text
stringlengths
18
64.5k
label
class label
15 classes
Qirg‘iziston prezidenti bosh vazirning iste'fosini qabul qilmadi Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakat bosh vaziri Kubatbek Boronovning iste'fosini qabul qilmadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining matbuot kotibi Tolgonay Stamaliyeva ma'lum qildi. "Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Kubatbek Boronovning iste'fosini qabul qilmadi", - dedi u. Qirg‘izistonda 4 oktabr kuni parlament saylovlari o‘tkazildi. 5 oktabr kuni dastlabki natijalar e'lon qilinishi ortidan muxolif partiyalar tarafdorlari saylov natijalarini bekor qilish talabi bilan miting boshladi. Kun oxirida namoyishchilar parlament binosi va prezident qarorgohi joylashgan Oq uy binosiga bostirib kirishdi. Keyinroq Bishkek shahridagi boshqa hukumat binolari ham egallab olindi, shuningdek, Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosiga bostirib kirgan namoyishchilar mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevni ozod qilishdi. Bu voqealar ortidan Qirg‘iziston bosh vaziri Kubatbek Boronov va parlament spikeri Doston Jumabekov iste'fo berdi. Sobiq deputat, tartibsizliklar vaqtida koloniyadan ozod etilgan Sadir Japarov bosh vazir etib tayinlandi.
2Dunyo
Germaniya moliya vazirligi delegatsiyasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga tashrif buyurdi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Germaniya moliya vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib, “UzDaily.uz” xabar bermoqda. Uchrashuv davomida 2009-yilda qo‘mita va Germaniya moliya vazirligi o‘rtasida tuzilgan memorandum hamda kelishuv doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi. Xususan, nemis tomonining ko‘magida hozirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgan “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati unumdorligi va korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish komissiyasiga tasdiqlash uchun taqdim etilgan “Korporativ boshqaruv kodeksi” tayyorlandi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar bu boradagi o‘zaro hamkorlikni kelgusida ham muntazam davom ettirishga kelishib oldi.
8O‘zbekiston
Yangi Zelandiya mamlakatga olib kirilgan barcha yovvoyi yirtqichlarni qirib tashlash rejasini e’lon qildi Yangi Zelandiya hukumati mamlakatga olib kirilgan yovvoyi yirtqichlarning barcha turlarini 2050-yilgacha qirib tashlamoqchi, deb yozadi TJournal. “Global yo‘q qilish bo‘yicha dunyodagi birinchi dastur” haqida Yangi Zelandiya bosh vaziri Jon Key e’lon qildi. Mamlakat hukumati keyingi 34 yil davomida mamlakatga olib kirilgan barcha yovvoyi zararkunandalar, jumladan, kalamush, oqsuvsar va opossum (Amerikada yashaydigan qopchiqli kalamush)larni to‘liq qirib tashlashni rejalashtirmoqda. Key ta’kidlashicha, yirtqichlar 25 milliontagacha noyob Yangi Zelandiya qushlarini o‘ldiradi. Ular orasida uchishga qodir bo‘lmagan kivi qushi ham bor, ularning soni ayni paytda 70 mingdan kamroq bo‘lib, ular haftasiga 20 ta qush tezligida nobud bo‘lmoqda. Har yili dasturga taxminan 3,3 milliard Yangi Zelandiya dollari (2,2 milliard AQSh dollari) sarflash rejalashtirilmoqda.
2Dunyo
16 yoshli ispaniyalik basketbolchi qiz o`yin vaqtida to`satdan vafot etdi 16 yoshli Alisiya Fernandes Romero Ispaniyaning basketbol bo`yicha ligalaridan biridagi «Benidormom» va «Kalpe» jamoalari uchrashuvida vafot etdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashriga tayanib, «Segodnya» xabar bermoqda. Qayd etilishicha, basketbolchi qiz uchrashuv davomida boshi aylanayotganini aytib, boshqa o`yinchi bilan almashtirilishini so`ragan. Zahira o`rindig`idan joy olgan qiz birozdan so`ng hushini yo`qotgan. «To`satdan vafot etish sindromi»ni qayd etgan tibbiy xodimlar qizning hayotini saqlab qola olmadi. Basketbol bo`yicha Ispaniya federasiyasi Alisiya Fernandes Romeroning oilasi va yaqinlariga ta`ziya bildirdi. manba: daryo.uz
13Sport
Turkiya Al-Bag‘dodiyning opasi va uning oila a’zolarini hibsga oldi Turkiya hukumati IShID sobiq yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning opasi Rasmiya Avad va uning oila a’zolari qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. 65 yoshli Rasmiya Avad 4-noyabr kuni oqshom payti Suriya shimolidagi Aleppo viloyatining Azaz shahrida qo‘lga olindi. Avad tashkilot a’zolari bilan aloqa qilganlikda ayblanmoqda. Rasmiya Avad “Bunday odamlarni topib hibsga olish razvedka uchun oltinga teng harakat. Avad IShID haqida bilgan ma’lumotlar tashkilot haqidagi axborotlarni tahlil qilish va qolgan terrorchilarni ham qo‘lga tushirishda bizga asqotadi”, — deya ta’kidlagan Reuters hamda AP nashrlariga xabar bergan Turkiya hukumati vakili.   Rasmiya Avad bilan birgalikda uning eri, besh nafar farzandi va kelini ham hibsga olingan. Voyaga yetgan farzandlar so‘roq qilingan.  Pentagon IShID yetakchisi Al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish operatsiyasi tafsilotlarini e’lon qildi (video) Abu Bakr Al-Bag‘dodiy 27-oktabrda Suriyaning Idlib viloyatida AQSh harbiylarining havodan yo‘llagan hujumi natijasida o‘lgan. AQSh prezidenti Donald Tramp Iroq, Suriya, Amerika, Rossiya, Turkiya va kurdlarga operatsiyadagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirgan va Bag‘dodiyning o‘limi haqidagi ma’lumotni rasman tasdiqlagan. IShID sobiq rahbarining jasadi qoldiqlari dengizga oqizilishi va tashkilot rahbarligini kelib chiqishi turkman millatiga mansub iroqlik sobiq zobit Abdulla Qardosh egallashi taxmin qilingandi. Keyinchalik IShID vakillari ham rahnamo halok bo‘lganligini tasdiqladi va AQShdan qasos olishni va’da berdi. Bag‘dodiyning o‘rnini Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy egallagan va IShIDga yangi rahbar bo‘lgan. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
2Dunyo
Toshkentdagi barcha xonadonlarga 2021-yil oxiriga qadar “aqlli” gaz hisoblagichlar o‘rnatiladi 2021-yil oxiriga qadar Toshkent shahrining barcha aholisiga “aqlli” gaz hisoblagichlar o‘rnatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. “Hozirda poytaxtimizda gaz iste’molchilari jami 629 427 ta bo‘lib, shulardan 448 073 tasini ko‘p qavatli, 181 354 tasini esa yerli aholi xonadonlari tashkil etadi. Qayd etish kerakki, yil oxiriga qadar zamonaviy ‘aqlli’ hisoblagichlar barchaga o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur hisoblagichlarni o‘rnatish aholi uchun bepul hisoblanib, tashkilot tomonidan 5 yillik bepul servis xizmati ham kafolatlanadi”, — deyiladi xabarda. Bundan tashqari, tadbir davomida tabiiy gaz iste’molchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida Call-markazi (55) 503-28-28 ishga tushgani e’lon qilindi. Shuningdek, sohadagi qonunbuzarlik va korrupsiya holatlari bo‘yicha (55) 503-90-17 ishonch telefoni yo‘lga qo‘yilgan, bunga iste’molchilar o‘z murojaatlarini qoldirishi mumkin. Avvalroq O‘zbekistonda yangi gaz hisoblagichlarni joriy etish tezlashtirilgani, Toshkent viloyatida o‘chib qolgan gaz hisoblagichlarni o‘rnatish vaqtida dalolatnomalar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  O‘zbekistonda gazning kunlik iste’moli 46 milliondan 70 million kubometrga yetgani ma’lum qilindi
8O‘zbekiston
Uzbek Tigers va Astana Arlans o‘rtasidagi katta boks kechasiga barchasi shay Bugun 1 aprel kuni Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 5-turidan o‘rin olgan bahslar bo‘lib o‘tadi. «O‘zbekiston» sport majmuasi guruhning ikki yetakchi jamoasi o‘rtasidagi jangni katta ishtiyoq bilan kutmoqda. Uzbek Tigers jamoasi Toshkentda Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi bokschilarini qabul qiladi.  «O‘zbekiston» sport majmuasida quyidagi bokschilar o‘rtasidagi ajoyib janglarga guvoh bo‘lish mumkin.  49 kg: Hasanboy Do‘stmatov           vs   Temirtas Jusupov 56 kg: Abdulhay Shorahmatov       vs    Ilyos Suleymenov 64 kg: Elnur Abduraimov              vs    Dilmurod Mijitov 75 kg: Isroil Madrimov                vs    Saparbay Aydarov  +91 kg: Zuhriddin Mahkamov        vs    Anton Pinchuk  Uzbek Tigers WSB doirasida shu vaqtgacha 4 marta jang o‘tkazdi. O‘zbekiston vakillari avvaliga Xitoyda China Dragons jamoasidan 2:3 hisobida yengilgan, keyingi turda Qozog‘istonda Astana Arlans jamoasiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-tur bahsida Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida, 4-turda esa, China Dragons jamoasini ham 5:0 hisobida dog‘da qoldirdi.  Ayni vaqtda, Qozog‘iston jamoasi guruhda 12 ochko bilan 1-o‘rinda joylashgan. Uzbek Tigers hisobida 6 ochko bo‘lib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Bugun, Xitoyning China Dragons jamoasi Rossiyada Patriot Boxing Team jamoasi mehmoni bo‘lmoqda. Hozirda, Rossiyadagi bahslar qizg‘in tusda davom etayapti.  «O‘zbekiston» sport majmuasidagi janglarni Janubiy Koreya, Rossiya, Angliya va Eron davlatlaridan tashrif buyurgan hakamlar navbati bilan boshqarib borishadi.  Eslatib o‘tamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha'nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga ko‘tarilishadi.
13Sport
6 avgust kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
8O‘zbekiston
Oksana Chusovitina sport faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda Jahon sport gimnastikasi afsonasiga aylangan o‘zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina Tokioda o‘tadigan Olimpiadadan keyin sport faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda Chusovitina germaniyalik murabbiy Diter Kox qo‘l ostida Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar berdi O‘zA. Chusovitina 1991 yildan beri jahon chempionatlari, qit'a birinchiliklarida, Olimpiada va Osiyo o‘yinlarida ishtirok etib keladi. Mohir sportchimiz 7ta Olimpiada ishtirokchisi hisoblanadi va bu natija bilan Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. Avvalroq Chusovitina Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tgan jahon kubogi bosqichida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgandi. Sportchimiz tayanib sakrash yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.
13Sport
Nishon tumani prokurori ham ishdagi kamchiliklari sabab vazifasidan ozod etildi Nishon tumani prokurori Muhammadiev Abdurayxon O`roqovich ham ishdagi kamchiliklari sabab vazifasidan ozod etildi. Ma`lumot o`rnida, viloyat va Nishon tumani prokurorlari vazifalaridan ozod etildi. Qolgan tuman va shahar prokurorlari o`z lavozimida qoldirildi.
12Siyosat
Robert Levandovski Bundesliga rekordini yangiladi “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan “Frayburg”ga qarshi o‘yinda (3:1) dubl qayd etdi. 31 yoshli polshalik hujumchi uchun bu Bundesliganing joriy mavsumidagi 32 va 33-gollar bo‘ldi. Shu tariqa Levandovski Germaniya chempionatida harakat qiladigan legionerlarning gol urish borasidagi rekordini yangiladi. Avvalroq uning o‘zi ushbu natijani takrorlagandi. Undan oldingi rekordni (31) esa Dortmundning “Borussiya” klubi sobiq hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang (2016/2017-yilgi mavsum natijasi) qayd etgandi. Ma’lumot uchun, Levandovskining “Bavariya”dagi shaxsiy rekordi — 41 ta o‘yin 48 ta golga teng. Levandovski 2014-yildan beri “Bavariya” safida to‘p surib keladi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilgacha mo‘ljallangan.
13Sport
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat gerbli blankalarda amalga oshiriladi Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlashni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. Prezidentning 2018-yil 25-maydagi qarori bilan 2019-yil 1- yanvardan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat gerbli blankalarda amalga oshirilishi belgilangan. Qarorga muvofiq ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar uchun gerbli blankalar Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi. Ko‘chmas mulkni ayirboshlash shartnomasining ikki nusxasi, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq qolgan barcha bitimlarning bir nusxasi gerbli blankalarda rasmiylashtiriladi va gerb yig‘imi eng kam oylik ish haqining 10 foizi (20 ming 273 so‘m) miqdorida undiriladi. Shuningdek, qarorga ko‘ra gerb yig‘imidan tushadigan mablag‘larning 50 foizi tuman va shaharlar byudjetlariga, 50 foizi Adliya vazirligiga o‘tkaziladi.
8O‘zbekiston
Termizda yo‘l qoidasini buzgan YPX inspektori jarimaga tortildi IIV YHXBB axborot xizmati 10-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “Termiz shahrida YPX xodimi qoida buzdi. Qiziq, u ham barcha fuqarolar kabi jarima to‘larmikan?” sarlavhasi ostidagi tarqalgan videoga o‘z munosabatini bildirdi. Kadr: Telegram Videoda Termiz shahri YXHBga tegishli xizmat mashinasida harakatlanayotgan inspektor yo‘l chig‘ining belgilanmagan joyidan kesib o‘tib, ortga qayrilib olgani tasvirlangan. “Videolavha o‘rganilganda Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPX xodimi o‘ziga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan 75 232 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomashinasida amaldagi yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tgan holda yo‘lning o‘rtasida chizilgan, qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalarining oqimini ajratuvchi 1.3. yo‘l yotiq chizig‘ini kesib o‘tib, ortga qayrilib olganligi ma’lum bo‘ldi va unga nisbatan belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, tushuntirish ishlari olib borildi”, — deyiladi xabarda. Bayonnomaga ko‘ra, qoidabuzar YPX xodimi 111,5 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan. Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning yanvar oyida Qashqadaryoda YPX xodimi kamera ko‘targan olomon qurshovida qolib ketgani va natijada xodim jarimaga tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.  Qashqadaryolik haydovchi YPX xodimining savodsizligini isbotlab berdi
8O‘zbekiston
Yangiyo‘l sudida bir necha mahbus o‘zlariga tan jarohati yetkazgani aks etgan videolar tarqaldi. Ularning biri Murodboy ekani ma'lum bo‘ldi Ijtimoiy tarmoqlarda sud zalidagi sudlanuvchilar kabinasida o‘tirgan 4 nafar erkakning bilak tomirlari kesilgani, kabina oynasi va devorlariga qon bilan turli yozuvlar yozilgani aks etgan videolar tarqaldi. Videolarga ilova qilingan izohlarda aytilishicha, ushbu hodisa chinozlik Ahmadboyning yordamchilaridan bo‘lgan va xalq orasida Murodboy nomi bilan tanilgan Mirzamurod Yunusaliyev va uning jinoiy sheriklariga nisbatan navbatdagi jinoyat ishi doirasida bo‘lib o‘tayotgan sud jarayonida sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchilarning bilaklari nima uchun va kim tomonidan kesilgani hozircha noma'lum. Biroq telegramdagi kanallardan birida tarqalgan videolarda sudlanuvchilar va ularning yaqin qarindoshlari Murodboy va sheriklarini qo‘lga olish chog‘ida topilgan 3 kg oltin, 6 milliard so‘m pul va qimmatbaho mashinalarni organ xodimlari olib ketganini iddao qilishgan. Kun.uz’ning sud tizimida faoliyat yurituvchi manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, ushbu hodisa kecha, 25 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudi binosida yuz bergan. Oliy sud raisining matbuot kotibi Aziz Obidov Kun.uz muxbirining qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi. Toshkent viloyat sudining jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sherzod Xudoyberdiyev ro‘y bergan voqea yuzasidan rasmiy munosabat tayyorlanayotgani, unda gumonlanuvchilar nima sababdan bu ishga qo‘l urishgani, shuningdek, o‘tkir tig‘li jismlar ularga qanday borib qolganiga oydinlik kiritilishini ma'lum qildi. Ichki ishlar vazirligi jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudida sudlanuvchilarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. «Joriy yilning 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va boshqa moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun ozodlikdan mahrum etilgan va ayni vaqtda 1-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslar; M.Yunusaliyev (1984 y.t., 9 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 27.04.2019 yildan qamoqda), G‘.Murodjonov (1987 y.t. 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 27.04.2019 yildan qamoqda), A.Qudratov (1980 y.t., 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 07.10.2019 yildan qamoqda),  E.Sharipov (1987 y.t., 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 07.10.2019 yildan qamoqda),  S.Yulchiyev (1989 y.t., 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 07.10.2019 yildan qamoqda) Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudining 2021 yil 25 may kunidagi so‘rovnomasiga asosan boshqa jinoyat ishi bo‘yicha JIB Yangiyo‘l shahar sudiga yuborilgan. Sud jarayoni davomida soat 15:30 larda, M.Yunusaliyev, G‘.Murodjonov va A.Qudratov sud tomonidan qo‘yilgan ayblovlardan noroziliklarini bildirib, qo‘llaridagi lezviya bo‘laklari bilan chap qo‘l bilak qismiga tan jarohat yetkazib, turli noo‘rin talablarni qo‘yib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan», deyiladi ma'lumotda.  Mahbuslar soat 20:00larda 1-son Tergov hibsxonasiga olib borib topshirilgan.  2020 yil avgustida «Murodboy ishi» bo‘yicha Mirzamurod Yunusaliyev va uning jinoiy sheriklariga nisbatan sud hukmi o‘qilgan edi. Tergov harakatlari davomida M.Yunusaliyev 2016 yil yanvar oyida «ERKIN AVTO DILLER» nomli MChJ zamirida «moliyaviy piramida» tashkil etib, bu ishga o‘zining o‘nga yaqin jinoiy sheriklarini jalb qilgani, ular yordamida 6636ta holatda 4000 nafarga yaqin fuqaroning 26 mln 870 ming 51 AQSh dollari va 18 milliard so‘m miqdordagi pul va boshqa mol-mulklarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha qariyb 8 milliard so‘mlik 18ta ko‘chmas mulk obektlari (uy, choyxona, do‘kon binosi, noturar bino va inshootlar) xatlangan. Fuqarolarga tegishli 85ta yengil avtomashinalar ashyoviy dalil tariqasida olingan. Ushbu avtomashinalarning barchasi belgilangan tartibda baholanib, o‘z egalariga qaytarilgan.
5Jamiyat
Saudiya Arabistoni Suriyada “B rejasi”ga o‘tish zarurligini bildirdi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakat hududida kelishuv o‘rnatilishi uchun urinishlarni amalga oshirmasa, buning muqobil yo‘llarini qidirish lozimligini bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.  Odil al-Jubayr. U Venada bo‘lib o‘tayotgan Suriyada tinchlik o‘rnatilishi bo‘yicha muzokaralarda shunday bayonot bergan.  “Allaqachon ‘B rejasi’ga o‘tishimiz kerak edi. Muxolifatni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan mazkur muqobil rejaning tanlanishi Bashar tuzumiga bog‘liq. Agar ular xalqaro hamjamiyat tuzgan bitimlarga rioya etmasa, bundan tashqari yana nima qilishimiz zarurligini tushunib olishimiz kerak bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan vazir.
2Dunyo
Toshkentda mahalla idorasi binosi yondi (foto) 15-iyul kuni soat 21:52 da Sergeli tumani, Yo‘ldosh 7-dahasida joylashgan “Al-Farg‘oniy” nomli MFY binosining ichki qismi va jihozlari 50 kvadrat metr maydonida yondi. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 21:54 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 22:04 da qurshab olinib, soat 22:20 da bartaraf etilgan. Hodisa sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan. Sodir bo‘lgan yong‘inda insonlar halok bo‘lishi va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
8O‘zbekiston
Koronavirus bemorlari soni 9829 nafarga yetdi 5 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9829 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 106 nafari Karantin марказидаги fuqarolar orasida, 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 1 nafari esa Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 3373 kishi davolanmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 10 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda. Ayni paytda mamlakatda 6034 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 31 nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan.
11Salomatlik
Grenfell Tower’dagi yong‘inga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi Londondagi 24 qavatli Grenfell Tower turar joy binosida 14 iyun kuni yuz bergan yong‘in nosoz muzlatgich tufayli ro‘y bergan. Hodisa oqibatida 79 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sky News Skotland-Yard vakili Fion Makkormekka asosan xabar berdi. Uning ta'kidlashicha, gap Hotpoint firmasining FF175BP modelidagi muzlatgichi haqida bormoqda. Qayd etilishicha, ishlab chiqaruvchi muzlatgichning bu modelini tekshiruvdan o‘tkazmoqda. 14 iyun kuni Londonda 24 qavatli Grenfell Tower turar joy binosida yong‘in ro‘y berdi, natijada kamida 79 kishi halok bo‘ldi. Buyuk Britaniya hukumati yong‘in oqibatida jabrlanganlarga 5 mln funt sterlingdan ajratdi.
2Dunyo
JCH-2018: Rossiya Urugvaydan mag‘lub bo‘ldi Rossiya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi uchinchi turida Urugvay jamoasidan mag‘lubiyatga uchradi. «Samara Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi.10-daqiqada Luis Suares jarima to‘pini aniq yo‘llab, urugvayliklarni oldinga olib chiqdi. 23-daqiqada esa hujumchi Denis Cherishev avtogol muallifi bo‘ldi. uchinchi gol o‘yin yakunlanishi arafasida Edinson Kavani burchadan yo‘llangan zarbani darvozaga yo‘lladi. 36-daqiqada Rossiya jamoasi Igor Smolnikov ikkinchi sariq kartochkani olganidan so‘ng o‘n kishi bo‘lib o‘yinni davom ettirdi. G‘alaba Urugvayni, A guruhida birinchi o‘rinni egallab, navbatdagi bosqichga chiqishini ta’minladi. Rossiya ikkinchi o‘rinni egalladi. JCH 1/8 finalida Rossiya termasi B guruhi g‘olibi bilan o‘ynaydi. Navbatdagi raqib Ispaniya, Portugaliya yoki Eron bo‘lishi mumkin. Urugvay esa pley-off birinchi raundida B guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoaga qarshi o‘ynaydi. Video Saudiya Arabistoni 2 : 1 Misr Volgogradda bo‘lib o‘tgan o‘yin hisobi 22 — daqiqada Misr termasi sardori Muhammad Saloh tomonidan ochildi. 41-daqiqada esa hujumchi Faxad Al-Muvallad hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq Misrning 45 yoshli darvozaboni Essam Al-Xadariy penaltini qaytardi. Qo‘shilgan daqiqada esa Salmon Al-Farij hisobni tenglashtirishning uddasidan chiqdi. U 11 metrlik masofadan darvozani ishg‘ol qildi. 95-daqiqada Salom Al-Dossariy Saudiya Arabistoniga g‘alaba golini kiritdi. Saudiya Arabistoni (3 ochko) va Misr (0) 2018 yilgi jahon chempionatini tark etdi. Video
13Sport
Qirg‘iziston O‘zbekistonga kartoshka va go‘sht yetkazib bermoqchi Qirg‘iziston O‘zbekistonga kartoshka, mol go‘shti va boshqa mahsulotlar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonning qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri Nurbek Murashev shunday rejalar haqida ma'lum qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari Jamshid Xo‘jayevning qirg‘izistonlik hamkasblari bilan muzokaralari davomida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, chorvachilik, urug‘chilik va agrar sohaning boshqa tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan. Avvalroq, Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Janibek Kerimaliyev parlament majlisida Murashov O‘zbekistonda bo‘lib turgani, u yerda kartoshkani sotish bo‘yicha muzokaralar olib borishi haqida xabar bergandi.
8O‘zbekiston
O‘zbekistonlik dasturchilar Facebook’dan loyiha uchun grant yutib olishdi Qoraqalpog‘istonlik Beknazar Abdikamalov va Aziz Murtazayev Janubiy Koreyalik hamkori Jastin Kim bilan birgalikda Ami ruhiy salomatlik bo‘yicha startap ishga tushirish uchun Meta (Facebook) grantini qo‘lga kiritdilar. Investitsiyalar hajmi 3 million dollarni tashkil etgan. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, loyiha ruhiy salomatlik xizmatini yanada qulayroq qilish uchun onlayn maslahat seanslarini o‘z ichiga oladi. Bu Osiyo mamlakatlaridagi biznes egalariga o‘z xodimlarining ruhiy salomatligini yaxshilash imkonini beradi. Startap asoschilari ta’kidlashicha, bunday platformani yaratish g‘oyasi pandemiyadan keyin paydo bo‘lgan, negaki Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2022 yil mart oyidagi hisobotiga ko‘ra, pandemiyadan so‘ng butun dunyo bo‘ylab depressiya, tushkunlik darajasi 25 foizga oshgan. “Biz Ami jamoasining ishtiyoqi va iste’dodidan hayratdamiz. Ularning Osiyo aholisiga ruhiy salomatliklarini saqlash yo‘lida yana bir usul taqdim etish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlamoqchimiz”, dedi Sunita Parasuraman, “Meta” kompaniyasining investitsiyalar bo‘limi rahbari. Osiyoning ulkan startap markazlari Singapur va Jakartadan tashqari, Ami startapini butun Osiyo bo‘ylab kengaytirish, bu orqali kompaniyalarga ruhiy salomatlik platformasi yordamida yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. Loyiha asoschilari, jamiyatda ruhiy salomatlik ahamiyati haqidagi bilimlarni oshirishni o‘zlari uchun oliy maqsad deb bilishadi. Moliyalashtirish bosqichida Meta’ga investorlardan “Goodwater Capital” (“Kakao”, “Coupang” va “Viva Republica”), “Strong Ventures”, “January Capital” va “Collaborative Fund” kelib qo‘shilgan. Ma’lumot uchun, nukuslik Aziz Murtazayev bungacha Facebook'da, Beknazar Abdikamalov esa Amazon'da ishlagan. Bundan oldin Kun.uz Amazon'da faoliyat olib borgan nukuslik Beknazar Abdikamalovdan intervyu olgan edi. U hozir Amazon'dagi faoliyatini yakunlab, asosiy e’tiborini o‘zining Ami ruhiy salomatlik bo‘yicha startap loyihasiga qaratgan.
8O‘zbekiston
Qashqadaryoda Lasetti mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida Lasetti mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. Ma'lum qilinishicha, bugun, 29 sentyabr kuni soat 08:05larda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Mustaqillik ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Lasetti mashinasining gaz balloni portlab ketgan. Hodisa oqibatida mashinaning egasi bo‘lgan haydovchi yengil tan jarohat olgan va shifoxonaga yuborilgan. Lasetti mashinasi esa yaroqsiz holga kelgan. Qayd etilishicha, hodisa yuz bergan joyga viloyat FVB, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning kuch-vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari bajarilgan. Hozirda hodisa sababi aniqlanmoqda. Jizzaxda qashqadaryolik haydovchi boshqaruvidagi yuk mashinasining gaz balloni portladi Samarqanddagi «metan zapravka»da mashina gaz balloni portlab ketdi
8O‘zbekiston
Samarqandda gaz hisoblagich o‘rnatilayotganda o‘t chiqib, uch uy yondi. Zararni kim qoplab beradi? Jabrlanganlar «Hududgaz Samarqand» MChJ odamlar holidan xabar olmayotgani, uyni tiklashda yordam bermayotganidan yozg‘irishdi. Lekin bu tashkilotning voqeaga aloqasi yo‘q. Chunki gaz quvurini kesib, hisoblagich o‘rnatishni ular bilan shartnoma tuzgan xususiy firma xodimlari amalga oshirgan. Xususiy firma esa xonadonlarga yetkazilgan zararni qoplab berish imkoniyatiga ega emas. Chunki yetkazilgan zarar milliard so‘m atrofida. Samarqanddagi «Kulollar» mahallasi, G‘ayrat ko‘chasi 3-uyda istiqomat qiluvchi 72 yoshli Saida Sattorovaning aytib berishicha, voqea shu yil 9 iyul kuni yuz bergan. «Maroqandgazschyotchikservis» MChJ xodimlari xonadonga ASKUG aqlli gaz hisoblagichi o‘rnatish asnosida ichida gaz bo‘lgan quvurni «bolgarka» yordamida kesishgan. Trubadan sizib chiqqan gaz chaqinga to‘qnashib, o‘t chiqqan va olov tomga o‘rlab, qisqa vaqt ichida butun uyning katta qismi kulga aylangan. Saida Sattorova marhum turmush o‘rtog‘i bilan 50 yildan buyon yig‘ib terib qurgan uyi vayronaga aylanganini aytib o‘tdi. Uning hikoya qilishicha, bu uylarni rahmatli eri xom g‘isht quyib, o‘zi ko‘targan, ko‘p yillardan beri bolalari va nabiralari bilan yashab kelayotgan edi. O‘t o‘chiruvchilar suv sepishganda uyning devorlari ham ivib, mustahkamligini yo‘qotgan. Oila ro‘zg‘or tebratadigan chog‘roq do‘kondagi 150 million so‘mlik mahsulotlar, muzlatkich, sovitgich kabi turli jihozlar ham yaroqsiz holga kelgan. Mash'um voqeaning afsuslanarli jihati — Samarqandning bu eski shahar qismida uylar bir-biriga ulab qurilgan. Avval ko‘cha tomondagi do‘kon yongan. So‘ngra olov tom orqali aylanib turar joylarga o‘tgan. Yana ikki qo‘shnining uyiga ham ulangan. Qo‘shni uylardan biri butkul vayron bo‘lgan, ikkinchisiga ham anchagina ziyon yetgan. Eski shaharning tor ko‘chalardan amallab yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilarning mehnatigina butun mahallani yonib ketishdan saqlab qolgan. Ayni paytda bu oila o‘z uyi qarshisidagi 3-maktabda yashab turibdi. Tunda direktor qabulxonasidagi gilamda yotishadi. Kunduzi esa maktab bog‘idagi so‘rida ovqatlanishadi. Ovqat ham shu yerda tayyorlanadi. Onaxon o‘zlari istiqomat qilib kelayotgan uyga hamda do‘konda yongan mahsulotlarga yetkazilgan zarar tezroq qoplab berilishini istamoqda. U shu maqsadda ichki ishlar organi va prokuraturaga murojaat qilgan. Firma egasi onaxonni tinchlantirish uchun zararni qoplash haqida tilxat yozib bergan. Ammo oradan haftalar o‘tgan bo‘lsa-da, ishda sezilarli siljish yo‘q, ish sudlashishgacha borib yetishi mumkin. Biz mazkur voqea yuzasidan 2008 yilda tashkil etilgan va bu sohada ancha tajriba to‘plagan «Maroqandgazschyotchikservis» MChJ boshlig‘i Shahobiddin Shirinov bilan telefon orqali suhbatlashdik. U suhbat asnosida zararlar qoplanishi masalasi ko‘rilayotganini aytdi-yu, ammo tashkilotda bor-yo‘g‘i 10 kishi ishlashi, yong‘in uchun faqat ular javobgar emasligi, buncha zararni qoplab bera olmasligini ham ta'kidladi. Masala yuzasidan izoh bergan «Hududgaz Samarqand» MChJ matbuot xizmati boshlig‘i Baxtigul Qarshiyeva tashkilot rahbarlari voqeadan xabardorligi, aholi va hisoblagich o‘rnatuvchi firma o‘rtasida zararni qoplab berish borasida kelishuvga erishilganini aytib o‘tdi. «Hududgaz Samarqand» MChJ boshlig‘i o‘rinbosari Jasur Avazov tizimda xodimlari yetishmasligi tufayli xonadonlarga aqlli gaz hisoblagichlar o‘rnatishda tender orqali xususiy firmalarning ham xizmatidan shartnoma asosida foydalanilishini bildirdi. Xo‘p, tender o‘tkazilar ekan, lekin uni yutib olgan tomon bilan tuzilgan shartnomada tomonlarning majburiyatlari belgilangan bo‘ladi. Shartnomadan ko‘rinmoqdaki, hisoblagich o‘rnatish ishlarida xavfsizlik texnikasiga amal qilish montaj ishlarini amalga oshiruvchi bajaruvchining zimmasida. Demak, Samarqand shahrida ro‘y bergan ushbu hodisadan shunday xulosaga kelish mumkin: «Hududgaz» xodimlari hukumat qarorida belgilangan muddat — shu yilning 1 dekabrigacha ASKUG hisoblagichlarni o‘rnatishga ulgurishmaydi. Shu sababli ASKUG hisoblagichni o‘rnatish bilan xususiy firmalar ham shug‘ullanmoqda. Lekin kattaroq zarar yetadigan bo‘lsa, xususiy tashkilot javob bera olmaydi, chunki moliyaviy imkoniyatlari ko‘tarmaydi. «Hududgaz» filiali esa sizga yetkazilgan zararni qoplab bermaydi, chunki formal jihatdan bo‘lib o‘tgan ishlarga aloqasi yo‘q. Endi haqli savol tug‘iladi: «Hududgaz» formasida bo‘lmagan, qo‘lida filial ishchisi ekanini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmagan insonga odamlar o‘z uyida hisoblagichni almashtirishni ishonishi mumkinmi? To‘g‘ri, bunaqa holatlar har kuni ro‘y berayotgani yo‘q. Lekin bunaqasi kelgusida yuz bermasligi uchun xavfsizlik qoidalari qat'iy nazoratga olinishi, javobgarlik kuchaytirilishi kerak emasmi? Bu mas'uliyatli ish biror kor-hol ro‘y bersa, zararni to‘liq qoplab berish qudratiga ega bo‘lgan korxonalargagina ishonib topshirilishi kerakmasmi? Saida ona esa bunday formalliklardan bexabar. Onaxon unga yetgan musibat yaxshilik bilan yakun topishidan, yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishi, uyi tiklab berilishi va bu mash'um kunlar unut bo‘lishidan umidvor. Faqat shuni duo qilib so‘ramoqda. Shuhrat Shokirjonov, Kun.uz maxsus muxbiri, Tasvirchi va montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.
5Jamiyat
Amerikalik erkak ikki oyda ikkita bir xil Kia avtomobilidan ayrildi Amerikaning Kolorado shtatida istiqomat qiluvchi erkak ikki oyda ikkita bir xil Kia Sportage avtomobillaridan ayrildi. Koreya markasining ishqibozi ikkita krossoveri minib qochilganidan so‘ng, yangi mashina sotib olishga shoshilmayapti, deb xabar beradi Motor. Devid Rays AQShda 2018-yilda ishlab chiqarilgan Kia Sportage’ni sotib olgan. Oradan bir hafta o‘tgach, o‘g‘rilar amerikalikning uyi yaqinidagi parkingga kirib, minilgan krossoverni o‘g‘irlab ketgan. Mashina o‘g‘rilari kuzatuv kameralariga tushib qolgan bo‘lsa-da, ularni topishning imkoni bo‘lmagan. Janubiy Koreya markasining ishqibozi tushkunlikka tushmasdan yana bitta xuddi shunaqa kumushrang Sportage sotib olgan. Biroq haydovchining yangi avtomobil borasidagi xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmagan. Erkak yana bir bor yerosti avtoturargohidan mashinasi o‘g‘irlab ketilgani haqida politsiyaga ariza yozgan. Erkak mashinalari topilguniga qadar yangi avtomobil sotib olmaslikka qaror qilgan va hozirda ijara xizmatlaridan foydalanmoqda. Denver politsiyasi statistikasiga ko‘ra, yil boshidan buyon shaharda avtomobil o‘g‘riligiga oid jinoyatlar soni deyarli ikki barobarga oshgan. O‘g‘irlangan 6,5 mingta mashinaning 360 ga yaqini Kia modellari hisoblanadi. Avvalroq amerikalik askar avtomat uzatmalar qutisi sabab Mercedes-Benz’ni o‘g‘irlab keta olmagani to‘g‘risida xabar berilgandi.  Tesla egasi mashinasini o‘g‘irlashga uringan shaxsni smartfon yordamida salonga qamab qo‘ydi
0Avto
Tramp AQShning koronavirus pandemiyasidan tiklanishi taxminan qachondan boshlanishini aytdi Donald Tramp mamlakat koronavirus pandemiyasidan 1-iyundan boshlab tiklanishni boshlaydi, degan fikrda. Bu haqda AQSh prezidenti matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi. Uning aytishicha, eng yomon ko‘rsatkichlar yoz oyi boshlarida bo‘lishi kutilmoqda. 1-iyun sanasini prezident mamlakatning tiklanish jarayoni boshlanuvchi “tog‘ etagi” deb atagan. “Omad kulib boqsa, bu undan ham avvalroq boshlanishi mumkin”, — deya umid bildirgan Tramp. Kuni kecha Oq uy koronavirus tarqalishiga qarshi choralar 30-aprelga qadar uzaytirilishini ma’lum qilgandi. Amerika yetakchisining ta’kidlashicha, AQShda koronavirus oqibatida vafot etish holatlarining eng yuqori nuqtasi keyingi ikki hafta davomida kuzatilishi mumkin. Tramp mamlakat aholisini ijtimoiy aloqalardan tiyilish, masofadan ishlash, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish xizmati orqali sotib olish va o‘ta zarur holatlarsiz ko‘chaga chiqmaslik kabi hukumat ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi. “Qancha ko‘p harakat qilsangiz, bu dahshatli tush shuncha tez tugaydi”, — deya qo‘shimcha qilgan Tramp.  AQShda koronavirus sabab fuqarolarning harakat marshrutini ularning smartfonlari orqali kuzatish boshlandi Eslatib o‘tamiz, AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 142,5 mingdan oshgan. Avvalroq Tramp koronavirus oqibatida 200 ming amerikalikning o‘lishini “yaxshi” ssenariy deb atagani haqida xabar berilgandi.
2Dunyo
«Boylar ham yig‘laydi» serialidagi asosiy rol ijrochisi vafot etdi Meksikalik aktyor Roxelio Gerra 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Meksika san'atkorlari Milliy assotsiatsiyasi feysbukdagi sahifasida xabar bergan. «Teatr va kino, televideniye hamda dublyaj aktyori, u juda ko‘plab loyihalarda qatnashgan, jumladan «Boylar ham yig‘laydi», «Yomon qarindoshlar» va «Hayot mendan nimani olib ketdi», - deyiladi xabarda. Aktyor «Boylar ham yig‘laydi» serialida asosiy rolni ijro etgan - Luis Albertoni. Assotsiatsiya Gerra vafot etgani munosabati bilan uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
2Dunyo
Mashhur turk aktyorlarining rafiqalari va yoqtirgan qizlari qanday ko‘rinishda? (foto) Turk seriallari dunyoni zabt etib kelmoqda. Filmlardagi kelishgan aktyorlar barcha mamlakatlardagi millionlab qizlarning orzusiga aylangan. Afsuski, bunday taniqli aktyorlarning deyarli barchasi oila qurgan yoki sevgisini allaqachon uchratgan. Burak O‘zchivit va Faxriye Evjen Burak O‘zchivit bir necha bor eng kelishgan turk aktyori sifatida e’tirof etilgan va u hanuzgacha Gollivudda emas, faqat vatanida bunday unvonlari bilan yurgani ajablanarli. Uning arsenalida o‘nlab filmlar: “Muhtasham yuz yil”, “Choliqushi” kabi romantik dramalar talaygina. Aynan shu serialning suratga olish jarayonlarida Burak o‘zining taqdiri — aktrisa Faxriye Evjen bilan tanishgan. Yulduzlarning ishqiy romantikasi o‘tkinchi sevgi emas, balki jiddiy munosabatga aylangan. Burak va Faxriye 2017-yilda turmush qurgan va ikki yildan so‘ng ularning to‘ng‘ich o‘g‘li Karan dunyoga kelgan. Mehmet Gunsur va Katerina Mojio “Muhtasham yuz yil”ning yana bir mashhur aktyori Mehmet Gunsur 15 yildan ortiq vaqt davomida italiyalik hujjatli filmlar kinorejissori Katerina Mojio bilan baxtli hayot kechirib kelmoqda. Aytishlaricha, Mehmet Katerinani birinchi ko‘rishdayoq sevib qolgan. Ular dunyoning turli burchaklaridan ekanliklari va turli xil dinlarga e’tiqod qilishlariga qaramay, darhol unga uylanishga qaror qilgan. Hatto Mojioning aktyordan 10 sm balandroq bo‘yi ham bunga to‘sqinlik qila olmagan. Hozirda juftlik uch farzandni voyaga yetkazmoqda, ammo ular oilaviy fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarda deyarli namoyish etmaydi. Ular aytganidek, baxt sukutni yaxshi ko‘radi, ularning turmushlari bunga yorqin misoldir. Chag‘lar Ertug‘rul va Kayla Manukyan Kino sohasida o‘zini sinab ko‘rishdan oldin Chag‘lar ko‘p yillar davomida model sifatida ishlagan, shuningdek, mexanik muhandis diplomini olgan. Ko‘rinishidan, Chag‘lar yulduzga aylanishini xayoliga ham keltirmagan. Ehtimol, shuning uchun ham u hali ommaga shaxsiy hayoti haqida gapirishga odatlanolmayotgandir. Shu sababli aktyorni ko‘pincha yolg‘iz deb hisoblashadi. Aslida u ko‘p yillardan beri stilist Kayla Manukyan bilan baxtli hayot kechirmoqda. Ancha yillar avval Kayla Chag‘larni taniqli aktrisa Meryem Uzerli bilan bo‘lgan munosabati tufayli tashlab ketgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ammo aktyorning o‘zi bu gaplarni inkor etgan va muxlislariga u sevgilisini tark etmoqchi emasligini doimo takrorlaydi. Kivanch Tatlilug‘ va Bashak Dizer Kivanch Tatlilug‘ moda olamining go‘zaliga uylangan. Va bu ajablanarli emas, chunki uning o‘zi kino sohasida ishlashidan avval, 2002-yilda dunyoning eng yaxshi erkak modeli unvoniga sazovor bo‘lgan. Ularning munosabatlari Kivanch 10 yildan beri munosabatda bo‘lgan “Dunyo go‘zali—2002” aktrisasi Azra Akin bilan ajralishganidan so‘ng boshlangan. Tatlilug‘ va Dizer 2016-yilda turmush qurishgan bo‘lsa-da, hali farzand ko‘rishga shoshilmayapti. Umuman olganda, Bashak bunday turmush o‘rtoq bilan qiynalishi turgan gap: uning kelishgan eri har doim boshqa aktrisalar bilan ishqiy sahnalarda rol o‘ynaydi. Ammo stilist rafiqasining aytishicha, u erini umuman rashk qilmaydi. Bunga ishonish qiyin, albatta. Chag‘atay Ulusoy va Duygu Sarishin Avvallari model bo‘lgan aktyor va bu sohada ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan hamda jahon kinematografiyasining eng jozibali erkaklari reytingiga kiradi. Bunday kelishgan erkakning sevgilisi bo‘lish qiyin — ayniqsa, ayol ham muvaffaqiyatli erning soyasi emas, balki superyulduz bo‘lishni xohlasa. Shuning uchun Chag‘atay va “Ichkarida” teleserialidagi hamkasbi (2016—2017) Duygu Sarishin o‘rtasidagi munosabatlar juda chigal. Ba’zida ular faqat do‘st ekanliklari haqida gapiradi, ba’zan esa sevishlarini tan olib, birga yashaydi. Ular ham bir necha bor ajralishga ulgurgan — masalan, Ulusoy Qo‘shma Shtatlarda karyerasini davom ettirish uchun ketganida. Kerim Bursim va Xande Erchel “Eshigimni taqillat” serialida ishbilarmon yigit va gulchi qiz obrazini gavdalantirgan aktyorlar haqiqiy hayotda ham bir-birlarini sevishlarini doim rad etib kelgan. Shunga qaramay, filmning yangi mavsumini suratga olishdan oldin Kerim va Xande birgalikda ta’tilga chiqdi va paparatsilardan yashirinishni uddalamoqda. Balki, bu munosabatlar nikoh bilan mustahkamlanar! Bundan tashqari, muxlislar azaldan Kerimga baxt tilaydi. Uning bir necha marta filmdagi partnyorlari bilan bo‘lgan sevgi qissasi ijobiy yakun topmagan. Munosabatlar unashtiruvgacha borgan, ammo marosim bekor qilingan.
7Madaniyat
“Agrobank” ishonadi, har kim o‘sishga qodir! Qiyinchiliklar hammada bo‘lishi mumkin. Lekin ularning oldida bosh egmasdan, harakatda davom etilsa, albatta, muvaffaqiyatga erishiladi. Bank matbuot xizmati: AgrobankPress Telegram
8O‘zbekiston
OAV: Erdo‘g‘an Suriya bo‘yicha muzokaralarda Putinga mag‘lub bo‘ldi Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan Suriya bo‘yicha muzokaralarda g‘alaba qozondi. Bu haqda Arab Weekly yozmoqda. Nashrdan qayd etishlaricha, Putin ehtiyotkorlik bilan harakat qilib, Erdo‘g‘anni Kreml pozitsiyasiga yaqinlashtirishga uringan. Ta'kidlanishicha, buning uchun poydevor oldindan tayyorlab qo‘yilgan. Har ikki yetakchining uchrashuvidan avval, Moskva Suriyaning Idlib viloyatida terrorchilar pozitsiyalari kuchayib borayotgani haqida ma'lum qildi. Bu Turkiyaning ushbu guruhlarni belgilangan muddatda qurolsizlantirish haqidagi va'dasiga qaramay sodir bo‘lgan. Nashr fikriga ko‘ra, muzokaralar yakunlari Turkiya prezidentining «mag‘lubiyati»ga aylandi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya Isroilga tahdid qilgandi.
2Dunyo
Britaniyalik ob-havo mutaxassislari 1,56 mlrd dollarlik superkompyuter oladi Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. Britaniyaning tadbirkorlik bo‘yicha vaziri Alok Sharmning ma'lum qilishicha, superkompyuterni moliyalashtirish loyihasi ob-havo va iqlimni modellashtirishni yaxshilashga qaratilgan. “Bu har bir odam, har bir davlat muassasasi va iqtisodiyotning har bir sohasi uchun muhimdir”, deb aytgan Met Office rahbari Penni Endersbi. Yangi qurilma dunyoning eng kuchli 50 ta superkompyuter orasiga kiruvchi amaldagi superkompyuter o‘rnini egallaydi. Ayni vaqtda ushbu superkompyuter har kuni sun'iy yo‘ldoshlar, meteorologik stansiyalar va okeandagi buylardan 200 mlrddan ko‘proq xabar oladi va uning quvvati bunday katta hajmdagi axborotni qayta ishlashga yetmayapti. Yangi superkompyuter Met Office ixtiyoriga 2022 yil oxirigacha topshiriladi va 5  yil davomida uning unumdorligi yaxshilanib boriladi.  Qurilmaning texnik imkoniyatlari oshkor qilinmagan.  Superkompyuter Yer atmosferasining virtual modelini yaratib, uni tomoni 100 metrlik kvadratlarga bo‘lib chiqadi. Amaldagi superkompyuter tomoni 10 kmlik kvadratlardagi ob-havo bo‘yicha prognozni shakllantira oladi.
2Dunyo
Portlashdan so‘ng Kattaqo‘rg‘ondagi ko‘chadan katta bosimli gaz quvurlari ko‘chirilyapti Joriy yil 8 oktabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahridagi xonadonlardan birida gaz portladi. Aniqlanishicha, mazkur xonadon yaqinidan AGQShga tortilgan yuqori bosimli gaz quvuri o‘tgan va undan sizib chiqqan gaz portlagan. «Hududgaz Samarqand» gaz ta'minoti matbuot xizmatining xabar berishicha, aholi xonadonlari yaqinidan o‘tgan gaz quvurlarini ko‘chirish choralari ko‘rilmoqda. Joriy yil 8 oktabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahridagi Ko‘hnadam mahallasi Toshkent ko‘chasi 145-xonadonda gaz portladi. Hodisa yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, mazkur xonadon gaz tarmog‘iga ulanmagan. Portlash uning yaqinidan AGQShga tortilgan yuqori bosimli gaz quvuridan sizib chiqqani tufayli sodir bo‘lgan. Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, Kattaqo‘rg‘on shahar Ko‘hnadam mahallasi Toshkent ko‘chasida, portlash sodir bo‘lgan xonadon yaqinidan bir nechta katta va kichik bosimli gaz quvurlari o‘tkazilgan. Ushbu quvurlarning bittasidan aholiga gaz borgan. Qolganlari esa Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchalariga tegishli yuqori bosimli gaz quvurlari bo‘lgan. Qayd etilishicha, gaz quvurlariga yaqin joylashgan xonadonlar egalari mazkur gaz quvurlarni ko‘chirish uchun mutasaddi tashkilotlarga bir necha bor murojaat qilgan. Ammo ularning murojaatiga jiddiy qaralmagan va gaz quvurlari xavfli emasligi haqida javob yo‘llangan. Jumladan, aholi murojaatlariga javoban yuborilgan viloyat hokimi o‘rinbosari A.Shukurovning xatida mazkur obektlarni ishlatish jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etish borasidagi huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlash maqsadida «Sanoatgeokontexnazorat» mutaxassislari tomonidan ekspertiza o‘tkazilgani, barcha loyiha hujjatlari davlat standartlariga mos tuzilgani, normativ hujjatlarda belgilangan talablarga to‘liq mosligi ta'kidlab o‘tilgan. «Hududgaz Samarqand» gaz ta'minotining ma'lum qilishicha, portlashdan so‘ng, hodisa yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Hodisaning sababini o‘rganish uchun yerosti tarmoqlari ochib ko‘rilganda xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lgan quvurdan sizib chiqqan gaz portlashga sabab bo‘lgani aniqlangan. Endilikda mazkur hududdagi gaz tarmoqlarini boshqa joyga ko‘chirish choralari ko‘rilmoqda. Eslatib o‘tamiz, bu kabi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarga aholi punktlari uzra tortilgan yuqori bosimli gaz quvurlaridan gaz sizib, xonadonlarda portlash sodir bo‘lgani borasidagi birinchi voqea emas. Ularning ayrimlari avval ham Kun.uz’da yoritilgan. 2019 yil 11 noyabr kuni Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanining Surum mahallasidagi namunali uy portlashi oqibatida bir oilaning 3 a'zosi vafot etdi va 3 kishi butun umrga majruh bo‘lib qoldi. R.Karimovga tegishli bo‘lgan 1-sonli namunaviy uydan 47,5 metr masofada yer ostidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuri teshilib, undan sizib chiqayotgan tabiiy gaz yer osti bo‘ylab R.Karimovning xonadoniga tarqalib, gaz chaqnashi oqibatida kuchli portlash yuz bergan. 2020 yil 30 noyabr kuni Yangiyo‘l tumani, «Qirariq» MFY, Istiqlol ko‘chasi, 80-uy ostidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuridan sizib chiqqan gaz xonadonga tarqalib, havo aralashmasi bilan qo‘shilib, uyda elektr chirog‘i yoqilishi natijasida portlash sodir bo‘lib, ikki kishi halok bo‘lgan edi.
8O‘zbekiston
Ueyn Runi Xitoyda to`p suradigan bo`lsa, yiliga 25 million funt maosh oladi “Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Ueyn Runi faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin. Runiga chin yurtining “Shanxay Telleys” klubi hujumchiga umumiy qiymati 75 million funtlik shartnoma taklif qilgan. Unga ko`ra, Runi uch yil xitoyliklar safida to`p suradi va yiliga 25 million funt maosh oladi. Hozirda Xitoy klubini Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sven-Yoran Eriksson boshqarmoqda.
13Sport
Afrika Kubogida yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi. Saloh Misrga g‘alaba keltirdi, Senegalda ham g‘alaba Afrika Kubogining yarim finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 30-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Misr terma jamoasi Marokashga qarshi bahs olib bordi. Avvaliga marokashliklar Sofiyan Bufalning penaltidan urgan goli evaziga oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Muhammad Saloh muvozanatni tikladi. Qo‘shimcha bo‘limlarda Salohning uzatmasidan keyin Trezege misrliklarni keyingi bosqichga olib chiqqan gol muallifiga aylandi. Yana bir uchrashuvda Senegal terma jamoasi Ekvatorial Gvineya ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Afrika Kubogida barcha yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. 2-fevral kuni Senegal termasi Burkina-Fasoga qarshi bahs olib borsa, 3-fevralda Misr musobaqa mezboni Kamerun bilan o‘ynaydi. Afrika Kubogi ¼ final bahslari 30-yanvar, yakshanba Gollar: 0:1 – 6, penalti Bufal, 1:1 – 53 Saloh, 2:1 – 100 Trezege. Gollar: 1:0 – 28 Dediu, 1:1 – 57 Buyla, 2:1 – 68 Kuyate, 3:1 – 79 Sarr.
13Sport
18-oktabr kuni O‘zbekiston shaharlari orasida eng ko‘p yog‘ingarchilik Jizzax, Qo‘rg‘ontepa va Toshkentda kuzatildi 18-oktabr kuni kunduzi va 19-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridan boshqa barcha hududlarida yog‘ingarchilik kuzatildi, deya axborot bermoqda “O‘zgidromet” (.pdf). Mamlakat bo‘yicha eng ko‘p yog‘in tog‘li hududlarga tushgan. Xususan, Chimyonga 28 millimetr yog‘in tushgan, hududda yomg‘ir qorga aylangan, tuman tushgan. Shaharlar orasida eng ko‘p yog‘ingarchilik Jizzax shahrida va Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa shahrida kuzatilgan. Har ikkala aholi yashash punktida 20 millimetrdan yog‘in tushgan, Jizzaxda yomg‘ir qorga aylangan. Poytaxt Toshkentda ham qariyb Jizzax va Qo‘rg‘ontepadagichalik yog‘ingarchilik kuzatilgan — 19 millimetr. Shaharda boshlangan yomg‘ir keyinchalik qorga aylangan, so‘ng yana yomg‘ir bo‘lib yoqqan. Qayd etilgan sanalarda mamlakat bo‘yicha eng kuchli shamollar Farg‘ona viloyatidagi Qo‘qon shahrida (soniyasiga 25 metr) va Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi Termizda (soniyasiga 21 metr) qayd etilgan. Skrinshot: “O‘zgidromet” Ma’lumot uchun, 20-oktabrga o‘tar kechasi va 20-oktabr kuni kunduzi faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari va mamlakatning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik ehtimoli bor. Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
8O‘zbekiston
«Rossiyaning Markaziy Osiyo bo‘yicha hech qanday maxfiy kun tartibi yo‘q» — Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Rossiya tomoni O‘zbekiston prezidentining avvalroq Moskvaga rejalashtirilgan davlat tashrifining joriy yilda amalga oshishiga umid qilmoqda va unga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Toshkentda «Valday» xalqaro munozara klubi hamkorligida o‘tkazilgan «Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari» xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi. «Juda jiddiy hujjatlar paketi tayyorlandi — birinchi navbatda savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida, shuningdek, boshqa sohalarda, shu jumladan mudofaa sohasida va biz mazkur tashrif haqiqatan ham tarixiy bosqichga aylanishiga umid qilamiz», — dedi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari. Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda prezidentning Moskvaga tashrifi rejalashtirilgan, shu yilning bahorida O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov mazkur tashrifga oid masalalarni muhokama qilgan edi. «Biz shaxsiy uchrashuvlar bo‘lishini xohlagan edik, biroq bunday to‘liq formatli tashrifni [saylovgacha] o‘tkazishga ulgurmasak, taklifimiz — prezidentlik saylovidan so‘ng darhol birinchi tashrifni Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirish», — degan edi o‘shanda Abdulaziz Kamilov. Andrey Rudenko konferensiya davomida Rossiyaning Markaziy Osiyodagi siyosati «maksimal darajada ochiq» ekanligini aytdi. «Bizning hech qanday maxfiy kun tartibimiz yo‘q, biz mintaqaning barcha davlatlari bilan teng huquqli hamkorlikni, ishonchli hamkorlikni, maksimal darajada halol, prinsipial muloqot orqali qurishga intilamiz, — dedi u. — Boshqa davlatlardan farqli o‘laroq, biz mintaqa davlatlarini siz kim bilansiz — Rossiya bilanmi yoki Rossiyaga qarshi qabilidagi geosiyosiy tanlovlar qarshisida qoldirish g‘oyalari yoki rejalari yo‘q». «Biz ko‘rsatilayotgan yordam va ko‘makni siyosatlashtirayotganimiz yo‘q, — deya davom etdi u. —  Biz uchun eng muhimi, mintaqa davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai nazardan rivojlanishi uchun mintaqada mintaqaviy va ehtimol yanada kengroq doiradagi xavfsizlik uchun qulay sharoitlar yaratilishi. Bu Rossiyaning mazkur davlatlar bilan uzoq muddatli, oldindan aytish mumkin bo‘lgan munosabatlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun asos bo‘ladi». Andrey Rudenkoning so‘zlariga ko‘ra, bularning barchasi «so‘nggi yillarda juda jadal rivojlanib borayotgan» Rossiya-O‘zbekiston hamkorligiga ham to‘liq taalluqlidir. «Bu ittifoqchilik va strategik sherikchilik xarakterini o‘zida mujassam etadi. Bu juda muhim xarakteristikadir — garchi O‘zbekiston KXSHTdagi (Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti — tahr.) ishtirokini 2012 yildayoq to‘xtatgan bo‘lsa ham, biz bu mamlakatni ishonchli va sodiq ittifoqchi deb bilamiz», — deya xulosa qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.
12Siyosat
Prezident Farg‘onada «Uz-Segang» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi Farg‘ona viloyatidagi 6ta ixtisoslashgan tumanda 20 ta meva-sabzavotchilik va uzumchilik klasteri tashkil etilgan. Bu yil ularda 288 ming tonna mahsulot yetishtirilib, 120 ming tonnasini eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan. Buning uchun sig‘imi 330 ming tonnadan ortiq bo‘lgan muzlatkichli omborxonalar, 25ta logistika markazi, 90ta qayta ishlovchi korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Uz-Segang» qo‘shma korxonasi yiliga 16 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish quvvatiga ega. Bu yerda 100 milliard so‘m evaziga zamonaviy logistika markazi tashkil etilgan. Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoydan ilg‘or texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Masalan, Italiyaning ICEOL texnologiyasi gilosni rangi va kattaligi bo‘yicha saralab qadoqlaydi. Sifatsizlarini lazer nuri orqali aniqlab, alohida joylaydi. Janubiy Koreyadan keltirilgan SNP liniyasi anorni xuddi shunday saralaydi. Mevaning ichidagi pishmagan yoki chiriy boshlagan joyni ham aniq ko‘rsatadi. Bu xaridorlar ishonchini qozonib, eksportni rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Korxona mahsulotlari “Global G.A.P.” xalqaro sertifikatiga ega. Joriy yilda Xitoy, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Polsha, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlarga 20 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinadi. Kompaniyada 250 nafar yigit-qiz ish bilan ta'minlangan. Prezidentimiz bu korxonani doimiy xomashyo bilan ta'minlash masalasiga ahamiyat qaratdi. Buning uchun unga hududdagi bog‘larni biriktirish, yangi bog‘lar va laboratoriya tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
8O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida 21.06.2017 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) faoliyatiga ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-son Farmoniga asosan: 1.Quyidagilar tashkil etilsin: Byuroning tuzilmasida 25 ta shtat birligidan iborat boʻlgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi); Byuro hududiy boshqarmalarining tuzilmasida 42 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda Markazning hududiy boʻlimlari deb yuritiladi). 2.Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin: Byuroning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish, rivojlantirish va yuritish boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash;  elektr energiyasi va tabiiy gazni avtomatlashtirilgan elektron hisobga olish va nazorat qilish tizimini ishlab chiqish hamda yuritishda koʻmaklashish;  elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida suiiste’molchilik, talon-toroj holatlari hamda boshqa huquqbuzarliklarni samarali oldini olish imkonini beruvchi ilgʻor axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish hamda joriy etish; Byuroning axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini rivojlantirish, ularni boshqa davlat organlarining tizimlari bilan integratsiya qilish; Byuroning axborot xavfsizligiga taxdidlarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga qarshi kurashish, axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish, axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini himoya qilish boʻyicha texnik infratuzilmalarni joriy etish hamda rivojlantirish; axborot tizimlari, resurlari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida Byuro xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. 3.Belgilab qoʻyilsinki: Markaz Byuroning mustaqil boshqarmasi huquqi bilan yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi; Markazga Byuro direktorining takdimnomasi boʻyicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi; Markazning hududiy boʻlimlari oʻz faoliyatida Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari va Markaz direktoriga boʻysunadi; Markaz va uning hududiy boʻlimlarining ta’minoti Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. 4.Quyidagilar: Markazning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; Markaz va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari 2 va 3-ilovalarga muvofiq; Markaz va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining shtatlar jadvali 4 va 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 5.Belgilab qoʻyilsinki: ushbu qaror bilan tasdiqlangan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlariga koʻra Markaz va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari ikki baravar miqdorda qoʻllaniladi; Markaz va uning hududiy boʻlimlarining boshqaruv xodimlariga alohida mehnat sharoitlari uchun ularning lavozim maoshiga 100 foiz miqdorida oylik ustama toʻlanadi. Bunda ushbu ustama qonun hujjatlarida belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblashda Markaz va uning hududiy boʻlimlari xodimlarining lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi; Markaz va uning hududiy boʻlimlari xodimlariga ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda Byuro xodimlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralari qoʻllaniladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga Markaz va uning hududiy boʻlimlari tuzilmasiga belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin. Byuro direktoriga: Markaz va uning xududiy boʻlimlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, boshqa mutaxassislik sohasida oliy ma’lumotga, zarur bilim va ish tajribasiga ega boʻlgan malakali kadrlarni ishga qabul qilish; Markazga boshqa mutaxassislarni (dasturchilar, kompyuter tizimlari va tarmoqlari xavfsizligi, avtomatlashtirilgan tizimlarda ma’lumotlarni himoya qilish boʻyicha mutaxassislar, kompyuter muhandislari, veb-dizaynerlar va boshqalar) shartnomaviy-huquqiy asosda jalb etish huquqi berilsin. 7.Byuro bir oy muddatda: Markaz toʻgʻrisidagi nizomning tasdiqlanishini; Markaz va uning hududiy boʻlimlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan professional darajada foydalanish qobiliyatiga ega malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Markaz hamda uning hududiy boʻlimlarini zamonaviy kompyuter texnikasi, aloqa, mebel hamda ishni samarali tashkil etish uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanishini ta’minlasin. 8.O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Markaziy bank, Intellektual mulk agentligi, Davlat personallashtirish markazi, Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, boshqa vazirliklar hamda idoralar ikki oy muddatda Markazga oʻzlarining ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlaridan toʻlaqonli foydalanish imkoniyatini ta’minlasin. 9.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3016-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin. 10.O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda ushbu qaror talablariga muvofiq Byuroning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasiga oʻzgartishlar kiritsin. 11.Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B.Abdullayev zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi            Prezidenti                         Sh.Mirziyoyev Toshkent shahri
12Siyosat
IIV: 60 mingga yaqin holatlarda karantin qoidalari buzilgan Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan 14 aprel kuniga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami — 59 921 ta holat aniqlangan. Bu haqda ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Hududlar taqsimida aksariyat qoidabuzarliklar Toshkent shahrida (10 100 ta holat), Toshkent viloyatida (8588) va Farg‘ona viloyatida (8644) qayd etilgan. Eng kam qoidabuzarliklar esa Surxondaryo (2053), Xorazm (1997) va Navoiy viloyatlarida (671) sodir etilgan. Ma’lum qilinishicha, karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilmaslik yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bir qator shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ular qatorida tibbiy niqob taqmasdan yurganlik, ruxsatnomasiz o‘z transportlarida bemaqsad yurganlik, spirtli ichimlik ichib, karantin qoidalarini buzganlik va boshqa qoidabuzarliklar kuzatilgan. Xususan,13 aprel kuni Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, «Nurobod» mahallasi, Muqimiy ko‘chasida yashovchi 1988 y.t. Sh. K. IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54, 183, 187 va 194-moddalari asosida ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilgan.
5Jamiyat
6 oy ichida IELTS 7+ CEFR B1 sertifikatini olish sirlari! Abituriyentlar uchun 299 kunlik ta'lim! «TIME LIMIT» abituriyentlar maktabi o‘z nomi bilan faqat vaqt bilan hamnafas ishlaydi. Har bir abituriyentni o‘z safiga chorlaydi. Shoshiling!!! «Vaqting ketdi, naqding ketdi». Hurmatli IELTS va CEFR serifikatini olishni istovchilar, siz ko‘p tayyorgarlik ko‘rdingiz, lekin nega IELTS va CEFR sertifikatiga erisha olmadingiz? Keling, sababini «TIME LIMIT»da topasiz. Har bir abituriyentga individual yondashuv va uning uchun mos bo‘lgan zamonaviy interaktiv metodlar faqat bizda qo‘llaniladi. Sizda IELTS va CEFR sertifikatiga erishish uchun imkoniyat mavjud. Ana shunday imkoniyatni sizga «TIME LIMIT» o‘quv markazi bera oladi. Markazimizda 6 oy ichida 5 kishilik kichik guruhda IELTS 7+ va CEFR sertifikatiga ega bo‘lishingizga 100 foiz kafolat beramiz. Qabul soni chegaralangan. 1-semestrga 20 nafar tinglovchi qabul qilinadi. Darslar 1 oktabrdan boshlanadi. Qabul davom etmoqda… Maxsus kurslar: •  IELTS 7+ va CEFR B1 sertifikati (qabul soni 20 nafar); •  Koreys tili bilish darajasi sertifikati (qabul soni 20 nafar); •  Xitoy tili bilish darajasi sertifikati (qabul soni 20 nafar); •  Nemis tili ( qabul soni 20 nafar); •  Rus tili ( tezkor gaplashish 3 oyda); Turk tili (tezkor). Hurmatli ota-onalar, endi siz «TIME LIMIT» o‘quv markazida tahsil olayotgan farzandingizni dars jarayonini o‘z uyingizda o‘tirgan holda videotasvir orqali tomosha qilish imkoniyatiga egasiz. Biz o‘qituvchilarimizga ishonamiz va darslarimizni shaffof tarzda olib boramiz. Ming marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan yaxshi. Shu bilan birga «TIME LIMIT» o‘quv markazida abituriyentlar quyidagi yo‘nalishlarda kafolatli tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin: Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha: •  Matematika; •  Ingliz tili; •  Ona tili va adabiyot. Ijtimoiy gumanitar yo‘nalish bo‘yicha: •  Tarix; •  Ona tili va adabiyot. Texnika yo‘nalishi bo‘yicha: •  Matematika; •  Fizika; •  Ingliz tili (Ona tili va adabiyot). Tabiiy yo‘nalish bo‘yicha: •  Kimyo; •  Biologiya; •  Ona tili va adabiyot. Xorijiy filalogiya yo‘nalishi bo‘yicha: •  Ingliz tili (CEFR); •  Ona tili va adabiyot; •  Tarix. Har bir fan haftada 3 marta, 2 soatdan olib boriladi. «TIME LIMIT» o‘quv markazida ta'lim olishni tanlagan o‘quvchilarning imtiyozlari: Xizmatlar litsenziyalangan. To‘lovlar naqd, plastik kartochka yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasi, 10-mavze, 1-uy. Qo‘shimcha ma'lumotlar: www.t-limit.uz Telefon raqami: (95) 142 11 99, (90) 989 99 11, Telegram: (93) 538 83 08. Telegram kanal: https://t.me/timelimituz
5Jamiyat
Foto: OAV Sayfullo Soipov haqida yangi ma'lumotlarni aniqladi 31 oktabr, seshanba kuni Manxettenda yuk mashinasini boshqargan shaxs odamlarni qasddan urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi. Kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Saipov terakt ijrochisi sifatida gumon qilinmoqda. U ayni vaqtda qo‘lga olingan. 29 yoshli bu terrorchi Uber haydovchisi sifatida ishlagan. Ayrim manbalarga ko‘ra, u mashinada teraktni IShID nomidan sodir etgani ifodalangan yozuv qoldirgan. Huquq-tartibot organlari ma'lumotlariga ko‘ra, u Nyu-Jyersi Paterson shahrida yashagan.  Uning yonida haydovchilik guvohnomasi topilgan, guvohnoma Florida shtati, Tampa shahrida berilgan. Soipovning tanishi - Qobiljon Matkarov «u juda baxtiyor odam bo‘lgani» haqida aytib berdi. «U AQShni sevardi, u terrorchi emas. U hamisha baxtli edi va tabassum qilardi», degan Matkarov. The New York Times ma'lumotiga ko‘ra esa, Soipov avval ham AQSh hukumati e'tiboriga tushgandi. Xabarda yozilishicha, huquq-tartibot organlari Sayfullo Soipov haqida Nyu-Yorkdagi teraktga aloqasi bo‘lmagan tekshiruv doirasida axborot to‘plagan. Soipov tergovni birinchi navbatda qiziqtirgan shaxsning qarindoshi yoki tanishi bo‘lgan. AQSh ichki xavfsizlik vazirligi, FQB va Nyu-York politsiya boshqarmasi ikki yil davom etgan tekshiruv yakunlariga ko‘ra, 5 nafar o‘zbekistonlik va bir qozog‘istonlikka nisbatan IShID terrorchilik guruhini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rasmiy ayblov e'lon qilgan edi. Soipov ulardan biri bo‘lgan-bo‘lmagani noma'lum.
2Dunyo
Transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘tgan davr mobaynida respublikaning turizm salohiyatini yuksaltirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi, turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda O‘zbekistonning tashrif uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi obro‘sini shakllantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘rildi. Xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha yaratilgan tizim turizm joylarida hamda turistlar tomonidan respublika bo‘ylab harakatlanish uchun faol foydalanilayotgan temir yo‘l va havo-transport infratuzilmasi obyektlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini o‘zida birlashtirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5611-son hamda 2019-yil 1-fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-son farmonlariga muvofiq, shuningdek, transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini samarali ta’minlashning sifat jihatidan yangi bosqichiga o‘tish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining: Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida joriy etilayotgan Xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasini (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) Toshkent shahri, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida tatbiq etish va bosqichma-bosqich amalga oshirish; ichki ishlar organlarining belgilangan shtatlar soni doirasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalarini (keyingi o‘rinlarda — boshqarmalar) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Boshqarmalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: bevosita turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari xizmatini samarali tashkil qilish; ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash borasidagi faoliyatiga axborot-texnik jihatdan ko‘maklashish, ular o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlashtirilgan hamkorlik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish; turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida kriminogen vaziyatni tizimli tahlil qilish, turistlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: metropoliten, temir yo‘l, havo-transport va turizm namoyishi obyektlari va infratuzilmasi hududlarida (keyingi o‘rinlarda — transport va turizm obyektlari) jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish; transport va turizm obyektlari hududlarida kriminogen vaziyatni tizimli tahlil qilish, yo‘lovchi va turistlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish; yo‘lovchilarning harakatlanish xavfsizligini, temir yo‘l va havo transportida tashiladigan tovar-moddiy boyliklarning butligi va qo‘riqlanishini samarali ta’minlash; transport va turizm obyektlarida terroristik tahdidlarni, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, o‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi, radiaktiv, zaharli, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharlovchi moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq holatlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishni tashkil qilish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda transport va turizm obyektlari va ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning markazlashgan muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish. 3. 2019-yil 1-apreldan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentining Xavfsiz turizm boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda — xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari) shartnoma asosida turistlar va turistik guruhlarni, shu jumladan avtotransportda harakatlanish vaqtida kuzatib borish hamda moddiy madaniy meros obyektlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega; transport obyektlarida, birinchi navbatda turizm yo‘nalishdagi poyezdlarda xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha funksiyalar transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi; transport obyektlarida sodir etilgan jinoyat va hodisalar haqidagi xabar va arizalarni hisobga olish va qayd etish markazlashgan tartibda transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalarining navbatchilik qismlari tomonidan amalga oshiriladi; transport obyektlari va ularga tutash hududlarda sodir etilgan jinoyatlar bilan bog‘liq bahsli materiallarni ko‘rib chiqishga doir qaror qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining sohaviy va mintaqaviy nazoratni ta’minlash yuzasidan biriktirilgan o‘rinbosari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi; turizm yo‘nalishidagi temir yo‘l transportida harakatlanish davomida sodir etilgan, tegishliligi bo‘yicha ichki ishlar organlariga taalluqli bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish ularda jamoat tartibini samarali ta’minlash uchun kuzatuvchi profilaktika inspektorlari lavozimlarini bosqichma-bosqich joriy etish orqali bevosita poyezdlarning o‘zida amalga oshiriladi; temir yo‘l vokzallari va aeroportlar atrofida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari buzilishining oldini olish va chek qo‘yish hududiy ichki ishlar organlari bilan birgalikda transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 4. Belgilansinki: xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari joylarda Konsepsiyaning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan ishchi organ sifatida faoliyat olib boradi; xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari o‘z xizmat faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan alohida farqlovchi belgilar, avtotransport vositalarida yagona svetografik sxemalar hamda emblemadan foydalanishlari mumkin; boshqarma boshliqlari bir vaqtning o‘zida tegishlicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari hisoblanadi; boshqarmalarga Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlari ichki ishlar organlarining turdosh bo‘linmalari uchun qonunchilikda belgilangan kadrlarni tanlash va mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi; Toshkent shahar, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari hokimlari tegishli vazirlik va idoralar hududiy bo‘linmalarining Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha faoliyati ustidan tizimli nazoratni ta’minlaydilar hamda ularning yaqin va samarali hamkorligini tashkil etish bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadilar; ichki ishlar organlari respublikada xavfsiz turizmni ta’minlash ahvolini tizimli monitoring qiladi hamda turistlar oqimi va yuzaga kelayotgan tezkor vaziyat tahlili asosida mazkur yo‘nalishdagi ish samaradorligini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga vaqti-vaqti bilan takliflar kiritib boradi; transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari faoliyatini kundalik tartibga solish masalalari bo‘yicha tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlariga, xizmat va tezkor faoliyatni tashkil etish masalalari bo‘yicha bevosita Bosh boshqarmaga bo‘ysunadi. 5. 2019-yil 1-apreldan boshlab yuridik shaxs tashkil etmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida Xavfsiz turizmni ta’minlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin hamda uni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga turistik (mehmonxona) yig‘imidan kelib tushadigan tushumlarning 10 foizi; xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari xodimlari tomonidan tegishliligiga ko‘ra ularga taalluqli ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha undirilgan jarima mablag‘lari; mazkur qarorga muvofiq xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun kelib tushadigan mablag‘lar; xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan: xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari xodimlarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy qilish hamda turizm namoyishi va infratuzilmasi obyektlarining soni hamda o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu sohaga fuqarolarni shartnoma asosida jalb qilish; xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari xodimlari uchun, qonunchilikda belgilangan boshqa qo‘shimcha haqlardan qat’i nazar, lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda rag‘batlantiruvchi ustamalar joriy etish huquqi berilsin. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari faqat quyidagilar uchun sarflanadi: xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalarining xodimlarini rag‘batlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari xodimlarining kasbiy tayyorgarligini oshirish, ular tomonidan ilg‘or xorijiy tajribani, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga chiqish orqali o‘rganish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish; xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari xodimlarining qo‘shimcha joriy etilgan va budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmaydigan shtat birliklarini hamda shartnoma asosida jalb qilingan fuqarolarni moliyalashtirish; xavfsiz turizmni ta’minlash sohasida ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazish, loyiha, dastur va boshqa tadbirlarni amalga oshirish. 8. 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasida xavfsiz turizmni ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli va samarali amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 9. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga: shartnoma asosida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mablag‘lari hisobidan turistik yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l poyezdlarida profilaktika inspektorlarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish; transport obyektlarida huquqbuzarliklarni aniqlash va o‘z vaqtida chek qo‘yish hamda favqulodda holatlarda harakatlanish maqsadida idoraviy vertolyot texnikasi imkoniyatlaridan foydalanish tartibini belgilash huquqi berilsin. 10. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari turizm obyektlari va infratuzilmasi hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini moddiy-texnik mustahkamlash maqsadida uch oy muddatda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 3 tadan yengil avtomobil, 5 tadan skuter va 5 tadan mototsikllarni bir martalik xarid qilish va ajratish choralarini ko‘rsin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda: ikki oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, Bosh boshqarma tuzilmasida transport obyektlari va ularga tutash hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashning markazlashgan muvofiqlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi situatsion-tahliliy markazni tuzish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin; transport obyektlarida, shu jumladan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Uzbekistan airports” AJ mablag‘lari hisobidan intellektual videokuzatuv tizimini joriy etishni hamda uni “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksiga bosqichma-bosqich integratsiya qilishni ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda transport va turizm obyektlarida jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida politsiya tuzilmalari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan, shu jumladan ishchi safarlarni tashkil etgan holda uchrashuv va muzokaralarni nazarda tutuvchi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish dasturini tasdiqlasin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi: bir oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin; O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Xavfsiz turizmni ta’minlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin; yangidan tashkil etilayotgan bo‘linmalarning to‘laqonli faoliyatini ta’minlash maqsadida ikki oy muddatda, faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ularni joylashtirish, jihozlash, malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish chora-tadbirlarini ko‘rsin; manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 14. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari, Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari, Jamg‘arma, mahalliy budjetlar mablag‘lari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. 15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2883-son qarorida: a) 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Toshkent viloyati temiryo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi, Toshkent shahar aeroportlarida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi, shuningdek, metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga bo‘ysunadi; transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari (bo‘limlari) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyat ichki ishlar boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi hamda tegishlicha ularning boshliqlariga — faoliyatni tartibga solish bo‘yicha kundalik masalalar yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasiga — xizmat va tezkor faoliyatini amalga oshirish masalalari yuzasidan bo‘ysunadi”; b) 1-ilovada: 6-bandning oltinchi xatboshidagi va 7-band “d” kichik bandining birinchi xatboshidagi “qurol-yarog‘, boshqa” so‘zlari chiqarib tashlansin; 7-bandning “a” kichik bandidan oltinchi va yettinchi xatboshilar chiqarib tashlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3413-son qaroriga 1-ilovada: 9-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati va oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga xizmatga, istisno tariqasida, Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolar orasidan ham nomzodlarni tanlash va qabul qilishga ruxsat beriladi”; 11-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “11. Dastlabki tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini rasmiylashtirish ichki ishlar organlarining kadrlar bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Nomzodning tegishli hujjatlarini yig‘ish jarayonida unga bir paytning o‘zida xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiyasiga yo‘llanma beriladi”; 19-bandning ikkinchi xatboshisida “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kasbiy tayyorgarlik fakultetida” so‘zlaridan keyin “yoki Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 75-bandning birinchi xatboshidagi “kiritiladi” so‘zi “kiritilishi mumkin” so‘zlari bilan almashtirilsin; 159-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Ushbu Nizomning 144-bandi “a” kichik bandiga muvofiq xizmatdan bo‘shatilgan xodimlar ularning ichki ishlar organlaridagi kalendar hisobdagi amaliy ish staji o‘n yildan ortiq bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy ichki ishlar organlari va sohaviy xizmatlari, ta’lim muassasalari boshliqlarining asoslantirilgan taqdimnomalariga asosan, shuningdek xizmatdan bo‘shashiga o‘qishga kirishi sabab bo‘lgan hollarda xizmatga qayta qabul qilinishi mumkin”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslar mulkining qo‘riqlanishini ta’minlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4060-son qarorida: 1-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “ichki ishlar organlarining” so‘zlari chiqarib tashlansin; 2-bandning birinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligi” so‘zlari “Milliy gvardiya” so‘zlari bilan almashtirilsin; 3-bandning ikkinchi xatboshi, 4-band, 6-bandning ikkinchi va beshinchi hamda 8-bandning oltinchi xatboshilaridagi “ichki ishlar organlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4075-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshidagi “tuman (shahar) ichki ishlar organlarining boshliqlari tomonidan” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10Qonunchilik
AQShda yashayotgan yana bir aktyor Sherzod Bin O‘zbekistondan ketgani haqida: Menda halovat yo‘q edi Taniqli aktyor va parodist Sherzod Bin (Saydialiyev) hozirgi kunda AQShning Pensilvaniya shtati Holland shahrida yashamoqda. Jurnalist Jasur Hamroyev Sherzod bilan uchrashib, suhbatlashdi. Sherzod Bin suhbat davomida nima sababdan O‘zbekistondan AQShga ko‘chib ketgani haqida ham gapirib o‘tdi. “Menda shunaqa muammolar boshlandiki, ularni kasbimning orqasidan hal qila olmadim. O‘sha vaziyatda menga faqat Olloh yordam berdi. O‘zbekistondan ketganimga keladigan bo‘lsak, menda xotirjamlik yo‘q edi, halovat yo‘q edi. Ollohga shukur, hozir oilam bilan yaxshi yashayapman. Nimaga xotirjamlik yo‘q edi, degan masalaga kelsak, odam ba’zan hech kim sizni tanimaydigan joyga ketgingiz, yolg‘iz qolgingiz kelarkan. ‘Keling, siz bilan bir rasmga tushaylik’, — deydigan odamlardan qochgingiz kelarkan. Lekin san’at sohasida faoliyat yuritganimga shukur qilaman. Agar shu sohada bo‘lmaganimda Farruh Soipov, Ulug‘bek Rahmatullayev, Sardor Rahimxon kabi do‘stlarim bo‘lmasdi. Ular Olloh yo‘lida yaxshi ishlar qilgan insonlar”, — deydi Sherzod. Shuningdek, Sherzod Bin o‘zbekistonlik shou-biznes vakillaridan biridan qattiq xafa bo‘lgani, ayni damda uni kechirgani haqida ham gapirib o‘tdi hamda o‘zi bilib-bilmay xafa qilgan insonlardan ham kechirim so‘radi. “Jahongir Otajonov mendan xafa ekanlar. Kechirim so‘rayman. Yana kimlarnidir bilib-bilmay xafa qilgan, ko‘ngliga ozor bergan bo‘lsam, meni Olloh yo‘lida kechirishinglarni so‘rayman”, — deydi u. Suhbatdan ma’lum bo‘lishicha, Sherzod Bin san’at sohasidan uzoqlashgan, u Holland shahrida Basil deb nomlangan o‘zbek taomlari tamaddixonasini ochgan. Ma’lumot uchun, Sherzod Bin nafaqat aktyor va parodist, balki rejissor sifatida ham faoliyat yuritgan. U 2016-yilda “Qaysar oshiqlar” deb nomlangan filmni suratga olgan edi.  Sobirjon Mo‘minov AQShga ko‘chib ketishi sababi va u yerda nima ish bilan shug‘ullanayotgani haqida so‘zlab berdi
7Madaniyat
Qashqadaryolik fuqaro tabiiy gazdan zaharlanib vafot etdi Joriy yilning 18 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida yashagan S.H. uyi oshxonasida gaz plitasini yoqib, nazoratsiz qoldirishi oqibatida gaz plitasidan sizib chiqqan tabiiy gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
5Jamiyat
“O‘zbekneftgaz”: Uglevodorod zaxiralarini o‘stirish hamda yangi konlarni ochish maqsadida “Sho‘rtan” hududida 3D seysmik-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda Davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini amalda bajarish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida Ishchi guruh tuzilib, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zbekgeofizika” AJ bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Sho‘rtan” konining yangi istiqbollarini aniqlashga qaratilgan 3D seysmik-qidiruv ishlari boshlandi. 2022 yilda geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish 2 barobarga oshirilib, tabiiy gazni qayta ishlash zavodlarini xomashyo resurslari bilan ta’minlash borasida “Yo‘l xaritasi” tuzildi. “O‘zbekneftgaz” AJ mablag‘lari hisobidan “Sho‘rtan” hududida 2021 yilda 620 kv.km. maydonda 3D seysmik-qidiruv ishlari bajarilgan bo‘lsa, joriy yil yanvar oyining o‘zidayoq yana 90 km.kv maydonda ishlar bajarildi. 3D seysmik-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun pudratchi sifatida “O‘zbekgeofizika” AJ jalb etilgan bo‘lib, AQShning “INOVA” kompaniyasida ishlab chiqarilgan seysmik uskunalar va jihozlar yordamida 400 dan ortiq mahalliy mutaxassislar hamda 50 dan ortiq maxsus texnikalar ishtirokida uzluksiz ish tashkil qilindi. Amalga oshirilayotgan 3D seysmik-qidiruv ishlarining sifat ko‘rsatkichlari malakali mutaxassislardan iborat “Supervayzerlar guruhi” tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda. Olingan ma’lumotlar esa “Ma’lumotlarni qayta ishlash” markazlariga yetkazib berilib, tezkor tartibda qayta ishlanmoqda. 3D seysmik-qidiruv ishlarining yakuniy ma’lumotlari “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufida mavjud bo‘lgan eng so‘nggi rusumdagi serverlar, zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ilg‘or dasturiy ta’minotlardan foydalangan holda raqamli geologik modellashtirish orqali tahlil qilinmoqda. Ushbu ishlarni bajarish natijasida, “Sho‘rtan” hududidagi barcha konlarning yangi istiqbollari baholanib, tabiiy gazga to‘yingan yangi qatlamlar aniqlanmoqda. Neft va gazga istiqbolli bo‘lgan yangi maydonlar, uchastkalar hamda quduqlarni burg‘ilash nuqtalari belgilab olindi. Olib borilgan ishlarning samarasi o‘laroq, “Sho‘rtan” koni hududida 1-sonli terrigen yura qudug‘ini burg‘ilash ishlari boshlandi va hozirda uning chuqurligi 1395 metrga yetdi. “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan geologiya-qidiruv ishlarini samarali amalga oshirish, 2022 yil yakuni bo‘yicha belgilangan barcha prognoz ko‘rsatkichlarni to‘liq bajarishni ta’minlash maqsadida, ushbu tadbirlarga sohaning eng malakali geolog va geofizik mutaxassislari jalb etildi. “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Respublikaning Ustyurt, Gazli, Muborak va Sho‘rtan hududlarining istiqbolli maydonlarida uglevodorod zaxiralarini o‘stirish hamda yangi neft va gaz konlarini ochishga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv ishlari davom ettirilmoqda. “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati Ⓣ
8O‘zbekiston
Kosonda 61 yoshli fuqaro, Chiroqchida esa bir yoshli chaqaloq isitish moslamalaridan kelib chiqqan yong‘in oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi Qashqadaryo viloyatida isitish moslamalaridan kelib chiqqan yong‘in oqibatida Koson tumanida 61 yoshli fuqaro, Chiroqchida esa bir yoshli chaqaloq vafot etgan. Bu haqda Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri. Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, viloyatda 2021-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida 709 ta yong‘in kelib chiqqan bo‘lib, yong‘inlar natijasida 5 nafar fuqaro vafot etgan. 29 nafar fuqaro esa kuyish tan jarohatini olgan. “Sodir bo‘lgan yong‘inlarning 533 tasi, ya’ni 75 foizi aholi turar joylariga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, shulardan 129 tasi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzish natijasida, 35 tasi qasddan o‘t qo‘yish natijasida, 279 tasi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida, 47 tasi esa isitish pechlarini qurish va ishlatish qoidalarini buzish va 112 tasi bolalar sho‘xligi oqibatida kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi. Mazkur yong‘inlar keltirgan zarar esa salkam 4 milliard so‘mni tashkil qildi”, — deydi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev. Farhod Mirzayevning ma’lumot berishicha, 2021-yilning 21-yanvar kuni Koson tumanida yashovchi 1960-yilda tug‘ilgan fuqaro O. uyidagi isitish pechini noto‘g‘ri yoqishi, ya’ni gaz ballondan chiqqan suyuqlikni pechga solib yoqishi oqibatida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 60—65 foiz kuyib vafot etgan bo‘lsa, 2021-yilning 10-aprel kuni Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro xonadonida bir nechta elektr pechlarning ulanishi oqibatida elektr uskunalarning zo‘riqishidan kelib chiqqan yong‘inda fuqaroning beshikdagi bir yoshli farzandi yuz foiz kuyib, vafot etgan.
8O‘zbekiston
Rossiya xalqaro aviaqatnovlarga qo‘yilgan cheklovlarni 1 avgustgacha uzaytirdi Rossiya havo transporti federal agentligi (Rosaviatsiya) aeroportlar va aviakompaniyalarga mamlakatga xorij fuqarolari kirishiga qo‘yilgan cheklov uzaytirilganligi to‘g‘risida telegramma  yubordi, deb xabar bermoqda RBK. «Rossiya Federatsiyasiga xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirishiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov 2020 yil 31 iyul soat 23.59gacha amal qiladi», — deyiladi telegrammada. U  Iyun boshlarida Rosaviatsiya koronavirus bilan bog‘liq cheklovlarni muvofiqlashtiruvchi Rospotrebnadzorga 15 iyuldan xalqaro aviaqatnovlarni qisman ochish taklifi bilan chiqqandi. Ammo bu taklif hozircha ma'qullanmadi, deb ma'lum qildi RBK manbalari. Chegaralar qachon ochilishini tashqi ishlar vaziri Sergey Lavro ham bilmaydi.  «Biz Rossiya hukumatini epidemiologik holat nuqtai nazaridan xorijdagi vaziyat qandayligi hamda ular tashqi olam uchun qanday ochilayotgani to‘g‘risidagi axborot bilan real vaqt rejimida ta'minlab turamiz», — dedi u Russia Today’ga bergan intervyusida.
2Dunyo
Uch yilda qurilish sohasida 119 nafar ishchi vafot etdi Oxirgi uch yilda faqat qurilish sohasida 302ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan hamda 119 nafar ishchi xodimlar vafot etgan. Bundan tashqari, 117 nafar ishchi og‘ir tan jarohat olgani qayd etilgan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat mehnat inspektori Nozima Sulaymonova ma’lumot berdi. 12 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan anjumanda gapirgan davlat inspektori mehnat faoliyatida vafot etgan marhum ishchilarning oilalarini ijtimoiy himoya qilish mexanizmlariga to‘xtalib o‘tdi. «Bu og‘ir tan jarohati deganda, demak, mehnat qilish qobiliyatining qaysidir qismini yo‘qotib bo‘lgan va o‘zining mehnat faoliyatini amalga oshirishga qiynaladigan holatlar. Bularga to‘lov qanday amalga oshiriladi? Turgan gap, agar har bir tashkilot ish beruvchining fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasini qilgan bo‘lsa, bu sug‘urta kompaniyalari orqali amalga oshiriladi. Lekin qilinmagan bo‘lsa, pudrat tashkilotlari ko‘p holatlarda haqiqatda bu sug‘urtani amalga oshirmagan — ish beruvchining shaxsiy mablag‘laridan, ya’ni korxonaning mablag‘laridan amalga oshiriladi», — dedi u. Sulaymonovaning aytishicha, mehnat davomida yuz bergan baxtsiz voqea yuzasidan, avvalo, komissiya tuziladi. Shundan so‘ng, 15 kun ichida hodisa tekshiriladi, hujjatlar rasmiylashtiriladi va har bir jarohat olgan yoki jabr ko‘rgan oilaga komissiya a’zolari tashrif buyurib, o‘zining qonunchilikda bor imkoniyatlarini tushuntirishi shart. «Shundan so‘ng, barcha to‘lovlar uzog‘i bilan bir oy ichida amalga oshirilishi kerak. Ishchi vafot etgan bo‘lsa, demak bir vaqtning o‘zida to‘lanadigan olti yillik o‘rtacha mehnat haqi berilishi kerak va marhumning qaramog‘ida farzandlari bo‘lganda, har bir farzandiga to u 18 yoshga to‘lgunga qadar vafot etgan xodimning o‘rtacha bir oylik mehnat haqi qaramog‘idagi farzandlari soniga bo‘linadi va oyma-oy to‘lab boriladi», — deya qo‘shimcha qildi u. Ta’kidlanishicha, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, bundan tashqari, Pensiya jamg‘armasi korxona likvidatsiya bo‘lsa, ya’ni tugatilsa, bu to‘lovlar hammasini o‘z vaqtida bajarilishini o‘z zimmasiga oladi.
5Jamiyat
Obama yadro qurolsizlanishini davom ettirish istagini bildirdi AQSh prezidenti Barak Obama Vashington yadro qurolsizlanishi jarayonini davom ettirishni istayotganligi, biroq hozircha Rossiya tomonidan bu borada o‘zgarishlar sezilmayotganligini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. “Men prezident sifatida yadro aslahalarimiz kelgusida qisqarishini afzal ko‘rgan bo‘lardim”, — deya ta’kidlagan Obama Vashingtonda bo‘lib o‘tgan yadro xavfsizligi sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida. Oldingi uch sammitda ishtirok etgan Rossiya bu gal anjumanda qatnashmaslikni ma’qul ko‘rdi. Gaagada bundan ikki yil avval bo‘lib o‘tgan sammitda Moskva o‘ziga yadro materiallari zaxiralarini qisqartirish bo‘yicha majburiyatlarni olishdan bosh tortgandi.
2Dunyo
AKFA Medline klinikasi rasman jahon miqyosida tan olingan tibbiyot muassasalari qatoriga qo‘shildi 2020 yilning avgust oyida AKFA Medline tibbiyot markazi tibbiy yordam sifati va xavfsizligining xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha sermashaqqat jarayonni tugatib, dunyodagi eng nufuzli akkreditatsiya tashkiloti hisoblangan Xalqaro Birlashgan Komissiya (Joint Commission International) standartlarining akkreditatsiyasini oldi. O‘ziga xos bo‘lgan noyob AKFA Medline klinikasi o‘z faoliyatini 2017 yilda O‘rta Osiyodagi yirik ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi sifatida boshlagan. Xizmatlarning mukammal sifati sari intilishga asoslanib, atigi 2 yillik faoliyati mobaynida klinika CERT International sertifikatsiyasi organidan ISO 9001:2015 ichki xalqaro sifat sertifikatini olishga musharraf bo‘lgan. 2019 yili, Xalqaro Birlashgan Komissiya (JCI) bosh maslahatchisining tashrifidan so‘ng AKFA Medline klinikasining rahbari Mirzaliyeva Kamola Kukanbayevna tomonidan strategik yaxshilanishlar rejasi tuzib chiqildi, shundan so‘ng barcha kuchlar shifokorlar va boshqa xodimlarni malakali tayyorgarligini takomillashtirishga, ishlar 1597 asosiy xalqaro akkreditatsiya siyosati va muolajalariga muvofiq bo‘lishi uchun texnologik va ma'muriy infratuzilmani takomillashtirishga yo‘naltirildi. Shularning jumlasida quyidagilar ham mavjud: Ushbu standartlar tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, patsiyentlarga maksimal tarzda xavfsiz va samarali yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq va jahon sog‘liqni saqlash tizimida yirik tibbiyot kompaniyalari uchun “oltin standart” hisoblanadi. JCI standartlari eng murakkablaridan hisoblanadi, chunki nafaqat tibbiy qismni, balki umuman klinikaning butun ishini, jumladan, xaridlar jarayonini, yong‘inga qarshi va texnik xavfsizlikni, katta, o‘rta va kichik tibbiy, hamda boshqaruv xodimlari ishini qamrab oladi. Patsiyentga-qaratilganlik, uzluksiz rivojlanish hamda ham klinikaga murojaat qilganlarga, ham butun boshli xodimlarga mukammal qulay sharoitlarni yaratish AKFA Medline klinikasiga birinchi urinishdanoq besh kunlik auditdan o‘tishga va benuqson menejmentdan, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning yuqori sifatidan dalolat beruvchi va tibbiyot markazini butun dunyoda tan olingan tibbiyot muassasalari darajasiga chiqaruvchi eng nufuzli sifat yulduzini olishga yordam berdi. JCI auditorlari o‘z tekshiruvlari doirasida standartlashtirishning bir nechta tizimlari bo‘yicha axborotga va malakaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik darajasini baholadilar: patsiyentga-qaratilganlik standartlari va tibbiyot muassasasini boshqarish standartlari: Ko‘proq darajada tashkiliy masalalarga yo‘naltirilgan texnik va boshqa standartlar bo‘yicha muvofiqlikni tekshirish ham davolash natijasini yaxshilashga qaratilgan. Xalqaro Birlashgan Komissiya (JCI) yuqori ekspertlik bahosini berib, AKFA Medline tibbiyot markazini butun O‘rta Osiyoda akkreditatsiya uchun ariza bergan tibbiyot muassasalari ichida eng yosh jo‘shqin rivojlanayotgani deb tan oldi. JCI mutaxassislari klinikaning asosiy afzalliklarini ajratib berdilar – taqdim etilayotgan tibbiy xizmatlarning majmuaviyligi, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash va patsiyentning hayoti birinchi o‘rinda bo‘lgan tajribali yuqori malakali xodimlar. Jahon tibbiyot hamjamiyatidagi eng nufuzli akkreditatsiya asosiy e'tiborni patsiyent va tibbiy xodimlarning xavfsizligiga qaratishga, inson omili bilan bog‘liq ehtimolli xavflarni va texnik kamchiliklarni pasaytirish uchun tibbiy xodimlarning ishini to‘liq tizimlashtirishga, davolash-diagnostika va ma'muriy muolajalarni takomillashtirishga olib keldi. Eslatib o‘tamiz, AKFA Medline klinikasi O‘zbekistonda JCI sertifikatiga ega bo‘lgan birinchi va yagona klinika hisoblanadi. Bu mahalliy aholi va dunyoning har qanday nuqtasidan kelgan patsiyentlar uchun yetakchi xorijiy klinikalar darajasidagi samarali tibbiy xizmatni olishga to‘liq kafil bo‘lib xizmat qiladi.
5Jamiyat
OAV: Twitter rahbari Klintonga qarshi emodzi chiqarishdan bosh tortgani uchun Tramp bilan uchrashuvga taklif qilinmadi Twitter yaratuvchisi Jek Dorsini saylovoldi munozaralari chog‘ida Hillari Klintonning nomzodiga qarshi emodzi yaratishdan bosh tortgani uchun, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvga taklif qilishmadi, deb yozadi TJournal. Politico nashri anonim manbalariga tayanib xabar berishicha, Trampning tarafdorlari ko‘pincha foydalangan xeshteg — #CrookedHillari (#NopokHillari) uchun tasvir chiqarishi kerak edi. Ammo Twitter, shuningdek, Jek Dorsining shaxsan o‘zi bunday tegni chiqarishdan bosh tortdi, u, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir qop pul orqalagan odam tasviridan iborat bo‘lishi kerak edi. Tramp IT-kompaniyalar vakillari bilan uchrashgan vaqtda, ular orasida Dorsi yo‘q edi. Nashr fikricha, bu Donald Trampning shtabi tomonidan qabul qilingan ancha bahsli qaror, chunki siyosatchi o‘z nomzodini aynan shu ijtimoiy tarmoq orqali faol ilgari surgan edi. Saylangan prezident yoki Twitter vakillari ushbu ma’lumotga izoh berganicha yo‘q.
14Texnologiya
Zangiotadagi vaxshiylik oqibatida ikki yoshli bola nobud bo`ldi Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2018 yil 16 mart kuni Harakat MFY Tutzor 2-tor ko`chasi 36-uyda yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan B.Saidumarovning uyida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda. Yong`in oqibatida uyining pol qismi va uy jihozlari yonib zarar ko`rgan hamda yong`in o`chirish vaqtida B.Saidumarovning 2006 yilda tug`ilgan o`g`li A.B.ning kuygan holdagi jasadi topilgan edi. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Zangiota tumani Harakat MFY Tutzor 2-tor ko`chasi 3-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1996 yilda tug`ilgan Z.Adhamov sodir etganligi aniqlanib qo`lga olingan.
5Jamiyat
Dang‘ara tumanining sobiq bosh soliqchisi “obnal” bilan shug‘ullanadigan 22 ta firma ochgani ma’lum bo‘ldi O‘zbekistonda o‘tgan ikki yilda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganligi uchun 31 nafar soliq xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda 7-noyabr kuni tashkil etilgan korrupsiya masalalariga oid idoralararo yig‘ilishda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’lum qildi. Masalan, Dang‘ara tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbari Turg‘unboyev korrupsiyaga moyilligi tufayli soliq xizmatidan bo‘shatilgan Mo‘minov va Karimovni ishga qabul qilib, pul mablag‘larini naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh tuzgan. Uyushgan guruh boshqa fuqarolar nomiga 22 ta soxta firmalarni ochib, ularga norasmiy rahbarlik qilib kelgan. Ushbu firmalarda 268 milliard so‘mlik noqonuniy pul aylanmalari amalga oshirilib, 19 milliard so‘m soliq to‘lovidan qochishga erishilgan, shuningdek, jinoiy yo‘l bilan topilgan 200 million so‘m legallashtirilgan. Hozirda Turg‘unboyev va uning 14 nafar jinoiy sheriklari sudda javob bermoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda o‘tgan ikki yilda 1 ming 986 nafar mansabdor shaxs, moliya organlarining 41 nafar xodimlari korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani, “Xalq banki” sobiq rahbari jinoiy guruh tuzgani, “Ark buloq” bojxona posti sobiq boshlig‘i olgan poralarini Bo‘stonliqdan dala hovli, Tashkent City’dan 2 ta uy, bitta noturar joy va Captiva xarid qilishga sarflagani, “Yangiobod ixtisoslashgan bozori” direktori qator korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etishda ayblangani haqida xabarlar berilgan edi.
8O‘zbekiston
Tashqi ishlar vazirligi Singapurga borayotgan fuqarolarni ogohlantirmoqda Singapur Immigrasiya va nazorat-o`tish punktlari xizmati 2019 yil 14 avgustdan boshlab Singapurga kirishni qayd etish (SG Arrival Card) elektron xizmatining tajriba versiyasini sinovdan o`tkazmoqda, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati. Mazkur dastur Singapurga kelayotgan shaxs tomonidan mamlakatga kelishidan avval o`zi to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim qilishi bilan bog`liq jarayonni tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Dastur bosqichma-bosqich 2021 yilgacha amaldagi hujjatlarni qog`oz shaklida to`ldirish tizimi o`rnini egallaydi. Singapurga borishni rejalashtirayotgan chet el fuqarolari barcha mavjud elektron platformalar orqali mamlakatga kelishidan oldin 14 kun ichida zarur shaklni to`ldirishi mumkin. Dastur xizmatlaridan foydalanish tekin, ammo viza tizimi o`rnatilgan davlatlarning fuqarolari uchun viza olish bilan bog`liq jarayonni bekor qilmaydi. Hozirda mazkur qulaylikdan Singapurga faqatgina havo transporti vositasida keluvchi shaxslar foydalanishi mumkin. «TIV konsullik-huquqiy departamenti Singapur, Avstraliya va Yangi Zelandiya hududida bo`lgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Singapurdagi elchixonasiga +65 6734 3942 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi», — deyiladi xabarda.
2Dunyo
Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi barcha tushunmovchiliklar barham topdimi? Tojikiston prezidenti Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboni bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishgan. Ta'kidlanishicha, Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi aloqalar 80ta hujjat bilan tartibga solinadi. Ular siyosiy, iqtisodiy, transport, energetika, ta'lim va ilmiy sohalarga tegishli, deb xabar qiladi Tojikiston rahbari matbuot xizmati. Imomali Rahmon va Salohiddin Rabboni mintaqaviy hamkorlikni faollashtirishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etishdi. Tomonlar shuningdek xalqaro terrorchilik, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash va chegaralar himoyasi bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan. Salohiddiy Rabboni Dushanbega 16 fevral kuni rasmiy tashrif bilan keldi. U juma kuni tojikistonlik hamkasbi Sirojiddin Aslov bilan uchrashdi. Tojikiston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirliklari bayonotida diplomatik mojarolar, jumladan afg‘on amaldorlarining keskin bayonotlari haqida hech narsa deyilmadi. O‘tgan yilning oxirlarida Qunduz sobiq gubernatori Umar So‘fi Tojikistonni “Tolibon” bilan hamkorlikda ayblagandi. Tojikiston tashqi ishlar vazirligi esa bu bayonotni “provokatsiya” deb atadi. Ikkinchi mojaro esa Afg‘onistonning Rossiyadagi elchisi Abdulqayum Ko‘choy bilan bog‘liq bo‘ldi. U afg‘onistonlik videoblogger Shafe Ayorga bergan intervyusida Tojikistonda mafiya guruhlari faoliyat olib borishi hamda ular Afg‘oniston hududida narkotrafik bilan shug‘ullanishini ma'lum qildi. Afg‘onistonning Rossiyadagi elchisi so‘zlari Dushanbe va Moskvada salbiy qarshi olindi. Tojikiston Kobuldan tushuntirish berilishini talab qildi hamda “Afg‘oniston Islom Respublikasining rasmiy vakili tomonidan ushbu salbiy “bayonot”ni barcha tomonlama tahlil qilish bo‘yicha samarali choralar ko‘rishni” so‘radi. Tojikiston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlarining do‘stona va iliq muloqoti esa mamlakatlar o‘rtasidagi barcha tushunmovchiliklar ortda qolgani hamda tomonlar avvalgi tartibda o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishayotganini ko‘rsatdi.
2Dunyo
​Barcha tibbiyot xodimlari dastlabki va davriy tibbiy ko`rikdan bepul o`tkaziladi Mamlakatimiz rahbarining Prezidentimizning “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo`llab-quvvatlash hamda rag`batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga ko`ra: Sog`liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda tibbiyot xodimlarini tibbiy ko`rikdan o`tkazish bilan bog`liq xarajatlar uchun zarur mablag`larni doimiy ravishda tibbiyot muassasalarining xarajatlar smetasida ko`zda tutilishini ta`minlaydi. Belgilandiki: 2022 yil 1 iyuldan boshlab viloyatlar hamda Toshkent shahridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan Qoraqalpog`iston Respublikasining Taxtako`pir, Chimboy, Qorao`zak, Bo`zatov, Shumanay, Qo`ng`irot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga dastlabki uch yil davomida 100 foiz, Mo`ynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qo`shimcha har oylik ustama to`lovlari Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan to`lanadi. Bunda, mazkur bandda ko`rsatilgan ustamani olish uchun shifokor boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega bo`lgan bo`lishi lozim.  Shuningdek, tibbiyot xodimlarini yilda bir marta teatr va konsert tomoshalariga bepul olib borish tizimi tashkil etiladi.
5Jamiyat
Virginiyalik merganda 6 nafar respublikachining ismi yozilgan ro‘yxat bo‘lgan AQSh tergovchilari amerikalik kongressmenlarga o‘q uzgan erkak yonidan kongressda respublikachilar partiyasidan vakil bo‘lgan olti nafar shaxsning ismi yozilgan ro‘yxatni aniqlashdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bergan. Chorshanba kuni 66 yoshli Jyeyms Xojkinson Virginiya shtatining Aleksandriya shahrida beysbol o‘ynayotgan kongressmenlar guruhi va ularning yordamchilarini soyli miltiqdan o‘qqa tutdi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi jarohatlandi, ular orasida vakillari palatasidagi respublikachilar fraksiyasi koordinatori Stiv Skaliz va ikki politsiyachi bor. Hujum qilgan shaxs politsiya bilan otishma paytida yaralandi hamda keyinchalik shifoxonada vafot etdi. Telekanalning xabar berishicha, qo‘lda yozilgan ro‘yxatda Tennesi, Arizona, Janubiy Karolina, Ohayo, Virginiya va Alabama shtatlaridan bo‘lgan respublikachi-konservatorlarning kongressdagi vakillari nomi bo‘lgan. Jabrlanganlardan hech biri jinoyatchining ro‘yxatida bo‘lmagan.
2Dunyo
Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etildi Prezidentning 15.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-5185-son qarori qabul qilindi.  Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga quyidagi vazifalar yuklatildi: Agentlik bosh direktori Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash хizmati «Oʻzagrokimyohimoya» AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Agentlikka oʻtkaziladi. Agentlik tizimida quyidagilar tashkil etiladi: Ilmiy-tadqiqot instituti, Markaz va «Biosifat» respublika markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхslar hisoblanadi. 2021 yil 1 avgustdan boshlab Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari хodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, joriy хarajatlarini qoplash Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning markaziy va yirik shaharlarida hamda Toshkent shahrida davlat unitar korхonasi shaklida manzarali va mevali daraхtlar, butalar va gullarni zararli organizmlardan himoya qilish markazlari tashkil etiladi. Hujjat 16.07.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan. Elmira Siraziyeva.
10Qonunchilik
Aks-sado: «Munosabat»da mavzuga munosabat to‘liq bildirilmadi... Quddus A'zam muallifligidagi «Munosabat» ko‘rsatuvining so‘nggi sonlaridan biri hozirgi davrda jamiyatimizni qiynayotgan eng og‘riqli masalalardan biri — oiladagi ajrashuvlar, shuningdek, prezidentimiz ham diniy soha vakillari bilan uchrashuvda tilga olib o‘tgan masala — qo‘shxotinlikka bag‘ishlandi. Studiyaga taklif etilgan diniy ulamolar, adliya xodimlari, oliygoh o‘qituvchi-professorlari, nazarimda, mavzuga umumiy tarzda baho berib, oilalardagi ajralishlar va qo‘shxotinlik kabi turli ikki mavzuni aralashtirib yuborishdi. To‘g‘ri, biri ikkinchisiga sabab bo‘lishini, huquqiy oqibatlari o‘xshash ekanligini inkor etmaslik kerak. Lekin prezidentimiz tilga olgan qo‘shxotinlik masalasi faqat diniy tomondan, sunnatga muvofiq bo‘lish uchun uylanayotganlarni nazarda tutgan edi. Bekorga bu gap imom-xatiblar va diniy ulamolar qatnashgan majlisda yangramadi. Diniy ulamolarimiz ko‘rsatuv mobaynida nikoh o‘qish uchun muftiyat ularga FHDYo guvohnomasini ko‘rgachgina amalga oshirishni buyurganini ro‘kach qilishdi. Ikkinchi oila qurayotgan erkaklarimiz ko‘rsatuv davomida «chalamulla» deb atalgan kaslarning xizmatlaridan xufyona foydalanishayotganini aytib, mas'uliyatni o‘z zimmalaridan soqit qilishdi. «Biz unday oilalarga nikoh o‘qimayapmiz, tamom, muammoga bizning aloqamiz yo‘q», qabilida yangradi bu.  Adliya tizimida ishlab kelayotgan vakillar esa qo‘shxotinlikning huquqiy oqibatlariga to‘xtalishdi. Ayniqsa, opalarimizdan biri tomonidan studiyada «ikki erlik» deyilgan holat ham tilga olindiki, bunaqasi TVda alohida olib chiqib, muhokama qilishga yaramaydi, deb hisoblayman. Ko‘rsatuvning ham umumiy mavzusiga biroz putur yetkazib qo‘ydi. Chunki o‘zbekchilikka yot holat-ku bu?! Poligamiyaning bunday turi bizda mavjudligiga bu holat misol bo‘la olmaydi, aksariyatga tanish birorta dinda ham yo‘q. Nikohidan rasman sud orqali yoki sud orqali ajralmasdan musulmonchasiga «talog‘ini bergan holda» ajralib, ikkinchi turmush qurish holati va birinchi nikohini saqlab turib, ikkinchi xotinga uylanib olish tamoman boshqa-boshqa holat va masalalardir, garchi huquqiy oqibatlari o‘xshash bo‘lsa-da. Yuqorida ham ta'kidlaganimdek, ko‘rsatuvda ana shu ikki narsa aralashtirilib yuborildi, nazarimda. «Munosabat» ko‘rsatuvi ajralishlarning sabablari va qo‘shxotinlikni alohida-alohida mavzu sifatida olib chiqqanida har ikki mavzu kengroq qamrab olingan, turli fikrlar eshitilgan bo‘lardi. Keling, ushbu maqolada o‘zimiz dastlab keyingi paytda ko‘paygani e'tirof etilayotgan ajralish mavzusini ochishga harakat qilaylik-da, turmush qurgan yoshlarning oilasining barbod bo‘lishiga sabab bo‘layotgan bosh masalalarni o‘rganib chiqaylik.  1. Qaynona-kelin kelishmovchiligi. Albatta, yosh, hali hayotda ko‘p narsani ko‘rmagan qiz boshqa oilaga kelin bo‘lib tushganidan so‘ng o‘zi ko‘nikmagan muhitga duch keladi. Uning qaysi bir odati kuyovning uyidagilarga yoqmaydi va aksariyat hollarda kelinning qaynonasi va qaynsingillari tomonidan tazyiq ostiga olinadi. Oqibatda, ruhiy zo‘riqishlarga bardosh bera olmagan kelin va uning qarindoshlari xo‘rlashlarga ortiq chiday olmaydi. Nikoh barbod bo‘ladi, oila buziladi. 2. To‘yga oid mojarolar. Xususan, poytaxtimiz Toshkentda kelin tomonning zimmasiga sarpo-suruq, mebel, idish-tovog‘u ro‘zg‘or buyumlari kabi masalalarda haddan ziyod majburiyatlar yuklangan. Eng qizig‘i, viloyatlarning ko‘pchiligida bu narsa azaldan bo‘lmagan. Endi esa TV va kinolarimiz vositasida viloyatlarga ham ana shu salbiy odatlar kirib borayotgani achinarli hol. Islom uylanishni eng faqir kimsalarga ham lozim darajaga keltirdi, urf-odatlarimiz esa unga faqat boylar yeta olishi mumkin bo‘lgan darajaga chiqarishdi, degan gap bor. Urf-odatlarimizning islomdan, qadimiy an'analarimizdan yiroq ekanligi haqida domlalarimiz, mahalliy-ko‘y faol targ‘ibot olib borishlari kerak, deb ko‘p va xo‘p gapirilgani bilan foydasi bo‘lmayapti. 3. Ayrim ayollarimizning bemalol ro‘zg‘or tebrata olishlari. Ayni paytda ayollarimiz turli sohalarda (ayniqsa, shahar joylarda), turli vazifalarda erkaklardan kam mehnat qilmayapti. Ular o‘zlari topayotgan puli bilan bemalol, erdan mustaqil ravishda oila boqishlari mumkin. Ana shunday oilalarda noshud erning boridan yo‘g‘i yaxshi, kerak bo‘lsa, «bolalarimni ham o‘zim bemalol boqib olaman», deya rasmiy nikohdan bemalol kechib yuborishlari kuzatilmoqda. Mana shunday vaziyatlarda ham mahalla-ko‘yning, imomlarimizning vaziyatga chuqurroq aralashishlari talab etiladi. Ko‘pincha bunday ajralishlar ertani ko‘ra olmaslik, ma'rifatsizlik, shoshma-shosharlik oqibatida kelib chiqmoqda.    4. Befarzandlik masalasi. Nisbatan kamdan-kam holatlarda bo‘lsa-da, bu ham ajralishlarga sabab bo‘layotgan masalalardan biri. Farzandsiz ham nikoh, turmush qurish mumkin, umrguzaronlik qilish mumkin, albatta. Farzand asrab, er-xotin bir-biriga bo‘lgan mehr-muhabbatini avaylab yurgan minglab oilalar bor. Lekin mahalla-ko‘y, qarindosh-urug‘larning qutqusiga uchrab, oilalarning ajralib ketayotgan mavjud hol, bunga hammamiz guvoh bo‘layapmiz. Ayniqsa, keyingi paytlarda, meditsina er yoki xotinning qay biri bepusht ekanligini ro‘y-rost aniqlab bera oladigan darajaga yetgach, bu holatlar ajrashish holatlarini tezlashtirib yubordi.  Yuqorida sanab o‘tilgan ajralishlarning sabablaridan har biri jamoatchilik o‘rtasida alohida o‘rganiladigan, muhokama etiladigan mavzu, aslida.  Ajralishlarning oqibatiga ham to‘xtalib, shu o‘rinda ba'zi bir fikrlarni bildirib o‘tishni joiz deb topdim. Sudlarimiz bir oilani ajratishda aksariyat hollarda farzand(lar)ni ona bilan qoldirishga ajrim chiqaradi. Mana shu amaliyotni qonun doirasida o‘zgartirish kerak. Chunki bir yoki ikki nafar farzand bilan ajrashgan yosh juvon qayta oila qurishda juda-juda qiynaladi, chunki bolali juvonga talabgor har doim ham chiqavermaydi, birovning bolasini boqishni hamma ham istayvermaydi. Aksariyat holatda ularning sobiq erining mulki, o‘z nomida turar joyi bo‘lmaydi. Ajralishdan so‘ng kelinchak hech vaqosiz qolib ketadi. Bolalariyu, «yomon» xotinidan qutulgan bo‘ydoq yigitlar endi onasi topgan boshqa bokira qizga uylanaveradi. Aksariyat hollarda bu kuyovning onasi tomonidan «yomon» kelinini jazolash uchun ham amalga oshirilayotgani tashvishlanarli hol — «o‘g‘limni kerak bo‘lsa onasi o‘pmaganiga uylantiraman», degan ibora «og‘zi katta» qaynonalarning eng sevimli gapi ekani ma'lum-ku! Eng achinarlisi, keyingi paytda yaratilayotgan istalgan kinolarimizni, milliy seriallarimizni olib qarang, ularda ham mana shunday targ‘ibot bor: kelin — qaynonaga qul, uning izmi chiqqan soniyasidan, mustaqil fikr bildirgan onidan boshlab, albatta, bu dargohdan badarg‘a qilinishi kerak. Ba'zi diniy ulamolarimiz mana shu ko‘rsatuvda ham «to‘ylarimiz, ma'rakalarimiz chiroyli o‘tayapti», demasdan, nechog‘liq islomiy qoidalarga, odatlarga mos o‘tayotgani haqida gapirishganda, isrofgarchilik, ortiqcha dabdaba uvol ekanini ham tilga olib o‘tishganida yaxshi bo‘lardi.  Domlalarimiz qaynonaning (qaynsingillarning ham) kelinda zig‘ircha haqi yo‘qligi, unga tayziq o‘tkazishi musulmonchilikka mutlaqo to‘g‘ri kelmasligi haqida ko‘proq gapirish zarur. Kelinga nisbatan faqat kuyov haqdor ekanligini bot-bot takrorlab xalqimizga o‘rgatish kerak emasmi?  Ikkinchidan, huquqiy tarafiga kelsak, yuqorida ta'kidlab o‘tganimdek, oila ajraladigan bo‘lsa, farzandlar sud tomonidan onaga qoldiriladi. Shuni majburiy tarzda, har qanday holatda farzandlar ota bilan qoladigan qilish kerak. Ana shunda kelinni “paypoqdek almashtirish”ga ishtiyoqmand qaynonalar farzandining oilasini buzishdan oldin bir karra o‘ylab ko‘rgan, bo‘lardi. Bu chora ajralishlar sonining keskin kamayishiga olib kelishi ham aniq. Yana bir jihat: farzand(lar) otada qolsa, o‘rtada aliment to‘lash kabi masala ham bartaraf etiladi. Bola(lar) otada qolsa yoki u(lar)ni ona boqib olishini bo‘yniga olsa, aliment muammosiyam kamayadi. Faqatgina ota sudda o‘z farzandlarini boqishdan voz kechgan taqdirda farzandlari voyaga yetgunga qadar u har oyda eng kam ish haqiga bog‘langan ma'lum bir summani (aytaylik, har bir farzand uchun 2–3 minimal ish haqi) aliment tarzida to‘lashga majbur qilib qo‘yilishi lozim. Shunda «pattasi qo‘lga tutqazilgan» kelin tomonning ham kuyovni aliment undirish bilan qo‘rqitishi kabi illatga ham barham beriladi. Ta'lim darohlarida oila masalasi Qatnashganlar ichida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori Muzaffar Komilov juda jo‘yali taklif bildirdi — o‘quv dargohlarda «Oila ma'rifati», «Islom ma'rifati» kabi darslarni tashkil etish borasida. Ha, oliygoh, litsey va kollejlarda, maktablarning 11-sinfida oila darslari o‘tkazilishi kerak. Nufuzli insonlar, adliya va FHDYo tashkilotlari vakillari oilaviy hayotning huquqiy tomonlari, imomlar ham ishtirok etib, yoshlarga nikoh va oilaning muqaddasligi haqida tushuncha berishlari lozim. Albatta, bu yoshlarimizning hayotga yengil-yelpi qarashning oldini oladi.  Xususan, oliygohlarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektorning o‘zi ana shunday darslarni katta zallarda o‘tishi kerak bo‘ladi. Kerak bo‘lsa diniy ulamolar ham ana shunday darslarga chaqirilishi lozim. Umuman, o‘quv dargohlari uchun ana shunday dars rejalari ishlab chiqilishi kerak. Kerak bo‘lsa — yigitlar uchun alohida, qizlar uchun alohida. Chunki yoshlar baribir oila qurishadi, ularni o‘z holiga tashlab qo‘yish kerak emas, saboq berish kerak.  Ma'lumki, milliy mentalitetimizda oila, jinsiy hayot o‘ta uyatli mavzu hisoblanib, bu borada hech kim mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgisi kelmaydi, tashabbus ko‘rsatmaydi va o‘z holiga tashlab qo‘yiladi. Ko‘rsatuv davomida hamkasbim Bahodir Halimov ham ana shunday fikr bildirdi. Xalqimiz beparvo bo‘lib qolgani, mavjud holatlarga ko‘nikib qolganini tilga olib o‘tdi va u haq. Yoshlarga to‘ylarning ortiqcha xarajatlarsiz, keraksiz dabdabalarsiz o‘tkazish kerak ekanligini miyasiga singdirib borish kerak. O‘sha yoshlar orqali ularning «orzu-havasim» deydigan, eskicha fikrlaydigan ota-onalariga ta'sir o‘tkazish kerak. Bu targ‘ibot kitoblarda ham, matbuotda ham, TVda ham, kinolarimizda ham yangrab turishi lozim. Propaganda vositasida shunday qilish kerakki, «orzu-havas», «sarpo-suruq» «tog‘ora somsa, hayitlik salom» deydigan kimsalar juda zamondan orqada qolgan, qoloq, o‘z foydasini bilmaydigan, bir kunlik obro‘-e'tibor uchun behudaga sarf-xarajat qilib, o‘z oilasi byudjyetiga zarar yetkazadigan notavon etib tasvirlanishi kerak. Ikkinchi xotinga uylanish masalasi Yuqorida sanab o‘tilgan sabablar bilan sodir bo‘lgan ajralishlardan so‘ng ayrim yoshlar birinchi xotini bilan yo qonuniy ajrashmaydi, qonuniy ajralgan taqdirda ham onasiga yoqmay haydalgan xotini bilan sha'riy nikohini saqlab qoladi. O‘zi esa onasi aytgan topgan ikkinchi xotinga yo qonunan, yo sha'ran uylanib oladi. Bu ham mamlakatimizda qo‘shxotinlikning urchishi, targ‘ib bo‘lishiga sabab bo‘layotgani chin.  Lekin, guldek oilasi, farzandlari bo‘la turib, ko‘rsatuvda parda ortida gapirib o‘tgan juvonning hayotida bo‘lgani singari, o‘z oilasini aro yo‘lda tashlab, farzandlariga beparvo bo‘lib, erkaklarimizning ikkinchi xotinga sha'riy nikoh bilan uylanayotganligi alohida mavzu. Ko‘rsatuv avvalida shu mavzu muhokama etilishi va'da qilingan esa-da, amalda bunday bo‘lib chiqmadi. Albatta, yaqinda prezidentimiz tilga olib o‘tgan ushbu mavzu, uning sabablari, oqibatlari ham imomlarimiz tomonidan alohida, mavzuga chuqurroq yondashilgan holda muhokama etiladi, deb ishonamiz. Shuhrat Shokirjonov, jurnalist.
5Jamiyat
Bill Geytsdan rossiyalik dasturchining boshini ko‘chirib o‘tkazishda yordam so‘rashdi Italiyalik neyrojarroh Serjio Kanavero odam boshini ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha tarixdagi ilk operatsiyani amerikaliklar puliga o‘tkazishga umid qilmoqda. Bu haqda u 12-iyun kuni AQShda bo‘lib o‘tgan Neyrojarrohlar va ortoped jarrohlar akademiyasi konferensiyasida aytib o‘tdi, deb yozadi “Clarin.com”. “Bill Geyts kabi millionerlar mening umidli loyihamni qo‘llab-quvvatlasa bo‘lardi”, — dedi Kanavero nutq so‘zlar ekan. U operatsiyaning moliyalashtirilishini Oy yuzasiga birinchi qo‘nishni amalga oshirgan “Appolon-11” kemasi parvoziga ko‘mak berilishi bilan qiyosladi. Kanavero o‘z g‘oyalari aynan AQShda qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildirishini ta’kidladi. “Amerikaliklar, sizlardan o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘rayman — men o‘zimnikini qo‘shdim, hayotimning 30 yilini sarfladim”, — deya qo‘shib qo‘ydi u. Eslatib o‘tamiz, 8-aprel kuni boshni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiya uchun ilk nomzod Rossiyaning Vladimir shahrida yashovchi 30 yoshli dasturchi Valeriy Spiridonov bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.
2Dunyo
Shahrisabz YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatida qoladi Shahrisabzning tarixiy markazi (Qashqadaryo viloyati) YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatida qoladi. Bu haqdagi qaror shu kunlarda Manamada (Bahrayn) bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 42-sessiyasida qabul qilindi. Sessiyada O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov rahbarlik qilmoqda. Shahrisabz tarixiy markazini YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatidan chiqarish sessiya kun tartibidagi masalalardan biri edi. 2016 yilda Umumjahon merosi qo‘mitasi Istanbulda bo‘lib o‘tgan 40-sessiyasida xavf ostida turgan Shahrisabz tarixiy markazini Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritgan edi. “Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasining xabar qilishicha, Aziz Abduhakimov o‘z nutqida sessiya ishtirokchilarini Shahrisabz tarixiy markazida olib borilgan ishlar bilan tanishtirib, ular mahalliy aholi hayotini yaxshilash maqsadida amalga oshirilganini ta’kidlab o‘tdi. Qo‘mita a’zolari O‘zbekiston hukumatining yaqinda qabul qilingan “O‘zbekistonda Umumjahon merosi obyektlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qarori bilan ham tanishtirildi. U Umumjahon merosi qo‘mitasi tavsiyalarini bajarishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan “yo‘l xaritasi"ni ham o‘z ichiga oladi. “Yo‘l xaritasi” YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Umumjahon meros obyektlari hamda O‘zbekistonning tarixiy shahar landshaftlari hududlarida amalga oshiriluvchi barcha loyihalar bo‘yicha dastlabki ekspertizalar vazifalarni belgilab beradigan xalqaro konsultativ guruhni tashkil etishni ham ko‘zda tutadi. Aziz Abduhakimov O‘zbekiston ham moddiy, ham nomoddiy merosni saqlashni uyg‘unlashtirish yo‘lidan borayotganini ta’kidlab o‘tdi. Joriy yil boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev har ikki yilda bir marta sentyabr oyining birinchi dekadasida Shahrisabz tarixiy markazida Maqom san’ati bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Mazkur tashabbus YUNESKO va 2003 yilgi Konvensiya tomonidan rasman qo‘llab-quvvatlandi. Muhokamalar jarayonida Aziz Abduhakimov O‘zbekiston hukumati tomonidan mamlakatdagi tarixiy obyektlarni saqlab qolish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan qo‘mita a’zolarining ko‘plab savollariga javob qaytardi. Debatlar yakunlari bo‘yicha qo‘mita a’zolari o‘rtasida Shahrisabz tarixiy markazini YUNESKO Umumjahon merosi Ro‘yxatida saqlab qolishni ko‘zda tutuvchi Umumjahon meros qo‘mitasining muqobil qarori loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etishga qaror qilindi. “Qo‘mita a’zolari yakuniy qarorga keldi va mazkur hujjatni qo‘llab-quvvatlandi. Unda mamlakatimizdagi madaniy yodgorliklarni saqlash sohasida O‘zbekistonning YUNESKO bilan faol hamkorlik qilishiga chaqiriq ham o‘rin olgan”, — dedi axborot manbasi.
5Jamiyat
Qo`rg`ontepa prokurori obodonlashtirish xodimlarini uyiga "hashar" ga jalb qilganligi tufayli lavozimidan ozod etildi Ijtimoiy tarmoqlarda  prokuror o`z uyiga obodonlashtirish xodimlarini "hashar" ga jalb qilinganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Qo`rg`ontepa tumani prokurori haqiqatdan ham Andijon tumanida joylashgan uchastkasida tuman obodonlashtirish xodimlarini bahor oyidan kuzgacha ishga jalb qilinganligi malum bo`ldi.  Holat yuzasidan Bosh prokuror matbuot kotibi quyidagicha  munosabat bildirdi. "Prokuror uyiga "xashar"gami?" sarlavha ostida chiqarilgan maqola  yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvi  yakuniga etdi. Natijasiga ko`ra, Bosh prokurorning 2021 yil 23 avgust kungi buyrug`iga asosan Sardor Rejabboev intizomiy jazo tarikasida egallab turgan Qo`rg`ontepa tumani prokurori lavozimidan ozod kilindi", deya xabar berdi Hayot Shamsutdinov.
6Jinoyat
Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan qishlog‘i aholisi chegara bo‘ylab sim o‘tkazishni talab qilmoqda Qirg‘izistonning Batken viloyatidagi O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan So‘g‘ment qishlog‘i aholisi davlat chegarasi bo‘ylab sim o‘tkazishni talab qilmoqda, deb yozadi Turmush.kg. Mahalliy fuqarolardan biri Qo‘chqorali Ortiqboyevning aytishicha, qishloqdagilar nafaqat uy hayvonlarini qo‘riqlashlari, balki o‘z farzandlari, o‘smirlarni ham nazorat ostida ushlashlari darkor, bu qo‘shnilar bilan qandaydir mojaro yuz bermasligi uchun kerak. «4 yildan beri O‘zbekistondagi Hushyor va Qirg‘izistondagi So‘g‘ment qishlog‘i o‘rtasida keskin munosabatlar saqlanib turibdi. 2013 yilda Charbok qishlog‘idagi voqealarga qadar Hushyor qishlog‘i aholisi bizning Qora-Suvdan ichimlik suvini olgan. Biz esa ularning bozorida mahsulotlarimizni sotardik. Batken shahriga faqat hujjatlar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha borganmiz. Biroq 4 yil muqaddam hammasi o‘zgardi: ikki qishloq aholisi endi hamkorlik qilmayapti. Avval ikki qishloqdagilar bir-birlarining to‘ylariga borishgan, hozir esa chegara orqali o‘tish imkonsiz», - deya ma'lum qildi u. So‘g‘ment qishlog‘ida yashovchi Muxtorali Amirbekovning ta'kidlashicha, So‘g‘ment va Hushyor o‘rtasidagi masofa 50 metrdan kamroqni tashkil etadi. «Agarda chegaraning u tomoniga qoramollarimiz ketib qolsa, uni qaytarish deyarli imkonsiz. Bizda hovlilar juda yaqin joylashgan. Yo‘llar va tog‘lar ham hammaga bitta". Batken tumani hokimi o‘rinbosari Talay Ibraimovning qo‘shimcha qilishicha, So‘g‘ment va Hushyor qishlog‘i o‘rtasidan o‘tuvchi davlat chegarasi  chizig‘iga bu uchastka bo‘yicha holat hali aniqlashtirilmagani sababli to‘siq qo‘yilmagan. «Bu masala Qirg‘iziston hukumati darajasida hal qilinishi kerak. Biz aralasha olmaymiz. Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralarni o‘tkazish lozim. Biz ikki davlat tomonidan yakuniy qaror qabul qilingach, chegara chizig‘ini sim bilan belgilab qo‘yishimiz mumkin», - dedi T.Ibraimov. So‘g‘ment qishlog‘i Qishtut qishloq okrugida joylashgan bo‘lib, unga Charbok, Tayan va Soy qishlog‘i ham kiradi. Eslatib o‘tamiz, 2013 yilning 5-7 yanvar kunlari So‘x anklavi aholisi va Charbok qishlog‘i fuqarolari o‘rtasida chegaraoldi ziddiyati yuz bergan bo‘lib, unda bir necha kishi jabrlandi va avtotransportga zarar yetkazildi. Batkent tumanida O‘zbekistonning So‘x anklavi atrofida joylashgan 5 ta chegaraoldi qishlog‘ida favqulodda holat tartibi joriy etildi.
8O‘zbekiston
Tibbiyot хodimlarining maoshlari oshiriladi Prezident tomonidan 17.05.2022 yildagi “Tibbiyot muassasalari хodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Belgilanishicha, 2022 yil 1 iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa хodimlarining oylik lavozim maoshlari: Bunda, tibbiyot muassasasi хodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq toʻlash razryadlari boʻyicha tarif koeffitsiyentlarini tegishincha 1,15 va 1,1 barobarga koʻpaytirish orqali amalga oshiriladi. 2022 yil 1 iyundan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar miqdori tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan byudjet mablagʻlarining umumiy hajmiga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi: Jamgʻarma mablagʻlarining 75%i guruhidan qat’i nazar barcha davlat tibbiyot muassasalari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirishga, 25%i – tibbiyot muassasasining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda ta’mirlashga yoʻnaltiriladi. Bunda: Bundan tashqari, tibbiyot muassasalarida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan roʻyхatga muvofiq yuqori teхnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokor-хirurglar lavozim maoshining 25%i miqdorida qoʻshimcha ustama joriy etildi. 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab davolash-profilaktika muassasalarining хodimlariga ularning tibbiyot sohasida va mehnat faoliyatida ilmni rivojlantirishga qoʻshayotgan hissasini inobatga olgan holda, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 60%igacha va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun lavozim maoshining 30%igacha miqdorda har oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi. Belgilanishicha, barcha tibbiyot хodimlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan bepul oʻtkaziladi. 2022 yil 1 iyuldan boshlab viloyatlar hamda Toshkent shahridan, shuningdek, хorijiy davlatlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taхtakoʻpir, Chimboy, Qoraoʻzak, Boʻzatov, Shumanay, Qoʻngʻirot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshiga dastlabki uch yil davomida 100%, Moʻynoq tumanida esa 200% miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama toʻlovlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Bunda, mazkur bandda koʻrsatilgan ustamani olish uchun shifokor boshqa hududda kamida ikki yil ishlagan hamda kamida ikkinchi darajali malaka toifasiga ega boʻlgan boʻlishi lozim. Lola Abduazimova.
10Qonunchilik
Toshkent hokimi poytaxt aholisini uzluksiz issiq suv bilan ta’minlashga mas’ul qilib belgilandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilindi. Qaror bilan shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq: a) Toshkent shahar hokimi Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini boshqarish faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va uning lozim darajada ishlashi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi; b) Toshkent shahar tumanlari hokimlari tegishli hududda issiqlik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish sohasida quyidagilar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi: v) Toshkent shahar tumanlari hokimlarining issiqlik ta’minoti tizimini boshqarish sohasidagi faoliyati samaradorligi tegishli hududda maqsadli indikatorlarning bajarilishi holati va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatidan kelib chiqqan holda Toshkent shahar hokimligi tomonidan yiliga kamida ikki marotaba baholanadi, shuningdek, mas’ul shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda rag‘batlantirish yoki javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi. Belgilanishicha, 2021-yil 1-yanvardan boshlab issiqlik quvurlarini rekonstruksiya qilishda majburiy tartibda issiqlikni saqlovchi, shu jumladan, penopoliuretandan tayyorlangan polimer izolyatsiyali va himoya qobig‘iga o‘ralgan, kanalsiz yotqizish imkonini beruvchi quvurlar ishlatiladi.
8O‘zbekiston
Davlat soliq xizmati organlarining ikki nafar rahbari layoqatsizligi uchun lavozimidan ozod etildi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida joriy yilning 20-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari rahbarlari ishtirokida Hay’atning kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy sayti. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2099-sonli qarori bilan budjet va budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga 9 oylik belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishi borasida amalga oshirilgan tadbirlar natijadorligi Namangan, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlari misolida tanqidiy muhokama qilinib, 2014-yilni, jumladan IV chorakni muvaffaqiyatli yakunlash borasidagi dolzarb vazifalar belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014−2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2194-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Davlat soliq qo‘mitasi hamda uning tarkibidagi ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, tegishli topshiriqlar berildi. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 253-sonli qarori bilan davlat soliq xizmati organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishi borasidagi ishlar Surxondaryo, Namangan va Farg‘ona viloyatlari misolida tanqidiy ko‘rib chiqilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-martdagi “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 95-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlariga Namangan va Xorazm viloyatlari misolida baho berilib, bu boradagi vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, yig‘ilishda jismoniy shaxslarga 2014-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlarining hududlar kesimida undirilishini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarning natijalari tahlil qilinib, hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Muhokama natijalari bo‘yicha, faoliyatida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun markaziy apparat tuzilmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbarlaridan 2 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 31 nafariga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Yig‘ilish so‘ngida davlat soliq xizmati organlari zimmasiga yuklatilgan dolzarb vazifalarni sifatli bajarish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
8O‘zbekiston
Yer uchastkalarini berish ustidan davlat nazoratini kuchaytirish taklif etilmoqda Loyihaga asosan, o‘zgartirishlar quyidagilarga daxl qiladi: Xususan, yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini auksionga qo‘yish uchun xulosasi talab qilinadigan tashkilotlar ro‘yxatini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Ya'ni, O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi xulosasi. U xavfli gidrometeorologik hodisalar (qor ko‘chkilari, sel va suv toshqinlari xavfi mavjud) hududlariga tushmaganligi haqida xulosa beradi. Tegishli vakolatli tashkilotlardan xulosalar tuman (shahar) hokimligi tomonidan "YERELEKTRON" AAT orqali meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi auksion orqali realizatsiya qilishga mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalarining ro‘yxatini va qurilish bo‘limining ijobiy xulosasini yo‘llash vositasida talab qilib olinadi. Shuningdek, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi aholi punktlaridan tashqarida joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha – bo‘lajak qurilish uchastkasining yer qa'rida foydali qazilmalar yo‘qligi hamda tog‘ va tog‘oldi hududlarida xavfli geologik jarayonlar (ko‘chkilar, ko‘chishlar, cho‘kishlar, suffoziyalar va karstlar) xavfining yo‘qligi haqida xulosa berishi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, qo‘mita faqat bo‘lajak qurilish uchastkasining yer qa'rida foydali qazilmalar yo‘qligi haqida xulosa beradi. Mazkur xulosalarni olish yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berishda ham majburiy bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
8O‘zbekiston
Keniyada begemot xitoylik sayyohni g‘ajib tashladi Keniyada begemotni suratga olishga uringan xitoylik sayyoh halok bo‘ldi. Hayvon sayohatchini g‘ajib, o‘ldirgan. Bu haqda The Star xabar berdi. Hodisa mamlakat janubi-g‘arbidagi Nayvasha ko‘li atrofida yuz bergan. 66 yoshli Chan Min Chuan o‘z do‘stlari bilan mehmonxona atrofidagi hayvonlarni suratga olayotganda begemot unga hujum qilib, ko‘kragidan tishlab olgan. Qon yo‘qotayotgan erkak kasalxonaga jo‘natilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. Hodisaga guvoh bo‘lgan kishining ta’kidlashicha, Chan hayvonga juda yaqin borgan, bu esa hujumga sabab bo‘lgan. Nayvasha ko‘li qayiqchilari assotsiatsiyasi raisining so‘zlariga ko‘ra, suvning ko‘tarilishi begemotlar xarakterining tajovuzkor bo‘lishiga xizmat qiladi, chunki ular ovqat izlab qirg‘oqqa chiqishga majbur bo‘ladi. Tabiatni muhofaza qilish xizmati xodimlari qotil begemotni izlamoqda. Chan yil boshidan buyon Nayvasha ko‘lida begemot hujumidan halok bo‘lgan oltinchi kishi bo‘ldi.
2Dunyo
Toshkent shahrida yo‘llarning ta'mirlanishi boshlandi Joriy yilning 7 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika Yo‘l jamg‘armasi boshqaruv kengashi tomonidan “2017 yilda Toshkent shahri tumanlarining yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishning manzilli dasturi” tasdiqlandi. Bu haqda “O‘zavtoyo‘l” matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda. Mazkur dasturga muvofiq Toshkent shahri ko‘chalarini joriy va to‘la ta'mirlash ishlari 2017 yilning o‘zida ikki bosqichda asosan – birinchi navbatda hamda yil davomida ta'mirlanishi zarur bo‘lgan ko‘chalar kesimida amalga oshiriladi.  Shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, bugungi kunda ko‘chalarning ta'miri va ulardagi infratuzilmani yaxshilash ishlari boshlangan va ular ayni kunda ham jadal sur'atlar bilan davom ettirilmoqda. Ta'mir ishlari O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tizimidagi korxonalar, jumladan, “Avtomagistral”, “Toshkentko‘prik” hamda “Transyo‘lqurilish” tashkilotlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Masalan, Yunusobod tumani “Yuqori Qoraqamish”, “Moyqo‘rg‘on” va “Baraka” ko‘chalaridagi jami 7,1 km uzunlikdagi joriy ta'mirlash, Sergeli tumani “Obihayot”, “Nilufar”, “Rayhon”, “Daryo bo‘yi”, “Kanora” ko‘chalaridagi 9,5 km uzunlikda to‘la ta'mirlash ishlari boshlandi. Toshkent shahridagi ko‘chalarning infratuzilmasini rivojlantirish va ta'mirlash maqsadlari uchun 1-bosqichda - 20,6 milliard so‘m, 2-bosqichda esa - 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi “2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida butun Respublikadagi, jumladan, Toshkent shahridagi ichki yo‘llar va ko‘chalarning ta'mirlanishi tumanlar kesimida belgilab berilgan edi.
8O‘zbekiston
«Jizzaxcha tender-2». Jizzax viloyati «zamhokim»ining qarindoshlari bir necha yuz milliardlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgani ma'lum bo‘ldi Bir necha kun avval Davletovuz Telegram-kanalida Jizzax viloyat hokimi Ergash Soliyevning qizi Nargiza Soliyevaga tegishli korxona viloyat hududida gullar va daraxtlar ekish bo‘yicha o‘tkazilgan umumiy qiymati 2 milliard so‘m bo‘lgan tanlovlarini yutib olgani haqida surishtiruv e'lon qilingandi. Bugun kanalda «Jizzaxcha tenderlar-2» sarlavhali yangi surishtiruv paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rahmonqulov Akrom Bahriddinovichning qarindoshlari ijtimoiy va boshqa soha obektlarini qurish bo‘yicha bir necha yuz milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan. Qizig‘i, Akrom Rahmonqulov qarindoshlari yutgan tenderlarda komissiya rahbari sifatida qatnashgan. Ochiq manbalardagi ma'lumotlarga ko‘ra, viloyatdagi aksariyat davlat buyurtmalari Akrom Rahmonqulovning qarindoshlari deya taxmin qilinayotgan shaxslarga tegishli xususiy kompaniyalar o‘rtasidagina taqsimlab olingan. Tenderlarda faqatgina qarindoshlarning firmalari qatnashgan. 1. Rahmonqulov Akbar Bahriddinovich 100 foiz ulushiga egalik qiladigan hamda Rahmonqulov Alisher Bahriddinovich rahbarlik qiladigan «J-Quruvchi» MChJ Davletovuz hisob-kitobiga ko‘ra, 120 milliard so‘mdan ortiq davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan. Postda aytilishicha, Akbar Bahriddinovich Rahmonqulov danakli va po‘choqli urug‘i bo‘lgan mevalar yetishtirish bilan shug‘ullanadigan «Qo'nish Bobo Maxsus Bog'lari» MChJ, betondan qurilish uchun buyumlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan «Zenatkor Temir Beton Buyumlari» MChJning (korxonaga Rahmonqulov Adham Bahriddinovich rahbarlik qiladi) to‘liq ta'sischisidir. 2. Bahriddinov Shuhratjon Akramovich to‘lig‘icha ta'sischi bo‘lgan «Qurilish Ta'minoti» MChJ ham kamida 80 milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini tenderda «yutib olgan». Shuhratjon Rahmonqulov 1997 yildan beri ishlab keladigan «Kamol» xususiy korxonasi egasi ekani ham aytilgan. Bu kompaniya ham viloyatda katta qurilishlardagi ishtiroki bilan tanilgan. 3. Toshpo‘latov Ixtiyor Baxtiyorovich to‘liq ta'sischisi bo‘lgan «Abduvohid Qurilish Ta’mir» MChJ 61 milliard so‘mga yaqin davlat buyurtmalarini tender asosida, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (manzilli dasturlar asosida) qo‘lga kiritgan. Toshpo‘latov Ixtiyor Baxtiyorovich ham ona tarafdan Rahmonqulovlarga qarindosh bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. 4. Rahmonqulov Alisher Bahriddinovich to‘liq egalik qiladigan «Jizzax Savdo Lyuks» MChJ yashashga yaroqsiz joylarni ijaraga berish va boshqarish bilan, uning yana bir kompaniyasi – «Ravon Yo'l Invest» MChJ esa toshni kesish, ishlov berish va pardozlash bilan shug‘ullanadi. Ya'ni, bu oilaga tegishli aksariyat korxonalar qurilish bilan aloqador. Yuqorida qayd etilganidek, qurilish bo‘yicha ayrim tenderlarda Rahmonqulov Akrom Bahriddinovich tender komissiyasi raisi bo‘lgan. Bundan tashqari, o‘zaro affilangan kompaniyalar bitta tenderda ishtirok etgan holatlar ham mavjud. Masalan, 21 milliard so‘mlik tenderda faqat «Abduvohid Qurilish Ta’mir» MChJ va «Qurilish Ta'minoti» MChJ ishtirok etgan. Viloyat bo‘yicha tasdiqlangan manzilli qurilish dasturlarida yuqoridagi kompaniyalar allaqachon ijrochi sifatida ham ko‘rsatib o‘tilgan holatlar mavjud. Davletovuz qurilish buyurtmalarida bevosita ishtirok etmasa-da, «Zenatkor Temir Beton Buyumlari» MChJ hamda «Ravon Yo‘l Invest» MChJ davlat budjetidan qurilayotgan inshootlarda ta'minotchilar sifatida ishtirok etayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi: «Buni faqat nazorat organlari tekshiruvi orqali aniqlashi mumkin, agar shunga xohish bo‘lsa, albatta», deb yozilgan postda. Viloyat hokimining matbuot kotibi Akmal Binoqulov Kun.uz muxbiri bilan telefon orqali suhbatda ushbu ma'lumotlarni tasdiqlay olmasligini, bu haqda axborotga ega emasligini ta'kidladi. Viloyat hokimligi rasmiy saytida keltirilgan hamda Akmal Binoqulov taqdim etgan telefon raqamlari orqali Akrom Rahmonqulov bilan ham, viloyat hokimligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi rahbari Nurulla Omonov bilan ham bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi. Jizzaxda 2 milliard so‘mlik davlat buyurtmasini bajargan korxona viloyat hokimining farzandiga tegishli bo‘lishi mumkin Jizzaxda 2 milliard so‘mlik davlat buyurtmasini tanlovda yutgan korxona viloyat hokimining qiziga tegishli ekani tasdiqlandi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jizzaxdagi 2 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasi bilan bog‘liq holatni o‘rganishni boshladi
8O‘zbekiston
Naqdinasiz toʻlovlar tezroq oʻtkaziladi Bu maqsadga erishish uchun Umumrespublika yagona protsessing markazi (UYaPM) POS-terminallar i infokioskalar uchun yangi dasturiy ta’minot ishlab chiqdi. Aynan u toʻlovlar oʻtkazilishini jadallashtiradi. Bu haqda UYaPM matbuot хizmati хabar berdi. Xabarda qayd qilinishicha, yangi dasturiy ta’minot Prezidentning “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari      ishlab      chiquvchilarini ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Qarori (20.09.2013 yildagi PQ-2042-son) ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. UYaPM ma’lumotlariga koʻra bugungi kunga qadar POS-terminallar i infokioskalar uchun chet el kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan, bu katta moddiy хarajatlarni talab qilgan. Mamlakatimiz dasturchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot PCI-DSS хavfsizlik standarti talablariga muvofiq keladi. U «Oʻzkart» BTT ishtirokchilari-banklarga: - toʻlovlarni oʻtkazishni jadallashtirish; - yangi bank хizmatlarini tezkor joriy qilish; - toʻlov tizimi doirasida хavfsizlik darajasini oshirish imkonini beradi. Bugungi kunda UYaPM tomonidan savdo-servis korхonalari, shuningdek Toshkent shahridagi kommunal toʻlovlar qabul qilish va naqd pul berish kassalarida testlash muvaffaqiyatli oʻtkazildi, shuningdek «Oʻzkart» BTT ishtirokchilari-banklar tomonidan ulardan foydalanish boshlandi. UYaPM barcha savdo-servis korхonalariga yangi dasturiy ta’minotdan foydalanishni (eskisini almashtirgan holda) tavsiya qiladi. Bunda qayd qilinishicha, undan foydalanish «Oʻzkart» banklararo toʻlov tizimi ishtirokchilari-banklardan hech qanday qoʻshimcha хarajatlarni talab qilmaydi. Mavzuga doir materiallar: Toʻlov tizimi ishdan chiqdi. Nima qilish kerak va kim aybdor?
10Qonunchilik
Litvada «Temir bo‘ri» boshlandi Litvada NATOga a'zo davlatlarning 5 ming nafardan ortiq harbiysi ishtirokida «Temir bo‘ri-2017» harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Litva Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatgan. «Mamlakatning janubiy, markaziy va sharqiy qismlarida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda Litva va NATOning 9 davlatidan bo‘lgan jami 5,3 ming harbiy qatnashmoqda», — deyilgan vazirlik saytida. Qayd etilishicha, harbiy manyovrlarda AQSh, Buyuk Britaniya, Polsha va Portugaliyadan kelgan harbiylar qatnashadi. Mashg‘ulotlardan asosiy maqsad Litvadagi harbiy bo‘linmalarning muvofiqlikda harakatlanishi va jangovar tayyorgarligini ko‘zdan kechirish hisoblanadi. Harbiy manyovrlar 23 iyunga qadar davom etadi.
2Dunyo
Rossiyaning dollardan voz kechishi natijasida ko‘rgan zarari bir necha milliard dollarga baholandi Rossiya AQSh dollarini yevro, yuan va oltinga almashtirishga qaror qilganidan so‘ng o‘z valyuta zaxirasidan 7,7 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg ma’lum qildi. Yo‘qotishlar joriy yilning mart oyi holatiga hisoblab chiqilgan, undan keyingi statistik ma’lumotlar e’lon qilinmagan. Rossiya Markaziy banki 2018-yilning bahoridan boshlab dollarda zaxira to‘plashdan voz kechishni boshlagan. Bu ish Rossiyaning yirik biznesiga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar va yangi cheklovlar xatari sababli amalga oshirilgan. Agar zaxiralar tarkibi avvalgi darajasida saqlanib qolganida, 2019-yilning mart oyiga kelib, ularning miqdori 3,8 foizga o‘sgan bo‘lar edi. Zaxiralar haqidagi ma’lumotlar yarim yildan keyin e’lon qilingani sababli, bu siyosat ayni paytda qanday holatga olib kelganini baholashning imkoni yo‘q. Dollardan xalos bo‘lishni boshlashdan avval aynan mazkur valyuta zaxiralar tarkibida ustunlik qilgan. Ayni paytda Rossiya eng yirik miqdorda yuanda zaxiraga ega mamlakatga aylandi — butun dunyodagi yuan zaxiralarining 70 foizi Rossiyaga tegishli. Yevro va yuanning qadrsizlanishi oqibatida yuzaga kelgan qisman yo‘qotishlar oltin hisobidan to‘ldirilgan. Bugungi kunda Rossiya zaxiralarida oltinning ulushi 2000-yildan buyon eng yuqori miqdorga yetgan. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston eng ko‘p oltin saqlovchi davlatlar ro‘yxatida 17-o‘rinni egalladi. Butunjahon oltin kengashi (World Gold Council) hisobotida mamlakat 325,7 tonna oltin saqlashi ma’lum qilinadi. Bu respublikada mavjud umumiy zaxiraning 56,2 foizini tashkil etadi.
2Dunyo
"Amirsoy" tog‘-chang‘i kurorti bo‘sh ish o‘rinlari haqida e'lon qiladi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov joriy yilning dekabr oyida jahon miqyosidagi "Amirsoy" tog‘-chang‘i kurortining birinchi bosqichi ilk mehmonlarini qabul qilishi haqida ma'lum qilgan edi. "Amirsoy" tog‘-chang‘i kurorti quyidagi vakansiyalarga ishchilarni qabul qilishi haqida e'lon qiladi: «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurorti Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 900 ga maydonni egallab, turli murakkablikdagi tog‘-chang‘i qorli trassalari tarmog‘ini yaratishni ko‘zda tutmoqda. Trassalarning umumiy uzunligi 21,3 km bo‘lib, shuningdek 7 osma dor yo‘li (kanat), snoubord parki, sport maktabi va boshqa kurort infratuzilmasi yaratilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 100 million yevrodan ortiqni tashkil qilmoqda. 2018 yilning dekabr oyida ekspluatatsiyaga topshirilishi rejalashtirilayotgan birinchi bosqich 3 km'dan ortiq ikki osma dor yo‘li, umumiy uzunligi 12,3 km'ga teng 13 tog‘-chang‘i trassasi, ikki sun'iy ko‘l, vertolyot maydoni, sun'iy qor hosil qiluvchi tizimlar, qishki tyubing, 21 tuzilmadan iborat shaharcha, ikki restoran, instruktorlik maktabi, tog‘-chang‘i jihozlari ijara punktlarini o‘z ichiga olgan ko‘p funksiyali markaz va boshqa muhandislik-kommunikatsion inshootlarining qurilishini nazarda tutadi. Yuqoridagi maqsadlar uchun 30 million yevroga yaqin mablag‘ yo‘naltirilgan. Tog‘-chang‘i kurorti faoliyati uchun 300 dan ortiq ishchi o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.
5Jamiyat
Namangandagi suv uzatish inshootida nosozlik sodir bo‘ldi “Namangan suv ta'minoti” MChJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, Namangan shahrining Oromgoh dahasi, 1-Axsikent, 2-Axsikent, Go‘zal, Chamanzor, Mingchinor, Mustaqillik, Pahlavon, Nurobod, Sihatgoh, Mehnatobod,  Ishonch, Istiqbol MFY hududi va 1-kichik tumani ayrim joylarida ichimlik suvi ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.  Hozirda “Namangan suv ta'minoti” MChJ Namangan shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani aytilgan. Avvalroq, Andijonda katta suv quvuri yorilib ketgani, aholidan ichimlik suvi zaxirasini g‘amlab qo‘yish so‘ralgani xabar berilgandi.
8O‘zbekiston
Qayroqqum suv ombori o‘pirilgani haqida xabar tarqatganlar qo‘lga olindi Sirdaryo viloyat telekanali yangiliklar dasturining ichki ishlar boshqarmasiga asoslanib xabar berishicha, aholi orasida vahima uyg‘otuvchi noto‘g‘ri ma'lumot tarqatganlar qo‘lga olingan. Lavhadan ko‘rinadiki, ular jami 10 kishi. Qo‘lga olinganlar orasida ayol kishi va mahalliy bloger ham bor. Qo‘lga olinganlardan biri shu xabarni eshitishi bilan o‘z ayoliga zudlik bilan akasinikiga borib turishni, o‘zi ham tez orada yetib borishini tayinlaydi. Keyinchalik Tojikistonda yashovchi tog‘asidan bu xabar noto‘g‘riligini eshitadi, ammo bunga qadar hamma joyda vahima tarqalishga ulgurgani, qilgan ishidan afsusdaligini bildiradi. Oqoltinlik bloger esa “Yutub” va “Telegram” tarmoqlaridagi o‘z sahifalarida “Qayroqqum suv ombori urib [o‘pirilib] ketdi, tezkor tarqating” sarlavhali ma'lumot joylagan. “Ko‘proq odamlarga xabar berish maqsadida o‘zim tasvirga olgan videoni “Yutub”ga joyladim. Keyin qarasam ichki ishlar xodimlari ovoz kuchaytirgichlar orqali aholini tinchlantirib yurgan ekan. Darhol kirsam joylagan lavham “prosmotr” yig‘ishga ulgurgan ekan. Ya'ni bu lavham odamlar ko‘ngliga g‘ulg‘ula solishi mumkin. Blogerlarga maslahatim, biror xabarni tarqatishdan oldin yaxshilab tekshiring”, – deydi u. Yana bir erkak esa o‘zi yashovchi pod'yezddagi qo‘shnilari eshiklarini taqillatib chiqqani, bu orqali ularga tezroq xabar berishni istaganini, qilgan ishidan afsusdaligini bildiradi.  Eslatib o‘tamiz, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasi (Yolg‘on axborot tarqatish) ikkinchi qismiga ko‘ra jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 244-6-moddasi (Yolg‘on axborot tarqatish) ikkinchi qismiga ko‘ra jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi. FVV: Tojikistondagi Qayroqqum suv omboriga shikast yetgani haqidagi xabarlar yolg‘on Sirdaryo viloyati hokimi aholini yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslikka va sarosimaga tushmaslikka chaqirdi
8O‘zbekiston
Zinedin Zidan “Real”ning “Valyadolid”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi Madridning “Real” klubi La Liga 4-turi doirasida “Valyadolid”ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Zinedin Zidan qaydnomaga 23 nafar futbolchini kiritdi. Undan jarohatini tiklab, jamoa safiga qaytgan hujumkor yarim himoyachilar Eden Azar va Marko Asensio o‘rin oldi. Himoyachi Eder Militao, yarim himoyachi Toni Kroos va hujumchi Mariano Dias jarohat sabab o‘yinda ishtirok eta olmaydi. “Real”ning qaydnomasi bilan tanishing: Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diyego Altube. Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Marselo, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi. Yarim himoyachilar: Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Martin Edegor, Isko. Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Marko Asensio, Borxa Mayoral, Lukas Vaskes, Luka Yovich, Vinisius Junior, Rodrigo Goes. “Real” va “Valyadolid” jamoalari o‘rtasidagi bahs 30-sentabrdan 1-oktabrga o‘tar kechasi 00:30 da boshlanadi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
Dubayda dunyodagi eng tezkor superkar yaratish ustida ish olib borilmoqda Ko‘plab avtomobilsozlik kompaniyalari ekologik va arzon elektrotransport yaratish bilan shug‘ullanayotgan bir vaqtda, Dubaydagi Devel Sixteen kompaniyasi boshqa yo‘ldan borishga qaror qildi. Ushbu startapning maqsadi o‘zgacha: u dunyoda eng tez yuruvchi va eng kuchli avtomobilni ishlab chiqarmoqchi.   Startap ustida 4 yildan beri ish olib borilmoqda. Bu superkar soatiga 500 km tezlikka erisha oladi, uning kuchi esa 5000 ot kuchini tashkil qiladi. Startap o‘zining bu avtomobili prototipini bir necha kundan keyin Dubay avtosalonida taqdim qiladi. Mashina uchun 12,3 litrlik maxsus dvigatel prototipi ikki yil avval yaratib bo‘lingan va sinab ko‘rilgan. Bu dvigatel AQShning Steve Morris Engines kompaniyasi tomondan loyihalangan. Bundan tashqari, Devel Sixteen superkarni yaratishda superkarlar yaratishda katta tajribaga ega bo‘lgan Manifattura Automobili Torino italyan kompaniyasini jalb qilgan. Mashinaning sotuvga chiqarilishi va uning narxi borasidagi ma'lumotlar oshkor qilinmayapti. Balki superkar yaratuvchilari bu ma'lumotni avtosalon uchun sir saqlayotgan bo‘lishlari mumkin.
14Texnologiya
Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari bir kunda 40 dan ortiq jangarini yo‘q qildi Afg‘oniston politsiyasi, armiyasi va Milliy xavfsizlik direktorati so‘nggi bir kun ichida o‘tkazilgan maxsus qo‘shma operatsiyalar vaqtida 41 nafar jangarini yo‘q qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Maxsus operatsiyalar Nangarhar, Parvon, Bag‘lon, Qunduz, Faryob, Saripul, Qandahor, Zabul, Uruzg‘on, G‘azni, Hirot va Hilmond viloyatlarida o‘tkazilgan. 41 nafar jangari yo‘q qilinganidan tashqari, 16 nafari yarador bo‘lgan, 11 nafari hibsga olingan. Maxsus operatsiya davomida kichik va katta kalibrli qurol-yarog‘ topilgan va musodara qilingan.
2Dunyo
Britaniyalik ayol 30 yilda birinchi marta dush qabul qildi Liverpulda (Buyuk Britaniya) istiqomat qiluvchi ayol 30 yilda birinchi marta dush qabul qildi. U suvdan qo‘rqishini gipnoz yordamida yengishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar bermoqda Daily Mail. Donna Makmoxan besh yosh ekanligida ta’tilda yuz bergan noxush hodisadan so‘ng, yuzaga kelgan fobiya (qo‘rquv) tufayli suvga tusha olmasdi. Britaniyalik ayol dush qabul qilish, plyaj va basseynlarga borishdan qo‘rqar edi. 30 yil davomida u tanasining alohida qismlarini navbat bilan tozalash uchun bir necha soatlab vaqt sarflar edi. 35 yoshida Makmoxan gipnoz bo‘yicha mutaxassis Robert Xaysi tufayli o‘z qo‘rquvini yengishga erishdi. Gipnozchi unga bir necha soat davomida turli suv havzalarida bo‘lishga yordam berdi. “Va nihoyat, men ham el qatori dush qabul qila olaman”, — deya ta’kidladi ikki nafar farzandning onasi.
2Dunyo
Erdo‘g‘on: Biz uch-besh nafar yevropalik fashistning sha’nimizni oyoqosti qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Riza shahrida bo‘lib o‘tgan namoyishdagi nutqida Yevropadagi hamyurtlarini konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendumda ishtirok etib, shu orqali “natsistlar nabiralariga javob berish”ga chaqirdi, deb xabar beradi “TASS”. “Biz uch-besh nafar yevropalik fashistning sha’nimizni oyoqosti qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Qarshiliklarga qaramay, hamyurtlarimiz juda faol ovoz bermoqda. Natsistlar nabiralariga javobini beringlar”, — dedi Turkiya prezidenti. Erdo‘g‘on “Yevropadagi ayrim yetakchilar, afsuski, terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlayotgan”ini ham ta’kidlab, Shveysariyadagi kurdlar namoyishini yodga soldi. Ushbu namoyishda Erdo‘g‘onning boshiga to‘pponcha tiralgan rasmi ko‘rsatilgan edi. “Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakchilari Vatikanga bormoqda. Biroq bunday vaqtda ularning Vatikanda qanday ishi bo‘lishi mumkin? Vatikanning Yevropa Ittifoqi bilan qanday ishi bor? Ularning bari bir millatga aylanib, Turkiyani Yevropa Ittifoqiga kiritmaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha narsani qilmoqda”, — dedi prezident. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
2Dunyo
301 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborgan shaxs qo‘lga olindi 2018 yil 26 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida yashovchi G.Ye. ismli ayol IIBga murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda. U shu yil yanvar oyida Kegeyli tumanida yashovchi G.G. ismli ayol uning uyida birga makkajo‘xori va guruch oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishni, tushgan foydani teng bo‘lishishni va'da qilib, undan 301 mln so‘m pullarini olib, shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligini ma'lum qilgan.  Holat yuzasidan G.G. qo‘lga olingan.
5Jamiyat
Xorazmlik erkakka lotereyadan Spark chiqdi. Sotuvchi undan chiptani olib qo‘yib, evaziga 1000 dollar taklif qildi Davomi: Xorazmlik erkak Spark chiqqan lotereyani sotuvchi olib qo‘yganini aytgan edi. Aslida uning avtomobil yutmagani ma’lum bo‘ldi (video) Ijtimoiy tarmoqlarda lotereyadan avtomashina yutib olgan fuqaroning shikoyati aks etgan videomurojaat tarqaldi. Videoda 16-fevral kuni soat taxminan 14:00 da Xorazm viloyati Shovot tumani markaziy dehqon bozorida “Xalq banki” tomonidan sotuvga chiqarilgan lotereyani o‘ynagan fuqaro lotereyani sotib olgani voqeasi aks ettirgan. Fuqaro lotereyaning maxsus joyini o‘chirgan va lotereya yutug‘iga Spark avtomobili chiqqan. Ammo “Xalq banki” xodimi ekanligi aytilayotgan lotereya sotuvchisi yutuqli lotereyani fuqaroning qo‘lidan yulib olgan va unga 1000 AQSh dollari taklif qilgan. Fuqaro rozi bo‘lmay lotereyani berishini talab qilgan. Sotuvchi esa u yerdan qochishga uringan, ammo boshqa fuqarolar uning ketishiga yo‘l qo‘ymay, militsiya xodimlariga xabar qilgan. “Xalq banki” ushbu holatga rasmiy munosabat bildirdi. Aniqlanishicha, fuqarolar Q.K. va R.R. birgalikda Shovot Markaziy dehqon bozorida “Xalq banki” lotereyalarini sotish bilan shug‘ullanib kelgan. Ular “Xalq banki” xodimlari emas. Shuningdek, bu fuqarolarning lotereyalarni sotish bo‘yicha “Xalq banki” bilan hech qanday shartnomasi ham yo‘q. Ushbu fuqarolar “Xalq banki” kassalaridan “Omad qushi” lotereyalarining har birini 3 ming so‘mdan sotib olib, fuqarolarga 4 ming so‘mdan sotganligi aniqlandi. “Xalq banki” tomonidan chiqarilayotgan lotereyalar, xususan, “Omad qushi” lotereyasi biletiga ham narxi alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Xorazm viloyati IIBBnig xabar berishicha, ayni paytda fuqaro I.I.ning  arizasiga binoan mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organi xodimlari tomonidan tergovga qadar o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
8O‘zbekiston
Frenki de Yong APLga yo‘l oladi. Angliya grandi futbolchi uchun 80 million yevro to‘lashga tayyor “Barselona” va “Manchester Yunayted” Frenki de Yong borasida kelishuvga erishishga yaqin. So‘nggi muzokaralardan so‘ng tomonlar futbolchini 80 million yevroga transfer qilish borasida kelishib oldi, deya xabar qiladi Diario Sport. 25 yoshli yarim himoyachi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hagning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Mutaxassis niderlandiyalik futbolchi uning jamoasiga o‘tishiga ishonmoqda. Dastlab Frenki “Barselona”da qolishni xohlagandi, ammo klub uni qo‘yib yuborishga qarshi emasligini bilgach, fikrini o‘zgartirdi. Transfer futbolchining qaroriga bog‘liq. Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” yozda o‘ndan ortiq futbolchisi bilan, jumladan, Frenki bilan ham xayrlashishga tayyorligi xabar qilingandi. De Yong joriy mavsum La Ligada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
13Sport
JSST koronavirus xavfini baholashda xato qilganini tan oldi: Epidemiya o‘rtamiyona emas, yuqori darajada xavfli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusning global xavfini baholash bilan bog‘liq hujjatlarda xatoga yo‘l qo‘yilganini va u qayd etilganidek o‘rtacha emas, yuqori ekanini tan oldi. “Kommersant”ning xabar berishicha, bu haqda tashkilotning 26-yanvar kuni e’lon qilingan vaziyat haqidagi hisobotida keltirildi. Hujjatda aytilishicha, JSSTning bahosi koronavirus tarqalishi xavfini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘nggi hisobotidan beri o‘zgarmagan. Shu vaqtgacha virusning tarqalish xavfi Xitoy uchun juda yuqori, mintaqaviy ko‘lamda yuqori va xalqaro darajada o‘rtamiyona, deb hisoblab kelinayotgandi. “Vaziyatni baholash bo‘yicha 23, 24 va 25-yanvarda e’lon qilingan hisobotda global xavf darajasi o‘rtamiyona deb noto‘g‘ri ko‘rsatilgan”, — deyiladi JSST tushuntirishida. Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoyning Uxan shahrida yangi koronavirus tarqalgani yuzasidan dunyo bo‘ylab favqulodda holat e’lon qilishga hali erta ekanini bildirgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydagi koronavirus epidemiyasidan vafot etganlar soni 106 kishiga yetdi, yana salkam 1300 ta yangi kasallanish holatlari tasdiqlandi. Epidemiya sabab Xitoydagi umumiy aholisi 57 million kishiga teng 15 ta shahar to‘liq yoki qisman yopilgan. Xitoy rahbari Si Szinpin vaziyatni murakkab deb atagan. O‘zbekistonda ushbu virusning mamlakatga kirib kelmasligi uchun choralar ko‘rilmoqda.
2Dunyo
O‘zbekistondagi eng faol banklar aniqlandi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan tayyorlangan O‘zbekistondagi yirik banklarning 2020 yilning IV kvartali yakunlariga ko‘ra, faollik indeksida «Kapitalbank», Hamkorbank va «Aloqabank» eng yuqori o‘rinlarni egalladi (indeks Gazeta.uz tahririyatida mavjud).Indeks ITIM tomonidan mamlakatdagi 31 ta tijorat banklari doirasida ishlab chiqilgan va u har chorakda yangilanib turiladi. Indeksni hisoblashda banklarning moliyaviy vositachiligi, moliyaviy imkoniyati, kapital, aktivlar, boshqaruv samaradorligi, likvidlik kabi tamoyillar hisobga olinadi. 2020 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bank tizimining aktivlari 366,1 trln so‘mni, majburiyatlar 307,8 trln so‘mni va kapital 58,4 trln so‘mni tashkil etdi. Ayni paytda bank tizimida 55 274 kishi ishlaydi. Banklar ikki guruhga — katta va kichik banklarga bo‘lingan. Ushbu guruhlarning har biri uchun reyting alohida tuzilgan. Yirik banklarning faollik indeksi 17 ta yirik banklar orasida «Kapitalbank» yetakchi bo‘ldi. Hamkorbank ikkinchi o‘rin, «Aloqabank» uchinchi o‘rinni egalladi. «Kapitalbank»ning yetakchi bo‘lishiga moliyaviy vositachilik, aktivlar sifati va likvidlik bo‘yicha ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lganligi sabab bo‘ldi. Xususan, bankning muddatli depozitlari va kreditlarining umumiy miqdoriga nisbatani 85 foizni tashkil etdi. Hamkorbank moliyaviy imkoniyatlar bo‘yicha yetakchi sifatida tan olindi. Bankning bitta filiali doirasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olinayotgan kreditlar soni boshqa banklarnikiga qaraganda ancha ko‘p. Hamkorbank, shuningdek, rentabellik va likvidlik darajasi bo‘yicha eng yirik banklar beshligiga kiradi. «Aloqabank» esa moliyaviy vositachilik, kapital va aktivlar sifati bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish etdi. Kichik banklarning faollik indeksi Kichik banklar bo‘yicha faollik indeksida «Davr bank», «Ziraat bank», shuningdek, «Universal bank» yetakchi o‘rinlarni egallashdi. Batafsil tahlil «Iqtisodiy sharh» jurnalining navbatdagi sonida e’lon qilinadi. Tadqiqotning metodologiyasi va batafsil ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan to‘liq hisobotni Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga (telefon: 78−150−02−02, elektron pochta: [email protected]) so‘rov yuborish orqali olishingiz mumkin.
4Iqtisodiyot
Messi milliy jamoalarning joriy to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi, peshqadam - Ronaldu Dunyo terma jamoalarining hozirgi to‘purar futbolchilari ro‘yxatida Lionel Messi ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. ESPN ma'lumotiga ko‘ra, Argentina milliy jamoasi sardorining termadagi gollari soni 68taga yetgan. Bu bilan u Hindiston milliy jamoasining 34 yoshli hujumchisi Sunila Chhetriga yetib olgan va ikkinchi o‘ringa joylashgan. Terma jamoalarning hozirgi a'zolari ichida Krishtianu Ronaldu hammadan ko‘proq gol urgan. U Portugaliya milliy jamoasining 157ta o‘yinida 88ta to‘p kiritgan. Messiga esa 68-golini urish uchun 132ta o‘yin o‘tkazish kerak bo‘ldi. Ma'lumot uchun, Leo 2005 yildan buyon Argentina termasi a'zosi. U uch marotaba Kopa Amerika, bir marta Jahon chempionatida finalida qatnashgan; har gal mag‘lubiyatga uchragan. Joriy Amerika Kubogida argentinaliklar birinchi turda Kolumbiyaga yutqazib, keyin Paragvay bilan durang o‘ynashdi va uchinchi tur oldidan o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
13Sport
Pokistonda O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyasi muzokara o‘tkazdi Pokiston poytaxti Islomobod shahrida 18-dekabr kuni Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Muttaki bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi. TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati, ularni rivojlantirish istiqbollari, xususan, savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi masalalar muhokama qilindi. Afg‘oniston tomoni O‘zbekiston prezidentiga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash, shuningdek, Afg‘oniston hududida transport va energetika sohalarida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston va Afg‘oniston 10 yil davomida elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha bitim imzoladi Afg‘oniston vaziri O‘zbekistonning Termiz shahrida afg‘on xalqiga tezkor gumanitar yordam ko‘rsatishga qaratilgan transport-logistika xabini tashkil etish tashabbusini chuqur minnatdorlik bilan qabul qildi. O‘zbekistonning bu harakatlari mamlakatlar va xalqlarning tarixiy va ma’naviy yaqinligini yana bir bor ifodalashi ta’kidlandi. Shuningdek, Afg‘oniston tomoni mamlakatdagi ayollar va milliy ozchiliklar huquqlariga rioya qilish bo‘yicha ilgari bergan xalqaro va’da va majburiyatlarini bajarishi zarurligini qayd etildi. Bundan avval Toshkentda Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasi muhokama qilingani haqida xabar berilgan edi.
8O‘zbekiston
Ehtiyojmand oilalarga ajratilgan 153,2 mln so‘mlik xayriya pullari talon-taroj qilindi “Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi xayriya mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov. Oqqo‘rg‘on tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.A. va tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobchisi B.N. tumandagi ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida kelib tushgan mablag‘larni turli yo‘llar bilan naqdlashtirib, jami 109,2 mln so‘m pullarni o‘zlashtirishgan. Shu bilan birga, 2020 yilda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lardan 44 mln so‘mni maqsadsiz sarflab, rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan 16 may kuni Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan JKning 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
5Jamiyat
Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni Superkubogi uchun o‘yin ikkinchi bor Angliyada bo‘lib o‘tadi “Al-Ahli” hamda “Al-Hilol” klublari o‘rtasidagi Saudiya Arabistoni Superkubogi “Fulhem”ning uy stadioni bo‘lmish “Kreven Kottej”da bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 8-avgust sanasiga tayin qilingan. “Championat.asia” ma’lumotiga ko‘ra, bir yil muqaddam saudiyaliklar Superkubok uchrashuvini “KPR” futbol klubiga tegishli bo‘lgan “Loftus Road”da o‘tkazgan bo‘lib, o‘shanda “An-Nasr” va “Al-Hilol” klublari g‘oliblik uchun kurash olib borgan. “Fulhem” maydoniga chiqib keladigan “Al-Ahli” Osiyo Chempionlar Ligasining 2016-yilgi mavsumida “Nasaf” bilan bir guruhdan joy olgandi. Jiddadagi o‘yinda Saudiya klubi 2:1 hisobida zafar quchgan, Qarshida esa “Nasaf” shu hisobda ustun kelgan. “Al-Hilol” esa Toshkentning “Paxtakor” klubi bilan kurash olib bordi. Birinchi uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, Ar-Riyodda Saudiya jamoasi 4:1 hisobida zafar quchgandi.
13Sport
Kot-d'Ivuarda harbiylar isyon ko‘tardi Kot-d'Ivuar hukumati mamlakatning 3 shahrida harbiy xizmatdan bo‘shatilgan askarlar isyon ko‘targani haqida ma'lum qildi. Associated Press agentligi xabariga ko‘ra, 6 yanvar tongida mamlakatning ikkinchi yirik shahri hisoblanmish Buake shahrida tartibsizliklar boshlangan. Kun bo‘yi shaharda otishmalar davom etgan. Qayd etilishicha, askarlar maoshlar oshirilishini talab qilishgan. Keyinroq bunday holatlar Daloa va Korgoho shaharlarida takrorlangan. Guvohlarning ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘chalar bo‘ylab qurollangan kishilar yurib o‘tgan, xavfsizlik xizmati kuchlari esa o‘z postlarini tashlab ketgan. Reuters agentligi ma'lumotiga ko‘ra esa, Buake shahrini harbiy xizmatdan bo‘shatilgan askarlar egallab olgan. Harbiy manba ma'lumotiga ko‘ra, sobiq harbiy xizmatchilar politsiya uchastkalariga hujumlar uyushtirib, qurollarni tortib olishgan. Daloadagi harbiy lagerda otishma kelib chiqqan. Bu yerda ham tartibsizliklar harbiy xizmatdan bo‘shatilgan askarlar tomonidan sodir etilgani aytilgan. Agentlik xabarida qayd etilishicha, isyon to‘lqini mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu bilan birgalikda harbiylar o‘z talablarini bayon qilishmagan, shuningdek, isyon ko‘tarilgan shaharlar orasidagi bog‘liqlik ham qayd etilmagan. Bu mamlakatda xuddi shunday isyon 2014 yilda ham bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda askarlar mamlakat bo‘ylab bir necha shaharda barrikadalar o‘rnatgan va maoshlar oshirilishini talab qilgandi. Hukumat ularning talablarini bajargandi.
2Dunyo
Xorazmda Malayziya Texnologiya universiteti filiali ochiladi Xorazmda yaqin orada Malayziya Texnologiya universiteti (UTM) filiali ochilishi mumkin. Bu haqda viloyat hokimi Farhod Ermanov boshchiligidagi delegatsiyaning universitet rahbariyati bilan muzokaralari davomida ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hokimlik va universitet o‘rtasida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va talabalar almashinuvi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib olindi. Shuningdek, hokimlik va UTM o‘rtasida Xorazmdagi tegishli oliy o‘quv yurti bazasida injiniring, axborot texnologiyalari, fundamental fanlar va menejment yo‘nalishlarida bakalavriat va magistratura dasturlarini joriy etish hamda kelgusida Malayziya universiteti filialini ochish yuzasidan kelishuv imzolandi. Ma’lumot uchun, Malayziya Texnologiya universitetiga 1904-yilda asos solingan bo‘lib, ushbu oliy o‘quv yurti dunyo universitetlari reytingida 228, Osiyoda esa 47-o‘rinda turadi.
8O‘zbekiston
Rossiyaning Biysk shahrida to‘rt yoshli bola beshinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi Rossiyaning Biysk shahrida 12-iyun, yakshanba kuni to‘rt yoshli bola beshinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi. Bu haqda Tergov qo‘mitasining Oltoy o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. “Biysk shahridagi turar-joylardan biridagi kvartiraning beshinchi qavatidan to‘rt yoshli o‘g‘il bola qulab tushdi. Qulash oqibatida bolada shikastlanishlar qayd etildi va u tibbiy muassasaga yetkazildi. Hozirda uning hayoti va sog‘ligiga hech narsa xavf tug‘dirmayapti”, — deyiladi boshqarma xabarida. Ma’lumotlarga ko‘ra, bolaning onasi uni biroz muddat derazasi ochiq xonada qoldirgan va boshqa xonaga chiqqan. Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda, uning natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
2Dunyo
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? Ilgari xabar qilinganidek, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Jami o‘ndan ortiq hujjat imzolandi. Qirg‘iziston prezidentining rasmiy saytida ushbu hujjatlar ro‘yxati keltirildi: Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi kelishuv (2017-yil 5-sentabr) bo‘yicha yorliqlar almashish haqida bayonnoma; Qirg‘iziston Respublikasi hukumati huzuridagi iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha davlat xizmati (moliyaviy politsiya) va O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK departamenti o‘rtasida “Iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv; Qirg‘iziston Respublikasi milliy statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi o‘rtasida rasmiy statistika sohasidagi hamkorlik yuzasidan anglashuv memorandumi; Qirg‘iziston Respublikasi ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi o‘rtasida “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv; Qirg‘iziston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida Qirg‘iziston Respublikasiga mineral o‘g‘itlar yetkazib berish bo‘yicha kelishuv; Qirg‘iziston Respublikasi madaniyat, axborot va turizm vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish qo‘mitasi o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuv; Qirg‘iziston Respublikasi bosh shtabi va O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi o‘rtasida “Harbiy hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv; Qirg‘iziston Respublikasi din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi; “Qabar” Qirg‘iziston milliy axborot agentligi va O‘zbekiston milliy axborot agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi; Qirg‘iziston Respublikasi transport va yo‘llar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi tashqish savdo vazirligi o‘rtasida “Transport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandum; Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod shahri meriyasi va O‘zbekiston Respublikasi Namangan shahri hokimiyati o‘rtasida “Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv; Qirg‘iziston Respublikasi Batken shahri meriyasi va O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona shahri o‘rtasida “Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv.
8O‘zbekiston
Orol fojiasi Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishini 2 barobarga tezlashtirdi — O‘zgidromet Shanba kuni Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi. Yig‘ilishda iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasida belgilangan vazifalar bajarilishi holati yuzasidan O‘zgidromet xizmati markazi bosh direktori Sherzod Xabibullayevning axboroti eshitildi. Uning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari global miqyosga ega bo‘lib, O‘zbekiston hududida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. «Birgina Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyo ko‘rsatkichlaridan 2 barobar jadalroq kechmoqda. Daryolar suvini shakllantiruvchi muzliklarni tobora erib borishi, chang bo‘ronlari davriyligi va ularning ortib borishi, yerlarning degradatsiyaga uchrashi, suv resurslarining taqchilligi kabi salbiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda», — deya Sherzod Xabibullayevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Senat matbuot xizmati. Foto: Senat matbuot xizmati Qayd etilishicha, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish, «yashil» iqtisodiyotga o‘tish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va bioxilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Iqlim o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yoqilg‘i-energetika, sanoat, qurilish tarmoqlaridan tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarni keskin kamaytirish maqsadida hozirda «yashil» iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha keng qamrovli strategiya, qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish dasturi hayotga tatbiq etilmoqda. Iqtisodiyot tarmoqlari, qurilish va energiya tejamkorligini oshirish yuzasidan qabul qilingan strategik dasturlar va ularni ijrosi O‘zgidromet tomonidan hisob-kitoblar va tadqiqotlar asosida tahlil qilingan. Natijada, O‘zbekiston Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvi doirasida 2030 yilga yalpi ichki mahsulotga nisbatan issiqxona gazlari ulushini 35% kamaytirishga erishiladi, deyiladi xabarda. Shuningdek, Iqlim o‘zgarishining O‘zbekistondagi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi kiritilgan 51 ta tadbirdan hozirda 16 tasi to‘liq bajarilgan. Jumladan, o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 700 gektardan ortiq maydonda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etilgan. Chorvoq suv ombori yuqori qismida 66 gektar maydonda yong‘oq va bodom daraxt turlaridan o‘rmonzorlar barpo etilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlarida shamol va suv eroziyasidan himoya qilish uchun 500 gektarda ixota daraxtzorlari tashkil etilgan. Ta’kidlanishicha, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qiymati 993 mln so‘mlik loyiha, shuningdek, Orol dengizining qurigan tubida tuproq sho‘rlanishi va iqlim o‘zgarishiga qarshi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda Orolbo‘yi mintaqasi sho‘rlangan yerlarida ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan 664,2 mln so‘mlik 2 ta startap loyiha moliyalashtirilgan. Foto: Senat matbuot xizmati Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish bo‘yicha olib borilgan tahlillar natijasida respublikada yiliga qariyb 1,0 mln tonna tashlanmalar turg‘un manbalardan tashlanishi, shundan, 21,3 foizi energetika sohasi hissasiga to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Bundan tashqari, sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish maqsadida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2021 yilda Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan. Qoraqalpog‘istonda 100 MVt quvvatli yangi shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlangan, deyiladi xabarda. Majlisda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda vazirliklar va idoralar tomonidan qisqa va o‘rta muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasida belgilangan ayrim tadbirlarni bajarilishida sustkashliklarga yo‘l qo‘yilganligi qayd etildi. Jumladan, O‘zbekistonning «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini amalga oshirish to‘g‘risidagi 2022−2030 yillarga mo‘ljallangan uzoq muddatli harakatlar rejasi loyihasini ishlab chiqish ishlari oxiriga yetkazilmagan. Bundan tashqari, qayta tiklanadigan va vodorod energetikasini rivojlantirish hamda yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi issiqxona gazlar ajratmalarini kamaytirish imkoniyatlarini o‘rganish borasidagi ishlar ham oxiriga yetkazilmagan. Ta’kidlanishicha, iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qurilishda texnik normativlarni qayta ko‘rib chiqish «Yangi qurilish qoidalari»ni tasdiqlash tadbiri yakunlanmagan. Senatorlar tomonidan o‘z vaqtida bajarilmagan vazifalarni oxiriga yetkazish va boshqa masalalar yuzasidan mas’ullarga topshiriq, tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Xususan, «O‘zbekiston shamol atlasi»ni hamda «O‘zbekiston quyosh atlasi»ni ishlab chiqish shular jumlasidandir, deyiladi xabarda.
5Jamiyat
Nafaqat organizm uchun zararli, balki teri ko‘rinishiga putur yetkazuvchi 7 ichimlik Hammaga ma’lumki, spirtli ichimliklarning sog‘liq uchun, shu jumladan, teri uchun zararli ta’siri ko‘p. Bu kabi ichimliklar iste’mol qilinsa, teri qizaradi, doimo yallig‘lanadi, qon tomirlarida muammo paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, spirtli ichimliklar terini quritadi va qaritadi, ko‘z ostida xaltachalar paydo bo‘lishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Mutaxassislar yuz terisiga g‘amxo‘rlik qilish uchun yomondan dahshatga qadar ichimliklar reytingini tuzdi. 7. Tekila U boshqa navlarga qaraganda kamroq shakarga ega, shuning uchun uning yallig‘lanishi va qizarishiga olib kelishi ehtimoli kamroq. Agar tuzsiz iste’mol qilinsa, terining osilib qolish xavfi kamayadi. 6. Pivo Tarkibiga ko‘ra bu ham zararli ichimliklar qatoriga kiradi, qarishni sekinlashtiradigan boshqa komponentlarni faollashtiradi. Bundan tashqari, unda alkogolning past foizi bor va undan oz miqdorda ichish esa suvsizlanishdan qutqaradi. 5. Jin-tonik Bu ichimlikning tarkibida zararli aralashmalar kam, shakar va tuz deyarli bo‘lmaganligi tufayli undan zararlanish ham nisbatan oz. 4. Oq sharob Ko‘pincha oq sharob tunda ichiladi va bu teriga salbiy ta’sir qiladi. Sharob tarkibida ko‘p miqdorda shakar bor, bu terining yallig‘lanishiga, uning xususiyatlari yomonlashishiga va hujayralar o‘limiga sabab bo‘ladi. 3. Moxito Moxitoning tarkibida juda ko‘p shakar bor, bu teri ko‘rinishini yomonlashtiradi va natijada ajinlar tezroq paydo bo‘ladi. Nafaqat moxito, balki boshqa gazli ichimliklar ham shunday ta’sirga ega. 2. Margarita Bu ichimlik ko‘p miqdorda shakar va tuzni o‘z ichiga oladi, bu esa suvsizlanishga, terining qarishi va osilishiga olib keladi. 1. Qizil sharob Eng avvalo,  qon tomirlariga salbiy ta’sir qilishi bilan mashhur. Agar teri qizarish va allergiyaga moyil bo‘lsa, ushbu ichimlikdan voz kechgan ma’qul.
11Salomatlik
Boshsiz chavandoz: ijtimoiy tarmoqlar F-35 qiruvchisining yana bir muammosini fosh qilishdi Internet tarmog‘ida Amerikaning beshinchi avlod qiruvchi samolyotlari F-35C biri ortidan biri aviatashuvchidan havoga ko‘tarilayotgani aks etgan videolavha joylashtirilgan. Lavhada, pilotlar havoga ko‘tarilish chog‘ida kabinaning yuqori qismiga boshi bilan urilishini ko‘rish mumkin. Bunda ayrimlarining bosh kiyimlari tushib ham ketadi.  Lavhaga Braziliyalik foydalanuvchi e'tibor qaratgan. U videoning bir qismini Twitter sahifasiga joylashtirdi. "Qarang, 400 ming dollarlik shlem uchuvchining boshidan tushib ketishini", — deb yozgan u.  Havoga ko‘tarilish chog‘ida uchuvchi ensasiga tushib ketganini ko‘rish mumkin bo‘lgan shlem indikatori parvoz chog‘ida muhim ma'lumotlarni ko‘rsatadi. Usiz uchuvchi havodagi vaziyatni baholay olmaydi.  Qiruvchi samolyotning keskin starti g‘arb jurnalistlarining e'tiborini tortgan edi. Xususan, Business Insider nashrining yozishicha, ayni shu sabab, samolyotning kema namunasi F-35C qiruvchisi jangovar safga qabul qilingani yo‘q. Maqola mualliflari F-35C va 1970 yillarda ishlab chiqilgan F-18 samolyotlarining katapulta parvozini taqqoslab ko‘rishgan. F-18 kuchli silkinadi, ammo beshinchi avlod samolyotichalik emas.  "Shu bilan birga, F-18 uchuvchisida parvoz uchun o‘ta muhim ma'lumotlarni aks ettiruvchi 400 ming dollarlik shlem yo‘q", — deyiladi maqolada.  Nashrning yodga olishicha, Pentagon tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasi F-35C qiruvchisining katapulta parvozi uchuvchi salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan. 105 nafar uchuvchidan 74 nafari shunday parvozdan so‘ng,  "og‘riq"dan shikoyat qilishgan, yana 18 kishi "kuchli og‘riq"ni aytishgan, bir uchuvchi  "kuchli davomli og‘riq" haqida so‘z yuritgan. Beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyoti o‘zining o‘ta yuqori tannarxi va ko‘plab texnik kamchiliklari sababli tanqid qilinadi. F-35 dasturi Amerika soliq to‘lovchilariga taxminan 400 milliard dollarga aylangan.
2Dunyo
O‘zbekistonda 140ta xususiy maktab faoliyat yuritmoqda – vazirlik «Bugungi kunga kelib, respublika bo‘yicha umumiy 140ta to‘liq xususiy nodavlat umumta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 18ta nodavlat umumta'lim muassasasi tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan. Toshkent shahrida 52ta nodavlat umumta'lim muassasasi mavjud. Nodavlat umumta'lim muassasalar soni so‘nggi yillarda nodavlat ta'lim sektoriga bo‘layotgan e'tibor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari hisobiga 6 baravarga oshgan», dedi vazirlik vakili AOKAda o‘tkazilgan brifingda. U xususiy maktabni bitirayotganda qanday ko‘rinishdagi shahodatnoma olinishi haqidagi savolga javob qaytargan. «Avvallari nodavlat umumta'lim muassasalari bitiruvchilari mazkur maktabning shahodatnomasini olish imkoniyatlari yo‘q edi. Ular davlat umumta'lim maktablarida eksternat tariqasida yakuniy imtihon topshirib, davlat umumta'lim maktabi shahodatnomasini olar edilar. Bugungi kunda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, nodavlat umumta'lim muassasalari ham xuddi davlat umumta'lim maktablari singari bitiruvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma berishlariga sharoit yaratildi», degan u.
5Jamiyat
UNICEF tomonidan O‘zbekistonda bolalarni emlash haftaligi boshlandi UNICEF tomonidan O‘zbekistonda 24-30 aprel kunlari bolalarni emlash haftaligi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Kun.uz’ga xabar bermoqda. So‘nggi yigirma yil davomida UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mamlakat bolalarini oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklarga qarshi emlash qamrovini yanada kengaytirish va yuqori ko‘rsatkichni doimiy ravishda ta'minlash borasida Hukumatga ko‘mak berib kelmoqda.  Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) xabar berishicha, 2015 yilda besh yoshga yetmagan 1.5 milliondan ziyod bola pnevmoniya, diareya va qizamiqdan vafot etgan.  Emlash hamda bolalarning munosib tibbiy yordam olishlarini ta'minlash orqali ushbu kasalliklarning oldini olish mumkin. Xabardorlikni oshirish va emlashga bo‘lgan talabni ko‘paytirish maqsadida, har yili aprel oyining so‘nggi haftasi Jahon emlash haftaligi sifatida nishonlanadi. 2017 yilning axborot kampaniyasi «Vaktsinalar foyda beradi» shiori ostida o‘tkaziladi. (#VaccinesWork). Rejali emlash – birlamchi samarali tibbiy-sanitariya yordamining asosidir. U har bir bola uchun umrining eng dastlabki onlaridanoq salomat hayot kechirish imkoniyatini beradi. Ko‘pgina kasalliklar, jumladan, bo‘g‘ma, gepatit B, qizamiq, ko‘k yo‘tal, pnevmoniya, bachadon bo‘yni saratoni, poliomiyelit, rotavirus diareyasi, qizilcha va qoqsholga qarshi emlash iztiroblar, nogironlik va o‘limning oldini olish imkonini beradi.  Bugungi kunda emlashning erishgan so‘zsiz yutuqlariga hech kim e'tiroz bildira olmaydi: • Yer sayyorasida chechak kasalligi butunlay yo‘q qilindi; • Yevropa, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlarda poliomiyelit bartaraf etilgan va qizamiq infeksiyasi nazorat ostiga olingan; • Dunyoda bolalarning qoqshol, bo‘g‘ma, ko‘k yo‘tal, qizilcha, meningit va gepatit B bilan kasallanishi sezilarli darajada kamaygan; • Har yili 750 mingdan ortiq bola nogironlikdan omon qolmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi, milliy va xalqaro hamkor tashkilotlarning sa'y-harakatlari natijasida mamlakatda boshqarib bo‘ladigan infeksiyalarga qarshi emlashning yuqori qamroviga erishish hamda ijobiy epidemiologik vaziyat yaratildi. So‘nggi o‘n yillikda rejali profilaktika maqsadidagi emlash qamrovi 98 99foizni tashkil etdi. Meningit, bakteremiya, o‘rta otit, sinusit va bronxit kabi, jiddiy infeksiyalarning oldini olish uchun 2015 yilda O‘zbekistonda yangi pnevmokokk vaksinasi joriy etildi.
5Jamiyat
“Buxoro” xalqaro aeroporti direktori Tohir Baxronov “Aeroport” assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi “Buxoro” xalqaro aeroporti direktori, Oliy Majlis Senati a’zosi Tohir Baxronov MDHda fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi yirik va nufuzli tashkilot — “Aeroport” assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati ma’lum qildi.  Tohir Baxronov. Rossiya poytaxtida assotsiatsiya tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy aeroportlar va ularning rivojlanish tendensiyalari” 51-xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida tuzilma a’zolarining yillik hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va yangi rahbariyat tarkibi saylandi.  Uning natijalariga ko‘ra, “Buxoro” xalqaro aeroporti direktori Tohir Baxronov assotsiatsiya prezidenti etib saylandi.  Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoro xalqaro aeroporti “MDH mamlakatlaridagi yilning eng yaxshi aeroporti” nufuzli tanlovida “Aeroportni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgani xabar qilingandi.
8O‘zbekiston
Kun davomida 295 ta koronavirus holati aniqlandi 5 sentyabr kuni mamlakatimizda 295 holatda kasallik qayd etildi. Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand, Namangan hamda Andijon viloyatlarida jami 448 nafar bemor sog‘aydi. Shu tariqa bugun yurtimizda sog‘ayganlar soni koronavirus qayd etilganlar ko‘rsatkichidan ko‘p bo‘ldi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 43 370 nafar bemordan 40 880 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 147 nafar bemordan 366 nafari og‘ir, 198 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
11Salomatlik