text
stringlengths 18
64.5k
| label
class label 15
classes |
---|---|
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yuk tashishni tashkil etish maqsadida qo‘shma logistika xablarini yaratadi
O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov va Qirg‘iziston bosh vazirining o‘rinbosari Erkin Asrandiyev o‘rtasida 2020-yilning 3-sentabr kuni videokonferensiya shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiya, savdo va transport-logistika sohalarida sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi va o‘zaro manfaatli hamkorlikning aniq maqsadlari belgilandi.
Investitsiya sherikligini faollashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi choralar to‘g‘risida konstruktiv fikr almashilib, tomonlar O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash hamda amalga oshirilishini boshlashga kelishib oldi.
Tomonlar savdo sohasida to‘xtalib, savdo aylanmasi o‘sishining ijobiy dinamikasini qayd etdilar: so‘nggi uch yilda savdo aylanmasi qariyb besh baravar o‘sib, 2019-yilda 818,4 million dollarni tashkil etdi. Ushbu yo‘nalishda yaqin vaqtlarda o‘zaro savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazish maqsadida pandemiyaning salbiy ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha birgalikda choralar ko‘rish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish bilan bog‘liq bir qator masalalar ishlab chiqildi.
Muzokaralar davomida transport sohasida o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasidagi temiryo‘l orqali yuk tashish hajmi 10,7 foizga o‘sib, 1,47 million tonnani, avtomobil yuk tashish hajmi esa 38,2 foizga o‘sib, 1,49 million tonnani tashkil etganligi qayd etildi. Tomonlar yuk tashishga sarflanadigan vaqtning sezilarli darajada kamayishiga va tashuvchilarning transport xarajatlarini optimallashtirishga imkon yaratgan Andijon—O‘sh—Irkishtom—Qoshg‘ar uchastkasida avtotransport vositalaridan foydalangan holda O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy yo‘lagi bo‘ylab multimodal yuk tashishlari ishga tushirilganligini ta’kidladi.
Ushbu yo‘nalishdagi mavjud salohiyatni hisobga olgan holda chegara nazorat punktlaridagi yo‘llarning o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish va yo‘lovchilar, transport vositalari va yuklarning tranziti uchun sharoitlarni yaxshilash, jumladan, bojxona, sanitariya, transport va chegara nazorati jarayonlarini raqamlashtirish orqali birgalikda choralarni amalga oshirish istiqbollari qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan kombinatsiyalashgan yuk tashishlarni tashkil etish maqsadida qo‘shma logistika xablarini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari darajasida investitsiya, savdo, transport-logistika hamkorligi masalalarining tezkor ravishda kelishish bo‘yicha mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, bu esa belgilangan yo‘nalishlar doirasidagi o‘zaro amaliy faoliyat samaradorligini oshirishi ta’kidlandi. | 8O‘zbekiston
|
SSSRning oyboltasi. KGB tarixi
“Daryo” yarim asr mobaynida insonlarni qo‘rquvda ushlab turgan, butun-butun xalqlarga qarshi jinoyatlar qilgan sovet oyboltasi — KGB tarixidan hikoya qiladi.
KGB 1954-yil 13-mart sanasida tashkil etilgan bo‘lib, “Komitet gosudarstvennoy bezopasnosti” ning rus tilidagi qisqartmasidir. O‘zbek tilida bu “Davlat xavfsizlik qo‘mitasi” deb tarjima qilinadi. KGBning kelib chiqishi Nikolay II hukmronligi davriga, ya’ni 1881-yilda Oxrana deb nomlanuvchi maxfiy politsiya xizmati paydo bo‘lishiga borib taqaladi.
1917-yildagi inqilobdan keyin va bolsheviklar hukumatining dastlabki kunlarida Vladimir Lenin o‘z hokimiyatini mustahkamlash uchun Oxrana qoldiqlarini Cheka deb nomlangan tashkilotga aylantirdi. Tashkilot noldan yaratilmagan, aksincha ko‘p texnika, kadrlar va siyosiy yo‘nalishni undan oldin tashkil etilgan idoradan meros qilib olgan.
Zamonaviy KGB 1954-yilda Moskvada “Kommunistik partiyaning qilichi va qalqoni” sifatida xizmat qilish uchun tashkil etilgan va Rossiyada, shu jumladan, NKVDda tashkil etilgan bir qator xavfsizlik agentliklari orasida eng kuchlisi va ta’sir doirasi kattasi edi.
Sovet Ittifoqi davrida KGBning vazifalari mamlakatning siyosiy rahbariyatini himoya qilish, chegara qo‘shinlarini nazorat qilish va aholini umumiy kuzatishni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, KGB chet mamlakatlarda razvedka ma’lumotlarini to‘plash, qarshi razvedka, maxfiy politsiyani saqlash, ichki isyonlarni bostirish va elektron josuslik bilan shug‘ullangan. Oddiy agentlar va tahlilchilaridan tashqari, KGB harbiy korpus va chegarachilarni ham ish bilan ta’minlagan. Ushbu agentlik sovet mafkurasini singdirish va targ‘ibot bilan ham shug‘ullangan.
1991-yilda SSSR parchalanguniga qadar KGB dunyodagi eng yirik ayg‘oqchi va davlat xavfsizligi mashinasi bo‘lib, nafaqat Sovet Ittifoqi hayotining barcha jabhalarida qatnashgan, balki Sovet Ittifoqini dunyoning boshqa mamlakatlaridan, ayniqsa, G‘arbdan ajratib olishga harakat qilgan.
KGBning asosiy funksiyalari va vazifasini kengroq tushunish uchun uning paydo bo‘lish xronologiyasini birgalikda ko‘rib chiqamiz.
1917—1922-yillar
1917-yilda Cheka tashkil etilganida, bu o‘z kuchlarini mustahkamlash uchun bolsheviklar ishonishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik tashkilot bo‘lishi kerak edi. “Cheka” so‘zi aslida Vchekadan olingan bo‘lib, “kontrrevolyutsiya va sabotajga qarshi kurash bo‘yicha Butunrossiya favqulodda komissiyasi” so‘zlarining bosh harflaridan olingan.
Chekaga inqilob va sabotajni dastlabki tergov qilish vazifasi qo‘yildi, ammo u tezda “davlat dushmanlari”ni qamoqqa olish, qamoqda saqlash va qatl etish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, bular tarkibiga sobiq dvoryanlar, burjua va ruhoniylar kirgan.
Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida Chekaning boshlig‘i Feliks Dzerjinskiy bu xizmatni hukmron Kommunistik partiyaning samarali va shafqatsiz vositasiga aylantirdi. Cheka Rossiya fuqarolar urushida (1918—1921-yillar) muhim rol o‘ynagan va 1922-yilda, Rossiya fuqarolar urushi tugaganidan keyin tarqatilgan.
1922—1923-yillar
1922-yilda GPU (Davlat siyosiy ma’muriyati) Kommunistik partiyaning kuchi bilan Chekani siqib chiqardi. Oxir-oqibat Stalin GPUdan raqiblarini tor-mor qilish uchun foydalangan.
1922-yil fevralda Butunrossiya Markaziy ijroiya qo‘mitasi (VTSIK) uning o‘rniga Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasining Ichki ishlar Xalq komissarligi (NKVD RSFSR) bilan bog‘liq bo‘lgan Davlat siyosiy boshqaruvini (GPU) tuzishga qaror qildi.
OGPU
1923—1934-yillar
1923-yilda hali Feliks Dzerjinskiy davrida GPU OGPU (SSSR Xalq komissarlari kengashi huzuridagi Qo‘shma davlat siyosiy boshqarmasi) deb o‘zgartirildi.
GPU mutatsiyaga uchradi, chunki Stalin o‘z kuchini tashkilotga birlashtirdi va Sovet Ittifoqini modernizatsiya qilishga rahbarlik qildi. OGPUga qo‘shimcha vazifalar berildi, jumladan, mehnat lagerlarini boshqarish va aholini kuzatib borish kabi. Tashkilot qishloq xo‘jaligini majburiy ravishda kollektivlashtirishni va katta yer egalari va boy dehqonlarni quloqlashtirish (deportatsiya)ni amalga oshirdi va “xalq dushmanlari” degan tamg‘a yopishtirdi.
1930-yillarning boshlarida OGPU Sovet Ittifoqining barcha xavfsizlik funksiyalarini nazorat qilib, fabrikalarda, hukumat idoralarida va Qizil Armiyada ko‘plab informatorlar armiyasini boshqargan.
OGPU odatdagidek dissidentlar va sabotajchilarni yo‘q qilish vazifalaridan tashqari, diniy tashkilotlarni (shu jumladan, rus pravoslav cherkovi) ham shafqatsiz ta’qib qildi. Dzerjinskiy umrining oxirigacha GPU va OGPUni boshqargan (1926-yil 20-iyul). 1926-yilda Vyacheslav Menjinskiy OGPU raisi bo‘ldi va 1934-yilgacha unga rahbarlik qildi.
1934—1941-yillar
1934-yilda OGPU yangi NKVD (Ichki ishlar xalq komissarligi) tarkibiga kirdi. Tashkilotning modifikatsiyasida davlat xavfsizlik idoralari Ichki ishlar xalq komissarligi tarkibiga kiritilgan.
NKVD sof Iosif Stalinning ishi edi va tozalashlarni amalga oshirish orqali o‘z kuchini mustahkamlashga yordam berdi. Faoliyat olib borgan yillarida NKVD millionlab odamlarni hibsga oldi va qatl qildi hamda SSSRning keng hududida butun etnik populyatsiyani “ko‘chirib yubordi”. 1937—1938-yillarda 750 mingdan ortiq odam qatl etildi. Yuz minglab odamlar quloq qilindi.
Menjinskiyning vafotidan keyin NKVDga Genrix Yagoda (1934—1936), keyin Nikolay Yejov (1936—1938) rahbarlik qilgan. 1938-yilda Lavrentiy Beriya NKVD rahbari lavozimiga keldi va 1953-yilgacha xizmat qildi.
Sud qurbonlarining yarmidan ko‘pi hukmron Markaziy komitet (Kommunistik partiyaning eng yuqori organi) a’zolari, shu jumladan, NKVD rahbarlari: Yagoda 1938-yilda, Yejov 1940-yilda va Beriya hibsga olingan va qatl etilgan.
1941—1946-yillar
1941-yil fevral oyida davlat xavfsizligi uchun javobgarlik NKVDdan NKGBga o‘tkazildi. NKVD ikki mustaqil hokimiyatga bo‘lingan: Davlat xavfsizlik xalq komissarligi (NKGB) SSSR va Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD).
Biroq 1941-yil iyulda NKGB va NKVD yana bir tuzilmani — SSSR NKVDsini tashkil qilish uchun birlashdi. Hukmron partiya Markaziy qo‘mitasining a’zosi sifatida Beriya NKVDning boshlig‘i bo‘lib qoldi va ikki vazirlikni boshqarishda davom etdi.
1946—1954-yillar
Ko‘p sonli qisqartmalar va tashkiliy tuzilmalar tarkibida qolgan sovet xavfsizlik apparati ko‘pincha MGB (Davlat xavfsizlik vazirligi) deb nomlangan. Ushbu tashkilot NKGB asosida paydo bo‘lgan.
1946-yilda tashkil etilgan va 1951-yilgacha Viktor Abakumov tomonidan boshqarilgan MGB Sovet Ittifoqining xavfsizlik tizimida va keyinchalik Sharqiy Yevropada kuchini mustahkamlashda katta rol o‘ynadi. Beriyaning nazorati ostida MGB josuslik va qarshi kurash ishlarini olib bordi, Markaziy Osiyodagi xalqlarning Sibir va boshqa chekka o‘lkalarga deportatsiya qilinishini nazorat qildi.
1951-yildan 1953-yilgacha MGB Semyon Ignatyev tomonidan boshqarilib, keyinchalik MVD (Ichki ishlar vazirligi) bilan birlashdi, ammo Beriya ikki vazirlikni nazorat qilishni davom ettirdi va Sovet Ittifoqining yangi paydo bo‘lgan yadroviy qurol dasturi va AQSh hamda Buyuk Britaniyaning atom bombasi loyihalariga qaratilgan razvedka operatsiyalarini boshqardi.
1953-yilda Sergey Kruglov yangi MVDning boshlig‘i bo‘ldi.
MGB Sharqiy Yevropa va Sovet Ittifoqidagi haqiqiy yoki shubhali barcha qarshiliklarni tor-mor qilishga yordam berdi. 1945-yildan 1953-yilgacha 750 mingdan ortiq Sovet fuqarolari siyosiy jinoyatlar uchun hibsga olingan va jazolangan.
1954—1991-yillar
Stalin vafotidan so‘ng MVD haddan tashqari zo‘ravonlikdan voz kechdi va 1954-yil mart oyida KGB (Davlat xavfsizlik qo‘mitasi)ni tashkil qilish uchun o‘zgartirildi.
Ivan Serov ushbu xavfsizlik institutini boshidan 1958-yilgacha boshqargan. Ayni paytda KGB o‘z faoliyatining aksariyat qismini Sovet Ittifoqi hududida va Sovet fuqarolariga qarshi olib borgan.
1960-yillarning oxiriga kelib, KGB Kommunistik partiyaning xavfsizligini kuzatuvchi sifatida mustahkam o‘rnashdi. KGB avvalgilarining barchasi terrorizmni ommaviy norozilikni nazorat qilish vositasi sifatida ishlatgan, xorijiy davlatlarda agentlarni jalb qilish uchun esa idealizmdan foydalangan.
KGB Sovet harbiylari uchun ilmiy-texnik ma’lumotlarni sotib olishga qodir edi va u bir necha marotaba Sovet suvosti kemalari, samolyotlari va raketalarini yaratish uchun zarur bo‘lgan ilg‘or texnologiyalarni qo‘lga kiritdi.
KGBni modernizatsiya qilish va isloh qilish Yuriy Andropov davrida yaqqol namoyon bo‘ldi. Andropov boshchiligida KGB partiya tashkilotidan “eng yaxshi va eng yorqin” a’zolarni jalb qildi. Andropov 1967-yildan 1982-yilgacha rais bo‘lib qoldi.
KGB hukmronligi davrida uning rahbarlari o‘zgarishni davom ettirdi: Vitaliy Fedorchuk 1982-yil oxirlarida KGB boshlig‘i bo‘ldi. Viktor Chebrikov uni 1982-yildan 1988-yilgacha boshqargan, Vladimir Kryuchkov esa 1991-yilgacha xizmat qilgan va Vadim Bakatin 1991-yil noyabrgacha qo‘mitani boshqargan so‘nggi shaxs edi. Gorbachyov 80-yillarda KGBda keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish orqali hokimiyatga keldi. Natijada KGB siyosiy dissidentlarga nisbatan tajovuzkor bo‘lib qoldi va chet ellarga qarshi kurashni chekladi.
1995-yil — hozirgi kunga qadar
FSB (Federal xavfsizlik xizmati), Rossiyaning ichki xavfsizlik va kontrrazvedka xizmati, 1995-yilda Sovet davri KGBning vorislaridan biri sifatida tashkil etilgan. U kontrrazvedka, antiterrorizm va harbiylarni kuzatib borish uchun javobgardir. FSB Rossiyaning Moskva shahridagi Lubyanka maydonidagi KGBning sobiq bosh qarorgohini egallaydi. Barsukov birinchi bo‘lib 1995-yildan 1996-yilgacha agentlikni boshqargan. Nikolay Kovalyov (1996—1998) keyingi o‘rinni egalladi. Nikolay Patrushev 1999-yildan 2008-yil maygacha, Aleksandr Bortnikov esa 2008-yil maydan beri ishlagan.
KGBdan farqli o‘laroq, FSB xorijiy ayg‘oqchilar uchun ichki jihatdan favqulodda keng vakolatlarga ega bo‘lsa-da, mas’ul emas.
Agentlik, shuningdek, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashda faol ishtirok etadi va aksariyat razvedka operatsiyalari uchun javobgardir.
Agentlikning IKSI (Kriptografiya va axborotni himoya qilish instituti) deb nomlangan o‘zining maxsus instituti bor, u ilgari kodlarni buzish ustida ishlagan, ammo hozirda axborot xavfsizligiga e’tibor qaratmoqda. Ko‘rinib turibdiki, FSB oddiy xavfsizlik xizmatidan ham yuqoriroq ishlarni bajaradi.
Hozirgi kunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham bir vaqtlar KGBda ishlagan.
Abdulaziz Akramov tayyorladi. | 2Dunyo
|
Taqiqlar bekor bo‘lsa, koronavirus qaytadi: buyog‘iga umid ijtimoiy masofalanishdanmi?
Xitoy hukumati «noma'lum turdagi zotiljam»ni e'lon qilganidan 100 kun o‘tib, koronavirusning sayyoramiz bo‘ylab tarqalish dinamikasi klaster effektiga bog‘liqligi ma'lum bo‘ldi. Pandemiyadan yetarli darajada talafot ko‘rgan har bir davlatda yirik ijtimoiy, madaniy yoki diniy yig‘ilishlar bo‘lib o‘tgan, unda juda ko‘p sonli insonlar bir-birlari bilan yaqindan kontaktda bo‘lgan. Bu – pandemiyaning tarqalish tezligiga jiddiy ta'sir o‘tkazgan.
Bu borada mahalliy media tomonidan «nemis Uhani» deb nomlangan Gangelt kommunasi misol bo‘la oladi. Uning aholisi har yili fevral-mart oylarida Germaniyada o‘tadigan karnaval haftasida faol ishtirok etgan. Keyinroq karnaval ishtirokchilaridan 7 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan biri — 47 yoshli erkak Germaniyada birinchi bo‘lib shu tashxis bilan intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan.
Bu kommuna 42 ming aholi istiqomat qiladigan Haynsberg tumani tarkibiga kiradi. U yerda tezlik bilan karantin e'lon qilindi, biroq 15 aprelgacha kasallik 1500 kishini qamrab olib, ulardan 49 nafarini hayotdan olib ketdi.
To‘planish va tarqalish
«Butun sayyorada bir tendensiya ko‘zga tashlanmoqda — qayerda qo‘shiq va raqslardan iborat ommaviy yig‘inlar o‘tgan bo‘lsa, o‘sha joyda virus yanada tezroq tarqalgan», — deb hisoblaydi tadqiqotchilar jamoasi bilan aprel oyi boshlarida Haysbergda «COVID-19 klaster tadqiqoti»ni o‘tkazgan Bonn universiteti virusologi Hendrik Shtrik.
Shtrikning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki natijalar yuqtirishlarning katta qismi aslo supermarketlar va restoranlarda ro‘y bermaganini ko‘rsatmoqda.
Haynsbergning o‘zida virus eshik tutqichlari, smartfonlar va boshqa obektlar orqali yuqishiga doir juda zaif dalillar yig‘ilgan.
Shuningdek, Gangeltda virus idishlar orqali yuqqan bo‘lishi haqidagi nazariya ham noto‘g‘ri bo‘lib chiqqan: mehmonlarning ko‘pchiligi pivoni shishasi bilan ko‘tarib ichishgan.
Virusologning hisoblashicha, aslida virusning tarqalishi «insonlar ko‘proq vaqt zich kompaniyada bo‘lgan joylarda» ro‘y bergan. Bu — Avstriyadagi Ishgl tog‘-chang‘i kurorti, Berlindagi Trompete tungi klubi yoki Milandagi futbol o‘yini...
«Ommaviy tadbirlar — virus tarqalishi uchun ideal maydon, chunki odamlar bu yerda o‘zlariga mutlaqo notanish kimsalarga duch kelishadi», — deydi Vena texnologiya universiteti matematigi Nikolas Popper. U olimlar jamoasi bilan pandemiyalar tarqalishini yanada aniqroq aytib bera oladigan simulyatsiyani ishlab chiqqan.
U «lokal epidemiyalar tarmog‘i»ning boshlang‘ich nuqtasi deb ataluvchi omilni hisobga olishga harakat qilmoqda. Masalan, bir necha yuz kishi bir xonada virus tashuvchisi bilan uzoq vaqt birga bo‘lishsa, ulardan kamida 20 kishi virusni yuqtirib oladi va bir necha kundan keyin oila a'zolari va hamkasblariga tarqatadi. Popper taxminiga ko‘ra, yuqtirganlarning har biri virusni yanada kamida 10 kishiga uzatadi. Bir necha kundan so‘ng bitta holatni deb virus tashuvchilar soni 200 nafarga yetadi.
Dafn marosimlari va ibodatlarda
«Bugun ko‘plab mamlakatlarda sodir bo‘layotgan voqealar — aynan mana shunday hodisalarning oqibatlari», — deydi Harvard universiteti epidemiologi Uilyam Henej. U AQShda virusning tarqalishiga bosh sabab odamlarning ommaviy to‘planishi ekanligini tasdiqlaydi.
Masalan, Yangi Orleanda Mardi Graning nishonlanishi (u karantindan avvalroq bo‘lib o‘tgan) — shaharni eng yirik epidemiya o‘choqlaridan biriga aylantirgan.
Nima bo‘lganda ham, insonlarning qay sababga ko‘ra to‘plangani virusni qiziqtirmaydi. Bu diniy marosimlar o‘tkazish bilan (Fransiya sharqidagi kabi) yoki dafn marosimi bilan (Italiya janubi-sharqidagi kabi) bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sport musobaqalarini-ku, asti qo‘yavering — 19 fevral kuni Milanda «Atalanta» va «Valensiya» o‘rtasida o‘tkazilgan UYeFA Chempionlar ligasi o‘yini chinakam «biologik bomba»ga aylandi.
O‘sha bosqichda invidual virus tashuvchilarni topib, izolyatsiyalashga harakat qilgan sog‘liqni saqlash tizimi vakillari uchun turli ko‘ngilochar tadbirlar chinakam boshog‘riq bo‘lgan. Chunki unda qatnashganlar ichida boshqa hududlar, mamlakatlar, hattoki qit'alardan ham kelganlar bo‘lgan.
Masalan, Avstraliyada 15 mart kuni Bondi Beach plyajida Bucket List xamjamiyati tomonidan o‘tkazilgan raqs kechasida turistlarni ham qo‘shib hisoblaganda 30 kishi virus yuqtirgan. U mamlakatda 500dan ortiq kishi to‘planmasligi borasida taqiq joriy etilishidan biroz oldin o‘tkazilgan. Dam oluvchilar ijtimoiy masofalanishga chaqiruvlarga e'tiborsizlik qilaverishganidan so‘ng Bondi Beach plyaji yopib qo‘yildi.
Individual harakatlar ham jiddiy oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin ekan. Reuters agentligining hikoya qilishicha, Janubiy Koreyada koronavirus yuqtirgan №31-patsiyent 1000dan ortiq inson bilan kontaktga kirgan va infeksiyaning yangidan yangi klasterlarini yaratgan.
Ijtimoiy masofalanish afzalliklari
AQShdagi ommaviy to‘planishlarga bag‘ishlangan 2016 yilgi tadqiqotlardan birining ko‘rsatishicha, yuqumli kasalliklarning avj olishi 70dan ziyod ommaviy hodisalardan so‘ng ro‘y bergan. 2010 yilgi kompyuter modellashtirishiga ko‘ra, odamlarning bir joyga to‘planishi yuqtirish holatlarning 10 foizga oshirishiga xizmat qiladi.
Boshqa tomondan, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish va masofani saqlash virusning tarqalishini sekinlashtirishi va domino effektini to‘xtatishi isbotlab bo‘lingan. The Lancet jurnalida e'lon qilingan COVID-19ning Uhan shahrida tarqalish dinamikasi tadqiqoti keng miqyosli nazorat choralari virusning bazaviy reproduktiv soni (reproduksiya indeksi R0)ni 2,35 dan 1,05 gacha tushirishga yordam berganini ko‘rsatgan.
Bunday ko‘rsatkich bilan yuqtirish holatlari oshmay qo‘yadi, chunki virus tashuvchisi faqat bir kishiga yuqtiradi. Xitoylik tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilgan modellashtirish bunday xulosalarni tasdiqlagan.
BBC’ning yozishicha, biz hali uzoq vaqt masofani saqlashga majbur bo‘lishimiz mumkin. Harvard universiteti tomonidan o‘tkazilgan kompyuter modellashtirishi AQShda ijtimoiy masofalanish bo‘yicha choralarni 2022 yilgacha qo‘llash zaruriyati yuzaga kelishidan ogohlantirmoqda.
Masofalanishning yakka davri epidemiya avj nuqtasini keyingi surishi mumkinligiga qaramasdan, agar virusda mavsumiylik xususiyati bo‘lsa, yil oxiriga kelib yuqtirishning ikkinchi to‘lqini yuz berish ehtimoli bor.
Egri chiziq emas, sirtmoq
Agar koronavirus pandemiyasi haqida «inson klasterlari» yordamida tezlashuvchi jarayon sifatida o‘ylanadigan bo‘lsa, turli davlatlar hukumatlari karantindan chiqishning oqilona yo‘llari ustida bosh qotirishlari kerak bo‘ladi. Cheklov choralari yumshatilishi bilan ijtimoiy, madaniy, diniy tadbirlarda ko‘plab insonlarning to‘planishiga ruxsat berish o‘rinlimi?
Yevropa allaqachon cheklovlarni yumshata boshladi. Ispaniya ayrim biznes turlariga ishga qaytishga izn berdi, Daniya maktablarni ochmoqda, Polsha esa iqtisodiy cheklovlarni bosqichma-bosqich olishini bayon qildi. Hattoki 20 mingdan ziyod qurbon bergan Italiyada ham ayrim do‘konlar va xususiy korxonalar ish boshlagan. Germaniyada esa ijtimoiy masofalanish va sayohatlarga taqiqlar 3 maygacha kuchida qolmoqda, Fransiya esa karantinni 11 maygacha cho‘zishga qaror qildi.
Yevrokomissiya YeI davlatlarini birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirishga chaqirdi. U e'lon qilgan hujjat karatinni bosqichma-bosqich yumshatish choralari «yangi holatlar sonining muqarrar oshishiga olib kelishi»dan ogohlantiradi. Harakatlar rejasiga ko‘ra, virusning tarqalishi uzoqroq muddat mobaynida pasaya boshlaganidan so‘ng, jonlantirish bo‘limlarining quvvatlari kasallikning ikkinchi to‘lqiniga kuchi yetishiga amin bo‘lgach cheklovlar olib tashlanishi kerak.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen yangi holatlarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun YeI davlatlari hisobga olishi lozim bo‘lgan uch asosiy jihatni tilga olib o‘tdi: bu – sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlari, infeksiyaning tarqalish darajasi, shuningdek testdan o‘tkazish darajasi arzonligi.
Olimlar uning xavotirlariga qo‘shilmoqda. «Koronavirus epidemiyasi obrazi egri chiziq sifatida jamoaviy ongni egallab bo‘ldi, lekin qo‘rqamanki, aslida biz sirtmoqqa duch kelib turibmiz», — deydi Nikolas Popper. Uning fikricha, taqiqlov choralari bekor qilinishi hamono virus tarqalishini tezlashtiruvchi yangi klasterlar paydo bo‘lishi mumkin.
Bunga misol qilib pandemiyaning Vetnamda tarqalish tarixini keltirish mumkin. Bu yerda ilk yuqtirish hollari 23 yanvarda qayd etilgan. Hukumat darhol ishga kirishib, yangi yil ta'tilidan so‘ng maktablarni ochmadi, Xitoy bilan aviaaloqa 1 fevralda to‘xtatildi. Vetnam Xitoydan so‘ng ommaviy karantin qo‘llagan ikkinchi davlat bo‘ldi.
Shifoxonaga 13 fevralda yotqizilgan №16-bemor 25 fevral kuni sog‘ayib chiqdi. Bir hafta mobaynida Vyutnamda koronavirus aniqlanmadi. Biroq 6 martga kelib, yangi holat ma'lum bo‘ldi: Yevropadan eksklyuziv moda haftalik ko‘rgazmalarida ishtirok etgan qiz qaytib kelgan ekan. Vataniga kelgach, unda yo‘tal boshlangan. Test ham musbat chiqqan va u №17-bemorga aylangan. Virusni kuzatish va to‘xtatish choralari boshqatdan boshlangan. 22 aprelga kelib, Vetnamda 268 ta tasdiqlangan kasallik hollari qayd etilgan.
«Iqtisodiyotni qayta ishga tushirish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak: avvalo xodimlari ijtimoiy masofalanishga rioya qila oladigan korxonalar va ofislar ochilishi kerak. Yirikroq tadbirlar — turli konferensiyalar, sport musobaqalari, konsertlar tashkilotchilari ularning shu yilning kuziga ko‘chirishayotganini ko‘rsam, men nega ular shunday qilish mumkin, deb o‘ylashayotganini tushunmayman. Bu hodisalar eng oxirida, hammasi tugaganidan so‘ng qaytishi lozim. Agar ishga real ko‘z bilan qaralsa, ularni 2021 yilning kuzidan avval kutmaslik kerak», — deya xulosa chiqaradi amerikalik onkolog Iyezekil Emanuel. | 2Dunyo
|
Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2019-yil 24-iyuldagi 620-son “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778, 2008-yil 20-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 12-13-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
1. 11, 33-bandlar, 38-bandning birinchi xatboshisidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” degan so‘zlar “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 32-bandda:
birinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlarida” degan so‘zlar “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limi” degan so‘zlar “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 34-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.”.
4. 37-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Fanlarni ijobiy o‘zlashtirayotgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiyadan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari buyruqlari asosida quyidagi hollarda qisman yoki butunlay ozod etiladilar:
Mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq tasdiqlangan yakuniy attestatsiyadan ozod qilish mumkin bo‘lgan kasalliklarga asosan;”.
5. Nizom mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq tahrirdagi ilova bilan to‘ldirilsin.
6. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan. | 10Qonunchilik
|
Ovqat yetkazib berish xizmatlari nega ishlamayapti?
Karantin davrida o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, 30 martdan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari, viloyat markazlari hamda hududlararo avtomobil harakatiga cheklov o‘rnatildi. Ushbu cheklov choralari yuk tashuvchi mashinalar, alohida vakolatga ega va ayni paytda o‘ta zarur vazifalar bilan band avtomobil egalariga tatbiq etilmaydi. Shular qatorida yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar ham ko‘rsatilgan.
Adliya vazirligi ma'lumotiga muvofiq, umumiy ovqatlanish korxonalarining yetkazib berish xizmatini ko‘rsatayotgan avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur tadbirkorlik sub'yektlarida doimiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning shaxsiy (mulk, ishonchnoma yoki ijara huquqi asosida) avtotransport vositalariga (xodimlar uchun faqat har bir umumiy ovqatlanish korxonasiga bir dona avtotransportga) harakatlanish uchun ruxsatnoma beriladi.
Kun.uzʼga ma'lum bo‘lishicha, vaqtincha tartibning bir necha marotaba o‘zgarishi tufayli yetkazib berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtomobillarga stikerlarni berish muddati birmuncha cho‘zilgan. Qolaversa, premium-klass mashina haydovchilar yetkazib berish xizmatini amalga oshirish vaji bilan stikerni qo‘lga kiritishga uringan holatlar ham mavjud.
«Avval aytildiki, karantinga qadar yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega bo‘lgan avtomobillar ovqat yetkazib berish bilan shug‘ullanishi mumkin. Bunda maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi, deyildi. Keyin tartib yana o‘zgardi», - deydi yo‘lovchi tashish xizmati bilan qonuniy shug‘ullangan, ammo ayni paytda ishsiz qolgan haydovchi.
Kun.uz bilan muloqotda bo‘lgan «Oq tepa Lavash» umumiy ovqatlanish muassasalari tarmog‘i vakili 2 aprel holatiga ko‘ra, 50dan ortiq mashinaga stiker berilganini ma'lum qildi. Shuningdek, korxona xususiy taksi xizmati bilan shartnoma tuzgani bildirildi. Ta'kidlanishicha, «Oq tepa Lavash» o‘z faoliyatini 2 apreldan qayta tiklagan.
Ushbu holat Evos tarmog‘ida ham kuzatilgan. Korxona vakilining so‘zlariga ko‘ra, ovqatlarni xo‘randalarga yetkazib beruvchi mashinalarga stiker o‘z vaqtida berilmagani uchun faoliyatda to‘xtalish bo‘ldi.
Har ikki muassasa vakillari stikerlarni olishda katta navbatning hosil bo‘lishi faoliyat vaqtincha to‘xtab qolganiga sabab bo‘lganini ta'kidladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov yetkazib berish xizmatlari va oziq-ovqat do‘konlarini yangi koronavirusning keng tarqalishi riskini kuchaytirayotgan «qaynoq nuqtalar» sifatida ko‘rmoqda.
«Yetkazib berish xizmatlarini to‘liq «muloqotsiz yetkazish» rejimiga o‘tkazish (beskontaktnaya dostavka), onlayn to‘lovlardan foydalanish, naqd pulni olish va qaytim qaytarishda sanitar qoidalarga rioya qilish, dezinfeksiya moslamalaridan foydalanish, imzo chekish uchun ruchka va qog‘ozlarni mijozga taklif qilmaslik, tovarlarni yopiq va gigiyenik qoplamalarda yetkazish, kurerlarning xonadonlarga kirmasligi, mijoz bilan 2 metr masofani saqlashi lozim», deb hisoblaydi u.
Karantin davrida xizmat faoliyatini to‘xtatilmagan turli tashkilot va idoralar, shuningdek, xonadon egalari hanuz umumiy ovqatlanish muassasalarining ovqat yetkazib berishga xizmatiga talabi yuqori bo‘lib saqlanmoqda.
Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primovning Kun.uz'ga aytishicha, bungacha yo‘lovchi tashish litsenziyasi bo‘lmay, karantin davrida ovqat yetkazib berish xizmatini amalga oshirish uchun stiker so‘rab faqat hukumatning maxsus komissiyasiga murojaat etish mumkin. O‘rnatilgan tartibda boshqa hududlardan maxsus komissiyaga murojaat etishning qulay usullari bildirilmagan. Shuningdek, individual murojaatlarni hal etish mexanizmi mavjud emas. | 8O‘zbekiston
|
Amerikalik talabalar qayta ishlanadigan materiallardan sportkar yaratdi (video)
Genius Garagi ustaxonasi dizayneri va avtomobil muhandisi Keysi Putch boshchiligidagi amerikalik talabalar qayta ishlanadigan materiallardan qo‘lda yig‘ilgan Omega Car nomli konsept-karni taqdim etdi, deb xabar beradi Motor.
Kadr: YouTube
Loyiha mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, kapotida 1 soni shaklidagi teshikka ega g‘alati sportkar bir qator afzalliklarga ega. Jumladan, aerodinamik ko‘rsatkichlari yuqori, tayyorlash arzonga tushadi va tejamkor. Putch o‘zining maqsadi 100 kilometr yo‘lga 2,35 litr yoqilg‘i sarfiga erishish ekanligini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, muhandislar Volkswagen Beetle’ga tegishli ikki litrli TDI dizel dvigatelini takomillashtirishni rejalashtirmoqda. Shundan so‘ng, mashina soatiga 60 mil tezlikka (97 km/soat) to‘rt soniyadan kamroq vaqt ichida erishadi. Agarda bu amalga oshsa, konsept rasman Putchga tegishli 1997-yilda yaratilgan 450 ot kuchiga ega V10 dvigateli o‘rnatilgan Dodge Viper’dan tezkorroq mashinaga aylanadi.
Sinov jarayonlari yakunlangach, jamoa dvigatelni ekologikligini oshirish va atrof-muhitga chiqadigan karbonat angidrid gazining miqdorini kamaytirish niyatida. Shundan keyin Omega Car’ning mustahkamligini sinash maqsadida u AQSh bo‘ylab sayohatga otlanadi. | 0Avto
|
YeChL finali boshqa shaharga ko‘chirildi
UYeFA Chempionlar Ligasi finali mezbonini o‘zgartirdi.
O‘yin Portugaliyadagi «Dragau» stadioniga ko‘chirildi.
29 may kungi o‘yinda stadionga finalchilar — «Manchester Siti» va «Chelsi»ning 6 ming nafardan muxlisi kirishiga ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, final aslida Istanbulda o‘tkazilishi kerak edi. Ammo Turkiyada koronavirus bilan vaziyat og‘irligi sababli bellashuv joyi o‘zgartirildi. | 13Sport
|
Janubiy Koreya prezidenti Trampga Kim Chen Indan maktubni topshirdi
Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In KXDR rahbari Kim Chen In tomonidan yozilgan maktubni AQSh prezidenti Donald Trampga topshirdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq, Kim Chen In Mun Chje Inga Tramp uchun mo‘ljallangan maktubni taqdim etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Janubiy Koreya rahbari BMTdagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha Trampga maktubni topshirgan. Xatning mazmuni hozircha oshkor etilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inni maqtagani xabar berilgandi.
Ma'lum bo‘lishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuvda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In haqida ijobiy fikrlar bildirgan. | 2Dunyo
|
Tanqiddan so‘ng: Zangiotada mulki buzilgan tadbirkorlarga kompensatsiya o‘rniga yer ajratildi
Mulki buzilgan tadbirkorlar bir necha bor Kun.uz tahririyatiga murojaat qilgan. Holat yuzasidan sayt orqali bir necha bor tanqidiy maqolalar e'lon qilindi.
Dastlab «Bir yildan beri sarsonmiz» - Zangiotada 10 nafar tadbirkor ikki hokimlik o‘rtasida «koptok» qilinmoqda» nomli maqola berildi. Unda tuman hokimligi o‘z aybini bir hafta ichida to‘g‘rilashi aytilgan edi.
Natija bo‘lavermagach, «Zangiotada binolari buzilgan o‘n nafar tadbirkor kompensatsiyani yana qancha kutishi kerak?» nomli ikkinchi maqola orqali muammo hal bo‘lmayotgani yana bir bor eslatib o‘tildi.
«Qudratdagi hokimliklar va zo‘r chiqqanda ojiz MIB. Tadbirkorni kim himoya qiladi?» sarlavhali maqolada yana yechimini kutayotgan muammoga e'tibor qaratildi.
Nihoyat, 2020 yil 16 dekabrda Zangiota tuman hokimligining mulklari buzib tashlangan tadbirkorlarga yer ajratish to‘g‘risidagi qarori chiqarildi. Zangiota tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jasur Usmonaliyevning tasdiqlashicha, endi tadbirkorlar o‘z yeriga egalik qilishi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
«Snos» masalalari mulk egasining roziligi olinib, kompensatsiya masalasi hal etilganidan so‘ng amalga oshirilishiga umid qilamiz. | 5Jamiyat
|
“Deputatlarning jig‘iga tegishga ruxsat berilgandi”. Rejissor Sarvar Karimov — xayoliy “Qo‘ldan kelgancha” partiyasiga bag‘ishlangan rolik haqida
Xayoliy “Qo‘ldan kelgancha” partiyasi haqidagi rolikni internetga chiqarish oldidan va chiqargandan so‘ng uning mualliflariga nisbatan hech qanday bosim o‘tkazilmagan, “hech qanday muammo yuzaga kelmagan”. Bu haqda rolik muallifi, rejissor Sarvar Karimov Lazizbek Hamidovning “Ular” dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Sarvar Karimovning ta’kidlashicha, 2019-yilgi parlament saylovlari arafasida saylov komissiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lgan va unda “zamon o‘zgargani” aytilib, “deputatlarning jig‘iga tegadigan roliklar” olish mumkinligi ma’lum qilingan.
“Nega bunaqa roliklar olding?”, “Nima bo‘lyapti o‘zi?”, “Bu bilan nima demoqchisan?”, deb ko‘pchilik so‘radi. Saylovoldi kampaniyasi boshlanishi oldidan Sherzodxon Qudratxo‘jayev hammani yig‘ib (u yerda jurnalistlar, bir-ikki rejissor, umuman ko‘pchilik bor edi), bu galgi saylov o‘tgan yillardagiga nisbatan boshqacha bo‘lishi, juda katta pul ajratilgani, saylovlar haqida roliklar olish, saylovni yaxshilab yoritish kerakligini aytdi.
Shunda jurnalistlardan biri yaxshi savol berdi: “Biz-ku yoritishga yoritamiz, lekin deputatlarning o‘zidan hech qanaqa gap chiqmasa, ishlamasa, nimani yoritamiz?”. Unda hali (debatlardagi) qovun tushirishlar boshlanmagan edi. Shunda Sherzod aka: “Yo‘q, kerak bo‘lsa deputatlarning ozgina jig‘iga tegadigan roliklar ham qilinglar, ular ishlasin, harakat qilsin, axir biz ularni saylab qo‘yyapmiz-ku! Bo‘ldi, zamon o‘zgardi”, — dedi.
Keyin so‘radim: “Demak, ozgina jig‘iga tegadigan rolik qilsa ham bo‘ladi?”. “Albatta, faqat qonundan chetga chiqmagan holda”, degan gap bo‘ldi. Uchta rolik tayyorladim. Ulardan birini davlat buyurtmasi sifatida ko‘rish mumkin — “O‘zbekkino”ning buyurtmasi edi. U rolikda ham Sobir Otajonov va Vazira Yunusova o‘ynagan; oddiy, hech qanaqa satirasi yo‘q, lekin yumori bor rolik — er-xotin saylovga chiqishi haqida. Uni topshirdik, efirga ham ketdi, adashmasam.
Keyin o‘z xohishim bilan, “hazil qilsa bo‘larkan-ku, ruxsat berishdi-ku” deb (umuman olganda, ruxsat berishmasa ham olaversam bo‘lardi — juda ruxsat so‘rab yuradigan odatlarim yo‘q), “Qo‘ldan kelgancha” partiyasi haqida hazil rolik oldik. Bu rolikning internetda chiqarilishiga hech kim qarshilik ko‘rsatmadi. Hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q.
Sarvar Karimov, kinorejissor
Sarvar Karimov intervyu davomida saylovga chiqqanini, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, shahar va tuman kengashlari deputatligiga nomzodlarga ovoz berganini, lekin o‘zi ovoz bergan nomzodlarning ko‘p ham farqiga bormaganini tan oldi.
Saylovga bordim, rafiqam bilan birga bordik. To‘g‘risini aytsam, uyda kam bo‘laman — uyimizga birov kelib, “menga ovoz bering”, deb qog‘oz tarqatdimi-yo‘qmi, bexabarman. “Kimdir keldimi, oldin qandaydir qog‘ozlar berishardi”, deb so‘radim, uydagilar ham: “Yo‘q”, deyishdi. Lekin baribir saylovga chiqish kerak.
Chiqdim va do‘stim Sardor Babayev: “Ayollarga ovoz bersanglar, foyda topasizlar”, degani uchun, bir ayol kishi bor ekan, unga ovoz berdim. Keyin Ekopartiyaga ham bir ovoz berdim — “daraxtlar nega kesilyapti?” degan savolga kimdandir javob olish uchun. Keyin “Adolat” partiyasidan ham kimgadir ovoz berdim. Uchta edi-ku, lekin unchalik farqiga borganim yo‘q, lekin ovoz berdim.
Sarvar Karimov, kinorejissor | 8O‘zbekiston
|
Afg`onistonda kuchli portlash ro`y berdi
Afg`onistonda kuchli portlash ro`y berdi, deya ma`lum qildi RIA Novosti nashri.
Afg`oniston poytaxti Kobuldagi Pagman uezdida xudkush-terrorchi o`zini portlatib yuborgan. Buning oqibatida olti kishi hayotdan ko`z yumdi, yana olti kishi qattiq jarohatlangan.
Portlash ob`ekti afg`on harbiylari o`tirgan avtomobil bo`lgan. | 2Dunyo
|
«41ta holatda qurilish obektlari tendersiz berib yuborilgan» - Xorazmda mansabdorlarga nisbatan jinoiy ish ochildi
Bosh prokuratura matbuot xizmati mahkama huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan so‘nggi kunlarda aniqlangan jinoyatlar haqida Kun.uz`ga ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda, viloyat «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari tomonidan, tender savdolarisiz 41ta holatda kompaniya rahbarining raisligidagi ichki tanlovlar asosida, qurilishda muhim ahamiyatga ega texnika vositalari, moliyaviy ahvoli, ishchi kuchi va boshqa imkoniyatlari bo‘lmagan pudratchi tashkilotlarga qurilish obektlarni topshirishib, haqiqatda bajarilmagan qurilish va ta'mirlash ishlarini hujjatlarda qo‘shib yozish orqali, 2019-2020 yillarda jami 2,7 mlrd so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.
Holat yuzasidan Xorazm viloyati «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Namanganda 544 mln so‘mlik kredit pullar talon-toroj qilingani aniqlandi
Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB «Agrobank» To‘raqo‘rg‘on filiali sobiq boshqaruvchisi Sh.B., «M.T.A.» MChJ rahbari G‘.T. va boshqalar 2020 yil yanvar-mart oylarida 19 nafar fuqaroning xabardorligisiz, ularning nomiga issiqxona tashkil etish uchun imtiyozli kredit olish maqsadida hujjatlarni rasmiylashtirib, ATB «Agrobank» To‘raqo‘rg‘on filialiga taqdim etib, mazkur hujjatlar asosida jami 544 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘ini bank kassasidan naqd pul shaklida olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Holat yuzasidan Sh.B., G‘.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Namangan shahrida 5 gektar yerni sotmoqchi bo‘lgan fermer qo‘lga tushdi
Namangan shahrida fuqaro A.T. o‘zining «M.S.» fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 5 gektar yer maydonini fuqaro M.J.ning nomiga bog‘ tashkil etish uchun, tanishlari orqali tuman hokimi qarorini chiqartirib berishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 85 mln so‘m talab qilib, shundan
4 000 dollar va 10 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tezkor tadbir Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan. | 8O‘zbekiston
|
OQ UY XODIMLARIGA ShAXSIY MOBIL TELEFONI TUTISh MAN ETILDI
AQSh prezidenti Donald Trampning ma`muriyati joylashgan Oq uyning g`arbiy qanotida xodimlarning shaxsiy mobil telefonlardan foydalanishi taqiqlandi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Taqiqlov kelgusi haftadan amal qila boshlaydi.
“Oq uy texnologik tizimlarining xavfsizligi va daxlsizligi Tramp ma`muriyati uchun ustuvor hisoblanadi, shu sababli keyingi haftadan boshlab g`arbiy qanotda mehmonlarga ham, xodimlarga ham shaxsiy mobil telefonlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi”, deb axborot berdi Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders.
Sandersning aytishicha, xodimlar shaxsiy masalalarni hal qilishda xizmat qurilmalaridan foydalanishlari mumkin bo`ladi. Bloomberg axborot agentligining ma`lum qilishicha, xodimlar oila a`zolari zarurat tug`ilganda ular bilan bog`lana olmasliklaridan xavotir bildirishgan.
Ushbu taqiqlov kiritilishini Oq uy apparati boshlig`i Jon Kelli xavfsizlik nuqtai nazaridan talab qilgan. Uning fikricha, G`arbiy qanot Wi-Fi tizimiga juda ko`p qurilmalar ulangan, shaxsiy smartfonlar esa buzib kirilishdan etarlicha himoyalanmagan. | 2Dunyo
|
Qrim Poroshenko va Bayden uchun muloqot mavzusiga aylandi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden telefon orqali suhbat doirasida Qrim avtonom respublikasi va Donbass ma’muriy chegarasidagi xavfsizlik holatini muhokama qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Suhbatdoshlar Qrimni istilo etish rejimini to‘xtatish maqsadida siyosiy-diplomatik harakatlarning muhimligini ta’kidladi”, — deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.
AQSh vitse-prezidenti, shuningdek, bundan keyin ham AQSh Qrimning bosib olinishini tan olinmasligiga rioya etishini ta’kidlab o‘tdi.
Avvalroq Qrim bilan chegaradosh hududlarda jamoat tartibini saqlash maqsadida sentabrdan aksilterrorchilik operatsiyalarining sobiq qatnashchilaridan iborat jamoatchilik sheriflari yangi kontingenti ishga tushishi ma’lum qilingan edi. | 2Dunyo
|
JCh—2018. Eron—Portugaliya 1:1. Matnli onlayn
Bugun, 25-iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayogan Jahon Chempionati guruh bosqichining so‘nggi, 3-tur o‘yinlariga start berildi. Biroz oldin “A” guruhida so‘nggi tur o‘yinlari yakunlandi. “A” guruhida Urugvay 1-o‘ringa ega chiqdi. Rossiya esa guruh bosqichini ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Ularga raqiblik qiladigan “B” guruhidan chiqish uchun esa birdaniga 3 ta jamoa kurash olib bormoqda. Bular — Portugaliya (4 ochko), Ispaniya (4 ochko), Eron (3 ochko). Marokash esa musobaqani muddatidan avval tark etib ulgurdi.
Birozdan so‘ng Eron terma jamoasi guruhdan chiqish uchun Portugaliya bilan kurash olib boradi. “Daryo” mazkur o‘yindan ham matnli onlayn translyatsiyani amalga oshiradi.
Jahon Chempionati
“B” guruhi, 3-tur bellashuvi
25-iyun, dushanba
Matnli onlaynning yuklanishini biroz kuting! | 13Sport
|
Prezident 11 yillik maktab va sirtqi ta'limga qaytishni izohladi
Toshkentda 7 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda prezident O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, san'at va madaniyat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tgan.
Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga zarur mablag‘ va resurslar ajratilgani, yangi ilmiy markazlar, texnoparklar tashkil etilgani qayd etib o‘tilgan.
«Ilm-fan – taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion g‘oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo‘q.
Faqat ilm va ma'rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz», degan prezident.
Shavkat Mirziyoyev ta'lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida ham gapirgan.
«O‘zlaring bilan maslahatlashib 11 yillik ta'limga qaytdik. Bu mening fikrim emas, xalqimizning talabi.
Odamlar avvalgi maktablarni, o‘qituvchilarni qaytarishni so‘radi.
Men avvalgidek maktablarni tashkil qilib berishim mumkin. Lekin men avvalgi o‘qituvchilarni qaytara olmayman. Chunki, biz o‘zimiz e'tiborsizlik qildik. Axir o‘qituvchilarni sizlashimiz kerak, jamiyat unday kishilarni siz deyishi kerak», degan prezident.
«11 sinf, sirtqi ta'lim uchun ba'zilar eskiga qaytayapsiz, deb meni tanqid qildi. Lekin odamlarning fikri boshqacha. Zavodlarda bilim olishni istaydiganlar, muhandis bo‘lishni istaydiganlar bor. Odamlarni o‘qitish kerak», degan prezident. | 8O‘zbekiston
|
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rahbarlik faoliyatida o‘ziga xos imiji, hayotiy prinsiplari bor, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Bular – xalq ichiga kirib, odamlar hayotini bevosita ko‘zdan kechirish, ular bilan muloqot qilib, talab va istaklarini eshitish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan joyida tanishib, dolzarb masalalarni hal qilish, istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarni belgilab berish.
Qayd etilishicha, shuning uchun davlat rahbari mamlakat hududlariga tez-tez safar qiladi. Shunday safarlarning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda. Bu gal ham ilk manzil Qoraqalpog‘iston.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Nukusga jo‘nab ketdi, deyiladi xabarda.
Tashrif doirasida shu paytgacha bajarilgan ishlarni tahlil qilish, barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar va dolzarb vazifalarni belgilab olish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari so‘nggi bor Qoraqalpog‘istonga o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida safar qilgandi. | 8O‘zbekiston
|
Rossiya AQSh va Janubiy Koreyaga chaqiriq bilan chiqdi
Rossiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya AQSh hamda Janubiy Koreyani dekabr oyida harbiy mashqlar o‘tkazishdan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Nebenzya Pxenyanga murojaat qilib, raketa va yadroviy sinovlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, 29 noyabr kuni KXDR Hwasong-15 qit'alararo ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani haqida ma'lum qildi. Pxenyanning bayonotida aytilishicha, raketa AQSh hududidagi istalgan joyga yetib borishi mumkin. Shuningdek, Shimoliy Koreya yadro kuchlarini shakllantirish yakuniga yetgani haqida ham ma'lum qildi. | 2Dunyo
|
Qishloqdagi basketbol, niqobni ko‘ziga taqqan vazir, namoyishga chiqqan shifokorlar. 13-iyul suratlari
13-iyul, dushanba kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Belgiyaning Bryussel shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida Germaniya tashqi ishlar vaziri Hayko Maas Yevropa Kengashi binosiga kirib kelmoqda.
Rossiyaning Qozon shahridagi Qul Sharif masjidi uzra nur sochib turgan oy.
Shotlandiyaning Edinburg shahrida qayta ochilgan John Lewis univermagi oldida navbatda turgan odamlar.
Londonda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson NHS Trust tez yordam xizmati shtab-kvartirasiga tashrif buyurgan vaqtida tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi.
Xitoyning Shansi provinsiyasida basketbol o‘yinini tomosha qilayotgan qishloq aholisi.
Ispaniyaning Madrid shahrida stajyorlar o‘z shifoxonasining darvozasi oldida ish tashlashda ishtirok etdi. Ular yangi jamoa shartnomasida mehnat sharoitlarini yaxshilashga chaqirdi.
Shveysariyaning Nyovshatel hududida ishchi shveysariyalik bankir va XVII asr savdogari David De Pyuri haykalini tozalamoqda. U qul savdosi aloqalariga qarshi norozilik va Black Lives Matter harakatini qo‘llab-quvvatlash namoyishlari chog‘ida qizil bo‘yoq bilan qoplangan.
Bangladeshning Dakka shahrida dengizchilar Omin bozori hududida qayiqdan qum tushirmoqda.
Pragada ko‘cha teatrlarining “Eshik ortida” deb nomlangan festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Janubiy Koreyada Seul shahri merining dafn marosimi bo‘ldi. Pak Von 10-iyul kuni o‘lik holda topilgan. U barchaga minnatdorchilik bildirib uzr so‘ragan.
Polsha prezidenti Anjey Duda ikkinchi muddatga prezident bo‘ldi. Unga 51,21 foiz ovoz berildi.
Anjey Duda Polsha prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida g‘alaba qozondi
Elvis Preslining 27 yoshli nevarasi Benjamin Kio o‘z joniga qasd qildi.
AQShning San-Diyego shahridagi harbiy-dengiz bazada USS Bonhomme Richard
universal desant kemasi yonib ketdi.
AQSh harbiy-dengiz kemasidagi yong‘in oqibatida 21 kishi jarohat olgan (video)
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru Alvorada qasrida ko‘rinish berdi.
Isroilning Tel-Aviv shahridagi Rabin maydonida aholi hukumatning koronavirusdan keyin keladigan moliyaviy inqiroz bo‘yicha qaroriga qarshi namoyishga chiqqan odamlar.
Xitoyning Gonkong shahrida sentabrda bo‘ladigan saylovlarning dastlabki bosqichida ovoz berish uchun navbatda turgan odamlar.
Ispaniyaning Mayorka shahrida politsiya xodimlari sayyohlardan giyohvandlik moddalari qidirmoqda.
C/2020 yoki “Neowise” kometasi Malta oroli hududi uzra ko‘rinish berdi.
Janubiy Afrikaning Keyptaun shahrida odamlar ulkan to‘lqinlar tomonidan qirg‘oqqa urilgan dengiz ko‘piklari ichida yuribdi.
Serbiyaning Belgrad shahrida namoyishchilar parlament binosi oldida maxsus xizmat xodimlariga fayerlar otayotgan odamlar.
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari: | 2Dunyo
|
Afsunlar yordam bermadi – yilning eng daromadli yozuvchisi endi Joan Rouling emas
Forbes jurnali an'anaviy ravishda yil oxiriga yaqin iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha reyting natijalarini, yetakchilik ro‘yxatlarini e'lon qilishda davom etmoqda.
Forbes yozuvchilar daromadlarini 2017 yilning 1 iyunidan hisoblagan. 2018 yilning eng serdaromad kitob mualliflari ro‘yxatida birinchilikni ko‘pdan buyon boy bermay kelayotgan yozuvchi Joan Rouling o‘rnini bu yil yozda taqdim qilingan «Prezident qidirilmoqda» (The President Is Missing) siyosiy trilleri muallifi Jyeyms Pattersonga bo‘shatib berdi.
1993 yilda AQSh adabiy maydoniga «O‘rgimchak ham keldi» (Along Came a Spider) kitobi bilan kirib kelgan Patterson bu yil 86 million dollar daromad topgan. Uning ushbu ilk mashhur asari detektiv Aleks Kross haqida bo‘lib, turkum asarlarni amerikalik kitobxonlar 10 yildan buyon katta qiziqish bilan mutolaa qilib kelishadi. Yozuvchi katta ehtimol bilan keyingi yilgi eng serdaromad mualliflar ro‘yxatida ham peshqadamlik qilishi kutilmoqda. Patterson va Bill Klinton hamkorligida yozilgan «Prezident qidirilmoqda» siyosiy trilleri shu yilning iyun oyidan bugunga qadar 660 mingdan ortiq nusxada sotilgan.
Ko‘zoynakli sehrgar bolakay Garri Potter va sehrgarlik olami haqida mashhur kitoblar muallifi Joan Rouling esa bu yilgi ro‘yxatda ikkinchi pog‘onaga tushib qolgan. Rouling 2018 yilda 54 million dollar (o‘tgan yilgidan 41 million dollar kam) daromad qilgan. Rouling bu yil Potter haqida yangi kitob chiqarmadi, uning daromadi Brodvey va Vest-Endda sahnalashtirilgan «Garri Potter va la'natlangan bolalar» spektakli, kassabop «Fantastik maxluqlar» va «Fantastik maxluqlar: Grindevaldning jinoyati» filmlari prokati hisobidan topilgan.
Yetakchilar uchligini dahshatlar qiroli Stiven King nisbatan kamtarona 27 million dollar bilan yakunlab bergan. King tomonidan masxaraboz Pennivayz haqida yozilgan «U» asari (It) 2017 yilda qayta kino qilib ishlandi. Kinoning shov-shuvli muvaffaqiyati – «U»ning eng kassabop qo‘rqinchli film bo‘lishi kitobga bo‘lgan talab va tabiiyki, muallifning daromadlarini ham keskin oshirib yubordi.
Eng ko‘p daromad topgan yozuvchilar ro‘yxatiga bu yil yangi nom – jurnalist Maykl Volf ham qo‘shildi. Volf Tramp administratsiyasi to‘g‘risidagi «Olov va g‘azab»: Trampning Oq uyi ichida» (Fire and Fury: Inside the Trump White House) kitobini chiqardi.
Reytingdan Jon Grishem, Jeff Kinni, Den Braun, Daniela Stil, Nora Roberts, Rik Riordan va Erika Leonard Jyeyms ham o‘rin olgan. Reytingga kiritilgan 11 yozuvchining AQSh bozorida jami 24 million nusxada kitobi sotilgan va ular jami 283 million dollar daromad ko‘rgan. | 5Jamiyat
|
Dilbar Dolimova: Bu yil reanimatsiya bo‘limlari bolalarga to‘la
Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilg‘or texnologiyalar markazi Biotexnologiya laboratoriya mudiri Dilbar Dolimova professor Zarifboy Ibodullayevning ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlariga munosabat bildirdi hamda Zangiotadagi shifoxonada yuzaga kelgan holat bo‘yicha ma'lumot berdi.
«Biz Zarifboy Ibodullayevning chiqishlarini kuzatdik. Lekin mavjud vaziyatda aholiga to‘g‘ri axborot berishimiz zarur. Vazirligimiz vaksinalar xususiyati, samaradorligiga oid har qanday axborotni berishga tayyor. Biz Zangiotadagi markaz bilan muntazam aloqada ishlayapmiz.
Bu yil e'tibor bersangiz, reanimatsiya bo‘limlari bolalarga to‘la. O‘tgan yili asosan yoshi kattalar og‘ir holatlarga tushgan, bolalarda bu kasallik juda yengil o‘tgan bo‘lsa, bu yil bolalarda ham og‘ir kechayotgani afsuslanarli», dedi Dilbar Dolimova.
Bundan avvalroq tibbiyot fanlari doktori, professor, nevrolog Zarifboy Ibodullayev O‘zbekistonda aholini majburiy emlashga qarshiligini bildirgan, shuningdek, mamlakatda keng miqyosda qo‘llanayotgan o‘zbek-xitoy vaksinasi yaratilishi, uning samaradorligi bo‘yicha ochiq ma'lumotlar berilishini talab qilgandi. | 5Jamiyat
|
Ingliz klublari qishki tanaffus bo‘yicha kelishib oldi
Angliyada keyingi mavsumdan boshlab, qishki ta'til joriy qilinadi. The Times xabariga ko‘ra, barcha klublar bu borada kelishib olishgan.
FA Angliya Kubogi 5-raundining barcha o‘yinlarini haftaning o‘rtasiga ko‘chirish haqidagi qarorni qabul qildi. Bu esa fevral oyining boshida taxminan 2 haftalik pauza yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, qishki ta'tilning joriy qilinishi ingliz klublarining yevrokuboklardagi va Angliya terma jamoasining xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlashga zamin yaratadi.
Endi APL rahbariyati o‘yinlarning ko‘chirilishi tufayli, xorijiy telekanallarga zararni qoplab berishiga to‘g‘ri keladi. Biroq, liga bunga tayyor. | 13Sport
|
Qarshida Evropa bankining boshqaruv ofisi ochiladi
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov Jahon banki hamda Evropa tiklanish va taraqqiyot banki delegasiyasi mas`ul rahbarlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida muzokara o`tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot kotibi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, muloqot davomida xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, viloyatning iqtisodiy va investision salohiyati yaqindan tanishtirib o`tildi. Xususan, viloyatning respublika miqyosida qishloq xo`jaligidagi o`rni, paxta-to`qimachilik klasterlariga, kichik biznes va ishlab chiqarish sohalarida yaratib berilayotgan imkoniyatlar, sanoat zonalari faoliyati aytib o`tildi.
Yakunda Jahon banki hamda Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining mablag`lari hisobiga viloyatda kichik va o`rta biznes sohasidagi loyihalarni qo`llab-quvatlash, turli sohalarda hamkorlik ko`lamini kengaytirish maqsadida joriy yil yakuniga qadar Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining boshqaruv ofisini ochish bo`yicha kelishuvga erishildi | 4Iqtisodiyot
|
Tojikistonda Nazarzoda jinoiy guruhining yana 18 a’zosi qo‘lga olindi
Ramit darasida Tojikiston mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda jinoiy guruhining yana 18 nafar a’zosi qo‘lga olindi, 134 dona o‘qotar qurol va o‘q-dorilar musodara qilindi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” IIVga tayanib.
Bundan tashqari, mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosarining qurolli guruhi yetti a’zosi ixtiyoriy ravishda taslim bo‘lgan.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 4-sentabrdan buyon operatsiyalar davomida Nazarzodaning jami 130 ga yaqin tarafdorlari qo‘lga olingan, yana 22 nafari yo‘q qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston Ichki ishlar vazirligi 4-sentabr kuni iste’foga chiqarilgan mudofaa vazirining o‘rinbosari Abduhalim Nazarzodani mudofaa vazirligining Dushanbedagi markaziy tuzilmasi hamda Vahdat shahri ichki ishlar bo‘limiga hujum uyushtirishda ayblangan edi.
Tojikiston Bosh prokuraturasi mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari, general-mayor Abduhalim Nazarzoda hamda mudofaa vazirligi polkovnigi Junaydullo Umarovga nisbatan jinoiy ish ochdi. Nazarzoda va Umarov mamlakat Jinoyat kodeksining to‘rtta— “terrorizm”, “davlatga xiyonat”, “ekstremistik guruhlar tuzish” va “diversiya” moddalari bilan ayblanmoqda. | 2Dunyo
|
G‘ofur Rahimov AIBA a’zolarini saylov oldidan OAVdagi gap-so‘zlarga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan, uning nomzodi tashkilot rahbarligiga saylansa boks sport turining Olimpiada o‘yinlari dasturidan chiqarib tashlanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi, deb yozadi “Kun.uz”.
AIBA a’zolariga murojaat qilar ekan, G‘ofur Rahimov ularni bunday gap-so‘zlarga ishonmaslikka chaqirgan. Bayonot AIBAning rasmiy saytida e’lon qilingan.
16-sentabr, yakshanba kuni Inside the games portali Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ)ning etika va talablarga muvofiqlik masalalari bo‘yicha direktori Pakeret Jirara Zapelli G‘ofur Rahimov nomiga xat jo‘natgani, unda u G‘.Rahimovni AIBA prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surishdan qaytargani, bu 2020-yilda Tokioda o‘tadigan yozgi Olimpiada dasturida boksning saqlanib qolishi borasida XOQ qaroriga ta’sir o‘tkazishi mumkinligi yozilgani haqida xabar e’lon qildi.
“Meni AIBA yetakchisi sifatida saylashgach, sportimiz avvalgi rahbariyat tomonidan hosil qilingan qiyinchiliklarni yengib o‘tishi uchun men boks hamda barchamizning ravnaqimiz uchun ko‘p ter to‘kmoqdaman. Mening kunlarim ham, tunlarim ham barchamiz faxrlanadigan, shaffof va demokratik bo‘ladigan, Olimpiya harakati va toza sport qadriyatlariga javob beradigan AIBA’ni yaratishga bag‘ishlanmoqda. Yaqin kunlarda tashkilot Direktorlar kengashining barcha lavozimlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi, hozirning o‘zidayoq ma’muriyat ushbu jarayon uchun aniq tavsiyalar taklif etish bo‘yicha yaxshi ishlarni amalga oshirdi. Bu bizning sportimiz uchun juda muhim, chunki biz tariximizda ilk marta samarali boshqaruv prinsiplari va shaffoflik uchun javob berishnigina emas, ularga rioya qilinishni ham ta’minlamoqdamiz”, — deb bayonot bergan Rahimov.
“Oldimizda turgan saylovlarda AIBA qoidalari nihoyatda tushunarli: saylov komissiyasi talablariga javob beradigan rasmiy nomzodlar ro‘yxati kongressga bir oy qolganda — 3-oktabr kuni e’lon qilinishi kerak (AIBA prezidenti saylovi 3-noyabr kuni tashkilotning Moskvada tashkillashtiriladigan kongressida bo‘lib o‘tadi). Men AIBA’dagilarning barchasidan, tashkilot bilan bog‘liq barchadan bizning qoidalarimizni hurmat qilishlari, rahbarlik lavozimlariga nomzodlarning ilgari surilishini sharhlashdan avval aytib o‘tilgan sanani kutishlarini so‘rab qolaman. Kelinglar, bizning demokratik jarayonimizga turli mish-mishlar xalaqit berishi va ta’sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaylik”, — degan AIBA prezidenti v.b.
“Aminmanki, AIBA’ga a’zo assotsiatsiyalar elektron xatlar va turli sportga oid saytlarda tarqatilayotgan mish-mishlar ta’siriga tushib qolishmaydi. Barchamiz o‘z tanlovimizni butun dunyoda boks kelajagi uchun nimalar yaxshi bo‘lishi uchun biz va faqat biz qayg‘urishimizni yodda tutishimiz muhimligidan kelib chiqib qabul qilamiz. Hech kim AIBA a’zolariga kim uchun ovoz berish yoki kimga ovoz bermaslikni ko‘rsata olmasligi kerak, shu sababli men sizlarning ko‘pchiliklaringizdan olganim — qo‘llab-quvvatlash so‘zlari bitilgan xatlarni juda yuksak qadrlayman. 20 yildan ortiq vaqt ichida AIBA mening hayotim bo‘ldi, men sport turimizni hech qachon xavf ostiga qo‘ya olmayman va qo‘ymayman, men doim boksni birinchi o‘ringa qo‘yib kelganman va kelgusida ham shunday qilaman”, — deya o‘z so‘zlarini yakunlagan G‘ofur Rahimov.
XOQ boksning 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlanib qolish-qolmaslik masalasini tashkilotning noyabrda bo‘lib o‘tadigan ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida muhokama etadi.
Ayni paytda XOQ AIBA’ga nisbatan fevral oyida boshlangan surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda, mazkur qarorga Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tgan XOQ ijroqo‘mi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra kelingan.
XOQni AIBA’ning boshqaruv, moliya va antidoping masalalari bo‘yicha hisoboti qoniqtirmagan. So‘ngra AIBA’ning sobiq rahbari Ching Kuo Vu iste’foga chiqarilgan, uning vazifasini Rahimov bajarishga kirishgan. | 13Sport
|
13 yil o‘tib. APL tarixidagi eng mashhur sirlardan biri ochildi
«Chelsi» yarimhimoyachisi Fransesk Fabregas Sky 1 telekanali orqali efirga uzatilgan A League of Their Own ko‘rsatuvi orqali APL tarixidagi o‘z vaqtida eng mashhur bo‘lgan voqeani tan oldi.
Ko‘rsatuv boshlovchisi Jyeyms Korden futbolchiga 2004 yilning oktabrida sodir bo‘lgan voqeani eslatib savol bergan. O‘sha vaqtlarda Fabregas «Arsenal» safida to‘p surardi. «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng (0:2) londonliklardan kimdir «MYu» bosh murabbiyi Aleks Fergyusonning yuziga qarata pitssa uloqtirgan.
«Arsenal»ning sobiq sardori, hozirgi kundagi ekspert Martin Kioun eslagandi: «Esimda bor, u ispaniyalik yigit edi, juda yaxshi texnika egasi bo‘lgan. Hattoki pitssa uloqtirganda ham u ajoyib texnikasini namoyish etgan».
Fabregas bu gaplardan keyin Fergyusonga pitssani aynan u otganini tan oldi. «Ha, men otgandim! Ammo Martin Kioun – aldayapti, axir men yaxshi eslayman, u menga orqasini o‘girib turgan holda kim bilandir gap talashayotgandi. Men esa o‘sha joydan turib pitssani uloqtirgandim. U Fergyusonga borib tekkandi», – deya gapirib o‘tgan ispaniyalik futbolchi. | 13Sport
|
AQShda haqiqiy qish: muzlab qolgan favvoralar, qattiq sovuq va kuchli qor
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Atlantika okeani sohillari uchun dekabr oxiri va yanvar oyi boshi juda qorli hamda sovuq keldi. Mamlakatning ba'zi shtatlarida qor yog‘ishi hamon davom etmoqda.
Jon Kennedi nomidagi Nyu-York xalqaro aeroporti ko‘rish masofasi pasaygani va kuchli qor tufayli o‘z ishini vaqtinchalik to‘xtatdi, megapolisdagi maktablarda esa mashg‘ulotlar bekor qilindi.
3 yanvar kuni 29 yil ichida birinchi marta Florida shtati shimolidagi Tallaxassida qor yog‘di. Shtatning ba'zi maktab okruglari rahbariyati ta'tillarni davom ettirish haqida qaror qabul qildi, Orlandodagi suvli attraksionlarga ega maxsus bog‘lar vaqtinchalik yopib qo‘yildi.
AQSh poytaxti Vashingtonda sovuq harorat yanvar o‘rtalariga qadar saqlanib qoladi. Luiziana, Janubiy Karolina va Jorjiyada favvoralar ham muzlab qoldi. | 2Dunyo
|
Ukraina Yevroittifoq bilan assotsiatsiya haqidagi bitimni mart oyi oxirigacha imzolaydi
Yevropa Ittifoqi o‘zining navbatdagi yig‘ilishida, ya’ni shu oyning oxirida Ukraina bilan assotsiatsiya to‘g‘risidagi bitimni imzolashi mumkin. Bu haqda Polsha bosh vaziri Donald Tusk bergan ma’lumotga tayanib Reuters xabar qilmoqda.
12-mart kuni Germaniya kansleri Angela Merkel bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Tuskning ma’lum qilishicha, bitimni imkon qadar tezroq imzolash lozim; Merkel xonim ham shu fikrni ma’qulladi. Polsha bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, biror texnik omil to‘sqinlik qilmasa, bitimni Yevroittifoqning navbatdagi yig‘ilishida, ya’ni keyingi haftadayoq imzolash mumkin.
Yevropa Ittifoqining 6-mart kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitida Ukraina mazkur bitimni 25-maygacha, ya’ni muddatidan avvalgi prezident sayloviga qadar imzolashi e’lon qilingan. Bu sammitda Ukrainaga 11 milliard yevro miqdorida moliyaviy yordam paketi ajratish taklifi ham ma’qullangan edi. Mazkur mablag‘ ushbu mamlakatga ikki yil davomida taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Ukrainaning avvalgi hukumati Yevroittifoq bilan assotsiatsiya va erkin savdo hududi haqidagi bitimni 2013-yil oxirigacha imzolashni rejalashtirgan edi. Ammo hujjat tasdiqlanishi rejalashtirilgan sammitga oz vaqt qolganida mamlakat rahbariyati bu boradagi muzokaralarni to‘xtatib turishini ma’lum qildi va buni ushbu yo‘l mamlakat iqtisodiyoti uchun samaraliroq bo‘lishi bilan izohladi. Shu bilan bir vaqtda, hukumat vazirlarga Rossiya bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirishni topshirdi. Oradan ko‘p o‘tmay, prezident Viktor Yanukovichning Rossiyaga tashrifi davomida e’lon qilindiki, Ukraina bu mamlakatdan gazni chegirmalar bilan sotib oladi, shuningdek, Rossiya Ukrainaning qimmatli qog‘ozlari uchun 15 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritadi.
Yevroittifoq bilan assotsiatsiyadan voz kechilishi Ukrainada ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan, ular oqibatida tartibsizliklar yuzaga kelgan edi. Namoyishchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lib, ular ma’muriy binolarni qo‘lga olishdi. Natijada muxolifat Oliy Radada nazoratni o‘z qo‘liga olib, prezident Viktor Yanukovichni hukumatdan chetlashtirdi. Prezident vazifasini vaqtincha bajarish Aleksandr Turchinov zimmasiga yuklatildi. Ukrainaning yangi hukumatini AQSh va Yevroittifoq mamlakatlari tan olishdi. Lekin Rossiya mazkur hukumat almashishini davlat to‘ntarishi, deya baholab, Viktor Yanukovichni qonuniy prezident hisoblab kelmoqda. | 2Dunyo
|
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga Ucell tomonidan texnik jihozlar taqdim qilindi
27 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishini chuqur o‘rganish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi.
Bu yerda ilg‘or o‘quv dasturi uchun xonalar va shart-sharoitlardan tashqari, innovatsion metodlardan foydalangan holda fakultativ darslarni o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ucell, Artel, ZTE va Huawei kompaniyalarining maxsus sinflari mavjud.
«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) maktabga bir qator texnik jihozlar sovg‘a qildi.
Bugun ushbu o‘quv dargohi ostonasida mamlakat kelajagi bizning iqtidorli yoshlarimiz qo‘lida ekanligi aniq bir kuch bilan sezamiz. Mamlakatimiz rahbariyati ta'lim sohasiga katta e'tibor qaratmoqda: yangi maktablar qurilmoqda, moddiy-texnik baza modernizatsiya qilinmoqda, o‘quv jarayoni uchun zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda. Mamlakatda ta'lim tizimi katta o‘zgarishlarga duch keldi: nafaqat darsliklar tarkibida, balki tizim ham tubdan o‘zgardi.
Bugungi kunga qadar Prezident maktablari Nukus, Namangan, Xiva va Toshkentda ochilgan. Prezident maktablarini tashkil etish tashabbusi juda barvaqt va zamon talabiga javob beradigan qaror edi. Ushbu innovatsion o‘quv muassasalar maktablar islohotining o‘ziga xos lokomotivi bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.
Bunday maktablarning g‘oyasi noyobdir: Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va ko‘plab buyuk olimlar va mutafakkirlarni dunyoga tanitgan Xorazm Ma'mun akademiyasi va Sharqiy Uyg‘onish davridagi boshqa ta'lim markazlarining ulug‘vor an'analarini tiklab, o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni jalb qilish.
«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent ixtisoslashtirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabiga 19 monoblok, interfaol sensorli panel, televizor, kompyuter, virtual borlik ko‘zoynaklari va boshqa jihozlarni taqdim etdi.
Vladimir Kravchenko, «COSCOM» MChJ bosh direktori v.b. (Ucell savdo belgisi):
– Bugungi kunda axborot texnologiyalari ta'lim tizimini rivojlanishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Ucell yordami bilan yangi texnologiyalar bilan jihozlangan xona Toshkentdagi Inha Universitetida ham mavjud. Yana bir loyihamiz: yaqinda ochilgan Amity universitetida ham kompyuter xonasini jihozlab berish. Biz bolalar yoshlikdan texnologiyalar bilan inoq bo‘lishlarini istaymiz. Bu mamlakatimiz yoshlarining intellektual salohiyati, qiziquvchanligi va yuqori bilim faolligini ijobiy rivojlanishga yo‘naltirishga imkon beradi. Kelajakda ularni qo‘llab-quvvatlashga, o‘qishlarida homiylik qilishga va ish joylarini taklif etishga tayyormiz. Maktab o‘quvchilari muvaffaqiyatli olimlar, matematiklar, astrofiziklar, aloqachilar – yangilanayotgan mamlakatga munosib fuqarolar bo‘lishiga chin dildan ishonamiz.
Ucell kompaniyasi ushbu jihozlar o‘quvchilarni zamonaviy kompyuterlar va innovatsion texnologiyalar olamiga jalb etishda yordam beradi, bilim va ko‘nikmalarni barkamol shakllantirishga yordam beradi deb umid qilmoqda.
«COSCOM» MChJ Matbuot xizmati | 5Jamiyat
|
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-794-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari R. Mamutov, R. Begmatov, A. To‘laboyev va O. Otaxonova tomonidan 2021-yil 9-iyunda kiritilgan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi QL-794-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilish mumkinligi to‘g‘risidagi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining xulosasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi bir oy ichida ushbu qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlasin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. | 10Qonunchilik
|
Nazarboyev: Tramp Qozog‘istonda mo‘jiza yaratganimizni aytdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQShning bo‘lajak prezidenti Donald Tramp bilan ilk muloqoti haqida gapirib berdi. Bu haqda, Tengrinews portaliga asoslanib, “RBK” xabar qilmoqda.
Nazarboyevning aytishicha, suhbat chog‘ida Tramp “Siz Qozog‘istonda mo‘jiza yaratdingiz” degan.
“Bu mening so‘zlarim emas, buni Tramp aytdi”, — ishontirdi Qozog‘iston rahbari.
Nazarboyev va Tramp o‘rtasidagi suhbat 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Qozog‘iston prezidenti Trampni saylovdagi g‘alaba bilan telefon orqali tabrikladi. | 2Dunyo
|
Avstraliya bosh vaziri Fransiya bilan suvosti kemalari bo‘yicha shartnomadan voz kechilgani sababini tushuntirdi
Avstraliya ushbu shartnomadan AQSh va Britaniya bilan mudofaa alyansi AUKUS’ni tuzgandan keyin chiqib ketgan.
Morrisonning ta'kidlashicha, Avstraliya 66 mlrd dollarlik shartnomadan AUKUS foydasiga voz kechishidan oldin unda Fransiyada buyurtirgan suvosti kemalari strategik ehtiyojlariga to‘g‘ri kelmasligi borasida jiddiy xavotir paydo bo‘lgan.
Avstraliya bosh vaziri g‘arb davlatlari o‘rtasida diplomatik mojaroga olib kelgan ushbu holatni tushuntirar ekan, u Fransiyaning ixlosi qaytganini tushunishini, biroq “Avstraliya manfaatlari hammasidan ustun ekanini” aytgan.
“Bizda Fransiyada buyurtirilgan “Ataka” sinfidagi suvosti kemalari imkoniyatlari oldimizda turgan strategik vazifalarni hal qila olmasligi borasida jiddiy xavotir bor va biz milliy strategik manfaatlarimizga asoslangan qarorlarni qabul qilishimizni aniq tushuntirdik”, deb ta'kidlab o‘tgan Morrison.
U shuningdek, Avstraliya hukumati aslida Fransiyadan suvosti kemalari buyurtirish niyati bo‘lmagani borasidagi axborotni rad etgan. Uning ta'kidlashicha, Fransiya suvosti kemalari imkoniyatlari Hind-Tinch okeani mintaqasida o‘zgarayotgan vaziyatni hisobga olib, Avstraliya strategik manfaatlariga javob bera olmasligi borasida xavotir bo‘lgan.
O‘tgan hafta AQSh, Avstraliya va Britaniya yangi mudofaa alyansi tashkil etishi haqida e'lon qildi. Kelishuv doirasida Avstraliya flotini AQSh va Britaniya texnologiyalari yordamida qurilgan atom suvosti kemalari bilan ta'minlash rejalashtirilmoqda. Buning natijasida Avstraliya 2016 yilda fransuz kompaniyasi bilan 12ta dizel-elektr suvosti kemasi qurish bo‘yicha imzolangan shartnomani bekor qilgan.
Shundan keyin Fransiya ittifoqdoshlari qarorini “orqadan pichoq sanchish” deb baholab, tarixda birinchi marta AQSh va Avstraliyadagi elchilarini ortga chaqirtirib olgan. Fransiya tashqi ishlar vazirligi AQShning aralashuvi sababli Avstraliya shunday qarorga kelgan, deb hisoblamoqda. | 2Dunyo
|
Kecha dunyo bo`yicha 3,35 million kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi
Kecha dunyo bo`yicha 3,35 million kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Bu 31 yanvarga qiyoslaganda 600 mingdan ziyod ko`rsatkichdir.
Eng yuqori kunlik holatlar quyidagi mamlakatlarda qayd etildi: | 2Dunyo
|
Britaniyalik mashhur musiqachilar Tereza Meyga xat yuborishdi. Ular Brexit’ga qarshi
Britaniyalik musiqachilar mamlakat bosh vaziri Tereza Meyga ochiq xat yo‘llashdi, unda ular Brexit - Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishga qarshi ekanliklarini bildirdilar.
Bosh vazir nomiga maktubni musiqachi Bob Geldof yozgan. Matn The Guardian'da e'lon qilindi, murojaatga Ed Shiran, Rita Ora, Sting, Deymon Albarn, Jarvis Koker va Brayan Ino kabi taniqli ijrochilar imzo qo‘yishgan.
Maktub mualliflarining fikriga ko‘ra, Yevropa ittifoqidan chiqish ularni «madaniy qamoqxonaga» tashlaydi va pullardan mahrum etadi, chunki Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi bo‘yicha referendumdan keyin gastrollar hamda ovoz yozishga sarflanadigan xarajatlar oshdi. «Klublarga borish, musiqa, o‘zlarining sevimli musiqachilari surati tasvirlangan futbolkalarni xarid qilish uchun fuqarolarda pul yo‘q, sababi ularning daromadi tushib ketdi», - deya yozadi ular. Ijodkorlar YeIdan ketmaslikka chaqirishgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bloomberg Tereza Mey siyosati Britaniyaning talablariga javob bermasligi haqida yozgandi. | 2Dunyo
|
Gulen maktablari Turkiya hisobiga o‘tkazilmoqda
Turkiya ta'lim jamg‘armasi ishining ilk besh oyida uning hisobiga Fathulla Gulenning FETÖ terrorchilik oqimi tarafdorlarining 11 mamlakatdagi ta'lim muassasalarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Gulen tarafdorlari dunyoning 113 ta maktabida 688 ta ta'lim muassasasi ochganlar.
Jamg‘arma hisobiga FETÖ’ning Somali, Gvineya, Nigerdagi maktablari topshirildi. Shuningdek, jamg‘arma hisobiga Gulenning Senegal, Mavritaniya, Chad, Gabon, San-Tome va Prinsipi, Burkina Faso, Pokiston va Afg‘onistondagi maktablarini topshirish bo‘yicha kelishuv imzolangan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Avstraliyada Gulen tarafdorlarining 15 ta, Amerika qit'asining 9 ta davlatida 150 ta, Afrikaning 36 ta davlatida 106 ta, Yevropaning 35 ta davlatida 175 ta, Osiyoning 32 ta davlatida 242 ta maktabi faoliyat yuritmoqda.
FETÖ maktablarining jamg‘arma hisobiga yana 17 ta davlat: Bosniya va Gertsegovina, Hindiston, Albaniya, Tailand, Kamboja, Shimoliy Kipr Turk respublikasi, Avstraliya, Daniya, Iroq, Moldova, Saudiya Arabistoni, Singapur, Malayziya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Sudandagi maktablarini topshirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. | 2Dunyo
|
Hududlar kesimida tayyor palovning o‘rtacha narxi e'lon qilindi
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha palovning o‘rtacha narxlari e'lon qilindi.
Ular quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
Bildirilishicha, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi.
Ma'lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan. | 8O‘zbekiston
|
Zidan 3 oy muddatga murabbiylikdan chetlatildi
Jahon chempioni Madridning «Real» klubi yoshlar jamoasi murabbiyi Zayniddin Zidan 3 oy muddatga murabbiylikdan chetlatildi. Bu haqda «The Daily Mail» xabar tarqatdi.
Ma`lum bo`lishicha, Ispaniya murabbiylar assosiasiyasi mavsum boshida mamlakat futbol federasiyasiga Z.Zidan lisenziyaga ega bo`lmay turib murabbiylik bilan shug`ullanayotgani yuzasidan shikoyat bergan. Ayni shu holat disklifikasiya sabab bo`lgan.
Madridliklar 10 kun davomida ushbu qaror yuzasidan appelyasiya berishlari mumkin.
Eslatib o`tamiz, Ispaniyada yoshlar jamoalari murabbiylari milliy miqyosdagi uchinchi darajali lisenziyaga ega bo`lishlari lozim. | 13Sport
|
Alfraganus’da tayyor ijarachilari mavjud tijorat binolarini muddatli to‘lov va chegirmalar bilan xarid qiling
Bizning Uylar Development kompaniyasi Mirobod tumanidagi tijorat ko‘chmas mulklarini sotib olishda taqdim etilayotgan qulay sharoitlar haqida ma’lumot berdi.
Alfraganus — bu poytaxtning foydali joyida har qanday tijorat faoliyati yoki xizmat ko‘rsatish sohasini amalga oshirish uchun 110 ming kvadrat metr maydonga ega savdo majmuasi. Maskanda 32 dan 3,244 kvadrat metrgacha bo‘lgan 14 turdagi tashqi fasad dizayniga ega 500 dan ortiq binolar bo‘lib, tadbirkorlarga 6 metrli shift balandligiga ega binolar, ulardagi individual xususiyatlar to‘plami taklif etiladi. Baland shiftlar o‘z navbatida binolarni ikki darajali loyihalash imkoniyatini beradi. Siz bir joyning puliga ikki baravar katta maydonni yaratishingiz mumkin.
Kompaniya sotuvlarning birinchi haftalarida 24 oylik muddatli to‘lov, eng foydali narxlar, maksimal chegirmalarni taklif qiladi. Savdo markazi hududida biznes boshlamay faqatgina joy xarid qilishni istagan investorlar uchun Alfraganus Academy bo‘limi tayyor ijarachilar bazasini taklif etadi.
Alfraganus hududiga yangi tashrif buyuruvchilarni jalb qilish va ularning ochiq havodagi ko‘ngilochar savdo majmuasi ichida ko‘proq sayr qilishi, xaridlarni amalga oshirishi uchun barcha shart-sharoitlar: sayr xiyobonlari, bolalar maydonchalari, ko‘ngilochar dam olish maskanlari, shuningdek, favvorali markaziy maydon kabi qulayliklar tashkil etiladi.
Shuningdek, 1500 avtomobilga mo‘ljallangan aylana avtoturargoh tashrif buyuruvchilarning hududda bemalol sayr qilishi va xaridlarni amalga oshirishiga imkoniyat yaratadi. Aslida xaridlar avtoturargoh joyidan boshlanadi. Agar mijozingiz o‘z avtomobili uchun qulay avtoturargoh joyini topmasa, u sizning do‘koningizga yetib bormasligi mumkin.
Alfraganus – bu ayni damda foydalanish lozim bo‘lgan ulkan imkoniyat va istiqbollar!
Sotuv ofisi manzili: Mirobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasi, 30-uy (mo‘ljal: UzBum, China Town restorani)
Batafsil ma’lumotlarni quyidagi raqamdan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44
Sotuv ofisi har kuni 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Sayt: alfraganus.com
Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent
Instagram: alfraganus.uz
Telegram: t.me/alfraganus_tashkent | 8O‘zbekiston
|
Markaziy bank: 2019 yilning I yarim yilligida iste'mol narxlari oshishi 5,6 foizni tashkil etdi
Joriy yilning I yarim yilligida iste'mol narxlari oshishi 5,6 foizni tashkil etib, 2018 yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 0,6 foiz bandga past bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bank xabar qilmoqda.
“Inflatsiya asosan oziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning bozor narxlari oshishi ta'sirida shakllangan bo‘lsa, ma'muriy tartibga solinadigan xizmatlar tariflari va nooziq-ovqat tovarlari narxlarining yuqori darajada oshmaganligi inflatsiyaning keskin o‘sishining oldini oldi. Shu bilan birga, energiya resurslari tariflari oshirilishining oldin e'lon qilingan muddatga nisbatan keyinga qoldirilishi ham mazkur davrda inflatsiya darajasining kutilgandan past darajada shakllanishiga xizmat qildi”, - deyiladi MB xabarida.
Yillik hisobda inflatsiya darajasi 13,6 foizni tashkil etib, bazaviy prognoz koridorining quyi chegarasiga yaqin darajada saqlanib qoldi. Bunda, yillik inflatsiya darajasi oxirgi 5 oy davomida 13,5-13,7 foiz oralig‘ida saqlanib qoldi.
Iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan kreditlar ajratish va davlat xarajatlarining yuqoriroq sur'atlarda o‘sishi hisobiga ichki narxlarga yalpi talab tomonidan bosimning ortishi, aholi daromadlari ko‘payishi hamda ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi ma'lum darajada inflatsiya darajasini pasaytirish vazifasini qiyinlashtirmoqda.
Oziq-ovqat inflatsiyasi meva va sabzavot mahsulotlari narxlari o‘zgarishini hisobga olmaganda aprel oyida o‘zining eng yuqori darajasiga yetdi. Bunga narxlarning soliq tizimidagi o‘zgarishlar hamda ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga moslashishi sabab bo‘ldi. Ushbu omillar ta'sirining sekin-asta kamayishi joriy yilning may-iyun oylarida mazkur mahsulotlar narxlari dinamikasining pasayishida o‘z aksini topdi.
Ayrim turdagi meva va sabzavotlar narxlarining o‘tgan davrda past bo‘lganligi hisobiga 2019 yilning II choragida ular narxlarining o‘sish sur'ati tezlashib, yillik inflatsiyaga oshiruvchi ta'sir ko‘rsatdi. Taqqoslash uchun, 2018 yil II choragida meva va sabzavot mahsulotlari narxlari 18,7 foizga pasaygan bo‘lsa, joriy yilning II choragida 8,1 foizga kamaydi.
Mazkur davrda aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining inflyatsion kutilmalari, umuman olganda, pasayuvchi dinamikani namoyish etdi. Yuridik shaxslarning inflyatsion kutilmalarida barqaror pasayish trendi kuzatilgan bo‘lsa, ayni vaqtda, jismoniy shaxslar kutilmalarida 2019 yil yanvar-aprel oylaridagi pasayishdan so‘ng, oxirgi ikki oyda o‘sish kuzatildi. | 4Iqtisodiyot
|
Buxorodagi korxonada 60 turdagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi (foto)
Buxoro shahrida joylashgan “Kasatka art design” xususiy korxonasi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaradi. O‘zA ma’lum qilishicha, u yerda 30 kishi ish bilan ta’minlangan.
Ta’kidlash joiz, ushbu korxonaga 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Buxoro shahar filialidan olingan kredit yordamida zamonaviy dastgohlar o‘rnatildi.
Ayni paytda “Kasatka art design” xususiy korxonasida 60 turdan ziyod mahsulot ishlab chiqariladi.
Foto © O‘zA | 8O‘zbekiston
|
Nogironligi bor shaxslar davlat xizmatlaridan chegirma asosida foydalanishi mumkin bo‘ladi
Elektron raqamli imzo bilan ishlash tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari portalining mobil ilovasini rivojlantirish, qolaversa nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘lovlarda chegirma berish rejalashtirilmoqda.
Bu borada prezident Shavkat Mirziyoyev 10 may kuni davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi islohotlar natijadorligiga oid taqdimot vaqtida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov hamda Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug‘bek Muhammadiyevga topshiriqlar bergan.
Chapdan o‘ngga: Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, DXA direktori Ulug‘bek Muhammadiyev.
Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, taqdimotdan so‘ng ishlar tez suratlarda boshlab yuborilgan. Hozirda mutaxassislar tomonidan davlat xizmatlaridan foydalangan nogironlarga to‘lovlar uchun chegirmalar berish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, taqdimot davomida xizmatlar sonini ko‘paytirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Ta’kidlash joiz, DXA endi ish boshlanida xizmat turlari 37 ta bo‘lgan, hozirgi kunga kelib bu ko‘rsatkich 157 taga yetgan. Aholiga kuniga o‘rtacha 57 mingtadan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Buning uchun 117 ta qonun hujjatlari ishlab chiqilib, soha isloh qilindi. 70 dan ziyod davlat xizmati soddalashtirildi. Talab etiladigan hujjatlar soni 221 tadan 95 taga, xizmat ko‘rsatishning umumiy muddati qariyb 500 kundan 271 kunga qisqartirildi.
Hududlarda davlat xizmatlari markazlari uchun 145 ta yangi bino va 115 ta filial barpo etildi. Fuqarolik holati dalolatnomalari arxividagi 60 million dona qog‘oz shaklidagi ma’lumotlar to‘liq raqamlashtirildi, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, xizmatlar qamrovi va tezkorligini oshirish uchun hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham yo‘q emas.
Misol uchun, zarur ma’lumotlar to‘liq raqamlashtirilmagani sababli atigi 11 foiz xizmatlar elektron shaklda ko‘rsatilmoqda. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasi orqali 30 turdagi xizmat ko‘rsatish mumkin, xolos. Undan atigi 11 tasi interaktiv xizmatlar. Elektron identifikatsiya tizimi hamda elektron raqamli imzo bilan ishlash rivojlanmagan.
Taqdimotda xorijiy tajriba asosida, shu yil yakunigacha davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini 200 taga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Barcha 716 ta davlat xizmatini inventarizatsiya qilib, ularning muddatlari, to‘lov miqdorlari, shartlari va boshqa talablarini soddalashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
«Davlat idoralarining xalqimizga xizmati odamlarni rozi qilishning asoslaridan biri. Qaysi qishloqda, mahallada qaysi xizmatga ehtiyoj borligiga qarab, shunga sharoit yaratish kerak. Qaysi xizmatlarni arzonlashtirish, qaysilarini bepul qilish masalasini tahlil etib, aholiga yengillik va qulaylik yaratish zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Idoralararo integratsiya darajasini oshirish, buning uchun davlat xizmatlari uchun to‘lovlarning 20 foizini tashkilotlarning axborot texnologiyalari tizimini rivojlantirishga yo‘naltirish, qog‘oz shaklidagi arxiv hujjatlarini raqamlashtirish zarurligi ta’kidlandi. | 12Siyosat
|
Sud binosiga mobil telefon va kameralar olib kirish taqiqlandi
Sud binosiga mobil telefon, audio, foto va video qayd etish vositalari hamda elektron ma’lumot tashuvchi va uzatuvchi uskunalarni olib kirish taqiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.
Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yo‘riqnomaga binoan, sudlar, sud protsessi va ishtirokchilari hamda ularning yaqin qarindoshlari xavfsizligini ta’minlash ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar sud binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kirib chiqadi.
Sud binosiga quyidagi buyum va vositalarni olib kirish taqiqlandi:
- mobil telefon, audio, foto va video qayd etish vositalari hamda elektron ma’lumot tashuvchi va uzatuvchi uskunalar;
- o‘qotar qurol, portlovchi, zaharli, radioaktiv hamda boshqa kuchli ta’sir etuvchi kimyoviy moddalar, qo‘llanilishi (foydalanilishi) atrofdagilar xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa buyum va vositalar.
Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar o‘zlari tomonidan olib kelingan sud binosiga olib kirish taqiqlangan buyumlarni sud ma’muriyati tomonidan maxsus ajratilgan joylarda qoldirishi hamda sud binosidan chiqishda o‘zi bilan olib ketishi kerakligi belgilandi.
Sud binosining nazorat o‘tkazish punktida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xizmat olib borayotgan qo‘riqlash xizmati xodimlari sudga tashrif buyuruvchilar va ularning buyumlarini metallodetektorlardan foydalangan holda tekshirishi mumkin. | 8O‘zbekiston
|
Asakacha ish uslubi: o‘rganilmayotgan va e'tiborsiz qoldirilayotgan muammolar
Kun.uz’ning Andijon viloyati hayotini yoritish uchun ochilgan hududiy Telegram kanalida Asaka tumanidan bir necha bora tanqidiy materiallar, fuqarolarning murojaatlari e'lon qilindi. Maqsad — muammolar bartaraf etilib, aholining yashash tarzi yanada yaxshilanishi edi.
Lekin tuman hokimligi mutasaddilari ko‘tarilgan masalalarga nisbatan «pinagini ham buzayotgani yo‘q». Bu nimadan darak: mas'ullarga «Tanqid va murojaatlarga javob bermaysan, o‘rganmaysan, bugun bittasiga raddiya yoki munosabat bildirsang, ertaga boshqasi yozadi», qabilida topshiriqlar berilayotganidanmi?
Keling, kanalda yoritilgan misollarga o‘tamiz.
20 yanvar kuni tumandagi dehqon bozori oldidagi avtomobillarning pala-partish joylashishi oqibatida yo‘llar to‘silib qolayotgani, mazkur holat piyodalar va qolgan haydovchilarga noqulaylik tug‘dirayotgani;
17 fevral kuni «Chek» MFYda joylashgan xonadonlar oldidan o‘tgan ariqdagi suv sabab uylar nurab tushayotganligi;
23 fevral kuni «Do‘rmon» MFY, Do‘rmon ko‘chasiga ichimlik suvi tushirish ishlari oxiriga yetkazilmay tashlab ketilgani;
25 fevral «Kun fotosi» rukni ostida tumandagi «Arg‘in» MFY, Jonon ko‘chasidagi holat haqidagi xabarlar e'lon qilingan.
Ammo, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritilayotgan tumandagi muammolar ham mas'ullar tomonidan o‘rganilmay, bartaraf etilmay, shunchaki bepisandlik bilan chetga surib qo‘yilayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.
Tuman hokimligining rasmiy Telegram kanalida esa hokimning fuqarolarni qabul qilgani va sport musobaqalari yoritib boriladi, xolos. Fuqarolar murojaat qilishi uchun esa hech qanday aloqa vositalari haqida xabar ham, bildirgi ham yo‘q.
Asaka tuman hokimligidan respublikada olib borilayotgan ochiqlik siyosatini qo‘llab-quvvatlagan holda tumandagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etishda faollik ko‘rsatishini so‘rab qolamiz.
Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri. | 5Jamiyat
|
“Sen robot emassan!” O‘zbekistonlik yosh tadbirkor va blogerning yanada yoshroq avlodga maslahatlari
Tadbirkor va taniqli bloger Firuz Allayev 25-may — o‘quv yilining tugashi munosabati bilan maktab bitiruvchilariga o‘zining maslahatlarini berdi. U o‘z hayot yo‘lidan kelib chiqqan holda muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bugun 25-may. 100 minglab ukalarimiz, singillarimiz maktab yoki kollejni tugatib, katta hayotga qadam qo‘yadi. Bundan 12 yil oldin maktabni tugatganim esimga tushib ketdi; odam o‘sha onlarga qaytganday bo‘ldi.
Hozir men o‘sha onlarni eslab, bugun maktabni bitirayotganlarga murojaat qilmoqchiman. Murojaat mening shaxsiy hayotimdan kelib chiqqan va buni so‘nggi instansiyadagi haqiqat deb uqtirmoqchi emasman. Shunchaki bundan 12 yil oldin qishloqdagi maktab-internatni tugatgan, bugun esa o‘z orzulariga birin-ketin erishayotgan insonning o‘zidan kichiklarga chin kalbdan murojaati bu.
Hurmatli ukajon, hurmatli singlim. Bugun sen uchun qanchalik hayajonli kun ekanini juda yaxshi tushunaman. Ayniqsa menga o‘xshagan romantik va ko‘ngli yarim odam buni yanada yaxshi tushunadi. Bugun senga o‘z tajribamdan kelib chiqib ba’zi maslahatlarni bermoqchiman. Bugun birinchi muallim, birinchi bayram, birinchi sevgi, ajoyib do‘stlarni bergan maktab tugadi va bu senga shunchaki shirin xotira bo‘lib qolishi mumkin. Bugun sen endi o‘zing uchun javobgar bo‘lib, mustaqil hayotni boshlaysan.
Eng yomon qarg‘ish nima deb so‘rashsa, o‘tish davrida yashagin degan qarg‘ish, deb javob bergan ekan bir faylasuf. Men o‘sha o‘tish davrida o‘qigan, undan keyin yangi o‘tish davrida mehnat qilayotgan odamman. Aksar tengdoshlari mardikor, gastarbayter va davlat ishida maoshi yetmaganidan qo‘rqib pora olib yurgan yo‘qotilgan avlod vakiliman. Biz miya ayovsiz yuvilgan, lekin hali internet va zamonaviy bilimlar kirib kelmagan, erkinlashmagan zamonda o‘qidik, biz oila boqaman deb tirishgan odam avtobusda yonadigan zamonda yashayapmiz. Ta’lim tizimi tomiri bilan chirigan davr bizga to‘g‘ri keldi; qaraginki, mamlakatda erkinlik shamoli esib, yangiliklar davri boshlangan, eski va yangi avlod o‘rtasidagi farq muammolar yaratayotgan, islohotlar qilinib, lekin aynan konservatorlar sabab ular sekinlashayotgan g‘alati bir zamonda yashab turimmiz.
Sen esa erkin hayotga yangi bir davrda qadam qo‘yapsan. Bu yangi davr juda ko‘p va’dalarni beryapti. Erkinlik shamolini ko‘rib, yangi davr bugungi kundan yaxshi bo‘lishiga ishonaman. Shaxs sifatida shakllanishga, bilim olishga, o‘zingni hayotda topishga 7–8, ota-onang, yashaydigan joying zamonaviy joy bo‘lsa, 10 yil vaqting bor. Mana shu 10 yil sen qolgan umringda kim bo‘lib yashashingni hal qiladi. 10 yildan keyin tengdoshlaringning aksar qismi ma’lum bir kasb egasi bo‘ladi. Ularning hayot yo‘li shakllangan, bir izga tushgan bo‘ladi.
Mana shu keyingi 10 yil uchun senga bir-ikki samimiy maslahatlarimni bermoqchiman.
Sen avvalo shaxs sifatida shakllanishing, o‘z fikriga, jamiyatda o‘rniga ega insonga aylanishing kerak. Jamiyat ham, davlat ham fuqarolardan iborat. Sening va mening dunyoqarashimiz, fikrlashimiz, o‘zimizni tutishimiz mana shu jamiyat va davlatning taqdirini hal qiladi. Shu uchun ham birinchi navbatda shaxs sifatida shakllanishing, shu davlat va jamiyatning ilg‘or farzandi bo‘lishing kerak.
Avvalo shaxs sifatida shakllanish uchun birinchi maslahatim: til o‘rgan. Bugungi kunda zamonaviy bilimlarning 99 foizi o‘zbek tiliga tarjima qilinmaydi va yetib kelmaydi. Shu uchun ham zamonaviy dunyodan ortda qolmasliging, kerakli axborotni olishing, onging, dunyoqarashing, tanqidiy fikrlashing, tolerantliging shakllanishi uchun chet tilini o‘rganish kerak. Eski sovet davridan qolgan metodika senga kerak emas. Internetdan, zamonaviy o‘qituvchilardan zamonaviy metodlar asosida ingliz, fransuz, nemis yoki rus tilini bir yilda yaxshi o‘rganishing mumkin. Mana shu chet tili senga butun dunyoni ochishingga kalit bo‘lib xizmat qiladi.
Fikrlash, mantiq shakllanishi, umuman shaxs sifatida shakllanishing uchun ikkinchi maslahatim: kitob o‘qi. Har kuni besh bet bo‘lsa-da kitob o‘qi, hech bo‘lmaganda tunda uxlashdan oldin miyani charchatish uchun kitob o‘qi. Mana shu o‘qib borayotgan kitoblaring o‘zingga sezilmagan holda tabiating va dunyoqarashingni shakllantiradi.
Sayohat qil. Dunyoqarash va fikrlash rivojlanib borishi, yangi qirralaringni ochish uchun ko‘proq sayohat qil. Qo‘shni mahallaga sayohat qil, qo‘shni tumanga sayohat qil, tarixiy shaharlarga sayohat qil, o‘z shahringdagi go‘zal joylarni borib ko‘r. Bir kun kelib moliyaviy imkoniyat paydo bo‘lganda so‘nggi iPhone yoki monopol amakingni xursand qilish uchun yangi Matiz sotib olishga shoshilma, yaxshisi shu pulga sayohat qil.
Yoshlik — sho‘xlik davri. Bugungi rivojlanish davrida odamni lazzatga chaqiradigan, vaqtingni, umringni yeb qo‘yadigan narsalar ko‘p. Ijtimoiy tarmoqlar va shunga o‘xshash boshqa narsalar umringni sovurishdan boshqasiga yaramaydi. Buni senga umrining ancha qismini ijtimoiy tarmoqda o‘tkazgan odam sifatida aytaman. Shu uchun ham hamma narsada me’yorni bilib, umringni o‘zing uchun foydali deb bilgan narsalargagina sarfla.
Turmush qurish haqida o‘ylama. Yoshlikda gormonlar o‘z ishini qiladi, inson uchun birinchi ahamiyatli narsa turmush qurishday tuyilaveradi. Hech qachon uylanishga yoki turmush qurishga shoshilma. Bu haqdagi o‘ylar qanchalik energiyangni va xayolingni yeb qo‘yishini juda yaxshi bilaman. O‘zim ham sendek bo‘lganman. Turmush qurishda bir onlik muhabbat muhim emas, muhimi — seni boringcha qabul qila oladigan, seni tushunadigan, sen ham uni boricha qabul qila oladigan odamni topishing, tabiatlaringiz bir-biriga mos tushishi. Bir ko‘rishda bir-birini sevib qolib, bir yilga bormasdan turmush qurib, keyin ajrashib ketganlarni juda ko‘p ko‘rdim. Shu uchun ham shoshilma. Sen hayotda o‘z yo‘lingni topsang, haqiqiy inson sifatida shakllansang, o‘zingga munosib umr yo‘ldoshini doim topasan. Shu uchun ham bu masalani yaxshisi 25 yoshdan keyinga qoldir.
Eng avvalo sen o‘z fikringga ega bo‘l. Har bir eshitgan haqiqatingni eng so‘nggi haqiqat deb qabul qilma. Bugun hamma manipulyatsiya qilinadigan axborot urushi zamonidamiz. Bu zamonda har qanday ma’lumotni filtr qila bilish, tekshirib ko‘rish, shubha qilish sen uchun foydali. Agar sen har bir ma’lumotni tahrir qilib, o‘zing uchun foydalisini olib bilsang, o‘z aql tarozingga sola olsang, tabriklayman, jamiyatning katta qismidan o‘tib bilding. O‘z fikringga ega bo‘lishing, har bir qaroringni o‘z fikringdan kelib chiqib qabul qilishing juda muhim. Har qanday ma’lumot hayoting uchun muhim yoki muhim emasligini tahlil qil. Ishon, Ronaldu yoki Messining zo‘rligi, Rayhonning yana bir bor erga tekkani yoki Halimaning ijtimoiy tarmoqda kim bilandir urishgani hayoting uchun foydasiz ma’lumot.
Kasb tanlashda ehtiyot bo‘l, tanlagan kasbingda professional bo‘l. Zamon o‘zgarmoqda, kasblar va ularga bo‘lgan talab ham. Bugun dolzarb bo‘lgan kasblar ertaga yo‘qolib, o‘rnini boshqa kasblar egallaydi. Shuning uchun kasb tanlashda kelajak haqida o‘yla. Tanlagan kasbingda professional bo‘lish haqida o‘yla. Biz ulkan o‘zgarishlar ostonasida turibmiz, o‘zgarishlar natija bermayotganining asosiy sabablaridan biri esa kadrlar yetishmovchiligidir. Sen kasb dunyosiga kirib kelgan bir vaqtda bu muammo yanada avj olgan, professional kadrlarga talab yanada oshgan bo‘ladi. Shu uchun ham o‘z sohang uchun zamonaviy dunyoda eng muhim bo‘lgan kitoblarni o‘qi, o‘z sohangning eng zo‘rlarini internet orqali kuzatib bor, o‘z ustingda ko‘proq ishla. Oliy toifali o‘qituvchi bo‘lgan bobom har doim aytardilar: bir kishi o‘z sohasida yaxshi mutaxassisga aylanishi uchun o‘sha sohada kamida besh yil ishlashi kerak. Yaqindagina biz tarjimasini qilgan “Zukkolar va landavurlar” kitobida aynan shu narsani “10 000 soat qoidasi” deb ko‘rsatgan. Ya’ni o‘z sohangda mutaxassis bo‘lish uchun kamida 10 000 soat real tajriba bo‘lishi kerak. Haqiqiy professional bo‘lishga harakat qil.
Jamiyat chizib bergan chiziq bo‘ylab yurishing shart emas. Biz juda konvervativ jamiyatda yashaymiz. Bizda tug‘ilganingdan ota-ona va jamiyat, atrof-muhit hayot yo‘lingni chiza boshlaydi va butun umr sen o‘sha chiziqdan chiqmasliging uchun harakat qiladi. O‘zgarishlardan, yangilikdan qo‘rqadigan jamiyatmiz. Ularning nazdida sen uchun ideal hayot tug‘ilish, maktab, oliy ta’lim yoki armiya, uylanish, farzandlik bo‘lish, davlatning katta ishida ishlash, uy qurish, to‘y qilish va pensiya yoshida ibodatingni qilib olamdan o‘tishdir. Sen robot emassan, sen jamiyat tomonidan dasturlanmagansan, sen erkin shaxssan. Shu uchun ham avvalo eski standartlardan qochib, baxtli yashash imkonini beradigan hayotni yaratishga harakat qil. Jamiyat havas qiladigan ming kishi chaqiriladigan to‘y qilish baxt emas, jamiyat havas qiladigan ikki qavatli hovli qurish baxt emas, jamiyat havas qiladigan eng so‘nggi Malibu olish baxt emas, jamiyat havas qiladigan, har bir qarashidan yuzlab xodim qo‘rqadigan, kechki soat 12:00 da ham majlisma-majlis yuradigan rahbar bo‘lish baxt emas. Sen o‘z yo‘lingni yarat, ota-onangdek bo‘lma. Ularni hurmat qil, ularga mehr ber, lekin sen mustaqil insonsan. O‘z yo‘lingni, o‘z hayotingni yarat.
Tolerant va bag‘rikeng bo‘l. Hammani boricha qabul qilishga harakat qil. Xudo odamlarni turli xil qilib yaratgan. Hammaning dunyoqarashi har xil, dini boshqa, millati boshqa. Har kimda dunyoqarash, fikrlash, odatlar o‘zi yashaydigan dunyodan, shaxsiy tajribasidan kelib chiqib shakllanadi. Insoniyatning go‘zalligi ham uning turliligida, bir-biridan farqidadir. Shu uchun ham tolerant bo‘lishni o‘rgan. Qaysidir millat, qaysidir din, qaysidir urug‘, qaysidir jins vakili bo‘lganing uchun boshqalardan ustun emassan. Avvalo har bir insonning dini, jinsi, kelib chiqishidan qat’iy nazar inson sifatida hurmat qil va inson sifatida eshit. Boshqalarga nafrat bilan emas, hurmat bilan yashasang, hayot ko‘zingga go‘zal ko‘rinadi.
So‘nggi maslahatim bugun ko‘pchilik bayroq qilib olgan vatanparvarlik haqida. Vatanparvar bo‘l! Lekin vatanparvarlik nima ekanini o‘zing uchun anglab ol. Vatanparvarlik bayroq ko‘tarib, ko‘ksiga urib selfi qilish emas. Vatanparvarlik profilga vatan haqida chiroyli postlar, she’rlar yoki bayroq rasmini qo‘yish emas. Vatanparvarlik qaysidir rahbarga paxta qo‘yish emas. Vatanparvarlik mana shu yashab turgan yering yanada yaxshi bo‘lishi uchun o‘zingni munosib tutishingdir. O‘z ishingni vijdonan qil, doim o‘rganishga, ulg‘ayishga tayyor bo‘l, haqiqiy professional bo‘l, jinoyatchilikdan, yomon ishlardan uzoq tur, ko‘chaga chiqindi tashlama, tabiatga, jamiyatga zararing tegmasin, yechilishi uchun o‘z vataningda muammolarni aytishdan, tanqid qilishdan qo‘rqma. Mana shu sening eng katta vatanparvarliging bo‘ladi.
Bular shunchaki oddiy qishloqdan chiqqan va bugun hayotda nimalargadir erishgan bir insonning maslahatlari. Umid qilamanki, mening yoshimda bugungidan erkinroq, bugungidan farovonroq, bugungidang ko‘ra qonun ustuvor bo‘ladigan, bugungidan ko‘ra o‘z salohiyatingni ro‘yobga chiqarish imkoniyati kattaroq bo‘ladigan mamlakatda yashaysan.
Katta hayotga xush kelibsan.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin. | 8O‘zbekiston
|
Foto-tanqid: Bozormi bu ozor...?!
Feysbuk” ijtimoiy tarmog`ining foydalanuvchilaridan biri Ulugbek Abdurahimov o`zining mazkur tarmoqdagi sahifasida Bo`ka dehqon bozoridagi ayanchli vaziyatlar aks etgan suratlarni joylashtirdi. | 5Jamiyat
|
Buxorodagi “Zarafshon” mehmonxonasi 11 mln dollarga qayta ta’mirlandi (foto)
Buxoro shahrida 20 yil avval qurilgan “Zarafshon” mehmonxonasining qayta ta’mirlash ishlari yakunlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamentiga tayanib, Spot xabar berdi.
Qayta ta’mirlashdan keyingi holat
2018-yilning yanvar oyida ko‘p yildan buyon ishlamay turgan mazkur mehmonxona bir yarim yil ichida 14 milliard so‘m investitsiya kiritish majburiyati bilan “nol” qiymatda sotuvga qo‘yilgan.
Qayta ta’mirlashdan oldingi holat
2018-yilning may oyida mehmonxona binosining yangi egasi Beston Machinery qo‘shma korxonasi bo‘lgani xabar qilingan. Mazkur kompaniya mehmonxonada 200 ta xona va 370 ta joy qurishni rejalashtirgandi. Biroq amalda mehmonxonani qayta ta’mirlash bilan Devel Eco Group kompaniyasi shug‘ullandi va loyihaga 11 million dollar sarfladi.
Sahid Zarafshon nomini olgan mehmonxona 296 ta o‘ringa mo‘ljallangan va 148 ta xonani, shu jumladan, lyuks, prezident, premium, ekonom, standart xonalarni o‘z ichiga olgan.
“Bu 4 yulduzli mehmonxona barcha qo‘shimcha qulayliklar va sifatli jihozlar asosida yaratilgan o‘ziga xos arxitekturasi va texnik yechimi bilan turistlarning barcha talablarini qondirish imkoniga ega”, — deyiladi Buxoro viloyati hokimligi xabarida.
Mehmonxonada oltita restoran, marosimlar uchun zal, konferensiya zali, majlislar uchun uchta xona, tungi ko‘ngilochar klub, kafe, qishki bog‘, ochiq va yopiq suv havzalari, o‘yin maydoni va bolalar uchun suv havzasi, fitnes-klub, spa-salonlar, sauna, bilyard zali, erkaklar va ayollar sartaroshxonalari, shuningdek, suvenirlar do‘koni joylashgan. | 8O‘zbekiston
|
Braziliyaning bosh politsiyachisi ishdan haydaldi
Braziliya federal politsiyasi rahbari iste'foga chiqarildi, deb xabar qilmoqda Reuters.
Mahalliy Globo portalining ta'kidlashicha, politsiya rahbarini jamoat xavfsizligi vaziri Raul Jungmann lavozimidan chetlashtirilgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, federal politsiyaga Rojyeriu Galloru rahbarlik qiladi.
Jamoat xavfsizligi vazirligi bir kun muqaddam tashkil etildi. Uning vazifalari orasida butun mamlakat hududi bo‘ylab jamoat xavfsizligi xizmatlarining o‘zaro muvofiqligi va integratsiya tizimini rivojlantirish bor. | 2Dunyo
|
Lavrov «DXR» va «LXR» hujjatlari Rossiyada qachongacha tan olinishini aytdi
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ma'lum qildiki, «DXR» va «LXR» fuqarolari hujjatlari Minsk kelishuvlari bajarilmaguniga qadar Rossiyada tan olinishi davom etadi.
18 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») va «Lugansk xalq respubliksasi» («LXR») ma'muriyati tomonidan berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni haqiqiy deb tan olish haqidagi farmonini imzoladi.
Pasportlardan tashqari, «DXR» va «LXR»ning ta'lim olganlik haqidagi hujjatlari, tug‘ilganlik va o‘lim, nikoh qayd etilgani va nikoh bekor qilingani haqidagi guvohnomalari, shuningdek, davlat avtomobil raqamlari ham Rossiya tomonidan haqiqiy deb tan olingan.
Endi «DXR» va «LXR»da berilgan hujjatlar asosida Rossiya hududiga qonuniy kirish mumkin.
Farmonga ko‘ra, «DXR» va «LXR» pasportlari vaqtincha — Donbassdagi nizo hal etilguniga qadar tan olinib turishi aytilgandi.
Lavrovning qayd etishicha, bu masala Myunxenda o‘tgan «normand to‘rtligi» uchrashuvida ko‘tarilmagandi.
«Bunday gumanitar chora Minsk kelishuvi bandlari bajarilmaguniga qadar amalda bo‘ladi,… prezident farmoni Donbass fuqarosini bildiruvchi hujjatga ega shaxslar Rossiyaga qonuniy o‘tishi, temir yo‘l va aviatsiya transporti orqali Rossiya Federatsiyasi bo‘ylab harakatlanishiga ruxsat beradi», — degan Lavrov jurnalistlarga.
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Rossiya ayirmachilarga tegishli hujjatlarni tan olishini xalqaro huquqbuzarlik deb atagan. | 2Dunyo
|
Birinchi “El-Klasiko” haqida bilasizmi? Unda kim g`alaba qozongan?
Bugun, 23 arpel kuni Ispaniyaning ikki grand klubining to`qnashuvi bo`lib o`tadi. Bu qarama-qarshilik birinchi marta qachon boshlangani to`g`risida ko`pchilik bilmasa kerak.
Birinchi “El-Klasiko” 1902 yilning 13 may kuni bo`lib o`tgan. U paytda "Real" klubi "Madrid" nomi ostida maydonga tushardi. "Barselona" esa, 1899 yilning 29 noyabr kuni, klub tuzilgan sanadan boshlab shu brendni targ`ib qilib keladi. "Madrid" klubi 1920 yilning 29 iyunida qayta tuziladi va unga "Real Madrid", qirollik klubi nomi beriladi.
U paytlar gazeta muxbirlari futbolni deyarli tushunmas edilar. Futbolga nisbatan, chetdan kirib kelgan bir sport turi sifatida qarashar edi. Qonun qoidani ham to`liq bilmagan muxbirlarga birinchi klasikoni yoritish nasib etgan.
Bu ikki klub ilk marotaba Madridda tashkil etilgan, "Koronasii Kubogi"ning yarim finalida to`qnash kelganlar. Musobaqa, qirol Alfonso XIIIning taxtga kelishi munosabati bilan o`tkazilgan edi.
Ilk "el klasiko"da "Barselona" 3:1 hisobida g`alaba qozongan. "Ippodrome de la Kastelyano" arenasida bo`lib o`tgan uchrashuvga 2500 nafar muxlis tashrif buyurgan.
"Barselona" - "Madrid" (bugungi "Real Madrid") 3:1
Bosh hakam: Luis Arana
Gollar: Shtaynberg – 1:0; Shtaynberg – 2:0; Jonson – 2:1; Morris – 3:1 (pen).
"Barselona": Luis Puelyas, Xose Lobet, Artur Vitti, Boartolome Terradas, Jorj Mayer, Migel Valdes, Jon Parsons, Xans Gamper, Genri Morris, Udo Shtaynberg, Alfonso Albenis.
"Madrid": Xuan Sevilya, Rafael Molera, Mario Xiralt, Xose Gongora, Alvaro Spottorno, Xose Palasios, Artur Jonson, Xose Xiralt, Antonio Sanches Neyra, Armaldo Xiralt, Eustakiyo Selada.
1902 yilda olingan surat
Uchrashuvdagi barcha gollar legioner futbolchilar hisobiga yoziladi. "Barselona"dan nemis futbolchisi Shtaynberg dublga erishadi. Uchinchi gol muallifi, Moris esa angliyalik edi. Hisobni qisqartirgan gol muallifi ham angliyalik bo`lgan. Kataloniyaliklarning darvozaboni Luis Puelyas uchrashuv chog`ida Xose Xiralt bilan to`qnashib ketadi. Shifokorlarning yordami bilangina posbon safga qaytadi. Agar u uchrashuvni davom ettira olmaganida, o`sha payt qoidasiga ko`ra futbolchining o`rniga boshqa futbolchi tushishi mumkin emasdi.
"O`yin juda ham tez bo`ldi. Bunga "Barselona" tomonidan kiritilgan uchta gol ham isbot bo`la oladi. Lekin "Madrid" ham bo`sh kelmadi. Jamoa yaxshi ancha tajribali jamoaga qarshi yaxshi himoyalana oldi", - deya qayd etgan o`yinni "Diario El Imparcial".
"Real" muxlislari xursand bo`lsalar bo`ladi. Finalga yo`l olgan "Barselona" kubokni qo`lga kirita olmagan. "Barselona"dan bir yosh katta, 1898 yilda tashkil topgan "Biskayi" jamoasi 2:1 hisobida g`alaba qozonadi. Bir yil o`tib "Biskayi" jamoasi "Atletik Bilbao" nomi ostida faoliyatini davom ettiradi. | 13Sport
|
Meksikada erkak rafiqasini o‘ldirib, jasadni bo‘laklarga bo‘lgan holda qaynatgani ma’lum bo‘ldi
Meksikalik politsiyachilar yo‘qolib qolgan ayolning jasadi qoldiqlarini uning sobiq turmush o‘rtog‘ining uyidagi kastryulkadan topdi, deb xabar beradi Fox News.
Magdalena Agilar Romero yanvar oyining boshida Tasko shahrida yo‘qolib qolgan edi. Ayol yo‘qolishidan oldin sobiq turmush o‘rtog‘i Sezar Gomez Archinyeganikiga farzandlarini olish uchun borgan.
Politsiyachilarning taxmin qilishicha, erkak sobiq rafiqasini o‘ldirib, so‘ng jasadni bo‘laklarga bo‘lgan va qo‘l hamda oyoqlarini qaynatgan.
Uyning oshxonasidagi muzlatgichdan Romero tanasining qolgan qismlari topilgan.
Politsiya jinoyatning boshqa tafsilotlarini oshkor qilmagan. Archinyeganing hibsga olingani haqida ham aniq ma’lumotlar keltirilmagan.
Xabarda qayd etilishicha, Meksikada so‘nggi o‘n yil ichida ayollarni o‘ldirish holati o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli darajada ko‘paygan. | 2Dunyo
|
Yangi fransuz oshxonasining asoschisi Pol Bokyuz vafot etdi
Yangi fransuz oshxonasining asoschi deb hisoblanadigan fransiyalik oshpaz Pol Bokyuz vafot etdi. Meduza’ning xabar berishicha, u 91 yoshda edi.
“Mesye Pol Fransiyaning o‘zi edi”, — dedi Fransiya ichki ishlar vaziri Jerar Kollon. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa mamlakatning barcha oshpazlari hozir “o‘z oshxonalarida yig‘layotganliklari”ni ma’lum qildi.
Paul Bocuse est mort, la Gastronomie est en deuil.Monsieur Paul, c’était la France. Simplicité & générosité. Excellence & art de vivre.Le pape des gastronomes nous quitte. Puissent nos chefs, à Lyon, comme aux quatre coins du monde, longtemps cultiver les fruits de sa passion. pic.twitter.com/XI0ozzzGJK
— Gérard Collomb (@gerardcollomb) January 20, 2018
1960-yillardan boshlab tanqidchilar e’tiboriga tushgan yangi fransuz oshxonasi taom tayyorlashda oddiylikka intilishi, unda mavsumiy mahsulotlardan foydalanilishi, shuningdek, tuzash (servirovka)ga alohida e’tibor qaratishi bilan ajralib turadi. Bu yo‘nalish jahon kulinariyasidagi eng nufuzlilaridan biriga aylangan; Bokyuz esa mazkur yo‘nalishning asosiy vakillaridan biri sanalardi.
AFP’ning yozishicha, Pol Bokyuz 40 yildan ziyod vaqt davomida Michelin jurnalining eng yuqori — uch yulduzini qo‘lga kiritib turgan fransiyalik yagona shef-oshpaz edi. U 1975-yili Faxriy legion ordeni bilan taqdirlangan. | 2Dunyo
|
Samarqandda Qozog‘istonga tegishli yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Samarqand viloyatida Qozog‘iston Respublikasiga tegishli yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2021 yil 25 mart kuni soat taxminan 14:30lar atrofida M39 Almati—Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining 1080-kilometrida Qozog‘iston Respublikasiga tegishli «Mercedes-Benz 1843LS» rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomon chetki qismiga ag‘darilgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Faqat yuk avtomashinasi va uning ustiga ortilgan yuklarga zarar yetgan.
Samarqandda yuk mashinasi tirkamasi bilan birga ag‘darilib ketdi | 8O‘zbekiston
|
Oroldan suv chekina boshlagani 1972 yildayoq ma’lum bo‘lib qoldi — Ismoil Jo‘rabekov
«Xalq so‘zi» muxbiri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigator, suv xo‘jaligi sohasida taniqli mutaxassis Ismoil Jo‘rabekov bilan suhbatlashdi. Unda Orolbo‘yida amalga oshirilayotgan ekologik tadbirlar, dengizning qurigan qismida o‘rmon barpo etish ishlarining ahamiyati, shuningdek, Orol dengizi bilan yuz bergan hodisaning sabablari va saboqlari to‘g‘risida so‘z bordi.
— Orolni ko‘p ko‘rganman, har yili bo‘lmasa ham ikki yilda bir marta, albatta, borardim, — deya so‘z boshladi Ismoil Jo‘rabekov. — Ilk tashrifim aniq esimda. O‘shanda 1971 yil edi. Mo‘ynoq tomon ketarkanmiz, yo‘lning o‘ng va so‘l tomonida dengiz qirg‘oqlariga to‘lqinlar urilib turardi. U vaqtlarda Orol sathining pasayishi unchalik sezilmas, Sirdaryo va Amudaryodan suv doim kelib turardi. Ba’zan suv bir oz kamayar, lekin bu iqlim sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lib, tabiiy hodisa edi, — dedi u.
«Suv chekina boshlagani 1972 yildayoq ma’lum bo‘lib qoldi. Eng qiyin davr 1979−1980 yillarga to‘g‘ri keldi. O‘shanda dengiz shunday jadal sur’atda orqaga ketdiki, qirg‘og‘idan hatto 15 — 20 kilometrgacha nari ketdi. Bugungi kunga kelib, dengizning avvalgi qirg‘og‘idan hozirgisigacha bo‘lgan masofa yuz kilometrdan ham ziyodni tashkil etadi. Bu — chinakam fojia!
Qachondir kattaligi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turgan ko‘l deyarli yo‘qoldi, uning o‘rnida esa maydoni 5,5 million gektardan iborat sahro — Orolqum paydo bo‘ldi. Shamol bu yerdan yiliga yuz million tonnagacha qum va tuzni ko‘tarib, yuzlab kilometrga uchiradi. Bu, ayniqsa, Orolbo‘yida yashab kelayotgan tub aholi uchun nihoyatda og‘ir sharoit tufayli yuzaga kelgan katta sinovdir. Aholi, birinchi galda, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam va ko‘makka juda muhtoj", — dedi Ismoil Jo‘rabekov. | 5Jamiyat
|
Samsung Galaxy S5’ning chaqirig‘iga iPhone 5s ustidan muzli suv quyib javob berildi
Ice Bucket Challenge aksiyasi doirasida Samsung Galaxy S5 smartfoni ustidan muzdek suv quyilib, iPhone 5s, HTC One (M8) va Nokia Lumia 930 smartfonlarini xuddi shunday qilishga undalgani haqida avval xabar berilgan edi. iMore sayti tomonidan tayyorlangan videoda iPhone 5s ustidan muzli suv quyib, Galaxy S5 chaqirig‘iga javob berildi. Bu haqda Mobinfo.uz sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Video mualliflarining ta’kidlashicha, ustidan muzli suv quyilgan iPhone 5s smartfoni hali ham ishlamoqda. Samsung kompaniyasi esa Ice Bucket Challenge aksiyasi sabab Galaxy S5 smartfonining suvga chidamli ekanligini targ‘ib qilmoqchi bo‘lgan edi. Qaysidir ma’noda bunga erishdi ham. Chunki, Galaxy S5 ustidan suv quyilgan video bir sutka davomida 600 ming martadan ziyod tomosha qilingan. | 14Texnologiya
|
Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga tabrik yoʻlladi
28.10.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 oktabr - Mustaqil Chexoslovakiya tashkil topgan kun munosabati bilan Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zemanga tabrik yoʻlladi. | 12Siyosat
|
Roberto Karlos JCh-2018 favoritlari bo‘yicha kutilmagan bayonot berdi
Braziliya termasi sobiq himoyachisi Roberto Karlos Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 musobaqasi favoritlarini sanab o‘tdi.
«Germaniya, Ispaniya va Fransiya terma jamoalari bu safargi jahon chempionati favoritlari. Ammo ularning safiga Braziliyani qo‘shib bo‘lmaydi.
Ilgari Braziliya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydigan jamoalar bu jamoani yutib bo‘larmikin, degan savolni o‘zlariga berishardi. Hozir esa boshqacha, «Braziliya yuta olarmikin», degan savolni berishmoqda», - deya Karlosning so‘zlarini keltiradi As. | 13Sport
|
O‘zbekiston va FAO o‘rtasida 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan mamlakat hadli dasturi imzolandi
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev FAOning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy konferensiyasi (YeMK) raisi sifatida FAO rahbarining o‘rinbosari Vladimir Raxmanin va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy koordinatori, FAOning O‘zbekistondagi vakili Viorel Gutsu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra, FAO va O‘zbekiston o‘rtasida 17 million AQSh dollari miqdoridagi budjetli 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan mamlakat hadli dasturi imzolandi, shuningdek, jami 645 ming dollarlik 4 ta grant loyihasi tasdiqlandi.
Imzolangan mamlakat hadli dasturi (MHD) oziq-ovqat tizimini isloh qilish bilan bog‘liq milliy strategik ustuvorliklarga erishishda O‘zbekiston hukumatiga ko‘mak ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. MHDning birinchi strategik ustuvor yo‘nalishi salomatlik, farovonlik va barqaror taraqqiyotga olib keluvchi inson kapitalini inklyuziv rivojlantirishga qaratilgan. Ikkinchi strategik ustuvor yo‘nalish esa barqaror rivojlanishga hamda iqlim o‘zgarishini inobatga olgan holda rivojlanishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga qaratilgan 4 ta grant loyihalari 2021-2023 yillar mobaynida amalga oshiriladi.
"Barqaror oziq-ovqat tizimlarini geografik ko‘rsatkichlar yordamida mustahkamlash" loyihasi (2021 yil fevral - 2022 yil dekabr, budjet - 250 000 AQSh dollari) geografik ko‘rsatkichlar orqali mamlakat qishloq hududlarini rivojlantirishga imkon tug‘diradi (mahsulot nomlarini joy nomlari bilan bog‘lash nazarda tutilmoqda, Parmezan pishlog‘i, Bovar sosiskalari singari). Bu ishlab chiqaruvchi guruhlarga marketing strategiyasini belgilash hamda manfaatdor tomonlarning xabardorligi va imkoniyatlarini oshirishda yordam beradi.
"O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi kartoshka sohasini tiklash va rivojlantirish" loyihasi (2021 yil fevral - 2023 yil yanvar, budjet – 195 000 AQSh dollari) kartoshka ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish orqali milliy oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan.
"Sholi ekinlarini ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash" loyihasining (2021 yil fevral - 2022 yil sentabr, budjet – 100 000 AQSh dollari) asosiy maqsadi - oziq-ovqat xavfsizligini oshirish va mamlakatda sholichilik bilan shug‘ullanayotgan fermerlarning yashash sharoitlarini yaxshilash.
"Inklyuziv qishloq xo‘jaligi siyosatini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash" loyihasidan (2021 yil fevral - 2022 yil avgust, budjet - 100000 AQSh dollari) ko‘zlangan maqsad qishloq xo‘jaligi sohasida inklyuziv siyosat yuritish natijasida qishloq joylarda yashash sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, qishloq hududlarni rivojlantirish hamda qishloq ayollarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishdir. | 8O‘zbekiston
|
Sud ishi: da’vo arizasi orqaga qaytarildi
Pudrat tashkiloti хoʻjalik sudiga qurilish pudrati shartnomasi tuzishga majbur qilish va хalqaro sport musobaqalari oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chogʻida ob’yektda bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymatini undirish toʻgʻrisida da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Oʻz talablarini asoslashda da’vogar da’voga koʻrsatilgan tadbirni tashkil qilish va oʻtkazish masalalari boʻyicha hukumat yigʻilishi bayonnomasi nusхasini ilova qildi. Sud koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, XPKning 118-moddasi 1-bandiga asosan da’vo materiallarini da’vogarga qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqardi.
XPKning 112-moddasi 5-bandiga binoan da’vogar arizada da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillarni koʻrsatishi kerak. Tegishli hujjatli dalillarning nusхalari da’voga ilova qilinadi va ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyхatida koʻrsatiladi. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida sudya dalillarning daхldorligi va ularga yoʻl qoʻyilishi mumkinligini tekshirishi kerak (XPKning 122-moddasi 4-bandi).
ESLATIB OʻTAMIZ! Daхldorlik shuni anglatadiki, хoʻjalik sudi koʻrilayotgan ishga daхldor boʻlgan dalillarnigina qabul qiladi (XPKning 58-moddasi). Boshqacha aytganda daхldorlik – bu da’vogar oʻz talablarini tasdiqlaydigan u yoki boshqa dalillarning faktlar bilan bogʻliqligidir.
Dalillarga yoʻq qoʻyilishi ta’rifi XPKning 59-moddasida ifodalangan. Unda shunday deyiladi: “ishning holatlari qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak boʻlsa, boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas”. Masalan, avtomototransport vositalari bilan bitim shartlari oddiy yozma shartnoma va h.k. bilan emas, balki notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma bilan tasdiqlanishi kerak.
Keltirilgan misolda sud taqdim qilingan hukumat yigʻilishi bayonnomasining daхldorligi va yoʻl qoʻyilishi yuzasidan koʻrib chiqdi. Pirovardida sudya bayonnoma bilan tayyorgarlik ishlarini oʻtkazish uchun хarajatlar smetasi tasdiqlanganligini oʻrnatdi. Byudjetdan moliyalashtirishni ajratish toʻgʻrisidagi masalasi hal qilish maqsadida unda ishlarning turi va tusi, shunnigdek ularning qiymati belgilangan. Sud e’tiborni shunga qaratdiki, da’vogar tomonidan bajarilgan ishlar smetada koʻzda tutilmagan, koʻrsatilgan bayonnomaga muvofiq esa, smetaga kiritilmagan хarajatlar byudjetdan toʻlanmaydi. Binobarin, da’vo arizasiga ilova qilingan bayonnoma amalda pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi talablarga daхl qilmaydi, demakki, tegishli dalil sifatida qabul qilinishi mumkin emas.
Da’vogarning ikkinchi talabi – shartnoma tuzishga majbur qilishni koʻrib chiqish qoldi. Hukumat yigʻilishining oʻsha bayonnomasida oʻtkazilayotgan sport tadbirining tashkilotchisi koʻrsatilgan. Biroq tashkilotchining vakolatlari tayyorgarlik ishlariga umumiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish bilan cheklangan boʻlib, ularga haq toʻlash masalalariga bogʻliq emas. Shunga qaramay, da’vogar bajarilgan montaj ishlarining buyurtmachisi sifatida aynan turnir tashkilotchisini shartnoma tuzishga majbur qilishni talab qilgan.
Da’vo arizasini qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda qayd qilinganidek, agar shartnoma tuzishi majburiy boʻlgan taraf uni tuzishdan bosh tortsa, ikkinchi taraf uni shartnoma tuzishga majbur qilish talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli. Koʻrsatilgan hollarda Da’vogar da’vo arizasiga tuzishga majbur etilgan shartnoma loyihasini ilova qilishi shart1.
Fuqarolik kodeksining (FK) 377-moddasi oltinchi qismiga koʻra majburiy boʻlgan taraf majburiyati FK yoki boshqa qonunlarda koʻzda tutilishi mumkin.
Mana shunday holatlarning ayrimlari:
shartnomaning barcha asosiy shartlarini oʻz ichiga olgan, taklif kiritayotgan shaхsning javob qaytargan har qanday shaхs bilan taklifda koʻrsatilgan shartlar asosida shartnoma tuzishga boʻlgan хohish-irodasi bilinib turgan taklif oferta (ommaviy oferta) hisoblanadi (FKning 369-moddasi ikkinchi qismi);
agar savdoga faqat shartnoma tuzish huquqi qoʻyilgan boʻlsa, bunday shartnomani taraflar savdo tamom boʻlganidan hamda bayonnoma rasmiylashtirilganidan keyin kechi bilan 20 kunda yoki хabarda e’lon qilingan boshqa muddatda imzolashlari kerak (FKning 380-moddasi 10-qismi) va boshqalar.
Ya’ni da’vogar topshirilgan arizada shartnoma tuzish majburiyatini tartibga soladigan qonun normalarini koʻrsatishi lozim edi. Koʻrib chiqilayotgan holatda bunday qilinmagan, bundan kelib chiqadiki mazkur talab ham asossizdir.
Shunday qilib, koʻrib chiqilayotgan holatda da’vo arizasining qonun bilan oʻrnatilgan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan, bu esa uning qaytarilishiga sabab boʻlgan.
Da’vogar keyinchalik qanday yoʻl tutishi kerak? Uchta variant mavjud. Boshlanishiga qonunchilik nuqtai nazaridan bayon qilingan dalillarni sudga taqdim qilishning aniq imkoniyati bor yoki yoʻqligini aniqlab olish kerak.
«A» variant. Da’vogar birinchi instansiya sudi dalillariga rozi boʻlmasdan, qaytarish toʻgʻrisidagi olingan ajrimni apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida shikoyat qilishga haqli.
«B» variant. Da’vo arizasining qaytarilishi u bilan ikkinchi marta хoʻjalik sudiga umumiy tartibda murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi. Shuning uchun oʻrnatilgan daхldorlik va yoʻl qoʻyilishi mezonlariga javob beradigan dalillarni toʻplab, da’voni takroran yuborish imkoniyati mavjud.
«B» variant. Agar zarur daliliy bazani toʻplash imkoniyati boʻlmasa, sudga da’vo topshirishda toʻlangan davlat bojini qaytarish kerak.
Davlat bojini toʻlash, toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlashning ayrim nozik jihatlari haqida keyingi materiallarimizning birida batafsil soʻz yuritamiz.
Oleg ZAMANOV, ekspertimiz.
Mavzuga doir material:
Sud ishi: isbotlamadingmi – talab qilma!
Sud ishi: da’voga shoshildi va yutqazdi
1 OXS Plenumining “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 18.12.2009 yildagi 203-son qarorining 12-bandi. | 10Qonunchilik
|
Peskov Putin va Tramp uchrashuvi nega amalga oshmaganini tushuntirib berdi
Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan APEC sammiti doirasidagi uchrashuvi nega amalga oshmay qolganini tushuntirib berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Rostanam protokl xizmatlar va boshqa kanallar bo‘yicha alohida to‘la formatli uchrashuvni kelishishga uringan edik. Mavjud oddiy diplomatik amaliyotga ko‘ra, oliy darajadagi uchrashuvlar navbatma-navbat har bir tomon hududida tashkil etiladi. Qoidaga muvofiq, tomonlar bir-biriga turli muqobil variantlarni taklif etadi, negaki davlat rahbarlarining grafigi har doim band bo‘ladi”, — dedi u.
Uning so‘zlariga qaraganda, Vashington vakillari uchrashuv vaqti va joyini taklif etdi, ammo bu taklif Rossiya tomoniga mos kelmadi.
Peskov Gamburgda uchrashuv AQSh hududida o‘tganini, bu safar uchrashuv Rossiya tomonida o‘tishi lozim bo‘lganini aytib o‘tdi. | 2Dunyo
|
“PSJ” — “Barselona”. Prevyu
15-fevralga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:45 da futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi start oladi. Kunning nisbatan qiziqarli o‘yinida “Barselona” Parijda “PSJ” mehmoni bo‘ladi.
Bugun bir qator yetakchi futbolchilar o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi.
“PSJ” safida Tyago Motta diskvalifikatsiya muddatini o‘tashi kerak. Tyago Silva esa paylarini jarohatlab olgan. Xavyer Pastorening o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida.
“Barselona” safida Arda Turan, Xavyer Maskerano, Alesh Vidal kabi futbolchilar jarohat sabab bugungi uchrashuvni qo‘yib yuboradi.
UEFA jamoalarning taxminiy tarkiblarini e’lon qildi. Haqiqiy tarkib uchrashuvga 1 soat vaqt qolganida aniq bo‘ladi.
“PSJ”: Trapp, Orye, Markinyos, Kimpembe, Maksvell, Veratti, Rabyo, Matyuydi, Lukas, Kavani, Draksler.
“Barselona”: ter Shtegen, Serxi Roberto, Pike, Yumtiti, Alba, Rakitich, Buskets, Inyesta, Messi, Suares, Neymar.
Bir yil muqaddam Luis Enrike va Unai Emeri “Barselona” — “Sevilya” to‘qnashuvlarida duch kelardi. Endi Emeri qo‘l ostida “Barsa”ga jiddiy raqobat tug‘dirishi mumkin bo‘lgan klub bor.
To‘qnashuv ajoyib o‘tishiga shubham yo‘q. Kerakli vaziyatlarda kim o‘zini yaxshiroq namoyon etsa, taktik jihatdan kuchli bo‘lsa va yakkakurashlarda ustunlik qilsa, omad unga kulib boqadi.
Biz nafaqat Yevropaning, balki jahonning eng kuchli jamoalaridan biriga raqib bo‘lmoqdamiz. Bunday imkoniyatni esa yo‘qqa chiqarmaslik kerak. Biz o‘zimizni kimdandir kuchsizroq deb hisoblamaymiz. Safimizda klub tarixiga yangi sahifa yozib qo‘yishni maqsad qilgan kerakli futbolchilar bor.
Unai Emeri, “PSJ” bosh murabbiyi
So‘nggi haftalarda “PSJ” yuqori saviyaga chiqib oldi. Biz yanada yaxshiroq o‘ynab, bu jamoani yutishimiz kerak.
Men Unaini bilaman, u hayotimizni qiyinlashtirish uchun hamma ishni qiladi. Biz to‘pni nazorat qilishga va golli vaziyatlarni yaratishga maksimum harakat qilamiz.
Bu stadionda bizga hech qachon oson bo‘lmagan. Unda “PSJ” oson taslim bo‘lmaydi va doim oxirigacha kurashadi. Raqib bizni juda yaxshi biladi. Ishonamanki, juda qiziq o‘yin bo‘ladi.
Luis Enrike, “Barselona” bosh murabbiyi | 13Sport
|
Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida 5ta departament tashkil etildi
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, har bir mahalla, oila va shaxs kesimida huquqbuzarliklar oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid muammolar bevosita joylarning o‘zida hal etiladi.
Ichki ishlar organlari tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi. Dastlab mahalla huquq-tartibot maskanlari Toshkent shahrida namunaviy tarzda tashkil etiladi.
Toshkent va Samarqand viloyatlarida 2021 yil 1 iyungacha profilaktika inspektoriga masofadan turib murojaat yuborish va uni ko‘rib chiqish jarayonini kuzatib borish imkonini beruvchi “Smart mahalla” axborot dasturi ishga tushiriladi. Mazkur axborot dasturi 2021 yil yakunigacha respublika boshqa hududlarida ishga tushiriladi.
Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi:
Shuningdek, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti etib qayta tashkil etildi.
Hududiy ichki ishlar organlarining tuzilmasida ichki ishlar organlari boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha, probatsiya va jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i lavozimlari tugatildi. | 8O‘zbekiston
|
“Yangi Andijon” shahrini barpo etish ishlarini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Andijon viloyati aholisining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida ko‘p qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va shahar hududlari qurilishini jadallashtirish maqsadida:
1. Andijon viloyati xalq deputatlari Kengashining 440 ming aholi uchun turar joy, ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari, kichik sanoat va yashil hududlarni o‘z ichiga olgan “Yangi Andijon” shahrini (keyingi o‘rinlarda — shahar) bosqichma-bosqich kompleks qurish uchun Andijon tumanining adirliklari hududidagi o‘zlashtirilmagan 4 ming gektar yer maydonini ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Bunda, shahar barpo etilishining birinchi bosqichida 121 ming aholi uchun ko‘p qavatli turar joylar, ijtimoiy soha, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, shuningdek, kichik sanoat zonasi qurilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Yangi Andijon” shahrini barpo etish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin;
Respublika komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida “Yangi Andijon” shahrini barpo etish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi shtab (keyingi o‘rinlarda — Shtab) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin;
Andijon viloyati hokimligi huzurida “Yangi Andijon” shahrida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etilsin va uning tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar Respublika komissiyasining (A. Aripov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
shaharning bosh rejasini hamda shahar hududlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
shaharni tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida barpo etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, Shtab va Direksiya faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
vakolatli tashkilotlarning tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish bo‘yicha ishini muvofiqlashtirish;
davlat va korporativ xaridlar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirilishini ta’minlash va ularning nazoratini olib borish;
mazkur qarorda ko‘zda tutilgan hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri bitimlar asosida tuziladigan shartnomalarning ro‘yxatini tasdiqlash;
shaharni barpo etish uchun ajratilayotgan mablag‘larning samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan tizimli nazoratni olib borish hamda, zarur hollarda, ajratilayotgan mablag‘lar taqsimotiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish;
shaharni barpo etish hamda hududda ko‘p qavatli turar joylar, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlarini samarali joylashtirish, loyihalashtirish va qurish ishlarini tashkil etish;
loyiha-qidiruv va qurilish ishlari manzilli dasturlarini tasdiqlash hamda shu asosda qurilish ishlarining olib borilishini muvofiqlashtirish;
ko‘p qavatli turar joylar, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlarini loyihalashtirish va qurishda eng maqbul me’moriy va texnologik yechimlarning qo‘llanilishi, energiya tejamkor uskunalar va materiallardan foydalanilishini ta’minlash;
ko‘p qavatli turar joylar, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlarini loyihalashtirish va qurish ishlariga malakali xorijiy mutaxassis va konsultantlarning jalb qilinishini, shuningdek, ilg‘or xorijiy texnologiyalarning joriy etilishini ta’minlash;
Direksiya rahbarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish hamda Direksiyaning yillik xarajatlar smetasini tasdiqlash.
4. Quyidagilar Shtabning (D. Adilov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
shahar hududida ko‘p qavatli turar joylar, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlarini qurish bo‘yicha loyiha hujjatlarni ishlab chiqish uchun topshiriqlarni tasdiqlash;
shahar hududlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlash;
shaharsozlik, tarixiy-madaniy, ijtimoiy va yo‘l-transport tadqiqotlari hamda muhandislik qidiruvlari natijalarini kelishish;
birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini nazorat qilish hamda ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini kelishish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarini tanlash bo‘yicha davlat xaridlari shartlarini belgilash va hujjatlarini tasdiqlash;
loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari bo‘yicha texnik va mualliflik nazorati olib borilishini muvofiqlashtirish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat ishlari manzilli dasturlarini ishlab chiqish va Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish hamda shu asosda qurilish ishlarining olib borilishini tashkil etish;
shaharni barpo etish jarayonida Respublika komissiyasi tomonidan belgilangan chora-tadbirlarning so‘zsiz bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
shahar hududida investorlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni tizimli ravishda nazorat qilib borish;
qurilish-montaj ishlarining shaharsozlik norma va qoidalari hamda loyiha hujjatlari talablari asosida sifatli bajarilishi yuzasidan loyiha tashkilotlarining mualliflik nazorati va buyurtmachilarning texnik nazorati yuritilishi hamda qurilish sohasida davlat nazoratining o‘rnatilishini ta’minlash;
shaharni barpo etish va uning hududida obyektlarni qurish uchun ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni tashkil etish;
shaharni barpo etish va uning hududida obyektlarni qurish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha choralar ko‘rish;
shahar hududida loyihalarni amalga oshirish ustidan doimiy monitoring yuritish va uning natijalari yuzasidan ma’lumotlarni har haftada Respublika komissiyasiga taqdim etib borish;
shaharni barpo etish hamda hududda ko‘p qavatli turar joylar, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlarini samarali joylashtirish, loyihalashtirish va qurish ishlarini olib borish bo‘yicha Respublika komissiyasiga takliflar kiritib borish.
5. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
geodeziya, geologiya, gidrometeorologiya va ekologik muhandislik-qidiruv va tadqiqot ishlarini tashkil etish;
shaharsozlik, tarixiy-madaniy, ijtimoiy va yo‘l-transport tadqiqotlari olib borilishini tashkil etish;
shaharni barpo etish hamda uning hududida ko‘p qavatli turar joylar, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmalari obyektlarini qurish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun topshiriqlarni tayyorlash;
birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
loyiha hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida, loyiha-tadqiqot va qurilish-pudrat tashkilotlarini tanlash bo‘yicha davlat xaridlarini amalga oshirish hamda ular bilan shartnomalarni imzolash;
shaharni barpo etish va uning hududida obyektlarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratish bilan bog‘liq jarayonlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;
obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari bo‘yicha texnik va mualliflik nazoratini olib borilishini ta’minlash hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda obyektlarni foydalanishga qabul qilish ishlarini tashkil etish;
subyektlarning shaharsozlik faoliyati sohasidagi o‘zaro munosabatlari shaffofligini ta’minlash;
shaharni qurish ishlariga salohiyatli tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida ommaviy axborot vositalarida, internetdagi saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda taqdimot tadbirlarini va keng reklama kampaniyasini olib borish ishlarini tashkil etish;
shahar hududida obyektlar qurilishini loyihalashtirishda loyiha tashkilotlari tomonidan energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi hamda yuqori texnologik materiallar va buyumlardan samarali foydalanilishini ta’minlash;
qabul qilingan majburiyatlar investorlar tomonidan lozim darajada bajarilishini nazorat qilish, shuningdek, investorlar tomonidan majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, bitimlarni muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
shahar hududida, jumladan boshqaruv kompaniyalarini tuzish va tadbirkorlik subyektlarini jalb etish yo‘li bilan muhandislik-kommunikatsiyalari va umumiy foydalaniladigan joylardan foydalanishni va ularga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish;
investorlar, tadbirkorlik subyektlari, ishlarni bajaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar, binolar, inshootlar va ko‘p qavatli uy-joylar mulkdorlari va ulardan foydalanuvchilar tomonidan qurilish-montaj ishlarini bajarishda va obyektlardan foydalanishda belgilangan yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
6. Belgilab qo‘yilsinki, shaharni barpo etishning birinchi bosqichi doirasida:
a) Direksiya tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda, obyektlarni loyihalashtirish va qurilish ishlarida ishtirok etish, mualliflik va texnik nazoratni amalga oshirish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassis va konsultantlar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin;
b) quyidagilar:
ichki yo‘llarni, ijtimoiy soha va obodonlashtirish obyektlarini qurish bo‘yicha — Direksiya;
tashqi muhandislik, aloqa va transport kommunikatsiya obyektlarini qurish bo‘yicha — tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralar hamda ularning buyurtmachi xizmatlari buyurtmachi vazifasini bajaradi;
v) istisno tariqasida, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida:
shaharning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun — bosh loyiha tashkiloti “O‘zshaharsozlikLITI” DUK tomonidan “Keym Kentsel Yenileme Merkezi A.Ş.” kompaniyasi (Turkiya);
ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun — “O‘zkommunalloyihaqurilish” MChJ hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
avtomobil yo‘llari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun — “Yo‘l loyiha byurosi” MChJ, “O‘zyo‘lloyiha” loyiha-qidiruv instituti” DUK, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi boshqa loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
elektr energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik tarmoqlari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun — Energetika vazirligi tizimidagi loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari;
ijtimoiy soha, infratuzilma obyektlari va umumiy foydalanish maydonlari qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun — buyurtmachilar tomonidan eng yaxshi takliflar tanlovi orqali aniqlangan loyiha tashkilotlari hamda mustaqil injiniring va konsalting kompaniyalari jalb qilinadi;
g) shaharda ko‘p qavatli uy-joylarni qurish uchun metall prokat va sement mahsulotlarini pudratchi tashkilotlarga yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmonida ko‘zda tutilgan alohida birja savdo seksiyasi orqali sotish tartibi asosida amalga oshiriladi.
7. Direksiyaning faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi PQ-5154-sonli qarorida ko‘zda tutilgan mablag‘lar, Andijon viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari va uning qo‘shimcha manbalari, xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar, homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Bunda, Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetalari o‘rnatilgan tartibda moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
8. Shaharni barpo etishning birinchi bosqichini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
ijtimoiy soha, yo‘l-transport, irrigatsiya va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari obyektlarini barpo etish, loyihalashtirish ishlari, qurilish ishlarini nazorat qilish va boshqarish xarajatlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi PQ-5154-sonli qarorining 1-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan mablag‘lar;
shahar hududlarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish uchun — Andijon viloyatining mahalliy budjet mablag‘lari va uning qo‘shimcha manbalari, tadbirkorlik subyektlarining mablag‘lari va tijorat banklarining kreditlari;
ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi — tadbirkorlik subyektlarining mablag‘lari va tijorat banklarining kreditlari, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kafillik va kompensatsiya to‘lovlari;
bozor infratuzilmasi va xususiy ijtimoiy soha obyektlari qurilishi — tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari va tijorat banklarining kreditlari;
elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlari qurilishi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi PQ-5154-sonli qarorida ko‘zda tutilgan mablag‘lar va tegishliligiga ko‘ra ekspluatatsiya qiluvchi korxonalarning o‘z mablag‘lari.
9. Shtab rahbari (D. Adilov):
a) to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida jalb qilinadigan tajribali injiniring kompaniyalar, shuningdek, xorijiy mutaxassis va konsultantlar tomonidan loyiha hujjatlarini qo‘shimcha ekspertiza qilish va bajariladigan ishlarning loyiha hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilib borishni ta’minlasin;
b) Davlat geologiya qo‘mitasi (B. Islamov) bilan birgalikda, zaruratga ko‘ra chet ellik mutaxassislarni jalb qilgan holda:
ikki oy muddatda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun muhandislik-geologiya ishlarini tashkillashtirsin;
uch oy muddatda Andijon shahrining yangi hududlarini qamrab olgan holda Andijon shahrining mikroseysmik hududlashtirish xaritasini qayta ko‘rib chiqib, yangilasin.
10. Qurilish vazirligi (D. Adilov) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Andijon shahrida xorijiy qurilish sohasida tajribali loyiha kompaniyasi filialini tashkil etib, mahalliy mutaxassislarni o‘qitish ishlarini yo‘lga qo‘ysin.
11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov) uch oy muddatda “Yangi Andijon” shahrida yashovchi aholini ish bilan ta’minlash maqsadida shahar atrofida amalga oshirish mo‘ljallanayotgan investitsiya loyihalari ro‘yxatini shakllantirib, ularning amalga oshirilishini nazoratga olsin.
12. Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov):
lizing korxonalarini jalb qilgan holda shahardagi ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etayotgan qurilish-pudratchi korxonalarga Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq qurilish texnikalari va mashina-mexanizmlarni lizing asosida yetkazib berish choralarini ko‘rsin;
tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda shaharni barpo etish hamda buning uchun Andijon tumanidan zarur yer maydonini Andijon shahriga berishni tashkil etish yuzasidan tegishli qaror loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Direksiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uning ta’sis hujjatlarini tasdiqlash, moddiy-texnika bazasini yaratish, malakali kadrlar bilan ta’minlash va boshqa tashkiliy-texnik masalalarni hal etish choralarini ko‘rsin.
13. Respublika komissiyasi (A. Aripov) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda “Yangi Andijon” shahrini barpo etish bilan bog‘liq bo‘lgan bir yillik “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin;
shaharni barpo etish va uning bosh rejasini amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirib, yuzaga kelgan muammoli va tashkiliy-texnik masalalarni o‘z vaqtida hal etib borsin;
shaharni barpo etish va uning bosh rejasini amalga oshirish ishlari borishi yuzasidan har chorak yakuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga ma’lumot kiritib borsin.
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov, qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari D.K. Adilov va Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin. | 10Qonunchilik
|
UMS chegirmalari bilan «Fursatdan foydalaning!»
UMS mobil operatori alohida toifadagi raqamlarga chegirma beruvchi ikkita aksiyani bir vaqtning o‘zida o‘tkazmoqda.
Raqamlar sehri har doim insonlar hayoti va xohishlariga ta'sir ko‘rsatib kelgan. Ularning chiroyli birikmalari har tomonlama bizni qurshab, omad, o‘zimizga ishonch va yoqimli taassurotlar berib turishini xohlaymiz. Bu, ayniqsa, uyali aloqa operatorining raqamini tanlashda namoyon bo‘ladi. Chiroyli telefon raqami o‘z sohibining o‘ziga xosligini namoyon qiladi, bunday raqamni eslab qolish oson va adashtirib yuborish qiyin. Korporativ mijozlar uchun esda qoladigan raqam biznesdagi ko‘makchi bo‘lib xizmat qiladi – u raqobatchilar o‘rtasida kompaniyani ajratib turadi va brend nufuzini oshiradi.
UMS mobil operatori fursatdan foydalanib qolishni va qulay narxlarda turli xil chiroyli raqamlarni ulashni taklif qilmoqda. Shu kunlarda kompaniya raqamlar bilan bog‘liq ikkita: “Chiroyli raqamlarga chegirmalar” va “Fursatdan foydalaning!” aksiyalarini o‘tkazmoqda. UMS ning ma'lum tarif rejalariga, shu jumladan korporativ tariflariga ulangan abonentlar chiroyli raqamlar uchun 100% gacha chegirmalarga ega bo‘lishlari mumkin.
Birinchi aksiyada narxlari toifasi va ulanish hududiga qarab 63 000 so‘mdan 2 105 000 so‘mgacha bo‘lgan Steel Light, Steel, Bronze, Silver Light va Silver toifalaridagi chiroyli raqamlar ishtirok etmoqda. Aksiya o‘tayotgan kunlarda abonentlar oylik abonent to‘lovi kamida 33 000 so‘m bo‘lgan tarif rejalariga ulanayotganda esa, ushbu raqamlarni turli xil chegirmalarga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.
Ikkinchi aksiyada Platinum Light, Platinum, Platinum Plus, Super Platinum toifalaridagi chiroyli raqamlar (Toshkent shahri uchun) taqdim etilgan. Qolgan viloyatlardagi abonentlar bu va qo‘shimcha ravishda Gold, Super Gold toifalariga kiruvchi raqamlarni arzonlashtirilgan tartibda sotib olishlari mumkin. Buning uchun UMS ning yillik tarif rejalaridan biriga ulanish kerak bo‘ladi.
Aksiyalarda ishtirok etayotgan raqamlar ro‘yxatlari doimiy tarzda UMS korporativ saytida: https://ums.uz/ru/tariff/numbers/ joylashtirilgan va yangilanib bormoqda (narxlar chegirmasiz ko‘rsatilgan). Shunday ekan, kompaniya abonentiga aylanmoqchi bo‘lgan abonent uyda yoki ishda o‘tirgan holda raqamlar bilan tanishib chiqishi, bitta va bir nechtasini tanlashi, ushbu ma'lumotlar bilan UMS ofislaridan biriga borishi mumkin.
«Maqsadimiz – nafaqat xizmatlar sifatini oshirish, balki eksklyuziv mahsulotlarimiz uchun narxlarni tushirish orqali qulay xizmatlarni ko‘rsatishdir. UMS chiroyli raqamlari abonentlar nufuzi va imijini yuksaltirishga xizmat qilganligi uchun kompaniya faoliyat boshlagan ilk kunlardanoq aholi va korporativ mijozlar e'tiborining doimiy markazida bo‘lib kelmoqda. Aksiyalar doirasida mobil aloqa bozorining turli xil segmentlariga kiruvchi abonentlar raqamlarni yanada qulayroq shartlarda ulashlari mumkin bo‘ldi», - deydi «UMS» MChJ Tijorat direktori Lola Filatova.
Bahor – yangilanish, yoqimli o‘zgarishlar va yanada takomillashish davri. Bu UMS abonentiga aylanish uchun eng zo‘r fursat ham! Operator yaqindagi barcha ommabop tarif rejalarini yangiladi va ular bo‘yicha avvalgi narxlarda ko‘proq daqiqa, MB va SMS taqdim etishni boshladi. Aksiyalarni hisobga oladigan bo‘lsak, UMS ga ulanish katta ustunliklarga ega bo‘lish va mablag‘larni tejashga bo‘lgan katta qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Batafsil ma'lumot uchun:
Web-sayt: www.ums.uz
O‘zbek tilidagi Telegram: @UMSuzb | 5Jamiyat
|
Shavkat Mirziyoyev Boysun tumanida oqsoqollar bilan suhbatlashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Boysun tumanida keksa avlod vakillari, tuman faxriylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Samimiy suhbatda mamlakatimiz, jumladan, Surxondaryo viloyati va Boysun tumanini yanada rivojlantirishga investitsiyalar jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududdagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, xalqimiz turmush darajasini oshirish va yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Iqtisodiyotni rivojlantirish barobarida ma'naviyat va madaniyat sohalariga e'tiborni kuchaytirish, baxshichilikni yanada keng targ‘ib etish lozimligi ta'kidlandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. | 8O‘zbekiston
|
Olimpiada chempioni Ruslan Nuriddinov doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi
2018 yil dekabr oyida IWF London-2012 olimpiadasining og‘ir atletika musobaqasida ishtirok etgan sportchilarning doping tahlillarini qayta tekshirishdan o‘tkazgan edi. (Antidoping qoidalariga ko‘ra, bunday tekshiruvlar musobaqa yakunlanganidan keyin 12 yil davomida o‘tkazilishi mumkin).
Qayta tekshiruv natijasida -105 kg vaznda ishtirok etgan Ruslan Nuriddinov, ukrainalik Aleksey Toroxtiy, -56 kg vaznda bronza medalini qo‘lga kiritgan ozarboyjonlik Valentin Xristov, -85 kg vaznda 8-o‘rinni egallagan belaruslik Nikolay Novikovning doping tahlillari musbat natija bergan edi.
Shundan so‘ng, IWF ushbu sportchilarni muayyan muddatga sport musobaqalaridan chetlatgandi.
2019 yil may oyida Sport arbitraj sudi (CAS) Ruslan Nuriddinov va Nikolay Novikovni antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topgandi. Xususan, sud o‘zbekistonlik sportchining tahlilida taqiqlangan modda – degidroxlorometil-testosteron (anabolik-androgen steroid) aniqlanganini tasdiqlagan. Natijada, sportchilarning olimpiada yutuqlari, to‘plagan ballari, medallari va mukofotlari bekor qilindi. Ularning doping ishi keyingi jazo choralarini qo‘llash uchun IWFga berildi.
2020 yil aprel oyida IWF antidoping qoidalarini buzgan sportchilarga nisbatan jazo choralarini e'lon qildi. Xususan, 28 yoshli Nuriddinov 2 yilga barcha musobaqalardan chetlatildi. Uning diskvalifikatsiya muddati 2018 yil 18 dekabr kunidan boshlanishi va 2020 yil 17 dekabr kunigacha amal qilishi belgilab qo‘yildi.
Nuriddinov London olimpiadasida -105 kg vaznda to‘rtinchi o‘rinni egallagan.
2016 yilgi Rio-de-Janeyro olimpiadasida esa u oltin medalni qo‘lga kiritgan va dast ko‘tarishda (237 kg) olimpiada rekordini o‘rnatgandi. Qayd qilish joizki, IWF tomonidan e'lon qilingan jazo choralarining Nuriddinovning bu yutuqlariga daxli yo‘q va u Rio-2016 olimpiadasidagi medalini saqlab qoladi.
Eslatib o‘tamiz, olimpiya chempioni va rekordchisi 2019 yil sentyabrida Kun.uz`ga bergan intervyusida doping masalasida quyidagicha fikr bildirgan edi.
«Biz o‘ziga mos vitaminlar ichamiz. Lekin aynan doping hisoblangan andriogen va anabolik narsalarni hech ham qabul qilmaymiz. 2012 yilning yanvaridan avgust oyiga qadar taxminan 6-8 yoki 8-10 marta doping nazoratchilari kelib ketgan. Ular bu narsani organizmga London Olimpiadasidan 3-5 yil oldin ham tushgan bo‘lishi mumkin, degan fikrni bildirishdi.
Nima ichgansiz, qanday ichgansiz – 7 yil o‘tgandan keyin buni hech qanaqasiga isbotlay olmaysiz. Ammo ularning qo‘lida isboti bor. Meni o‘sha musobaqadan oldin va oxirida topshirgan peshob tahlillarimdan ijobiy natija chiqqan. Shu bois haligacha ayblanmoqdaman va sud jarayoni hozir ham bo‘lyapti. Bu masalada oldindan aniq bir narsa aytish qiyin. 7 yildan so‘ng nima ko‘zlanib va nima maqsadda bu ish ochilganini bilmayman.
Ko‘pchilik «Riodan oldin ichganmiding? Medallaringni olib qo‘ydimi?», degan savolni beryapti. Meni odamlar Rio Olimpiadasidan keyin tanigani tufayli London Olimpiadasi bilan adashtirib yuborishmoqda. Buni Rioga hech qanday aloqasi yo‘q. London Olimpiadasidan keyingi medallarga ham daxli yo‘q». | 13Sport
|
Olmos yoki hayot: O‘z egalariga fojiali o‘lim keltirgan 5 ta zargarlik buyumi (foto)
O‘z egalarining o‘limiga sabab bo‘lgan zargarlik taqinchoqlari haqidagi hikoyalarga ishonish qiyin, albatta. Sirli hodisalar chindan ham qimmatbaho toshlar bilan bog‘liqmi yoki yo‘qligi hanuzgacha barchani qiziqtirib kelmoqda.
“Umid” olmosi
Ushbu olmos nafaqat o‘zining go‘zalligi bilan, balki u bilan bog‘liq bo‘lgan fojiali hodisalar bilan ham mashhur. Afsonalarga ko‘ra, u Jan-Batist Tavernye Hindistondan olib kelgan 115 qirotli qimmatbaho toshni arralash yo‘li bilan olingan. Bu dunyodagi eng katta havorang olmos hisoblanadi.
XVII asr o‘rtalarida hind ma’budasi Sitadan olmos-qotil o‘g‘irlangan. Afsonaga ko‘ra, uni o‘g‘irlagan o‘g‘ri qochib ketmoqchi bo‘lganida chaqmoq urgan. Ushbu nodir toshning birinchi egasi Jan-Batist Tavernye bo‘lib, keyinchalik uni fransuz qiroli Lyudovik XIV ga sotgan. O‘shandan buyon olmosga egalik qilgan har bir kishi sirli sharoitda vafot etadi yoki aqldan ozadi. Xazina qidiruvchisi Tavernyeni itlar galasi talab tashlagan, Lyudovik gangrena kasalligidan vafot etgan. Toshning keyingi egalariga ham ayanchli o‘lim bitilgan. Mariya-Antuanette va qirol Lyudovik XVI ning boshi olingan, malika de Lamballni olomon o‘lgunicha kaltaklab o‘ldirgan. Jak Kole esa o‘z joniga qasd qilgan.
Olmos qoldirgan iz qanchalar qonli bo‘lishiga qaramay, unga egalik qilishni istaydiganlar ham ko‘p bo‘lgan. Boylar orasida ushbu toshni abadiy yo‘q qilishga harakat qilganlar bo‘lgan. Shulardan biri amerikalik millioner Evelin Maklin edi. Ayol ziyofat uyushtirib, mehmonlarga antiqa o‘yin taklif etgan. Unga ko‘ra devorga yashirilgan olmosni topish kerak edi. Afsuski, uni hech kim topa olmagan va tosh ayolning oilasiga ham baxtsizlik keltirgan. Maklinning o‘g‘li avtohalokatda, qizi esa me’yoridan ortiq dori qabul qilishdan vafot etgan. Turmush o‘rtog‘i ham boshqa ayol bilan yashab, so‘ngra vafot etgan.
Mashhur zargarlik buyumlari savdogari Genri Uinston ushbu qayg‘uli voqealar zanjirini uzishga muvaffaq bo‘lgan. U olmosni so‘nggi egalaridan sotib olib, Smitson institutiga sovg‘a qilgan. Endi olmosga hech kim yolg‘iz egalik qila olmaydi va shuning bilan uning qonli hikoyasi yakunlangan.
Orlovaning qora olmosi yoki “Braxmaning ko‘zi”
Hind ibodatxonasidan o‘g‘irlangan va bir necha insonlarning o‘limiga sabab bo‘lgan yana bir qimmatbaho tosh. “Braxmaning ko‘zi” deb nomlangan olmos xuddi shu nomdagi ma’budning haykalini xazina qidiruvchilar tomonidan o‘g‘irlanmaguncha bezatgan. 1932-yilda Amerikaga olib kelgan J.Peris ko‘p o‘tmay baland bino tomidan o‘zini tashlagan. Toshning keyingi egalari malika Nadejda Orlova va Leonila Galitsina-Bariatinski ham o‘zini balandlikdan tashlab, joniga qasd qilgan.
Olmos egalarining fojiali o‘limi bir qator mish-mishlarni keltirib chiqargan. “Umid” olmosi hikoyasini yakunlagan Genri Uinston yana toshning yovuz sehrini yo‘q qilishni o‘z zimmasiga oladi. U olmosni uch qismga bo‘lib, eng kattasini platina marjonga solib, boshqa olmoslar bilan to‘ldirgan. O‘shandan keyin olmosni taqib olgan biror kishi jabrlanmagan. 2006-yil tosh yana yorug‘likka qaytdi, uni aktrisa Felisiti Xaffman “Oskar” mukofotida taqdi.
Alfonso XII uzugi
Ushbu uzuk ko‘plab dahshatli voqealar sababchisiga aylangan. Ispaniya qiroli Alfonso XII 1875-yilda o‘zining yosh rafiqasi malika Mersedesga opal toshli uzuk sovg‘a qilgan. Asal oyidan ko‘p o‘tmay, qiz sil kasaliga chalingan. Kasal vaqtida u homilasidan ayrilgan va keyin o‘zi hushiga kelmasidan vafot etgan. Qirol bilan nikohi atigi 6 oy davom etgan malika 18 yoshga to‘lganidan ikki kun o‘tib vafot etgan. Qayg‘uga botgan shoh o‘z joniga qasd qilmoqchi ham bo‘lgan, ammo uni qutqarib qolishgan.
Qimmatbaho uzuk qirolning singlisi Alfonsoning singlisi Mariya del Pilarga o‘tgan, tez orada u ham vafot etgan. Yo‘qotishdan keyin shoh yana turmush qurishga qaror qilgan. Orleanlik Mariya Kristina uchun juft tanlash marosimida qirol unga uzukni sovg‘a qilgan. Biroq bo‘lajak kelin to‘ygacha sil kasaliga chalinib, vafot etgan. Ushbu uzukka nisbatan bo‘lgan shubhalar qirol ham 37 yoshida sildan vafot etganidan keyin o‘z tasdig‘ini topgan.
Mesherskiyning olmos ziraklari
Mesherskiylarning oilasida olmosli ziraklar avloddan avlodga o‘tib kelgan va ular bir-biriga mos bo‘lmagan juftliklar tomonidan taqilsa, albatta, baxtsizlik bo‘ladi, deb o‘ylashgan. Uzoq vaqt davomida oilaviy afsona sir bo‘lib qolgan, toki knyazlardan biri do‘sti Aleksandr Sergeyevich Pushkinga bu haqda aytguncha.
Shoir rafiqasi Natalya Goncharovani juda ham rashk qilar edi. Uni sevadimi yoki aldaganmi, buni bilish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgan. Shoir xavfli tajribani amalga oshirish niyatida “haqiqat ziraklari”ni sevgilisiga bergan. Ziraklar ayolni zararlamagan, ammo shoirning o‘zi duelda halok bo‘lgan.
XX asrning boshlarida ziraklar shahzoda Aleksandr Mesherskiyning xotini Ketringa nasib etdi. Shundan so‘ng uning turmush o‘rtog‘i vafot etgan, jamiyatdagi mavqeyi yo‘qoldi, inqilob, so‘roq va ta’qiblar yuz berdi. Oxir-oqibat u baxtsizlik keltirgan ziraklarni sotishga qaror qilgan.
“Sansi” olmosi
Tomchi shaklidagi sariq olmos Hindistondan topilgan, keyin uzoq vaqt davomida Sharq hukmdorida, oxir-oqibat Yevropada qolgan. Afsuski, ushbu toshning egalari ham fojiali tarzda o‘lim topgan.
1570-yil tosh de Sansiga o‘tdi. Olmosning go‘zalligidan hayratga tushgan zodagon uni o‘z nomi bilan atagan. Markiza olmosni juda qadrlasa-da, bir kuni, albatta, uni kimgadir berishga qaror qilgan.
Ushbu qarorga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Olmos Fransiya qiroli Genrix III ga tegishli bo‘lib, ko‘p o‘tmay vafot etdi. Tosh keyingi shohga o‘tgan. Genrix IV harbiy sohani qo‘llab-quvvatlaydigan hech narsaga ega emasligi uchun olmosni sotishga qaror qilgan. Ammo uni xaridorga yetkazish uchun yuborilgan odam yo‘lda vafot etgan. Olmos marhumning oshqozonidan topilgan va saroyda qoldirilgan. Bir necha kundan keyin Genrix IV o‘ldirildi.
Keyinchalik olmosga Styuartlar, ulardan so‘ng Burbonlar egalik qilgan. Va u har bir kishiga o‘lim va baxtsizlik keltiravergan. 1830-yilda Demidov toshning yangi egasiga aylangan va xotiniga taqdim etgan. Bir necha o‘limdan so‘ng Demidovning avlodlari toshdan qutulishga qaror qilgan va uni sotib yuborgan. | 1Ayollar
|
Superliga. “Nasaf” Namanganda ochko yo‘qotdi, OKMK so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga “Qizilqum”ni taslim etdi
Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliganing 17-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 26-sentabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Navbahor” jamoasi o‘z uyida “Nasaf”ni qabul qildi. Birinchi bo‘limda maydonda teng kurash kechdi, qarshiliklar vaziyatlar yaratishda biroz ustunlik kuzatildi. Ikkinchi bo‘limda maydon egalari faollikni oshirdi, biroq uchrashuvdagi hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi.
“Nasaf” 17-turdan keyin 33 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda, “Navbahor” (22) esa 7-pog‘onadan o‘rin olgan.
OKMK esa o‘z uyida “Qizilqum” bilan kuch sinashdi. Dastlab mehmonlar 11-daqiqada Alisher Sanoyevning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida navoiyliklar bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi: Erkin Boydullayev ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi.
Shundan so‘ng tashabbusni o‘z qo‘liga olgan olmaliqliklar 68-daqiqada muvozanatni tiklashga erishdi. Gol muallifi — Yovan Jokich. Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda Zafar Polvonov burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va mezbonlarning g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa Mirjalol Qosimov jamoasi yana bir bor so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alabani ilib ketdi. OKMK ochkolarini 36 taga yetkazib olgan holda 2-o‘rinda bormoqda. “Qizilqum” (14) esa 11-pog‘onadan joy olgan.
Coca-Cola Superliga
17-tur bahslari
26-sentabr, shanba
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, G‘iyos Komilov, Ivan Solovyov, Aziz Turg‘unboyev, Sardar Telyakov (72.Pavel Golishev, 81), Mirzohid G‘ofurov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Islom Rashidxonov (Ehsoni Panshanbe, 46), Abbos G‘ulomov (Islom Isoqjonov, 55), Ruslan Bolov (Shohruh Mahmudxojiyev, 58).
“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, G‘olib G‘aybullayev, Dilshod Rahmatullayev, Dilshod Saitov, Bobir Abdixoliqov, Sharof Muhitdinov, Husayn Norchayev (Oybek Bozorov, 61), Islom Kenjaboyev (Sherzod Nasrullayev, 78), Akmal Mozgovoy (Marko Stanoyevich, 61), Umar Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Aliqulov (42), G‘aybullayev (86), Komilov (90+5).
Gollar: 0:1 – 11 Sanoyev, 1:1 – 68 Jokich, 2:1 – 90+2 Polvonov.
OKMK: Valijon Rahimov, Akmal Shorahmedov, Igor Zonich (Jasur Umarov, 64), Bobur Yo‘ldoshev, Murod Toshmatov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov (Arslonmurat Amanov, 46), Bahrom Abdurahimov (Shahzod Nurmatov, 55), Sanjar Tursunov, Mate Vatsadze (Zafar Polvonov, 46), Elguja Grigalashvili (Husniddin G‘ofurov, 73).
“Qizilqum”: Ignatiy Nesterov, Vladislav Kasminin, Erkin Baydullayev, Oybek Qilichev (Ilhomjon Kenjayev, 74 (Sunnatilla Abdullajonov, 89)), Ruslan Margiyev, Alisher Sanoyev, Salim Mustafoyev, Sherali Jo‘rayev, Ibrohim Tomiva (Jasur Azimov, 55), Oleg Tolmasov, Jamshid Hasanov (Fayzulla Qambarov, 74).
Ogohlantirishlar: Boydullayev (7), Vatsadze (13), Qilichev (40), Amanov (48), Hasanov (51), Kasminin (51).
Chetlatish: Boydullayev (51).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling! | 13Sport
|
Go‘zallik qurbonlik emas, e’tibor talab qiladi. Teri go‘zalligini saqlashga yordam beruvchi odatlar
Kundalik odatlar nafaqat salomatlik, balki tashqi ko‘rinishga ham ta’sir qiladi. Quyida siz e’tibor bermaydigan, ammo go‘zal bo‘lishda ahamiyati bo‘lgan odatlar xususida gaplashamiz.
Uyqu
Uyqu me’yordan kam bo‘lmasligi, qorin juda to‘qligida uxlash sog‘liqqa zarar ekanini yodda tuting. Shuningdek, qanday usulda uxlash kerakligi ham muhim rol o‘ynaydi. Inson qorni bilan yoki yonboshlab yotganida teri nafas olmasligi, qon yaxshi aylanmasligi va teri ezilishi mumkin. Buning oqibatida esa ajinlarning paydo bo‘lish ehtimoli katta. Buning iloji yo‘q, odam tepaga qarab yotgani bilan kechasi bilmagan holda o‘giriladi-ku deb o‘ylovchilarga, ikki tomonlariga yostiq qo‘yib yotishni tavsiya qilamiz.
Teri parvarishi
Teringizni muntazam namlantirib turishga ahamiyat bering. Qurigan terida chiziqlar hosil bo‘lishi, osilish va ajinlar paydo bo‘lishiga moyillik bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida erta qarish yoki qari ko‘rinishga olib keladi. Shuning uchun tarkibida kimyoviy moddalar kam bo‘lgan gel va terini tozalovchi vosita va teri uchun mo‘ljallangan gidrofitli yog‘lardan foydalaning. Yo‘q deganda tabiiy mahsulotlardan uy sharoitida niqob va krem tayyorlang, sutli mahsulotlardan bo‘tqa qilib yuzingizga surting. Ishoning qimmat kremlardan-da, a’lo natija beradi.
Makiyajni o‘chirishni unutmang
Boshlangan jarayon tugallanishi kerak ekanligini yoddan chiqarmang. Yosh va go‘zal ko‘rinishning oltin va asosiy qoidalaridan biri — yotishdan avval makiyajni yuvish hisoblanadi. Makiyaj qilish vaqtida bo‘ysunmagan erinchoqlikka keyin ham bo‘yin egmang. Issiqqina o‘ringa yotib olgandan keyin yuzni bo‘yoqlardan tozalanmagani esiga tushadiganlardan bo‘lsangiz, krovatingiz yoniga yuz tozalovchi vosita va paxta disklarini qo‘yib qo‘ying va nima bo‘lgan taqdirda ham makiyajni o‘chirmay uxlamang.
Yuzingizni bakteriyalardan saqlang
Qo‘llar ozodaligiga faqatgina epidemiya vaqtida emas, balki har kuni amal qilish kerak. Qo‘lingiz bilan yuzingizga tegar ekansiz, bakteriyalarni teriga “migratsiya” qilishiga sharoit yaratib berasiz. Buning oqibatida yuzingizga husnbuzar chiqishi, yallig‘lanish va qizarishlar kuzatilishi mumkin. Qolaversa, telefondan foydalanganda ham uni hadeb yuzga olib bormaslik, uni vaqti-vaqti bilan dezinfeksiya qilish tavsiya qilinadi. | 1Ayollar
|
Katta siyosatdan siyosiy tutqunlikkacha. Kolumbiyalik ayirmachilar qo‘lida olti yil azob chekkan siyosatchi Ingrid Betankurning taqdiri
“Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlari” (FARC) deb nomlangan isyonchi guruh jangarilari tomonidan olti yarim yil davomida g‘ayriinsoniy sharoitlarda ushlab turilgan mashhur siyosatchi Ingrid Betankur o‘z biografik kitobini “Hatto sukut ham qachondir tugaydi” deb nomlagan edi. U Kolumbuiya armiyasining maxsus operatsiyasi davomida ozod qilingan edi. “Daryo” bu ayolning asir tushishi va qutqarib olinishi bilan bog‘liq ajoyib voqealar haqida hikoya qiladi.
Fransuz fuqaroligiga ega bo‘lgan kolumbiyalik ayol Ingrid Betankur 2008-yilda jangarilar qo‘lidan ozod etilganidan keyingi ikki yil ichida birinchi marta tilga kiradi. U o‘zining jangarilar bilan munosabatlari, yillar davomida boshdan kechirgan psixologik va jinsiy zo‘ravonliklari, Kolumbiya o‘rmonlaridagi asirlikda kechirgan hayoti haqida kitob yozadi va unda barcha jarayonlar haqida batafsil so‘zlaydi.
Qahramonimiz 1961-yil 25-dekabrda YuNESKOning Fransiyadagi vakili bo‘lgan diplomat va Kolumbiya go‘zali tanlovining g‘olibi bo‘lgan model oilasida tug‘ilgan.
Bogotadagi fransuz litseyini bitirgach, Parijdagi siyosiy fanlar institutiga o‘qishga kiradi. 1980-yilda Ingrid fransuz diplomati Fabris Delloe bilan uchrasha boshlaydi. Tez orada ular turmush quradi. Fabrisning birinchi nikohidan o‘g‘li bor edi, Ingrid unga yana ikkita farzand hadya qiladi. Shunga qaramay, er-xotin tez orada ajraladi. Ajralishdan so‘ng Ingrid o‘z farzandlari bilan Kolumbiyaga qaytadi, ammo Fransiya fuqaroligini saqlab qoladi. Ikkinchi marta u 1997-yilda Kolumbiyada turmushga chiqadi.
1990-yildan boshlab Ingrid Betankur Kolumbiyaning Moliya vazirligida ishlay boshlaydi va 1994-yilda Kolumbiya parlamentining deputati bo‘ladi. U Liberal partiyaning faol a’zolaridan biri edi, ammo korrupsiyaga botgan prezident Ernesto Samper rejimiga qarshi norozilik sifatida partiyani tark etadi, shundan so‘ng u “Yashil kislorod” ekologik harakatini yaratadi va unga rahbarlik qila boshlaydi.
1998-yil iyul oyida Betankurning partiyasi eng ko‘p mustaqil nomzodlar bilan Senat saylovlarida g‘olib chiqadi. 2002-yilda u Kolumbiya prezidentligi uchun kurashadi.
2002-yildagi prezidentlikka saylov kampaniyasi doirasida Kolumbiya janubiga qilgan safari chog‘ida Ingrid Betankur terrorchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan. U bilan birga yana 14 kishi asirga olingan. Betankur asirlikdan qochib qutulmoqchi bo‘lganida jangarilar uni ushlab oladi, bo‘ynidan daraxtga bog‘lab qo‘yib, ko‘p kunlar davomida azob beradi, shafqatsizlarcha kaltaklaydi.
“Meni o‘g‘irladilar va dahshatli azoblarni boshimga solishdi. Ammo men omon qolishga harakat qildim”, — deb yozadi Ingrid Betankur o‘z kitobida. “Bizni (garovga olinganlarni) eng yomon jazoga hukm qilishdi, xususan, azoblarimiz qachon tugashini bilmaslik eng og‘ir jazo edi”. Bu yillar davomida Betankurga o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslikka nima yordam berdi? “Lug‘at, kitoblar va Injil”, deb javob beradi sobiq asira.
2008-yil 2-iyul kuni yarim tunda Ingrid Betankur hukumat kuchlari va fransuzlarning “Shah” deb nomlangan maxsus operatsiyasi natijasida tutqunlikdan ozod qilindi. Ozod qilinganidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanlarida Betankur FARC jangarilari uni qanday sharoitda ushlab turgani, shuningdek, yana siyosiy hayotda qatnashishni davom ettirish-ettirmasligi to‘g‘risida gapirishdan bosh tortdi.
Fransiya va shaxsan o‘sha paytdagi prezident Nikolya Sarkozi Betankur va u bilan birga qo‘lga olingan 14 kishini ozod qilish uchun ko‘p harakatlarni amalga oshirdi. Ozod bo‘lganidan so‘ng Ingrid Betankurni Fransiyaga haqiqiy qahramon va hatto avliyo sifatida olib kelishdi. Betankur respublika prezidentidan Fransiyadagi eng yuqori mukofot — “Faxriy legion” ordenini oldi. Lekin qaysi xizmatlari uchun? — deya ehtiyotkorlik bilan savol bera boshladi fransuz matbuoti.
Biroq Ingrid Betankur bilan birga asirlikda bo‘lgan sheriklari dunyo matbuotiga ko‘plab intervyular berishni boshlaganidan so‘ng jafokash ayol obrazi yo‘qolib, dunyo bo‘ylab Betankurning yangi qiyofasi paydo bo‘ldi. “Mutakabbir, xudbin, u hech qachon iltimos qilmagan, u faqat buyruq bergan va shu bilan birga jangarilarga boshqa garovga olinganlar haqida ma’lumotlar bergan”, — deydi Betankur bilar birga asirlikda bo‘lgan insonlardan biri.
2010-yilning iyul oyida Ingrid Betankur g‘iybatlar va tanqid oloviga yana o‘tin tashladi. U Kolumbiya hukumatidan jangarilar qo‘lida bo‘lgan yillar davomida unga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplashni talab qilgan. Ingridning aytishicha, o‘g‘irlangan kuni ular tegishli himoya bilan ta’minlanmagan. Olti yillik azob-uqubatlarning har bir yilini Betankur bir million dollarga baholagan.
Biroq Kolumbiya rasmiylari sobiq garovga olingan shaxslarning da’volarini qondirmadi, Betankurni xavf haqida ogohlantirishlariga qaramay, u hamma mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, o‘sha paytda tinch bo‘lmagan mamlakat janubiga borishga o‘zi qaror qilgan. Kolumbiya Mudofaa vazirligi o‘zining rasmiy bayonotida, tovon puli to‘lash to‘g‘risidagi talab rasmiylar tomonidan tushunilmaganini ta’kidlaydi. “Qurolli Kuchlar garovga olinganlarni ozod qilish uchun o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishdi va ushbu operatsiyani Betankurning o‘zi ideal deb ta’riflagan edi”, — deyiladi bayonotda.
O‘z kitobida ham Betankur Kolumbiya va Fransiyadagi obro‘siga yana bir zarba bo‘lgan kompensatsiya masalasini qayta ko‘targan. Uning yozishicha, qonunga binoan terrorchilarning qurbonlari ma’naviy zarar uchun tovon puli oladi va u ham shunchaki o‘z huquqidan foydalanmoqchi edi.
Bugungi kunda Ingrid Betankur katta siyosat sahnasidan ketgan, u Oksford universitetida teologiya bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, turli-tuman anjuman va konferensiyalarda motivatsion nutqlar bilan qatnashib kelmoqda. Tarixan, aslida, nima bo‘lgan taqdirda ham olti yil davomida jangarilar qo‘lida asirlikda bo‘lib, o‘zini yo‘qotmagan ayolning boshqa shunday holga tushgan insonlarga ham yordam berib yashayotgani tahsinga sazovor.
Nurbek Alimov tayyorladi. | 2Dunyo
|
Qirg‘iziston va Turkiya yetakchilari Anqarada nimalarni muhokama qilishdi?
Ayni vaqtda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Turkiyada rasmiy tashrif bilan qolmoqda. Jeenbekov 9 aprelda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda Qirg‘iziston va Turkiya o‘zaro savdo aylanmasini bir milliard dollargacha oshira olishlarini mumkinligini aytgan.
Shuningdek, yetakchilar sog‘liqni saqlash, transport, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalaridagi hamkorlikni ta'kidlab o‘tishgan.
Bundan tashqari, Qirg‘izistonga investitsiyalar jalb qilish muhokama qilingan.
Jeenbekovning tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasida 6 ta hujjat imzolangan. Bular:
- texnik tartibga solish va standartlashtirish sohasidagi hamkorlik haqidagi kelishuv;
- sport sohasidagi hamkorlik haqidagi kelishuv;
- qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik haqidagi kelishuv;
- investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish haqidagi kelishuv;
- ijtimoiy ta'minot haqidagi kelishuv;
- matbuot va axborot sohasidagi hamkorlik haqidagi bayonnoma.
11 aprelda Sooronbay Jeenbekov Belgiyaga safar uyushtiradi. | 2Dunyo
|
Saharlik dasturxoniga jigardan mazali taom tayyorlaymiz
Qonni ko‘paytirish, immunitetni ko‘tarish xususiyatiga ega bo‘lgan jigar qo‘shib tayyorlanadigan mazkur taom mazali va foydaliligi bilan oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
Tayyorlanish jarayoni:
Taom tayyor yoqimli ishtaha!
“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.
Saharlik uchun retseptlar:
Iftorlik uchun retseptlar: | 9Pazandachilik
|
2022 yilning 3 oyida O`zbekistonga qancha elektromobil kirib kelgani ma`lum qilindi
Davlat statistika qo`mitasi dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O`zbekiston 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,5 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 455 ta elektromobil import qilgan.
Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oshgan.
2022 yilning dastlabki 3 oyida O`zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?
Xitoy – 426 ta
Germaniya – 13 ta
Gonkong – 7 ta
BAA – 3 ta
Estoniya – 2 ta
AQSh – 1 ta
Kanada – 1 ta | 4Iqtisodiyot
|
“Abu Saxiy”ning nomi o‘zgargach, davlat budjetiga 14 baravar ko‘p pul tusha boshladi
Toshkentning eng yirik buyum bozorlaridan biri hisoblangan sobiq “Abu Saxiy” mas’uliyati cheklangan jamiyatida davlat budjetiga bir oyda 5 milliard so‘m pul tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati 5-yanvar kuni ma’lum qildi.
Prezident matbuot xizmatining alohida qayd etishicha, ushbu bozor “Toshkent ipak yo‘li” majmuasiga aylantirilgandan so‘ng, atigi 15 kunda tushum 35 milliard so‘mga yetgan. Ya’ni, yangi tuzilma yarim oyda davlat budjetiga eski “Abu Saxiy”ning yetti oylik tushumini keltirgan.
Prezident matbuot xizmati “Abu Saxiy”ning nomi o‘zgarganini rasman tasdiqlagan ilk muassasa bo‘ldi, biroq bu o‘zgarish aynan qachon bo‘lgani, “atigi 15 kun” deyilganda qaysi sanalar oralig‘i nazarda tutilganiga aniqlik kiritilmagan.
“Abu Saxiy”ning nomi “Toshkent ipak yo‘li”ga o‘zgargani haqidagi ilk rasmiy ma’lumotni Prezident matbuot xizmati berdi
Qayd etish joiz, bozorning nomi o‘zgargani haqidagi dastlabki xabarlar 2017-yil dekabri o‘rtalarida ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, biroq hozirga qadar rasman na tasdiqlangan, na rad etilgan edi. | 8O‘zbekiston
|
Reyunyonda topilgan qanotlar Boeing samolyotiga tegishli bo‘lgani aniqlandi
Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq ekspertiza yakunlari Reyunyon orolida topilgan qanotlar o‘tgan yili yo‘qolgan Boeing samolyotiga tegishli bo‘lganini ko‘rsatganini ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Kuala-Lumpurdan Pekinga yo‘l olgan va bortida 227 nafar yo‘lovchi, 22 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan Boeing 777-200 2014-yil, 8-mart kuni yo‘qolgan. Uning keyingi taqdiri hozirgacha noma’lum. | 2Dunyo
|
O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun 1 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ oldi
Moliya vazirligi Davlat ichki va tashqi qarz departamenti direktori Jasur Qarshiboyev qarzlar qanday shartlar asosida olinayotgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, Jahon banki tomonidan Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi (2-transh) yuzasidan qo‘shimcha moliyalashtirish sifatida 200 mln. dollar miqdoridagi imtiyozli kredit 30 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 1,2 foiz o‘zgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,88 foiz o‘zgaruvchan spred) ajratildi.
Xalqaro valuta jamg‘armasi tomonidan respublika iqtisodiyotiga koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida 375 mln. AQSh dollari ekvivalentida kredit mablag‘lari ajratildi.
Imtiyozli kreditlar o‘z ichiga 10 yil muddatga (shundan, 5 yil imtiyozli davr) 125 mln. AQSh dollariga teng foizsiz tezkor kreditlash liniyasi va 5 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) 250 mln. AQSh dollari 1,05 foiz o‘zgaruvchan stavkadagi tezkor moliyalashtirish instrumentini oladi.
Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit 15 yilga (shundan, 3 yil imtiyozli) 0,84 foiz o‘zgaruvchan stavkada (6 oylik libor + 0,5 foiz) ajratildi.
Bildirilishicha, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga xalqaro moliyaviy institutlardan jalb qilingan mablag‘larni prezidentning hamda hukumatning tegishli farmon, qaror va ko‘rsatmalariga asosan ajratilmoqda hamda mazkur ajratilgan mablag‘larning sarfi bo‘yicha tegishli ma'lumotlar Moliya vazirligi tomonidan muntazam ravishda e'lon qilinib kelinmoqda. | 4Iqtisodiyot
|
2023 yilda Samarqand Butunjahon turizm poytaxtiga aylanadi
Birlashgan millatlar tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) 2023 yilda Samarqand shahrida o`tkaziladigan bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Ispaniyaning Madrid shahrida o`tgan UNWTO’ning 24 sessiyasi doirasidagi ovoz berish jarayoni natijalaridan kelib chiqib shu haqda ma`lum qildi.
“Shunisi diqqatga sazovorki, tarixda birinchi marta BMT oilasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning Bosh assambleyasi O`zbekistonda bo`lib o`tadi. Bularning bari Prezidentimizning olib borayotgan siyosatlari, turizm sohasini rivojlantirish hamda bu orqali mamlakatimizning jahon sahnidagi nufuzini oshirish yo`lidagi sa`y harakatlari natijasidir. Ta`kidlash lozimki, UNWTO 25-Bosh assambleyasining qadimiy Samarqandda o`tkazilishi bu erga mingdan ortiq xorijlik mehmonlarning tashrif buyurishi hamda bu orqali mahalliy aholi va hunarmandlarning daromad ko`rishiga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori darajadagi tadbirning O`zbekistonda o`tkazilishi jahon ommaviy axborot vositalarining ham e`tiborini tortishi shubhasiz, bu esa oxir-oqibat mamlakatimizning turistik salohiyatini keng targ`ib etish hamda yurtimizga yanada ko`proq sayyohlarni jalb etish yo`lida xizmat qiladi”, - dedi Aziz Abduhakimov.
Shu o`rinda qayd etiladiki, Butunjahon turizm tashkiloti va unga a`zo davlatlar bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini yanada kengaytirish, madaniy va turizm salohiyatini targ`ib qilish maqsadida 30 noyabr-2 dekabr kunlari O`zbekiston delegasiyasining Ispaniya qirolligiga tashrifi tashkil etilgan.
24 sessiyada ishtirok etgan O`zbekiston delegasiyasi tarkibidan Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda O`zbekistonning Ispaniya qirolligidagi elchixonasi vakillari o`rin olgan.
Madrid shahrida o`tgan tadbir doirasida 2023 yilda UNWTO Bosh assambleyasini o`tkazish uchun O`zbekiston va Portugaliya da`vogarlik qilgan. Yakunda esa O`zbekiston yaqqol ustunlik bilan aksariyat ovoz to`plab, 2023 yilgi Bosh assambleyani qadimiy Samarqand shahrida o`tkazishga kelishilgan.
Ta`kidlanishicha, bugungi kunda Samarqandning turistik salohiyatini yanada yuksaltirish hamda uni dunyo sayyohlik markazlaridan biriga aylantirish borasida ko`plab ishlar olib borilmoqda, bu erda obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda yangi zamonaviy aeroport hamda turizm ob`ektlari bunyod etilmoqda.
Ma`lumot uchun, UNWTO Bosh assambleyasi ikki yilda bir marta o`tkaziluvchi eng muhim turistik forum bo`lib, bunday yuqori darajadagi tadbir, ya`ni BMT oilasiga kiruvchi tashkilotlar Bosh assambleyasining O`zbekistonda o`tkazilishi birinchi tarixiy hodisadir. | 5Jamiyat
|
Fransiyada koronavirusga chalingan bola o‘zi bilan muloqotda bo‘lgan 172 kishining hech biriga kasallik yuqtirmagani ma'lum bo‘ldi
Fransiya sharqida yashovchi koronavirusga chalingan to‘qqiz yoshli bola 172 kishi bilan muloqot qilgan bo‘lsa-da, ularning hech biriga kasallik yuqtirmagani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
U bilan muloqotda bo‘lgan barcha ehtiyot chorasi sifatida karantinga joylashtirilgandi.
Ushbu holatni o‘rgangan Fransiya sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari bolalar asosiy virus tashuvchi bo‘lmasliklari mumkin degan taxminni bildirmoqda.
Bolada koronavirus aniqlanguniga qadar u Yuqori Savoyya departamentidagi uchta chang‘i maktabida bo‘lgan.
Nashrning qayd etishicha, bola kasallikni britaniyalik Stiv Uolsh bilan muloqot qilganlardan yuqtirib olgan.
Uolsh kasallikka yanvarda, Singapurdagi konferensiyada qatnashgan chog‘ida chalingan. Keyinroq u oilasi bilan Yuqori Savoyyadagi Kontamin-Monjua chang‘i kurortiga kelgan.
Ushbu holatni o‘rgangan Fransiya sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari bolalar asosiy virus tashuvchi bo‘lmasliklari mumkin degan taxminni bildirmoqda, deb yozadi The Guardian. | 2Dunyo
|
Yozning yana bir ta’mi — Pepsi Mango bilan tanishing!
Pepsi O‘zbekistonda shirin gazlangan ichimliklarni sevuvchilar uchun yangi mahsulot ishlab chgiqarishni boshladi — Pepsi Mango!
Ekzotik mevaning boy hidi va ta’mi Pepsi’ning odatiy karamel ta’mi bilan mukammal uyg‘unlashadi. Ayniqsa, yangi ichimlik kaloriyasi bo‘lmagan mahsulotlarni sevuvchilarni xush ko‘radi.
Pepsi Mango zamonaviy, yodda qoladigan to‘plamda taqdim etiladi: qora tusdagi Mangoning jozibador rangi diqqatni tortadi va albatta, bu yozning yorqin ramzi bo‘la oladi.
Ichimlik 3 xil shaklda savdoga chiqariladi: 0,5 litr va 1 litr plastik idishlar va 0,25 litr hajmdagi alyuminiy idish.
Tez orada ushbu ichimliklar mamlakatning barcha do‘konlarida paydo bo‘ladi.
Pepsi Mango yangi ta’mini tatib ko‘ring! | 8O‘zbekiston
|
JSST vakili Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashganini ma’lum qildi
Rossiyada koronavirus infeksiyasining tarqalish tezligi pasaygani mamlakat “barqarorlashuv fazasi”ga o‘tganini bildiradi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.
Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlari sonining bundan keyin kamayishiga erishish zarur, chunki kasallik ustidan to‘liq g‘alabagacha hali uzoq.
“Bu marafonga o‘xshaydi va biz endigina uning yarmidamiz, degan bo‘lar edim”, — degan Vuynovich.
JSST vakilining ta’kidlashicha, kasallanganlar sonining pasayishidagi ijobiy tendensiyani saqlab qolish uchun kasallikka qarshi kurash maqsadida joriy qilingan cheklovlarga amal qilish juda muhim hisoblanadi.
So‘nggi bir sutkada Rossiyada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 8764 ta yangi holat qayd etilgan, bu 1-maydan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich bo‘ldi. Bir sutkada tuzalganlar soni esa birinchi marta kasallanganlar sonidan oshdi va 9262 kishini tashkil qildi. Tuzalganlarning umumiy soni esa 85 ming kishidan oshgan. Rossiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 308,7 ming kishidan oshdi, 2972 kishi kasallikdan vafot etgan, jumladan, so‘nggi bir sutkada 135 kishi qurbon bo‘lgan.
Avvalroq Melita Vuynovich COVID-19 epidemiyasining susayishi qaysi ko‘rsatkich bilan o‘lchanishi haqida gapirgandi.
Rossiyalik millionerlar orasida bunker xarid qilish holatlari ko‘paydi | 2Dunyo
|
Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning taklifiga binoan 19—20-fevral kunlarida qilgan tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi. Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda mamlakatlar hamkorligiga oid barcha masalalar va ularning yechimlari, istiqboldagi asosiy vazifalar hamda qo‘shma loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi natijalari to‘g‘risida qo‘shma bayonot, shuningdek, iqtisodiyot, savdo, texnologiyalar sohasiga oid hujjatlar imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonga kirgan kompaniya, albatta, manfaat topadi. Men bunga kafolat beraman
Tashrifning ikkinchi kunida davlat rahbari Turkiyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Turkiya prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi va ushbu maskan bilan yaqindan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyevni “Esonbug‘a” aeroportida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kuzatib qo‘ydi. | 8O‘zbekiston
|
Pandemiyaning ikkinchi to`lqini hali tugamagan — JSST
Dunyoda Covid-19 pandemiyasining ikkinchi to`lqini hali tugamagan, ammo u yaxshi pasaymoqda, dedi Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining (JSST) Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich «Rossiya-24» telekanaliga bergan intervyusida, deb yozmoqda rg.ru.
U ayrim mamlakatlarda kasallikning ko`payishi qayd etilganini ta`kidladi va shuningdek, aholining Covid-19dan immuniteti yo`qligini eslatdi. Shuning uchun koronavirusdan himoya qilish qoidalariga rioya qilish juda muhimdir, dedi u.
"Biz har bir odamga virusga qarshi kurashishga imkon beradigan ushbu o`ziga xos immunitetni ko`tarish uchun ehtiyot bo`lishimiz kerak, emlashimiz kerak", dedi Vuynovich.
Eslatib o`tamiz, JSST rahbari tomonidan so`nggi etti hafta davomida ilk bor dunyoda koronavirusdan kasallanish ko`paygani qayd etildi. | 2Dunyo
|
Uchtepada qalbaki 10 000 AQSh dollar sotayotgan shaxslar qo`lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi xodimlari bilan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro Sh.Q. va D.T.lar qalbaki kupyuralarni o`tkazish maqsadida oldindan til biriktirib, jami 50 dona qalbaki 100 AQSh dollari kupyuralarini fuqaro N.ga 32 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. | 5Jamiyat
|
Majburiy ijro byurosi xodimlari uchun rasmiy formalar hali tasdiqlanmagan
Majburiy ijro byurosi xodimlari uchun formalarning yakuniy ko‘rinishi hali tasdiqlanmagan. «Kun.uz»ga Adliya vazirligi vakili ma'lumot berishicha, internetda tarqalgan suratlar haqiqiy formalar emas.
Shu bilan birgalikda, haqiqiy formalar ham internetda tarqalgan suratlardagiga o‘xshab ketishi, xodimlarda xuddi shunday rangdagi formalar va kepkalar bo‘lishi aytildi. Lekin, forma yelkasida MIB yozuvi, xodimning qo‘lida esa dubinka bo‘lmaydi.
«Xodimlar politsiyachilardek bo‘lishi haqiqatga yaqinmas. Ular dubinkada yurmaydi. Ularda umuman qurol bo‘lmaydi. Ular tartibni, xavfsizlikni ta'minlash bilan shug‘ullanmaydi. Ular qarzdorlarning uyiga borib, qarzni to‘lashga chaqiradi, qarzni to‘lamaslik oqibatlaridan ogohlantiradi», degan suhbatdosh.
Vazirlik vakili formalarni tayyorlash hali loyiha bosqichida ekani, yaqin vaqt ichida formaning haqiqiy suratlari e'lon qilinishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Majburiy ijro byurosi xodimlari tasvirlangan suratlar tarqaldi. Endi ma'lum bo‘lishicha, bu ijtimoiy klip suratga olinishi jarayonida olingan suratlar edi.
2017 yil 29 maydagi prezident farmoniga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti tugatilib, Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgandi.
Toshkent prokurori Botir Qudratxo‘jayev kommunal to‘lovlarni undiruvchi byuroga rahbar etib tayinlangan. | 8O‘zbekiston
|
Berlinda avtomobil trotuardagi odamlarni bosib ketdi. Qurbon va yaradorlar bor
Berlinda avtomobilning trotuarga chiqib ketishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda Focus.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sakkiz kishi jarohatlangan.
Politsiya haydovchining hibsga olinganini ma’lum qildi. U piyodalar yo‘lagi tomon qasddan harakatlanganmi yoki bexosdan, hozircha noma’lum.
Baxtsiz hodisa Sharlottenburg tumanidagi Breytshaydplats maydoni yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea joyida 60 nafar o‘t o‘chiruvchidan iborat o‘t o‘chirish brigadasi navbatchilik qilmoqda.
Avval AQSHda yo‘ltanlamas avtomobil piyodalar ustiga bostirib borishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgandi. Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida 23 kishi jarohat olgan.
8-iyun kuni esa Eron sharqida yo‘lovchi poyezd ekskavator bilan to‘qnashib relsdan chiqib ketdi. Hodisa qurbonlarining soni 17 kishiga yetgan. | 2Dunyo
|
LG G3 smartfoni uyqudan oldin suv ichish kerakligini eslatib turadi
Yangi flagman LG G3 smartfoni o‘zida eng so‘nggi texnologik ishlanmalarni, zamonaviy va ixcham dizaynni, shuningdek intuitiv, tushunarli foydalanuvchi interfeysini jamlagan, deb xabar bermoqda LG kompaniyasi.
Kompaniyada Floating Arc deb ataladigan yetakchi smartfon dizayni ergonomik egikligi-yu nozik qirralari bilan farqlanib turadi.
Orqa qopqog‘ining yuzasi metallashgan teksturaga ega bo‘lib, yoqimli g‘adir-budirlik mavjud. Apparatning old yuzasi Native Damage Resistance texnologiyasi bilan Corning Gorilla Glass 3 pishiq oynadan ishlangan bo‘lib, u smartfon e’tiborsizlik bilan sumkada kalitlarga qo‘shib yoki cho‘ntakda tanga-chaqalar bilan birga olib yurilganda, displeyni mayda tirnalishlardan saqlaydi. LG G3 ning qalinligi bor-yo‘g‘i 8,9 mm bo‘lib, vazni esa atigi 149 g.
Apparat eng so‘nggi operativ tizim Android 4.4.2 KitKat boshqaruvida ishlaydi. Rear Key smartfonni boshqarish tugmachalari orqa panelga o‘tkazilgan.
Bundan tashqari loyiha ishlab chiquvchilari unga LG kompaniyasining biron-bir smartfonida qo‘llanilmagan yangi maxsus launcher kiritgan.
Qo‘shimcha ustunliklar sifatida NFC chip va simsiz quvvatlanish imkoniyati borligini alohida ta’kidlash joiz.
Qurilma avvaldan qo‘yilgan, foydalanuvchi ortiqcha deb hisoblaydigan deyarli barcha ilovalarni o‘chirish hisobiga xotirani optimallashtirish funksiyasiga ham ega.
Asosiy tavsiflar:
LG G3’ning foydali funksiyalari: | 14Texnologiya
|
Koronavirusga chalingan homilador ayollar qanday holatlarda uyda muolaja olishlari mumkin?
Homilador ayollar o`rtasida koronavirus xastaligiga chalinish holatlari ko`p kuzatilyapti. Xo`sh, ular bu vaziyatda qanday yo`l tutishlari lozim? COVID-19dan uy sharoitida xalos bo`lish mumkinmi?
Respublika perinatal markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Nilufar O`rinbaeva shu haqdagi tavsiyalari bilan o`rtoqlashdi.
Hozirgi kunda kasallikning yangi shtammi engil kechayotgani sababli unga chalingan homilador ayollar aksariyat hollarda uy sharoitida davolansa bo`ladi. Bu vaziyatda xastalik ham ona, ham tug`ilajak bola salomatligiga xavf tug`dirmaydi.
Ularda yangi shtamm asosan simptomsiz va engil shaklda kechmoqda. Bu holatda tana harorati 38,5 °S darajadan past, nafas etishmovchiligi yo`q, saturasiya 94 foizdan yuqori bo`lishi kuzatilyapti.
Ushbu vaziyatda oilaviy shifokor tomonidan bemorga uy sharoitida ambulator davo muolajalari tayinlanadi. Agar homiladorning tana harorati ko`tarilsa, 3 kun davomida kuniga 4 marta parasetamol tabletkasi berish mumkin.
Shuningdek:
✅ 10 kun davomida sutkasiga 1 marta vitamin D - 5000ME;
✅ 10 kun davomida sutkasiga 1 marta 100 mgdan sink (rux) preparati;
✅ 15 kun davomida sutkasiga 2 marta 2 500dan vitamin S qabul qilinadi, xolos.
Davolanish paytida ko`proq suyuqlik ichish, qo`llarni tez-tez sovunli suv bilan yuvish hamda burun va tomoqni chayish, xonalarni shamollatib turish tavsiya etiladi. Uy sharoitida o`zboshimchalik bilan antibiotik va gormonlarni qabul qilish mutlaqo mumkin emas.
Agar koronavirusga chalingan homilador ayolning tana harorati kasallik davrida 38,5 °S darajadan tushmasa, nafas olishi tinch holatda ham tezlashsa va saturasiya 93 foizdan past bo`lsa, darhol shifokorga murojaat qilinadi va bemor stasionar davolashga yo`naltiriladi. | 11Salomatlik
|
“Vodiy derbisi”ni Ravshan Ermatov boshqaradi
PFL O‘zbekiston Oliy ligasi 9-tur bahslarini boshqarib boradigan hakamlar nomini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Ushbu turda 16-may kuni “Andijon” jamoasi o‘z maydonida “Navbahor”ni qabul qiladi. Vodiy derbisini boshqarish zimmasi Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasiga yuklatildi.
Ermatovga qanotlarda doimgidek Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. Uchrashuv nazoratchi hakami etib Alisher Abdullayev tayinlandi. | 13Sport
|
Oʻzbekiston bir qator хalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi
Tegishli qonunlar (2.10.2018 yildagi OʻRQ–491, OʻRQ–492 va OʻRQ–493-son) «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi.
Oʻzbekiston ratifikatsiya qilgan хalqaro hujjatlar sirasida:
Eslatib oʻtamiz, хalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oliy Majlis Senatining oʻtgan 16-nchi yalpi majlisi dasturiga kiritilgan edi. Unda Parlamentning yuqori palatasi 14 ta qonunni tasdiqladi (batafsil qarang). Ayni paytda «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonun ham e’lon qilindi (bu yerga qarang).
Oleg Zamanov. | 10Qonunchilik
|
Rossiya tashqi qarzlar bo‘yicha 100 yil ichida birinchi marta defoltga uchradi - Bloomberg
Bloomberg agentligining 27 iyun, dushanba kuni xabar berishicha, 27 iyunga o‘tar kechasi Rossiya 1918 yildan buyon birinchi marta tashqi qarz bo‘yicha defoltga uchradi, chunki davlat obligatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan qariyb 100 million dollarlik to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozli davr tugadi.
Defolt haqida hech qanday rasmiy e’lon bo‘lmaydi. Bu odatda xalqaro reyting agentliklari tomonidan amalga oshiriladi, biroq ularning barchasi Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan, deb ta’kidlaydi Bloomberg. Shu bilan birga, obligatsiyalar egalari bunday e’lon qilishlari mumkin edi, ammo ular hali ham pullarining to‘liq yoki hech bo‘lmaganda bir qismini qaytarish imkoniyatlari qanday ekanligini baholashga harakat qilmoqdalar, deb yozadi agentlik. Kreditorlar tomonidan defolt e’lon qilinishi uchun obligatsiya egalarining to‘rtdan bir qismi rozi bo‘lishi kerak.
Bu bolsheviklar chor tuzumi qarzlaridan voz kechgan 1918 yildan beri Rossiyaning tashqi qarzi bo‘yicha birinchi defoltidir, deb yozadi Bloomberg.
Aprel oyida AQSh Moliya vazirligi vaqtinchalik litsenziyani yangilamadi, u esa sanksiyalardan istisno qilib, Rossiya obligatsiyalari egalariga Rossiyadan to‘lovlarni olish imkonini bergandi. Ushbu litsenziyaning amal qilish muddati 25 mayda tugadi. 27 may oqshomida Rossiya yevroobligatsiyalari egalari deyarli 100 million dollarlik kupon to‘lovlarini olmagan, shundan so‘ng ushbu to‘lovlar bo‘yicha defolt e’lon qilinguncha 30 kunlik ortga hisoblash boshlandi.
Sanksiyalar tufayli Britaniyaning Citibank’i Rossiya bo‘yicha to‘lov agenti sifatida ishlashdan bosh tortdi. Oxir-oqibat Moliya vazirligi ushbu funksiyalarni Milliy hisob-kitob depozitariysiga o‘tkazdi, hisob raqamiga mablag‘larni kiritdi va barcha majburiyatlarni bajarganligini e’lon qildi. Keyinchalik depozitariy Yevropa ittifoqi sanksiyalarining oltinchi paketiga kiritildi. Kreml bu qarorni Bryusselning Rossiyani «sun’iy defolt»ga undashga urinishi deb atadi. 22 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning xorijiy valutadagi tashqi qarzi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, u bunday to‘lovlarni rublda amalga oshirishni nazarda tutadi.
Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov o‘tgan hafta Rossiya davlat tashqi qarziga xizmat ko‘rsatishga sun’iy to‘siqlar yaratish davlatga «defolt» belgisini ilib qo‘yish uchun zarur ekanligini aytdi. «Lekin tushunadigan odam bu defolt emasligini tushunadi. Rostini aytsam, bu butun vaziyat farsga o‘xshaydi», dedi Siluanov.
Loomis Sayles & Company LP’ning suveren davlatlar bo‘yicha katta tahlilchisi Hasan Malik Bloomberg agentligiga bergan intervyusida: «Bu juda kam uchraydigan holat, ya’ni, boshqa hukumat mamlakatni to‘lash uchun mablag‘lari bo‘lsa-da, defolt e’lon qilishga majburlamoqda».
Bloomberg «defolt hodisasini» Rossiya iqtisodiyoti va «kuchli inflatsiya va so‘nggi yillardagi eng yomon iqtisodiy tanazzulni boshdan kechirayotgan» ruslar uchun uchun ramziy ma’noga ega deb atadi. «Bu mamlakatning iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy jihatdan tez yakkalab qolishining dahshatli belgisidir», deyiladi agentlik ma’lumotida. | 2Dunyo
|
Samsung Galaxy A8 (2018): romsiz smartfonning “jonli” fotosuratlari paydo bo‘ldi
Samsung kompaniyasi Galaxy S8 va S8+ flagmanlarining arzon versiyalariga aylanadigan Galaxy A8 va A8+ smartfonlari taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Aftidan Samsung Galaxy A arzon smartfonlar lineykasi model qatorini o‘zgartirmoqchi. 2017-yilda u Galaxy A3, A5 va A7 modellaridan iborat bo‘ldi. Kelasi yil lineykasida A7 o‘rniga ikkita Galaxy A8 va A8+ smartfonlari chiqadi. Bu Galaxy S8 va S8+ flagman lineykasidagi izchillik bo‘yicha yaratilmoqda shekilli.
Tarqalgan suratlarga ko‘ra, Galaxy A8+ 6 dyuymli va juda ingichka romli displeyga ega bo‘ladi. Shuningdek, unga qo‘sh old kamera o‘rnatilishi mumkin.
Galaxy A8 ni orqa panelga qarab Galaxy S8 dan farqlash oson. Smartfonda barmoq izi skaneri joylashuvi o‘zgaradi, u kamera moduli pastiga ko‘chadi.
Smartfonlar xususiyatlari hozircha ma’lum emas. Taqdimot Galaxy A 2017 lineykasiniki kabi yanvarda bo‘lib o‘tishi mumkin. | 14Texnologiya
|
Qishloq хoʻjaligi eksportchilari uchun yangi imkoniyatlar
Savdo-sanoat palatasi «Oʻzagrosanoatbirja» AJ va boshqa hamkorlar bilan birgalikda butun respublikadan poytaхtimizga kelgan tadbirkorlar uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini tovar-хom ashyo birjalari orqali eksport qilish masalalariga bagʻishlangan seminar oʻtkazdi.
Prezidentning «Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori (21.06.2017 yildagi PQ-3077-son) bilan mahalliy tadbirkorlarga mustaqil ravishda eksport qilish imkoniyati berildi. Ilgari ushbu sektorda «Oʻzagroeksport» AJ monopol mavqega ega edi. Seminarda qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining mahalliy eksportchilariga yangi uzilgan meva-sabzavotlarni tashqi bozorlarga olib chiqishning amaliy jihatlari, shuningdek ushbu sohada band boʻlgan korхonalarga taqdim etilgan qoʻshimcha imtiyozlar haqida atroflicha tushuntirish berildi.
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari B.Asadov ishbilarmonlik muhitining takomillashtirilishi, ortiqcha va eskirgan ruхsat berish tartibotlarining bekor qilinishi tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, eksport hajmini oshirish, mahalliy eksportchilarning raqobatdoshligi va moliyaviy barqarorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar mustaqil harakat qilishi uchun yoʻl ochilgan boʻlsa-da, ularning aksariyati meхanizmlar va eksportga joʻnatiladigan mahsulotlarga qoʻyiladigan talablardan beхabar. Agar ilgari «Oʻzagroeksport» kompaniyasi hujjatlarni tayyorlash, mahsulotlarni sertifikatlashtirish, boshqa majburiy taomillar uchun javobgarlikni zimmasiga olgan boʻlsa, endi bu masalalarning barchasini tadbirkorlarning oʻzlari hal etishlariga toʻgʻri kelmoqda.
Aslini olganda ularda tanlash imkoni mavjud – mustaqil ravishda хaridorni izlashi va u bilan hamkorlik qilishi yoхud vositachilarning хizmatlariga tayanishi mumkin. Eksportchilarga bunday yordam koʻrsatuvchi tashkilotlar orasida «Uztrade», «Oʻzagroeksport» kompaniyalari, «Oʻzagrosanoatbirja» AJ, Savdo-sanoat palatasi, Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni kafolatlash fondi va boshqalar bor. Ayrimlarining vakillari tadbirkorlarni oʻz хizmatlari bilan tanishtirdilar.
Seminarda Davlat bojхona qoʻmitasi, Markaziy bank mutaхassislari ham soʻzga chiqdilar.
– Tadbirning asosiy maqsadi – boʻlgʻusi eksportchilarga yangi imkoniyatlar, shuningdek mahsulotni olib chiqish paytida amaliyotda yuzaga keladigan muammolarni hal etish yoʻllari haqida ma’lumot berish, – deya qayd etdi SSPning mahalliy tovarlar, хizmatlar va ishlarni eksport qilishga koʻmaklashish boshqarmasining boshligʻi Gʻofurjon Usmonov. – Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini mustaqil eksport qilish huquqini beruvchi yangi vaziyatga toʻqnash kelgan tadbirkorlar ushbu jarayonning barcha bosqichlarini har tomonlama oʻrganishdan manfaatdor. Boshqa tomondan, ularga koʻmaklashadigan davlat tuzilmalari va vositachi kompaniyalar vakillarining bugungi muloqot doirasida mahsulot yetishtiruvchilar qanday qiyinchiliklarga toʻqnash kelayotganlarini bilishlari ham foydadan хoli emas. Bu oʻzaro hamkorlik meхanizmini yaхshilash choralarini koʻrishda yordam beradi.
Saida Jonizoqova,
muхbirimiz. | 10Qonunchilik
|
“Mijozlarga elektromobilini 3 oy tekin zaryadlash va 1 yil bepul texnik xizmatdan foydalanish imkoniyati beriladi” — ZTY Car Energy
O‘zbekistondagi ZTY Car Energy MCHJ tomonidan Xitoydan import qilinayotgan elektromobillarning eng arzon narxi 9 ming dollardan sotilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda jamiyat rahbari Shahboz Xudoyberdiyev Toshkent shahrida o‘tkazilgan elektromobillarni zaryadlash shoxobchasi ochilishida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Shahboz Xudoyberdiyev
Shahboz Xudoyberdiyevning aytishicha, iyun oyida ZTY Car Energy’ning ilk elektromobillar avtosaloni ishga tushiriladi.
“Biz respublikada birinchi bo‘lib elektromobillar uchun to‘liq texnik xizmat ko‘rsata oladigan avtosalon ochmoqdamiz. Bizda sotiladigan avtomobillar taksi yo‘nalishidan tortib premium klassgacha bo‘lgan modellarni qamrab oladi. Avtomobillarning eng arzon narxi 9 ming dollardan boshlanib, talab va mashina modeliga qarab o‘sib boradi. Dastlabki avtosalon Toshkent shahrida ochiladi. Keyin barcha viloyatlarda shunday avtosalonlar ochishni rejalashtirganmiz. Mijozlar bizning avtosalondan elektromobil xarid qilsa, ularga texnik xizmat ko‘rsatish 1 yil davomida bepul amalga oshiriladi. Agar mashina yo‘lda yoki ko‘chada buzilib qolsa, joyiga borib texnik xizmat ko‘rsatiladi. Shuningdek, bizdan avtomobil sotib olganlar zaryadlash stansiyalarimizdan 3 oy tekinga foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Elektromobillarning barcha modellari to‘liq olib kelingandan so‘ng, ularni sotish jarayoni boshlanadi. Mijozlar shartnoma tuzib, 30 daqiqa ichida avtomobilini olib ketishi mumkin bo‘ladi. Avtomobillarimizni kredit va lizinga ham sotish yo‘lga qo‘yiladi. Bugungi kunda avtosalonni qurish ishlari yakunlanmoqda. Loyihamiz doirasida elektromobilga texnik xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi va tizim haftada 7 kun, sutkada 24 soat ishlaydi”, — dedi korxona rahbari.
Ma’lum qilinishicha, hozirda ZTY Car Energy tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari barpo etilmoqda.
“Biz elektromobillarni quvvatlash shoxobchamizni birinchisini ishga tushirdik. U Toshkent shahrida joylashgan. Ayni paytda bunday shoxobchalarni respublika bo‘ylab ishga tushirish harakatidamiz. Rejamizga ko‘ra, bunday shoxobchalar O‘zbekiston bo‘ylab 250 ta ochiladi. Quvvatlash uskunalari 60 kilovatt bo‘lib, 250-300 kilometr masofa bosadigan mashinalarni 30-40 daqiqada to‘liq quvvatlaydi”, — dedi Shahboz Xudoyberdiyev.
Qayd etilishicha, Xitoyning ZTY Group elektromobillar ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida ilg‘or kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya ZTY Car Energy’ga elektromobillar yetkazib beradi, texnik xizmat ko‘rsatishda mutaxassislarni jalb qilgan holda ko‘mak beradi.
Avvalroq O‘zbekistonda 2021-yilda elektromobillar importi qariyb olti barobarga oshgani va bunday turdagi avtomobillar uchun alohida davlat raqami berish boshlangani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda elektromobillar avtotransport yig‘imidan ozod etilgan. | 8O‘zbekiston
|
McDonald’s Florensiya hukumatidan 18 mln yevro tovon puli talab qildi
McDonald’s Florensiya mahalliy hukumatidan kompaniyaga shaharning tarixiy qismi, Sobor maydonida restoran ochishni taqiqlagani uchun, 18 million yevro tovon puli talab qilmoqchi, deb yozadi “RBK”.
McDonald’sning Santa-Mariya del Fyore sobori qarshisida restoran qurish haqidagi so‘roviga Florensiya meri iyun oyida rad javobi bergan edi. Tarixiy inshoot asralishini nazorat qiluvchi Maxsus texnik kengash ushbu qarorni tasdiqladi.
Mahalliy standartlarga mos kelish uchun o‘z so‘rovini o‘zgartirgan McDonald’s endi tovon puli talab qilmoqda. Kompaniyadagilar o‘zlarini diskriminatsiyaga uchragan deb hisoblab, 17,8 million yevro so‘ramoqda. McDonald’s fikricha, agar so‘rovi bloklanmaganida keyingi 18 yil ichida aynan shuncha pul ishlab topgan bo‘lardi. | 2Dunyo
|
Samarqandda haydovchini jarohatlab, avtomashinani olib qochgan yo‘lovchilar qo‘lga olindi
2019 yil 11 avgust kuni soat 01:00larda ikki nafar noma'lum shaxs Samarqand viloyatining Past Darg‘om tumanida yashovchi 25 yoshli J.B. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular Past Darg‘om tumani Juma shahri To‘rttom mahallasi hududiga yetib kelganlarida, haydovchiga tan jarohati yetkazib, uni avtomashinadan zo‘rlik ishlatib tushirib, avtomashinani haydab qochib ketganlar.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Elbek mahallasi hududidan old chap tomon g‘ildiragi yorilgan holda topilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni To‘rttom mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 20 yoshli M.O. va Nurobod tumani Baraka ko‘chasida yashovchi 24 yoshli X.N. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. | 5Jamiyat
|
Korrupsiya illati haqidagi "Dino va Zavr" multseriali yaratilmoqda
«O`zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Futurist MG" studiyasi tomonidan "Dino va Zavr" nomli animasion serial ustida ish boshlandi. Bu haqda “O`zbekkino” MA Axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu multfilmda «korrupsiya» bosh mavzu qilib olingan bo`lib, voqealar rivoji keksa boboning tilidan hikoya qilinadi. Asosiy qahramonlar esa dinozavrlar oilasiga mansub Dino va Zavr ismli personajlar. Qahramonlardan biri Dino animasion serial davomida poraxo`r rolida gavdalanadi. "Dino va Zavr" multserialining har bir qismi kichik tomoshabin uchun ibrat bo`la oladigan yakun bilan tugallanadi.
Multserial 10 qismdan iborat bo`lib, 3-10 yoshli bolalar auditoriyasiga mo`ljallangan. | 7Madaniyat
|
Xiva Islom dunyosining 2024-yildagi turizm poytaxti deb e’lon qilindi
Islom hamkorlik tashkilotining XI sessiyasi doirasida ilk bor O‘zbekiston shaharlaridan biri — Xiva 2024-yil “Islom dunyosining turizm poytaxti” deya e’lon qilishga doir qaror qabul qilindi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) g‘alabaning asosiy omillari sifatida O‘zbekistonda turizm sohasida yuritilayotgan ochiqlik siyosati, viza rejimining soddalashtirilishi, madaniy merosni saqlash, tarixiy shaharlarni obodonlashtirish kabi islohotlarni e’tirof etgan.
Shu o‘rinda Xiva shahrining tarixiy qiyofasi tiklanishi, restavratsiya va konservatsiyaga oid amalga oshirilgan ishlar, qolaversa, elektr ustunlarning demontaj qilingani, sayyohlarning katta oqimini qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar, infratuzilmaning yaxshilangani, 5 yulduzli mehmonxona qurilishi hamda butik-otel va hostellar qurilishi faol davom etayotgani alohida qayd etilgan. Bundan tashqari, turizm va unga yondosh sohalar tadbirkorlari uchun yaratilgan sharoitlar yuqori baholangan.
“Islom dunyosining turizm poytaxti yili doirasida Xorazm viloyatining Xiva shahrida IHTga a’zo 57 davlatning turizm vazirlari va turistik ma’muriyatlari rahbarlarining yig’ilishi yuqori darajada o‘tkaziladi. Shu bilan birga, Islom olami va ziyorat turizmi salohiyatini ochib beruvchi ilmiy-amaliy anjumanlar, fotoko‘rgazmalar va art-ekspozitsiyalar bo‘lib o‘tadi. 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan ‘Ipak yo‘li’ xalqaro turizm universiteti bazasida IHT davlatlari olim va tadqiqotchilari ishtirokida ta’lim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi”, — degan turizm va madaniy meros vaziri Аziz Аbduhakimov.
Islom dunyosining turizm poytaxti nominatsiyasiga 5 davlatdan shaharlar nomzodi qo‘yilgan bo‘lib, bular:
“So‘nggi yilda bu shaharlar orasida nominatsiyada g‘oliblik uchun shiddatli kurash kuzatildi. Shunga qaramay, O‘zbekistonning bu yo‘nalishda olib borilgan sa’y-harakatlari natijasida Xiva shahrining “Islom dunyosining turizm poytaxti” maqomini olishiga doir qarorga kelinishiga erishildi”, — deyiladi xabarda. | 8O‘zbekiston
|
Sport vazirligi: Sovrin jamg‘armasi 110 million so‘mdan ziyod bo‘lgan onlayn musobaqaga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanmoqda
«Minsport ESpors Cup» musobaqasida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘ting hamda yilning eng shov-shuvli kibersport musobaqasida ishtirok eting!
«O‘z uying – o‘z arenang» shiori ostida o‘tkazilayotgan musobaqada uyda o‘tirgan holda, millionlar egasiga aylanishingiz mumkin. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Batafsil ma'lumotlarni @espors_uzbekistan telegram kanali orqali olishingiz mumkin.
Shuningdek, musobaqaning jonli efirlarini Espors Uzbekistan federatsiyasining YouTube'dagi rasmiy kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin: youtube.com/c/esporsuzbekistan
Shoshiling, turnir ishtirokchilarini ro‘yxatga olish 5 avgustga qadar davom etadi.
Telegram: t.me/espors_uzbekistan
Instagram: @espors_uzbekistan
Youtube-kanal: youtube.com/c/esporsuzbekistan
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati | 13Sport
|
O‘zbekiston olimpiya jamoasi Misr bilan o‘ynaydi
O‘zbekiston olimpiya jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Unda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
O‘FA sayti xabariga ko‘ra, mana shu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston olimpiya jamoasi iyun oyida Misr olimpiya jamoasi bilan o‘ynaydi. Bahslar 9 iyun kuni Andijonda va 11 iyun kuni Namanganda o‘tkaziladi.
Misr olimpiya jamoasining so‘nggi o‘rtoqlik o‘yinlaridagi qaydnomasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tarkibda Belgiyaning «Gent», Qohiraning «Al-Ahliy», Iskandariyaning «Al-Ittihod» kabi kuchli klub vakillari borligini ko‘rish mumkin.
Darvozabonlar: Umar Saloh («Zamalek»), Umar Rizvon («Al-G‘una»), Shahob Xolid («Ad-Dahliya»).
Himoyachilar: Mahmud Al-G‘azzor («Al-Ahliy»), Usoma Jalol («Makassa»), Mahmud Marey («Vodiy Dajla»), Marvon An-Najjor («Al-Ittixad»), Ahmad Abu Fotih («Zamalek»), Karim Al-Iroqiy («Al-Masriy»), Abdulvahhob Ismoil («Mokavlun»).
Yarimhimoyachilar: Ahmad Hamdiy, Akram Tovfiq, Nosir Mohir (barchasi «Al-Ahliy»), Ahmad Bekhem («Vodiy Dajla»), Vajix Abdulhakim («Ismoiliya»), Ahmad Mustafo («Gent» Belgiya), Muhab Yosir («Nujum»), Ibrohim Abdulkaviy («Smuxa»), Yusuf Al-Javhariy («Mokavlun»).
Hujumchilar: Ahmad Rayyan, Karim Volid Nedved (ikkalasi - «Al-Ahliy»), Tohir Muhammad («Mokavlun»), Nosir Mensi («Payramids»), Sharif Rizo («Smuxa»), Abdulla («Al-Jaish»). | 13Sport
|
Tramp va Kim Chen In Koreya urushi yakunlanganini e'lon qilishadi – OAV
AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Singapurdagi AQSh-KXDR sammitida Koreya urushi yakunlangani haqida qo‘shma bayonot berishadi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Nikkei yapon nashri ma'lum qildi.
Shu munosabat bilan muzokaralarda Janubiy Koreya va Xitoy yetakchilari ham ishtirok etishlari kutilmoqda.
Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi 1950-1953 yillardagi urushdan keyin yarashuv sulhi tuzilgan, biroq ixtilof rasman hali yakunlanmagan. Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In apreldagi uchrashuvlarida ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik sulhi joriy yilda imzolanishi mumkinligini ma'lum qilishgandi.
Bundan tashqari, nashr ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh Shimoliy Koreyaning 2020 yilgacha to‘liq yadroviy qurolsizlantirilishiga kelishishga umid qilmoqda. Shu tariqa Tramp Shimoliy Koreya muammosini o‘zining prezidentlik muddati yakunlangungacha hal qilmoqchi.
Avvalroq AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilarining uchrashuvi 12 iyunda Singapurda bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingandi. | 2Dunyo
|
Bugun barcha xodimlar ishdan bir soat oldin ketish huquqiga ega
Bugun, 7 mart kuni barcha xodimlar ishdan kamida 1 soat oldin chiqib ketish huquqiga ega. Sababi ertaga 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni va bu kalendarda rasmiy dam olish kuni hisoblanadi.
Mazkur tartib O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan. | 5Jamiyat
|