, bas. Mashg'ulotni ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatlangandan 1,5−2 soat keyin boshlash lozim. Yurish vaqti uxlashdan 2 soat oldin tugagani ma'qul. 35 yoshdan yuqori va hech qachon sport bilan shug'ullanmagan inson juda sekin yurishdan boshlagani maqsadga muvofiq. Qolaversa, 35 yoshdan oshmaganlarga ham mashg'ulotni sekin yurishdan boshlash tavsiya etiladi. — Birinchi hafta tanlangan tezlik bilan har kuni yarim soatdan yuriladi. Keyin har 2 haftada yurish davomiyligini 5 daqiqadan, qadam tezligini esa 5 tadan oshirib borish kerak. Shu tarzda harakat tezligi daqiqasiga 100 qadamgacha, yurish davomiyligi esa 1 soatgacha yetkaziladi. 1 soat davomida ushbu tezlikdagi yurish — taxminan 10000 metrga teng. Mashg'ulot paytida, ayniqsa, boshlang'ich bosqichlarida nafas olish va pulsni nazorat qilish maqsadga muvofiq. Yurish vaqtida puls soni daqiqasiga 100 tadan kam bo'lsa, tezlikni oshirish kerak, agar 120 dan ortiqni ko'rsatsa, sekinlashish darkor. Yuqorida aytilganidek, mashg'ulot vaqtida puls soni 100 dan kam bo'lsa, bunday yurishdan hech qanday foyda yo'q. Buning sababi puls soni 100 dan kam bo'lganida moddalar almashinuvi jarayoni xuddi tinch holatdagidek kechadi. Piyoda yurish insonga deyarli jarohat yetkazmay, shikastlanishlarsiz organizm imkoniyatlarini rivojlantiradi. Yurish vaqtida organizmga tushadigan jismoniy yuklama yuqori intensivlikda emas va bu turli jarohatlar, charchash holatlari kelib chiqishining oldini oladi. Bundan tashqari, yurish tezligi va yo'l past-balandligini o'zgartirib, yuklamani har kim o'z individual imkoniyatidan kelib chiqqan holda oshirishi yoki pasaytirishi mumkin. Ushbu usul bilan qarilik vaqtlarida ham bemalol shug'ullanish mumkin. Piyoda yurish har qanday yosh va jinsdagi inson uchun tabiiy, odatiy, fiziologik yuklama turidir. Yurish vaqtida bajariladigan harakatlar ritmik va sikl bilan takrorlanishi, ya'ni ba'zi mushaklar bo'shashishi va boshqalarining qisqarish ketma-ketligi ajoyib samara beradi. Eslatib o'tamiz, prezidentning 2020 yil oktabrdagi farmoni bilan aholini kunlik yurish va yugurishga targ'ib qilish maqsadida «Sog'lom turmush tarzi» (www.1hls.uz) platformasi yaratilgan. Mazkur platforma asosida, bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O'zbekiston fuqarosining elektron hamyoniga 3 ming so'm, bir oyda bir marta tuman (shahar) bo'yicha eng ko'p yurgan kishiga 300 ming so'm, hududlar (viloyat) bo'yicha eng ko'p yurgan kishiga 500 ming so'm, respublika bo'yicha eng ko'p yurgan kishiga 1 mln so'm qo'shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o'tkaziladi. «Gazeta.uz» ushbu ilovani mobil telefonga yuklash, undan foydalanish va pulni bank kartasiga o'tkazish bo'yicha qo'llanmani e'lon qilgan edi .
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda tovuqdan tayyorlanadigan retseptlar ro'yxatini taqdim etadi. Ushbu oddiy va tez tayyor bo'ladigan retsept odatiy taomnomangizni boyitishga yordam beradi. Makkajo'xori tovuq go'shti bilan ajoyib tarzda uyg'unlashadi. Osiyo ramyon sho'rvasi — bu to'yimli, mazali taom. Sho'rva tez tayyorlanadigan lapshadan iborat bo'lib, unga qo'shimcha ingrediyentlar qo'shiladi, ularning asosiy qismi go'sht, sabzavot, tuxumdir. Gaz pechida sabzavot va tovuq sonlarili taom pishirish — bu juda maroqli jarayon. Ushbu retseptdan ko'pincha bayram dasturxoni uchun foydalanishadi. Har doim oshxonada mavjud bo'lgan oddiy masalliqlardan qanday ovqat tayyorlashni bilmayapsizmi? Gaz pechida pishirilgan tovuq sonlari va grechka — eng yaxshi tanlov. Chaxoxbili gruzin oshxonasining eng zo'r taomlaridan biridir . Tayyorlanish jarayoni oson bo'lishiga qaramay, u har doim mazali va xushbo'y bo'lib pishadi. Oilaviy tushlik yoki kechki ovqat uchun mos keladigan ajoyib sersuv taom. Ushbu taomni bizning retseptimiz bo'yicha albatta tayyorlab ko'ring va kechki ovqat yoki tushlik uchun mazali kartoshka va sersuv tovuq go'shtli taomdan bahramand bo'ling. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Eng yaxshi atrof-muhit fotosuratchisi» tanlovi 14 yildan buyon o'tkazilmoqda. U nafaqat iqlim o'zgarishi muammolariga, balki insoniyatning og'ir sharoitlarda omon qolish va muammolarga yechim topish qobiliyatiga ham bag'ishlangan. Tanlovning yana bir maqsadi — BMTning barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati sohasidagi faoliyatini qo'llab-quvvatlash hisoblanadi. Bu yilgi g'oliblar shu kunlarda Glazgoda bo'lib o'tgan BMTning iqlim bo'yicha COP26 sammitida e'lon qilindi. Ispaniyalik fotosuratchi Antonio Aragon Renunsio 2021 yilning eng yaxshi atrof-muhit fotosuratchisi g'olibi bo'ldi. Uning Gana qirg'og'idagi vayrona uyda uxlayotgan bolaning surati hakamlar hay'ati tomonidan bir ovozdan ma'qullandi. Surat muallifi G'arbiy Afrika davlatlarida minglab odamlarni o'z uylarini tark etishga majbur qilayotgan dengiz sathining ko'tarilishi muammosiga e'tibor qaratmoqchi bo'lgan. G'alabasi uchun fotosuratchi 10 ming funt sterling olgan. Foto: Antonio Aragon Renunsio Foto: Amaan Ali Hindiston poytaxti Dehli chekkasi Yamuna Gat hududidagi uyi yaqinida o'rmon yong'inini o'chirayotgan bolakay. Foto: Ashraful Islam Qo'y to'dasi darz ketgan yerdan o't izlamoqda. Bangladeshdagi misli ko'rilmagan qurg'oqchilik ko'plab hayvonlar hayotiga tahdid solmoqda. Foto: Simone Tramonte Islandiyaning Algalif kompaniyasining fotobiosintez reaktori sof geotermal energiyadan foydalangan holda astaksantin ishlab chiqaradi. Astaksantin inson tanasining ko'plab qismlarining hayotiy funksiyalari uchun zarur bo'lgan tabiiy organik moddadir. Islandiya qazib olinadigan yoqilg'idan deyarli butunlay voz kechib, qayta tiklanadigan energiyaga o'tgan. Foto: Kevin Ochiyeng Onyango Ushbu sahnalashtirilgan fotosuratda tabiatning inson hayotidagi o'rni ko'rsatilgan. Bola qum bo'roni o'rtasida o'simlikdan kislorodni yutmoqda. Foto: Sandipani Chattopadxay Musson va qurg'oqchilik davrlarining tartibsizligi Hindistondagi Damodar daryosida suv o'tlarining gullashiga sabab bo'lmoqda. O'simliklar yorug'likning sirtga kirishiga to'sqinlik qiladi va tirik organizmlarning kislorodni singdirishini murakkablashtiradi. Bu esa o'z navbatida hududdagi butun yashash muhitiga va inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Foto: Maykl Lapini Panaro daryosida kuchli yomg'ir va qo'shni vodiydagi qor erishi tufayli yuzaga kelgan suv toshqini o'rtasida qolgan uy. Foto: Ashraful Islam Bangladesh daryolarida suv o'tlari va yo'sining ayrim turlarining ko'pligi bu yerda ko'plab baliqlarni o'ziga jalb qiladi. Mamlakatning ba'zi hududlarida baliq ovlash asosiy daromad va tirikchilik manbai hisoblanadi. Foto: Seliya Kuxala «Suvga sho'ng'iganimda og'zida ilgak bo'lgan dengiz arsloni bolasini ko'rdim. Men suvda bo'lgan vaqtimda u oldimda xuddi yordam so'rayotgandek yonma-yon suzardi», — deb eslaydi fotosuratchi. Foto: Djakomo D'Orlando Nemo bog'i — bu suv osti xo'jaligini rivojlantirish loyihasi. Uning mualliflari atrof-muhit sharoitlari o'simliklarning o'sishi juda qiyin bo'lgan hududlarda dehqonchilikning muqobil usulini topishga umid qilmoqda. Foto: Subrata Dey «Ushbu surat Bangladeshning Chittagong provinsiyasidagi plastikni qayta ishlash zavodida olingan. Qayta ishlash ifloslanish va issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish uchun zarur», — deydi muallif.
advice
null
advice
17 noyabr — «Xalqaro talabalar kuni». «Gazeta.uz» O'zbekistonning turli universitetlarida o'qiyotgan talabalardan ushbu davr chindan ham «oltin»mi, ushbu davrda talaba nimalar qilishi kerakligi haqida so'radi. Xadichabegim Naymanova Toshkent davlat axborot texnologiyalari universitetining Dasturiy injiniring fakulteti 3-kurs talabasi. — Talabalik — hayotning oltin davri. Biroq 2019 yilda o'qishga kirganlarning ko'pchiligi bu gapga qo'shilmasalar kerak. Ko'pchilik talabalik davri klub va karaokelarga borish, romantika va g'am-qayg'usizlikdan iborat deb hisoblaydi. Balki men uchun ham shunday bo'lardi, lekin hayotning o'z rejalari bor ekan. Ikkinchi semestrda karantin boshlandi va talabalik davrining barcha romantikasi kompyuter ekranlari ortiga o'tdi. Foto: Xadichabegim Naymanovaning shaxsiy arxividan Ammo odamlar ajoyib mavjudotlar, ular har qanday sharoitga moslasha oladilar. Avvaliga o'z-o'zini izolyatsiya qilishga ko'nikish qiyin edi, keyin esa bu asta-sekin komfort zonaga aylandi. O'qituvchi ma'ruza o'qiyotganda qulay joyda choy ichib o'tirish naqadar yoqimli . Oxir-oqibat, 1 va 2-bosqichlarni biz Zoom dasturida o'tkazdik, hatto tug'ilgan kunlarni ham onlayn tarzda nishonladik. Qaysidir ma'noda, bu ekstrovertlar uchun sinov, introvertlar uchun esa jannat edi. Yaxshiyamki, uchinchi kursda hamma narsa odatiy holatga qaytdi, ammo hissiyotlar qish uyqusidan keyin uyg'onish kabi edi. Talabalik hayoti — o'smirlikdan kattalikka o'tish davri . Go'yoki ushbu lahzalarni o'tkazib yuborib, darhol kattalar hayotiga tushib qolgandekman. Chunki uchinchi kursda mustaqil bo'lish, xarajatlar va yashash uchun pul ishlash kerak. Kelajak uchun aniq maqsadlar qo'yish va ular sari shahdam qadam tashlash kerak bo'lgan payt. Ota-onamga og'irligim tushmasligi uchun o'qishga kirishish va darhol ish topish oson emas edi. Oradan bir oy o'tib, o'z mutaxassisligim bo'yicha ishga joylashdim va hozirda shu yerda ishlayapman. Doramalarda (koreys seriallari) ish va universitetda o'qishni bir vaqtda olib borish osondek tuyulardi. Aslida, kuchli charchoq yuzaga kelishi mumkin, ayniqsa dam olishga vaqtingiz bo'lmasa. Yaxshiyamki, do'stlarim bor, ularni istirohat bog'iga chaqirib, shunchaki jimlikda o'tirib, osmonni tomosha qilishim mumkin. Hozir men haftasiga 7 kun 24 soat o'qish va ish bilan bandman , lekin semestr oxirida yaxshilab dam olishni rejalashtirganman. Oqil Abdubarnoyev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Xalq ijodiyoti fakulteti 4-bosqich talabasi. — Xayolimiz darsdan amallab qochish hamda chim qoplamasi tepakal bo'lgan maydonda tilimiz osilguncha to'p tepish bo'lgan maktab davrimizda talaba bo'lgan aka-opalarimizga havas qilardik. Biroq ular «oltin davr» to'g'risidagi o'zaro suhbatlarda yangi ilmiy yoki texnik kashfiyotlar haqida emas, asosan, paxta davri haqida berilib gapirishardi . Ehtimol, ular «oltin davr» deya «oltin kuz» faslidagi jarayonlarni nazarda tutishgandir. Biz ham ular singari talabalik baxtiga muyassar bo'ldik, biroq paxta chanoqlarini qo'limizga ushlashdan, makaronli ovqatni sovuq dalada paqqos tushirishdan hamda o'zimizni ko'z-ko'z qilish uchun qizlarning ko'sak aralash paxta ro'pagini ko'tarishdan «bebahra qoldik». Poytaxtga endi kelgan talabalar uchun 1-bosqich ta'lim dargohida emas, shaharning diqqatga sazovor joylarida o'tib ketsa, ajabmas. Aksiga olib, o'zimizni «chala toshkentlik» deb hisoblay boshlaganimizda, tojdor maxluqotlar (koronavirus — tahr. ) kelgan joyimizga qaytib ketishga majbur qildi. Shundan so'ng «oltin davr"imiz «karantin davr»ga aylandi. Shu bois o'zim boshimdan o'tkazgan talabalik davrini nima deb atashga ham hayronman. Talaba deganda, ko'pchilikda o'qimishli, qolganlarga nisbatan nufuzi baland degan tushuncha mavjud bo'lishi mumkin. Lekin shaxsan o'zim unday deb o'ylamayman . Shunday insonlarni bilamanki, ular uchun bizning oliygohlarda joy topilmagan, biroq bilim borasida uncha-muncha magistrni ham o'rniga o'tqazib qo'yadi. Salkam bir avtomobil pulidan voz kechish evaziga qo'lga kiritilgan bir parcha qog'oz faqatgina o'tin yoqishga yarashini tasavvur qilish og'ir. Talaba degan nomni olgach, hamma narsani qoyillataman degan umidda tashrif buyurib, keyinchalik bu umidlar qushlar singari olislarga uchib ketishining ko'p marotaba guvohi bo'ldim. Biz xayol qilgan ta'lim qanday edi-yu, amalda qanday ekanini bir oy ichida bilib oldik. Foto: Oqil Abdubarnoyevning shaxsiy arxividan Vazir bo'lishdan boshlangan orzular oddiy xodim bo'lishga ham rozi bo'lavergan sari dastlab bunga sabab sifatida butun oliygoh, o'qituvchilarni ko'rsatib, lug'at boyligimizdagi jamiki «shirin so'zlar»ni yog'dirdik. Biroq keyinchalik bir narsani angladimki, birovga qarab qolish kerak emas ekan, bundan naf yo'q. Tizimni ayblash ma'nisiz, bu xuddiki omad so'rab beharakat o'tirishday gap. O'qituvchilar ham o'zida borini beradi, ulardan ortig'ini kutish yaramaydi. Yangi bilimlar kerakmi, marhamat, o'zing uchun harakat qil, internet, kutubxona, hamma narsa muhayyo, faqat o'zing izlan hamda kashf qil . Maktabda «yigit bahoga» (2−3 bahoga) o'qigan Eynshteyn yoki Nyuton o'z qonunlarini yaratishda domlasiga qarab qolganiga ishonmayman. Ehtimol, Ilon Mask ma'naviyatshunoslikdan umrida besh olmagandir, ammo u yaratayotgan kashfiyotlar haligacha biz varaqlayotgan kitoblarda qayd etilmagan. Talabalik odam hayotini ag'dar-to'ntar qilib tashlamasa-da, umr chorrahasi sari olib chiqadi hamda bir necha yo'lni taklif qiladi, har kim o'zi istagan yo'lga ravona bo'ladi. Kimdir bir yo'ldan jufti halolini topib, oila qurishga tutinadi, kimdir «soqqa» qilish yo'lidan yuradi, kimdir ilm uchun jonini fido qiladi, yana ba'zilar uchun «xayr oliygoh, salom Rossiya»… Talabalikdan unumli foydalanib, «brilliant davr»ga aylantirish ham, taralgan sochlarni ko'z-ko'z qilgancha vaqt o'tkazgan holda «sariq chaqa"li davrga aylantirish ham o'zimizga bog'liq. Ta'lim olayotgan sohaga qiziqish bormi, oxirigacha izlanish kerak, dangasa muhitni chilparchin qilib tashlash kerak, shunda qachondir biz istagan nurli quyosh o'z jozibasini ko'rsatadi. Men talabalikdan ko'p narsa oldim deya maqtanolmayman, maqtovdan ko'ra ko'proq tanqid qilishim mumkin. Biroq bitiruvchi bo'lganim sari o'zimdan quyi bosqichda tahsil olayotganlarga yaxshi ma'noda hasad qilaman, bu yerlarni kelgusida qumsashimni hozirdan his qilaman. Oliygohga qadam ranjida qilish ortiqcha ish qilishimdan yana ko'pgina narsalardan mahrum qiladi. Lekin baribir, unga mehrim bo'lakcha. Sevimli taomi lapsha bo'lgan talaba do'stlarimni inson hayotidagi eng unutilmas shodiyonalardan biri bilan tabriklab qolaman. Abdullo Nasullayev Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyot universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 4-bosqich talabasi. — «Talabalik — oltin davr» degan tushuncha juda ham yomon steorotip, deb hisoblayman. Xuddi to'ylarimizdagi stereotip kabi inson uchun faqat va faqat zararga ishlovchi stereotip. Nimaga? Abituriyent 3−4, hatto 10 yillab talaba bo'lish uchun tayyorlanadi. U qandaydir o'qishni bitirib katta ish qilish uchun tayyorlanmaydi, «o'qishga kirib, shu sohani o'qib, O'zbekistonda shu soha bo'yicha 1-raqamli bo'laman, xalqaro darajada mana bunday ish qilaman», degan fikrda kirmaydi o'qishga. «Talabachilikmi? QVZga, konsertlarga tushaman, do'stlar bilan stipendiya tushgan vaqtida mazza qilib o'tiramiz, choyxona qilamiz, ichish, chekishni o'rganaman», deb xayol qiladi. Aytishingiz mumkin: «hozirga qadar qanchadir million talaba o'qishni bitirib ketgan, ularning hammasi talabalikni oltin davr, deb aytadiku», deya. Lekin ularning qanchasi biror faxrlanarli ish qildi? Ish qilayotganlarning hammasi chet elda o'qib kelgan yoki talabalikda oltin davr ko'rmagan. Ularning ko'pchiligi o'zining kursdoshlarini ham tanimaydi. Darslardan «yiqilib» yurgan. Meni ham o'qishdan haydashmoqchi edi. Chunki men uchun universitet «prioritet» bo'yicha 1-o'rinda turmaydi. Men «agar inson o'zini hayotini butunlay chiqindi bo'lishini xohlasa, talabalikni oltin davr, deyish mumkin» derdim. Foto: Abdullo Nasullayevning shaxsiy arxividan Yuqorida men faqat negativ tomonlari haqida gapirdim. Masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Ya'ni oltin deb nima o'xshatilyapti. Ilm olish davrimi yoki umuman kursdoshlar bilan munosabatmi? Agar siz o'zingiz yoqtirgan yo'nalishda va o'zining yo'nalishida 1-raqamli bo'lgan universitetga kirsangiz, masalan, men marketing, menejmentga qiziqaman, Garvard yoki Stenfordda yoki Yevropaning qaysidir biror universitetida o'qisam, bu men uchun oltin davr bo'ladi. Chunki u yerda hamma men aytayotgandek fikrlaydi. Ya'ni, talabalik bu — dunyoni o'zgartirish uchun eng katta bilimlarni o'rganuvchi va dunyoni o'zgartirishni istovchi insonlar bilan netvorking qilinadigan hudud, deb hisoblashadi. Ular ko'p ham «kechki bazmlar»ga berilishmaydi. E'tibor bersangiz, hozir ko'plab start-up`lar universitet davrida chiqyapti. Amerikada ko'plab startap asoschilari magistrantlar yoki битирuв chilar . Agar biz «oltin davr» tushunchasi haqida gapirganda kursdoshlar bilan vaqt o'tkazishga urg'u bermasdan, o'zimiz sevgan va kelajagi bor bo'lgan, mamlakatni rivojlantiradigan sohaga kirib turib, o'shani o'rganishga ushbu davrni sarflaydigan bo'lsak, shunda ha, oltin davr bo'ladi. Bu davr bizni nazariy emas, balki amaliy bilimlarimizni oshirishga to'siq bo'lmasa, unda oltin emas, «brilliant davr» bo'ladi. Hozir universitetlarda dars beruvchilarning ba'zilari magistraturani bitirib, yillar davomida dars berish hisobiga shakllangan o'qituvchilardir. Ular hayoti davomida faqat dars bergan. Bizga katta-katta ishlarni qilishni bunday ishlarni qilmagan o'qituvchi o'rgatadi. Agar u rostanam 2−3 ta katta ish qilib qo'ygan bo'lsa, undan «avliyosi» yo'q. Chunki raqobat yo'q. Raqobat bor, lekin raqobatdoshlari universitetda dars bermaydi. Shu uchun ham hozir xususiy universitetlar va o'quv markazlari yaxshi shakllanib kelyapti. Va bundan keyin bu davr keyingi avlodga oltin davr bo'ladi, degan umiddamiz. Shaxsan men uchun talabalik — oltin davr bo'lyapti. Chunki men o'zim qiziqmagan sohaga o'qishga kirgan bo'lsam ham, universitet hayotimdagi bitta eng muhim o'zgarishga sabab bo'ldi. Shuningdek, universitetda faol harakat qilganim evaziga ustozlarim meni qo'llab-quvvatlashdi va mening shaxs sifatida rivojlanishimga sabab bo'lishdi. Ne'matjon Mansurov Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universitetining Geologik va geofizik qidiriv texnologiyalari fakulteti 5-kurs talabasi — Menimcha, chindan ham talabalik — oltin davr. Aynan o'ziga o'xshagan, o'zi bilan bir xil fikrlaydigan odamlarning davrasida bo'ladigan, yangiliklarni o'rganadigan va o'zini qaysidir ma'noda anglash uchun eng qulay muddat. Ko'p takrorlayman, talabalik — xato qilish uchun zo'r davr . Talabalik o'zini har xil sohalarda sinab ko'rish uchun yaxshigina imkoniyat. Chunki qaysidir ma'noda ota-onasining qaramog'ida bo'ladi, mas'uliyat kamroq bo'ladi. Foto: Ne'matjon Mansurovning shaxsiy arxividan Shuning uchun ham talaba hamma sohada o'zini sinab ko'rib, o'ziga yoqqan sohani tanlab olishi va ko'proq xato qilib, ko'proq tajriba yig'ishi uchun bu eng yaxshi payt, deb o'ylayman. Bizda bu narsa osonroq. Chunki universitetlarimizda nisbatan o'qish oson va darsdan keyin ham vaqtni o'ziga yoqqan yo'nalishga sarflasa bo'ladi. Bizda universitetda o'qishning plyus tomoni shu. Lekin bizda baribir bilimlar o'quvchiga chuqur o'rgatilmaydi. Chet elda fan kam bo'ladi, masalan, 4−5 ta fan bo'ladi, lekin ular ham asosiy fan bo'lib, juda chuqur o'rgatiladi. Shu orqali talaba ma'lum yo'nalishning professionali bo'lib chiqadi. Bizda 15−20 ta fan qo'yishadi. Talaba esa buni o'zlashtirishga ulgurmasligi aniq. Shuning uchun hech qaysi fanni yaxshi o'rgana olmaydi. Shu uchun talabalarga faqat asosiy fanlarni mukammal o'rganishlarini tavsiya qilaman. Nurjahon Farmonov O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi. Talabalik oltin davr emas. Oltin davr — bu bolalik. Talabalik — shaxsni haqiqiy hayotga tashlab yuboradigan davr. Bizning jamiyatda talabalar mustaqil hayotga ilk qadamlarini bosib ko'radi. G'arbda teskarisi, talaba ancha mustaqillikka erishib bo'lgan, nima xohlashini va kelajagini qanday bo'lishi haqida aniq tasavvurga ega bo'lib ulgurgan bo'ladi. Bizda esa (ayniqsa maktablar 11 yillikka o'tkazilgach, bu sifat ko'paydi) talaba bo'lgan yoshlar nima qilishni bilmay qolishadi. Chunki universitet yoki institut boshqa olam: u yerda o'qimasang ham keyingi bosqichga o'tkazib qo'yadigan sevimli sinf rahbaring yo'q, boshlang'ich darajadagi, sendan katta aka, opalaring ham bajarib beroladigan uy vazifalaring yo'q. Boshqa shaharda, deylik poytaxtda o'qiyotgan yosh uchun esa qo'shimcha «bonus» qiyinchiliklar bor. Bepul yashashga uying yo'q, doimiy pul berib turadigan ota onang yoningda emas va h.k. Shu mantiqda davom etamiz: faqatgina oliy ta'limga kirish uchun bor fokusini, kuchini berib harakat qilgan yosh uchun yanada ko'proq qiyinchiliklar kutiladi. O'zi intilib kirgan joyda o'zi kutgan sifatdagi bilimlar berilmaydi, tabiiyki chuqur depressiyaga sho'ng'iy boshlaydi. Facebook ijtimoiy tarmog'ida kuz oylarida siqilgan, hayotda ma'no qidirgan ma'nodagi postlar ko'payishi bejizga emas . Vatanga muhabbat shu davrda shakllanadi. Ilk korrupsiyaga ham shu davrda duch keliniladi. Foto: Nurjahon Farmonovning shaxsiy arxividan Bu davrning yaxshi tarafi yangi hayot boshlash uchun ko'p imkoniyat bo'ladi. Tavakkal qilish, biznes qilishga urinib ko'rish, xato qilishdan ham qo'rqmaslik bo'ladi bu davrda. Har holda 30 dan oshgan, 3 ta bolali odam talabadan ko'ra ko'proq qo'rqadi xato qilishdan. Talabalik davrida ishlash kerak . Ish jarayonida shaxs sifatida shakllanish bo'ladi, o'z yo'lini topishi mumkin bo'ladi. SMM`chi bo'lib 3 oyda Gentra olish mumkin degan xayol absurd ekanligini faqatgina SMM`chi bo'lib ishlab ko'ribgina anglash mumkin. Umuman, hozirgi davrda xususiy sektorda ish vaqtiga emas, ish sifatiga va ko'lamiga e'tibor berish shakllandi. Yarim kun ishlab ham, o'zining oylik xarajatlariga, hatto pul jamg'arishga ham yetadigan pul ishlab topish mumkin. Bu uchun albatta talaba-yoshning kimyo yoki matematikadan qanchalik kuchli repititorga borgani emas, ish beruvchi talab qilgan hunarni yaxshiroq bajarishiga qaraladi. Hozirgi ta'lim sifati kabi muammolar orqasida yana bir muammo bor. Buni ko'pchilik ilg'amayapti. Bu bizning oliy ta'lim muassasalarida «student's life» (talabalar hayoti) yo'qligi . Bu G'arbda keng tarqalgan odat. Bu talabalar bir-biri bilan yaxshi kommunikatsiya qilish uchun ishlab chiqilgan tizim, hozirga kelib har bir talaba uchun odatga aylangan. «Student's life»da talabalar birgalikda loyihalar qilishadi, pikniklar, party`lar uyushtirib, teatr va muzeylarga borishadi. Bizda piknik qilishga deyarli sharoit yo'q, afsuski qurilishlardan chiqadigan changlar o'tirib qolgan yerlarda o'tirish tugul yangi oyoq kiyim bilan yurishga ham tortinasiz. Party`lar madaniyati hali shakllanmagan, choyxonalar faqat yigitlar bilan qilinadi. Teatr, muzeylar esa bo'shab yotibdi, san'at o'lgan, aniqrog'i o'ldirishgan. Bizda «student's life» bu yigitlarning choyxonasi va kursdoshlar to'yi. Toshkentdagi Vestminster universitetida bu «life» qisman shakllangani haqida gap-so'zlar yuradi, lekin o'zim guvohi bo'lmadim. Men o'z yo'limni, shug'ullanishni istaydigan kasbimni aniq qilgach, talaba bo'ldim . Shuning uchun talabalik davrim siqilishlarsiz o'tyapti, chunki vaqt yo'q bunga. Demak, talaba bo'lmoqchi bo'lganlar avvaliga, shu yo'nalishni bitirib kelajakda ishlay olamanmi, qiziqamanmi o'zi degan savolni o'zlariga berishi muhim. Kelajakda bu kasbim pul olib keladimi, davr talabi bo'lib qoladimi degan tahlillarni qilib ko'rishi kerak. Talabalik O'zbekistonda hayotning boshlanish nuqtasi . Siz bu davrni o'zingizni anglashga sarflasangiz, keyinroq qiynalib qolasiz. Chunki talabalik hayoti sizdan mustaqil shaxs harakatlarini kutadi, o'zini endi anglayotgan o'smirni emas. Shuning uchun talabalikda ko'proq ishlash kerak. Turli loyihalarda, kasblarda, biznesda o'zingizni sinab ko'ring. Ko'proq kommunikatsiya qiling, yangi tanishlar yangi davralarni, yangi davralar esa yangi imkoniyat eshiklarini ochadi. O'zingizni yo'lingizni topib olganingizda siz o'qiyotgan oliy ta'lim muassasasi usti rangli teridan tikilgan hujjatdan boshqa narsa berolmasligini tushunasiz. Vladimir Myakota Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali Amaliy matematika va informatika fakultetining 4-bosqich talabasi. — Birinchi bosqichdaligimdayoq birinchi sessiyadan so'ng ushbu jumlani o'ylab topgan edim: «Men juda yaxshi talabaman, lekin yomon o'quvchiman». Ushbu jumla OTMda o'qish jarayonida olishim mumkin bo'lgan barcha narsani o'zimda to'laqonli his etganimni bildiradi. Oylar davomida ortidan chopishimga sabab bo'lgan akademik qarzdorlik; butun boshli semestr darslarini bir necha kunda o'zlashtirish, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgandan keyin esa butun kurs davomida bir maromda ta'lim olish, ko'plab yangi tanishlar, katta hajmdagi ma'lumotlar va qanchadan-qancha imkoniyatlar. Talaba qanday o'qishi yoki o'qimasligidan qat'i nazar, OTM eng asosiysi unga imkoniyat berishi lozim : ko'p yillar davomida har kuni shu fan bilan shug'ullangan kishilardan kerakli fan sohasi haqida ma'lumot olish imkoniyati, kelgusi hayotda muhim rol o'ynaydigan yangi tanishlar orttirish imkoniyati, deyarli har qanday ma'lumotni tezda o'zlashtirish va uni qo'llash imkonini beruvchi ko'nikmalarga ega bo'lish imkoniyati. Foto: Vladimir Myakotaning shaxsiy arxividan (chapdan ikkinchi) Oliy ma'lumot olish, universitetga kirish haqidagi butun tasavvurlarim oilam va bu tajribaga ega bo'lgan odamlarning hikoyalari asosida shakllangan edi. O'qishga kirishdan avval fanni topshirish o'ta qiyin bo'lgan va ko'plab talabalarni haydab yuboradigan o'qituvchi bo'lishini kutgandim. Fanlar haqidagi ma'lumot o'qishni tugatgandan keyin bir necha yil o'tib unutilishini, lekin uni qayerdan va qanday topishni unutib bo'lmasligini bilardim. Eng qizig'i, universitetdan keyin hamma butun umri davomida eslab turadigan «talabalik hayoti» edi: turli to'garaklar, bayramlar, yangi tanishlar va orttirilgan do'stlar, imtihonlarni topshirish jarayoni va barcha imtihonlar topshirib bo'linganidan keyingi quvonch va yengillik hissi . Men matematika fakultetida o'qiyman va har qanday murakkablikdagi matematika to'g'ri tushuntirilsa, uni hamma ham anglashini bilaman. Ammo matematik tahlilning birinchi darsidan so'ng to'g'ri tushuntirish bo'lmasligini hamda bu eng qiyin fanlardan biri bo'lishini sezdim. Hayotdan misollar keltirish o'rniga (butun matematika shundan boshlangan), bir dunyo tushunarsiz belgilar, ta'riflar va teoremalarni yozishardi, so'ng har bir talabadan ularni aytib berishni talab qilishardi. Va matematika bilan bog'liq har bir darsda shunday qilishardi. Ammo ba'zida matematika nima ekanligini va bu tushunarsiz belgilar qanday ishlatilishini hamma uchun sodda tarzda tushuntirib beradigan o'qituvchilar bo'lardi, bundan tashqari, bizning zamonlarda ushbu muammolarni hal qilib beradigan internet ham bor. Ko'p hollarda talabalarni fanga qiziqtirishga harakat qilishmaydi va barcha motivatsiyalar sessiya bilan qo'rqitish va o'qishdan haydash, ba'zan esa stipendiyaga bog'lanadi. Aslida esa o'qituvchining vazifasi faqat darsni o'tish emas, balki unga qiziqtirish hamdir . O'quv dasturining o'zi hammaga o'rgatish va ko'rsatish uchun mo'ljallanmagan, lekin bu ham muammo, ham yechimdir. Albert Eynshteynning so'zlarini eslayman: «Men hech qachon o'quvchilarimga dars bermayman. Men ularga faqat o'zlari o'qiy olishlari mumkin bo'lgan sharoitlarni taqdim etaman». Biroq, baribir, masala ochiqligicha qoladi. Kim o'qishni xohlamasa — hech kim uni o'qita olmaydi, kim xohlasa — har qanday sharoitda ham o'qiydi. Agar OTMning vazifasi saralab olish emas, balki o'qitish bo'lsa, ko'p hollarda dastur va uning taqdim etilishi bunga to'sqinlik qiladi. Shuningdek, OTMlarda o'qituvchilar tarkibi har doim ham o'z sohasini va pedagogikani yaxshi biladigan odamlardan iborat emas — bu hali o'zlarining qarashlarini shakllantirib ulgurmasdan ularni boshqa talabalarga yetkazishga harakat qiladigan talabalar bo'lishi ham mumkin. O'qitish usullari, imkoniyatlar haqida ko'p gapirish mumkin, lekin universitetda talaba bilim olishi va universitet bilim berishi kerakligi — bu haqiqat. Olingan barcha narsalar, agar to'g'ri ishlatilsa — plyus, noto'g'ri ishlatilsa — yashirin plyus. Talabalik yillari, bu — aniq oltin davr va har bir inson uning barcha go'zalliklari bilan yuzma-yuz kelsa, qanday yaxshi . Ali Xolmatjonov, Toshkentdagi Vebster universitetining 1-bosqich talabasi. — Shaxsan menda Toshkentdagi Vebster universiteti talabasi va videograf sifatida boshqa talabalardan farqli tajriba bo'ldi. Asosiy bilim manbai universitet emasligi, insonning o'zidagi ilm fanga bo'lgan qiziqish va chanqoqlik eng muhim omil ekanligini anglab yetdim. Ko'plab talabalar uchun «talabalik — oltin davr» degan tushuncha mustaqil hayotga qadam va bu bilan birga keladigan qiyinchiliklarni anglatadi, ya'ni ularning ko'z oldiga ham o'qib, ham ishlash keladi. Shaxsan menda bu jarayon universitet talabasi bo'lishimdan avval boshlanganligi sababli ishim va universitetdagi o'qishni ko'p solishtiraman. Agar universitetga kirishdan maqsad diplom emas bilim olish bo'lsa, demak uni qanday olish emas, balki istalgan yo'l bilan bo'lsa ham bilim olishdan to'xtamaslik muhim. Kim uchundir bilim manbayi universitet bo'lsa, men uchun bu umuman boshqa tushuncha. Sherzod Nurmatov O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti, Sport jurnalistikasi yo'nalishi 4-bosqich talabasi. — Albatta, talabalik oltin davr. Sport jurnalistikasida o'qiyotganimiz tufayli talabalikning oltin davri asosan turli sport musobaqalarida bevosita ishtirok etgan va etayotgan davrimizga to'g'ri keladi (xokkey, futbol, sambo, boks va hokazo). Kursdoshlar bilan birga o'tayotgan davrlar, davradagi samimiy suhbatlar, turli bayramlarda qatnashish, sayohatlarga chiqish — bularning barchasi men uchun qadrlidir. Shubhasiz, talabalik hayotimning eng ajoyib lahzalaridan biri bo'lib qoladi. Yomon tomoni — o'qishga kirgandan keyin ko'pchilik talabalarda motivatsiyaning yo'qolib qolishi, ya'ni o'qishga kirdim, deb bilim olishni kamaytirish, «self-study» (mustaqil ta'limga) beparvo qarash kuzatilishi mumkin. Foto: Sherzod Nurmatovning shaxsiy arxividan Yana bir nisbatan salbiy jihatlardan biri — jurnalistikada bakalavr darajasini olish uchun 4 yil o'qish. Bu ko'p deb o'ylayman. Xohlaysizmi-yo'qmi, ish jarayoningizga ta'sir qiladi. O'ylashimcha, O'zbekistondagi OTMlarda talabalarning fikrlashiga kamroq e'tibor beriladi. Chunki asosiy urg'u eslab qolish qobiliyatiga qaratiladi. Aslida oliy ta'limni tamomlagan talaba o'z yo'nalishining ustasi bo'lishi kerak .
advice
Prezidentning 2020 yil oktabrdagi farmoni bilan aholini kunlik yurish va yugurishga targ'ib qilish maqsadida «Sog'lom turmush tarzi» (www.1hls.uz) platformasi yaratildi. Mazkur platforma asosida, bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O'zbekiston fuqarosining elektron hamyoniga 3 ming so'm, bir oyda bir marta tuman (shahar) bo'yicha eng ko'p yurgan kishiga 300 ming so'm, hududlar (viloyat) bo'yicha eng ko'p yurgan kishiga 500 ming so'm, respublika bo'yicha eng ko'p yurgan kishiga 1 mln so'm qo'shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o'tkaziladi. «Gazeta.uz» ushbu platformada ro'yxatdan o'tish va pulni bank kartasiga o'tkazish (hozircha faqat Android telefonlari uchun mavjud) bo'yicha qo'llanma tayyorladi. Ushbu ilova qadamlar va boshqa ko'rsatkichlarni hisoblashi uchun mobil qurilmada Google Fit (Android) yoki Health (Apple) ilovalari o'rnatilgan bo'lishi kerak. Bo'lmasa, ularni mobil ilovalar do'konidan bepul yuklab olib, telefonga o'rnatish lozim. Google Fit ilovasidan foydalanish uchun Google akkauntdan foydalanish kerak bo'ladi. Health ilovasi esa Apple telefonlarida oldindan o'rnatilgan bo'ladi. 1hls ilovasini mobil ilovalar do'konidan ( Android yoki Apple ) yuklab oling. Ilovani telefoningizgi o'rnatgandan so'ng, o'zingiz uchun qulay tilni tanlang. Ilovadan foydalanishni boshlashdan oldin, ommaviy oferta bilan tanishib chiqib, unga rozilik bildirishingiz kerak. Ommaviy oferta — bu fuqarolar bilan davlat organlari o'rtasidagi shartnoma bo'lib, pullarning qay tarzda kelib tushishi, antropometrik ma'lumotlar, axborot xafsizligi haqida yozilgan kelishuvdir. Shuni esda tutish lozimki, ushbu ilovadan foydalanganda, telefondagi mavjud akselerometr (qurilmaning bir joydan ikkinchi joyga ko'chishidagi tezlanishning eng minimal o'zgarishlarini hisoblovchi vosita, odamning bosgan qadami u orqali aniqlanadi — tahr. ) va boshqa tegishli qurilmalar ham ishlashiga ruxsat beriladi. Akselerometr har bir qurilmada mavjud bo'lishi kerak. Agarda qurilmada ushbu funksiya ishlamasa yoki telefonda mavjud bo'lmasa, mobil ilova to'liq ishlamasligi mumkin. Oferta bilan tanishgach, «roziman» degan tugma bosiladi va keyingi qadamga o'tiladi. Shundan so'ng yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz orqali ro'yxatdan yoki avtorizatsiyadan o'tish so'raladi. Tizimda birinchi marotaba ro'yxatdan o'tayotgan shaxslar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish bo'yicha savollarga javob olishlari mumkin. Ro'yxatdan o'tilgandan so'ng, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol teriladi hamda tizim ochiladi. Shuningdek, ushbu platformada elektron imzo orqali ham avtorizatsiya qilish mumkin. «Gazeta.uz» oldinroq elektron raqali imzo olish bo'yicha qo'llanmani e'lon qilgan edi. Keyingi qadamda antropometrik ma'lumotlar kiritiladi. Bunda foydalanuvchining bo'yi, vazni hamda yashash manzili haqidagi ma'lumotlarni kiritish kerak bo'ladi. Nima uchun manzilni ko'rsatish kerak? Har oy yakunida tuman (shahar), viloyat va respublika bo'yicha eng ko'p qadam yurganlar ro'yxati shakllantirilib, har bir miqyosda birinchilikni qo'lga kiritganlarga qo'shimcha pul mukofotlari beriladi. Bu yerda ro'yxatdan (propiskadan) o'tgan hudud, tumanni ko'rsatish shart emas. Keyingi bosqichda 1hls mobil ilovasida Google Fit yoki Health ilovalaridan ma'lumotlarni olish uchun ruxsat berish tugmasi bosiladi. 1 hls.uz ilovasi vakillarining ma'lum qilishicha, Google Fit ilovasi ishga tushirilganda foydalanuvchi o'zining asosiy ishlatadigan pochtasini kiritishi, 2 va undan ortiq Google akkauntdan kirmasligi kerak. Aks holda nosozlik yuzaga kelishi mumkinligi aytiladi. Apple telefonidan skrinshot. Android telefonlar uchun Google Fit ilovasidan ham ruxsat berilishi kerak bo'ladi. Shundan so'ng, mobil ilovadan foydalanishni boshlash mumkin. Ilovanining «Jurnal » bo'limida kunlik, haftalik va oylik bosib o'tilgan qadamlar soni bo'yicha ma'lumotlar bo'ladi. Ilovaning «Bugun» bo'limida har kunlik qadamlar, bosib o'tilgan masofa, sarflangan kaloriyalar, yurish vaqti, ko'tarilgan qavatlar va kuniga o'rtacha qancha qadam bosib o'tilishi haqida ma'lumot bo'ladi. «Sozlamalar» bo'limida esa profilni tahrirlash, yordam olish, ilova bilan bo'lishish, foydalanish shartlari bilan tanishish, ilova haqidagi ma'lumotlarni o'qish, ilova tilini o'zgartirish yoki akkauntdan chiqish mumkin. Bir kunda 10 ming qadam yurgan foydalanuvchilarning elektron hamyonlariga 3000 so'm tushiriladi. Ushbu pul mablag'ini elektron hamyonda yig'ib borish yoki bank kartangizga o'tkazib olishingiz mumkin. Bu uchun «Sozlamalar» bo'limida «Pul o'tkazish»ni tanlab, pul o'tkaziladigan karta raqami ma'lumotlari va o'tkazma summasi kiritiladi. Hozirda elektron hamyondan bank kartalariga pul o'tkazmalarini faqatgina ilovaning Android telefonlari uchun versiyasi orqali amalga oshirish mumkin. Apple telefonlari uchun bunday funksiya hozircha ilovaning so'nggi versiyasida kiritilmagan. Sozlamalar bo'limining «Monitoring» tugmasi orqali tushum va kartaga chiqarilgan pullarni nazorat qilib borsa bo'ladi. Agarda foydalanuvchi bir necha Google akkauntidan foydalansa yoki Yagona indentifikatsiya tizimida (id.egov.uz) hamda mobil ilovada qandaydir nojo'ya harakat orqali va qasddan axborot xavfsizligiga daxldor ishlar qilib, qo'shimcha mablag'ga ega bo'lish harakatlarini amalga oshirsa, operatorlar tomonidan hech qanday ogohlantirishsiz ushbu shaxsning mobil ilovadan foydalanish huquqi chegaralanadi va umuman foydalanish noaniq muddatga cheklanadi. Agarda, sizda qadamlar hisoblanmayotgan bo'lsa, platformaning so'nggi versiyasini o'rnatish maqsadida ayni vaqtda telefon qurilmangizga o'rnatilgan 1hls mobil ilovasini o'chirib, qayta o'rnatishingiz maqsadga muvofiq, deyiladi ishlab chiquvchilarning yo'riqnomasida. Barcha texnik masalalar bo'yicha (998) 71−200−00−88 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.
advice
Rossiyaning Forbes nashrida hech qanday tashqi sarmoyalarsiz biznes boshlagan, Space X va «Roskosmos» kompaniyalari bilan hamkorlikka erishgan, kelib chiqishi o'zbekistonlik Dmitriy Bogdanov haqida maqola e'lon qilindi. «Gazeta.uz» maqolaning qisqartirilgan versiyasining tarjimasini taqdim qiladi. ExoLaunch kompaniyasining 42 yoshli bosh direktori Dmitriy Bogdanov O'zbekistonda tug'ilgan. 1995 yilda u Toshkent aviatsiya institutiga o'qishga kiradi. Tadbirkor ta'lim muassasasi borasidagi tanlovini quyidagicha izohlaydi: «Men uchun muhimi aviatsiya yo'nalishida o'qish emasdi: men texnikaga oid nima bilandir shug'ullanishni xohlashimni bilardim. Lekin bu institut uyimning shundoqqina qarshisida edi, men esa erta turishni unchalik ham yoqtirmasdim». Uchinchi kursda u Germaniyaga ketish maqsadida o'qishni tashladi. 1995 yil Toshkentda «hammasi yaxshi edi», lekin Bogdanov ta'lim olish uchun «qiziqarliroq joylar bor"ligini tushunib yetdi. 2000 yilda u Berlin texnika universitetiga aviatsiya va kosmonavtika muhandisligi mutaxassisligi bo'yicha o'qishga kirdi. 2006 yilda universitetni tamomlagach, kafedrada o'qituvchi sifatida ishda qoldi va kosmik kemalar qurilishi sohasida amaliy tadqiqotlar olib bordi. «Biz kichik sun'iy yo'ldoshlar prototipini yasardik, ularni kosmosga uchirardik va u yerda o'zini qanday tutishini kuzatardik», — deydi Bogdanov. Bir necha yillar o'tib tadqiqotlarga bo'lgan bu qiziqishi Bogdanovga yangi biznes ochish imkonini berdi. 2009 yil sentyabrida Bogdanov faoliyat olib borgan kafedra hind raketa tashuvchilari PSLV yordamida og'irligi bir yarim kilogrammdan bo'lgan ikkita xususiy kichik BeeSat-1 sun'iy yo'ldoshlarining kosmosga parvozini tashkil qilishdi. Bu paytga kelib bozorda allaqachon kichik sun'iy yo'ldoshlar paydo bo'lgan edi, masalan, yerni masofadan zondlash yoki havo va suv kemalarini aniqlash uchun. Mazkur bozorning o'sishi natijasida sun'iy yo'ldoshlarni orbitaga chiqarishga bo'lgan talab ham oshib borishi tadbirkorga kundek ravshan edi. Shunday qilib Bogdanov boshlang'ich kapitali 3 mln yevro bilan kichik sun'iy yo'ldoshlarni kosmosga chiqarish bilan shug'ullanuvchi ExoLaunch kompaniyasiga asos soldi. Ilk parvoz daromadli bo'lib chiqdi — nemis universitetlariga bu 70 ming dollarga tushdi, shundan 7 foizi ExoLaunch`ning xizmat haqi hisoblanardi. 2020 yilda ExoLaunch Space X kompaniyasining hamkoriga aylandi. Kompaniyaning sotuv bo'yicha menejeri bilan Bogdanov 2019 yilning o'rtalarida Yuta shtatida o'tkazilgan SmallSet Conference vaqtida tanishgan edi. ExoLaunchning Space X bilan ilk loyihasi 2020 yil 13 iyunda amalga oshirildi — Bogdanov va uning xodimlari Falcon 9 raketa tashuvchisida Amerikaning sun'iy yo'ldosh tasvirlari va analitik ma'lumotlar yetkazib beruvchisi Planet`ga tegishli bo'lgan uchta kichik SkySat sun'iy yo'ldoshlarini uchirishni tashkillashtirdi. Bundan bir oy o'tib — 18 avgustda Falcon 9 xuddi shunday sun'iy yo'ldoshlardan yana uchtasini Yer orbitasiga yetkazib qo'ydi: ikkala parvoz ham AQSh Harbiy havo kuchlarining Floridadagi Kanaveral burnidan amalga oshirildi. 2020 yil oktyabr oyida kompaniya Space X bilan uzoq muddatli hamkorlik bitimini imzoladi: endi ExoLaunch Amerika kompaniyalarining kichik kosmik apparatlarini uchirish dasturi doirasidagi har bir parvozda ishtirok etadi. 2020 yil oxirida Latviyada tadbirkorlik aktivlari bo'lgan tadbirkorlarning daromadlarini hisoblovchi VIP Lounge jurnali Bogdanovni «Top 50 daromad oluvchi xorijliklar» ro'yxatiga kiritdi. Ro'yxatda ExoLaunch asoschisi 41 o'rinni band etdi. Kompaniyaning foydasi 1,47 mln yevroni, aylanma mablag'lari esa 2 mln yevroni tashkil etdi. ExoLaunch 2022 yilda o'z aksiyalarini chiqarishni rejalashtirmoqda. Kompaniya 500 million dollardan 2 milliard dollargacha baholanmoqda. Uzoq muddatda ExoLaunch har qanday zarur yuklarni orbitaga yoki sayyoraning o'ziga orbital tortish moslamalari yordamida yetkazib berish orqali Mars va Oyni kolonizatsiya qilish loyihalariga yordam berishni rejalashtirmoqda. «Bizning orzuimiz — kosmosda DHL bo'lish», — deydi Bogdanov.
advice
O'zbekistonda 26 avgustdan boshlab yangi ko'rinishdagi nominal qiymati 5000 so'm va 10 000 so'm bo'lgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqarildi . Foto: Ijtimoiy tarmoqlar. Birinchi qog'oz pullar Xitoyda 910 yilda paydo bo'lgan bo'lsa, dunyodagi birinchi banknotlar 1661 yilda Stokgolmda chop etila boshlangan . Bugungi kunda banknotlar asosan ikki turdagi materialdan — tarkibida paxta va zig'ir bo'lgan qog'oz yoki polimerdan (plastik) qilinadi. Ba'zi banknotlar uchun gibrid, ya'ni qog'oz va plastik materialidan ham foydalaniladi. Har bir mamlakatda o'ziga xos dizaynga ega pullarni — shakli gorizontal yoki vertikal, o'lchami katta yoki kichik, har xil qiymatda, banknotlarning ustida tarixiy obidalar va yodgorliklar, milliy kahramonlar va davlat arboblari, tabiat, hattoki zamonaviy abstrakt suratlar tasvirlarini ko'rsa bo'ladi. 1961 yilda tashkil etilgan Xalqaro banknot jamiyati (XBJ) 2004 yildan buyon «Yil banknoti» tanlovini o'tkazib keladi. Tashkilot yil davomida yangi chop etilgan banknotlar bo'yicha takliflarni qabul qiladi. So'ngra, XBJning ikki mingga yaqin a'zosi uchta mezon asosida — badiiy elementlar, dizayn va yangi xavfsizlik xususiyatlariga asoslanib, saralab olingan pullarni baholaydilar. Eng ko'p ball to'plagan banknot «Yil banknoti» deb e'lon qilinadi. Bundan tashqari, tashkilotning vazifalariga qog'oz pullar bilan bog'liq ma'lumotlarni o'rganish, to'plash va tarqatish ham kiradi. Mazkur tanlovda 2010−2020 yillarda g'olib bo'lgan dunyo mamlakatlari pullari haqida «Gazeta.uz» so'z yuritadi. Foto: IBNS 2020 yilda Xalqaro banknot jamiyati Meksika bankining 100 peso banknotini mazkur nominatsiya g'olibi deb e'lon qildi . O'lchami 132×65 mm, vertikal shakldagi banknot polimer materialda chop etilgan bo'lib, 2020 yil 11 dekabrda muomalaga chiqarildi. Uning old tomonida Meksikaning milliy qahramonlaridan biri, shoira va yozuvchi Sor Xuan Ines de la Krus tasvirlangan. Orqa tomonida dunyoda «Monarx kapalaklari biosfera qo'riqxonasi» nomi bilan mashhur bo'lgan mo''tadil o'rmon ekotizimi aks etgan. Bundan tashqari, banknotda mamlakatning madaniy va tarixiy obidalarini ko'rish mumkin. Bugungi kunda 100 pesoning ayirboshlash qiymati 4,93 dollarga teng (maqola e'lon qilingan sanada). Tashkilotning ma'lum qilishicha, 2020 yil davomida butun dunyo bo'ylab 100 dan ortiq yangi banknotlar muomalaga chiqarilgan va ulardan atigi 24 tasi nominatsiyaga taqdim etilgan. Birinchi o'rin uchun, shuningdek, Shotlandiyaning 20 funt sterlingi, Shimoliy Irlandiyaning 20 funti, Bagama orollarining 5 dollari va Fijining 50 dollarli banknoti kurashgan . Ta'kidlash joiz, ushbu tanlovda Meksika milliy valyutasi ilk marotaba g'olib bo'lgan. Foto: BanknoteNews «Yil banknotasi 2019» tanlovida Aruba Markaziy bankining 100 florin banknoti g'olib bo'lgan . 2019 yil 3 iyunda muomalaga chiqarilgan Arubaning ushbu banknoti vertikal shaklda va o'lchami 148×74 mm bo'lib, qog'ozda chop etilgan . Uning old tomonida mamlakat tabiatiga xos iguana va aloe o'simligi tasvirlangan. Orqa tomonida yashil va ko'k tasmalar bilan raqsga tushgyotan ayollar aks etgan. Hozirda 100 florinning ayirboshlash qiymati 55,56 dollarga teng (maqola e'lon qilingan sanada). 2019 yilda dunyo bo'ylab 100 dan ortiq yangi banknotlar, jumladan O'zbekistonda 100 ming so'mlik banknot muomalaga chiqarildi. 22 ta banknot tanlovda ishtirok etgan. Arubaning 100 floriniga Sharqiy Karib dengizi davlatlarining 10 dollari, Shimoliy Irlandiyaning 5 funti va Shveysariyaning 1000 franki raqiblik qilgan . Aruba pul birligi ushbu tanlovda ilk bor qatnashgan. Ma'lumot uchun: Aruba — kichik orol-davlat bo'lib, Karib dengizining janubida, Venesuela sohillari yaqinida joylashgan. Mamlakat 1986 yildan buyon Gollandiya Qirolligining ajralmas qismi hisoblanadi. Yer maydoni 180 kv km, aholisi esa 120 ming kishidan iborat. Foto: BanknoteNews 2018 yilda XBJ Kanada bankining 10 dollarlik banknotini mazkur tanlov g'olibi etib e'lon qildi . O'lchami 152×70 mm, vertikal shakldagi banknot polimer materialda chop etilgan bo'lib, 2018 yil 19 noyabrda muomalaga chiqarildi . Banknotning old tomonida butun Kanada bo'ylab irqiy tenglik uchun kurash olib borgan — «adolat timsoli» Viola Desmond tasvirlangan. Desmond mamlakat pulida tasvirlangan birinchi kanadalik ayol hisoblanadi. Qolgan barcha ayollar Britaniya qirollik oilasining a'zolari bo'lgan. Pulning orqa tomonida 2014 yilda ochilgan Kanada inson huquqlari muzeyi aks etgan. Bugungi kunda 10 Kanada dollarining ayirboshlash qiymati 7,93 dollarga teng (maqola e'lon qilingan sanaga ko'ra). Tashkilotning ma'lumotlariga ko'ra, 2018 yilda dunyo bo'ylab 150 dan ortiq yangi banknotlar chop etilgan va ularning atigi 10 foizi tanlov uchun saralab olingan. Kanada dollarining raqiblari orasida Shveysariyaning 200 franki, Norvegiyaning 500 kroni, Rossiyaning 100 rubli va Solomon orollarining 40 dollarlik banknoti bo'lgan . Kanada birinchi marta 2004 yilda ushbu mukofotga sazovor bo'lgan. Foto: BanknoteNews «Yil banknoti 2017» tanlovida Shveysariya milliy bankining 10 franklik banknoti g'olib bo'lgan . 2017 yil 18 oktyabrda muomalaga chiqarilgan Shveysariyaning ushbu banknoti vertikal shaklda va o'lchami 123×70 mm bo'lgan bo'lib, gibrid materialda, ya'ni qog'oz va polimerda chop etilgan . Uning old tomonida orkestrni boshqarayotgan qo'llar va vaqt zonalari ko'rsatilgan globus aks etgan. Orqa tomonida Shveysariya temir yo'llarining punktualligini anglatuvchi soat mexanizmi va mamlakat temir yo'llari tizimi tasvirlangan. Hozirda 10 frankning ayirboshlash qiymati 7,92 dollarga teng (maqola e'lon qilingan sanada). 2017 yilda dunyoda 170 dan ortiq yangi banknotlar, jumladan O'zbekistonda 10 ming va 50 ming so'mlik banknotlar muomalaga chiqarilgan. Shulardan deyarli uchdan bir qismi tanlovda nomzod sifatida qatnashgan. Shveysariya banknotiga Shotlandiyaning 10 funti, Kanadaning 10 dollari, Fijining 7 dollari, Rossiyaning 2 ming rubli va Qirg'izistonning 2 ming somi raqiblik qilgan . Shveysariya uchun bu ketma-ket ikkinchi g'alaba bo'lgan. Foto: IBNS 2020 yilda Xalqaro banknot jamiyati Shveysariya milliy bankining 50 frank banknotini tanlov g'olibi deb e'lon qilgan . O'lchami 137×70 mm, vertikal shakldagi banknot gibrid (qog'oz va polimer) materialda chop etilgan va 2016 yil 4 dekabrda muomalaga chiqarildi . Ta'kidlanishicha, banknot dizayni shamolga bag'ishlangan. Uning old tomonida momaqaymoq ushlab turgan qo'l va Yerdagi barcha shamol oqimlari tasvirlangan. Orqa tomonida tog'lar ustidan uchayotgan paroplan aks etgan. Bugungi kunda 50 frankning ayirboshlash qiymati 39,6 dollarga teng (maqola e'lon qilingan sanada). 2016 yilda dunyo bo'ylab deyarli 120 ta yangi banknotlar muomalaga chiqarildi, ularning yarmidan ko'pi tanlovda qatnashish uchun loyiq deb topildi. Shveysariya franki bilan birga birinchi o'rin uchun Maldiv orollarining ming rufiasi, Argentinaning 500 pesosi, Shotlandiyaning 5 funti, Gruziyaning 50 larisi, Belarusning 100 rubli va boshqa banknotlar kurashdi . Foto: BanknoteNews «Yil banknoti 2015» tanlovida Yangi Zelandiya rezerv bankining 5 dollarlik banknoti birinchi o'rinni egalladi . 2015 yil 10 dekabrda muomalaga chiqarilgan ushbu banknot gorizontal shaklda va o'lchami 138×66 mm bo'lgan bo'lib, polimer materialda chop etilgan . Banknotning old tomonida mamlakatning eng baland nuqtasi Kuk (Aoraki) tog'i va birinchilardan bo'lib Everest cho'qqisini zabt etgan Edmund Xillari — Yangi Zelandiya tadqiqotchisi va alpinisti aks etgan. Orqa tomonida sariq ko'zli pingvin (hoiho qushi) , moychechak va qirqqulok o'simliklari tasvirlangan. Hozirda 5 Yangi Zelandiya dollarining ayirboshlash qiymati 3,47 dollarga teng (maqola e'lon qilingan sanada). Yangi Zelandiyaga ushbu tanlovda Shotlandiyaning 5 funti, Gambiyaning 100 dalasi, Shvetsiyaning 20 kronasi, Qozog'istonning 20 ming tengesi, Ukrainaning 100 grivnalik banknotlari raqiblik qilgan . Foto: BanknoteNews 2014 yilda XBJ Trinidad va Tobago Markaziy bankining 50 dollarlik banknotini «Yil banknoti» nominatsiyasi g'olibi deb e'lon qildi . Banknot polimer materialda, o'lchami 152×70 mm, gorizontal shaklda chop etilgan bo'lib, 2014 yil 15 dekabrda muomalaga chiqarildi . Uning old tomonida qizil gibiskus guli va kardinal qushi tasvirlangan. Pulning orqa tomonida ham parvoz etayotgan kardinal qushi , shuningdek, Erik Vilyamsning Port-of-Speyndagi (mamlakat poytaxti) moliyaviy majmuasi va karnaval libosidagi raqqosa aks etgan. Bugungi kunda 50 Trinidad va Tobago dollarining ayirboshlash qiymati 7,36 dollarga teng (maqola e'lon qilingan sanada). 2014 yilda dunyoda 130 dan ortiq yangi banknotlar chop etilgan, ulardan 35 ga yaqini tanlovda qatnashgan. Trinidad va Tobago dollarining raqiblari orasida Polshaning 20 zlotiysi, Isroilning 50 shekeli, Qozog'istonning ming tengesi, Quvaytning 10 dinorlik banknoti bo'lgan . Foto: BanknoteNews «Yil banknoti 2013» tanlovida Qozog'iston milliy bankining ming tengelik banknoti birinchi o'rinni egalladi . U 2013 yil 12 dekabrda muomalaga chiqarilgan bo'lib, o'lchami 134×70 mm, vertikal va gorizontal shakllarda 20 mln nusxada chop etilgan . Uning old tomonida «Qozoq Eli» (Nur-Sulton shahridagi) yodgorligi va «Kultegin» haykalining bir qismi aks etgan. Orqa tomonida turkiy yozuv yodgorligi fonida turk jangchilarining petroglif tasvirlari mavjud. Hozirda ming tengening ayirboshlash qiymati 2,35 dollarga teng (maqola e'lon qilingan sanada). Ta'kidlanishicha, 2013 yilda dunyoda 50 dan ortiq yangi banknotlar, jumladan O'zbekistonda 5 minglik banknot chop etilgan. Ulardan 12 tasi tanlovda qatnashgan. Qozog'iston bilan birga birinchilik uchun Yevropa Ittifoqining 5 yevrosi, AQShning 100 dollari, Rossiyaning 100 rubli, Kanadaning 10 dollarlik banknoti kurashgan . Ma'lumot uchun, Qozog'iston milliy valyutasi ushbu tanlovda 3 yil ketma-ket birinchi o'rinni egallab kelgan. Foto: BanknoteNews 2012 yilda «Yil banknoti» nomitsiyasi sohibi Qozog'iston milliy bankining 5 ming tengelik banknoti bo'ldi . Qog'oz pul o'lchami 144×76 mm, vertikal va gorizontal shaklda chop etilgan bo'lib, 2011 yil 30 dekabrda muomalaga chiqarildi . Banknotning old tomonida «Qozoq Eli» (Nur-Sulton shahridagi) yodgorligi, parvoz etayotgan kabutarlar va qoplon aks etgan. Gorizontal formatning orqa tomonida mamlakat xaritasi fonida tog'lar , Olmaotadagi «Qozog'iston» mehmonxonasi va «Mustaqillik yodgorligi» bor. Bugungi kunda 5 ming tengening ayirboshlash qiymati 11,77 dollarga teng (maqola e'lon qilingan sanada). Ma'lumotlarga ko'ra, 2012 yilda 100 ga yaqin yangi banknotlar chop etilgan. Ulardan 13 tasi, jumladan Kanadaning 50 dollari, Jersining 100 funt sterlingi, Turkmanistonning 20 manati va Ummonning 50 riali birinchi o'rin uchun kurashgan . Foto: BanknoteNews 2011 yilda mazkur tanlov sovrindori Qozog'iston milliy bankining 10 ming tengelik banknoti bo'ldi . 2011 yil 4 iyulda muomalaga chiqarilgan ushbu banknot o'lchami 149×79 mm, vertikal va gorizontal shaklda 30 mln nusxada chop etilgan . 10 ming tengelik banknot Qozog'iston mustaqilligining 20 yilligiga bag'ishlangan. Qozoq pulining old tomonida, aksariyat dizayndagi banknotlarga o'xshab, «Qozoq Eli» (Nur-Sulton shahri) yodgorligi va parvoz etayotgan kabutarlar tasvirlangan. Uning orqa tomonida mamlakat prezidentining «Oqorda» qarorgohi aks etgan. 10 ming tengening bugungi ayirboshlash qiymati 23,54 dollarga teng (maqola e'lon qilingan sanada). O'sha yilda dunyo bo'ylab 100 ga yaqin yangi banknotlar muomalaga chiqarilgan. 12 ta yangi dizayndagi banknot tanlov uchun loyiq deb topildi. Qozog'oston milliy valyutasining 2011 yildagi raqiblari Kanadaning 100 dollari, Gibraltarning 100 funt sterlingi, Shri-Lankaning ming rupiyasi va Bruneyning 10 ringgitlik banknotlari bo'lgan . Foto: IBNS 2010 yilda «Yil banknoti» nomitsiyasida Uganda bankining 50 ming shillinglik banknoti g'olib chiqdi . Qog'oz pulning old tomonida «Strayd» yodgorligi va Bvindi tropik o'rmoni tasvirlangan. «Strayd» yodgorligi Hamdo'stlik hukumat rahbarlarining 2007 yilda Kampalada bo'lib o'tgan uchrashuvi xotirasiga o'rnatilgan bo'lib, u er, xotin va o'g'ildan iborat, ya'ni bir oila timsoli Hamdo'stlik mamlakatlarining birgalikdagi rivoji ramzini aks etmoqda. Banknotning orqa tomonida tog' gorillalari va «Mustaqillik yodgorligi» mavjud. 1962 yil oktyabr oyida Ugandaning mustaqilligi sharafiga o'rnatilgan haykalda millatning tug'ilishi sharafiga bolasini boshiga ko'tarib zanjirband qilingan ayol tasvirlangan. Hozirda 50 ming shillingning ayirboshlash qiymati 14,15 dollarga teng (maqola e'lon qilingan sanada). 2010 yilda Ugandaning shillingiga 13 ta yangi banknot, jumladan Daniyaning 200 kronasi, Meksikaning 500 pesosi, Qozog'istonning ming tengesi, Tojikistonning 500 somonisi va Suriyaning 50 funti raqiblik qilgan . Hozirda Xalqaro banknot jamiyati «Yil banknoti 2021» tanlovi uchun takliflarni qabul qilmoqda. Ayni paytgacha to'rtta banknot — Ummonning yarim riali, Angliya bankining 50 funt sterlingi, Shotlandiyaning 50 funti va Saudiya Aravistonining 200 riali banknotlari ro'yxatga olindi . G'olib 2022 yilda tashkilot a'zolari tomonidan ovoz berish orqali aniqlanadi.
advice
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali maffinlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Bizning retseptimiz orqali siz asosi chizkeykni eslatuvchi eng mazali shokoladli maffinlarni qanday tayyorlashni bilib olasiz. Tvorogli maffinlar — nafaqat tez pishar, balki juda ham mazali pishiriqlardan biridir. Bundan tashqari, ushbu maffinlar uchun oddiy masalliqlardan foydalaniladi. Rezavor mevalar solingan ushbu maffinlar nafaqat ta'mi bilan, balki ko'rinishi bilan ham ko'pchilikka yoqadi. Kefir bilan birga tayyorlanadigan mana bunday maffinlar shokolad shinavandalariga yoqishi shubhasizdir. Choyga tez pishar va mazali pishiriqni tayyorlashni istaysizmi? Oq-qora rangli, banan bo'lakchalari solingan mazali maffinlardan tayyorlang — juda ham mazali chiqadi. Qaynatilgan quyultirilgan sut bilan tayyorlanadigan juda mazali maffinlar retseptini taqdim etamiz. Bunday pishiriqlar, ayniqsa bolajonlarga juda yoqadi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda bolalar uchun maktabga mazali yegulik retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Maktabda o'qib yurgan bolajonlarimiz och qolmasdan, o'zlarini yaxshi his qilishlari uchun tayyorlasa bo'ladigan quymoqli sendvich sirlarini o'rgatamiz. Lavash xamirida pomidor va pishloqli konvertchalar tayyorlashingizni maslahat beramiz. Ushbu taom yetarlicha to'yimli va ishtahaochar ko'rinishga ega bo'lgani uchun bolajonlarga yoqishi aniq. Bunday grenkalarni bemalol erta tongdan nonushtaga tayyorlashingiz mumkin, chunki ularni tayyorlash ko'p vaqt talab qilmaydi. Tayyor qatlamali xamir va bananlardan 15 daqiqada tayyorlash mumkin bo'lgan mazali yegulik retseptini taqdim etamiz. Bu retsept mazali pishiriqlar pishirib, oila a'zolarini xursand qilishni xohlovchilarga bag'ishlanadi. Lavashdan xamirida tayyorlangan ushbu pishirig'imiz oson va oddiy bo'lib, ta'mi esa katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
2021 yilning bahoridan boshlab O'zbekiston tadbirkorlari yo'llardagi qoidabuzarliklarni foto va videoga yozib olish uchun yo'llarga kamera va radarlar o'rnatish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Loyiha doirasida 2022 yil oxirigacha 3356 ta aqlli videokamera va 763 ta statsionar radarlar o'rnatish rejalashtirilgan. Toshkent ko'chalarida 28 fotoradar, shuningdek yo'l harakati qoidalarini buzilganligini qayd etadigan 89 ta aqlli kamera ishlayapti . Yo'l harakati qoidabuzarliklari to'g'risidagi video yozuvlarni qabul qiluvchi portal ishlayapti: video.yhxbb.uz (yaqinda «Gazeta.uz» saytning ishlashi bilan bog'liq muammo va kamchiliklar haqida yozgandi ). Afsuski, har doim ham jarima haqida tezkor ma'lumot olishning imkoni yo'q: xatning yuborilishi turli sabablarga ko'ra kechikishi yoki mashina ro'yxatdan o'tkazilgan manzilida hech kim yashamasligi mumkin. Natijada, haydovchi jarimani 30% chegirma bilan to'lay olmaydi ( jarima to'g'risidagi qaror chiqarilganidan keyin 15 kun ichida amal qiladi ), shuningdek, agar mashina 60 kun ichida jarimani to'lamaganlik uchun jarima maydoniga joylashtirilsa, bir muddat mashina bilan xayrlashish xavfi tug'iladi. Yo'l harakati qoidalarini (YHQ) buzganlik uchun jarimalarni kuzatish, ularni tezroq to'lash va kerak bo'lganda norozilik bildirish to'g'risida «Gazeta.uz» qo'llanmasida. Yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar mavjudligini turli yo'llar orqali kuzatish mumkin. SMS orqali. Jarimani tekshirishning eng oson yo'li (avtorizatsiya va ro'yxatdan o'tmasdan) — «avtomobil raqami» bo'shliq «texpasportning seriyasi va ro'yxatga olish raqami» formatida 8860 raqamiga SMS yuboriladi. Misol: 01A123AA AAS1234567. Xizmat UMS, Ucell, Uztelecom va Beeline abonentlari uchun ishlaydi. Kiruvchi SMS narxi 210 so'm . Javob darhol taqdim etiladi. Yagona davlat xizmatlari portali (YADXP) orqali. Agar siz portaldan birinchi marta foydalanayotgan bo'lsangiz, ro'yxatdan o'tishingiz kerak ( my.gov.uz ), keyin mashina haqidagi ma'lumotlarni kiriting : davlat raqami, transport vositasini ro'yxatdan o'tkazish guvohnomasining seriyasi va raqami (texpasport), sug'urta kompaniyasi va polis raqami. Avtotransport vositasi tizimga qo'shilganidan so'ng siz «Avtomobil to'g'risida ma'lumot» sahifasida yo'l harakati jarimalarini bepul kuzatishingiz mumkin. Ular YHXBB ma'lumotlar bazasida paydo bo'lgandan so'ng darhol bu yerda ko'rsatiladi. To'lov ilovalarida . Click yoki PayMe va boshqa to'lov ilovalarida «Jarimalar monitoringi» xizmatini yoqtirish mumkin. Avval avtomobilni qo'shish kerak: davlat raqami, texpasportning seriyasi va ro'yxatga olish raqami va telefon raqamini ko'rsatish kerak. Tizimda ushbu mashina uchun jarimalar paydo bo'lganda, smartfonga SMS-xabar keladi. Muhim: bitta telefon raqamiga faqat bitta mashina biriktirilishi mumkin. Xizmat narxi oyiga 2000 so'm . Agar jarima buyruq chiqarilgan kundan boshlab birinchi 15 kun ichida to'lansa, 30% chegirma olish mumkin. Masalan, qizil chiroqda to'xtamaslik uchun jarima miqdori 540 ming so'm (BHMning ikki baravari) bo'lsa, u holda jarimani to'lash uchun dastlabki 15 kunda 378 ming so'm to'lash kifoya. Chegirma avtomatik ravishda hisoblanadi. Chegirma quyidagi hollarda qo'llanilmaydi: Jarimani to'lash uchun jarima bo'yicha qarorning raqamini va miqdorini bilish kifoya. Bu ma'lumotlarni pochta orqali olingan jarima to'g'risidagi buyruqning qog'oz nusxasidan yoki SMS-xabardan olish mumkin. Qaror raqamiga misol: RR21413047652. To'lov ilovasi orqali. Ko'pgina to'lov ilovalarida «YHXBB jarimalari» bo'limi mavjud. Bunda qaror raqamini kiritish kifoya, shundan so'ng to'lov miqdori (agar qaror chiqarilgan kundan boshlab 15 kundan oshmagan bo'lsa, chegirma hisobga olingan holda), mashina egasining ismi sharifi va qoidabuzarlik turi paydo bo'ladi. Bank kassasida. To'lov uchun O'zbekistondagi istalgan bank (filial) kassasiga murojaat qilib, jarima qarorini taqdim etish mumkin. Jarimani har qanday qulay usulda to'lash mumkin. Tuman YHXBda. Har bir tumanning YHXBsida jarima to'lash mumkin bo'lgan kassa bor. Agar siz jarima xatolik bilan belgilangan deb hisoblasangiz, YHXDXga quyidagi raqam orqali murojaat qilishingiz mumkin: (+998) 71−254−22−16. Agar jarima to'g'risidagi buyruq video.yhxbb.uz portali orqali chiqarilgan bo'lsa, qoidabuzarlik videosini ushbu portalning o'zida ko'rish mumkin. Bu uchun qidiruv sahifasida avtomobilning davlat raqamini yoki buyruq raqamini ko'rsatish kifoya. Qidiruv natijasida tizimda mavjud bo'lgan barcha qoidabuzarliklar videolari ko'rsatiladi. Agar siz jarima bilan rozi bo'lmasangiz yoki qoidabuzarlik videosini shaxsan ko'rishni xohlasangiz shahar, tuman yoki viloyat IIB YHXBga murojaat qilishingiz mumkin.
advice
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda olxo'ridan tayyorlasa bo'ladigan pishiriqlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Olxo'rilar g'arq pishgan mahalda mana shunday, ifodalab bo'lmaydigan darajadagi mazali pirogni tayyorlab, oila a'zolaringizni mamnun qiling. Ushbu galetalar tvorogga qorilgan xamir sabab juda mayin bo'lsa, ichiga solingan olxo'rilar esa pishiriqqa nafis ta'm bag'ishlaydi. Bunday pishiriqlar dasturxonga ham o'zgacha ko'rk beradi Olxo'ridan tayyorlangan quyma pirog oila a'zolaringizga xush kelib, kuzning sevimli pishirig'iga aylanishi aniq. Shokolad solingan xamir va olxo'ri birgalikda takrorlanmas ta'mni hosil qilishini bilarmidingiz? Unday bo'lsa, siz ham ushbu pirogni tayyorlab ko'ring. Brauni va chizkeyk — eng ko'p sevib iste'mol qilinadigan shirinliklardan biridir. Agar mana shu ikki xil ajoyib shirinликни va mazali olxo'rilarni birlashtirsak, natijasi hammani lol qoldirishi aniq. G'arq pishgan, sersuv va mazali olxo'rilar — sochma pirog uchun ajoyib asos bo'la oladi. Pishirig'imizda shirin xamir va olxo'rilarning nordon ta'mi bir-birini ajoyib tarzda to'ldirib turadi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
9 sentabr kuni O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s'ezdida prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O'zbekiston Strategiyasi» nomli yangi kitobi taqdim etildi. Ushbu kitobda Yangi O'zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo'nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Dunyo bo'ylab ko'pgina davlat rahbarlari va siyosat arboblari o'z faoliyati davrini asosan memuar sifatida ta'riflab, asarlar yozishadi. Ular o'z kitoblarida siyosiy ishlardagi fikr va mulohazalardan tashqari, o'z hayotlaridagi ba'zi voqea va hodisalar haqida ham hikoya qiladilar. Asarlar orqali mazkur insonlarning boshqa hislatlariga ham guvoh bo'lish mumkin. Dunyo kitobxonlari tomonidan e'tirof etilgan ba'zi davlat rahbarlari va siyosiy yetakchilarning asarlari hamda ularning qisqacha mazmuni haqida «Gazeta.uz» so'z yuritadi. AQSh prezidenti Avraam Linkoln (1809−1865) Amerika Qo'shma Shtatlarining tarixiy rivojlanishini belgilab bergan to'rtta prezidentdan biri hisoblanadi. Quyi qatlamdan chiqqan prezident barcha bilimlarini tirishqoqlik va uzluksiz o'z ustida ishlash orqali o'zlashtirgan. U o'zining axloqiy namunasi, yuksak axloqiy tamoyillari va ishontira olish qobilyati bilan o'z xalqini ilhomlantirib, mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga hissa qo'shdi va AQSh uzoq vaqt davomida dunyodagi eng dinamik rivojlanayotgan iqtisodiyotga aylandi. «Ozodlik manbai. Gettisberg murojaati» kitobida Avraam Linkolnning asosiy nutqlari va maqolalari, uning tarjimai holi, inauguratsiya nutqlari va xalqqa qilingan murojaatlari bor. Kitob Avraam Linkoln, uning sheriklari va raqiblarining hayoti davomidagi suratlari, AQSh fuqarolik urushi davridagi hujjatli va badiiy materiallar bilan boyitilgan. Franklin Ruzvelt «Buyuk depressiya» davrida AQShni boshqargan va uni uzoq davom etgan inqirozdan olib chiqishga muvaffaq bo'lgan davlat rahbari hisoblanadi. Amerikaliklarda kelajakka ishonchni uyg'otish uchun, u shaxsan o'zi xalqqa davom etayotgan islohotlar va hukumat rejalarining ma'nosini tushuntirishga qaror qilgan. Ruzvelt Amerika xalqiga to'g'ridan-to'g'ri radio xabarlari orqali murojaat qilib kelgan. Bu nutqlar tarixga «Kamin oldidagi suhbatlar» nomi bilan kirdi. Ruzvelt o'n ikki yillik boshqaruvining oxirigacha odamlarga murojaat qilib kelgan. AQSh 32-prezidentining eng yaxshi nutqlari «Kamin oldidagi suhbatlar. Inqiroz, oligarxlar va urush haqida» nomli kitobda to'plangan. Ushbu kitob davlat va jamoat arbobi, diplomat, olim, ixtirochi, yozuvchi, faylasuf, tadbirkor Benjamin Franklin shaxsini ochib beradi . Uning yuzi hammaga tanish — bu AQShning asosiy banknotasi dollardagi son-sanoqsiz marotaba bosilib chiqqan portretdir. Uning «Vaqt — pul» aforizmini hatto hech narsani bilmaganlar ham biladi. Franklin «Avtobiografiya"si esa uzoq vaqtdan buyon hozirda buyuk shaxslar ro'yxatiga kirgan muvaffaqiyatli odamlarning qayta-qayta murojaat qiladigan kitobiga aylangan. «Agar siz odamlar bilan qanday munosabatda bo'lish haqida ajoyib maslahatlar olishni, o'zingizni boshqarishni va shaxsiy fazilatlaringizni yaxshilashni xohlasangiz, hayotning eng qiziqarli hikoyalaridan biri — Benjamin Franklinning tarjimai holini o'qing», — degan edi amerikalik pedagog va yozuvchi Deyl Karnegi. Ushbu kitobda Benjamin Franklin 1771 yildan 1790 yilgacha o'z hayoti haqidagi yorqin eslatmalarni qoldirgan. Ularning barchasi uning vafotidan keyin birlashtirilgan. Franklin bu asarida istehzo va hazil bilan o'zining g'ayrioddiy taqdiri va shunday shaxs bo'lib yetishishiga nima yordam bergani haqida xikoya qiladi. Li Kuan Yu — Singapur davlat arbobi, 1959 yildan 1990 yilgacha mamlakat bosh vaziri bo'lgan. Uning rahbarligi ostida resurslari bo'lmagan kichik oroldagi sobiq Britaniya mustamlakasi kuchli iqtisodiyoti, qulay sarmoyaviy muhiti va barkamol ijtimoiy siyosati bo'lgan yuqori darajada rivojlangan davlatga aylangan. 2000 yilda Li Kuan Yu «Singapur mo''jizasi» haqida memuar yozgan va uchinchi dunyodan birinchi dunyoga chiqish strategiyasini batafsil bayon qilgan. Kitobda Li Kuan Yu shahar-davlatni takomillashtirish va rivojlantirish uchun qo'ygan qadamlari asosli xulosalar bilan izchil tasvirlangan. Muallif, shuningdek, foydali tajribaga aylangan xatolarni ham eslatib o'tgan. Shuningdek kitobda tashqi siyosatga katta e'tibor beriladi. «Uchinchi dunyodan birinchisiga» — bu mamlakat farovonligiga qaratilgan puxta avtoritar boshqaruv bo'yicha ajoyib darslik hisoblanadi. «Davlat boshqaruvi san'ati» — 1979−1990 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo'lgan mashhur «temir xonim» Margaret Tetcherning kitobi hisoblanadi. Tetcher bu kitobni 2003 yilda mamlakat rahbariga qo'llanma sifatida chiqargan va uni Ronald Reyganga bag'ishlagan. «Davlat boshqaruvi san'ati» — ko'p qirrali kitob bo'lib, u mamlakat rahbariyatining amaliy qo'llanmasidan tashqariga chiqadi. Unda Tetcher turli mamlakatlarning muammolarini tahlil qiladi va ularning rivojlanishi uchun prognozlar beradi, barqaror ichki va tashqi siyosat uchun demokratiyaning qadrini isbotlaydi, xalqaro xavfsizlikni muhokama qiladi, ko'plab taniqli siyosiy voqealarga o'z fikrini bildiradi. Kitobda XX asrning ikkinchi yarmidagi jahon siyosiy jarayonlari haqida umumiy tushuncha berilgan. Otto von Bismark — mashhur nemis kansleri, uning siyosiy faoliyati cho'qqisi Germaniya imperiyasi tuzilishi paytiga to'g'ri kelgan. Bismarkning 1898 yilda nashr etilgan «Fikrlar va xotiralar» kitobi haqiqiy bestsellerga aylangan: u o'z kitobida Ikkinchi Reyxning paydo bo'lishiga olib kelgan voqealar haqida gapirgan. Biroq, bu shunchaki memuar emas, bu, birinchi navbatda, «o'tmishni tushunish va kelajak uchun ibrat bo'lishi uchun o'g'illar va nabiralarga» qaratilgan «temir kansler» ning siyosiy vasiyati hisoblanadi. Siyosiy maydonda o'z faoliyatini yakunlab, Bismark ushbu kitobda nafaqat zamondoshlari oldida o'zini oqlamoqchi, balki o'z vorislarini kelajakdagi xatolar haqida ogohlantirmoqchi ham bo'lgan. Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri nafaqat o'z davrining taniqli siyosatchisi, balki juda yaxshi yozuvchi ham edi. 6 jildlik «Ikkinchi jahon urushi» asari Cherchillga tegishli. Birinchi kitobda 1919 yildan 1940 yil dekabrigacha bo'lgan voqealar tasvirlangan, muallifning so'zlariga ko'ra, ular «oldini olish mumkin bo'lgan va keraksiz» urushga olib kelgan. Ikkinchi kitobda xotiralarning uchinchi va to'rtinchi jildlari nashr etilgan va 1941 yil yanvaridan 1943 yil iyunigacha bo'lgan voqealar tasvirlangan: fashistlar Germaniyasining Sovet Ittifoqiga bostirib kirishi, militaristik Yaponiyaning AQShga hujumi, Gitlerga qarshi koalitsiya tuzilishi, ittifoqchilarning himoyadan hujumga o'tishi. Uchinchi kitobda esa beshinchi va oltinchi jildlari nashr etilgan va 1943 yil iyundan 1945 yil iyulgacha bo'lgan voqealar — Germaniya ittifoqchilarining taslim bo'lishi, Tehron, Yalta va Potsdam konferensiyalari, Amerika, Britaniya va Kanada qo'shinlarining Normandiyaga o'tkazilishi, Sovet armiyasi va ittifoqchilarining tarixiy g'alabalari, Germaniyaning taslim bo'lishi natijasida fashist qo'shinlari mag'lubiyati tasvirlangan. Mohandas Gandi «baniya» savdogar kastasiga mansub o'ziga to'q oiladan chiqqan. Vafotidan so'ng esa undan faqat bir juft sandal, ko'zoynak va tayoq qolgan. Butun umrini o'zini chegaralashga va jamiyatga xizmat qilishga bag'ishlagan, zo'ravonliksiz qarshilikni kurash vositasi sifatida ishlatgan, zo'ravonlik va diniy nizolarga tinimsiz qarshilik ko'rsatgan eng mashhur hind Gandini «Buyuk qalb» sohibi deb atashadi. Mahatma Gandining «Mening hayotim» kitobi — buyuk donishmand va tajribali, qalbi toza siyosatchining tarjimai holi, Hindistonning ozod qilinishi va Gandining ruhiy izlanishlari haqidagi hikoya hisoblanadi. Kitobda, shuningdek, «Mening iymonim» va «Salomatlik kaliti» risolalari mavjud bo'lib, unda Gandi o'z dunyoqarashi bilan o'rtoqlashadi, dunyoda mavjud bo'lgan dinlar, shuningdek, vegetarianlik va axloqiy turmush tarzi muhokama qilinadi. Bill Klinton prezidentligi davrida Madlen Olbrayt Yaqin Sharqda tinchlik o'rnatish harakatlaridan tortib NATOning Kosovoga gumanitar aralashuvigacha bo'lgan eng muhim va dramatik siyosiy voqealarning faol ishtirokchisi bo'lgan. AQSh tarixida birinchi marta yuqori darajali lavozim — davlat kotibi (tashqi ishlar vaziri) bo'lib tayinlangan ayol o'zining ochiq memuarida ushbu voqealarni qizg'in hikoya qiladi va o'quvchilarga jahon tarixining eng jo'shqin davrlarida xalqaro munosabatlar sahnasi ortiga nazar solishga imkon beradi. O'zining ushbu kitobida Madlen Olbrayt shaxsan muloqot qilgan dunyoning yetakchi rahbarlari va an'anaviy tarzda erkaklar yetakchilik qiladigan diplomatik maydonda qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirgani haqida gapiradi. Kitobda Vladimir Putin, Vatslav Gavel, Yasir Arafat, Ariel Sharon, Binyamin Netanyaxu, qirol Husayn, Slobodan Miloshevich, Kim Chen Ir, Bill va Xillari Klinton, Kolin Pauell va boshqa ko'plab jahon liderlarining qiziqarli portretlari taqdim etilgan. AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning «Va'da qilingan yer» kitobi uning memuarlarining birinchi jildi hisoblanadi. Xotiralarining birinchi jildida Barak Obama o'zining yoshligi va prezidentlik sari yo'li haqida hikoya qiladi. U o'zining siyosiy ma'lumoti va o'zining tarixiy prezidentligining birinchi davridagi muhim lahzalarni batafsil tasvirlab beradi. Kitob Obama prezidentligining birinchi muddatida Usama ben Ladenni yo'q qilish bo'yicha maxsus operatsiyasi bilan yakunlangan. Unda Obamaning tarixda o'zini tinchlikparvar va «insoniy yuzli siyosatchi» sifatida tarixda qolishga uringanligi ko'rsatilgan.
advice
«Gazeta.uz» O'zbekistonning turli hududlaridan Toshkentga kelib, o'z hayotini qurayotgan, o'qiyotgan va ishlayotgan qizlar bilan poytaxtdagi hayot, ish faoliyati va jamiyatda ayollarning o'rni haqida suhbat uyushtirdi. Inara Asanova 1998 yili Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug'ilgan. U Guliston tumanidagi 14-umumta'lim maktabida tahsil olgan. O'rta ma'lumotni Guliston tibbiyot kollejida olgan. Hozirda Guliston davlat universitetida 4 bosqich talabasi. Inara 2 yildan buyon marketing sohasida, jumladan, SMM va targeting yo'nalishida faoliyat yuritadi. Hozirda u 605 agentligida loyixa menejeri lavozimida ish olib bormoqda. — Avvaldan IT sohasiga qiziqib kelganman. Lekin negadir viloyatlarda ko'pchilikning ota-onasi bu sohani qabul qilishmasdi. Chunki qiz bola uchun shifokorlik yoki o'qituvchilik kasbini egallash normal ko'rinadi ko'proq. IT sohasiga kirib kelish ozroq qiyin bo'lgan. Birinchidan, atrof muhitimdagi odamlar bu narsani tushunmasligi, ikkinchidan, bu sohaga kirib kelish uchun yetarlicha ustoz topa olmaganman. Keyinchalik internetdan o'rganishga to'g'ri kelgan. Men Toshkentga marketing sohasini o'rganib, shu sohada faoliyat yuritish uchun kelganman. Chunki, hammamiz bilsak kerak, viloyatlarda marketing sohasi yaxshi rivojlanmagan. Insonlar bu soha nima ekanligini tushunishmaydi, SMM nima, reklama nima bilishmaydi. Reklama deganda ular asosan ko'chadagi yoki televideniyedagi reklamani tushunishadi. Toshkent — imkoniyatlar shahri. Shuning uchun ham bu yerga kelib, ushbu sohani o'rganishga qaror qilganman. Umuman olganda, bu sohaga 2018 yilda kirib kelganman. Shu yili talaba bo'lishimdan oldin yaqin do'stim ushbu sohada ishlashni tavsiya qilgan edi. Keyin «frilans» shaklida kopirayterlik qilishni boshlaganman. Pandemiya vaqtida esa Toshkentga kelishni, shu sohani aynan poytaxtdagi ustozlardan o'rganishga qaror qilganman. Foto: Inara Asanovaning shaxsiy arxividan. Toshkent muhiti odamni o'zgartirdi. Doimo o'zim uchun harakat qilganman, lekin o'zim uchun ko'proq kurashishni o'rgandim. Bundan tashqari, avval Toshkentga kelib nimanidir o'rganish maqsadim bo'lgan bo'lsa, hozir xalqaro maydonga chiqib, o'z soham bo'yicha tajriba oshirishni maqsad qilib qo'yganman. O'qishga kirganimdan so'ng uydagilarim bilan turmushga chiqish borasida suhbat bo'lgan. Men o'zimni maqsadlarimni aytganman. O'z kareramni yo'lga qo'yib olib, keyin oila qurishga tayyor bo'lishimni tushuntirganman. Ya'ni universitetni bitirib, balki magistraturani ham bitirib, keyin oila qurishga tayyor bo'laman. Chunki oila qurish ham oson ish emas. Bizda bir tushuncha bor: qiz bolani yoshligidan «sen oila bekasi bo'lasan», deya tarbiyalashadi. Universitetga kirishning ham asosiy maqsadi — yaxshi joydan ish topish yoki yaxshi joyga turmushga chiqish. Qizlar o'qiyotgan vaqtda oila qurgach, ikkita qayiqda muvozanatni saqlab turish qiyin bo'ladi. Baribir bittasidan kechish kerak bo'lganda, bu o'quv jarayoni bo'ladi. O'zimning ko'pchilik yaqinlarimda ham shunday bo'lgan. Yaqinlarim hozir bu sohani, men qayerda ishlashimni va qanday faoliyat yuritishimni tushunishadi. Poytaxtda ishlashimni normal qabul qilishadi. Ammo boshida qo'rquv bo'lgandi. O'zimni himoya qilish jihatidan emas, balki pandemiya vaqtida Toshkentga kelganman va koronavirusga chalinib qolishimdan qo'rqishgan. Toshkentga kelishimga onam ko'proq qarshi bo'lgan. Sababi o'zlari SES xodimi va o'shanda vaziyat qay darajada ekanligini yaxshi bilardilar. Otam esa «ko'ngling nimani xohlasa, shu soha senikiligiga ishonsang, men senga qarshilik qilmayman» degan. Boshqa tomondan esa butunlay ishonishadi. Foto: Inara Asanovaning shaxsiy arxividan. Turmush qursam, albatta, ish faoliyatimni davom ettiraman. Oila — birinchi o'rinda . Lekin har bir insonning turmush o'rtog'i uning kasbini tushunsa, bunga to'sqinlik qilmasa kerak. Shunda ish va oilani birgalikda mujassamlashtirsa bo'ladi. Atrofimdagi tengdoshlarimni kuzatganimda, oilasi ularning xohishlariga qarshi bo'lishlari yoqmaydi. Masalan, IT sohasini o'rganmoqchi bo'lsa «bu soha bilan kim ham bo'larding» deyishadi, yoki chet elga ketmoqchi bo'lsa odatda jo'natishmaydi, «qiz bolasan, odamlar nima deydi?», degan gaplar bo'ladi. Yoshligidan biror sohaga emas, oila bekaligiga tayyorlashlari odamni xafa qiladi. Foto: Inara Asanovaning shaxsiy arxividan. Qiz bola o'z ustida ishlashi kerak. Qanday sohaga qiziqishidan qat'iy nazar, o'z maqsadiga erishish uchun ishlash kerak . Bu unga qo'shimcha kasb yoki hunar bo'lishi mumkin. Ikkinchisi, qandaydir qarorlari bormi, gaplari bormi, bu narsani qo'rqmasdan uydagilariga aytishi kerak. Chunki ba'zida bilamiz «otamdan qo'rqdim, aytolmadim», deya qizlarda turli vaziyatlar bo'lishi mumkin. Uchinchisi esa, til o'rganishi kerak. Shu orqali dunyoqarashini oshirishi kerak. Muxlisa Orifjonova 1998 yil Farg'ona shahrida tug'ilgan. Farg'ona davlat universiteti (bakalavr) hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (magistratura)da tahsil olgan. Hozirda Prezident ta'lim muassasalari agentligida xalqaro bo'lim mutaxassisi sifatida faoliyat olib boradi. Shuningdek, Digital Generation Uzbekistan NNT`da ham ishlaydi. — Toshkentga kelgunga qadar bo'lgan hayotim ancha rang-barang edi, maktab paytimdan turli tanlovlarda, fan olimpiadalarida qatnashganman. Atrofimda odamlar doim ko'p bo'lgan, yangi tanishlar, do'stlar orttirishdan hecham qo'rqmaganman. Hamma narsani o'zim qilishni istardim, shundanmi, ko'p sohalarga bosh suqqanman. Soham xalqaro iqtisodiy faoliyat bo'lsa-da, jurnalistika, SMM, loyihalar boshqaruvi, grafik dizayn, montaj bo'yicha ozmi-ko'pmi tajribam bor. Avval, rosti, mendagi eng asosiy xususiyat mahmadonalik va shaddodlik edi. Muxlisa deganda ko'pchilik bir gapirib o'n kuladigan kichkina qizchani eslardi, menimcha. Har kunim oddiy o'tardi: ishga borish, uyga qaytish. Lekin har kuni o'z ustimda ishlashga harakat qilardim. Turli kurslar olardim, uyquga yotishdan avval kamida bir soat mutolaa qilardim. O'sha vaqtlardagi eng asosiy maqsadim — barcha xarajatlari qoplanadigan loyihalarda yutib, chet elda o'qish va ishlash bo'lgan. Ko'zi ojizlar uchun maxsus brayl alifbosida kitoblar chiqarish uchun nashriyot tashkil qilish ham orzularimdan biri edi. Muhimi, birinchi va faqat birinchi bo'lishni istardim, qaysi tanlovda qatnashsam ham, qaysi darsga kirsam ham, nima ishni boshlasam ham birinchi bo'lishim kerak edi. Yo yutaman, yo o'rganaman deb turli xil, hatto menga umuman aloqasi bo'lmagan tanlovlarda ham ishtirok etaverardim, hozir o'ylasam, «ehh, erinmagan odam bo'lganman», deb o'ylab qolaman. Dunyo men uchun faqat yaxshiliklar qo'shib tayyorlangan va osongina yutiladigan chiroyli idishdagi kokteyl edi. Vaqtim ham hecham tugamaydigandek tuyulardi menga. Foto: Muxlisa Orifjonovaning shaxsiy arxividan. Toshkentga kelganimdan so'ng eng katta o'zgarish — bu yolg'izlik edi. O'qish yo ishdan qaytganimda oyim yoki singillarim yugurib chiqmasligi, ukam bilan scratch`da o'yin yasamasligim, buvamni turli ibratli voqealarni aytib bermasligi, dadamdan «bugun nima ovqat qilaylik?» deb so'ramay qo'yishga ko'nikish juda qiyin bo'lgan. Hayotning asl ta'mini yaqinlaringdan uzoqda bo'lganingda anglaysan ekan. Atrofingda kun davomida ko'p odamlar bo'ladi, ular bilan ishlaysan, dars qilasan, ammo oxiri uyingda yolg'iz kino ko'rib, yo kitob o'qib o'tirasan. Lekin bu bir tarafdan yaxshi edi, eng kamida maqsadlarimni aniqlashtirib olishni o'rgandim. Keyinroq ijtimoiy hayotdan biroz uzoqlashib bor e'tiborimni o'z sohamda eng kuchli bo'lishga qaratdim. Ha, o'z ustimda jiddiy ishlay boshladim, poytaxtda raqobat juda kuchli. Hamkasblarimning til, tajriba va kasbiy ko'nikmalari mendan ustun, bu ham meni izlanishga chorlagan. Toshkentga kelganimdan beri to hozirgacha menga yordam bergan, dardimni eshitgan yaxshi insonlar bor. Bir hamkasbim, ayniqsa, ishxonada kayfiyatimdan muammolarimni anglab olardi, undan ko'p maslahatlar olganman. Sal osonroq yashash uchun har doim ham aqllilik qilmasdan, atrofdagilardan yordam ham olib turish kerakligini anglaganman. Bundan tashqari, vaqtimni qizg'ona boshlaganim hamda odamlarga yo'q deyishni o'rganganim ham eng yaxshi saboqlarimdan biri edi. Rosti, avval ham shaharda yashaganim uchun, menga Toshkentda hayot kechirishga ko'nikish u qadar qiyin bo'lmagan, lekin moliyaviy tomondan pullarimni tejab ishlatishga qiynalganman. Nega ko'pchilik qizlar o'qishga kirgach 1−2 yildan keyin turmushga chiqib ketishadi? Qizlar ko'p hollarda o'z kelajagi uchun qaror qabul qilishdan qo'rqqanidandir , balki. Chunki ko'pchilik «ota-onam men uchun to'g'ri qaror qabul qilib beradi», deb o'ylaydi. Biz yoshlikdan shunday o'samiz, bozorga borsak oyimiz tanlab bergan kiyimni olamiz, restoranga borsak dadamiz aytgan ovqatni yeymiz. Kamdan-kam hollarda boladan «sen nima xohlaysan?», deb so'rashadi. Balki qizlar qaror qabul qilishda erkin emasligidir bunga sabab. Keyin, menimcha, ko'p ota-onalar qizlarnini yaxshi joyga turmushga berishga juda muhim va kechiktirib bo'lmas vazifa sifatida qarashadi. «Mana o'qiyapti, endi turmushini qilsin», deyishadi. Foto: Muxlisa Orifjonovaning shaxsiy arxividan. Menda bu holatda uyimdagilar avvalo bor e'tiborimni o'qishga qaratishim tarafdori bo'lganlar. Ayniqsa, o'qimishli inson bo'lishimizni rahmatli hojidadam (bobom) judayam xohlaganlar. Qolaversa, eng qiyini oyimga bo'lgan, rosti, qarindosh-urug'lar, tanish-bilishlar «o'qishga kirdi, turmushga ber», deganlaridayam «o'qib olsin, o'qish vaqtida qiz bola faqat o'qishi kerak», deganlar. Bilaman, ularga hozir ham qiyin, ba'zan o'rtoqlarini nabiralari haqida gapirib qoladilar, keyin o'zlarini uncha yaxshi his qilmayotganlarini sezaman. Lekin oyimni hamma o'rtoqlarini qizi ham turmushga chiqiboq, baxtli bo'lib ketmadi. Balki, shunaqa keyslarni ko'p ko'rganlari uchun meni asragandirlar. Rosti, o'zim ham kollej yoki universitetda o'qib yurganimda boshqa tengdoshlarim singari sep, to'y kabi orzu-havaslarga uncha qiziqmaganman. Nega qizlar turmushga chiqayotganda ko'pgina sep qilinadi, yangi kiyimlar olib berishadi, o'qishga kirganda esa yo'q, deb o'ylab qolaman. Ishxonamizda juda kuchli oilaviy muhit bor, bir-birimizga yordam beramiz, birga tushlik qilamiz. Tushlik vaqtida choynak yigitlar tarafda bo'lsa, ular indamay choy quyib beradi, hech kim qizlar tarafga surib qo'ymaydi. Muvafaqqiyatga erishsam, mendan ko'ra ko'proq xursand bo'lishadi. Tug'ilgan kunim ham eslarida turadi. Men o'z uyimda ishlayotgandek bo'laman, gohida. Bizniki kabi jamiyatlarda odamlar ongida juda g'alati qarash bor: ayol kishi yo oilada, yo karerada muvafaqqiyatli bo'la oladi. Lekin ham oila, ham ishni birdaniga a'lo darajada uddalayotgan ayollar bor-ku. Masalan, men hayotim davomida shunaqa ayollarni ko'p uchratganman. Shaxsan men uchun uy ishlari butun kareramni almashishimga arzirli sabab emas. Yoki karera oiladan kechish uchun bahona bo'la olmaydi. Qaysidir ayol o'zi istagani uchungina o'zini oilasiga bag'ishlasa, bunga umuman e'tirozim yo'q. Ammo ham oilani, ham ishimni yaxshi ko'raman, degan ayol o'z istaganini qilishi kerak. Farzand tarbiyasi uchun vaqt kerak-ku, deb aytishingiz mumkin, bu vaqtda ishdan dam olib turish normal holat. Menga kelsa, men ishimni davom ettiraman deb o'ylayman. Qiyindir, ammo uddalasa bo'ladi. Foto: Muxlisa Orifjonovaning shaxsiy arxividan. Biz erkin jamiyat istaymiz, «farzandlarimiz erkin bo'lib o'ssin», deymiz. Xohlaymizmi yo'qmi, bola jinsidan qat'i nazar onasi bilan ko'p vaqt o'tkazadi. Jamiyatimizdagi ko'p onalar esa turmush o'rtog'i, qaynona, qaynotasi ruxsatisiz, ostona xatlab ko'chaga chiqa olmaydi. Uyga mehmon kelsa, hatto gapirmaydi ham. O'zida erkinlik yo'q inson, qanday qilib mustaqil bolani tarbiyalaydi? Menga ayollar bilan hisoblashmay, ularning kelajagi uchun qaror qabul qilishlari yoqmaydi, menga ayollarning imkoniyatiga yetarlicha baho bermasliklari yoqmaydi, menga «ayollar kuchli bo'lmasligi kerak, aqlsiz bo'lishi kerak», deb qarashlari yoqmaydi, menga qiz bola farzand tug'ilsa, tug'ruqxonaga borishga or qilishlari yoqmaydi. Yana menga eng yoqmagani — zo'ravonlik qurboni bo'lib turgan ayolga, ayollarning o'zi «mana, men chidab baxtli yashayapmanu» qabilidagi maslahatlar berishi. Yoki zo'rlangan qizni ko'rishsa, «g'o'najin ko'zini suzmasa…» maqolini keltirishlari. O'ylamay, analiz qilmay, fikrlamay osongina hukm qilib qo'yishlari — bu juda yomon, juda. Jamiyatimizda ajrashgan, zo'ravonlik qurboni bo'lgan ayollarga nisbatan salbiy qarash juda kuchli. Ajrashdimi, u uchun barcha eshik yopiq. Kechirasiz, hayot hatto eng og'ir gunohkor bo'lganingizda ham yashashdan voz kechishimiz, yoki «odamlar nima deydi?» deb hech nima qilmay, uyda o'tirishimiz uchun juda qisqalik qiladi. Foto: Muxlisa Orifjonovaning shaxsiy arxividan. Men o'zim tengi viloyat yoki qishloqlardagi qizga, birinchi galda, «eng birinchi o'zingizdan maslahat oling», degan bo'lardim . Chunki sizni, hozirgi vaziyatingizni, ustunliklaringizni, muammolaringizni hech kim sizchalik yaxshi bilmaydi. Sizni nima xursand qiladi, nima bilan shug'ullanish sizga zavq bag'ishlaydi, keyingi 3 oylikdagi rejalaringiz qanday, bir yillik, 2 yillik, 10 yillikdagichi? 5 yildan keyin o'zingiz uchun ideal inson bo'lish uchun hozir nimalar qilishingiz kerak? Aniq javob olish to'g'ri savol berishdan boshlanadi. O'zingizni savolga tuting, kitobda yozilganidek, «o'zingizni sud qiling». Bilaman, murakkab, ammo shunday qiling. Maslahat oladigan insonni tanlashda ham juda ehtiyot bo'ling, oshpaz sizga qanday shirin ovqat qilishni ayta oladi, ammo o'sha ovqat oshqozonga zarar yoki foydaliligini faqat gastroenterolog aytib berishi mumkin. Ana endi, eng asosiysi, o'zingiz yakka baxtli bo'lishni o'rganing. Sizni baxtingiz uchun hech kim javobgar emas. Baxt — bu ulashish, siz o'zingiz baxtni his qilmaguningizcha, uni boshqalar bilan baham ko'rolmaysiz. Baxt — bu o'ta subyektiv narsa, ammo hamma unga intilishini hisobga olsak, o'z baxtingizni yarating. Madina Ochilova 2000 yilda Buxoro viloyatining Qorako'l tumanida tug'ilgan. Hozirda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi, Kun.uz saytining muxbiri. — Toshkentga 18 yoshimda kelganman. Toshkentga kelgunimcha bo'lgan davr bolaligim, bola orzularim va bolalardek xayollarimdan iborat. Aniqrog'i, 17 yoshimgacha bolalik hayoti, 17−18 yoshim haqiqiy sinov davri bo'lgan. 2018 yilda Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ilk talabalarini qabul qildi. Ijodiy imtihonlar uchun OAVda e'lon qilingan materiallar so'ralgani sababli, har oyda tuman gazetasiga maqolalar berib turardim. Kollejdagi o'qish bilan birga ona tili va adabiyot hamda ingliz tilidan repititorga borar edim. Eng katta bilimlarni shu yoshimda to'plaganman, negaki imtihonga qisqa vaqt qolgan, men uchun o'qishga kirish oliy maqsad edi. Kunni tunga ulab, uyqusizlik va tinimsizlikda o'tgan abituriyentligim 2018 yilda talaba bo'lish baxtini nasib etgan. Bu davr qiyinchilik va mehnat ortidan keladigan rohatning naqadar shirin bo'lishini o'rgatdi. Toshkentga kelgach maqsadlarim o'zgarmadi. O'zimni har doim professional jurnalist sifatida ko'rishni xohlaganman. Hali ham maqsad o'sha-o'sha. Lekin hayotim o'zgargan. Hayotimni o'zim rejalashtira boshlaganman, moliyaviy tomondan erkinlikka erishganman, ota-onamdan uzoqda mustaqil yashashga, muammolarimni imkon qadar mustaqil yechishga o'rgandim. Bola hayotim meni yoki men uni tark etdim. Foto: Madina Ochilovaning shaxsiy arxividan. Boshida jurnalist bo'lishimni dadamdan boshqa hech kim xohlamagan. «Qiyin kasb, senga to'g'ri kelmaydi, ertaga oila qursang, qanday qilasan?» kabi minglab tanbehlar depressiyaga tushirgan. Shunda ham dadam «maqsad qildingmi qaytma, bor jurnalistikaga topshir», deb qo'llab-quvvatlaganlar. Onam har doim xavotir oladilar, «yozganlaring o'zingga zarar keltirmasin!», deb ko'p aytadilar. Hozir xavotirlari ancha kamaygan, har holda maqolalarimni o'qib, xursand bo'ladilar. Poytaxtda ishlashimni xohlamaganlarida hech qachon o'qishga ham yubormagan bo'lardilar. Kun.uz`da ayol jurnalistlar kam. Shunga qaramay, ayol kishi bo'lganim uchun chiqishtirmaslik yoki yomon munosabat ko'rmadim. Aksincha, «xavfli» mavzulardan qiz-ayol jurnalistlarni himoya qilishadi, riskka qo'yadigan holatlarga yaqinlashtirmaslikka harakat qilishadi. Muhimi ayol jurnalistlarga nisbatan hurmat bor. Buni sog'lom ijodiy muhit deb bilaman va jamoani bunday yuksak insoniy qadriyatlarga ega insonlari uchun qadrlayman. Foto: Madina Ochilovaning shaxsiy arxividan. Jamiyatda ayollarga bulgan munosabatdan nima menga ko'proq yoqmaydi? Qiz bola o'qishi shart emas degan stereotip . O'zim tengi qizlarga men bergan maslahatning foydasi yo'q. O'qiydigani o'qib yuribdi, o'qimaydigani turmush qurgan. O'zimdan kichik 14−15 yoshli qizlarga «O'qi. Bor imkoniyatlaringdan maksimal foydalan, til o'rgan. Bir eshik yopiq bo'lsa, boshqasini qidir, topolmasang, o'zing yasa» degan bo'lardim. «Gazeta.uz» tez kunlarda intervyularning 2-qismini ham e'lon qiladi.
advice
Drone Photo Awards-2021 aero-fotosuratlari xalqaro tanlovi bu yilgi g'oliblarni e'lon qildi. Noyabr oyida laureatlarning ishlari har yili Italiyada bo'lib o'tadigan Siyena mukofotlari festivalida namoyish etiladi. Hammasi bo'lib, tanlovga 102 mamlakatdan kelgan fotosuratchilar o'z ishlarini taqdim etishdi. Suratlar turli guruhlar bo'yicha ajratilib, baholangan. Gran-pri va «Yil fotosuratchisi» unvonini Tere Kolaas — bahor o'rniga qishda uchib kelgan o'rdaklar aks etgan rasmi uchun oldi. Ushbu kategoriyada Sergey Poletayevning Moskva viloyati olingan «Shahar va qish haqidagi metaforik mulohaza» fotosurati g'olib bo'ldi. Foto: Jorj Steynmetz Foto: Gilad Topaz Foto: Nando Harmsen Foto: Paolo Kroketta Ovi D. Pop Foto: Tanver Hassan Rohan Foto: Bartlomey Yuretskiy Mazkur kategoriyada Qosim al Farsining «Sarguzashtlarga qaytib» nomli fotosurati g'olib bo'ldi. Foto: Igor Altuna Foto: Talib Almari Foto: Jorj Steynmetz Foto: Florian Ledukse Foto: Elizabet Moreno Foto: Jey Rud Foto: Yoel Robert Assiag Ushbu kategoriyada Fil De Glanvillning «Kamalak chekkasidagi oltin» surati g'olib deb topildi. Foto: Perluiji Orler Foto: Jon Kovplend \ Foto: Luis Du Pisani Foto: Amivata Chandra Foto: Mauro Pagliay Foto: Yuan Garsiya Lukas Foto: Ido Meirovich Mazkur kategoriyada Chung Fam Xayu «Mangrov o'rmonida baliq ovlash» surati bilan g'olib bo'ldi. Foto: Pxu Xay Buy Foto: Sujon Adxikari Foto: Xan Phan Foto: Amirmahdi Najaflu Shahpar Foto: Ahsanul Hak Nayem Foto: Xoay Nguyen Fuok Foto: Tanver Hassan Rohan Foto: Minchiang Lu Ushbu kategoriyada Martin Sanches Islandiyada vulqon otilishi surati bilan g'olib bo'ldi. Foto: Janessa Anderson Foto: Fil De Glenvill Foto: Yan Ulitskiy Foto: Oleg Rest Foto: Florian Ledyuks Foto: Tomash Noyvirt Foto: Miroslav Zadravets Ushbu kategoriyada «Zaharlangan daryo» fotosurati bilan George Popani g'olib bo'ldi. Foto: Paolo Kroketta \ Foto: Ran Tian Foto: Sezar Gabriel Popesku Foto: Ishtvan Chak Foto: David Dahlenburg Foto: D.Filek Uyar Foto: Siman Laszlo Matteo Original «Sen bilan cheksizlikka» fotosurati bilan g'olib bo'ldi. Foto: Krishtof Kravchik Foto: Krishtof Kravchik Foto: Shinichi Shimomiya Foto: Reys De Veyrdt Foto: Ben Konolli Foto: Parikshit Suri Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Jinoyat kodeksiga muvofiq uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda mamlakat hududiga olib kirish, o'tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi mavjud.
advice
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda uyda tayyorlanadigan fastfud retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Korn-dog — uyda oson tayyorlanadigan Amerikaning mashhur fastfudlaridan biridir. Bunday yegulik foydali bo'lmasa ham, lekin korn-doglar oilangizga yoqishi aniq. Sizga barchaga sevimli bo'lshan amerikancha fastfudni uyda tayyorlashni taklif etamiz. Mazali hot-doglarni nonushta yoki kechki ovqatda tayyorlash mumkin Non-kabob yoki o'zbekcha burger — sizga albatta yoqadigan "milliy" fastfuddir. Uyda tayyorlangan bulochka va mayin mol go'shtidan mazaliroq yana nima bo'lishi mumkin! Agarda siz fastfud taomlaridan shaurmani sevib iste'mol qilsangiz, unda uni uy sharoitida tayyorlashni tavsiya qilamiz. Bunday yegulik juda sersuv va mazali bo'ladi. Qolaversa masalliqiga shubxa qilmaysiz. Mayda bo'lakchalarga bo'linib pishirilgan bu yegulikni yoniga pyure yoki kartoshka qalamchalari bilan tortishingiz, shuningdek, shunchaki tamaddi sifatida ham iste'mol qilishingiz mumkin. " Fish-and-chips " ingizlarning eng sevimli va mashhur yeguliklaridan biri bo'lib, Buyuk Britaniyaning barcha kafelari taomnomasida uni uchratish mumkin. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda qovoqdan tayyorlasa bo'ladigan taom va desertlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Qovoqda pishirilgan jarkopni tayyorlab siz oddiy taomni haqiqiy oshpazlik asariga aylantirasiz. Bu kuzgi oqshomlarda sizni isitadigan yorqin, xushbo'y va mazali taomdir. Burma — qirim-tatarlarining an'anaviy taomidir. Masalliq, bizda bu qovoq, xamirga o'ralib, pechda pishiriladi. Sizlarga kuzda sevib iste'mol qilsa bo'ladigan, yorqin rangdagi qovoqli krem-sho'rvani tayyorlashni maslahat beramiz. Qovoqli pyuredan tayyorlangan rulet yumshoq va juda shirin bo'lib chiqadi. Qaymoqli pishloqdan tayyorlangan krem esa chizkeyk ta'mini eslatadi. Uyda qovoq bo'lsa, unda siz bunday bulochkalarni tayyorlab ko'rishingizga maslahat beramiz. Bulochkalar gaz pechidan nozik, yumshoq va hatto quyosh kabi yorqin bo'lib chiqadi. Kuzda, qovoqlar pishgan pallada, qovoqli somsalar bilan to'yib olish ayni vaqti keladi. Biz sizga gulsimon qovoqli somsalarni tayyorlashni tavsiya etamiz. Qovoqli pyuredan tayyorlangan keks juda shirin va mayin bo'lib chiqadi. Pishganidan so'ng uning ichiga qovoq solingan deb hech kim o'ylamasligi aniq. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
«Gazeta.uz» 2021 yil 1 oktabrdan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o'zgarishlar ro'yxatini taqdim etadi. Dayjest Adliya vazirligi ma'lumotlari asosida tayyorlandi. Quyida ularni to'liqligicha e'tiboringizga havola etamiz. «Tadbirkorlik subyektlari uchun ma'muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi prezident farmoniga ko'ra, 2021 yil 1 oktabrdan quyidagilar bekor qilinadi: Avtotransportlar oynalarining tusini o'zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish bo'yicha davlat xizmati faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko'rsatiladi . «Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi prezident qaroriga ko'ra, hududiy adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko'rsatish markazlari respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etiladi. Shunga ko'ra, davlat budjetidan moliyalashtiriladigan ayrim davlat tashkilotlarining tuman (shahar) bo'linmalarida jami 1 182 ta yuridik xizmatlar shtat birliklari qisqartiriladi. Bo'shatilayotgan shtat birliklari hisobidan markazlar faoliyatini tashkil etish uchun 1 056 ta shtat birliklari ajratiladi. Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari bojxona boshqarmalarida toifadan tashqari maqomga ega bo'lgan «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi . «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» postlari tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofaviy rasmiylashtiradi. Yoshlarning «Biznesga birinchi qadam» startap g'oyalari tanlovlari tashkil etiladi hamda har bir tuman va shaharda kamida 3 nafardan g'olibga grantlar berish amaliyoti joriy etiladi . Eng yaxshi loyihalarning har biri uchun BHMning 200 baravarigacha (54 mln) grant mablag'lari beriladi. «Mahallalarda jamoat tartibini saqlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi hukumat qaroriga ko'ra, 2021 yil 1 oktabrdan 2022 yil 1 oktabrgacha mahallalarda barpo etilgan ayrim «Jamoatchilik nazorati maskanlari» (maskanlar) negizida «Elektron kuzatuv maskanlari» faoliyatini tashkil etish bo'yicha eksperiment o'tkaziladi. Eksperiment doirasida: Shunga ko'ra, hududlarda tegishli 38 ta mahalladagi maskanlar «Elektron kuzatuv maskanlari» faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga ijara huquqi asosida beriladi. 2021 yil 1 oktabrdan shaharsozlik hujjatlari ekspertizasini amalga oshirishda: Shuningdek, obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta'mirlash bo'yicha shaharsozlik va loyiha hujjatlarining loyihaviy yechimlarini shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomga ko'ra, quyidagi obyektlarning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o'tkazish majburiy emas: «Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yo'qotishlarini qisqartirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi hukumat qaroriga ko'ra, Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» davlat muassasasida elektron agrosanoat bozori portali tashkil etiladi. Elektron portalda, jumladan: Elektron portal 2021 yil 1 oktabrdan 1 dekabrgacha «test rejimi»da ishlaydi va 2022 yil 1 yanvardan to'liq ishga tushiriladi. Bundan tashqari, E-AUKSION elektron savdo platformasi orqali ajratilgan davlat mulki hisoblangan yer uchastkalari va bino-inshootlar qiymati tadbirkorlar tomonidan, istisno tariqasida, savdo o'tkazilgan sanadan boshlab bir yil davomida teng ulushlarda bo'lib-bo'lib to'lash mexanizmi joriy qilinadi. 2021 yil 1 oktabrdan: Tashqi savdo operatsiyalari bo'yicha muddati o'tgan debitor qarzdorlik uchun xo'jalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qo'llanilishi 2021 yil 31 dekabrgacha to'xtatiladi . Shuningdek, 2021 yil 1 oktabrdan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlardan sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xomashyo, o'lchov vositalari, kimyoviy reagentlar, ko'tarish moslamalari va transport vositalari importida milliy sertifikat olish talabi bekor qilinadi. 2021 yil 1 oktabrdan sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig'ining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi . 2021 yil 1 oktabrdan boshlab investorning qiymati 200 mlrd so'mdan oshadigan, uning o'z mablag'lari ulushi 25 foizdan kam bo'lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlash Davlat budjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi . Qiymati 200 mlrd so'mdan oshadigan investitsiya loyihalari doirasida budjet ssudasi mablag'lari: 1 oktabrdan barcha hududlarda 14 ta IT-texnikum faoliyati yo'lga qo'yiladi. Ularda dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi, telekommunikatsiya kabi yo'nalishlar bo'yicha 8 mingga yaqin o'quvchi tahsil oladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 sentabr kuni axborot texnologiyalari sohasida salohiyatli kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlar bilan tizimli ishlash masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig'ilishida ma'lum qilindi . «Qo'shilgan qiymat solig'i ma'muriyatchiligini takomillashtirish to'g'risida"gi prezident qaroriga ko'ra, 2021 yil 1 oktabrdan eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo'yicha to'lanishi lozim bo'lgan (to'langan) QQS summasi soliq to'lovchining O'zbekistondagi bank hisobvarag'iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat'i nazar hicobga olinadi. Ushbu imkoniyat intizomli soliq to'lovchilarga (oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o'z vaqtida ta'minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo'yicha muddati o'tgan debitor qarzdorligi bo'lmagan) tatbiq etiladi . Tovarlar «eksport» bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e'tiboran 180 kun ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining O'zbekiston tijorat banklaridagi hisobvarag'iga kelib tushmagan taqdirda, QQSning hisobga olingan summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. «Ko'p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi prezident qaroriga ko'ra, 1 oktabrdan qurilishi tugallangan va foydalanishga qabul qilingan ko'p kvartirali uy-joyni boshqarish birinchi ikki yilda quruvchi tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muddatga ko'p kvartirali uy-joy ekspluatatsiyasining kafolat muddati joriy qilinadi . Har bir ko'p kvartirali uy-joyning kadastr pasportida ko'p kvartirali uy-joyga tutash yer uchastkasi to'g'risida ma'lumotlar majburiy tartibda bo'lishi shart. «Suvdan foydalanish va suv iste'molida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi to'g'risidagi» hukumat qaroriga ko'ra, suvdan foydalanish va suv iste'molida cuv resurslarining hisobini yuritishning shaffof tizimi joriy etiladi. Suv resurslarining hisobotini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiladi, shuningdek sohada monitoring yuritiladi. Suvdan barcha maxsus foydalanuvchilar va maxsus suv iste'molchilari suvdan foydalanish va suv iste'moli to'g'risidagi hisobotlar elektron shaklda yuritiladi. Suv olish joylari «onlayn» rejimda ishlaydigan raqamli qurilmalar bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi va ma'lumotlarni uzatish bo'yicha dasturiy ta'minlanadi. 2021 yildan boshlab Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar sudyalari, Sudyalar oliy maktabi va ularning apparati xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti va uning hududiy bo'limlari xodimlarining ish haqlari va qo'shimcha to'lovlari to'liqligicha Davlat budjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi . Bunda quyidagi to'lovlar 2021 yil 1 oktabrgacha Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari, 2021 yil 1 oktabrdan boshlab esa respublika budjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi: Shuningdek, sudyalar, sud apparati xodimlari, Sudyalar oliy kengashi, shuningdek, Sudyalar oliy maktabi, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta'minlash departamenti va uning hududiy bo'limlari xodimlarining tarif setkasi bo'yicha mehnatga haq to'lash razryadlari tasdiqlandi. 2021 yil 1 oktabrdan quyidagi alkogol va tamaki mahsulotlariga soliq stavkalari oshiriladi : Foto: Davlat soliq qo'mitasi Foto: Davlat soliq qo'mitasi
advice
"Gazeta.uz" O'zbekistonning turli hududlaridan Toshkentga kelib, o'z hayotini qurayotgan, o'qiyotgan va ishlayotgan qizlar bilan poytaxtdagi hayot, ish faoliyati va jamiyatda ayollarning o'rni haqidagi suhbatning 2 qismini e'lon qiladi. Dilafruz Abdinabiyeva 1997 yili Samarqand viloyatida tug'ilgan. Umumiy o'rta ta'limni dastlab Toshkent shahridagi 201-maktabda, so'ngra O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litseyda olgan. U O'zDJTUda bakalavr diplomini olgach, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining magistratura bosqichida tahsilni davom ettirdi. Bugungi kunda Dilafruz Abdinabiyeva frilanser sifatida marketing, brending va PR sohalarida faoliyat yuritmoqda. — Maktab yoshlarimda pianino chalishga va liboslar dizayni darslariga qatnardim. Mohir sozanda yoki malakali dizayner bo'lishni niyat qilardim. Onam esa meni fan o'qituvchisi bo'lishimni juda ham xohlaganlar, shu sabab erta yoshimdan maxsus ustozdan ingliz tili darslari ola boshlaganman. Oilamizdagi muhit faqat ta'lim olishga yo'naltirilgandi, buvim meni professor bo'lishimni xohlaganlar. Kichik yutug'imiz ham katta rag'batlantirilgan. Shu muhit ichida ulg'aydim. Lekin vaqt o'tgani sayin qiziqish, ehtiyoj va talablar o'zgarib borar ekan. Yuqori sinfda o'qib yurganimda informatsion texnologiyalarga qiziqishim ortdi. Darslar davomida o'z saytimizni yaratganmiz. Bu maktab yoshidagi o'spirin uchun haqiqiy muvaffaqiyat bo'lsa kerak. Ana shu qiziqish va shijoat meni gumanitar fanlarda bakalavr darajasini qo'lga kiritishimga qaramay, raqamli kasblarda faoliyat boshlashimga turtki bo'ldi. Qizlarning o'qish davrida turmushga chiqishlariga bir nechta omillar ta'sir qiladi. Turmush qurish ba'zi qizlarning asosiy suhbat mavzusiga aylanib qoladi. Men bunga uydagi muhit sababchi deb o'ylayman: joyi chiqqanida tezroq berishni istashlari, qizlarining yoshidan xavotir olishlari va qizlariga ilm olishlari uchun manfaatli bo'ladigan narsalardan ko'ra ko'proq sarpo yig'ib borishlari, bularning barchasi qizlarning ongiga ham ta'sir qiladi. Eng achinarlisi, ba'zi qizlar nega universitetda tahsil olishayotganlarini chuqur anglab yetmaydilar . Ikkinchi bosqichda o'qib yurganimda menda ham shunday holat bo'lgan. Ammo ota-onam o'qish bilan turmushni bir paytda eplay olishga tayyor emasligimni, hayotda hali o'z yo'limni topishim kerakligini tushungan holda, mening qarorimni qo'llab-quvvatlashgan. Ish joyimda qiz-yigit aralash ishlaymiz. Yosh jamoa. Barchasining dunyoqarashi keng, ziyoli insonlar. Shu sabab ayol kishiga nisbatan adolatsizlik kabi holatlar kuzatilmaydi. Hamma bir-birini hurmat qilgan holda, tenglikda faoliyat yuritamiz. Bunga balki mening sohamda ayollar ulushining ko'proq ekanligi ham sababdir. Har bir qiz tanlov huquqiga ega bo'lishini: u ilm yo'nalishini tanlaydimi, biror kasb yoki turmushni asosiy o'ringa qo'yadimi, bu uning o'z hayot yo'li bo'lishi va bu tanlovlar ichida uning fikri inobatga olingan holda, qo'llab-quvvatlashlanishini xohlardim . Buning uchun esa o'z tengdoshlarimga, opa-singillarimga hayotda yashashdan o'z maqsadlarini aniqlashtirib olishlarini maslahat berardim. Ertaga oradan 5 yil o'tgach o'zlarini qayerda va qanday ahvolda ko'rishlarini chuqur o'ylab ko'rgan holda, hayot yo'llarini davom ettirishlarini so'rab qolardim. Aziza Ahmedova 1993 yili Toshkent shahrida tug'ilgan. U Uchquduq shahridagi 3-sonli maktabda tahsil olgan. O'rta ma'lumotni Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi 3-sonli akademik litseyda olgan. Bakalavr bosqichini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tamomlagan. Aziza Ahmedova 3 yil davomida Tashqi ishlar vazirligida faoliyat olib borgan. Hozirda Aziza Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Toshkentdagi filialida "Menejment" dasturi bo'yicha magistratura bosqichida o'qimoqda. — Toshkentda tug'ilgan bo'lsam-da, Navoiy viloyatining kichik shaharchasi — Uchquduqda katta bo'lganman. Bolaligimdan xoreografiya bilan shug'ullanardim, shahardagi tadbirlarda boshlovchi bo'lganman, hatto tomoshabinlar bilan to'lgan stadionda ham ishonch bilan chiqishlar qilardim. 3-sonli maktab-gimnaziyada o'qish paytida maktab faollaridan edim: birorta maktab konserti yoki tantanali marosimi mensiz o'tmasdi. Men sinfning barcha ochiq darslarini tayyorlash va tashkil qilishda ishtirok etardim, shu bilan birga ziyrak o'qituvchilardan tahsil olishni ham unutmadim. Aynan mana shu davr menda yetakchilik fazilatlari va muloqot qobiliyatlarini tarbiyaladi. Bitiruv ostonasida men uchun kelajakdagi kasbni, qo'shimcha ta'lim yo'nalishini tanlash muhim edi. Chet tiliga muhabbat va dunyoda bo'layotgan voqealarga qiziqish meni xalqaro munosabatlar asoslarini o'rganishga undadi. Navoiy shahridagi akademik litseyda 3 yil o'qib, o'sha paytlari imkonsizdek ko'ringan — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga kirishga qaror qildim. 15 avgust — mamlakatning ko'plab abituriyentlari uchun maxsus sana edi, o'sha kuni imtihon natijalari chiqdi va men JIDU "Xalqaro iqtisodiy munosabatlar" fakulteti talabasi bo'ldim. Foto: Aziza Ahmedovaning shaxsiy arxividan. Menimcha, ko'pchilik qizlar o'qishga kirgach 1−2 yildan keyin turmushga chiqib ketishida o'zbek mentalitetining yoki oilaviy an'analarning o'rni bor. Yoki bu qizlarning o'zlarining tanlovidir balki. Universitetdagi o'qishim davrida menda oila qurish maqsadi bo'lmagan, mening maqsadim zo'r mutaxassis bo'lish edi. Uyda bizga nisbatan qattiqqo'l bo'lishgan, lekin ota-onam shifokor bo'lishgani uchun ko'p vaqt ularning uyda bo'lmaganliklari sababli men juda mustaqil bola edim. Barcha maishiy masalalarni — oziq-ovqat sotib olishdan tortib uydagi chiroqlarni almashtirishgacha o'zim hal qilaman. Foto: Aziza Ahmedovaning shaxsiy arxividan. Mening ish tajribam juda xilma-xil, universitetni tugatganimdan keyin bir nechta ish joyini o'zgartirdim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, hamkasblarim bilan omadim chopdi. Men hamma sobiq va hozirgi hamkasblarim bilan aloqadaman. Yangi jamoaga kirganda, albatta, ko'pchilik qizlarni mutaxassis sifatida munosib baholashmaydi, ular bildirgan fikr va takliflarga jiddiy qarashmaydi. Jamoaning erkaklari bilan teng bo'lish uchun siz o'z ishingizni ikki baravar ehtiyotkorlik va qat'iyat bilan bajarishingiz kerak. Men turmush qurganimdan so'ng hayotimni tubdan o'zgartirishga harakat qilmayman . Va meni nafaqat oilada, balki professional hayotimda ham qo'llab-quvvatlaydigan, dunyoqarashi meniki bilan hamohang bo'lgan insonni uchratishimga umid qilaman. Foto: Aziza Ahmedovaning shaxsiy arxividan. Jamiyatimizda qiz va ayollarning, ularning qobiliyat va mahoratining qadrsizlanishi menga yoqmaydi. Men viloyat yoki qishloqlardagi o'zim tengi qizga bugungi kunda ko'p takrorlanadigan, lekin muhim bo'lgan tavsiya — o'qish va ta'lim olish kerak. Bu nafaqat o'z sohasida muvaffaqiyatli mutaxassis bo'lishga, balki bilimdon bolalarni tarbiyalashga oqilona yondashishga imkon beradi. Dilruh Isomiddinova 1999 yili Qarshi shahrida tug'ilgan. QarMII qoshidagi 2-sonli akademik litseyning xorijiy tillar yo'nalishida tahsil olgan. Hozirda O'zJOKUda xalqaro jurnalistika yo'nalishi 4-bosqich talabasi. Shuningdek, PressPhoto.uz agentligining amaliyotchisi, "Alimoff team" hamda Khan Academy Uzbek ko'ngillilar jamoasi a'zosi. Dilruh hozirgi kunda Daryo internet nashrida fotojurnalist sifatida faoliyat yuritadi. — Toshkentga o'qishga kelganimga 3 yildan oshdi. Ungacha umrimning asosiy qismi Qashqadaryoda o'tgan. 9-sinfligimgacha ota-onam shifokor bo'lishimni xohlashgan, chunki sulolamizda tibbiyot sohasi vakili deyarli yo'q edi. Oilamizning aksariyat a'zolari ichki ishlar, yong'in xavfsizligi yoki ta'lim tizimida ishlashiga qaramay, san'atga ishtiyoqi baland, ijodkor, nosir, shoir, jurnalist bo'lgan. Otam — jurnalist, onam — o'qituvchi. Bolaligimizdanoq televizorda chiqqan jurnalistlarni ovozidan, chehrasidan tanirdik. Maktabni bitirgach tabiiy fanlar baribir men uchun emasligini tushundim, bu haqida oilamdagilarga aytdim. Juda ham qattiq qarshiliklar bo'lmadi. Foto: Dilruh Isomiddinovaning shaxsiy arxividan. Litseyda o'qib yurgan vaqtim xalqaro jurnalistika fakulteti haqida eshitgandim. Shundan so'ng bu sohaga qiziqish yanada ortdi. Chunki sayohat qilishni, dunyoni ko'rishni juda ham xohlar edim. Avvaliga dadam poytaxtda o'qishim uchun ruxsat bermadilar. Sababi oilada bitta qizman. Otaning amri — vojib. Birinchi yili Qarshi davlat universitetining ona tili va adabiyoti fakultetiga topshirdim, yuqori ball to'plaganimga qaramay, kira olmadim. Keyingi yil esa O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ochildi va shu universitetning xalqaro jurnalistika fakultetiga o'qishga kirdim. Dastlabki yili meni poytaxtga yubormay, keyingi yili otamning bunga ruxsat berganidan keyin o'zimcha o'yladim, otam meni sinamoqchi. "O'zi mustaqil bo'lsin, o'rgansin", deganlar, menimcha . Xavotir har bir ota-onada bo'ladi, lekin menga buni umuman bildirishmagan. Mustaqillikni xohladimi, o'rgansin, bizga bog'lanib qolmasin, deyishgandir xoynahoy, chunki erka uy qizi edim. Ortiqcha tadbirlar, ziyofatlarga ham chiqmaganman, sinfdoshlar bilan aylanishlarga bormasdim, kiyim-kechakka, o'yin-kulgiga uchmaganman, faqat o'qirdim. Bir so'z bilan aytganda, mustaqil hayotni ko'rmagandim. Otam bilan 1-kursning ilk kunida birga universitetga borganmiz. Keyinchalik esa meni yeru ko'kka ishonmaydigan otam menga qo'ng'iroq qilmaydigan, xabar yozmaydigan bo'ldilar. Juda ko'nglim og'rigan. Bir kuni onam "dadang qizimning o'qishlari qanday ketyapti, puli bormikan, sog'lig'i yaxshimikan, ortiqcha bezovtagarchiliklar bo'lmayaptimikan, so'ra o'zing", deganlarini aytdilar. Ular menga juda ishonishadi. Toshkentga kelganimda menda aynan soham doirasida qandaydir reja, aniq maqsad bo'lmagan. Shu sabab boshida qiynaldim. Atrofimdagi do'stlarim, kursdoshlarim qilayotgan ishlarni ko'rib biroz tushkunlikka ham tushganman. Keyinchalik anglab yetganim, inson o'zi xohlagan, shug'ullanib maroq oladigan ishni qilgani ma'qul ekan. Mehr qo'ymasdan, o'zini majburlab amalga oshirilgan harakat baribir hech qanday foyda bermas ekan. 3-kursgacha o'zimning turli sohalardan ketishim haqida o'yladim. Huquq, yuridik sohalar, xalqaro munosabatlar, masalan. Lekin keyinchalik ustozim Husniddin Atoning turtkisi bilan fotojurnalistika yo'nalishini tanladim. Bu inson mendagi o'zim ko'rolmagan qobiliyatni ko'ra oldi, iste'dodga amaliyotni qo'shib, harakat qilishga undadi, ba'zan dakki berdi, majburladi, har holda hozirgi Dilruhni shakllantirdi, desam ham bo'ladi. Foto: Dilruh Isomiddinovaning shaxsiy arxividan. Ko'pchilik qizlar o'qishga kirgach 1−2 yildan keyin turmushga chiqib ketishiga sabab ularda maqsad yo'qligi, menimcha . Yoki qizlarning ota-onasi ularni to'g'ri tushunmasligi, ularni qo'llab-quvvatlamasligi, farzandining maqsadlari, salohiyati, qiziqishi haqida qayg'urmasligi va qizlarning ota-onasi yonida andisha qilib, ularning ra'yiga qarshi borolmasligi sabab bo'lishi mumkin. Hech bir qiz ota-onasi "o'qiysan", desa, "Yo'q, men erga tegaman", demaydi. Bu borada ikki xil holat bo'lishi mumkin: qizga sovchi kelgach, qiz "yo'q, men turmushga chiqmayman, o'qishim, ishlashim kerak", deb turib olishi yoki ota-onasining gapiga ko'nib oila qurishi mumkin. Yana bir toifa qizlar ham bor: ular o'zlarini oila bekasi sifatida ko'rishadi faqat. Shaxsan o'zimda bunday holat deyarli bo'lmagan. Men oilada bitta qiz bo'lganim sabab avvalo o'z maqsadlarimga erishishimni xohlashgan oilamdagilar. O'qishga kirganimdan so'ng ular menga "sen faqat o'qishni, ishni o'yla. Seni boshqa narsa bilan chalg'itmaymiz", deb bot-bot takrorlashgan. Hattoki uyga kelgan sovchilar yoki meni ortimdan surishtirganlar haqida ham bilmayman. Foto: Dilruh Isomiddinovaning shaxsiy arxividan. Ijarada yashaydigan qizlar qarindoshinikida yashaydigan qizlardan mustaqilroq bo'ladi, menimcha. Ijarada yashaydiganlar o'zi uchun bozorlik qiladi, o'zi uchun ovqat tayyorlaydi, o'zi uchun daromad topishga urinadi va hokazo. U boshqacha tarbiyalanadi. Mening ham xarakterimdagi ko'p jihatlar o'zgarishiga shu sabab bo'lgan, nazdimda. Oz bo'lsada diydam qotdi, ijtimoiy munosabatlarni, qay vaziyatda qanday harakat qilish samara berishini, holatlarni, insonlarni baholashni o'rgandim, dehqonchasiga aytganda, oq-qorani tanidim. Ba'zi holatlar bo'ladi, ota-onam menga biror muammosini aytmaydi. Ular kasal bo'lsa ham boshqalardan eshitaman. Ammo shunday tanishlarim bor, ular ota-onasi bilan har soatda gaplashib turadi, ularga hayotidagi hamma narsa haqida tortinmay aytishadi. Menimcha, bu noto'g'ri. Qiz bola yoshlikdan qaysidir ma'noda gap tashuvchi bo'lyaptimi, turmush qurgandan keyin ham bu holat davom etishi mumkin. Tanishlarimdan ayrimlarining aynan shu holatlar sabab oilasi buzilib ketgan. Turmush qursam kasbimni, shubhasiz, davom ettiraman. Turmush quradigan insonim menga shu imkoniyatni bersa, shunga ishonchim komil bo'lsagina turmush quraman, ya'ni "ishlatmayman, uyda olib o'tiraman", degan inson bilan oila qurish haqida o'ylamaganman. Bekorga shuncha vaqtim, mehnatimni sarflab tahsil olmadim, bekorga ota-onam yiliga o'n millionlab kontrakt to'lamadi, men o'z bilimlarim ertaga farzandlarimgagina emas, butun sayyoraga, hech yo'q bir jamiyatga foyda berishini chin dildan xohlayman. Jamiyatda ayollarga bo'lgan munosabatdan menga bepisandlik yoqmaydi. Ayollarga qo'lidan hech narsa kelmaydigan, faqat uyda o'tiradigan, farzand tarbiyalab, ovqat pishirib o'tiradigan odam, deb qarashlari yoqmaydi. Uzoq viloyatdan shaharga kelib o'qiydigan qizga nisbatan shubha nigohi bilan qarab baho berishlari yoqmaydi . Deylik, u qishloq qizi bo'lsa "axloqi buzilib, tarbiyasi yomonlashib ketishi, biroz pardoz qilsa o'zgarib ketibdi, shaharga borib buzilibdi", degan gap-so'zlarni urchitishlari yoqmaydi. Endi hayotga ulg'aygan nigoh, yuksak orzu-umid bilan qaray boshlagan qizni majburlab turmushga berib to'rt devor ichiga qamab qo'yishlari yoqmaydi. Biror o'rtog'i bilan kelishib, va'dalashib qo'ygan ota yoki onaning lafzim bor deb qizining fikrini eshitmay, ko'nglini bilmay uzatib yuborishi yoqmaydi. Foto: Dilruh Isomiddinovaning shaxsiy arxividan. Viloyatlardagi o'zim tengi qizga, avvalo, turmush qurishga shoshilmasligini maslahat beraman. Turmush qurishdan avval ko'p maqsad va rejalarini amalga oshirishga ulgurish kerak. Keyinchalik ro'zg'or bilan bo'lib o'ylaganlarini qila olmasligi mumkin. Qizlik vaqtida o'qishga, o'z yo'lini, o'rnini topib olishga ulgurishi kerak. O'qishga qiziqsin, bir maqsadi bo'lsin. Shunchaki diplom uchun emas, nimadir o'rganish uchun o'qisin. Agar ta'lim tizimidan qoniqmasa, o'z ustida ishlasin. Ko'pchilikda iqtidor, iste'dod bo'lsa ham buni yuzaga chiqarishga turtki beradigan motiv bo'lmaydi. O'ziga yaxshi ustoz topsin. Ota-onasi uni tushunmasa, ular bilan bafurja gaplashsin. Ko'nglini ochsin. Ota-ona hech qachon o'z vujudidan paydo bo'lgan farzandiga yomonlik ravo ko'rmaydi. "Gazeta.uz" avvalroq intervyularning 1-qismini e'lon qilgan edi .
advice
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda Osiyo oshxonasi taomlari retseptlarini taqdim etadi. Tom yam Tailandning eng mashhur sho'rvalaridan biri bo'lib, o'ziga xos ta'm va juda yoqimli hidi bilan qo'pchilikka manzur keladi. Xitoycha go'sht — mamlakat oshxonasining klassik taomidir. Juda oson tayyorlanadigan go'sht va sabzavotlar qovurmasi mazali va noodatiy ta'mga ega bo'lib pishadi. Tovuq qanotchalari uchun ajoyib marinad retseptini taqdim etamiz. Soya qaylasi, asal, sarimsoq va limon sharbati ta'mlari ushbu taomni yanada mazali qiladi. Bunday g'ayrioddiy frikadelkalarning siri uning maxsus qaylasidadir. Siz ushbu qaylani uyda bemalol tayyorlay olasiz. Faqatgina bizning retseptimizdan uni qanday tayyorlanishini bilib olsangiz bas. Ushbu taom ichi mayin va suvli, usti esa qarsildoq bo'lib pishadi. Garniriga istagan mahsulotlardan foydalanishingiz mumkin. Kechki taom juda tez tayyorlanilishini istovchilarga bu retseptga e'tibor qaratishni tavsiya qilamiz. Kunjut solib pishirilgan tovuq oyoqchalarining ta'mi restoranlardagi osiyo taomlaridan umuman farq qilmaydi. Yana ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
1 oktabrdan boshlab O'zbekistonda avtomobil oynalarining tusini o'zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatni faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP, my.gov.uz) orqali olish mumkin bo'ladi. Xizmat hozirda ishga tushgan va barcha xohlovchilar uchun faoliyat ko'rsatmoqda. Ruxsatnoma — QR-kodli elektron sertifikat bo'lib, to'lov to'langan vaqtdan boshlab 2 soat ichida 1 yil muddatga beriladi. Agar kerak bo'lsa, uni qog'ozga chiqartirib olish mumkin. 1 sentabrdan boshlab haydovchilar «tonirovka» uchun ruxsatnomani o'zlari bilan olib yurishlari shart emas : YHXDX inspektorlari planshet orqali uning borligini mustaqil tekshira oladilar. YAIDXP orqali «tonirovka» uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish tartibini tushuntirib o'tamiz. Eslatib o'tamiz, endi uning narxi 10% arzonroq. Hukumat qaroriga ko'ra, avtomobilning orqa shamol oynasini maxsus ruxsatsiz 100% qoraytirish mumkin. Bundan tashqari, old oynaning yuqori qismiga kengligi 14 sm gacha bo'lgan 100%gacha qoraytirilgan chiziq tortishga ruxsat beriladi. Jismoniy va yuridik shaxslar YAIDXP orqali ruxsat olish uchun murojaat qilganda, to'lovlarning quyidagi stavkalar belgilangan (ilgari belgilangan miqdorning 90%): Old eshiklarning yon oynalarini 50%gacha, orqa oynalarni esa 100%gacha qoraytirish mumkin. Oynalarni qoraytirishga ruxsat olish uchun my.gov.uz saytiga o'tish va «Transport» xizmatlar bo'limida « Avto oynalarining tusini o'zgartirish » xizmatini tanlash kerak. Keyin «Xizmatdan foydalanish» tugmasini bosish kerak. Ruxsatnomani rasmiylashtirishdan oldin my.gov.uz saytidan foydalanuvchi logini va parolini kiritish kerak. Agar YAIDXPda ro'yxatdan o'tilmagan bo'lsa, shu yerning o'zida darhol ro'yxatdan o'tish mumkin. Birinchi oynada ariza maqsadini tanlash lozim. Agar ruxsatnoma birinchi marta rasmiylashtirilayotgan bo'lsa, «Yangi rasmiylashtirish»ni tanlang. Keyingi bosqichda to'liq ism sharifni, JSHSHIR, pasport ma'lumotlarini, telefon raqamini, shuningdek, yashash hududi va tumanni ko'rsatish kerak. Ko'p maydonlar YAIDXP ma'lumotlar bazasi asosida avtomatik tarzda to'ldiriladi. So'ng, transport vositasining davlat raqami hamda texnik pasportning raqami va seriyasini ko'rsatish kerak. Shu yerning o'zida qoraytirish turini tanlash lozim: faqat orqa yon oynalarmi yoki to'liq qoraytirishmi. Muhim: agar siz mashinani endigina ro'yxatdan o'tkazgan bo'lsangiz va yangi texnik pasport olgan bo'lsangiz, mashina haqidagi ma'lumotlar bir necha soat ichida ma'lumotlar bazasida paydo bo'lishi mumkin. Shu sababli mashinaga tus berish ruxsatnomasini keyinroq rasmiylashtirish mumkin bo'ladi. Arizani to'ldirgandan so'ng, bank orqali to'lov uchun kvitansiyani yuklab olish yoki to'lov tizimlari orqali xizmat uchun pul to'lash mumkin. Tonirovka uchun to'lovni amalga oshirish turlari: To'lov tizimlari orqali. 1 oktabr holatiga ko'ra, kvitansiyani Upay va PaySys tizimlari orqali to'lash mumkin. To'lov uchun faqatgina kvitansiya invoys raqami kerak bo'ladi. G'aznachilikning joriy hisob raqamiga o'tkazish. Barcha kerakli rekvizitlar kvitansiyada ko'rsatilgan. Bank kassalarida. To'lovni Munis banklararo to'lov tizimiga ulangan har qanday bankda amalga oshirish mumkin. «Tonirovka» uchun to'g'ridan-to'g'ri YAIDXPdagi to'lov tizimlari orqali to'lash tezroq va qulayroq. To'lov tizimlaridan birini tanlagandan so'ng, invoys raqami ostidagi «Tekshirish» tugmasini bosish kerak. So'ngra to'lov sahifasida barcha ma'lumotlarni tekshirish va plastik kartaning to'lov tafsilotlarini, shuningdek telefon raqamini kiritish kerak. To'lovdan so'ng, tizim kvitansiyani taqdim etadi va darhol «tonirovka» uchun elektron sertifikat taqdim qiladi. QR-kodli elektron sertifikatni YAIDXP « Mening arizalarim » bo'limida yoki «tonirovkani» rasmiylashtirish sahifasida kompyuter yoki smartfonga yuklab olish mumkin. Kerak bo'lganda uni chiqartirib olib, o'zi bilan olib yurish mumkin. Shundan so'ng, avtotransport oynalarini qoraytirish bo'yicha mutaxassislarga murojaat qilish mumkin.
advice
Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda nonushta uchun tayyolasa bo'ladigan yeguliklar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Ushbu pirojkalar xamirturushsiz tayyorlanib, juda yumshoq, xushbo'y va mazali bo'lib pishadi. Bunday xamir bilan siz har qanday nachinkali pirojka tayyorlashingiz mumkin. «Nuqta-nuqta"li noodatiy quymoqlar — istalgan qiyma bilan mos keladigan ajoyib desertdir. Bunday quymoqlarni tayyorlash esa juda ham oson. Ushbu tez tayyor bo'ladigan pirog — nonushta uchun juda qulay va kam vaqtni talab qiluvchi, juda mazali yegulikdir. Biz to'yimli va ishtahaochar bo'lgan, tovuqli sloykalar tayyorlashingizni maslahat beramiz. Agar nachinkani yana mayin pishloq va ko'kat bilan to'ldirsa, ular yanada mazali bo'ladi. Fransuzlar nonushtaga nafaqat kruasan, balki mazali tostlardan ham iste'mol qilishadi. Sizlar bilan mazali va tez tayyor bo'ladigan nonushta retsepti bilan bo'lishamiz. Mazali lavashli naychalar retseptini taqdim etamiz. Ularni ketchup yoki xohlagan sous bilan birga tortishingiz mumkin. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
Kecha, 12 iyul — butun dunyo bo'ylab fotosuratchilar kuni nishonlandi. Bu kun Kodak asoschisi, fotosuratlardan foydalanish imkoniyatini hamma uchun ochib bergan Jorj Istmanning tug'ilgan kuni bilan bog'liq. «Gazeta.uz» 35 Awards 2020 xalqaro tanlovida o'zbekistonlik fotosuratchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi ishlarni to'pladi. Tanlovda har yili dunyoning eng yaxshi fotosuratchilari va eng yaxshi fotosuratlar tanlab olinadi. Bu yil tanlovda 173 mamlakatdan 39 ming kishi ishtirok etmoqda, shu jumladan O'zbekistondan 295 nafar ishtirokchi qatnashmokda.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda uyda tayyorlasa bo'ladigan muzqaymoqlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Mana bunday qaymoqli muzqaymoqni tayyorlash juda ham oson — maxsus idish ham, muntazam aralashtirib turish ham shart emas. 3 xil masalliq va natijasi sizga shubhasiz yoqadi. Bu muzqaymoqning yaxshi tomoni shunda-ki, u vazningizning oshib ketishiga sababchi bo'lmaydi. Bananlarning muzlatilishi sababdan ham, muzqaymoq kremsimon ta'mga ega bo'ladi. Rezavor mevalardan xohlaganingizni solishingiz mumkin. Rezavor mevalar, yogurt va asal solib tayyorlaniladigan bu muzqaymoq nafaqat mazali, balki juda foydali hamdir. Shaftolili muzqaymoq ham xuddi qolganlariga o'xshab, uy sharoitida tez va oson tayyorlanadi. Agarda retsept to'g'ri tanlansa, bu jarayon yanada oson kechadi. Ushbu retsept bo'yicha tayyorlangan muzqaymoq juda nozik va mazali bo'lib chiqadi. Uni oldindan tayyorlab qo'yib, so'ngra istalgan payt dasturxonga tortishingiz mumkin. Banan va rezavor mevalardan tayyorlaniladigan bu muzqaymoq juda mazali bo'lib, ishoning, hech bir mashhur brendli muzqaymoq unga tenglasha olmaydi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
AnotherDay Telegram kanali muallifi Jahongir Azimov AQShdagi Emori Universitetida fan doktori unvonini olgan Donoxon Abdug'afurova bilan uning akademik sohadagi yo'li, tadqiqotlari hamda afsonaviy yozuvchi, Anbar Otin haqida suhbatlashdi . «Gazeta.uz» ushbu intervyuning o'zbek tiliga tarjimasini taqdim etadi. Namangan viloyatining Yorqo'rg'on qishlog'ida katta bo'lgan Donoxon Abdug'afurova yoshligidan — dalada ishlab yurgan vaqtlaridan — universitetda o'qishni orzu qilardi. U o'z maqsadiga erishdi. Avval Namangan davlat universitetida bakalavr darajasini oldi, 2001−2002 o'quv yilida gumanitar fanlar sohasida prezident stipendiyasi sohibasi bo'ldi, keyin Vayoming universitetida (AQSh) magistraturada o'qidi, endi esa Emori Universitetida Islom sivilizatsiyalari (gender, din va tarix bo'yicha) yo'nalishida fan doktori unvonini oldi. Donoxon ortga nazar tashlab, bolaligini eslaydi. «Men o'zbek adabiyotini doim yaxshi ko'rardim», — deydi u. Uning ta'lim olishida katta rol o'ynagan akasi uyga gazeta olib kelar va uni katta sarlavhalar orqali o'qishga o'rgatar edi. (Keyinchalik, u qarindoshi Farog'at bilan badiy asarlarni muhokama qilar edi). Adabiyotning katta ixlosmandi bo'lgan akasi o'z yozgan she'rlarini Donoxonga o'qib berar edi. «Lekin men she'r yoza olardim deyolmayman», — aniqlashtiradi u. O'sha vaqtlardayoq Donoxon o'zini tadqiqotchi sifatida sinab ko'rar va akasining she'rlarini tahlil qilar edi. Yillar o'tib, bu qiziqishlar uni AQShning Jorjiya shtatidagi Emori Universitetining doktoranturasiga yetaklab keldi. Donoxon — tadqiqotchi, olima va fan doktori. Uning keng qamrovli qiziqishlari o'zbek adabiyoti, o'zbek she'riyati, o'zbek jamiyatida odobning (madaniyatlilik) roli hamda O'zbekiston tarixida ayol yozuvchilar va shoiralarni o'z ichiga oladi. «Mening qiziqishlarim uzoq vaqt davomida shakllangan, — deydi Donoxon. — Bunda muhim rolni Namangan davlat universitetidagi ta'lim o'ynagan». Buni u doktoranturaga suhbatdan o'tayotganida tushungan. Ba'zan sen to'g'ri yo'lda ekanligingni tushunish uchun juda ko'p vaqt talab etiladi. O'shanda Donoxondan «Nega aynan siz ushbu dasturga mossiz?» deb so'rashganida, u O'zbekistonda olgan ta'limi orqali Markaziy Osiyo tarixi, adabiyoti va madaniyati bo'yicha kuchli nomzod ekanligi va qolaversa mutaxassislikka mo'ljallangan O'zbekiston ta'lim tizimi Amerika oliy ta'lim tizimidan farq qilishini aytadi. O'zbekiston ta'lim tizimi bilan solishtirganda, Amerikadagi bakalavr talabalari o'qishga kirishda ma'lum mutaxassislikni tanlashni talab qilmaydi. Talabalar o'qish jarayonida umumiy bilimlarini olishadi va hattoki uchinchi va to'rtinchi kurslarida ham o'z yo'nalishlarini o'zgartirishlari mumkin. Donoxon Kibriyo Qahhorovaga doir ilmiy ishlari haqida maktab o'quvchilariga so'zlab bermoqda (Rasmda Adabiyotshunos Olima Marxabo Qo'chqorova bilan) Abdulla Qahhor Uy Muzeyi, Toshkent, 2018 yil. Foto: Donoxon Abdug'afurovaning shaxsiy arxividan. Donoxon ilmiy ishlari orqali stereotiplarni yengishni xohlaydi, doktoranturani esa o'zining aniq maqsadi deb ataydi. «Men AQShda doktoranturadagi o'qishimga qancha vaqt sarflashimni bilmasdim, lekin o'z maqsadimga erishishni xohlardim», — deya qo'shimcha qiladi u. Donoxonning aytishicha, Amerikada universitetga kirish uchun faqat xohishning o'zi yetishmaydi. Yo'nalishni aniqlash va qayerga topshirishni ham bilish kerak. Boshida u Amerikadagi oliygohda o'zbek tilidan dars berish haqida ham o'ylagan, lekin bunday imkoniyatlar kam bo'lganligi uchun u boshqa imkoniyatlarni izlagan. Shunda u «Emori»ga to'qnash keladi. «Bu imkoniyat menga o'z qiziqishlarim va oldingi tajribamni birlashtirish imkoniyatini berdi», — deydi u. Donoxonning disertatsiyasi quyidagicha nomlanadi: « P ublic Selves, Private Selves and Mirrored Selves: Muslim Central Asian Women's Approaches to Life Writing ». Boshqacha qilib aytganda, u Sovet O'zbekistonida o'zbek yozuvchi-ayollari va shoiralari o'z hayotlarini asarlarida qanday tasvirlaganlarini o'rganadi. Ular orasida Saida Zunnunova, Zulfiya, Zarifa Saidnosirova, Kibriyo Qahhorovalar bor. Ijoddan tashqari, ushbu ayollarni o'zbek yozuvchilarining turmush o'rtoqlari bo'lganliklari ham birlashtiradi, shuningdek, ular ilmiy/badiiy asarlar ham yozishgan. «Mirrored (Oyna) metaforasini men ayollarning jamoatchilik oldidagi va shaxsiy obrazlarining o'zaro aloqasini adabiy asarlardagi ko'rinishini ifodalash uchun ishlataman», — deya tushuntiradi u. Donoxon o'rgangan yozuvchi-ayollar orasida Anbar Otin ham bor, lekin u dissertatsiyaga kiritilmagan. Anbar — o'zbek adabiyotida yorqin, lekin afsonaviy shaxs, uning hayot bo'lganligi adabiyot doiralarida shubha ostiga olinsada, uning asarlari, ayniqsa «Qoralar Falsafasi» asari jamiyatdagi bir qator muammolarni ko'taradi. Donoxon u haqida bir nechta maqolalar yozgan. Maqolalarida Anbarning haqiqatda bo'lganligi yoki bo'lmaganligi emas, mavjud asarning ayollar qayg'usi, tashvishi va orzularining ifodasi ekanligiga va asrning badiiy va ijtimoiy qimmatiga e'tibor qaratadi. — Payqagan bo'lsangiz kerak, Anbar Otin juda qiziq shaxs, ba'zilar u hayot bo'lmagan ham deyishadi. Biroq bizda uning asarlari bor. Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, u 1870 yilda Qo'qonda tug'ilgan va taxminan 1915 yilda vafot etgan. U juda qisqa umr ko'rgan — bor yo'g'i 45 yil. Boy xotinlar uni «tili o'tkirligi» sababli zinadan itarib yuborishganligi oqibatida Anbar umrining oxirigacha falaj bo'lib qoladi. Anbar «Risalai Falsafai Siyohon» asari orqali shuhrat qozonadi. «Risala» faqatgina 43 betdan iborat bo'lganligiga qaramasdan juda ham muhim asar. U asarda oddiy va xo'rlangan odamlar hayoti haqida yozadi. U yordamga muhtojlarni barcha narsaga qodirlardan ajratadi. Uning qalami o'tkir, bu esa ayrim erkaklarning g'azabini keltirgan. O'ylaymanki, erkaklar tomonidan bunday munosabat bo'lishi tabiiy holat edi, bunday munosabatlar boshqa jamiyatlarda ham kuzatilgan. Fors shoiralarini o'rganuvchi eronlik tadqiqotchi yozgan edi. Jamiyatdagi mavjud qoidalar asosida : «Agar oldingizda yaxshi adabiy asar turgan bo'lsa, u ayol kishining qalamiga mansub bo'lishi dargumon (deb o'ylashadi). Agar ayolning talantini tan olsang, adabiyotga hurmatsizlik qilgan bo'lasan». Bu yerda erkaklar ayollar kuchli asar yozolmaydi degan fikrga yopishib qolishgani va shu orqali adabiyotni o'z nazoratlari ostida ushlashlari ko'rsatib o'tilgan. Men Anbar hayot bo'lganligi yoki yo'qligini isbotlash bilan shug'ullanmoqchi emasman. Bizda uning jamiyatning og'riqli nuqtalarini ochib beruvchi ijtimoiy muammolar haqida hikoya qiladigan asarlari bor, shuning uchun ularni o'rganish muhim. — Bu o'qishni bilish va yoza olishni anglatardi. Bu qizlar uchun boshlang'ich bosqich bo'lgan. Tarixdan bilamizki, qizlarni yozishdan ko'ra o'qishga ko'proq o'rgatishgan, chunki odamlar: «Agar qiz bola yozishni o'rgansa, u ishqiy xatlar yozishni boshlaydi», deb o'ylashgan va ta'qiqlashgan . Anbar Dilshod Barnodan ta'lim olgan. Dilshod mahalladagi otin bo'lgan. Qizlar boshlang'ich ta'limni otinlardan olishardi. Ular mahallalardagi diniy bilimli ayollar bo'lgan. Shuningdek, o'qimishli ayollar ham otin sanalgan. Ba'zida imomlarning xotinlari yoki adabiyot bilan tanish bo'lganlar ham qizlarga dars berishgan, chunki boshlang'ich ta'lim dinga ham, dunyoviy ilmlarga ham o'qitishni o'z ichiga olardi. O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi, Vashington, 2019 yil. Foto: Donoxon Abdug'afurovaning shaxsiy arxividan. — Agar ayol kishiga otin deb murojaat qilinsa, bu odamlar uning ziyoli ekanligini tan olishlarini anglatar edi. Anbar o'z bilimlari bilan o'zini ushbu maqomga loyiq deb bilgan. Nodiriy, Uvaysiy va Moxlar-Oyimdan farqli o'laroq, Anbar o'zining haqiqiy ismi bilan ijod qilgan. Buni uning shaxsiyatining bir qismi deb bilaman. — U 45 yil yashadi. Bu fojia uning farzandlari bo'lgan paytda sodir bo'lgan. U kasal bo'lgan yillarda qizi unga yordam bergani haqida yozadi. Anbar o'g'li va boshqa farzandlari haqida ham yozgan. Bu baxtsiz hodisa albatta uning ijodida iz qoldirgan. Biz uning asarlarida melanxolik va depressiv kayfiyatni ko'rishimiz mumkin. Biroq, u kelajakni o'zi ko'ra olmasligini bilsa ham, uni yorqin deb tasavvur qilardi. — Bilim olish orqali. U «qaro tun» va «qaro zulmat» so'zlarini ishlatadi. Yorug'lik bilim ma'nosida ham ishlatiladi. — Men u siyosiy faol bo'lgan deyishdan tiyilardim, chunki 19−20 asrdagi siyosiy faollik jadidlarga xos bo'lgan. Ayollar unchalik faol bo'lmagan, deb o'ylaymiz, lekin Temur Ko'chi O'g'li bunday fikrda emas. To'g'ri, jadidlar doirasida faol ayollar bo'lgan, lekin men Anbar ularga taalluqli bo'lgan demasdim. U shunchaki o'zining hissiyotlari, fikrlari va umidlari bilan bo'lishgan. — Markaziy Osiyoda adabiy an'analar kuchli bo'lgan, bu Qo'qon xonligida Umarxon hukmronligi bilan ham bog'liq. Umarxon adabiyotni yaxshi ko'rgan, o'zi ham ijod qilgan, shoirlarni qo'llab-quvvatlagan. Uning turmush o'rtog'i, Nodira ham she'riyatni yaxshi ko'rgan va ayollar o'rtasida adabiy aloqalarni o'rnatgan. U Uvaysiyni xonlikka taklif qilgan. Va bu adabiy doiralarda «domino effekti» ish bergan, bu Anbarning adabiyotga qiziqishini ham tushuntiradi. — U ba'zi she'rlarida shunday yozadi: «Ex, Anbarotincha, bu haqida gapirma, ko'p odamlar bunday so'zlarni deb jonidan ayrilgan, sen shunchaki ayolsan». U yozuvchilik erkaklarga tegishli ekanligini tushungan, bu bir tomondan u nima uchun o'z asarlarini ommaga taqdim etishdan qo'rqqanini tushuntiradi. Adabiy doiralar ayol yozuvchilar uchun ochiq bo'lsa ham, hukumat va diniy rahbarlarning tanqid qilinishi katta jasorat edi. AQShdagi Jorj Vashington Universiteti, 2019 yil. Foto: Donoxon Abdug'afurovaning shaxsiy arxividan. — Ha, u quyidagi so'zlarni yozadi: Jahon-og'uga kelgan Anbar Otinman, G'amu qayg'uga kelgan Anbar Otinman. Yamon soatda keldim men jahonga, Ini joduga kelgan Anbar Otinman. Adab ahli oyoq ostida xordur, Chunin yog'uga kelgan Anbar Otinman. Uning ijodida vaqt tushunchasi va tarifi juda qayg'uli. O'quvchi Anbarning noto'g'ri vaqtda dunyoga kelganman degan iddaosini tushunadi, chunki uning dunyosi himoyasiz edi, u vaqtda juda ayanchli narsalar sodir bo'layotgan edi. Shuning uchun ham, u hayotida duch kelgan barcha qiyinchiliklar o'sha vaqtga xos ilojsiz ekanini tan oladi. — Nima haqida gapirayotganligingizni endi tushundim. «Erta» yoki «o'z vaqtida» tushunchalari ko'plab omillarga bog'liq bo'lishi mumkin. Uning melanxolik kayfiyatini inobatga olsak, balki uning so'zlarida og'ir psixologik holat aks etgandir. Agar ayollar qandaydir maqsadlariga erisha olishlari haqida gapirsak, u yaxshiroq vaqtlar oldindaligini nazarda tutgan. Uning fikriga ko'ra, ayol kishi ta'lim olishi va kuchli bo'lishi mumkin bo'lgan vaqt keladi. U shu orqali o'zini kelgusi zamon yaxshi bo'lishiga ishontirgan. Donoxonning akademik yo'li shu bilan tugab qolmaydi, balki endi boshlanmoqda. Kelajakda u islom etikasi, kelinlarning qariyalar va ota-onalar haqida g'amxo'rlik qilishdagi o'rni masalalarini o'rganishni rejalashtirmoqda. «Qariyalar haqida qayg'urish bo'yicha g'arb ijtimoiy normalari sharqnikidan farq qiladi, va men uchun bu muhim yo'nalish», — deydi u. Intervyumiz so'ngida men Donoxondan unga qanday savol berishimni xohlashini so'radim. U esa «Donoxon o'zi kim?» degan savol bilan yuzlanishimni so'radi. Donoxon — dalada ishlashni yomon ko'rgan va ta'limni yagona qutqaruv yo'li deb bilgan qishloq qizi. Onasi erisha olmagan maqsadni ro'yobga chiqargan qizaloq ta'lim olib, onasining faxri bo'ldi. Akademik karera qilish uchun ota-onasining oq fotihasini olgan va turmush o'rtog'i tomonidan qo'llab-quvvatlangan, fan doktori bo'lgan «qizaloq».
advice
Koronavirus ommaviy emlash yechimi bo'lgan yagona kasallik emas. Dunyo bo'ylab yuz millionlab odamlar vaksinalar ixtiro qilingani sababli omon qolishgan. Bir necha millionlab odamlar kasalliklarning og'ir oqibatlariga duchor bo'lmasdan, normal hayotga qaytganlar. BBC rus tilidagi xizmati dunyoda juda keng avj olgan viruslar va ularga qarshi ishlab chiqilgan vaksinalar odamlarning hayotini qanday o'zgartirganiga bir nechta misollarni taqdim etgan edi. «Gazeta.uz» ushbu maqoladan eng asosiy joylarini tarjima qildi. Foto: medalmanah.ru 20-asrning o'zida ushbu o'ta yuqumli virusli kasallik 300 milliondan ortiq odamning hayotiga zomin bo'lgan . Avvalgi davrlarda qurbon bo'lganlar sonini sanab ham bo'lmaydi. Chechak bilan kasallanganlarning taxminan 30 foizi ko'pincha azoblanib vafot etgan, chunki ularning butun tanasi yiringli yaralar bilan qoplangan. Qolganlari esa bir umrga ko'zi ojiz bo'lib qolishgan yoki terilari ustida dahshatli izlar bilan yashashga majbur bo'lishgan. Asrlar davomida odamlar umidsiz ravishda chechakka davo izlaganlar va oxir-oqibat ular birinchi vaksinani yaratishga muvaffaq bo'lganlar. Kasallikning sun'iy ravishda qo'zg'atilgan yengil shakli odamlarda immunitet hosil qilishi mumkin degan fikr, ehtimol Xitoyda tug'ilgan. Ba'zi manbalarda aytilishicha, taxminan 1000 yil davomida u yerda odamlar chechak bilan kasallangan bemorlarning mayda ezilgan qoraqo'tirlaridan kukunni hidlashgan yoki quloqlariga chechak yiringiga botirilgan paxta tolalarini kiritishgan. Afrikada yiring bilan namlangan ipni igna bilan teridan o'tkazishgan. O'n sakkizinchi asrda Britaniyada chechakka qarshi emlashni taniqli aristokrat Meri Montegyu targ'ib qilgan, u o'zi yoshligida chechak bilan kasallangan va eri elchi bo'lib ishlagan Turkiyadagi tegishli amaliyotlar bilan tanish bo'lgan. Ammo u taklif etgan usul unchalik ishonchli bo'lmagan. Natijada, taxminan har o'ttiz bemorning bittasi chechakning og'ir shakli bilan kasal bo'lib, vafot etgan. Ingliz fermerlari sigir chechagi odam uchun yuqumli ekanligi, ammo o'limga olib kelmasligini ancha oldin payqashgan edi. Ushbu hodisani o'rganib chiqqan shifokor Edvard Jenner sigir chechagi asosida ishonchli va xavfsiz vaksinani yaratgan. 1796 yil 14 mayda Jenner bir fermerning sakkiz yoshli o'g'li Jeyms Fippsni ushbu vaksina bilan emlagan va u keksalik davrigacha yashagan. Jenner ikki yildan so'ng o'z hisobidan mashhur «Sigir chechagining sabablari va oqibatlarini o'rganish» risolasini nashr etgan. Chunki Qirollik ilmiy jamiyati uning uslubiga ishonchsizlik bilan qaragan. Keyinchalik, Buyuk Britaniya armiyasi va dengiz floti askarlari buyruq asosida chechakka qarshi emlanganida shubhalar yo'qoldi, chunki hech kimda nojo'ya ta'sirlar kuzatilmadi. Deyarli yuz yil o'tgach, Lui Paster Jennerning sharafiga sun'iy immunitetni shakllantirish tamoyiliga asoslangan preparatlarni «vaksina» deb atashni taklif qiladi, lotinchada — «vacca» (sigir) so'zidan. Vaksina so'zining tarixga kirishida ham ushbu kashfiyot sabab bo'lgan. Kambag'al mamlakatlarda chechak 150 yildan ortiqroq davom etgan. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining 1967 yilda boshlangan ommaviy emlash dasturi uni amalda tugatishga yordam bergan. Millardlab odamlarni emlashning iloji bo'lmaganligi uchun, manzilli emlash usuli tanlangan. Birinchi marotaba bu uslub sharqiy Nigeriyada sinovdan o'tkazilgan. Chechak tarqalish o'choqlari tezda aniqlanib, ularga qo'shni hududlar aholisi emlangan. Natijada 12 millionlik aholisi bor hududni 750 ming kishini emlab chechak yo'qotilgan. Hozirgi vaqtda tirik chechak viruslari Yer yuzida faqat ikki joyda: Rossiya va AQShdagi eng yuqori darajadagi himoya laboratoriyalarida saqlanib qolgan. Foto: akhty-crb.ru Ushbu kasallik chechakka qaraganda ancha kam odamning hayotiga zomin bo'lgan, ammo tirik qolganlar og'ir oqibatlarga duchor bo'lganlar. Poliomiyelit asosan bolalik davrida yuqadi. Virus tanaga og'iz orqali, so'ngra qonga kiradi va asab tizimiga ta'sir qilib, ko'pincha davolab bo'lmaydigan falajlikka olib keladi. Kasallik asosan oyoqlarga ta'sir qiladi, ammo har o'ninchi bemor o'pka mushaklarining falaji natijasida bo'g'ilib, vafot etadi. Vaksinalar hali ixtiro qilinmagan davrda, bunday bemorlar uchun yagona umid — bu 1920-yillarda yaratilgan, «Temir o'pka» deb nomlangan maxsus kameralar ichidagi o'pkaning sun'iy shamollatilishi bo'lgan. Ushbu metall qurilmalarda odamlar bir necha hafta, ba'zan esa butun hayotlarini o'tkazganlar. Poliomiyelit, chechakdan farqli o'laroq, tashqi belgilarga ega bo'lmaganligi sababli, uning yuqumli tabiati faqat 1905 yilda shved shifokori Ivar Vikman tomonidan qayd etilgan. O'sha vaqtga kelib, yirik shaharlarda ichimlik suvi sifatining yaxshilanishi poliomiyelit bilan kasallanganlarning umumiy sonini ham, unga qarshi immunitetga ega bo'lganlarning foizini ham kamaytirgan. Kasallik o'choqlari ko'proq ko'rinadigan bo'lib qolgan. JSST ma'lumotlariga ko'ra, poliomiyelit asosan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga yuqadi. 1952 yilda amerikalik shifokor Jonas Salk poliomiyelitga qarshi vaksinani yaratdi. 1961 yilda uning hamkasbi Albert Seybin ukol bilan emas, yutish mumkin bo'lgan takomillashtirilgan versiyasini ishlab chiqqan. Shundan keyin AQSh va Yevropada kasallanish holatlari keskin kamaygan. Vaksinalar tarixidagi eng yomon xatolardan biri poliomiyelitga qarshi emlash bilan bog'liq. 1955 yilda Amerikaning Cutter Laboratories firmasi xatolik tufayli ichida tirik poliomiyelit virusi bo'lgan yuz mingdan ortiq dozadagi preparatni chiqarib yuborgan. Natijada, o'nta bola vafot etgan, 160 nafari umr bo'yi falaj bo'lib qolgan. 1988 yilda JSST butun dunyo bo'ylab poliomiyelitni yo'q qilish bo'yicha dastur boshlanganligini e'lon qilgan. «Ota-onalarning dahshati» deb nomlangan kasallikdan 1994 yilda Qo'shma Shtatlar, 2000 yilda Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya, 2002 yilda Yevropa, 2014 yilda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari ozod bo'ldi deb e'lon qilingan. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, poliomiyelitga qarshi emlash tufayli dunyoda bir yarim million kishi omon qolgan va 18 million kishi yura oladi. Hozirda poliomiyelit faqat Afg'oniston, Pokiston va Nigeriyada kuzataladi, yiliga o'nlab kasallanish holatlari qayd etiladi. Foto: cherinfo.ru Qizamiqqa qarshi emlash bir vaqtning o'zida ham muvaffaqiyat va ham muvaffaqiyatsizlikka misoldir. Butun dunyo e'tiborini tortgan Afrikada Ebola virusining tarqalishi 20 mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan bo'lsa, qizamiq 2019 yilda 207,5 ming kishining o'limiga sabab bo'lgan, ammo unga qarshi vaksina 1963 yildan beri mavjud. Vaksinadan voz kechish qizamiq bilan kasallanish darajasi oshishining asosiy sababi hisoblanadi. Juda yuqumli virus yo'tal va aksirish paytida, yoki to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilishda tupurik tomchilari bilan tarqalib, isitma va toshmalarga olib keladi. Og'ir holatlarda bemorning hayotiga xavf soluvchi — diareya, pnevmoniya va miya qatlamlarining yallig'lanishiga olib kelishi mumkin. Vaksina ixtiro qilinishidan oldin, qizamiq yiliga o'rtacha 2,6 million kishining hayotiga zomin bo'lgan. Ammo uni butunlay yengib chiqishning iloji bo'lmadi, chunki kasallikning yuqumlilik darajasi juda yuqori bo'lganligi tufayli jamoaviy immunitet faqat 95% aholi emlanganida paydo bo'ladi. AQSh va Yevropada emlanishga qarshi bo'lgan «antivaksinachilar»ning qarashlari ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqalishi sababli so'nggi yillarda qizamiq bilan kasallanish yana ko'paymoqda. Ularga turtki bergan narsa 1998 yilda e'lon qilingan, ingliz shifokori Endryu Ueykfildning qizamiq, tepki va qizilchaga qarshi kompbinatsiyalangan emlash bolalarda autizmni keltirib chiqarishi haqidagi shov-shuvli maqolasi edi. Garchi keyinchalik ushbu maqolalarda ma'lumotlar rad etilib, Ueykfildning o'zi ilmiy jihatdan yomon niyatda bo'lganligi uchun tibbiy litsenziyasidan mahrum qilingan bo'lsada, uning g'oyalari ildiz otib ketgan. Rivojlangan mamlakatlarda qizamiq bilan kasallanganlar nisbatan kamdan-kam hollarda vafot etsa, Afrikada ahvol yomonroq. 2019 yilda Kongo demokratik respublikasida qizamiq kasalligi 7000 dan ortiq odamning, asosan bolalarning o'limiga sabab bo'ldi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa chekka hududlarda, asosiy muammo stereotiplarda emas, balki vaksinaning yetishmasligi va tibbiy infratuzilmaning yo'qligida. JSST BMTga a'zo davlatlardan qizamiqqa qarshi emlash uchun 255 mln dollar qo'shimcha mablag' so'ragan. Foto: h-clinic.ru Bugungi kunga kelib insoniyatning deyarli yarmi bezgak bilan kasallanish xavfi ostida, har yili 400 ming odam bezgakdan vafot etadi. Bezgakni Plasmodium turkumidagi hasharot keltirib chiqaradi. Ushbu parazitlar odamlarni chaqadigan bezgak chivinlari tomonidan tarqaladi. Kasallikni bezgak chivinlari chaqishi bilan odamning qoniga tushadigan bir hujayrali parazitar bakteriya keltirib chiqaradi. Bezgakka qarshi kurashning asosiy usullari — bu chivinlar kelib chiqadigan botqoqlarni quritish, kasallikni erta davrida oldini oladigan chivinga qarshi to'rlar va dorilar hisoblanadi (biroq plazmodiy ularga ham bardosh bera olishi haqida ma'lumotlar bor). Bezgak, ayniqsa, bolalar o'limining eng qadimiy va jiddiy sabablaridan biri bo'lib qolmoqda. Har yili 200 milliondan ortiq odam bu kasallikka chalinadi. Bezgakka qarshi immunitetni shakllantiruvchi vaksina 32 yillik intensiv ishlar va 700 mln dollar sarflanganiga qaramay hali yaratilmagan. Yagona prototipi Gana, Malavi va Keniyada sinovdan o'tkazilmoqda, sinovlar 2023 yilda yakunlanishi kerak. Hozirgacha mavjud ma'lumotlarga ko'ra, mazkur vaksina bezgakdan o'rtacha 40% hollarda va to'rt yildan ortiq bo'lmagan muddatga himoya qiladi. Bu esa boshqa kasalliklarga qarshi emlashlarga nisbatan juda zaif ko'rsatkich hisoblanadi. Bunday holda, bir yoki ikki marta emas, balki to'rt marta emlanish kerak. Mutaxassislar bosiqlik bilan optimistik kayfiyatda bo'lib turishibdi, biroq vaksinaning bezgakka qarshi yagona davo bo'lishi dargumon ekanligi haqida ogohlantiradilar.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali toblatmalar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Makarondan tayyorlangan toblatma — taomnomaningizni boyitishning ajoyib usuli. Qolaversa bunday taomni bolalar ham sevib iste'mol qilishadi. Mayin qarsildoq xamir, sersuv asos va xushbo'y pishloqdan tayyorlangan toblatma katta va kichikka birdek yoqishi aniq. Uni ertalab nonushtaga tayyorlashingiz, yoki kechqurun tayyorlab, ertalab gaz pechida isitib, dasturxonga tortishingiz mumkin. Agar taom tayyorlashga ortiqcha vaqtingiz bo'lmasa, ushbu toblatma sizga as qotishi aniq. Buning uchun lavash, pishloq va ta'bga ko'ra ko'katlar kerak bo'ladi. Kartoshka va qo'ziqorin solib pishiriladigan toblatma juda to'yimli va mazali taomdir. Ortiqcha vaznga ta'sir ko'rstatmaydigan shirin toblatmaga nima deysiz? Uni albatta tayyorlab ko'ring. Kartoshkali pyure va pishloq bilan pishirilgan frikadelkali toblatma juda mazali ta'mga ega bo'lib, to'yimli tushlik yoki kechki taom bo'la oladi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishning yagona yo'li ommaviy emlash ekanligi aytilmoqda. Lekin, shunga qaramasdan butun dunyoda odamlarning bir qismi turli sabablarga ko'ra vaksina olishdan bosh tortmoqda. Ko'pgina mamlakatlar emlanishga ikkilanayotgan fuqarolarini vaksinatsiya jarayonlariga jalb qilish uchun rag'batlantirish yo'llarini qidirmoqda. Shuning uchun, ular vaksinatsiya bo'yicha targ'ibotidan tashqari lotereya, pul mukofotlari va turli bonuslar singari chora-tadbirlarni qo'llamoqda. Bloomberg bilan suhbatlashgan mutaxassislarning ta'kidlashlaricha , rag'batlantirishlar foyda berishi mumkin, chunki, odatda, sog'lom turmush tarziga rioya qilish bo'yicha oddiy chaqiriqlar kifoya qilmaydi. «Rag'batlantirish — odamlarning xulq-atvorini o'zgartiradi. Qo'rquv yoki xavf haqidagi hikoyalar orqali muloqot qilish samarasizdir», — deydi Shimoliy Karolina universiteti professori Noel Bryuer. Shu bilan birga, bu masalada mahalliy aholining konteksti va ehtiyojlari ham hisobga olinishi kerak. Shimoliy Karolinada vaksinaning birinchi dozasini olgan odamlarga 25 dollar to'landi. Bir tomondan, bu kamroq ko'rinishi mumkin, ammo kam daromadli hudud uchun bu samarali ish edi. The Bell nashrining yozishicha , dunyoning turli mamlakatlari vaksinatsiyada ishtirok etganlar uchun katta yutuqli lotereyalar o'tkazmoqda. Gonkongda vaksinalarga nisbatan jamiyatdagi ishonchsizlik yuqori bo'lganligi sababli emlash ishlari sekin borayotgan edi. Lekin, lotereyaning birinchi haftasida 1 milliondan ortiq emlangan fuqarolar Sino Group va Chinese Estates kompaniyalaridan qiymati 1,4 million dollar bo'lgan kvartiralarni yutib olish bo'yicha o'yinda qatnashish uchun ariza topshirishdi. Hozirda Gonkongda emlanishdan so'ng Tesla mashinasi yoki kvartira yutib olish mumkin. U yerda «vaksina-lotereyalarida» oltin quymasi, Rolex soatlari yoki 100 ming AQSh dollari ham o'ynaladi. Gonkongda emlashni rag'batlantirish kampaniyasi boshlanganidan beri vaksinaning ikkita dozasini olganlar soni ikki baravarga ko'payib, 2 milliondan oshgan. Nyu-Yorkda vaksina olgan har bir kishi 5 mln dollar yutib olishi mumkin. Ogayoda 5 kishi 1 mln dollardan, Merilend shtatida istiqomat qiluvchilar esa 40 mingdan 400 ming dollargacha pul mukofoti yutib olishi mumkin. Moskvada, emlanish uchun kelganlar orasida mashinalar, Podmoskoveda kvartiralar o'ynaladi. Rossiyaning yirik kompaniyalari xodimlarini koronavirusga qarshi emlanishga turli xil moddiy bonuslar, yutuqlar va boshqa usullar bilan rag'batlantirishga harakat qilmoqdalar. Masalan, «Alrosa» kompaniyasi emlangan ishchilar o'rtasida qorda yuradigan mashina (snegoxod) va Hyundai Solaris`ni o'ynamoqda, «Yevraz» va «Severstal» pul va boshqa yutuqlar bilan lotereyalar o'tkazmoqda, Magnitogorsk metallurgiya kombinati vaksina olganlik uchun dam olish kuni bermoqda, «Fosagro» esa emlangan xodimlarni dam olish joylariga bepul yo'llanmalar olish uchun navbatda oldinga suradi. Bunday lotereyalar o'z navbatida aholini emlashning iloji boricha yuqori ko'rsatkichlariga erishishdan manfaatdor bo'lgan mahalliy tadbirkorlik subyektlari yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun xususiy kompaniyalar fuqarolarni rag'batlantirish jarayonida ishtiyoq bilan ishtirok etadilar. Bloomberg ushbu rag'batlantirish choralari Rossiyada ish berayotganligi haqida yozgan edi . Rossiyadagi «Levada markazi»ning sotsiologi Denis Volkovning ta'kidlashicha, korxonalarning sa'y-harakatlari foyda beryapti, ammo ishontirish, targ'ibot va bosimsiz ko'p odamlar emlanishga tayyor emasliklarini ham kuzatish mumkin. To'g'ri, hech qanday lotereya vaksinatsiyaga mutlaq qarshi bo'lgan shaxslarni ishontira olmasligi mumkin, biroq shubhalanib, ikkilanayotganlarga turtki berishi mumkin. Boshqa tomondan, Ogayoda yaqinda o'tkazilgan vaksina lotereyalari bo'yicha tadqiqotlarda mazkur jarayonlar ba'zi ijobiy dinamikalar borligiga qaramay emlash tezligiga ta'sir qilganligi to'g'risida hech qanday dalil topilmadi. Lotereyalardan tashqari turli mamlakatlarda vaksina olganlik uchun qo'shimcha ravishda bonuslar ham joriy qilingan. Rossiya Moskvada emlangan fuqarolarga shahardagi kuzatuv maydonchasiga chipta beriladi. 16 iyundan boshlab, har kuni vaksinatsiya punktlariga 200 ta chiptalar ajratilishi ko'zda tutilgan. Shuningdek, poytaxtdagi GUMda yanvar oyida emlash punkti ochilgan. U yerda har ikki ukol uchun alohida mashhur shokoladli «Eskimo» muzqaymog'i ham beriladi. 60 yoshdan oshgan moskvaliklar uchun «Million yutuqlar» dasturi yo'lga qo'yilgan. Birinchi ukoldan so'ng ular 1000 ball (rubl)ga ega sovg'a kartasi yoki promokodni qo'lga kiritishlari mumkin. Sovg'a kartasi yoki sertifikat (promokod)dan do'kon, dorixona, restoran va kafelarda to'lov sifatida foydalansa bo'ladi. Xabarovskda Pasxa bayramidan oldin nafaqadagi fuqarolarga emlanganlik uchun o'ntadan tuxumlar berilgan. AQSh Oq uy sport tadbirlariga bepul chiptalar, sovg'a kartalari, pul va to'lanadigan ta'tillarni berish orqali emlashni rag'batlantirib bormoqda. Vaksina olganlarga AQShning Ogayo shtatidagi Cleveland Cinemas kinoteatrlarida 1,2 kg popkorn beriladi. AT&T, Instacart, Target, Trader Joe's, Chobani, Petco, Darden Restaurants, McDonald's va Dollar General kompaniyalarining ishchilariga vaksinatsiyaga ketgan soatlar uchun pul to'lanib, dam olish kuni ham ajratiladi. Serbiya 31 maygacha COVID-19 ga qarshi hech bo'lmaganda 1 doza bilan emlangan 16 va undan katta yoshda bo'lgan Serbiya fuqarolariga davlat tomonidan 3000 serbiya dinori (taxminan 320 ming so'm) to'lanishi mumkin edi. Mo'g'uliston Mo'g'ulistonda ham koronavirusga qarshi to'liq emlangan fuqarolarga pul mukofoti berilmoqda. 5 maydan boshlab har bir emlangan shaxsga 50 ming tugrikdan (taxminan 190 ming so'm) berilmoqda. Yaponiya Yaponiyaning Miyasiro shahri aholisi uchun 1000 iyenalik (taxminan 9,45 dollar) sovg'a sertifikati beriladi. Hindiston Hindistonning Gujarat shtatida emlangan ayollarga pirsing uchun tilla taqinchoqlar va erkaklarga maishiy texnika beriladi. O'zbekistonda koronavirusga qarshi ixtiyoriy ravishda emlangan to'lov kontrakt asosida o'qiydigan talabalarga tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, 2021−2022 o'quv yili uchun bazaviy to'lov kontraktiga 10 foiz miqdorida bir martalik chegirma bonusi beriladi.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda shaftolidan tayyorlanadigan shirinliklar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. «Svetayevskiy» pirogi — bizga tanish bo'lgan eng oson tayyorlanadigan, mazali piroglardan biridir. Asosiga biz olma o'rniga shaftolilardan soldik. Ushbu shaftolili mayin pirog choy uchun ajoyib qo'shimcha bo'la oladi. Tayyorlanishi juda oson, og'izda eriydigan pirog — sizning eng sevimli retseptlaringiz orasidan joy olishi aniq. Yangi uzilgan shaftolilar va tvorog solib pishiriladigan pirog ajoyib va juda nafis ta'mda bo'lib, tayyorlash jarayonining juda oddiyligi esa ko'pchilikni quvontirishi aniq. Qovun va shaftolili smuzi — ajoyib ta'mli kokteyl bo'lib, ham juda xushbo'y, ham to'yimlidir. Bunday smuzi organizmni tetiklashtirib, kun bo'yi ko'tarinki kayfiyatda yurishingizni ta'minlaydi. Meva-chevalar yoz faslida sevib va to'yib iste'mol qiladigan mahsulotlarimizdan biridir. Shaftoli va malinadan esa ajoyib ko'rinishli smuzi tayyorlash mumkin. Retsept bilan esa hoziroq tanishib oling. Shaftoli va tayyor qatlama xamirdan tayyorlaniladigan mazali pirog retseptini sizlarga taqdim etamiz. Ushbu pirogga olma, nok, o'rik, olcha, qorag'at yoki malina singari istalgan mevalarni qo'shish mumkin. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
Yoshimasa Takakura 2014 yilda The Kimono Project`ni boshlagan. U quyosh chiqar mamlakatning an'anaviy libosi orqali dunyoni Yaponiya madaniyati bilan tanishtirmoqchi edi. Yoshimasa Takakura. Foto: inspirationsstudios.com 1964 yilda Yaponiyada o'tkazilgan Olimpiada o'yinlarida milliy kimono libosini kiygan ayollar medallarni taqdim etganidan so'ng, Takakura har bir mamlakatning madaniyatini aks etuvchi kimonolarni yaratishga ilhomlangan. 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida ishtirok etayotgan mamlakatlarga bag'ishlangan kimono kolleksiyasidagi har bir libosda, barcha mamlakatlarning o'z madaniyati, tarixi va tabiatini mujassam etgan noyob dizayn ishlab chiqilgan. «Sport singari, san'at olami ham chegara bilmaydi deb hisoblayman», — deydi Takakura. Hammasi bo'lib, to'plamda 213 ta kimono bor. O'zbekiston uchun yaratilgan kimonoda Samarqanddagi «Registon» ansambli va Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrining tasviri tushirilgan. Kimono o'zbekona naqshlar va Yaponiyaning milliy ramzi — sakura daraxtining gullari bilan bezatilgan. Shuningdek, unda o'zbek milliy matosi — atlasni ham ko'rish mumkin. Qozog'iston Tojikiston Qirg'iziston Turkmaniston Afg'oniston Saudiya Arabistoni Janubiy Koreya Mo'g'uliston Keniya Respublikasi Misr Zimbabve Albaniya Angliya Moldova Litva Rossiya Federatsiyasi AQSh Livan Qolgan barcha kimonolarni The Kimono Project`ning rasmiy saytida ko'rish mumkin.
advice
«Vaksina — bu immun tizimi uchun qo'llanma bo'lib, uning asosida immunitet dushman bilan kurashish bo'yicha malakasini oshiradi», — degan edi rossiyalik kimyogar va yozuvchi Genrix Erlix. Koronavirus infeksiyasi paydo bo'lganidan buyon unga qarshi yagona vosita — vaksinalarning tezlik bilan ishlab chiqilishi uchun dunyoning bir qancha olimlari, yirik kompaniyalar, akademiya va institutlar tadqiqot ishlarini boshlagan edilar. Bugunga qadar butun dunyo bo'ylab 16 taga yaqin vaksinalar qo'llanilmoqda. O'zbekistonda ayni damda ulardan to'rttasi — AstraZeneca (Vaxzevria), Moderna, «Sputnik V» va ZF-UZ-VAC2001 (xitoy-o'zbek) vaksinalari bilan aholi emlanmoqda. Yaqin orada Pfizer/BioNTech vaksinasi ham olib kelinishi kutilmoqda. Mazkur preparatlarning yaratilishi ortida kim turgani va ular qay tarzda ishlab chiqarilgani haqida «Gazeta.uz» so'z yuritadi. Sara Gilbert. Foto: University of Oxford Professor Sara Gilbert Oksford universiteti tadqiqot laboratoriyasining boshlig'i bo'lib, COVID-19 ga qarshi AstraZeneca vaksinasini ishlab chiqish jarayoniga rahbarlik qilgan. Uning Oksford universitetidagi 300 kishilik jamoasi AstraZeneca, ingliz-shved farmatsevtika kompaniyasi bilan birgalikda 1077 ko'ngilli ustidan klinik sinovlarni o'tkazgan. Vaksina infeksiyani yo'q qiladigan antitanachalar va T-limfotsitlarini ishlab chiqarishi bilan kuchli immunitetga ega ekanligi ma'lum bo'lganidan so'ng, klinik sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangan. Sara Gilbertning ismi dunyodagi eng yirik ommaviy axborot vositalarining sahifalarida paydo bo'ldi, intervyular uchun so'rovlar tugamadi. Ammo, u boshqa ko'plab olimlar singari, kamera va jurnalistlardan yiroqda ishlashga odatlangan. Ilmiy hamjamiyatda u yetakchi vaksina tadqiqotchisi sifatida tanilgan. U Sharqiy Angliya universitetida biologiya bo'yicha ilmiy darajani olgan, keyinchalik esa biokimyo bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Shundan so'ng u biotexnologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini boshlagan, u yerda sanoat miqyosida dori vositalari ishlab chiqarishni o'rgangan. 1994 yilda Sara Gilbert Oksford universitetida ilmiy xodim sifatida faoliyatini boshlab, u yerda genetika, parazitlar va bezgakka qarshi kurashish bo'yicha tadqiqotlar olib borgan. Olingan bilim va tajriba asosida Gilbert oxir-oqibat vaksinani ishlab chiqara oldi. Uning 3 ta egizak qizlari bor. Ular ham onasi yaratgan vaksina sinovlarida ko'ngilli sifatida qatnashgan. Sara Gilbertdan tashqari AstraZeneca vaksinasini ishlab chiqarish bo'yicha ishlarda Adrian Xill, Endryu Pollard, Tereza Lamb, Sendi Duglas va Ketrin Grinlar ishtirok etishgan. Sara Gilbert Jenner institutida (Oksford universiteti bo'linmasi) nafaqat bezgak, balki A grippi va Yaqin Sharq nafas olish sindromi (MERS) ga qarshi vaksinalarni ham ishlab chiqargan. Ugur Shaxin va O'zlem Tyurechi. Foto: Agentur Focus BioNTech kompaniyasini va uning vaksinasini turkiyalik mehnat migrantlari — Ugur Shaxin va uning rafiqasi O'zlem Tyurechi yaratishgan. Kompaniyaning 18 foiziga egalik qiluvchi, 60 dan ortiq patentga ega hamda Germaniyaning 100 nafar eng boy kishilari ro'yxatiga kiritilgan professor Ugur Shaxin Turkiyada tug'ilgan va Kyolnga to'rt yashar bola bo'lib kelgan. Otasi u yerdagi Ford avtomobil zavodida mehnat migranti bo'lib ishlardi. Maktabni tugatgach, u Kyoln universitetining tibbiyot fakultetiga o'qishga kirgan va immunologiya sohasiga qiziqib qolgan. «Bizda soat 16:00ga qadar darslar bo'lar edi, undan keyin do'stlarim uyga ketishar, men esa laboratoriyaga borib, u yerda soat 21:10 gacha, ba'zan esa ertalab soat 4 gacha ishlardim», — deb eslaydi 54 yoshli olim va tadbirkor. 1992 yilda Ugur Shahin nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi, shundan so'ng u Kyolnda universitet klinikasida shifokor bo'lib ishlaydi va gematologiya va onkologiya bo'yicha ko'p narsalarni o'rganadi, chunki saraton kasalligiga qarshi kurash uni talabalik yillaridan o'ziga tortgan. Ugur Shaxin 1999 yilda Saar universitetida professor bo'lgan. U yerda u bo'lajak rafiqasi, Istanbuldan Germaniyaga kelgan shifokorning qizi, tibbiyot fakulteti talabasi O'zlem Tyurechi bilan uchrashadi. Uning so'zlariga ko'ra, u bolaligidan shifokorlikdan boshqa kasbni tasavvur qila olmagan. O'sha paytda u hali tadbirkorlik haqida o'ylamagan edi ham. Biroq, 2001 yilda Ugur Shahin va O'zlem Tyurechi universitet klinikasida ishlash uchun Maynsga ko'chib, saraton kasalligiga qarshi immunoterapiya dori — darmonlarini ishlab chiqish maqsadida Ganymed Pharmaceuticals birinchi biotexnologik kompaniyasini tashkil etishgan. 2016 yilda ular kompaniyani 400 mln yevrodan ko'proqqa sotishgan va 2008 yilda sheriklari bilan birgalikda Maynsda tashkil etilgan BioNTech kompaniyasida ishlashga o'z e'tiborlarini qaratishgan. 2019 yil oktyabr oyida o'sha paytga qadar bir qancha yirik investitsiyaviy fondlar sarmoya kiritgan BioNTech kompaniyasi o'z aksiyalarini Amerikaning Nasdaq birjasiga joylashtirgan. Shu yilning boshiga kelib, dunyo SARS-Cov-2 virusi haqida bilganida, kompaniya immunologiya sohasidagi ko'plab ishlanmalariga tayanib, yanvar o'rtalarida vaksina ishlab chiqish uchun yetarlicha moliyaviy resurslarga ega bo'lgan. Bundan tashqari, kompaniyaga Germaniya Federativ Respublikasi hukumati tomonidan 375 mln yevro ajratilgan. Ugur Shahin va O'zlem Tyurechi vaksina loyihasini Lightspeed («Nur tezligi») deb nomlashgan. Chunki virus o'zining tez tarqaluvchi xususiyati bilan uni to'xtatish vositasini iloji boricha tezroq ishlab chiqishni talab qilgan. Mart oyida Pfizer korporatsiyasi loyihaning ishlab chiqarish va logistika hamkori bo'ldi. Vaksinaning to'rtta varianti 2020 yilning aprel oyi oxirida Germaniyada va may oyining boshida AQShda sinovdan o'tkazila boshlandi. Iyulga kelib, eng istiqbolli variant BNT162b2 ekanligi ma'lum bo'ldi. Hozirda ushbu vaksina bilan 100dan ortiq mamlakatlarda koronavirusga qarshi emlanish mumkin. Stefan Bansel. Foto: Bloomberg via Getty Images Moderna kompaniyasi rahbari — Stefan Bansel Marselda tug'ilgan. U 1990 yillarning o'rtalarida Minnesota universitetining magistratura bosqichida kimyo muhandisi yo'nalishida o'qiganida mRNK haqida o'rgangan. 2010 yilga kelib, Bansel Garvard biznes maktabida magistrlik diplomini oladi va Fransiyaning bioMérieux biotexnologik kompaniyasining bosh direktori bo'lgan. Bir kuni unga venchur investori Noubar Afeyan murojaat qilib, mRNK yordamida yangi dorilar va vaksinalar ishlab chiqaradigan kompaniya tuzish rejasini taklif qilgan. Avvaliga Bansel bu fikrga shubha bilan qaragan, lekin Afeyan uni ishontira olgan. «Agar bu g'oya muvaffaqiyatli bo'lsa, u mutlaqo yangi turdagi dori bo'ladi», — deb o'ylagan edi fransiyalik tadbirkor. O'sha yili Bansel Afeyan va uning tadqiqotchilari Massachusets texnologiya instituti va Garvard universitetining tadqiqotchilar guruhiga qo'shilgan. Ular birgalikda Moderna kompaniyasni ishga tushirishgan. Stefan Bansel koronavirusning birinchi kasallanish holati qayd etilgandan buyon yangi virusni kuzatishni boshlagan. Yanvar oyi boshida u qo'l ostidagilarga The Wall Street Journal gazetasidagi yangi kasallik haqida maqolani yuborgan va ularga yangiliklarni diqqat bilan kuzatib borishni buyurgan. 2020 yil 11 yanvar kuni xitoylik olimlar yangi virusning genetik ketma-ketligini internetda e'lon qilganidan 48 soat o'tgach, Massachusets shtatidagi Moderna mutaxassislari vaksinani ishlab chiqish rejasini tuzganlar. 42 kundan so'ng, kompaniya birinchi bosqich sinovlari uchun AQShning Milliy sog'liqni saqlash institutiga preparatning dastlabki versiyasi partiyasini yuborgan. Moderna o'zining vositachi RNK hujayrali (mRNA) vaksinasi bilan kasallikka qarshi immunitetni hosil qilishning yangi usulini o'ylab topishga harakat qilgan. 2020 yilning mart oyida preparat ilk bora odamlarda sinovdan o'tkazilgan. Vaksina uchun bu juda qisqa muddat, chunki odatda uni ishlab chiqish uchun yillar, ba'zida esa o'nlab yillar kerak bo'ladi. Ammo 47 yoshli Bansel uchun bu juda uzoq muddat edi. «Biz har kuni odamlarni yo'qotmoqdamiz. Har bir kun g'animat ekanligiga aminmiz»,― deya ta'kidlagan edi kompaniya rahbari. 2020 yilning iyun oyida Amerikaning Moderna kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan vaksina klinik sinovlarning dastlabki ikki bosqichida umidli natijalarni ko'rsatgan. Mazkur vaksina bilan emlangan odamlarning tanasida SARS-CoV-2 virusini zararsizlantiradigan antitanachalar muvaffaqiyatli ishlab chiqarila boshlagan. Aleksandr Ginsburg. Foto: Izvestiya Koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi N.F.Gamaleya Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Markazga Aleksandr Ginsburg rahbarlik qiladi. Aleksandr Ginsburg Moskvada tug'ilgan. Maktabdan so'ng u Moskva davlat universitetining biologiya va tuproqshunoslik fakultetining virusologiya kafedrasiga o'qishga kirgan. Universitetni tugatgandan so'ng o'sha paytda Rossiyada molekulyar genetik tadqiqotlar markazi bo'lgan molekulyar genetika institutining aspiranturasiga tavsiya etilgan. Aleksandr Ginsburg 7 yil R.B.Xesining laboratoriyasida ishlagan. U yerda tez rivojlanayotgan molekulyar biologiya va molekulyar genetika sohalarining yetakchi mutaxassislari ham jalb qilinar edi. 1989 yilda N.F.Gamaleya Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot markazida u biologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 1997 yilda markaz direktori lavozimiga tayinlangan. Ginsburg boshchiligida tibbiy amaliyotga Ebola bezgagiga qarshi mahalliy Gam-Evak Kombi vaksinasi joriy etilgan edi. Rossiyada 2020 yil iyun oyida COVID‑19 ga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlangan. Inson adenovirusining vektori platformasini o'rganish asosida yaratilgan «Sputnik V» vaksinasi birinchi Sovet kosmik sun'iy yo'ldoshi sharafiga nomlangan. «Sputnik V» vaksinasining 1 va 2 bosqich klinik sinovlari 2020 yil 1 avgustda yakunlangan. Rossiyadagi klinik sinovlarning uchinchi bosqichining natijalari 2021 yil 2 fevralda Lancet jurnalida e'lon qilingan. Foto: Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical" kompaniyasi vakillari COVID-19 ga qarshi ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti bilan hamkorlikda Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Xitoy kompaniyasining direktori Li Vanjun hisoblanadi. O'zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va vazirlik huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazi preparatning sinovlarida bevosita ishtirok etganligi, shuningdek, uning klinik tadqiqotlariga qo'shgan hissasi natijasida O'zbekiston vaksinaning hammuallifi sifatida tan olingan. Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi vaksina ishlab chiqarish sohasidagi faoliyatini 2002 yildan boshlagan. 2019 yilda kompaniyaning yillik daromadi 10,59 mlrd yuanni tashkil qildi. Kompaniyada 3000ga yaqin xodim faoliyat yuritadi. 2010 yil sentabr oyida kompaniya Shenchjen fond birjasida ro'yxatga olindi va ChiNext (Shenchjen fond birjasining sho'ba korxonasi) ro'yxatiga kiritilgan birinchi xususiy vaksinalar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo'ldi. Xitoy Fanlar akademiyasi SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi nomzod vaksinasini yaratish loyihasining tashabbuskori va koordinatori hisoblanadi. Akademiyaning tarkibiy bo'linmalaridan olingan tadqiqot guruhi o'ziga xos dimerik RBD texnologiyasini ishlab chiqdi, uning asosida koronavirusga qarshi nomzod vaksina yaratilgan. Xitoy-o'zbek vaksinasi SARS-CoV-2 koronavirusining rekombinant NCP-RBD oqsilini yaratish orqali biotexnologik usulida olingan. Emlangan kishining tanasida ushbu oqsilning пайдо bŭлиши bilan immun tizimda virusni zararsizlantiradigan antitanalarni ishlab chiqaradi. ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining 3-bosqich sinovlarida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti ilmiy jamoasi ishtirok etgan. Sinovlarga Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik, genetik-olim Ibrohim Abdurahmonov rahbarlik qilgan. Tadqiqot ishlarida Ilg'or texnologiyalar markazining qator olimlari — biologiya fanlari doktori, profesor Shahlo Turdiqulova, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev, biologiya fanlari nomzodi Dilbar Dolimova, ilmiy xodimlar Muzaffar Mo'minov, Abror Abdurahimov hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Erkin Musaboyev rahbarligidagi tibbiyot xodimlari ishtirok etgan. Foto: Innovatsion rivojlantirish vazirligi
advice
Toshkentlik Nigora yaqinda tug'ish ta'tiliga chiqib, uyida ingliz tilidan xususiy darslar berishni boshladi. U yomon foyda ko'rayotgani yo'q, biroq barcha daromadlari norasmiy. Shu bois uning bankdan kredit olishi va naqd pulsiz hisob-kitob bo'yicha korporativ mijozlar bilan ishlashi qiyin. Shuningdek, Nigora mehnat staji hisobga olinmayotgani bois keksalik yoshida yaxshiroq pensiya ololmaydi. Biroq yaqinda Nigora o'zini o'zi band qilish maqomini olish va bir miqdor soliq to'lash orqali daromadlari to'g'risidagi ma'lumotnoma va mehnat staji yozilishi muammosidan xalos bo'lishi mumkinligini bildi. Bunga qo'shimcha ravishda, noqonuniy faoliyati uchun soliq inspeksiyasining jarimaga tortishidan ham qo'rqmasa bo'ladi endi. 2021 yil 1 iyul holatiga ko'ra, O'zbekistonda 852 mingdan ortiq o'zini o'zi band qilganlar ro'yxatga olingan bo'lib , ularning 310 ming nafardan ziyodrog'i — yoshlardir. Mazkur maqolada o'zini o'zi band qilganlar kim, ushbu maqomni qanday olish mumkin va buni nima uchun aynan 2021 yilda amalga oshirish lozimligi haqida hikoya qilamiz. O'zini o'zi band qilgan shaxslar — o'z ishini o'zi topib, uni o'zi bajarish orqali daromad ko'radigan jismoniy shaxslardir. Repetitorlar, enagalar, santexniklar, elektrchilar, sartaroshlar, kurerlar, avtomobil yuvuvchilari, hunarmandlar, farroshlar, tikuvchilar, dasturchilar va yana ko'plab kasb egalari o'zini o'zi band qiluvchilar bo'lishlari mumkin. Ularning faoliyati «O'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to'g'risida nizom» bilan tartibga solinadi . 2021 yil 1 avgust holati bo'yicha 68 turdagi faoliyat bilan o'zini o'zi band qilish mumkin. Xohishga ko'ra, ularning bir nechtasini birvarakayiga tanlash mumkin. Mehnatga layoqatli yoshdagi har bir jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari, o'zini o'zi band qilishi mumkin. O'zini o'zi band qiluvchilar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'tishlari shart emas. Asosiy ish joyida mehnat shartnomasi bo'yicha ishlab, bir vaqtning o'zida o'zini o'zi band qilish ham mumkin. Asosiysi, asosiy ishdagi faoliyat turi o'zini o'zi band qilish uchun ruxsat berilgan faoliyat turlari ro'yxatiga kirmagan bo'lishi kerak. Masalan, kun bo'yi mehnat shartnomasi asosida kotibalik bilan shug'ullanish, kechasi o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida matn yozish bo'yicha xizmatlarni (kopirayting) ko'rsatish mumkin. Buning foydali ekanligiga bir qancha sabablar bor. O'zini o'zi band qilish faoliyatidan olingan barcha daromadlar jismoniy shaxslar daromad solig'iga (JSHDS) tortilmaydi : qancha topsa ham o'zida qoladi. Bir yilda bir marta BHMning 1 baravari — 2021 yilning 1 avgust holatida 245 ming so'm — miqdorida ijtimoiy soliq to'lashning o'zi kifoya qiladi. To'lovni har qanday to'lov tizimi orqali amalga oshirish mumkin. O'zini o'zi band qiluvchilar hech qanday sug'urta va boshqa yig'imlarni to'lamaydilar. Muhim: o'zini o'zi band qilganlarning ruxsat berilgan faoliyat turlari ro'yxatidagi faoliyatdan olingan daromadlarigina JSHDS to'lashdan ozod qilinadi. Agarda daromad boshqa faoliyat turidan olingan bo'lsa, ulardan JSHDS to'lash kerak bo'ladi. O'zini o'zi band qilganlar boshqa jismoniy shaxslarga og'zaki kelishuv asosida ish yoki xizmatlarni taqdim etishlari mumkin. Yuridik shaxslar bilan esa ular faqatgina bir martalik ish yoki xizmatni ko'rsatish uchun yozma shartnoma tuzgan holda ishlashlari mumkin. Bitta katta hajmli ishni bajarish kerak bo'lsa, uni bir necha qismlarga bo'lib bajarishga to'g'ri keladi. Shartnomaning muayyan tasdiqlangan shakli yo'q: uni yuristlar bajariladigan ish yoki xizmatning o'ziga xosligidan kelib chiqqan holda tuzadilar. Bunda o'zini o'zi band qilganlar barcha ishlarni mustaqil ravishda bajarishlari kerak: yollanma ishchilar mehnatidan foydalanish mumkin emas. O'zini o'zi band qilganlar to'lovlarni har qanday ko'rinishda: naqd, terminal yoki bank o'tkazmalari orqali qabul qilishlari mumkin. Terminalni bankdan ijaraga olish mumkin. Bankda hisob raqami ochish va yuridik shaxslar bilan pul o'tkazish yo'li bilan ishlash mumkin. O'zini o'zi band qilganlarda oylik yoki yillik daromad bo'yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas . O'zini o'zi band qiluvchi sifatida oyiga 10 mln so'm ishlab topsangiz ham, hech kim faoliyatingizni to'xtatib, YATT yoki MCHJ ochishga majburlamaydi. O'zini o'zi band qilish uchun to'lov yo'q. Buning uchun ikki yo'l bilan ro'yxatdan mumkin: Cheklanmagan muddatga ro'yxatdan o'tiladi. Anketalar to'ldirilganidan keyin o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida QR-kodli ma'lumotnoma beriladi. Shu yerning o'zidan ijtimoiy soliqni ham to'lash mumkin, buning uchun plastik kartochkasi hisob raqami va amal qilish muddatini kiritish kifoya. Soliq organlari xodimi o'zini o'zi band qilgan shaxsni ro'yxatga olayotganda u haqdagi ma'lumotlarni DSQning o'zini o'zi band qilgan shaxslar ma'lumotlar bazasiga kiritadi. Keyinroq uni Yagona milliy mehnat tizimiga (YAMMT) integratsiya qiladi, shuning uchun ish staji rasman hisoblanadi . Biroq ish staji hisobga olinishi uchun ijtimoiy soliq to'lanishi lozim. Tizim oddiy: yil uchun soliq to'lansa, bir yillik ish staji hisobga olinadi. O'zini o'zi band qilganlar uchun pensiya miqdori yakka tartibdagi tadbirkorlarniki kabi hisoblanadi. Pensiya yoshiga yetgan vaqtda zarur ish staji mavjud bo'lsa, pensiya minimal miqdorda — 565 ming so'm (2021 yil 1 iyul holatiga ko'ra) bo'ladi. Agarda ish staji yetarli bo'lmasa, davlat har oyda 400 ming so'm (2021 yil 1 iyul) miqdorida nafaqa to'laydi. O'zini o'zi band qilganlar uchun davolanish va mehnat ta'tillari yo'q : kasal bo'lib qolsa va ma'lum bir muddat ishlay olmasa, hech kim yo'qotilgan pullarni to'lab bermaydi. Mehnat faoliyatini uzoq muddatga to'xtatish kerak bo'lib qolsa, bu haqda soliq organini ogohlantirish kerak bo'ladi. Shundan keyin ishlamagan vaqtlari uchun ijtimoiy soliqni to'lamasa ham bo'ladi. Bu vaqt davomida ish staji ham hisobga olinmaydi. O'zini o'zi band qilganlar quyidagilarni qilishlari mumkin : Quyidagilar o'zini o'zi band qilganlarga mumkin emas : ruxsat berilgan faoliyat turlari ro'yxatida ko'rsatilmagan faoliyat bilan shug'ullanish; yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish; o'z faoliyat turi bo'yicha kimningdir qo'lida ishlash; xodimlar yollash; jismoniy va yuridik shaxslarga katta hajmli ish yoki xizmatni uzoq muddat davomida ko'rsatish. O'zini o'zi band qilganlar chet ellik jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzmasdan ishlashlari mumkin. Ommaviy ofertani qabul qilish, elektron xabar almashish yoki, jumladan, elektron shakldagi hisob-fakturalar (invoyslar) ishlash uchun asos bo'lishi mumkin. Bajarilgan ishlar uchun xorijdagi norezidentlardan to'lovlarni O'zbekiston banklaridagi hisob raqamiga xorijiy valyutada qabul qilish mumkin. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxslar singari Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga bu haqdagi ma'lumotlarni kiritishga hojat yo'q. Olingan mablag'larni o'z bankida xorijiy valyutada naqd qilib olish va undan o'z ehtiyojlari uchun foydalanish mumkin. O'zini o'zi band qilganlar bajarilgan har qanday ish to'g'risidagi ma'lumotlarni mustaqil ravishda Soliq mobil ilovasiga kiritishlari mumkin. Jismoniy shaxslar bilan ishlashda shunchaki bajarilgan ish turi va qiymatini ko'rsatish mumkin. Yuridik shaxslar bilan ishlashda esa bajarilgan ishlar, qiymatini ko'rsatib, elektron hisob-fakturani jo'natish mumkin. Kiritilgan ma'lumotlar asosida olingan daromadlar haqidagi rasmiy ma'lumotnomani shakllantirish va chop etish mumkin. Uning asosida banklarda iste'mol kreditlari yoki imtiyozli qarzlar olish mumkin. O'zini o'zi band qilish maqomidan istalgan vaqtda voz kechish va faoliyatni to'xtatish mumkin. Buning uchun Soliq mobil ilovasi orqali soliq organini xabardor qilish kerak bo'ladi. Buni faoliyatni to'xtatgunga qadar amalga oshirish lozim. Keyinroq soliq organlari xodimlari o'zini o'zi band qilish maqomini DSQ bazasidan o'chirishadi.
advice
30 iyul kuni Shimoliy Osetiyadagi Kaxtisar dovoni hududida «Back to the roots» nomli strit-art san'ati bo'yicha tadbir o'tkazildi. Unda Rossiyaning turli hududlari va qo'shni davlatlardan kelgan 10 nafar strit-art rassomlari yig'ildi. Tadbir doirasida 10 ta badiiy obyekt yaratildi. Rassomlarning vazifasi o'z millati, kelib chiqishi, milliy-madaniy qarashlarini o'z suratlari orqali namoyish etish bo'lgan. Tadbir 30 iyul — «Xalqaro do'stlik kuni» munosabati bilan tashkil etilgan edi. San'at asarlari yo'l qurilishi paytida paydo bo'lgan sun'iy ravishda yaratilgan dolomit qoyalarining ustiga tushirilgan. Ko'pgina graffiti suratlari o'tish qiyin bo'lgan joylarda chizilgan, ularni yaratgan rassomlar o'z hayotini xavf ostiga qo'yib ishlashgan. Masalan, Andrey Kalugin surati 12 metrlik balandlikka yetadi. Rassomlar suratlarni purkagich va akril bo'yoqlari yordamida yaratishgan. Aytilishicha, ular restavratsiyasiz 10 yilgacha saqlana oladi. Barcha suratlar «Back to the roots» tashkilotchilari tomonidan «Gazeta.uz» so'roviga binoan taqdim etildi. Kostya Ujve Misha Mak Rustam Kubik Andrey Kalugin Ilya Is Stas Bags Misha Vert Aleksandr Demkin
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda kechki ovqat uchun mazali va noodatiy taomlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Bedana tuxumi ushbu taomga o'zgacha ta'm taqdim etib, uni yanada mazaliroq qiladi. Mahsulotlar oddiyligiga qaramay, taom noodatiy va qiziqarli bo'lib chiqadi. Musaka — bu dunyoning ko'plab mamlakatlarida tanilgan yunon taomidir. Qavat-qavat bo'lgan toblatma beshamel qaylasi bilan juda mayin va mazali bo'lib chiqadi. So'nggi paytlarda tovuq go'shtidan taom tayyorlash urfga aylandi. Bunday kechki ovqat nafaqat yengil, balki juda mazali hamdir. Vegetariancha pasta tayyorlashdan osoni yo'q. Buning uchun faqatgina pomidorli qayla va spagetti bo'lishi shart emas. Makaronlar barcha sabzavotlar bilan a'lo darajada uyg'unlashadi. Qiymali ratatuy — bu oddiy taomning to'yimli varianti bo'lib, ushbu mazali yegulikni qiyma ajoyib tarzda to'ldirib turadi. Bedana tuxumlari solingan ushbu rulet har qanday dasturxonga ko'rk beradi. Mazali ta'mi esa hech kimni befarq qoldirmaydi. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
Yirik kompaniyalar asoschilari va milliardlab dollarlarga ega tadbirkorlar doimo ommaning diqqat markazida bo'lishadi. Ammo ba'zida dunyoning eng boy odamlarining ham diqqat markazidan yo'qolib qolishi holatlarini ko'rish mumkin. Masalan Alibaba asoschisi Jek Man yoki Google asoschisi Larri Peyjning omma e'tiboridan yo'qolishi bunga misol bo'la oladi. Millionerlarning nega va qayerga yo'qolib qolishi haqida Forbes maqolasining tarjimasini taqdim etamiz. Foto: DR 2021 yilning aprel oyida Janubiy Afrikadagi Africrypt kriptoplatformasi asoschilari platformaga kiberhujum bo'lganligi haqida e'lon qilishgan, biroq foydalanuvchilardan huquqshunoslarga murojaat qilmaslikni iltimos qilishgan. Investorlar 17 yoshli Amir va 21 yoshli Raisa Kajining iltimosiga shubha bilan qarashgan va Hanekom Attorneys yuridik firmasini yollashgan. Platformaga kiberhujum haqidagi xabardan so'ng, aka-ukalar g'oyib bo'lishgan. Ularning o'g'irlab ketilgani haqida xabarlar ham paydo bo'lgan, Hanekom Attorneys yuridik firmasi Africrypt asoschilarini topishga yordam berish uchun Janubiy Afrika milliy politsiyasining elita bo'linmasiga murojaat qilgan. Ular bilan birga foydalanuvchilarning mablag'lari — 3,6 mlrd dollarlik bitkoinlar ham yo'qolgan, deb yozadi Bloomberg. «Biz politsiyaga murojaat qilmaslik iltimosini darrov shubhali deb bilganmiz. Bundan tashqari, Africrypt xodimlari bir hafta oldin, ya'ni platformaga kiberhujum bo'lishi haqidagi e'londan avval, unga kirish imkoniyatini yo'qotganlar», — deya qayd etgan edi Hanekom Attorneys. Tergov davomida investorlarning mablag'lari yo'naltirilgan xakkerlardan birining manzili Africrypt bazasida oldin ham uchraganligi aniqlangan edi. U kompaniyaning navbatchi operatsiyalarini amalga oshirish uchun foydalanilgan hamyonlardan biri bo'lgan. Shuningdek, xakerlar tomonidan o'g'irlangan mablag'lar dastlab kriptovalyuta hamyonidan ham, Africrypt bank hisob raqamlaridan ham yig'ilgani, so'ng ularni topishni murakkablashtirish uchun «bitkoin-mikserlari» (mablag'lar maydalanib, boshqa tarmoq ishtirokchilari mablag'lari bilan aralashtiriladi) orqali o'tkazilgani aniqlandi. Hozirda investorlarning mablag'lari va kripto birja asoschilari qayerda ekanligi noma'lum. Aka-ukalarning advokati Jon Ostxeyzen «Bi-bi-si» ga ma'lum qilishicha, uning mijozlari «o'g'rilikka» aloqadorliklarini yoki pul bilan yashirinishganini «qat'iy rad etishadi». «Ayblovlarga hech qanday asos yo'q», — degan edi advokat. «Ularning ta'kidlashicha, bu xakerlik xujumi bo'lgan va ushbu aktivlar ulardan o'g'irlangan», — deya qo'shimcha qilgan u. Bundan tashqari, Ostxeyzenning so'zlariga ko'ra, aka-ukalar tahdid tufayli yashirinishga majbur bo'lishgan, ammo ular tergov bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bundan tashqari, ularning so'zlariga ko'ra, 5 mlrd dollardan ko'p bo'lmagan mablag' yo'qolgan. Foto: Zuma / TASS Google asoschilaridan biri va milliarder Larri Peyj bir yil oldin Sergey Brin bilan Alphabet`ni (Google Inc`ga tegishli bo'lgan loyihalarga ega xolding) tark etganidan keyin omma oldida chiqmay qo'ygan. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, pandemiya paytida milliarder bir necha oyni Fiji orollarida o'tkazgan, u yerda milliarderni shaxsan ko'rgan yoki hatto u bilan bog'langan manbalar Business Insider nashriga bu haqda xabar berishgan. Nashr suhbatdoshlarining so'zlariga ko'ra, Peyj Fijining eng katta oroli Viti-Levu g'arbidagi Tavarua orolida yashagan. Milliarderning u yerda nima qilayotgani va nima uchun odamlar e'tiboridan chetda yashashga qaror qilgani noma'lum. Foto: DR Quadriga kripto-birjasi asoschisi Jerri Kottonning yo'qolishi, ehtimol, bu ro'yxatdagi eng sirli hodisalardan biridir. QuadrigaCX — bu Kanada kriptovalyuta birjasi bo'lib, 2013 yilda tashkil etilgan. Jerri Kotton kompaniyaning barcha aksiyalariga egalik qilgan. 2018 yilda Quadriga`ga 300 mingdan ortiq odam ro'yxatdan o'tgan. 2018 yil boshida birjada qiyinchiliklar boshlangan. Shu sababli Canadian Imperial Bank of Commerce (CIBC) 21,6 mln dollardan ortiq mablag'ga ega bo'lgan yuzlab birja hisoblarini muzlatishga qaror qilgan. Yil oxirida esa 30 yoshli Jerri Kotton Hindistonga borgani va uning vafot etgani haqida e'lon qilinadi . Ammo kripto-birja asoschisi Hindistonda vafot etganidan uch kun o'tiboq Kanadada dafn etilgani va foydalanuvchilarga voqea haqida faqat bir oy o'tgach xabar berilgani Quadriga sarmoyadorlariga shubhali tuyulgan. Ma'lum bo'lishicha, Kotton «o'zi bilan birga mijozlarning jamg'armalarini qabrga olib ketgan» — platformaning barcha parollari va kalitlarini faqat u bilgan. Birja yopilganda 137 million dollarga yaqin mablag' borligi aytilgan. Qurbonlar tergovdan Kotonning jasadini eksgumatsiya qilishni bir necha bor so'rashgan. Chunki ularga Quadriga asoschisi tirik va uning qabrida boshqa odam bordek tuyulgan. Bunga esa marhumning rafiqasi faol qarshilik ko'rsatgan. Foto: twitter.com/AlibabaGroup 2020 yilning kuzida Ant Group fin-tex kompaniyasining aksiyalarining ommaviy joylashtirilishi bekor qilinganidan so'ng, tadbirkor Jek Ma ko'zdan g'oyib bo'lgan. Uning omma oldidagi so'nggi nutqi 24 oktyabrda bo'lgan edi: o'sha kuni milliarder mamlakat rasmiylarini va bozorning eng yirik ishtirokchilarini «lombard mentaliteti» va innovatsiyalarga qarshi chiqishlari uchun tanqid qilgandi. Rasmiylarni tanqid qilish millarderning Ant Group moliyaviy kompaniyasi va Alibaba uchun ham muammolarni keltirib chiqargan. 24 dekabrda Alibaba kompaniyasi bo'yicha monopoliyaga qarshi tergov o'tkazilishi ma'lum bo'lgan. Shu voqeadan so'ng Jek Ma bir necha oydan keyin — 2021 yil 20 yanvarda omma oldida birinchi marotaba paydo bo'lgan. Milliarder internetda joylashtirilgan videoda xitoylik o'qituvchilar va ta'lim tizimini qo'llab-quvvatlashga chaqirgan : «Men va hamkasblarim o'qidik, o'yladik va o'zimizni ta'lim hamda jamoat farovonligini rivojlantirishga bag'ishlashga qaror qildik», — degan edi u. O'shandan buyon milliarder omma oldida hukumatni tanqid qilmagan.
advice
«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo'lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali va chiroyli tortlar retseptlari ro'yxatini taqdim etadi. Ushbu tort ikki qavatli mayin biskvit, shuningdek, qaynatma vanil kremi va quyilgan shokoladli glazurdan iborat. Issiq kunlarda muzqaymoqli tort tayyorlash ajoyib g'oyadir. Uni bayram va oddiy kunlik dasturxonda xursandchilik bilan kutib olishlari aniq. Aynan mana shu retsept bo'yicha tayyorlangan «Pancho» torti barcha yoshdagi shirinliklarni yoqtiradiganlarni e'tibordan chetda qoldirmaydi. Asosi uchun ananasdan tashqari yana qulupnay, olcha yoki boshqa mevalardan ta'bingizga ko'ra foydalanishingiz mumkin. Shubhasiz, mashhur «Napoleon» tortini barcha taniydi va sevib iste'mol qiladi. Mana shu retsept bo'yicha tayyorlangan tort juda mayin va mazali bo'lib chiqadi. Quymoqli tort pishirishni talab qilmaydigan oddiy va shunga qaramay, juda mazali desertdir. Eng mazali va chiroyli pishiriqlardan biri bu «Medovik» torti bo'lib, u bayram yoki tadbirlarda dasturxon bezagiga aylanishi shubhasizdir. Yanada ko'proq retseptlar — Zira.uz saytida. Facebook: fb.com/zirauz Instagram: @zirauz tot Telegram (o'zbek tilida): t.me/zirauzuz Telegram (rus tilida): t.me/zirauz Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55 Telegram: (+99899) 837−15−15
advice
1 oktyabrdan boshlab xodimlari O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan vaksinalardan birining ikkita dozasi bilan emlanmagan tashkilotlar faoliyati to'xtatiladi . 10 avgustdan boshlab ayrim umumiy ovqatlanish obyektlari uchun karantin cheklovlari yumshatildi. Buning uchun, restoran va kafe xodimlari kamida ikkita dozada koronavirusga qarshi vaksina (turidan qat'i nazar) bilan emlangan bo'lishi kerak. Shuningdek, restoranlarga faqat QR-kodi yoki sertifikati bo'lgan tashrif buyuruvchilarni qo'yish tavsiya etildi. Barcha holatlarda salomatligi bo'yicha vaksina olishga qarshi ko'rsatma bo'lgan shaxslar bu talabdan mustasno bo'ladi. Ushbu talablar joriy qilinganidan so'ng aholida emlanganlik to'g'risidagi sertifikatni qanday va qayerdan olish mumkinligi haqida savollar paydo bo'ldi. Ularga javob olish uchun «Gazeta.uz» Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bosh mutaxassisi Xursanoy Jamolova va IT-Med kompaniyasi (SSV huzurida ta'sis etilgan) xodimi Shoxrux Қурбонов ga murojaat qildi. Koronavirusga qarshi emlanganlik to'g'risidagi sertifikat to'liq emlangan fuqarolarga beriladi. Hujjatda sertifikat sahifasiga olib boradigan QR-kod mavjud. Sertifikat Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan beriladi. Unda vaksina turi, har bir doza bilan emlash vaqti hamda emlangan fuqaro to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatiladi. Namuna. Sertifikat faqatgina to'liq emlangan fuqarolarga beriladi. AstraZeneca, Moderna yoki Sputnik-V vaksinalaridan biri bilan emlanganlar ikkinchi dozadan keyin sertifikat olishlari mumkin. ZF-UZ-VAC2001 xitoy-o'zbek preparati bilan emlanayotgan fuqarolar esa vaksinaning uchinchi dozasidan keyingina sertifikat olishadi. To'liq emlangan fuqarolar bu to'g'risida SMS-xabar olishlari kerak. Unda sertifikatga eltuvchi havola bo'ladi. Xitoy-o'zbek vaksinasining ikkita dozasi bilan emlangan umumiy ovqatlanish punktlari xodimlari nima qilishlari kerak degan savolga SSV hamda Sanitariya xizmati vaksina olingan poliklinika bergan ma'lumotnomani ko'rsatish mumkinligini ta'kidlashdi. Vaksina mahalla qo'mitasi, bozor yoki maktabda olingan bo'lsa, unda ma'lumotnoma ushbu vaksinatsiya punkti taalluqli bo'lgan poliklinikadan olinadi. Shuningdek, umumiy ovqatlanish obyekti xodimlari vaksinaning ikkita dozasi olinganligi to'g'risidagi SMS-xabarni ham ko'rsatishlari mumkin. Biroq, ushbu vaksinaning birinchi va ikkinchi dozalari olinganligi to'g'risidagi SMS-xabar ba'zi fuqarolarga kelmayapti. Vaksinaning har bir dozasini qilishdan oldin, tibbiyot xodimi emlanayotgan fuqaroning shaxsiy ma'lumotlari va faol telefon raqamini yozib oladi. Oilaviy poliklinikalardagi mas'ul xodimlar ushbu ma'lumotlarni emlash.uz saytidagi umumiy ma'lumotlar bazasiga kiritishadi. Fuqaroning shaxsiy ma'lumotlari bazaga kiritilganidan so'ng unga SMS-xabar kelishi kerak. Ushbu xabarda emlangan shaxsning ismi va familiyasi, shuningdek birinchi yoki ikkinchi doza olingan sana hamda keyingi dozani olish bo'yicha tavsiya etilgan sana haqida ma'lumot bo'ladi. Agar fuqaro to'liq emlangan bo'lsa, unda xabarda sertifikatga havola bo'lishi kerak. Sanitariya-epidemiologiya xizmatining ta'kidlashicha, har bir poliklinikada ma'lumotlarni emlash.uz sayti bazasiga kiritish uchun mas'ul xodimlar tayinlangan. Ko'plab fuqarolar vaksinatsiya to'g'risida SMS-xabar olishmayotganliklari haqida shikoyat qilishmoqda. Ba'zilar na birinchi, na ikkinchi dozadan keyin xabar kelmaganligini aytmoqda. Ayrimlarga esa ikkinchi dozani olish kerakligi to'g'risidagi xabar tavsiya etilgan sanadan keyin yuborilmoqda. 4 avgust kuni vaksinaning ikkinchi dozasini olishi kerak bo'lgan «Gazeta.uz» muharririga bu haqidagi xabar 10 avgust kuni yuborildi. Agar siz vaksina olganligingiz yoki to'liq emlanganliginiz to'g'risida SMS-xabar olmagan bo'lsangiz, Sanitariya xizmati va SSV vaksina qilingan poliklinika yoki emlash punktiga murojaat qilishni so'raydi. Tibbiy xodimlardan sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni emlash.uz bazasiga kiritishni so'rash kerak. Shundan so'ng sizga xabar kelishi kerak, deya ta'kidlaydi Sanitariya xizmati. Biroq, «Gazeta.uz»ga ma'lum ayrim holatlarda poliklinika va emlash punktiga murojaat qilinganidan so'ng yuborilgan SMS-xabarda birinchi doza sanasini ko'rsatishda bir oyga xato qilingan. Buning natijasida amalda to'liq emlangan fuqaroning bazadagi statusida xato bo'lishi va uning emlanganligi haqidagi ma'lumot to'liq bo'lmasligi mumkin. Bunday hollarda vaksina turiga qarab ikkinchi yoki dozani olganlar bazada birinchi yoki ikkinchi dozani olgan sifatida ko'rsatiladi. Bunday holatlarda Sanitariya xizmati va SSV vaksina qilingan poliklinika yoki emlash punktiga murojaat qilib, ularni xatolik haqida ogohlantirishni so'raydi. Fuqarolarga emlash brigadasi xodimi jurnal yoki kompyuterga pasport ma'lumotlari va telefon raqamini to'g'ri kiritayotganligiga e'tibor qaratish tavsiya etiladi. Biroq, ko'plab emlash punktlarida ma'lumotlar qog'oz jurnallarga kiritilganligi bois, ma'lumotlar bazasini to'ldiradigan poliklinika xodimining xato qilish ehtimoli mavjud. emlash.uz saytida emlanganlar ro'yxatdan o'tkazilishi haqida e'lon qilinganidan so'ng ko'plab fuqarolar ushbu saytda shaxsiy ma'lumotlarni kiritib, sertifikatni topish mumkin deb o'ylashdi. Biroq Sanitariya xizmati va SSVning ta'kidlashicha, ushbu platformadan faqatgina emlanganlar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'g'ri kiritishga mas'ul bo'lgan poliklinikalar xodimlari foydalana olishlari mumkin. Ushbu xodimlar va poliklinika rahbari shaxsiy ma'lumotlarning konfidensialligini kafolatlaydi, deya qayd etdi Sanitariya xizmati vakili. Fuqarolarning o'zlari saytda ro'yxatdan o'tolmaydilar yoki saytdan foydalana olmaydilar. SMS-xabar orqali yuborilgan havola va QR-kod faqatgina sertifikatni yuklab olish uchun mo'ljallangan. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ( my.gov.uz ) saytida emlanganlik holatini tekshirish yoki sertifikatni yuklab olish mumkin. Sanitariya xizmati ta'kidlashicha, ushbu portalda faqat emlash.uz bazasiga ma'lumotlari kiritilganlar o'z holatlarini tekshirishlari mumkin. Eslatib o'tamiz, fuqaroning ma'lumotlari ushbu bazaga kiritilishi bilanoq unga SMS-xabar kelishi kerak. «Gazeta.uz»ning ayrim xodimlariga na birinchi, na ikkinchi dozadan keyin SMS-xabar kelmadi. Shunga qaramasdan, ular my.gov.uz orqali o'z holatlarini tekshira olishlari mumkin. Shuning uchun, biz umumiy ovqatlanish obyektlari va boshqa tashkilotlarning emlangan xodimlariga ushbu platformadan foydalanishni tavsiya qilamiz. Ro'yxatdan o'tgandan so'ng, « COVID-19 ga emlashga yozilish va holatini tekshirish » bo'limiga o'tib, «Xizmatdan foydalanish» ni tanlang. Undan keyin JSHSHIR , pasport seriyasi va raqami, shuningdek tug'ilgan sanangizni ko'rsating. Keyin esa «Tekshirish» ni bosing. Agar sizning ma'lumotlaringiz poliklinika xodimlari tomonidan emlash.uz tizimiga kiritilgan bo'lsa, siz emlanganlik holatingizni tekshirishingiz mumkin. Agar siz emlangan bo'lsangiz-da, lekin bu haqida ma'lumot bo'lmasa, vaksina olgan poliklinika yoki emlash punktiga murojaat qiling va tibbiy xodimlardan sizni bazaga kiritishlarini so'rang. To'liq emlangandan so'ng ushbu sahifada siz o'z sertifikatingizni yuklab olishingiz mumkin bo'ladi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bosh mutaxassisi Xursanoy Jamolovaning ta'kidlashicha, ma'lumotlarni umumiy bazaga kiritish uchun mas'ul bo'lgan poliklinika xodimi fuqarolarning murojaati asosida ularning sertifikatlarini yuklab olishi va ishchi printeri bo'lgan taqdirda qog'ozga chiqarib berishi mumkin. Sanitariya-epidemiologik xizmatining ma'lum qilishicha, hozirgi vaqtga kelib O'zbekiston sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan emlanganlik to'g'risidagi sertifikat faqat bitta davlatda rasman tan olingan — bu Vengriya davlati. Shuningdek, yaqin kunlarda Qozog'iston bilan ikkala davlat sertifikatlarini o'zaro tan olish bo'yicha kelishuvga erishilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, hozirda O'zbekiston MDHning boshqa mamlakatlari bilan sertifikatlarni tan olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Sentyabr oyidan boshlab Hamdo'stlik davlatlari ham bir birining sertifikatlarini tan olishi kutilmoqda. Sanitariya xizmatining ta'kidlashicha, boshqa mamlakatlar bilan sertifikatlarni o'zaro tan olish bo'yicha kelishuv keyinchalik tuziladi.
advice
«Gazeta.uz» nashri «Xorijdagi o'zbekistonlik talabalar» loyihasini boshlamoqda. Mazkur loyiha doirasida chet el universitetlarida ta'lim olgan yoki o'qiyotgan o'zbekistonlik talabalar bilan suhbat uyushtiriladi. Bunda ularning chet eldagi hayoti, nega xorijiy ta'limni tanlaganligi, ularning boshidan o'tgan sinovlar haqida so'z boradi. Loyihaning dastlabki mehmoni — Shahnoza Abdireymova. Shahnoza Abdireymova 1998 yili Nukus shahrida tug'ilgan. U Nukus shahridagi «Progress» maktabining ta'lim va taraqqiyot markazida tahsil olgan. O'rta ma'lumotni QDU (Qoraqalpog'iston davlat universiteti — tahr.) qoshidagi 1-sonli akademik litseyda olgan. Shahnoza Abdireymova 3 yildan beri o'quvchilarni xalqaro testlarga (IELTS, SAT, GRE) tayyorlaydi. Epidemiologik vaziyatga qaramay, chet ellik talabalarga (Rossiya, Xitoy) ZOOM platformasi orqali dars beradi. Hozirda Shahnoza Nukusda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Loyihalar fabrikasida amaliyot o'tamoqda — Bolaligimdan meni faqat onam tarbiyalagan. Maktab yillarida men Osiyo madaniyatiga, xususan, koreys tiliga katta qiziqish bilan qarardim. Xodimlar yetishmasligi tufayli, o'sha yillari bizning shaharda koreys tili o'qituvchisini topish qiyin edi. Maktab kutubxonasidan kitoblarni olib, o'zim mustaqil o'rganishim kerak edi. 9-sinfni bitirib, Toshkentda, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida ta'limni davom ettirmoqchi edim, lekin bu amalga oshmaydigan reja edi. Onamda saraton kasalligi aniqlandi, u bilan Nukusda qolishga qaror qildim. Shundan so'ng QDU qoshidagi (Qoraqalpog'iston davlat universiteti — tahr.) akademik litseyga o'qishga kirdim. Oilamni boqish uchun o'quv kurslarida dars berishni boshladim. Hozirda bir necha nafar o'quvchilarim xorijda tahsil olishmoqda. — Maktab va litseyda o'qiganda qator shahar va respublika olimpiadalarida qatnashib, bir necha bor byurokratiya va korrupsiya muammolariga duch kelganman. Hakamlar komissiyasidagi o'qituvchilarning saviyasi ham yuqori emas edi. Masalan, ingliz tili fanidan olimpiadada imtihonni tekshiruvchi ko'p so'zlarning tarjimasini bilmaganligi sababli menga past baho qo'ygan. Buni turli hududlardan mustaqil hakamlar brigadasini tuzib hal qilsa bo'lardi. Bundan tashqari, mening ko'p rejalarim litsey ma'muriyatining to'siqlari tufayli amalga oshmagan. Litseyda o'qigan paytimda mening YPEER, UNFPA, GIZ, UARZ kabi xalqaro tashkilotlarda ko'ngilli bo'lishimga qarshi bo'lishgan. Shunday qilib, yuqoridagi sabablar natijasida O'zbekistonda o'qishni davom ettirish istagi yo'qoldi. Maktabdagi orzuyimga ergashib, Janubiy Koreyadagi UNIST universiteti biznes menejmenti fakultetiga hujjat topshirishga qaror qildim. Ikki yil ichida 4 marotaba rad javobini olganimdan so'ng, keyingi semestrda yana topshirmoqchi edim. Afsuski, o'shanda onam vafot etdi va men yolg'iz qoldim. Janubiy Koreyada o'qishni yakka o'zim eplay olmasligim aniq edi. «Dunyoning eng yaxshi universitetlari» ro'yxatida Rossiya universitetlarini ko'p ko'rardim, shuning uchun Rossiya Federatsiyasidagi universitetlarga hujjat topshirishga qaror qildim. Turli xil ta'lim dasturlari orqali kirish imtihonlarini topshirdim va bir vaqtning o'zida grant asosida Rossiya Federatsiyasining 7 ta universitetiga (HSE, MGIMO, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Plexanov moliya universiteti va boshqalar) o'qishga kirdim. Men bakalavrda o'qish uchun Iqtisodiyot oliy maktabini tanladim. Birinchi sabab ta'lim tizimi . Siz ta'lim yo'nalishingizni o'zingiz tanlab, faqat o'zingizga kerakli bilimlarni olishingiz mumkin. Keraksiz mavzular, ular uchun majburiy testlar yo'q. Ikkinchi sabab — talabalarga bo'lgan munosabat . Talaba bu yerda asosiy shaxs hisoblanadi. Imtihonlardan oldin har safar talabalar o'quv jarayoniga baho berishadi. Natijada, ma'lum bir fan yoki o'qituvchi o'rtacha darajadan pastroq baho olgan bo'lsa, u holda u keyingi o'quv yiliga dars berishdan chetlatiladi. Foto: Shahnoza Abdireymovaning shaxsiy arxividan — Ketishdan oldin asosiy motivatsiya xalqaro tajribaga ega professorlardan sifatli bilim olish edi. Iqtisodiyot oliy maktabi (IOM) ilmiy tadqiqot muassasasi bo'lganligi sababli talabalar va o'qituvchilar universitet hayotining ko'p qismini iqtisodiy tadqiqotlar bilan o'tkazadi. Moskvaga jo'nab ketishdan oldin, IOM professorlari qaysi iqtisodiy segmentlar bo'yicha tadqiqot qilishini batafsil o'rganishga qaror qildim va ularga meni qiziqtirgan bir nechta savollarni yubordim. Ertasi kuni savollarimga batafsil javob olganimdan so'ng, men kurs ishim ustida qaysi professor bilan ishlashni xohlayotganimni va tadqiqot mavzusi qanday bo'lishini tushundim. — Yillar davomida sifatli ta'lim olish motivatsiyasi yo'qolmadi, aksincha yanada kuchayib bordi. Xalqaro moliya bozorlarini o'rganish uchun Yevropada magistraturada o'qishni davom ettirish motivatsiyasi paydo bo'ldi. Bundan tashqari, O'zbekistonda o'ziga xos «Wall Street»ni yaratish niyatim bor. — O'z madaniyatingizni qabul qilish oson, ammo boshqa mamlakatdagi hayot menga o'z ona madaniyatimga boshqa tomondan qarashga va o'z qarashlarimni kengaytirishga yordam berdi. Tug'ilishimdanoq meni qamrab olgan qoida va tamoyillarga amal qilishni to'xtatdim va nima bo'layotganini tahlil qila boshladim. Foto: Shahnoza Abdireymovaning shaxsiy arxividan — Parashyut yordamida «zaharni zahar bilan kesish» niyatim bor edi. O'z hayotingizni hech qanday qo'llab-quvvatlashlarsiz qurganingizda, siz juda ko'p bosim va stressni boshdan kechirasiz. Men maktabda yoki ishda muvaffaqiyatsiz bo'lishimdan juda qo'rqardim. Yaxshiyamki, hamma narsa muvaffaqiyatli kechdi, ammo tashvishlarim tugamadi, men hali ham imkoniyatim yo'qligidan, dosh berolmasligimdan va raqobatni yengolmasligimdan qo'rqardim. Yangilanish, miyamni bo'shatish va kamida bir necha daqiqa nafasimni rostlash uchun biror narsa topishim kerak edi. Shuning uchun, meni o'ylantirayotgan narsalardan ham kattaroq stressni boshdan kechirishga qaror qildim va parashyutdan sakradim. Foto: Shahnoza Abdireymovaning shaxsiy arxividan — Yangi muhit va qiyin sharoitlar. Birinchidan, ko'chish men uchun qiyin kechdi, chunki yangi mamlakatda butunlay yolg'iz edim, u yerda do'stlarim va hatto tanishlarim yo'q, yangi hayot qoidalariga bo'ysunishim va hamma narsani yolg'iz o'zlashtirishim kerak edi. Ikkinchidan, IOMda o'qish juda qiyin. Siz intizomni saqlashingiz, materialni tezda o'zlashtirishingiz, darslarni qoldirmasligingiz va oraliq imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tishingiz kerak. Doimiy bosimga dosh berolmaydigan har bir kishi o'qishdan haydaladi, shuning uchun bu yerda vaqtni shunchaki behuda va ko'ngilxushlik bilan o'tkazib bo'lmaydi. — IOMda o'qish qiyin, qiyin deb ham bo'lmaydi, juda talabchan. Bizda yiliga 4 ta imtihon o'tkaziladi. Bu qo'rqinchli tuyulishi mumkin bo'lsa-da, o'qituvchilar uchun ham, talabalar uchun ham qulayroq tizim. Har bir sessiyada biz bir nechta fanlarni yopamiz. IOMning qulay jadvali o'qish vaqtida ishlashga (stajirovka) imkon beradi. Fan bo'yicha yakuniy baho asosan imtihonga bog'liq emas, ya'ni imtihon yakuniy bahoning 20 foizini, seminarlardagi faollik esa 50 foizni tashkil qilishi mumkin. Ushbu tizimning yaxshi tomoni shundaki, u sizga dam olishga imkon bermaydi. — Meni O'zbekistonda hech narsa ushlab turmas edi, shuning uchun qanday qiyinchiliklarga duch kelgan bo'lmasam ham, yagona to'g'ri yo'l bu muammoni hal qilish edi. Foto: Shahnoza Abdireymovaning shaxsiy arxividan — Onamga ota-onasi hatto Toshkentda ham universitetda o'qishga ruxsat berishmagan. Ular onamning bizning shaharda, Nukusda o'qishini xohlashgan. Kirish imtihonlari paytida bobom Toshkentga sanatoriyga borgan. Onam, fursatdan foydalanib, otasini ko'rish bahonasida hujjatlarini olib, Toshkentga yo'l olgan. Kirish imtihonlarini topshirib, universitetga o'qishga kirgan. Oiladagi yagona farzand bo'lishimga qaramay, onam shunday qiyinchiliklarga duch kelganligi sababli meni hamma ishlarimda qo'llab-quvvatlagan va chet elda o'qishimga qarshi bo'lmagan. — Avval bakalavrni tugatgandan so'ng boshqa mamlakatga ko'chib o'tish rejalari bor edi, chunki meni hech narsa O'zbekistonda ushlab turgani yo'q. Bu yil pandemiya sababli masofadan turib o'qishga majbur bo'ldim, shuning uchun Nukusda amaliyot o'tash imkoniyatiga ega bo'ldim. Amaliyot davomida biz rivojlanishimiz va o'sishimiz kerakligini angladim. Ta'lim tizimiga juda ko'p o'zgarishlar kiritish kerak, chunki qolgan barcha sohalarning rivojlanishi ta'limga bog'liq. O'zimga savol berdim: «Biz bo'lmasak, kim?» Avvalo, ta'lim dasturidagi majburiy fanlar ro'yxatini qayta ko'rib chiqish kerak. O'quvchiga vatanparvarlik tuyg'usini singdirishga qaratilgan fanlarni o'quv dasturidan chiqarib tashlash kerak, chunki bu tuyg'ularni kitobdagi matn orqali singdirishga harakat qilishdan foyda yo'q. Buni unga ijtimoiy g'amxo'rlik ko'rsatish va shaxs sifatida uning huquqlarini himoya qilish orqali amalga oshirish yaxshiroqdir. Ikkinchidan, o'qituvchi va talabalarning huquqlarini tenglashtirish zarur . Talabalar o'qigan kurslari haqida o'z fikrlarini bildirishlari kerak, o'qituvchilar esa o'z mavzulari bo'yicha konstruktiv tanqid va o'z fanlariga yangilik kiritishga tayyor bo'lishlari kerak. Uchinchidan, talabalar tanqidiy fikrlashni , ma'lum bir masala bo'yicha o'z fikrlarini asoslash va bahslashish qobiliyatini rivojlantirishlari kerak. Shu yo'l orqali bizning ta'lim tizimimiz asta-sekin bo'lsa ham oldinga qadam tashlaydi. Foto: Shahnoza Abdireymovaning shaxsiy arxividan — Har qanday mamlakatning kelajagi ko'p jihatdan yoshlarning intellektual salohiyatiga bog'liq. Mustaqil ta'lim bilan shug'ullaning, har qanday imkoniyatdan foydalaning va birinchi muvaffaqiyatsizlikdan keyin taslim bo'lmang. Ilm-fan bilan shug'ullaning, chunki mamlakatimizda ko'plab sohalarni yaxshilash biz bilan sizning qo'limizda. — Nimadan afsuslanasiz? — Onam bilan yetarlicha vaqt o'tkazmaganimdan afsusdaman. Har yil men yana va yana, eng yaqin odamlar bilan muloqot qilish qanchalik muhim ekanligini tushunaman. — Xorijda nima sizni tushkunlikka tushirib qo'ygan edi? — Ob-havo. O'zbekistonda yashab, buni sezmasdim, lekin Moskvada yiliga quyosh nurini bir-ikki martagina ko'rishning o'zi bayram. — Agar 10 yil ortga qaytish mumkin bo'lganda qaysi xatoyingizni takrorlamas edingiz? — Qanday bo'lgan bo'lsa hammasini shunday qoldirardim. Axir, o'tmishda qilgan o'sha xatolarimdan men ma'lum saboqlarni oldim. — 5 yildan so'ng Shahnoza Abdireymova o'zini qayerda va qanday holatda ko'radi? — Bizning fond birjamizda broker sifatida. — Agar tilla baliq tutib olsangiz undan O'zbekiston uchun nima so'ragan bo'lar edingiz? — 1. Barqaror milliy valyuta. 2. Yuqori likvidli rivojlangan fond bozori. 3. Ko'proq yosh professional kadrlar. Og'abek Samisov suhbatlashdi.
advice